Научная статья на тему 'KICHIK YOSHDAGI MAKTAB O‘QUVCHLARINING MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYASIDA XALQ QO‘SHIQLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI'

KICHIK YOSHDAGI MAKTAB O‘QUVCHLARINING MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYASIDA XALQ QO‘SHIQLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
114
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O’zbek xalq og’zaki ijodi / kichik yoshdagi maktab o’quvchlari / ma’naviy-axloqiy tarbiya / xalq qo’shiqlari / ma’naviyat. / Uzbek folk oral creativity / young schoolchildren / spiritual and moral education / folk songs / spirituality.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Karimova, Nafisa Saydullayevna

Maqolada kichik yoshdagi maktab o’quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq qo’shiqlarining tarbiyaviy ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EDUCATIONAL SIGNIFICANCE OF FOLK SONGS IN THE SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION OF YOUNG SCHOOL STUDENTS

The article provides information about the educational significance of folk songs in the spiritual and moral upbringing of schoolchildren.

Текст научной работы на тему «KICHIK YOSHDAGI MAKTAB O‘QUVCHLARINING MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYASIDA XALQ QO‘SHIQLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(3), March, 2023

KICHIK YOSHDAGI MAKTAB O'QUVCHLARINING MA'NAVIY-AXLOQIY TARBIYASIDA XALQ QO'SHIQLARINING TARBIYAVIY

AHAMIYATI

Karimova Nafisa Saydullayevna

Toshkent kimyo xalqaro universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada kichik yoshdagi maktab o'quvchilarini ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq qo'shiqlarining tarbiyaviy ahamiyati to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: O 'zbek xalq og 'zaki ijodi, kichik yoshdagi maktab o 'quvchlari, ma 'naviy-axloqiy tarbiya, xalq qo 'shiqlari, ma 'naviyat.

ABSTRACT

The article provides information about the educational significance of folk songs in the spiritual and moral upbringing of schoolchildren.

Key words: Uzbek folk oral creativity, young schoolchildren, spiritual and moral education, folk songs, spirituality.

АННОТАЦИЯ

В статье представлена информация о воспитательном значении народных песен в духовно-нравственном воспитании школьников.

Ключевые слова: узбекское народное устное творчество, младшие школьники, духовно-нравственное воспитание, народные песни, духовность.

KIRISH

O'zbek xalq og'zaki ijodida bolalar tarbiyasida qo'shiqlar salmoqli o'rin egallaydi. "Qo'shiq" atamasi turkiy "qo'shmoq" fe'lining o'zagidan yasalgan bo'lib, misraga misrani qo'shib kuylash, aytish ma'nolarni anglatadi va bu atama ikki ma'noda qo'llanib, keng ma'noda, (ya'ni) u og'zaki lirikani anglatadi va bu ma'no, ya'ni she'riyat, qasida atamasi, qo'shiq ma'nolari Mahmud Qoshg'ariyning "Devonu lug'atit turk" asarida ham qayd etilgan tor ma'noda qo'shiq atamasi og'zaki lirik turga mansub mustaqil janrni anglatadi.

Qo'shiqning mustaqil janr atamasi esa asarda ifodalangan mazmunga qo'shiqning ijro o'rni, tarzi va funksiyasiga qarab turli sifatlovchilar bilan birgalikda nomlanadi. Masalan, qo'shiq mehnat jarayonida ijro etilgan bo'lib mazmunan mehnat jarayoni bilan bog'liq bo'lsa bunday qo'shiqlar mehnat qo'shiqlari deb yuritiladi. Yoki qo'shiqda ishq-muhabbat kuylansa bunday qo'shiq lirik qo'shiqlar deyiladi va hakozo.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Xalq qo'shiqlarida voqelik yakka shaxsning kechinmalari orqali aks etadi. Biroq bu kechinmalar jamoaning his-tuyg'ulari bilan uyg'unlashgan bo'ladi. Chunki xalq og'zaki ijodida yakka shaxsning kechinmalarini jamoa kechinmalarini ifodashning bir vositasi bo'lgan. Shuning uchun xam xalq qo'shiqlarida mehnatkash xalqning ruxiy kechinmalari, dunyo qarashi to'laqonli aks etgan.

