Научная статья на тему 'BOSHLANGʻICH TA’LIMDA ERTAKLARNI OʻQITISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI'

BOSHLANGʻICH TA’LIMDA ERTAKLARNI OʻQITISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
4026
273
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlangʻich ta’lim / ona tili va oʻqish savodxonligi / xalq oʻgzaki ijodi / ertak / axloqiy sifatlar / ertak matni / ogʻzaki hikoya / savol-javob / nutq oʻstirish. / primary education / mother tongue and reading literacy / folklore / fairy tale / moral qualities / fairy tale text / oral story / question and answer / speech development.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — M. Jumaniyozova, A. Ismoilova

Mazkur maqolada boshlangʻich ta’limda ertaklarni oʻrganishning maqsad va vazifalari, ularning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati koʻrsatiladi. Ertaklarni oʻrganishda qoʻllaniladigan metodlar haqida fikr yuritiladi hamda ulardan samarali foydalanish uchun bir qator tavsiyalar beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GOALS AND TASKS OF TEACHING FAIRY TALES IN PRIMARY EDUCATION

This article shows the goals and tasks of learning fairy tales in primary education, their educational importance. The methods used in the study of fairy tales are discussed and a number of recommendations are given for their effective use.

Текст научной работы на тему «BOSHLANGʻICH TA’LIMDA ERTAKLARNI OʻQITISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA ERTAKLARNI O'QITISHNING MAQSAD VA

VAZIFALARI Jumaniyozova Muhabbat Xo'sinovna

UrDU Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi

Ismoilova Asaljon

UrDU Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7073551

Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang'ich ta'limda ertaklarni o'rganishning maqsad va vazifalari, ularning ta'lim-tarbiyaviy ahamiyati ko'rsatiladi. Ertaklarni o'rganishda qo'llaniladigan metodlar haqida fikr yuritiladi hamda ulardan samarali foydalanish uchun bir qator tavsiyalar beriladi.

Kalit so'zlar: boshlang'ich ta'lim, ona tili va o 'qish savodxonligi, xalq o'gzaki ijodi, ertak, axloqiy sifatlar, ertak matni, og'zaki hikoya, savol-javob, nutq o'stirish.

ЦЕЛИ И ЗАДАЧИ ОБУЧЕНИЯ СКАЗКАМ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ

Аннотация. В данной статье показаны цели и задачи изучения сказок в начальных классах, их воспитательное значение. Обсуждаются методы, применяемые при изучении сказок, и дается ряд рекомендаций по их эффективному использованию.

Ключевые слова: начальное образование, родной язык и грамотность чтения, фольклор, сказка, нравственные качества, текст сказки, устный рассказ, вопрос-ответ, развитие речи.

GOALS AND TASKS OF TEACHING FAIRY TALES IN PRIMARY EDUCATION

Abstract. This article shows the goals and tasks of learning fairy tales in primary education, their educational importance. The methods used in the study of fairy tales are discussed and a number of recommendations are given for their effective use.

Keywords: primary education, mother tongue and reading literacy, folklore, fairy tale, moral qualities, fairy tale text, oral story, question and answer, speech development.

KIRISH

Hozirgi kunda barcha jabhalarda bo'lgani kabi ta'lim sohasida ham ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Yangi O'zbekistonda ta'limni rivojlantirishga taraqqiyotning ustuvor yonalishi sifatida yondashilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev xalq ta'limini yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifalarni ko'rsatib berar ekan, shunday ta'kidlaydi: "Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a'zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma'rifat, yuksak ma'naviyat kerak. Ilm yo'q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to'g'ri yo'ldan adashish bo'ladi. Sharq donishmandlari aytganidek, "Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir"! Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o'zlashtirish, chinakam ma'rifat va yuksak madaniyat egasi bo'lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak". [1]

