Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TA’LIM-TARBIYASIDA ERTAKLARDAN FOYDALANISHNING ZARURIYATI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TA’LIM-TARBIYASIDA ERTAKLARDAN FOYDALANISHNING ZARURIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
15
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabgacha ta’lim / bola / tarbiyachi / ertak / hikoya / xalq og’zaki ijodi / ertak terapiya / ta’lim / tarbiya / innovatsiya / texnologiya. / дошкольное образование / ребенок / воспитатель / сказка / рассказ / фольклор / сказкa-терапия / образование / воспитание / инновации / технология.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Y.R. Maxmutazimova, D.R. Xamrayeva

mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga ertaklar orqali ta’limtarbiya berish va ertaklarning o‘ziga xos xususiyatlari, tarbiyaviy ahamiyati xususida so‘z boradi.shuningdek, bolalarning ta’lim-tarbiyasini tashkil etishda ertaklardan foydalanishning dolzarbligi va zaruriyati ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE NECESSITY OF USING FAIRY TALES IN THE EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN

в данной статье говорится об обучении и воспитании детей дошкольного возраста посредством сказок, а также об особенностях и воспитательном значении сказок. Также раскрывается актуальность и необходимость использования сказок в организации образования детей.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TA’LIM-TARBIYASIDA ERTAKLARDAN FOYDALANISHNING ZARURIYATI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© Y.R. Maxmutazimova1^, D.R. Xamrayeva2H_

1Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, O'zbekiston 2Xalqaro Nordik Universiteti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga ertaklar orqali ta'lim -tarbiya berish va ertaklarning o'ziga xos xususiyatlari, tarbiyaviy ahamiyati xususida so'z boradi.shuningdek, bolalarning ta'lim-tarbiyasini tashkil etishda ertaklardan foydalanishning dolzarbligi va zaruriyati ochib berilgan.

MAQSAD: maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lim-tarbiyasida ertaklardan foydalanish yuzasidan metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu ilmiy izlanishlarimizda "Muammoli pedagogik vaziyat", "Intervyu", "Aqliy hujum" interfaol metodlaridan samarali foydalandik.Shunga muvofiq ravishda mavzu bo'yicha muammoli vaziyat o'rganildi, savol -javob orqali intervyu amalga oshirildi hamda turli muhokamali savollar o'rtaga tas hlandi, aniq misollar yordamida fikr-g'oyalar keltirildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: maktabgacha yoshdagi bolalarga ertaklar orqali ta'lim-tarbiya berish va ertaklarning o'ziga xos xususiyatlari, tarbiyaviy ahamiyatini o'rganib,oilada ota-onalarning kitobxonligini, ertaksevarligini ommalashtirish hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyachilarning ertaklar haqidagi bilim, ma'lumotlarini takomillashtirish.

XULOSA: maktabgacha yoshdagi bolalarga ertaklarning mazmunini hikoya qilishga o'rgatish, ushbu jarayonda bolalarning so'z boyligini oshirish ishlarini tasviriy faoliyat hamda loy ishi bilan uzviylikda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, loy ishida ayiq, ilon, toshbaqa, quyon, uycha kabi ertak personajlarini yasash orqali bolalarda sezish va idrok qilish tajribasi, tasavvur, xotira, diqqat rivojlanadi, aqliy qobiliyati yanada kamol topadi. Shu bilan birgalikda, kichkintoyning nutqiy faolligi ortib, nutqni to'g'ri tushunish malakasi mustahkamlanadi.Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, ertaklar yuzasidan olib boriladigan ishlarni innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish orqali tarbiyachi samarali ravishda bolalarning so'z boyligini oshirish, ijodkorligini va nutqini o'stirish, tafakkurini rivojlantirishga erishadi.