Qo'shiqlar xalq ma'naviyatining qudratini, mehnatkash omma irodasining bukulmasligini ifodalab, kishilarni ruhan tetiklikka jasoratga, mexnatsevarlikka va elparvarlikka, do'slikka, sevgida sadoqatga chorlaydi. Xalq qo'shiqlari, asosan, barmoq vaznida yaratiladi. Masalan, Alisher Navoiy o'zining "Mezonul avzon" asarida qo'shiq janrlariga ham alohida to'xtalib o'tgan. Uning ko'rsatib o'tishicha, qo'shiq kuylanish va o'yin vositasida ijro etilishi ham mo'ljanlangan xalq qo'shiqlarining aruz vazniga mos keluvchi turlari haqida to'xtalib, u ikki vaznni qayd etadi. Birinchisi, xalq qo'shiqlarida tabiiy tovushlar uyg'unlashishi tufayli vujudga kelgan vazn bo'lib, u arab xalq she'riyatdagi modidi muammoni solim (faylatun. Falotun faylatun, folun) ga to'g'ri keladi, ikkinchisi esa H.Bayqaro tomonidan isloh qilinib, u ko'pgina qo'shiqchilar orasida keng tarqalgan bo'lib, u ramanli muammoni makruf (faylatun, folotun faylatun folun) vaznida iborat.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbek xalq qo'shiqlari janri mansubiyati, yaratilish davri, ijro o'zini turi kabilari jihatidan xilma-xillik kasb etadi. Bu jihatdan xalq qo'shiqlari marosimi va marosimga aloqasiz qo'shiqlarga bo'linadi. To'y va boshqa marosimlarda ijro etiladigan yoki motam yig'inlari marosim qo'shiqlarini tashkil etadi.

Marosimga aloqasiz qo'shiqlarga esa mehnat hamda lirik qo'shiqlarga mansub, yana beshik qo'shiqlari ham bor.

Bola tug'ilishidan tili so'zga o'rganib yurib ketgunga qadar kattalar ularga alla aytib beradilar, onalar-tarbiyachilar bola bilan turil xil mashg'ulotlar o'tkazadilar, turmushda bola uchun zarur bo'lgan dastlabki hayotiy qoidalarni o'rgatadilar. Bolalar uchun ana shu xil aytilib yurgan, bir ikki emas, barcha onalar og'zida tarqalgan folklorning bu janrini beshik qo'shiqlari deganlar. O'zbek xalqining uzoq davrlaridan buyon yaratgan bola tarbiyasi haqidagi pedagogik tajribasi jismoniy tarbiyasida beqiyosi buyukdir. Garchi beshik qo'shiqlari qadimdan bor bo'lsalar ham, ularni xalq og'zaki ijodining janri sifatida to'plash va ilmiy jihatdan o'rganish bizda asrimizning yigirmanchi yillaridagina boshlanadi.

Beshik qo'shiqlari davri bolalar folklorini yuqorida aytganimizdek, birmuncha kengroq doirada: allalar, ovunchoqlar, ibrat-o'git so'zlari misolida ko'rib chiqish mumkin.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Onalarning farzandiga, beshik yonida aytgan lirik kuylari o'zbeklarda ko'pincha, "alla" nomi bilan yuritilgan Allaning qadim vaqtlarda "balu-balu" deyishi ham ma'lum. A.Navoiy esa "alla" aytishni " navoro' " deb atadi.

Ko'zining nozi eldan eshitib uyqu, Anga uyqu keturmakka navog'o'

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ibn Sino "alla"larning bola tarbiyasidagi rolini aytib, bu masalada faqat jismoniygina emas ruhiy xolati ham diqqatimizni tortadi: "Bolaning mijozini kuchaytirimoq uchun, unga ikki narsani qo'llamoq kerak. Biri - bolani sekin-asta tarbiyalash, ikkinchisi - uni uxlatish uchun odat bo'lib qolgan musiqa va allalashdir.