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Mamlakatimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish maqsad qilingan va bu amalga oshirilayotgan ekan, bu jarayonda yoshlarning o'rni va roli alohida ahamiyatga ega. Zero, yoshlar bizning kelajagimiz, ajdodlardan meros qolgan muqaddas zaminni yuksaltirish, ilg'or davlatlar darajasiga ko'tarish ularning bilimi, iste'dodi, jasorati, ma'naviy barkamolligiga bog'liq.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Hozirda ta'lim-tarbiya tizimida asl milliy qadriyatlarga tayanishga alohida e'tibor qaratilmoqda va inson ma'naviyatini shakllantirishga birlamchi vazifa sifatida yandashish ustuvor bo'lib bormoqda. Uzluksiz ta'limnig asosiy bo'g'ini bo'lmish boshlang'ich ta'limda o'quvchilarning umummadaniy va axloqiy ko'nikmalarini, dastlabki savodxonlik malakalarini shakllantirilishga alohida e'tibor qaratiladi.[2]

O'tgan o'quv yilidan boshlab Milliy o'quv dasturiga ko'ra boshlang'ich sinflarda o'qitiladigan "O'qish" va "Ona tili" darslari integratsiyalashtirilib, ta'lim amaliyotiga "Ona tili va o'qish savodxonligi" darslari joriy etildi. 1-2-sinflar uchun shu nomdagi darsliklar chop qilindi.

Boshlang'ich sinflardagi ona tili va o'qish savodxonligining asosiy maqsadi bolalarning yosh xususiyatlarini e'tiborga olgan holda ularning og'zaki va yozma nutqi hamda tafakkurini o'stirish, shaxs sifatida shakllantira borish, ularda bilim olishga qiziqishni o'stirish, faollik, mustaqillik, ijodkorlik kabilarni shakllantirish hisoblanadi. [3] Ayniqsa, boshlang'ich ta'limda o'quvchilarning ma'naviy olamini boyitishga muhim vazifa sifatida yondashiladi. Bu borada ertaklarni o'qitishning katta ahamiyati bor desak, yanglishmaymiz.

Ma'lumki, ertaklar xalq og'zaki ijodiyotining eng qadimiy ommaviy va keng tarqalgan janrlardan biridir. Ertaklar xalq og'zaki ijodining epik turiga kiradi. Uning o'ziga xos xususiyati - voqeabandligi, biror voqeani mukammal hikoya tarzida bayon qilinishidir. Ertaklar turmush voqeligini ajoyib va g'aroyib, jozibali qilib, kishilarda badiiy zavq uyg'otadigan qilib aks ettiradi. [4]

TADQIQOT NATIJALARI

Boshlang'ich sinflardagi ta'lim-tarbiyaning maqsad va vazifalari o'rganilishi lozim bo'lgan materialning mazmuni va tuzilishini belgilaydi. Shu nuqtayi nazardan boshlang'ich sinflarda ko'plab ertaklar o'rganiladi. Xususan, 1-sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligining "San'at va madaniyat" bo'limidagi "Ertakdagi qahramon" mavzusi doirasida "Zumrad va Qimmat", "To'g'rivoy bilan Egriboy", "Uch og'ayni botirlar" kabi o'zbek xalq ertaklari haqida ma'lumot beriladi hamda "Serkaboboning hiylasi" ertagi o'rganiladi.

3- sinf "O'qish kitobi" darsligida 12 bo'lim bo'lib, "Xalq og'zaki ijodi" bo'limida 3 ta ertak: "Halollik", "Donishmand yigit", "Ahillik- ulug' baxt" ertaklari berilgan. Darslikning "Jahon bolalar" adabiyoti bo'limida esa "Anbe va Ranbe" hind xalq ertagi hamda "Dog'da qolgan qarg'a" laos xalq ertagi berilgan. 4-sinf "O'qish kitobi" darsligida 12 bo'lim bo'lib, uning "Xalq og'zaki ijodi" bo'limida 2 ta ertak: "Davlat", "Ziyrak uch yigit" kabi ertaklar mavjud.

