Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTONDA QORAQALPOQ ADABIYOTINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI'

YANGI O‘ZBEKISTONDA QORAQALPOQ ADABIYOTINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
xalq pedagogikasi / milliy va umuminsoniy qadriyatlar / og`zaki folklor / ertaklar / tarbiya / ta’lim.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jumasheva Gulnara Xamidullaevna, Daniyarova Shaxribanu Erpolatovna, Xayitmetova Shoxida Farxad Qizi

Maqolada xalq pedagogikasi bo‘lgan ertaklar asosida ertaklar yordamida bolalarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatish, ma`naviy-ahloqiy jihatdan barkamol insonni voyaga etkazish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ular ongiga singdirish va tarbiyalashning nazariy asoslari masalalari kirib chiqiladi, yosh avlod shaxsining ma`naviy rivojlanishi tushunchasining mohiyati ochib beriladi. Maqola ma`naviyat va axloqni tarbiyalashga qiziqish ko‘rsatish, yosh avlod o‘rtasida axloqiy tarbiya samaradorligini oshirish muammosini o‘rganishga bag`ishlangan bo‘lib, bu o‘z xalqi madaniyati bilan tanishish imkoniyatini yaratdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTONDA QORAQALPOQ ADABIYOTINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI»

' YANGI OZBEKISTONDA OZBEK ADABIY TILINING RIVaJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

YANGI O'ZBEKISTONDA QORAQALPOQ ADABIYOTINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

1Jumasheva Gulnara Xamidullaevna, 2Daniyarova Shaxribanu Erpolatovna, 3Xayitmetova

Shoxida Farxad qizi

1NMPI p.f.d. professori, 2 NMPI 1-kurs magistri, 3 NMPI 2-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.13943787

Annotatsiya. Maqolada xalq pedagogikasi bo'lgan ertaklar asosida ertaklar yordamida bolalarni mantiqiy fikrlashga o'rgatish, manaviy-ahloqiy jihatdan barkamol insonni voyaga etkazish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ular ongiga singdirish va tarbiyalashning nazariy asoslari masalalari kirib chiqiladi, yosh avlod shaxsining ma'naviy rivojlanishi tushunchasining mohiyati ochib beriladi. Maqola ma'naviyat va axloqni tarbiyalashga qiziqish ko'rsatish, yosh avlod o'rtasida axloqiy tarbiya samaradorligini oshirish muammosini o'rganishga bag ishlangan bo'lib, bu o'z xalqi madaniyati bilan tanishish imkoniyatini yaratdi.

Kalit so'zlar: xalq pedagogikasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, og^zaki folklor, ertaklar, tarbiya, ta'lim.

Аннотация. В статье рассматриваются вопросы теоретических основ обучения детей логическому мышлению на основе сказок народной педагогики, воспитания духовно-нравственного совершенного человека, внедрения в их сознание национальных и общечеловеческих ценностей и воспитания, раскрывается сущность понятия духовного развития личности подрастающего поколения. Статья посвящена проблеме проявления интереса к воспитанию духовности и нравственности, повышению эффективности нравственного воспитания подрастающего поколения, что дало возможность познакомиться с культурой своего народа.

Ключевые слова: народная педагогика, национальные и общечеловеческие ценности, устный фольклор, сказки, воспитание, образование.

Abstract. Based on folk pedagogical tales, the article discusses the issues of teaching children logical thinking with the help of fairy tales, educating a spiritually and morally perfect personality, instilling in them national and universal values and educating them, reveals the essence of the concept of spiritual development of the personality of the younger generation. The article is devoted to the study of the problem of showing interest in the education of spirituality and morality, increasing the effectiveness of moral education in the younger generation, which created the opportunity to get acquainted with the culture of their people.

Keywords: folk pedagogy, national and universal values, oral folklore, fairy tales, upbringing, education.

