Научная статья на тему 'MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG‘RIKENGLIK – MA’NAVIY TARAQQIYOT POYDEVORI'

MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG‘RIKENGLIK – MA’NAVIY TARAQQIYOT POYDEVORI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
834
113
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
huquqiy / demokratik davlat / fuqarolik jamiyati / diniy bag‘rikenglik / millatlararo totuvlik / milliy-madaniy markazlar / konfessiyalar / informatsion xurujlar / ekstremistik xatti-harakatlar / inson manfaati / diniy ma'rifat / qonun oldida tenglik. / legal / democratic state / civil society / religious tolerance / interethnic harmony / national cultural centers / confessions / information attacks / extremist activity / human interests / religious education / equality before the law.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Boboyorov, B.N., Boboyorov, Sh.

Bu maqolada “diniy bag‘rikenglik” va “millatlararo totuvlik” kategoriyalarining mazmun-mohiyati, O‘zbekistonda bu borada 2017-2021 yillar mobaynida harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalar tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTERNATIONAL HARMONY AND RELIGIOUS TOLERANCE THE FOUNDATION OF SPIRITUAL DEVELOPMENT

The essence of the categories "religious tolerance" and "interethnic harmony" in this article, the work done in Uzbekistan in the framework of the Action Strategy for 2017-2021 and the goals and objectives set in the Development Strategy for 2022-2026 analyzed.

Текст научной работы на тему «MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG‘RIKENGLIK – MA’NAVIY TARAQQIYOT POYDEVORI»

"Yangi O'zbekiston: barqaror R VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 23

rivojlanishning ijtimoiy-falsafiy, q ISSN 2181-1784

iqtisodiy-siyosiy va huquqiy masalalari" SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7

MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG'RIKENGLIK - MA'NAVIY

TARAQQIYOT POYDEVORI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-23-712-720

Boboyorov B.N.

f.f.b falsafa doktori (PhD), dotsent, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filiali e-mail: boss.boboyoro v@mail .ru

Boboyorov Sh.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari

universiteti talabasi

АННОТАЦИЯ

Bu maqolada "diniy bag'rikenglik" va "millatlararo totuvlik" kategoriyalarining mazmun-mohiyati, O'zbekistonda bu borada 2017-2021 yillar mobaynida harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda 20222026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalar tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: huquqiy, demokratik davlat, fuqarolik jamiyati, diniy bag'rikenglik, millatlararo totuvlik, milliy-madaniy markazlar, konfessiyalar, informatsion xurujlar, ekstremistik xatti-harakatlar, inson manfaati, diniy ma'rifat, qonun oldida tenglik.

АННОТАЦИЯ

В данной статье проанализировано сущность категорий «религиозная толерантность» и «межнациональное согласие», проделанная работы в Узбекистане в рамках Стратегии действий на 2017-2021 годы и цели и задачи, поставленные в Стратегии развития на 2022-2026 годы.

Ключевые слова: правовое, демократическое государство, гражданское общество, веротерпимость, межнациональное согласие, национально-культурные центры, конфессии, информационные атаки, экстремистская деятельность, интересы человека, религиозное просвещение, равенство перед законом.

ABSTRACT

The essence of the categories "religious tolerance" and "interethnic harmony" in this article, the work done in Uzbekistan in the framework of the Action Strategy

for 2017-2021 and the goals and objectives set in the Development Strategy for 20222026 analyzed.

Keywords: legal, democratic state, civil society, religious tolerance, interethnic harmony, national cultural centers, confessions, information attacks, extremist activity, human interests, religious education, equality before the law.

KIRISH

Biz tez sur'atlar bilan o'zgarib borayotgan, o'ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. XXI asmi haqli ravishda inson tafakkuri, ilmiy-texnik ijodkorligi imkoniyatlarini namoyon qilayotgan, axborot texnologiyalari taraqqiy etayotgan axborot asri deb atashimiz o'rinlidir. Haqiqatan ham aql bovar qilmas darajada sodir bo'layotgani jtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy o'zgarishlar nisbatan qisqa davrda kechayotgan jarayonlar inson intellekti mahsulidir. Ayniqsa, ma'naviyat sohasida sodir bo'layotgan o'zgarishlar inson tafakkurida kechayotgan yangilanish holati atrof-voqelik hodisalariga yangicha falsafiy mushohada me'yorida yondashuvni taqozo etadi.

2022-yil 28-yanvarda O'zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi farmonni imzoladi.Taraqqiyot strategiyasi va uni 2022-yilda amalga oshirish bo'yicha "yo'l xaritasi"da mamlakatimizni rivojlantirishning 7 ta ustuvor yo'nalishi doirasida qariyb 100 ta maqsadlarga erishish nazarda tutilmoqda.