Tayanch so'zlar: maktabgacha ta'lim, bola, tarbiyachi, ertak, hikoya, xalq og'zaki ijodi, ertak terapiya, ta'lim, tarbiya, innovatsiya, texnologiya.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №7

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Iqtibos uchun: Maxmutazimova Y.R., D.R. Xamrayeva Maktabgacha yoshdagi bolalarni ta'lim-tarbiyasida ertaklardan foydalanishning zaruriyati. // Inter education & global study. 2024. №7. B.124-130.

НЕОБХОДИМОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ СКАЗОК В ОБРАЗОВАНИИ ДОШКОЛЬНИКОВ_

© Ю.Р. Максмутазимова, Д.Р. Хамраева1®

Ташкентский государственный педагогический университет имени Низами, Ташкент, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье говорится об обучении и воспитании детей дошкольного возраста посредством сказок, а также об особенностях и воспитательном значении сказок. Также раскрывается актуальность и необходимость использования сказок в организации образования детей.

ЦЕЛЬ: разработать методические рекомендации по использованию сказок в воспитании детей дошкольного возраста.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в нашем научном исследовании мы эффективно использовали интерактивные методы «Проблемная педагогическая ситуация», «Интервью», «Мозговой штурм». идеи были представлены на конкретных примерах.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: обучение и воспитание дошкольников посредством сказок и изучение особенностей и воспитательного значения сказок, популяризация чтения и любви родителей к сказкам в семье, а также знания и знания воспитателей дошкольных образовательных организаций о сказки, улучшающие информацию.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: целесообразно учить дошкольников рассказывать содержание сказок и в этом процессе увеличивать словарный запас детей в сочетании с изобразительной деятельностью и работой с глиной. Также, изготавливая сказочных персонажей, таких как медведи, змеи, черепахи, кролики, домики из глины, у детей развивается восприятие и опыт восприятия, воображение, память, внимание, а их умственные способности становятся более зрелыми. При этом повышается речевая активность ребенка и укрепляются способности понимать речь. В заключение стоит отметить, что, организовав работу над сказками на основе инновационных педагогических технологий, воспитатель может эффективно увеличить словарный запас детей, развивает творческие способности и речь, развивает мышление.

Ключевые слова: дошкольное образование, ребенок, воспитатель, сказка, рассказ, фольклор, сказка-терапия, образование, воспитание, инновации, технология.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Для цитирования: Максмутазимова Ю.Р., Хамраева Д.Р. Необходимость использования сказок в образовании дошкольников. // Inter education & global study. 2024. №7. С. 124-130.

THE NECESSITY OF USING FAIRY TALES IN THE EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN_

© Yulduz R. Maxmutazimova, Dildora R. Xamrayeva1®

1Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Tashkent, Uzbekistan

INTRODUCTION: this article talks about the education and upbringing of preschool children through fairy tales and the special features and educational importance of fairy tales. Also, the relevance and necessity of using fairy tales in the organization of children's education is revealed.

AIM: to develop methodical recommendations on the use of fairy tales in the education of preschool children.

MATERIALS AND METHODS: in our scientific research, we effectively used the interactive methods "Problem Pedagogical Situation", "Interview", "Brainstorming". ideas were presented with the help of specific examples.

DISCUSSION AND RESULTS: education and upbringing of preschool children through fairy tales and studying the characteristics and educational value of fairy tales, popularizing the reading and love of fairy tales by parents in the family, and the knowledge and knowledge of educators in preschool educational organizations about fairy tales improving information.

CONCLUSION: it is appropriate to teach preschool children to tell the content of fairy tales, and in this process, to increase children's vocabulary in conjunction with visual activities and clay work. Also, by making fairy tale characters such as bears, snakes, turtles, rabbits, houses in clay work, children's perception and perception experience, imagination, memory, attention develop, and their mental abilities become more mature. At the same time, the speech activity of the child increases and the ability to understand speech is strengthened. In conclusion, it is worth noting that by organizing the work on fairy tales on the basis of innovative pedagogical technologies, the educator can effectively increase the vocabulary of children, develops creativity and speech, develops thinking.