Allalar poetik jihatdan go'zal onalarning ichki tuyg'ularining bayoni sifatida ham xalq ijodining bo'lak turlaridan ajralib turadi. Xalq orasida beshik qo'shiqlari o'zining son jihatidan ko'pligi bilan ko'zga tashlanadi. Ko'pgina kitoblarda allaning namunalari keltirilgan:

Ko'p bolalik onalarning hurmatda bo'lishi qadim zamonlardan to bizning kunlarimizgacha sharafli an'ana bo'lib keladi. Serfarzandlik o'zbeklarning qadimiy udum hisoblanadi. Xalq ijodining deyarli barcha turlarida qo'shiqlar, ertaklar, xatto dostonlarning mavzulari shunga bag'ishlangandir.

O'tmishda yaratilib og'izdan-og'izga o'tib kelgan qo'shiqlarda onalarning qayg'u alam yoshlari bilan qo'shilib yo'g'rilib ketgan edi.

Davr o'tishi, zamonlarning o'zgarishi, jamiyatdagi iqtisodiy va siyosiy o'zgarishlar xalq og'zaki ijodiga ta'sir etmay qolmaydi. Eng hozir javob janr-xalq qo'shiqlari turmushdagi bu o'zgarishlarni tezda aks ettiradi. Xususan, yangi davrda

Alla bolam, alla

Jonim bolam, alla Ikki ko'zim, alla

Shirin so'zim, alla

Alla qilsin, bolamo Uyquda orom olsin-o Alla, alla deganda Jimgina uxlab qolsin Alla bolam, alla Ikki ko'zim, alla

Farzandlik uyiga yog'ar rahmat alla, Farzansizlik chekar zahmat alla

Farzandlikning uyin ko'rsang gulison, alla Befarzandning uyin ko'rsang cho'lison, alla...

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

har tomonlama g'amho'rlik bilan o'rab olingan onalarning allalari mazmunan juda o'zgarib ketdi.

"Beshik qo'shiqlari boy ma'lumotlar beradi. Bu qo'shiqlar xilma-xil va nozik ko'ngil hislarini, kishilar-axvolining ta'sirini ko'z oldimizda gavdalantirib, ularni ijod etgan kishilarning milliy hususiyatlarini, o'ziga xos belgilarini saqlab qoladilar".

Xalq qo'shiqlaridan yana biri mehnat qo'shiqlaridir. Qadimgi ajdodlarimizning mehnat faoliyatida muayyan mehnat qilishga mos keluvchi oddiy qichqiriqlardan tortib bir daraja yuqori musiqaga ega bo'lgan she'riy parchalargacha o'z ichiga oladi. Ana shu oddiy xitob hamda she'riy belgilar mehnat qo'shiqlarining asosini tashkil etadi. Chunki ular ibtidoiy insonning mehnat faoliyati bilan bevosita aloqadorlikda vujudga kelib ana shu jarayonda taraqqiy etgan.

Mehnat qo'shiqlari rang-barang janrlardan tashkil topgan bo'lib, ularni bir turkum doirasida ushlab turuvchi bir necha xususiyatlar mavjud. Ulardan biri barcha janrlarning bevosita u yoki bu mehnat turi bilan bog'liqligi hisoblanadi. Masalan: qo'sh xaydashda aytiladigan qo'shiqlarni g'alla yanchish paytida ijro etib bo'lmaydi. Mehnat qo'shiqlariga xos xususiyatlardan biri ularning engil ritimga, qofiyalanish tarziga va poetik uslubiga egaligida ko'zga tashlanadi. Shuning uchun ularda murakkab poetik ramzlar, majoziy obraz va ko'chimlar uchramaydi.

Xullas, yuqorida ko'rsatilgan xususiyatlar mehnat qo'shiqlariga ijro o'rni va tarzi, musiqiy tabiati va poetik xususiyatlariga qarab musaqil janrlar sisemasidan tarkib topgan xalq poeziyasining qadimiy turkumi sifatida qarash xuquqini beradi.

O'zbek mehnat qo'shiqlarini quyidagicha guruxlarga ajratib o'rganish lozim. Bular:

Dehqonchilik bilan bog'liq qo'shiqlar.

Chorvachilik bilan aloqador qo'shiqlar.