Boshlang'ich sinflarda ertaklarni o'qitish o'qituvchilar oldiga quyidagicha talablarni qo'yadi:

1) ertak matnlari asosida o'quvchilarda yaxshi o'qish sifatlarini hosil qilish;

2) o'quvchilarning matn mazmunini to'la tushunishlariga erishish;

3) ertakdagi obrazlarni bir-biridan farqlay bilishga o'rgatish;

4) o'quvchilarni voqea-hodisalarni, hayotiy faktlarni, fantaziyani to'g'ri tushunishga o'rgatish;

5) o'quvchilarning estetik zavq olishlariga erishish;

6) ertaklardagi qiyin so'zlarning to'g'ri tushunilishini ta'minlash;

7) o'z axloqiy sifatlarini obrazlarning axloqiy sifatlari bilan qiyoslab ko'rish orqali ma'lum xulosa chiqarishlariga erishish;

8) o'quvchilarning ertaklarni to'liq holda ikkinchi shaxsga aytib berishlariga erishish.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Boshlang'ich sinflarda ertaklarni o'rganishda quyidagicha maqsadlar ko'zda tutiladi:

1. Bolalarni barkamol inson ruhida tarbiyalash, ularda Vatan, jamiyatga muhabbat hissini tarbiyalash.

2. O'quvchilarga xalq ertaklari materiallari bo'yicha davlat ta'lim standartlari asosida bilim berish.

3. O'quvchilarda ertak materiallarini o'qishga havas uyg'otish.

4. O'quvchilarning o'qish, og'zaki nutq malakalarini rivojlantirish.

Boshlang'ich sinflarda ertaklarni o'rganish o'qituvchidan darsda xilma-xil metodlarni qo'llashni talab etadi.

Boshlang'ich sinflarda ertaklarni o'rganishda quyidagi metodlardan foydalanish mumkin.

1. O'quvchilarda ertaklarga qiziqish hissini uyg'otish maqsadida, ularning leksik va sintaktik xususiyatlarini saqlagan holda, og'zaki hikoya qilib beriladi va shunday hikoya qilib so'zlash talab etiladi. Chunki ertak mazmunining o'quvchilarga to'la etib borishi uchun o'qituvchi yoki o'quvchi uni mustaqil badiiy hikoya qilib berishi kerak.

2. Ertak hikoya qilib berilgandan so'ng, mustaqil o'qitiladi, o'qish jarayonida ayrim (tushunilishi qiyin) so'zlarga izoh beriladi.

3. Ertakning g'oyasi savol-javob yo'li bilan ochiladi.

4. Ertak syujeti asosida rasmlar chiziladi.

5. Ertak qahramonlarining sifatlari hayotdagi ayrim kishilar xarakterlariga, sifatlariga solishtirib o'quvchilar xulosalarini mustaqil aytishlari o'quvchilardan talab etiladi.

6. Ertak mazmuni asosida o'quvchi aqliy faoliyatining rivojlantirilishiga doir mustaqil ish o'tkaziladi.

Boshlang'ich sinflarda ertak matnlari o'qilganda, o'quvchilaridan quyidagilar talab qilinadi:

1. Ertakdagi har bir so'z va gapning ma'nosini bilish.

2. Har bir mantiqiy tugallanmagan qismning ma'nosini anglash va so'zlab berish.

3. Ertakdagi asosiy va ikkinchi darajali fikrni topa bilish, ularni bir-biriga taqqoslay

olish.

MUHOKAMA

Bayon etilgan talablar, shubhasiz, o'quvchilar nutqining yanada boyishiga ijobiy ta'sir etadi. Ertaklarni o'qish, uni o'rganish o'quvchilar nutqini o'stirish bilan bog'liq holda olib boriladi.

O'quvchilarning lug'at boyligini o'stirish ishi o'quvchiga notanish so'zlarni tushuntirish, xalq iboralari, maqollarni nutqda qo'llash, predmetlarni turkumlarga ajratish orqali amalga ashiriladi. Gap tuzdirish mashqi savollarga javob olish, nutqda xalq iboralari, maqollarni ishlatish asosida o'qiladi. Matn tuzish esa, rasmga qarab hikoya yozdirish, o'zgalardan eshitgan ertakni qayta ayttirishdan iborat bo'ladi.

Ertaklarni o'rganish davrida o'quvchilarda har xil fikr tug'ilishi mumkin. Ertakdagi ayrim qahramonlar ba'zi o'quvchilarga yoqmasligi, ayrimlari juda ma'qul bo'lishi mumkin. Ayrim o'quvchilar esa shu ertakni jon-dillari bilan sevishini aytadi. Shunga ko'ra, ertaklarni o'rganishda o'quvchilar o'rtasida ikkilanishlar, noto'g'ri fikrlar tug'ilgani sezilsa, o'qituvchi bu fikrlarni o'rganib, ular uchun sinf muhokamasini (munozara darsini) tashkil etmog'i zarur. Chunki bunday suhbat-munozara ertakni chuqur o'rganishga, o'quvchilar qiziqishini,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tasavvurini, fikrlash doirasini aniqlashga imkoniyat beradi. Bu sohada ham ko'rgazmalilikning roli kattadir. Ertaklarni o'rganishda ko'rsatmali materiallar o'qituvchi ishini osonlashtiradi.