Key words: preschool education, child, educator, fairy tale, story, folklore, fairy tale therapy, education, upbringing, innovation, technology.

Xalq og'zaki ijodida eng boy va rang-barang janrlardan biri ertakdir. Ertaklar xalq hayoti, milliy ma'naviyati, urf-odatlari, udumlari, an'analari, orzu-umidlarini aks ettirib,

Annotation

For citation: Yulduz R. Maxmutazimova, Dildora R. Xamrayeva. (2024) 'The necessity of using fairy tales in the education of preschool children', Inter education & global study, (7), pp. 124-130. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

bolalarga ma'naviy, axloqiy va badiiy oziqa beradi.Xalqimiz "Ertaklar - yaxshilikka yetaklar" deb bejiz aytmagan. Ertaklar har bir xalqqa xos va mos bo'Igan hikoyatlardir. Hayot haqiqati bilan bog'liq bo'lib, xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, didaktik g'oya tashuvchi og'zaki hikoyalar ertak deyiladi. Ertaklar epik folklorning eng sermahsul janri hisoblanadi. Dunyoning hamma qit'alarida, barcha xalqlarda ertaklar va uning xalq orasida tashib yurgan ertakchilari, uning nazariyachilari - ertakshunoslar bor. O'zbek ertakchiligi ham uzoq tarixga ega. XX asrning boshlarigacha yuzaga kelgan barcha adabiy, badiiy obidalarida, turli shaklda o'zbek xalqining qadimiy ertakchiligi, dostonchiligi, qissalari, afsonalari o'z izlarini qoldirgan.

Xalq ertaklari tarbiyaviy jarayonni yaxlitligicha tashkil etish, ya'ni axloqiy, ma'naviy, ekologik, estetik va aqliy rivojlanish chegaralarini kengaytirish imkonini beradi.Ayni paytda ular tinglovchining ko'pgina yaxshi xotiralarini yodga 127soladi. Inson bolaligidan boshlab yaxshilikka, ezgulikka doimo intilib yashaydi. O'zining maftunkor sehri, tuganmas shukuhi, dilni rom etuvchi jozibasi bilan hamisha qanotlanib turuvchi xalq ertaklari inson xayolotining mevasidir.Kishilar o'z qismatining chigalliklarini yechishdan ojiz qolgan chog'larda, ertak uni nurli qanotlarida umidli manzillarga ko'tarib o'tgan. Bashariyat hali zulmat qo'ynida najot yo'llarini qidirib, asrlar mobaynida kimsasiz taqdir so'qmoqlarida tentirab yurgan onlarda ertaklar uni xayolot qanotida ziyobaxsh sohillarga eltgan. Bir so'z bilan aytganda, ertak insoniyatning beg'ubor bolaligi yetishtirgan samarali mahsulotdir.

Har bir bola ertak tinglayotgan chog'ida qahramonlardan biriga o'xshashni, ularga taqlid qilishni orzu qiladi. Kitoblardagi rasmlarni qiziqish bilan tomosha qilish, kattalarning nutqini qanday maroq bilan tinglash bolalarning ertaklarga ijobiy munosabatda ekanligidan dalolat beradi. Ertaklardagi obrazlar his-hayajonga boy, rangdor va shu bilan birga kichkintoylarning tushunishlari uchun 127sodda bo'lib, haqiqatga yaqinligi bilan ularni o'ziga rom eta oladi. Ertaklar yordamida bolalarning xotirasi, diqqati, tafakkuri rivojlantiriladi, tasavvur va fantaziyalari uyg'otiladi. Fantaziyaning uyg'onishi har xil hayvonlarning kesilgan tanalarini birlashtirish orqali turli ajoyibotlarni yaratishda yaqqol ko'rinadi. Ertaklar olamiga sayohat bolalar tasavvurini, ularning xayolot olamini, fantaziyasini rivojlantiradi.

