Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
MAKTAB YOSHIDAGI O'QUVCHILARGA ERTAK JANRINI O'QITISH
USULLARI
Sevinch Zayniddin qizi G'afforova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti o'zbek
filologiyasi fakulteti 3-bosqich talabasi [email protected]
ANNOTATSIYA
Ertak xalq og'zaki ijodining epik turiga mansub janri bo'lib, u kitobxonni yaxshilikka undash, voqealardan to'g'ri xulosa chiqarishga da'vat qiladi. Maktab yoshidagi o'quvchilarga ushbu janr na'munalarini o'qitish ularni ma'nan va ruhan tarbiyalanishiga hissa qo'shadi. Quyida ertak janrini dars mashg'ulotlari davomida o'quvchilarga o'qitish, o'rgatish usullari xususida so'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: ertak, pedagogika,ijodiy qobiliyat, tarbiya, tahlil
Ertak- o'zbek xalq og'zaki ijodining eng qadimiy va eng ommaviy janrlaridan biri. Fantastik xayolot hamda badiiy to'qimalar asosiga qurilib, didaktik g'oya tashuvchi og'zaki hikoyalar ertak deb ataladi1.
Ertakning o'tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g'oyaviy yo'nalishi, unda ezgulik kuchining - yaxshilikning doimo g'alaba qilishi bolalarni o'ziga tortadi.
Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, u o'quvchining milliy-ma'naviy sifatlarini shakllantirishda ma'naviy ong va xulq-atvor birligi bo'lib xizmat qiladi. Bolalar ertaklar orqali o'zligini anglash, yaxshi-yomon va adolatlilik-adolatsizlik, to'grilik-egrilik nima ekanligini o'rganib, uni hayotga tatbiq qilish, qadriyatlarni puxta o'zlashtirish, badiiy estetik didlarini shakllantirish va rivojlantirish, ijodiy qobiliyati va ong-u tafakkurini o'stirishni o'rganadi. Shuningdek, ertaklarning asrlar davomida an'anaviy tarzda o'rganilib kelinishi ushbu janrning bardavomligini va xalq og'zaki ijodi namunalarining xalq orasidagi muhim ahamiyatini ko'rsatib beradi. Ertaklar orqali o'z-o'zini tarbiyalashda 4 ta vazifa nazarda tutiladi: a) Bolaning o'zida ijobiy xislatlarini taraqqiy ettirishga va o'z xulq-atvoridagi yomon tomonlardan xalos bo'lishga intilish;
1 M.Jo'rayev. J. Eshonqulov. Folklorshunoslikka kirish, - T: "Barkamol fayz media" 2017. 180 b
Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 936
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
b) Bolaga o'z shaxsiga tanqidiy munosabatda bo'lishiga, o'z xulq-atvoridagi xususiyatlarini diqqat bilan va oqilona tushuna olishida, o'z kamchiliklarini yaqqol ko'rishda, o'z nuqsonlarini fahmlab olishida yordamlashish;
c) o'z-o'zini tarbiyalash rejasini tuzishda, bola xulq-atvori hislatlarini qaysi xususiyatlarini taraqqiy ettirish, qaysisiga barham berish kerakligani aniqlash.
d) Tarbiyachi o'quvchining o'z-o'zini tarbiyalashiga xoslangan oqilona yo'llarini aniqlashi.
Buyuk rus o'qituvchisi K.D.Ushinskiy ertaklar haqida yuksak fikrda bo'lib, u bolalar o'rtasida ertaklarning muvaffaqiyati sababini xalq amaliy san'atining soddaligi va stixiyaliligi bolalar psixologiyasining bir xil xususiyatlariga mos kelishida ko'rdi. Ma'lumki, Ushinskiyning pedagogik ideali aqliy va axloqiy-estetik rivojlanishning uyg'un kombinatsiyasi bo'lib, pedagogning qat'iy ishonchiga ko'ra, xalq ertaklari materialidan ta'limda keng foydalanilsa, bu vazifani muvaffaqiyatli hal qilish mumkin. Ertaklar tufayli bola qalbida mantiqiy fikr bilan go'zal she'riy obraz ulg'ayadi, tafakkur taraqqiyoti fantaziya, tuyg'u rivojlanishi bilan birga boradi. Shuning uchun ham boshlang'ich sinf o'quv dasturiga turli ertaklar kiritilgani bejiz emas.
Ertaklarni o'qitishda uning matni ustida ishlash asosiy o'rinlardan hisoblanib, unda tanlab o'qish, savollarga javob berish, o'quvchilarning o'zlari ertak mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertakaytish, qahramonlarni grafik tasvirlash kabi ish turlaridan foydalaniladi. Bunday ertaklarda hayvonlarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar xarakteriga taqqoslash tavsiya qilinmaydi. Maktab tajribasidan ma'lumki, kichik yoshdagi o'quvchilar ertakdagi hayvonlar gapirmasligini, tulki va turna bir-birinikiga mehmonga bormasligini yaxshi biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar. Ertakni o'qib tahlil qilganda, barcha ishlar uning mazmunini yaxshi idrok etishga, syujet rivojini, qatnashuvchi personajlarning xatti-harakati, o'zaro munosabatlarini to'g'ri tasavvur etishga yo'naltiriladi. Bunda tanlab o'qish va qayta hikoyalashning ahamiyati katta.