Xunarmandchilik bilan bog'liq qo'shiqlar.

O'zbek xalq og'zaki ijodida ovchilik, savdo-sotiq kabi mehnat turlari bilan bog'liq qo'shiqlar xozir saqlanib qolmagan. Shuning uchun ham aytilgan mehnat turi bilan bog'liq qo'shiqlarga tasnifdan o'rin berilmaydi.

O'rta Osiyo xalqlari qadim-qadimdan dexqonchilik bilan shug'ullanib keladi. Binobarin, mehnatning bu turi bilan bog'liq qo'shiqlar rang-barang bo'lib, ulardan bizga qadar "Qo'sh qo'shiqlar", "O'rim qo'shiqlar", "Xirmon qo'shiqlari kabi janrlargina etib kelgan. Bevosita dexqonning mehnat jarayoni bilan bog'liq bo'lmasa ham, biroq uning mehnat samarasi bo'lgan narsalar bilan aloqador qo'shiqlar ham mehnat qo'shiqlari doirasida olib qaraladi. Masalan, g'allani yorg'ichoq yordamida un qilish jarayonida ijro etiluvchi qo'shiqlar "yorg'ichoq qo'shiqlari" atamasi bilan daxqonchilik qo'shiqlari doirasida olib qaraldi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(3), March, 2023

Qo'sh qo'shiqlar. Dexqon mehnati erta bahorda er haydashdan boshlanadi. Er haydash esa og'ir jismoniy mehnat bo'lib, bunda tinkani quritadigan mehnat payitida dexqon qo'shiq kuylab, o'zini ovutadigan va shu orqali mehnatning og'ir azobini unutgan.

Qo'sh qo'shiqlarida ish hayvonlariga murakkab, qo'sh tortayotgan hayvonlar tilidan og'ir mehnatdan qilingan shikoyat etakchilik qilgan. Chunki og'ir mehnatdan tengsizlikdan shikoyatning hayvonlar tilidan dard-alamlarni yorqinroq ifodalashning qulay usuli edi:

Shoxlarim bor gaz-gaz quloch, Ustida o'ynar qaldirg'och Xayday desam qornim och. Men qo'shga qanday yarayin.

Xo'kiz tilidan aytilgan bu shikoyat hosil etishtirib, o'zi yarim och, yarim to'q hayot kechiruvchi dexqon hayotining real tasavvur qilishga xizmat qiladi. Demak, qo'shiqdagi hayvonning ochlik va og'ir mehnatdan qilgan shikoyati dexqonning og'ir, mashaqqatli hayotini bayon qilishning bir vositasidir. O'roq o'rmoq olmoq-solmoq Qo'sh haydamoq bormoq-kelmoq Hammasidan qiyin ekan Ey ho'kizim, ro'zg'or qurmoq. Darxaqiqat, qo'sh haydash, o'roq o'rish qay darajada og'ir bo'lmasin, agar ro'zg'or but, qorin to'q bo'lsa, inson ularning barchasiga chiday oladi. Aks holda hech narsa tatimaydi.

Hozirgi kunda texnika rivojlanib, dexqon og'ir qo'l mehnatidan ozod bo'ldi. Dexqon mehnatidan qo'shning chiqib ketishi bevosita qo'sh qo'shiqlarning yaratilishi va jonli yashashini pasaytirdi. Hozir esa qo'sh qo'shiqlari deyarli unutilib borilmoqda.

O'rim qo'shiqlari. Ilgari payitda aytilgan g'alla qo'lda o'rib olingan. Bunday og'ir va ayni paytda maroqli mehnat paytda o'roqchilar o'zlarini ovutish uchun maxsus qo'shiqlar to'qib kuylaganlar. Ana shunday qo'shiqlar shartli ravishda o'rim qo'shiqlari deb yuritiladi.

O'rim qo'shiqlari yakka shaxs yoki ko'pchilik tomonidan ijro etilgan. Ulardan bahorning injiq, yozning shavfqatsiz issiq kezlarida qilingan mehnatning samara berganligidan quvongan dexqonning ko'tarinki ruhi, etilgan hosilni tezroq yig'ib olishga bo'lgan kuchli ishtiyoqi tarannum etiladi: O'rog'im olmos, O'rishdan tolmas. Sira ham tolmas ,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(3), March, 2023

O'rmasam bo'lmas.