Har bir ertakning o'z g'oyasi bor. Masalan, «Sholg'om» o'yin ertagi bolalarni fikrlashga, voqealarni muayyan ketma-ketlikda aytishga undaydi, "Kuch - birlikda" degan naqlning mazmunini anglab yetishlariga yordam beradi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ertaklar hikoya qilish, ya'ni ertak aytish yo'li bilan, shuningdek, ularni o'qib berish orqali yetkaziladi. Lekin bugungi kunda innovatsion texnologiyalar talabiga ko'ra bu kabi ish turlari yetarli emasligini ko'rsatmoqda. Ayniqsa, axborot texnologiyalari keng ommalashayotgan davrda kompyuter orqali ertakni ko'rsatmali eshittirish imkoniyatlari yuzaga kelganligi tufayli ham yangidan yangi usullarga yo'l ochilmoqda.

Ertak so'zlab berilgandagina matn «jonlanadi». Hikoyalovchining xatti-harakatlari, imo-ishoralari, ohangi va belgilangan bayon ritmikasi ertakni kichik tinglovchilar uchun yanada tushunarli qiladi. Masalan, Zumrad - mehnatsevar qiz. Qimmat esa yalqov.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Bunday suhbatlar bolalarda ko'proq ertak tinglab borish kerak, ekan degan xulosaning shakllanishiga olib keladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bitta ertakni qayta-qayta eshitishni yoqtiradilar. Shunga ko'ra ham uni bir marta emas, bir necha marta o'qib berish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunda tarbiyachi: «Bolalar, ertak yoqdimi? Mazmunini tushundinglarmi? Yana bir marta o'qib beraymi?» deb murojaat etib turishi kerak. Odatda, ayrim tarbiyachilar ertakni birinchi marotaba eshittirganidan keyinoq bolalarga savollar berib, javob olishga intiladilar. Biroq bunga kichkintoylar hali yetarlicha tayyor b o'lmaydilar. Chunki bolalar ertak mazmunini yuzaki tushungan bo'lishlari mumkin. Shuning uchun dastlabki idrokni chuqurlashtirish maqsadida bolalarni ertak mazmuniga olib kirish lozim bo'ladi.

Ertaklarning bolalarda tug'ilayotgan his-hayajonga ta'siri nechog'lik jadal bo'lsa, ular chizgan rasm shunchalik qiziq va rang-barang bo'ladi. Bundan tashqari, bolalar o'zlari chizgan rasmlarni (odam, hayvon) qirqib olib erkin mavzularda o'yin o'ynashni ma'qul ko'radilar. Kattalar bolalarga ertak o'qib berish mobaynida ertak elementlari orqali ularning atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini kengaytirgan holda obrazli tafakkurining o'sishiga ma'lum darajada ta'sir etadilar. Sekin-asta bolaning o'zi ham bu jarayonda ishtirok eta boshlaydi, ya'ni avval rasmlarni tomosha qiladi, so'ngra ovozga taqlid qilish orqali ertak qahramonlarining nomini aytishga, tanish jumlalarni davom etgirishga harakat qiladi va, nihoyat, ertakni qayta so'zlab beradi.

Ertakning o'ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, qahramonlardan biri ijobiy, ikkinchisi salbiy bo'ladi. Asar qahramoni kuchli va jasur bo'lsa, u atrof olamni go'zallik bilan boyitadi. Albatta, kuchli bo'lish uchun gavdali odam, pahlavon bo'lish shart emas. Kichkina bolalar ham kuchli va jasur bo'lishlari mumkin. Ertakda mitti tipratikon ham sahovatli, qalban mard, tirishqoq bo'lgani uchun kuchli va jasur qahramonga aylanadi. Ertak o'qib bo'lingandan keyin bolalarni umumlashma, xulosa chiqarishga undash, «Agarda sen uning o'rnida bo'lganingda nima qilgan bo'lar eding? Seningcha, ertak qahramoni yaxshimi yoki yomonmi? Agarda u qilishi kerak bo'lgan ishni bajara olmaganda nimalar yuz berishi mumkin edi?» kabi savollar bilan erkin muloqotga chaqirish ularning faolligini yanada oshirishga yordam beradi.