Masalan, "Tulkining jazosi" ertagining mazmunini o'zlashtirish uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin:
❖ Tovuqlarning ayiqqa qilgan arzini o'qing. Tulki qanday hiyla qilganligini so'zlab bering.
❖ Bo'ri nima sababdan "Tulki o'z ishini bilib qiladi" deganini izohlang.
❖ Tulkini qanday qilib cho'lga badarg'a qilindi. Shu o'rinni topib o'qing.
2https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%BF%D0%BE%D0%BD%D1%82%D0%B0%D0%BD%D0%BD%D0%BE %D1%81%D1%82%D1%8C
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o'qishgagina emas, balki uni aytib berishga o'rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og'zaki nutqni o'stiradi, bolalar nutqini yangi so'z va iboralar bilan boyitadi.
Ertakni tahlil qilishning oxirgi bosqichida "Ertakda sizga juda yoqqan joyini topib o'qing", "Nima uchun aynan shu joyi yoqqanini ayting", «Hayotingizda ertakdagi voqealarga o'xshash voqealar bo'lganmi?» kabi savol-topshiriqlar yordamida o'quvchilarning ertak xulosasini tushunishiga erishiladi.
"5
"Ona tilini o'qitish metodikasi" darsligida hikoya va ertaklarni o'rganish va o'rgatish xususida so'z olib borilgan bo'lib, ertaklarni o'rganish darslarining qurilishiga quyidagicha tartib berilgan:
1. Ertak bilan tanishtirish:
a) o'quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash;
b) o'qituvchining ertakni ifodali o'qishi, yod aytib berishi va hok.
2. Ertakni o'quvchilar qay darajada idrok etganliklarini aniqlash maqsadida qisqacha suhbat o'tkazish.
3. Ertakni qismlarga bo'lib o'qish va tahlil qilish; undagi ayrim tasviriy vositalar, ma'nodosh so'zlarni topish, lug'at ishi (ayrim so'zlar ma'nosini tushuntirish).
4. Ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda o'qish).
5. Ertakni so'zlab berish.
6. Umumlashtiruvchi suhbat (ertak g'oyasini ochish).
7. Ma'lum vazifa bilan ertakni qayta o'qish (ijodiy va mustaqil ishlar).
8. Vazifani tekshirish va yakunlash.
9. Uyda ertakni o'qib (yoki aytib) berishga tayyorlanish.
Yuqoridagi tizimga mos o'quv jarayonini tashkil etish davlat ta'lim standartlariga muvofiq deb baholanib, aynan ertak janriga asoslangan mashg'ulotlar shu tartibda tashkil etilishi maqsadga muvofiq deb topilgan. Shuningdek, turli zamonaviy metodlar, xususan, ko'rgazmali qurollar, zamonaviy aspektlar asosiga qurilgan hamda o'quvchilar o'zlari tomonidan sahnalashtirilgan tarzda tashkil etilgan darslar o'z natijasini berib, bilim oluvchiar o'rtasida ushbu janrga bo'lgan munosabatni kuchaytirishi dars mashg'uloti saviyasini oshishiga sabab bo'lmoqda.
Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, ertaklarni o'qitish orqali o'quvchilarning dunyoqarashlarini shakllantirish va rivojlantirishga, ularning tabiatga muhabbatlarini oshirishga, axloqiy va ma'naviy jihatdan tarbiyalashga, yaxshilik yomonlik ustidan, to'g'rilik egrilik ustidan doimo g'alaba qozonishga, ilmga qiziqtirishga, tovush va harflarni oson o'zlashtirishlariga, so'z ma'nolarini bilib
3 Qarang: Karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida G'ulomova, Sharofat Yo'ldosheva, Sharofjon Sariev. Ona tili o'qitish metodikasi. Darslik.Toshkent.2019
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
olishlariga muvaffaq bo'lamiz. Bu esa o'quvchilarni bilimdon, zukko, to'g'riso'z va vatanparvar bo'lib yetishishlarida eng yaxshi samaradir.
REFERENCES
1. Afzalov М. O'zbek xalq ertaklari haqida. Т.: «FAN» 1964
2. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).
3. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
4. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).
5. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.
6. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.
7. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
8. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).
9. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).
10. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).
11. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).
12. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
13. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
14. Гайдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
15.
16. Imomov K. O'zbek xalq prozasi. Т.: «FAN», 1981
17. Karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida G'ulomova, Sharofat Yo'ldosheva, Sharofjon Sariev. Ona tili o'qitish metodikasi. Darslik.Toshkent.2019
18. M.Jo'rayev. J. Eshonqulov. Folklorshunoslikka kirish, - T: "Barkamol fayz media" 2017. 180 b
19. Pedagogiktexnologiyalarvapedagogikmahorat. Darslik. N.T.Omonov, N.X.Xojaev, S.A.Madiyarova, Ye.I.Eshkulov. T.: "Iqtisod-moliya", 2009.
20. Sarim soqov B. O'zbek folklorining janr sostavi / / O'zbek folklori ocherklari. Uch tomlik.l-tom .Т.: "Fan", 1988
21. Semantic groups of idiomatic phrases expressing the concept "time" in the English and Uzbek languages N. Sidikova
22. Константин Дмитриевич Ушинский «О пользе педагогической литературы» https: //stuki-druki. com/authors/Ushinskiy-Konstantin. php
23. Пропп В.Я. Русская сказка Л., 1984