Hozirgi payitda g'alla kombayinlar vositasida o'rilganligi sababli o'rim qo'shiqlarini ijro etishga, ularning yaratilishi va jonli ijrosiga hojat qolmadi. Natijada, ular asta-sekin unutilib borilmoqda.

Yorg'ichoq qo'shiqlari. Yorg'ichoq aylantirish og'ir va unumsiz qo'l mehnati bo'lib, u o'zining tarixiy ildizlari bilan suv yoki shamol tegirmonlari kashf etilmagan davrlarda vujudga kelgan. Keyinchalik u tog'lik joylarda yashovchi chorvadorlar, shuningdek, cho'l va dasht zonalarida kun kechiruvchi dexqonlar turmushda keng qo'llanila boshlangan.

Yorg'ichoq tortmas edim, Och qolganimdan tortarman. Sabzavon aytmas edim, Kuyganlarimdan aytaman. Sog'im qo'shiqlar. Sigir, qo'y, echki, biya, tuyalarni sog'ishda erkalash oxangida aytiladigan qo'shiqlarni sog'im qo'shiqlari deyiladi.

Sigir sog'ish bilan bog'liq qo'shiqlar- "ho'sh-ho'sh" yoki "xo'shim" deyiladi. Bunday qo'shiqlar tovishi sigirga murojat shaklida to'qilgan bo'lib, sutli sigir mehnat ahli ro'zg'orini to'kin qiladigan xazina deb ardoqlanadi, sog'ish paytida silab-siypab aytilgan qo'shiq govmishni iydiradi:

Saralar eding otingni, ho'sh-ho'sh, Iyib bergin sutingni, ho'sh-ho'sh, Olmazor buloq o'ting bor, ho'sh-ho'sh, Oqar buloq suting bor, ho'sh-ho'sh, Turaqolgin jonvor, Iya qolgin jonvor...

Hunarmandchilik qo'shiqlari. O'zbek xalq qo'shiqlari orasida hunarmanchilik qo'shiqlari salmoqli o'rin egallaydi. Bunday qo'shiqlarda hunarmand yoki kosibning uzoq tarixiy sharoitlaridagi moddiy-ma'naviy hayoti, ichki ruhi kayfiyati, ibtidoiy ish qurollari tufayli tug'ilgan mehnat mashaqati bilan qo'shilib tasvirlanadi: Bo'z to'qiymiz qirog'in o'xshatib Moki otaman dasinamni qaqshatib, Bozordagi shoyilardan yaxshi etib, Nafisdan o'xshagan bo'zim yaxshidir.

Bo'zchi aytgan qo'shiqlarida jafoli, unumsiz mehnat bo'zchilik hunarining g'oyat og'irligi, buning usiga to'qigan bo'zi sotilmay, bozori kasod bo'lib, oilasidagi muxtojlik arimaganligi singari asoslar ravshan ko'rinib turadi. Xalqda "bo'zchi belboqqa yolchimas" degan maqol behuda bo'lmagan.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Mehnat jarayonini aks ettiradigan an'anaviy qo'shiqlarning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, bajariladigan mehnat qo'shiq oxangi bilan ichki bog'liqlikka ega, mehnat ritmi qo'shiq ohangini belgilaydi. Bu kabi qo'shiqlarda xalq ommasining halol mehnat qilib yashashi, tiriklik uchun kurashi, mehnatga buyuk muhabbati uning azaliy odati ekanligi chuqur hayotiy dalillarda ko'rsatiladi.

Insonning yashash va hayot kechirish tarsi, yilning to'rt fasli, mehnat oylari, bayramlar, urf-odatlar, marosimlar, mavsumiy ish-harakatlar bilan bog'liq ravishda juda ko'p qo'shiqlar yaratilgan.