Bugungi kunda ta'lim va tarbiya oldida turgan vazifalardan biri - manaviy-axloqiy jihatdan barkamol insonni voyaga etkazish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ular ongiga singdirish, xalq pedagogikasi namunasi bo'lgan ertaklar asosida ularni Vataniga, ona-xalqiga, tarixi va istiqboliga muhabbat ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Bu yo'nalishda hech bir narsa xalqning asrlar osha misqollab to'plagan hayot tajribalarini, ruhiy olamini, xarakter-xususiyatini, urf-odatlari, udumlarini, ananalarini o'ziga jamlagan folklorchalik katta ahamiyat kasb eta oladigan soha bo'lmasa kerak. Folklor asarlaridan ertaklar komil inson tarbiyasi, tabiatga, jamiyatga munosabat, insonni mukammallashtirishga qaratilgan tarbiyaning barcha vositalari o'z ifodasini topgan. Bolalarni folklor asarlari ertaklar asosida tarbiyalash ijtimoiy hayotimiz talab etgan barcha fazilatlarni bola shaxsiga mujassam etishga yordam beruvchi eng muhim vositadir.

" YANGI OZBEKISTONDA OZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

Ertaklar noyob hodisa sifatida yaratilishi, tarqalishi nuqtai nazaridan qadimgi davrlarga borib taqaladi. Ular xalq pedagogikasida og'izdan-og'izga o'tib, asrlar osha tarixiy davrlar silsilasida o'zini yaratgan xalq bilan birga yashab, hayot bilan hamohang qadam tashlab, har bir davrga xos iqtisodiy, madaniy, xar xil urf-odat, acanalar bilan chambarchas bog'liq holda tarixda ular haqida o'ziga xos iz qoldirib kelmoqda. Rasman xalqning o'zi yaratgan tarbiyaviy ananalari, og'zaki ijodi - fol'klorni yaxlit bir madaniy-ruhiy, ma'naviy hodisa, deb hisoblasak, Ertaklarni esa undan alohida olib qarash mumkin emas. U xalq pedagogikasining bir bo'lagi sifatida xalq bilan birga yashab, birga rivojlanib kelmoqda. Ular bir-biri bilan tig'iz aloqada bo'lib, biri-birini to'ldirib, boyitib kelish xususiyatiga ega.

Shu sababli ham ertaklar o'zining tuzilishi, mohiyati jihatidan xalq pedagogikasining ko'pgina adabiy vositalari bilan bog'liq holda rivojlanish qobiliyatiga ega. Xususan, ular asrlar osha yaratilib, xalqning ma'naviy boyligiga aylangan - ertak, savol-javob, chechanlik so'zlari, aytishuvlar bilan uyg'un holda rivojlanib kelmoqda.

Xalq pedagogikasida ertaklarning tarbiyaviy ahamiyatiga, ayniqsa ertaklar yordamida bolalarni mantiqiy fikrlashga o'rgatish usulidan keng foydalanilgan.

Ertaklar biror bir voqea sababli ertak syujetiga jalb etiladi. Ular ertak mazmunini kuchaytirishga, rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda ertak voqeasidagi har bir epizod, asosiy syujet mazmuniga qo'shiladigan yangi ma'no ertak voqeasining rivojlanish nuqtasi bo'lib, uning obrazliligining fantaziyasining, syujet voqealarining rivojlanishiga yordam beradi.

Ertaklarni ertaklardan ajratib olishbu - o'sha ertakni yo'q qilish yoki ertakning biror epizodini butunlay o'zgartirish sanaladi va ular bir-biri bilan o'zaro organik bog'liqqa ega.

Xalq pedagogikasida ertaklarning nasriy yo'lda, ya'ni oddiy so'zlar bilan ifoda etilishi, eng avvalo, xalqning o'sha ertaklarni qanday tahlitda qabul qilishiga, istagiga bog'liq bo'ladi. Ba'zan xalq ixcham, qisqa bayon etilgan o'tkir, dono so'zlarni eshitishni istasa, ba'zan oddiy aniq, lo'nda so'zlar bilan batafsil bayon etilishini hohlashida ko'zga tashlanadi. Har ikkala vaziyatda ham xalq pedagogikasi o'z ma'naviy xazinasiga bwlgan ehtiromini, uni qadrlay olishini ko'rsatadi.

