OILADA FARZANDLARNI MA'NAVIY QADRIYATLAR RUXIDA TARBIYALASHDA
XALQ PEDAGOGIKASIDAN FOYDALANISH
*AbduHayeva Kibriyo Ravshanbekovna, 2Inamov Dilmirza Dedamirzayevich
1NamDU Pedagogika nazariyasi va tarixi kafedrasi,pedagogika fanlari bo'yicha falsafa
doktori,(PhD)
2NamDU Pedagogika nazariyasi va tarixi kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa
doktori,(PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.10807451
Annotatsiya. Ushbu maqolada, oilani mustahkamlashda, farzandlarni tarbiyalashda milliy va ma'naviy qadriyatlar ruxida tarbiyalashda xalq pedagogikasi manbalaridan foydalanishning afzalliklari hamda ahamiyati haqida so'z yuritiladi. Xalq pedagogikasidagi tarbiya metodlari ichida eng ko'p qo'llaniladigan na'muna, ibrat ko'rsatish, ya'ni o'rnak, xalq og'zaki ijodi va ulardan foydalanish ko'rsatib berilgan.
Kalit so'zlar: Ibrat, na'muna, o'rnak, an'ana, udum, xalq o 'yinlari va o'yinchoqlari, urf-odat, marosim, e 'tiqod.
Mamlakatimizda yurt istiqboli uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir, shijoatli, tashabbuskor yoshlarni tarbiyalash, ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar ko'lamini kengaytirishda xalq pedagogikasi namunalaridan samarali foydalanish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. "Yangi O'zbekiston - ma'rifatli jamiyat konsepsiyasini amalga oshirish", "Yoshlar - Yangi O'zbekiston bunyodkori" shiori ostida "Yangi O'zbekiston -Uchinchi Renensans" g'oyasining ro'yobga chiqarilishini ta'minlash, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, "Yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy an'analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etishga alohida urg'u berishini hisobga olgan holda, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta'lim dasturlari va yangi davlat ta'lim standartlarini joriy etish" kabi vazifalar belgilab berilgan bo'lib, bu o'z navbatida mazkur jarayonni tadqiqiy va tahliliy yo'nalishga ega bo'lgan pedagogik tizim sifatida ko'rib chiqish zaruratini izohlaydi.
Xalq pedagogikasidagi uzviylik, ustoz-shogird an'analarining pedagogik-psixologik ahamiyati, xalq o'yin-kulgilari - sirk, askiya, doston, hikoyachilik, qiziquvchanlik, taqlid, qiroat turlaridan o'quvchilarni ijtimoiy tarbiyalashda foydalanish, an'anaviy xalq sporti va o'yinlari bolalarning jismonan barkamol bo'lib, kamol topishining garovidir. Tabiat va inson o'rtasidagi uyg'unlik muammolari, tabiat va tarixni, hayvonot dunyosini, qushlar dunyosini ulug'lash, asrash va qadrlashning ahamiyati; suv, insonning borliq bilan munosabati - xalq pedagogikasining ekologik tarbiyasining asosidir.
Xalq an'analari, urf-odatlari, marosimlari, qarg'ish va duolari, tabiati, diniy bayramlarning tarbiyaviy ahamiyati, milliy davlat bayramlari "Navro'z", "Mehrjon", "Xayit-ro'za", "Qurbon hayiti", farzand tug'ilishi, azon, tish chiqarish, birinchi qadam, beshik qo'yish, birinchi kiyinishni nishonlash, ta'lim muassasasiga borish, sunnat to'yi, to'y, birinchi farzandning tug'ilishi, qirq, ellik, oltmish yoshlik bayrami, payg'ambar yoshi, yetmish, sakson, to'qsoninchi, kumush to'y, tilla to'y, gavhar to'y va boshqa bayramlar, to'y va an'analarning tarbiyaviy ahamiyati katta.
Yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek, odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar,iymon-e'tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir. Xalq pedagogikasi manbalariga kiruvchi xalq og'zaki ijodi janrlarining tarbiyaviy ahami yati juda katta. Milliy urf-
odatlar,an'analar, udumlar, xalq o'yinlari va o'yinchoqlari, bayram va marosimlarning tarbiya vositasi sifatidagi o'rni, oila tarbiyasi, yoshlarni tarbiyalashning metod, usul va vositalari, islom dinining odob-axloq, ilm-fan haqidagi ta'limotlari, xalq amaliy san'ati va hunarmandchiligi, milliy me'morchilik, milliy musiqa, xalq qo'shiqchiligi, raqs san'ati va milliy teatrlarning axloqiy tarbiyadagi o'rni,o'zbek xalqining muomala madaniyati,axloqiy me'yorlari, tabiat va inson munosabatlari,sog'lom turmush tarzi masalalari asosiy o'rinni egallaydi.
Xalq og'zaki ijodida barkamol avlod tarbiyasi, uning kamolotiga oid barcha masalalarni o'zida mujassam etish bilan birga o'quvchi yoshlar tarbiyasiga ijobiy fazilatlarni singdirish va turli yomon illatlardan yiroq tutish yoki xoli qilish bo'yicha qator tarbiya metodlari,usul va vositalari mavjud.
O'git- nasihat qilish, ibrat-o'rnak ko'rsatish,rag'batlantirish va qoralash kabi metodlarni xalqimiz asrlar davomida qo'llab kelgan bo'lib,uning quyidagi ijobiy shakllari: tushuntirish,o'rgatish,mashq qildirish,kun tartibini rejalashtirish, yaxshi xislat va ishlarga undash,istak bildirish, maqtash, olqish aytish, duo qilish,alqash,mukofotlash,taqdirlash,ishonch bildirish, oqlash,vasiyat qilish kabi metod va vositalar yoshlar tarbiyasida muhim o'rin egallaydi.
Hayotning mazmuni to'g'ri tushuntirish,farzandlarga odob-axloqni o'rgatish,ezgu ishlarga odatlantirishda xalq og'zaki ijodining na'munalari (qo'shiqlar,tez aytishlar, topishmoqlar laparlar, dostonlar,ertaklar)da o'z aksini topgan. Masalan,xalq maqollari o'git va nasixat shaklida beriladi.
-Ko'kka boqma,ko'pga boq.
-Ko'kka boqqan yiqilur,
Loy botqoqqa tiqilur.
-Gap bilan shoshma,ish bilan shosh.
-Bugungi ishni ertaga qo'yma.
Ko'rib turganimizdek, maqollardagi odob-axloq mazmuni o'git-nasihat tarzida berilgan.Xalq dostonlarida ham tarbiyaning bu shaklini ko'plab uchratamiz. Masalan,"Erali va Sherali" dostonida ustoz o'z shogirdlariga quyidagicha nasihat qiladi: Yaxshilikdan ajratmasin dilingni,
Ham yaxshilik ustun qilar qo'lingni,
Miskinlarga sarf ayla,ber puligni,
Men sening qurboning bo'lay,Erali.
Tarbiya metodlari ichida eng ko'p qo'llaniladigan turi bu na'muna, ibrat ko'rsatish,ya'ni o'rnak bo'lishdir. Buyuk allomalar va mutafakkirlarning hayot yo'li bizga doimo ibrat maktabi bo'lib qoladi.Chunonchi,oiladagi kattalar ham o'z farzandlari uchun doim o'rnak ko'zgusi bo'lmoqliklari kerak.Chunki,bola barcha yaxshi fazilatlarni ham, yomon illatlarni ham, eng avvalo oiladan o'rganadi,zero, xalqimiz "Qush uyasida ko'rganini qiladi", deb bejiz aytishmagan.
"Qobusnoma"dan keltirilgan quyidagi parchalarda ham o'quvchilarni tarbiyali va tartibli bo'lishga o'rgatiladi:
- Ey farzand, bilginki, ko'p uxlash-yomon odat.