Beshinchi ustuvor yo'nalish-ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqishning 74-maqsadi: Jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag'rikenglik muhitini mustahkamlash deb nomlanib, unda:

Milliy madaniy markazlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish;

Millatlararo munosabatlar sohasida O'zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasining izchil amalga oshirilishini ta'minlash;

Turli millat yoshlari uchun qo'shimcha qulay shart-sharoitlar yaratish, ularda fuqarolik burchini anglash, vatanparvarlik, bag'rikenglikka asoslangan millatlararo muomala madaniyatini yuksaltirish;

Xorijiy tillarda faoliyat yuritayotgan hamda millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini yoritayotgan ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo'shimcha qo'llab-quvvatlash choralarini ko'rish;

Xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida do'stlik jamiyatlari faoliyatini takomillashtirish kabi vazifalar belgilangan [1; 3].

Bu esa, millatlararo totuvlik hamda diniy bag'rikenglik muhitini mustahkamlash mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning uzviy qismi ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Keyingi paytlarda "diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlik" tushunchasiga olimlar va ilmiy tadqiqotchilar tomonidan olib borilayotgan izlanishlar asosida o'ziga xos ta'riflar berilayotganini kuzatish mumkin. Bag'rikenglik to'g'risidagi zamonaviy kontseptsiya yaqindagina paydo bo'lib, bu tushunchani shakllantirishda YUNESKO ko'p kuch-quvvat sarfladi. Jumladan, 1995 yilda ushbu tashkilot tomonidan qabul qilingan "Bag'rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi"da bag'rikenglik fuqarolik jamiyatining qadriyati va ijtimoiy normasi, deya ta'riflandi. Mazkur hujjat qabul qilingan sana - 16 noyabr butun dunyoda Xalqaro bag'rikenglik kuni sifatida belgilangan [2; 3].

Bag'rikenglik omili muammosi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarning markaziy masalasi hisoblanadi. "Tolerantlik" termini ingliz olimi P.Medavar (1953) tomonidan ko'chirib o'tkazilgan begona to'qimaga nisbatan organizm immun sistemasi chidamliligi ko'rsatish maqsadida taklif etilgan. Sotsiologik entsiklopedik lug'atda: "Tolerantlik (lot. - chidamoq ) - a) o'zgalar turmush tarziga, xatti - harakatiga, urf - odatlariga, his - tuyg'ulariga nisbatan chidamlilik; b) noqulay emotsional omillarga chidamlilikdir...", degan tushuncha berilgan. "Falsafa qisqacha izohli lug'at"da esa, "tolerantlik (lotincha tolerantia -chidam) o'zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odoblari, his-tuyg'ulari, fikr -mulohazalari, g'oyalari va e'tiqodlariga nisbatan chidamlilik, bag'rikenglik", degan ta'rif keltirilgan. Tadqiqotchi Z.Husniddinov esa, bu tushunchaga quyidagicha ta'rif beradi: "Tolerantlik umumiy ma'noda biror narsa, hodisani, o'zgacha fikr va qarashni, o'z shaxsiy tushunchalaridan qat'iy nazar, imkon qadar chidam va toqat bilan qabul qilishni anglatadi" Shuningdek, diniy bag'rikenglik va uni shakllanishi va rivojlanishi haqida asosli qarashlar ilgari surilgan.

Ayrim tadqiqotchilar esa, bu tushunchani o'zlikni namoyon etishga hurmat va uni qanday bo'lsa, shunday qabul qilishdir, degan fikrni ilgari surishadi: "tolerantlik -bu xilma-xillikdagi uyg'unlikdir. Bu jahon madaniyatining xilma-xilligi, o'zligimizni namoyon qilish shakllari va insoniy fazilatlarni ifodalash usullariga hurmat va uni qabul qilishdir". Va ular siyosiy, millatlararo, global, mahalla, oiladagi tolerantlik kabi shakllari haqida fikr yuritishadi.

714

Yuqorida tadqiqotlarda ilgari surilgan ta'riflardan ko'rinib turibdiki, "tolerantlik" atamasini o'zbek tilida "bag'rikenglik" atamasi bilan aynanlashtirilganligiga guvoh bo'lamiz. Fikrimizcha, tolerantlikka xos bo'lgan xususiyatlar o'zbek tilidagi bag'rikenglik tushunchasi mohiyatiga to'la mos bo'lgani sababli shunday tarjima qilingan.