Tarbiyachi tomonidan mahorat bilan yetkazilgan ertaklar bolada k o'tarinki, quvnoq kayfiyatni yuzaga keltirishga, kichkintoy bilan hishayajonli, do'stona muloqotni o'rnatishga, sezdirmay, osonlik bilan tarbiyaviy ta'sirni tashkil etishga, atrof-muhit haqidagi bilim va ma'lumot zahiralarini samarali to'ldirishga imkon yaratadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar badiiy matn bilan asosan eshitish orqali tanishadilar. Shu bois asosiy diqqatni matnni ifodali o'qish mahoratiga, kerakli joylarda mantiqiy urg'u berish, to'xtamlarga amal qilish, shuningdek, matnni qabul qilishga yordam beradigan rangli illyustratsiyalar tanlashga qaratmoq lozim.

Ertak mazmunini qayta hikoya qilish jarayonida bolalarda ohangga (ifodalilikka) e'tibor berish malakasini shakllantirish lozim. Bunda ertak qahramonlarining ovozi qanday bo'lishi mumkinligi haqida suhbat o'tkazish yo'li bilan, ularda tegishli bilim hosil qilish talab etiladi. «Ertaklar nima uchun bizni qiziqtiradi?» degan savol tug'iladi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Birinchidan, timsolga aylanish orqali bolalar hayvonlarning xulq-atvori va yurish-turishi, nutqi, harakati, ovozi, imo-ishoralari bilan kengroq tanishadilar. Ikkinchidan, ertakka kiritilgan she'rlarni ifodalilikka rioya qilib aytish, ularni kuylash bolalarning tovushlar talaffuzini egallashlari, musiqiy bilimlarini rivojlantirishlari oson kechadi.Uchinchidan, sahnalashtirishda biz asosiy maqsadga: muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish va ovoz berish, tegishli ohangni tanlash orqali ifodali nutqqa erishamiz.

Xalq dahosi bilan yaratilgan ertaklar yosh avlodning tarbiyasiga kuchli ta'sir qiladi va ma'naviy hissiyotni uyg'otadi. Ertaklar insonni o'z kuchi, o'z huquqi, o'z ozodligini anglatishi, undagi mardlik va vatanga muhabbat tuyg'ularini uyg'otishi bilan ham ma'naviy oziqa berib kelgan.

Ertaklarni o'qish va eshitishni ham shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo'lishni tavsiya qiladilar:

- Maktabgacha yoshdagi bolalarga o'qib, hikoya qilib beriladigan ertaklar;

- Maktab yoshidagi kichik bolalarga tavsiya etiladigan ertaklar;

- O'rta va katta yoshdagi bolalarga o'qish uchun tavsiya etiladigan ertaklar. Kichkintoy bolalarga tavsiya etilagan ertaklarning hajmi qisqa mazmuni sodda

bo'ladi. Ta'kidlab o'tganimizdek, bu yoshdagi bolalar hali olam nima ekanligini bilmaydilar. Shuning uchun ularga tavsiya etiladigan ertaklar tabiat, hayvonot olami, do'stlik, mehnat ahli, jamoa, odob-axloq to'g'risida bo'lgani maqsadga muvofiqdir.