Qoraqalpoq ertaklaridagi etti yashar qizning ertak echishi motivi, voqeasi ayniqsa diqqatga loyiq.

Ertak syujetining asosiy maqsadi qizni sinashdan iborat: shunday qilib, ertakda patriarxal munosabatlar - ayollarning erlari tomonga o'tishi voqeasi berilgan. Yetti yashar qizni podshohning o'zi yoki uning qiz tomonga yuborgan sovchilari ertaklar bilan sinab ko'radi.

Xalq pedagogikasida qizlar donoligini bildiradigan, ko'rsatadigan ertak Ertaklarning yaratilishi qaysi davrlarga borib taqalishini aytish amri mahol. Bizning fikrimizcha, bunday ertak-ertaklar bolalarga tarbiya berish uchun ilgari ham, keyinchalik ham yaratilib kelingan.

"Jarlinin' qizi" (Kambag'alning qizi) ertak-topishmog'ining ikkinchi qismi, faqat savol echimini toptirish emas, balki butunlay boshqa - qiz ayttirish, uylanish motiviga qurilgan. Bunda podshoh qizga sovg'a yuborib, qalin molini aniqlatadi. Qiz unga: "O'n besh o'roq, yigirma besh ketmon, ellikta qarg'a, oltmishta chumchuq bersin, uyidagi yolg'iz qo'zisini bersa bersin, bermasa o'zi bilsin, xoningga shuni aytib bor", - deydi. Xon "Mateke oqil" dagan kishidan ushbu topishmoqning echimini(ta'birini) aytib berishini so'raydi.

O'n besh o'roq degani - yigit o'n besh bolada o'roqdek o'tkir bo'ladi; yigirma besh ketmon degani - yigit yigirma beshda ketmon kabi kesadi; ellik bolada - odamning qarg'adek holi bo'ladi; oltmish bolada - sizdek aqlsiz xonning chumchuqdek ahvoli; uyidagi yolg'iz qo'zisini bersa bersin, bermasa o'zi bilsin degani - uyidagi yolg'iz o'g'liga olsa olsin, olmasa

"YANGI O ZBEKISTONDA OZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

gapini qo'ysin, degani, - debdi. Shunday qilib, xon qizni bolasiga kelin etib olibdi, deyiladi ertakda.

Tarbiyaviy ertaklarda qizning topqirliligini, teran fikrliligini ko'rsatish bilan birga, ayol erkinligi boshqalar izmida bwlib, or-nomusi oyoq osti bo'lgan davrlarda, ozodlik deb orzu qilgan qahramonnning sirli holda xon farmoniga bo'ysunmay, qarshi turishi holati- xalq orzusi ideali ham ilgari suriladi. Bolalarni tenglikka, odamgarchilikka tarbiyalashda qiz Guloyimdek yoki Ayparshadek botir bo'lmasa ham ular donoligi bilan o'z maqsadiga etishi ertaklarda tasvirlanadi.

Ertaklarning yana bir turi xalq pedagogikasida bolalarni chechanlik, zukkolikka o'rgatish masalasi qo'yilgan ertaklardir. Chechanlik musobaqasi asosiga qurilgan ertaklar ko'pincha aytishuvlarga ham o'xshab ketadi. Ayniqsa, xun to'lash, bevalik, er, tuxmat va boshqalarga bag' ishlangan ertaklar chechanlik salohiyati bilan echiladigan ertaklarning shakly dialoglarga ham o'xshab ketadi. Ammo chechanlikni ko'rsatuvchi ertaklar aytishuvga yaqin bo'lib, qofiyalanib kelsa ham ularning aytishuvlar kabi mukammalligi oz bo'ladi. Shunday bo'lsa ham, isboti bilan aytilgan, qanotli, hikmatli so'zlarga boy bo'lgan dalilli, zukko javoblar ko'pgina bolalarni o'limdan olib qoladi, boshqalarning mol-mulki qaytarib olib beriladi, yani ular xalq donoligini namoyish etgan so'z chechanlaridir. Shu sababli ham xalqda "so'z ju'yesin tapsa, mal iyesin tabadi" (so'z o'z o'rnini topsa, mol egasini topadi) degan maqol xalq donoligiga o'qilgan yana bir tasanno kabi jaranglaydi. Chunki xalqning tarbiyaviy an'analarida insonni xoruzor etadigan, jamiyatda xalq shunday sirli, ramzli so'z lar ishlatib dushmanni gapdan mot qilib, oqni oq, qorani qora deb, halolni haromdan ajratib, adolatni tiklash ywlida tarbiyalanib borgan.