Ta'kidlash joizki, demokratik jamiyat taraqqiyoti yo'lida qilinayotgan bugungi islohotlar insonning tafakkuri, aqliy salohiyati va ma'naviy boyligini ko'tarish bilan birgalikda, uning amaliy faolligi, ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Shunday ekan, ijtimoiy barqarorlikka erishish uchun bugungi shiddat bilan taraqqiy etib borayotgan globallashuv jarayonida har tomonlama, ham ma'nan, ham jismonan sog'lom shaxsni tarbiyalamoqchi ekanmiz, ularni bag'rikenglik g'oyalari asosida ta'lim-tarbiya topishiga xizmat qiluvchi jamiyatni barpo etishimiz kerak. Chunki, kishilarning dunyoqarash, fikrlash tarziga asoslanuvchi murakkab hodisa bo'lmish millatlararo munosabatlarning holati va rivojlanishi ko'p jihatdan mamlakat aholisining bag'rikenglik darajasiga bog'liqdir.

O'zbekistondagi barqarorlikni hamda davlat va jamiyat taraqqiyotini mamlakatda istiqomat qiladigan 136 dan ortiq millat va elatning o'zaro totuvligisiz, rasman ro'yxatdan o'tgan 17 diniy konfessiya vakillari o'rtasida bag'rikenglik munosabatlarisiz tasavvur eib bo'lmaydi. Shu bois, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni bilan qabul qilingan "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi"ning beshinchi "Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash hamda chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo'nalishlar"i 5.1 bandida ayni "Xavfsizlik, diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlikni ta'minlash sohasidagi ustuvor yo'nalishlar", deb belgilangan edi. [3; 4].

So'nggi yillarda millatlararo munosabatlar va din sohasida 50 dan ortiq qonun hujjatlari va 40 ga yaqin qarorlar qabul qilindi.. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi "Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5046-son Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-noyabrdagi "Millatlararo munosabatlar sohasida O'zbekiston Respublikasi davlat siyosati kontsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5876-son Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi "Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 5416-sonli farmoni

hamda boshqa bir qator huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi katta ahamiyat kasb etadi. Bu huquqiy hujjatlarning aksariyati fuqarolarning dini va millatidan qat'i nazar, huquq va erkinliklarini kengaytirish, shu jumladan, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish imkoniyatini oshirishga qaratilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni jamiyatda barqarorlik, tinchlik va totuvlikni ta'minlash, fuqarolar ongida katta, ko'p millatli yagona oilaga mansublik tuyg'usini mustahkamlash, milliy madaniy markazlar va do'stlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma'rifiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan [4; 5].

Bugun dunyo koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq inqirozga duch kelgan, davlatlar o'rtasida geosiyosiy kurashlar avj olgan bir sharoitda ko'plab mintaqalarda millatlararo va konfessiyalararo ziddiyatlar kuchayayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz. Shu bois, boshlangan islohotlarni izchil davom ettirish uchun birdamlikni saqlash muhim ahamiyatga ega.

Konstitutsiyaviy kafolatlar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qat'i nazar, fuqarolarga jamoat va davlat qurilishida ishtirok etishni ta'minlaydi. Ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasining millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni o'rnatish siyosati Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa xalqaro huquqiy-me'yoriy hujjatlarga to'la mos keladi hamda millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash O'zbekistonning zamonaviy davlat sifatida taraqqiyot strategiyasining ajralmas qismi hisoblanadi.

2019-yilda Millatlararo munosabatlar sohasida O'zbekiston Respublikasi davlat siyosati kontsepsiyasi tasdiqlandi. Shu bilan birga, diniy-ma'rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo'yicha bir qancha qarorlar qabul qilinib, unga ko'ra, mazkur sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish, turli millat va elatlar vakillari o'rtasida konstruktiv va o'zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni shakllantirish bo'yicha yangi tizim joriy etildi. Jumladan, Prezidentimizning 2018-yil 16-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga muvofiq, Din ishlari bo'yicha qo'mita huzuridagi Konfessiya ishlari bo'yicha kengashning yangi tarkibi tasdiqlandi. Kengash tarkibi 9 nafardan 17 nafar a'zoga - O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan diniy konfessiyalar vakillari hisobiga kengaydi. E'tiborli jihati, kengash a'zoligiga a'zolari oz sonli diniy tashkilotlarning rahbarlari ham kiritildi.

Jamoatchilik maslahatlashuv organi hisoblangan mazkur kengashning asosiy maqsadi O'zbekistondagi mavjud diniy-ijtimoiy jarayonlarni muhokama qilish hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Mamlakatimiz hududida yashayotgan millatlar urf-odati hamda islom dinining madaniy va sivilizatsion merosi, ma'naviy-falsafiy ahamiyatini chuqur o'rganish bo'yicha ishlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarildi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad - fundamental ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida diniy bag'rikenglik, millatlararo munosabatlarning tarixiy ildizlarini chuqur o'rganish va uni bugungi kun sharoitida rivojlantirishdan iborat. Bu borada Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy nomidagi xalqaro tadqiqot markazlari tashkil etildi.