Metodik adabiyotlarda boshlang'ich sinf o'quvchilariga ertak mazmuni bilan bilan bog'liq holda savol-javoblar o'tkazish tavsiya qilinadi, chunki o'quvchilar savollarga javob berish uchun o'ylaydilar, ertak qahramonlarini xatti-harakatini muhokama qilish, uni baholashga o'rganadilar. [5]

XULOSA

Bir so'z bilan aytganda, ta'lim va tarbiya vazifalarini samarali muvofiqlashtirib amalga oshirib, o'quvchi shaxsini kamol toptirishni ta'minlashda xalq ertaklarining o'rni beqiyosdir. O'quvchi o'zi sevib qolgan ertak ijobiy qahramonlaridan o'rnak olishga, halollikda, to'g'riso'zlikda, mehnatsevarlikda ularga o'xshashga intiladi. Salbiy qahramonlardan esa nafratlanib, ularga o'xshamaslikka harakat qiladi.

Demak, o'quvchilarning ham bilimga qiziqishini oshirishda, ham ularni komil inson qilib tarbiyalashda xalq ertaklaridan foydalanish ijobiy natija beradi. Shu bilan birga ertak o'quvchilar nutqini o'stirishda ham katta ahamiyatga ega.

Ertak matni bog'lanishli nutqni o'stirish uchun zarur material beradi, ertaklarning tili g'oyat sodda, aniq, o'ziga xos obrazli ifodalarga boy bo'lib, o'quvchilarning fikrini, nutqini o'stirishda g'oyat muhimdir. Ertak voqealari esa bolalarning tasavvurini o'stiradi, tushunchalarini kengaytiradi hamda ularda ijodiy qiziqish uyg'otadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.- http://agroxizmat.uz/oz-OZ/president

2. Boshlang'ich ta'lim konsepsiyasi // Boshlang'ich ta'lim, 1998, 6-son.

3. Umumiy o'rta ta'limning Davlat Ta'lim Standarti va o'quv dasturi (Boshlangich ta'lim).-Toshkent, 2017

4. Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B., Safarov O. O'zbek xalq og'zaki poetic ijodi.-Toshkent: "O'qituvchi", 1990.

5. Qosimova K., Matchonov S.va b. Ona tili o'qitish metodikasi. -Toshkent, 2009. 6. Azimova I., Mavlonova K., Quronov S. va b. Ona tili va o'qish savodxonligi. Umumiy o'rta ta'limning 1-sinfi uchun darslik. l-qism.-Toshkent: Respublika ta'lim markazi, 2021.-104 b.

6. Azimova I., Mavlonova K., Quronov S. va b. Ona tili va o'qish savodxonligi. Umumiy o'rta ta'limning 1-sinfi uchun darslik. 2-qism.-Toshkent: Respublika ta'lim markazi, 2021.-104 b.

7. Azimova I., Mavlonova K., Quronov S. va b. Ona tili va o'qish savodxonligi. Umumiy o'rta ta'limning 2-sinfi uchun darslik. 1-qism.-Toshkent: Respublika ta'lim markazi, 2021.-120 b.

8. Azimova I., Mavlonova K., Quronov S. va b. Ona tili va o'qish savodxonligi. Umumiy o'rta ta'limning 2-sinfi uchun darslik. 2-qism. - Toshkent: Respublika ta'lim markazi, 2021. -120 b.

9. Umarova M., Hamroqulova X., Tojiboyeva R. O'qish kitobi.-3-sinf uchun darslik.-Toshkent, "O'zbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2019.

10. Matchonov S., Shojalilov A., G'ulomova X., Sariyev Sh., Dolimov Z. O'qish kitobi. 4-sinf uchun darslik. Toshkent: Yangiyul poligraph Servise, 2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.