Xalq o'z ertaklarida yovuz insonlarni yomon ko'rish, ularning iflos kirdikorlarini majoziy so'z lar bilan oshkora etish bilan birga o'z larining sevimli, adolatli qahramonlarini ezgulik timsollari sifatida ulug'laydi. Xalq bolalarga o'z orzu-istaklarini ba'zan ochiq bildirishga, ba'zan zulmdan qwrqib kinoya bilan, ramziy bildirishga majbur bo'lgan. Zamonlar wtishi bilan insonlar ongi ham, ularning borliqqa nisbatan dunyoqarashi ham yuksalib, yaratilish, unish-o'sish, hayot va mamot haqidagi tushunchalarini ertaklarga mavzu, motiv qilib olib kelganligi kuzatiladi. Xalq og'zaki ijodida bu haqdagi afsona va ertaklar haliyam o'z qadr-qimmatini, teran ma'noliligini saqlab kelmoqda. Bular xalq og'zidagi afsona va rivoyatlar, ertaklar singari ijod namunalari bwlgan bwlsa ham, ularda hayot realligi aks etgan "qo'y ustida to'rg'ay yumalagan adolatli zamon" bo'lishini qumsagan xalq orzu-istaklari o'z ifodasini topgan. Bilim beradigan, savod ochish imkoniyatini beradigan ommaviy maktablar bo'lmagan bir davrlarda ba'zi masalalarni badiiy adabiyotda ramziy aks ettirib, shu yo'sinda masalani hal qilishni orzu qilgan. Uning eng oddiy ko'rinishi "Dunyoda eng og'ir narsa nima, eng engil narsa nima?" - og'ir narsa - er, engil narsa - havo, "erga etti jumbog'imni yo'qotdim" (osmonda tirgak yo'q, suvda qaymoq yo'q, toshbaqada jigar yo'q, daryoda qopqoq yo'q) deb echadi. Bir g'oz uchib kelayotib, qo'nib o'tirgan g'ozlarga qarab: "Assalomu alaykum yuz g'oz!", - debdi, shunda erdagi g'ozlar: "Yo'q, biz yuz emasmiz, yuz bwlishimiz uchun bizga yana shuncha yana uning yarmisicha, yana uning choragicha va sening o'z ing qo'shilsang yuz bwlamiz", debdilar.

Xalq pedagogikasida ertakning bu kabi xususiyatlari bolalar tarbiyasida, ularning mantiqiy tafakkurining va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarining takomillashuvida katta ahamiyatga ega bo'lib, ularning barkamol avlod bo'lib voyaga etishida eng muhim ijtimoiy omildir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

"YANGI O'ZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

1. «2018-2022 yillarda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash twg'risida» O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori loyihasi http://regulation 2018,gov.uz/uz/document/480

2. Mirziyoev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga kuramiz. -T.: O'z bekiston, 2017. - 488 b.

3. Almetov N. Sh. O'quv tarbiya jarayonida xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanish. Chimkent, 1993.

4. Aleuov U. Xalq pedagogikasida bolalarga aqliy tarbiya berish an'analari.(Monografiya). Nukus. «Qaraqalpaqstan», 2018. 102 bet.

5. Sodiqova Sh.A. "Maktabgacha pedagogika". -T.: "Tafakkur sarchashmalari". 2013y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.