Shu bilan birga, tegishli oliy ta'lim muassasalarida sifatli diniy ta'lim olish imkoniyati kengaymoqda. O'rta, oliy diniy ta'lim, magistratura, boshlang'ich doktorantura va doktoranturani o'z ichiga olgan diniy ta'limning besh bosqichli tizimi shakllantirildi. Islomiy ta'lim muassasalariga talabalarni qabul qilish kvotasi ikki baravar oshirildi. Shuningdek, Toshkent pravoslav seminariyasi va Toshkent xristian seminariyasi o'quv dargohlari ham o'z faoliyatini davom ettirmoqda [5; 7].

MUNOZARA

Millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida muhim o'rin egallay boshladi. Hukumat xalqaro tashkilotlar hamda ushbu sohadagi mutaxassislar bilan konstruktiv muloqot va hamkorlik o'rnatishga alohida e'tibor qaratmoqda. Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari Zeyd Raad Al-Huseyn hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Milliy ozchiliklar bo'yicha Oliy komissari Lamberto Zaniyerning mamlakatimizga tashrifi chog'ida mazkur sohada olib borilayotgan islohotlar muhokama qilindi va xalqaro mutaxassislar tomonidan bu boradagi o'zgarishlarga yuqori baho berildi.

E'tiborli jihati, 2017-yilda mustaqil O'zbekiston tarixida ilk bora mamlakatimizga BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining din va e'tiqod erkinligi bo'yicha maxsus ma'ruzachisi Ahmad Shahid tashrif buyurdi. Uning tavsiyalari asosida 2018 yil 4 may kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi din va e'tiqod erkinligini ta'minlash bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi.

Umuman olganda, xalqaro hamjamiyat mamlakatimizning millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash borasidagi faoliyatini yuqori baholamoqda va O'zbekiston tajribasiga katta qiziqish bilan qaramoqda. Xususan, O'zbekiston

Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 19-sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida bag'rikenglik va o'zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta'minlash, e'tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo'l qo'ymaslikka ko'maklashishga qaratilgan "Ma'rifat va diniy bag'rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklif etilishi va ushbu hujjatning 2018-yil 12-dekabrda qabul qilinishi bunga yaqqol misol bo'la oladi [6; 8].

Mazkur sohada olib borilgan islohotlar doirasida erishilgan muhim natijalardan biri sifatida 2018-yilda AQSh Davlat departamenti O'zbekistonni diniy erkinlik borasida "alohida tashvish uyg'otuvchi mamlakatlar" ro'yxatidan chiqarganini ko'rsatish mumkin. E'tiborli jihati, 2020-yil 13-oktyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi sessiyasida bo'lib o'tgan saylovlarda O'zbekiston milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha kengashi a'zoligiga uch yil muddatga - 2021-2023 yillarga saylandi. Mamlakatimiz uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo 193-davlatdan 169 tasi ovoz berdi. Bu saylovda eng ko'p ovoz berilgan davlat O'zbekiston bo'ldi. Bu ham yurtimizda millati va dinidan qat'i nazar, inson huquqlarini ta'minlashga qaratilgan, shu jumladan, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik sohasida olib borilayotgan siyosatning e'tirofi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Shuningdek, xalqaro me'yorlar asosida qayta ishlangan va 2021-yil 5-iyulda qabul qilingan "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuni muhim ahamiyatga egadir. Bularning barchasi O'zbekistonning xalqaro munosabatlarda ishonchli va mas'uliyatli sub'ekt sifatidagi roli mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.

O'zbekistonda aholining ko'p millatli bo'lishiga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning qulay omili sifatida qaralmoqda. Ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni saqlash, dinlararo va millatlararo munosabatlarni uyg'unlashtirish hisobiga xalqaro maydonda O'zbekistonning obro'si oshib bormoqda. Xususan, mamlakatimizdagi davlat ta'lim muassasalarida o'qitish yetti tilda olib boriladi. O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi o'z ko'rsatuvlarini o'n ikki tilda namoyish etmoqda, o'ndan ortiq tilda gazeta va jurnallar nashr etilmoqda. Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi qoshida 138 ta milliy madaniy markaz, bundan tashqari, 17 ta konfessiyaga tegishli 2300 ga yaqin diniy tashkilot faoliyat yuritadi.