U kishini lanj va dangasa qiladi.
-Uyqu uchun ko'p vaqt sarflab, kunduzni kechaga aylantirma.
-Erta turishni odat qil.-Hunarsiz kishi bilan do'st bo'lma.
Xalq pedagogikasidagi rag'batlantirish metodiga maqtash,ma'qullash,alqash, mukofotlash kabi shakllarni kiritishimiz mumkin.Bolalarning yaxshi fazilat ila amalga oshirgan ibratli ishlari kattalar tomonidan ma'qullansa,maqtalsa, olqishlansa,rahmat aytilsa, alqansa va imkon doirasida taqdirlansa, ular yanada yaxshi hislatlarga ega bo'lishga, yaxshi ishlarni bajarishga harakat
qiladilar.Bunga o'zbek xalq og'zaki ijodidan ko'plab misollar keltirishimiz mumkin.Asar qahramonlari xalqni zolimning zulmidan qutqarib, xalqning olqishi va rahmatiga sazovor bo'lganligi, munosib taqdirlanganligi haqidagi ertak, rivoyat, afsona, asotir va dostonlar behisob.Maqtash, alqash paytida:
-"Tarbiya bergan ota-onangga rahmat",
-"Ta'lim bergan ustozingga rahmat",
-"Barakalla,o'g'lim, qizim",
-"Aql-u hushing,idrokingga ofarin",
-"Oqilaligingga tahsinlar bo'lsin" kabi jumlalar ishlatiladi.
O'zbek xalqi azal-azaldan yosh avlodni komil inson sifatida voyaga yetkazishga katta e'tibor qaratib kelingan.Xususan, shuning natijasida yurtimizda Alisher Navoiy, Beruniy, ibn Sino, Mirzo Ulug'bek, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Al-Xorazmiy, Bobur, Al- Buhoriy, Farobiy va shu kabi buyuk olim-u fuzalolar tarbiya topganlar.Bundan tashqari yurtimizda XIX asr va XX asrda yashab ijod etgan bir qancha ijodkorlarni Usmon Nosir, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Cho'lpon, Oybek, G'ofur G'ulom, Ozod Sharafiddinov kabi vatanparvarlar, Nodirabegim, Uvaysiy, Anbar Otin, Zulfiya, Saida Zunnunova kabi vafoda tengi yo'q , ilmda zukko ayollarimizni ham tilga olish zarur.
Ota- bobolarimiz bu darajaga yetishish uchun, eng avvalo, qalblarda Allohga bo'lgan muhabbat va e'tiqodlari, vatanga bo'lgan sadoqatni, maqsadga yarasha intilish zarurligini, ilm ulug'ligini namoyon etganlar.
Bizda bolalar tarbiyasi qadar ahamiyat berilmagan bir masala yo'qdir. Shuning uchun kundan-kun har jihatdan qaror chekmakdamiz desak xato qilmag'on bo'lamiz. Bolalarni tarbiyasida maktab darsligida berilgan xalq og'zaki ijodiga mansub materiallarni o'qish jarayonida o'quvchilar nafaqat o'zbek xalqining o'lmas ma'naviyat buloqlaridan bahramand bo'ladilar, balki o'zlari ham sevib o'qigan ertak- dastonlardagi qahramonlar kabi vatanparvar, mard, jasur, to'g'riso'z, mehnatsevar, kamtar va mehribon insonlar bo'lib yetishishni orzu qiladilar. Ana shunday kishilar haqida tasavvur hosil qiladilar; ezgulikni hayotdagi o'rnini bilib oladilar. Bularning hammasi bola shaxsining shakllanishiga yordam beradi. Xalq og'zaki ijodi asarlari vositasida estetik tarbiyalashga ham alohida ahamiyat beriladi. O'qitilayotgan matn va uni o'rgatish metodlari bolaning estetik qabul qilish qobilyatini, tabiat va jamiyatdagi haqiqiy go'zallikni ajrata olish, kishilar hayoti va san'atdagi go'zallikni his qilish kabi estetik fazilatlarni