Yo, ramazon. Turli urf-odatlar, marosim va irimlar bilan bog'liq bir qancha qo'shiqlar yaratilganki, bunga "Yo, ramazon", "Barot keldi", "Safar qochdi", "Sus xotin", "Boychechak" kabilarni ko'rsatish mumkin. Shulardan "Yo,ramazon" ramazon oyida bolalarning hovlima-hovli yurib aytadigan qo'shiqlari edi. Sirtdan qaraganda "Yo, ramazon" diniy mazmundagi qo'shiqlarga o'xshasda, ularda xonadon egasiga farzand ko'rish haqida istaklar, ularning saxiy bo'lishi yoki baxilligi kabi ko'rinishlar ustunlik qiladilar.

O'zbek xalqining va boshqa xalqlarning uzoq yillar bola tarbiyasida orttirgan tajribasi kuchli qudratga egaligi va xalqchilligini bilgan o'tmish mutafakkirlar, shoir va olimlar o'z faoliyatlarida unga amal qildilar. Ular xalq urf- odati va an'analarini o'rganib, o'tmish avlodlar donishmandligi kelgusi avlodlar uchun ko'zgudir degan xulosaga keldilar va ularni tashviq etdilar.

Xalq pedagogikasining og'zaki ravishda avloddan - avlodga o'tib kelayotgan yodgorliklarida (maqol, ertak, topishmoq, rivoyat, afsona va dostonlarida) moddiy dunyoning moddiyligi, hayotda voqea va xodislarning sodir bo'lishi ularning sabab va oqibatlari, tabiat va jamiyat hodisalarining bir- biriga bog'liqligi, shakl va mazmun birligi, bola tarbiyasi havqidagi tasavvuri ifodalangan.

Xalq pedagogikasi ana shu xususiyatlari bilan ilmiy pedagogikaning muxim tarkibiy qismi hisoblanadi. Uning ilmiy pedagogikadan farqi shundaki, u tarixiy, mantiqiy va qurilish jixatidan o'ziga xos xususiyatga ega.

Hamma xalqlarda o'tmishda oilada turli mavzudagi ertak, doston, latifa, hikmatlardan bolalar tarbiyasida keng foydalanilgan. Ota- onalarning tunda uyqu oldidan aytib bergan ertaklaridan bolalari ruhiy oziq olgan, hayotdagi va odamlardagi yaxshi fazilat va yomon xislatlarni bilib olishgan, hurmat va muruvvat, adolat kabi tushunchalar haqida tasavvurga ega bo'lishgan. Natijada butun hayotlari davomida ertaklar ularning doimiy hamroxi bo'lgan, ular uchun hayot darsligi bo'lib xizmat qilgan va hozir xam xizmat qilmoqda.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Ma'lumki, har bir xalq pedagogikasi boshqa xalqlar pedagogikasi bilan bog'liq holda yaratilgan. Shu sababli ham ularning ijtimoiy - siyosiy, madaniy hayotlari, tarixiy taqdirlari ifodalangan urf- odatlari, an'analarida o'xshashlik mavjuddir. Bu o'xshashlik ularning mehnat, nafosat, aqliy va axloqiy tarbiya sohasida qilgan ishlarida yorqin ko'rinadi.

REFERENCES

1. Badiiy terma kitob. Bolachalarning katta guruhlari uchun. Toshkent, 1996 y, 322-

2. Boshlang'ich ta'lim jurnali, 1996 y, 2-6-7-8-sonlar:

3. «Boychechak». Toshkent, 1989 y.

4. Valieva N. «Halollik va sofdillik nima?». Risola. Toshkent, 1968 y.

5. Vohidov M. Bolalar psixologiyasi. «O'qituvchi» nashriyoti, Toshkent, 1976 y.

6. O'zbek xalq poetik ijodi. T., 1967.

2. Abdurahimova D., Dadasheva S. "Xalq og'zaki ijodi-tarbiya vositasi. T., 1995.

3. Safo Ochil "Mustaqillik va tarbiya masalalari". T.: O'zbekiston, 1996.

4. Xasanboeva O. "Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish metodikasi. T., 1996.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

5. Musurmonov A. "Ta'lim-tarbiyada xalq og'zaki ijodidan foydalanish". T.: O'qituvchi, 1993.

326-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.