Bu borada yaxlit, chuqur o'ylangan siyosat va uni amalga oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar hayotga tatbiq etilib, millatlararo va dinlararo totuvlikni

qo'llab-quvvatlashga e'tibor qaratilmoqda. Mamlakatlardagi ijtimoiy hayotda transformatsion jarayonlar sodir bo'lmoqda. Bunday vaziyatda mamlakat taraqqiyotiga erishish, xalq farovonligini yuksaltirish uchun eng avvalo iqtisodiyotning uzluksiz va barqaror rivojini ta'minlash, uning raqobatbardoshligi va tahdidbardoshligini mustahkamlash, fuqarolik jamiyati institutlarini takomillashtirish, jamiyatda qonun va huquq ustuvorligini qaror toptirish taqozo qilinadi [7; 9].

XULOSA

Xulosa o'rnida ta'kidlash joizki, mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik sohasida ijobiy va o'zaro hurmatga asoslangan muhitni mustahkamlash borasida olib borilayotgan islohotlar natijasida millatlararo va dinlararo munosabatlarning yangi modeli yaratildi. Yangi modelni o'ziga xosligi millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikka tahdid soluvchi turli xavflarga, jumladan axborot ko'rinishdagi kiberxavflarga qarshi kompleks chora-tadbirlarni o'z ichiga qamrab olgani bilan ahamiyatlidir [8; 9]. Ushbu model turli millat va din vakillari o'rtasidagi millatlararo va dinlararo muloqot, konstruktiv yondashuv va barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga asoslanadi. Shu ma'noda, so'nggi yillarda O'zbekistonda millatlararo munosabatlar va diniy bag'rikenglik sohasida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar mamlakatda ushbu sohalarda yangicha yondashuv va strategik maqsadni birlashtirgan tizim shakllanishiga xizmat qildi.

Qo'yilgan strategik maqsad va vazifalar mamlakatimiz bosib o'tgan taraqqiyot natijalari bilan ham uyg'undir. Masalaning mohiyati shundaki, o'tgan davrda davlat rahbarining rahnamoligi va tashabbusi bilan jamiyat hayotining turli sohalarida ulkan hamda samarali islohotlar amalga oshirildi. Mazkur islohotlar mamlakat iqtisodiy qudratining oshishiga, ijtimoiy barqarorligining mustahkamlanishiga, siyosiy nufuzining oshishiga, ma'naviy makonining yangilanishiga olib keldi. Endilikda O'zbekistonda yangi marralarni egallash, fuqarolar turmushi darajasini yuksaltirish uchun barcha ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlar yuzaga kelib bo'ldi. Taraqqiyot strategiyasining xalq turmushi farovonligini oshirish bilan bog'liq maqsadi ana shu imkoniyatlardan kelib chiqib belgilanmoqda.

REFERENCES

1. gazeta.uz 28 yanvar 2022, 18:25 Siyosat

2. https://religions.uz/uz/news/detail?id=296

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»

farmoni // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda

4. "Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 maydagi N PF-5046 farmoni. "Xalq so'zi", 2017 yil 23 may

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning "Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash - davr talabi" mavzusidagi anjumandagi so'zlagan nutqi.15.06.2017. Internet manba: hppt// www.prezident/uz

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 72 sessiyasidagi nutqi. "Xalq so'zi", 2017 yil, 19 sentyabr

7. Boboyorov, B. N. (2021). The role of civil society institutions in ensuring inter-ethnic harmony in modernization of the country (In case of Uzbekistan). JournalNX -A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal, 1071-1091. Retrieved from https://repo j ournalnx.com/index.php/nx/article/view/1755

8. Normatovich, B. B., Boboyorov, S. B. O. (2021) Cybersecurity and Information War. International Conference on Information Science and Communications Technologies (ICISCT). - IEEE, - C. 1-5.

9. Saifnazarov, I., Muhtarov, A., Sultonov, T., Tolibov, A. (2020) Religious tolerance, unity of knowledge and faith issues highlighting in Imam Bukhari Hadiths. International Journal of Advanced Science and Technology 29 (5), pp. 1846-1853.

10. Umarjonov, S.S. (2021). Ijtimoiy - gumanitar fanlarni o'qitishda Fahriddin Roziyning ontologik qarashlarining o'rni va ahamiyat. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(9), 1029-1038.

11. Umarjonov, S.S., Safarov, M.K. (2021). Fahriddin Roziyning "Latoif ul-g'iyosiyot" qo'lyozma asarida aql va e'tiqod masalasining qo'yilishi va uning diniy-falsafiy germenevtik tahlili. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 1058-1068.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.