rivojlantirish uchun xizmat qilishi lozim. Bularning hammasi boshlang'ich sinif o'quvchilarni tarbiyalashda hamda ularning ma'naviy dunyosini boyitishda xalq og'zaki ijodi materiallarining alohida o'rni borligini ko'rsatadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ma'naviy barkamol inson qilib tarbiyalashda xalq og'zaki ijodi namunalaridan unumli foydalanish yo'llarini ochib berish masalasi hozirgi metodika va pedagogikaning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi
Ma'lumki, ertaklar xalq og'zaki ijodiyotining eng qadimiy ommaviy va keng tarqalgan jannrlardan biridir.Ertaklarda voqea va hodisalar bo'lib o'tgan o'rni va zamoni nooaniq umumiy tarzda ifodalanadi. Bundan tashqari, ertaklarning zamon va makon e'tibori bilan yuzaga kelgan o'rni ham turlicha. Ularning tili va uslubi farq qiladi. U yoki bu ertak qaysi turga taalluqli ekanini aniqlash uchun diqqat-e'tibor bilan mazmunini va asosiy vazifasini belgilash lozim bo'ladi. Masalan: sehrli ertaklar hamda hayvonlar haqidagi ertaklar bilan ishqiy-sarguzasht tipidagi yoki hajviy ertaklarning mustaqil janr sifatida tashkil topishi ham turli davrlarga to'g'ri keladi. Shuning uchun ham har xil davrda yaratilgan va turli xil jamiyat qatlamlari tizimini o'zida saqlagan "Kenja Botir","Ur to'qmoq", "Chol bilan kampir", "Bo'ri bilan tulki" kabi ertaklarning
syujet tarkibi, xarakteri, obrazlar sistemasi, turli va hikoya qilishi uslubiga o'xshash va farqli tomonlar mavjud. Negaki, ertak ozining taraqqiyoti davomida ba'zi motiv obrazlarni yo'qotishi, yangi-yangi belgilarni qabul qilishi mumkin, ba'zan esa an'anaviy elementlar yangicha talqin etilgan boladi.
Xullas, har bir ertakning xususiyat tarkibi, uning g'oyaviy mazmuni, badiiy vositalari oziga xos xususiyatni ko'rsatib turadi. "Zumrad va Qimmat" yoki "Oltin tarvuz" kabilar asosan sehrli ertaklardir. Biroq asosiy qahramonlar qiyofasi, ularning hatti-harakatlari hajviy ertaklarning bosh qahramonlarini eslatadi. Lekin bu ertaklarda hajviy, hajviy ertaklarda bo'lganidek aql-idrok, tadbirkorlik uchun asar yechimida hal qiluvchi vazifalarni o'taydi.Faqat ularning u yoki bu ertaklardagi mazmun darajasi, ishlatish o'rni, maqsad vazifalarini e'tiborga olish kerak.
Demak, oilani mustahkamligini ta'minlashda va oilada bolani milliy va ma'naviy qadriyatlar ruxida tarbiyalashda hamda bolalarni ham bilimga qiziqishini oshirishda, ham komil inson qilib tarbiyalashda xalq pedagogikasi ijodi na'munalaridan foydalanish ijobiy natija beradi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmoni. 2022-yil 28-yanvar.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni // qonunchilik ma'lumotlari milliy ba'zasi, 29.04.2019 y., Elektron resurs. https://lex.uz/docs/4312785.
3. Kaykovus "Qobusnoma".Yangi asr avlodi-Toshkent.2018-yil
4. Najmiddinov A."Qadimiy qutichadagi ertaklar"-Toshkent.2015-yil
5. Abdullayeva K. "Xalq pedagogikasi vositasida o'quvchilar ijtimoiy faolligini oshirishning pedagogik mexanizmlari" Dis.Namangan-2023