Bolalarning so'z boyligani oshirish maqsad qilib olinar ekan, albatta, ertaklar tasvirlangan rasmlar asosida suhbatlar uyushtiriladi. Rasm asosida suhbatda e'tibordan chetda qolgan joylarga turli yo'naltiruvchi savollar orqali bolalar diqqatini qaratmoq lozim. Masalan, «Sholg'om» ertagi asosida bolalarga quyidagi savollarni berish tavsiya etiladi: Sholg'omni birinchi bo'lib kim tortdi? Chol kimni chaqirdi? Kampir kimning orqasidan turdi? Kampir kimni chaqirdi? Kampirning oldida kim turibdi? Kampirning orqasida kim turibdi? Ertakda yana nimalar sodir bo'ldi? Hammalari birgalikda sholg'omni tortib ololdilarmi? Bu ertakda kimning bo'yi eng baland? Kimning bo'yi eng past? va hokazo.Natija o'rnida shuni ta'kidlash joizki, ertaklar yuzasidan olib boriladigan ishlarni innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish orqali tarbiyachi samarali ravishda bolalarning s o'z boyligini oshirish, ijodkorligini va tafakkurini rivojlantirishga erishadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Takomillashtirilgan Ilk qadam davlat o'quv dasturi. T.:-2022

2. O.Xasanboyeva. "Barkamol avlod ma'naviyati". T.:-2010

3. M.Jumaboyev. "O'zbek bolalar adabiyoti". T.: 2009

4. A.Suyumov . "Bolalar adabiyoti". T.: 2006

5. Махмутазимюва, Ю. Р. (2019). Рoль вoспитателя в детсгам саду в фoрмирoвании личнoсти ребенка. Actual Problems of Applied Sciences Journal World, (3), 24-28.

6. Maxmutazimova, Y., & Amirova, M. (2023). Rivojlanish markazlarida 6-7 yoshli bolalarni mustaqil faoliyatini tashkil etish. Maktabgacha va maktab ta'limi jurnali, 1 (2-3).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

7. Махмутазимова, Ю. Р. (2020). Дошкольная образовательная организация и семья: взаимодействие ребенка и педагога. Вестник педагогики: наука и практика, (51), 125-126.

8. Махмутазимова, Ю. Р. (2024). БУЛАЖАК МТТ ТАРБИЯЧИЛАРИНИНГ КОММУНИКАТИВ КОМПЕТЕНЦИЯСИНИ АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ ЁРДАМИДА РИВОЖЛАНТИРИШ ЗАРУРИЯТИ. Лучшие интеллектуальные исследования, 14(3), 98-103.

9. Юлдуз, М. (2024). ПУТИ РАЗВИТИЯ КОММУНИКАТИВНОГО ТВОРЧЕСТВА ДОШКОЛЬНИКОВ. Лучшие интеллектуальные исследования, 14(3), 94-97.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Maxmutazimova Yulduz Raxmatovna, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori, (PhD), dotsent v.b., Maktabgacha ta'lim fakulteti "Maktabgacha ta'lim texnologiyasi kaferdasi" o'qituvchisi, [Махмутазимова Юлдуз Рахматовна, доктор философских педагогических наук, (PhD), и.о. доцент, факультета дошкольного образования «Технология дошкольного образования»], [Yulduz R. Makhmutazimova, Doctor of Philosophy in Pedagogical Sciences, (PhD), Associate Professor, Teacher of Preschool Education Faculty]; manzil: O'zbekiston, Toshkent sh., Chilonzor tumani, Bunyodkor ko'chasi 27 uy; [адрео: Узбекистан, г. Ташкент, Чиланзарский район, ул. Бунёдкор, 27], [address: Uzbekistan, 27 Bunyodkor street, Chilanzor district, Tashkent city].

^Xamrayeva Dildora Ro'ziyevna, Xalqaro Nordik Universiteti magistranti, [Хамраева Дилдора Рузиевна, магистрант университета Nordik], [Khamrayeva Dildora

Roziyevna, graduate student of the International Nordic University] manzil: O'zbekiston, Toshkent sh., Chilonzor tumani, Bunyodkor ko'chasi 27 uy; [адреа Узбекистан, г. Ташкент, Чиланзарский район, ул. Бунёдкор, 27], [address: Uzbekistan, 27 Bunyodkor street, Chilanzor district, Tashkent city].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.