MАKTАBGАСHА TА'LIM MUАSSАSАLАRIDА ЕRTАKLАRNI SАHNАLАSHTIRISHNING АHАMIYАTI
F.Xo'jayev
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
B.Mamatqulov
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Аnnоtаtsiyа: Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim muassasalarida ertaklarni sahnalashtirishning ahamiyati hamda ertaklarni yosh guruhlariga ko'ra sahnalashtirish yo'llari haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: individual, atribut, sahnalashtirish, rivojlantirish markazi, dekoratsiya, soya teatri, barmoq teatri, ertak
THE SIGNIFICANCE OF PERFORMING FAIRY TALE IN SCHOOL
EDUCATIONAL INSTITUTIONS
F.Khojayev
Uzbekistan State Institute of Art and Culture
B.Mamatkulov
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: This article talks about the importance of staging fairy tales in preschool educational institutions and ways of staging fairy tales according to age groups.
Keywords: individual, attribute, staging, development center, decoration, shadow theater, finger theater, fairy tale
Bolalar ongiga milliy urf-odatlarimizni, an'analarimizni singdirishda, ularga shu aziz Vatan barchamizniki ekanligini uqtirish, har tomonlama ma'naviy barkamol qilib tarbiyalashda, tevarak-atrofda bo'layotgan voqea hodisalarni, o'zini odobidagi ahloqiy kamchiliklarini tushinib yetish, tabiatni asrab avaylash va unga ijobiy munosabatda bo'lish kabi hislatlarni uyg'otishda qo'g'irchoq teatrlarini sahnalashtirish ahamiyati kattadir. Chunki bola ongiga eshitganidan ko'ra ko'rganlari yaxshiroq ta'sir ko'rsatadi hamda xotirasida uzoq saqlanadi. Ertaklarni sahnalashtirishda yosh tomoshabinlar tomoshalarni faqat ko'rib, tinglabgina qolmay balki unda mustaqil ishtirok etadilar. Bolalar ertaklarni sahnalashtirishini ko'rganlaridan so'ng, qahramonlarning harakati, axloqi, odobini birgalikda muhokama qilish, bola qalbida ezgulikka, xayrli ishlar qilishga, odamlarga yaxshilik qilishga intilish to'yg'usini tarbiyalaydi. Bolalar bilan
fîcïV^^^BI 86 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
birgalikda ertaklarni sahnalashtirish orqali ertak qahramonlarining ("Oltin tarvuz", "Zumrad va Qimmat") o'ziga xos xususiyatlari aniqlanadi, ularga mos xatti-harakatlarni ijroda qanday aks ettirish kerakligi haqida fikrlanadi, sahna nutqi (ifodali, aniq talaffuz)ni, sahnada harakat erkinligi, so'z va harakat uyg'unligi tarbiyalanadi.
Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ularning bolalarga ta'siri ham har xil bo'ladi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o'ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, she'riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni she'r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal matnidan tubdan farq qiladi.
Topishmoq predmet, voqea-hodisalar o'rtasidagi o'xshashlikni taqqoslash orqali o'zlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo etadi. Shunga ko'ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o'qishda tarbiyachidan unga mos usullar tanlash talab etiladi.
Xalq og'zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o'qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta'sirchanligi, soddaligi, ma'nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko'pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo'shilib ketadi. Ertakning o'tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g'oyaviy yo'nalishi, unda ezgulik kuchining - yaxshilikning doimo g'alaba qilishi bolalarni o'ziga tortadi.
Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so'z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta'sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarlidir. Murg'ak qalb egalari ertakdagi ijobiy qahramonlarga yondoshgan holda ertak davomida ular bilan hamnafas yashaydilar. Qahramonlar qiyin vaziyatga duch kelganlarida qiynaladilar, xursand bo'lganlarida shodlanadilar. Ertakda qatnashuvchilar ko'pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo'lgan yovuz, baxil, ochko'z obrazlarga bo'linadi. Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, bolalar unda to'g'rilik, halollik g'alaba qilganidan, kambag'al kishilar qiyinchilikdan qutilganidan, ya'ni yaxshilik, ezgulik ro'yobga chiqqanidan va yomonlik, yovuzlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bo'lishini istaydilar.
Masalan, «Zumrad va Qimmat» ertagida asosiy fikr yetim qizga yordam ko'rsatish, o'z mehnati bilan hayot kechirish bo'lib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi g'oyasi ilgari surilgan. Bunday g'alaba maishiy ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan. Ertak bolalarda qahramonlarning xatti-harakatini muhokama qilib, baholash ko'nikmasini o'stirishi bilan birga yaxshilikning doimo g'alaba qozonishiga ishonch uyg'otadi. Bolalar ertakni tahlil qilish jarayonida «Kishilardagi qanday sifatlar sizga yoqdi? (yoki yoqmadi?) Nima uchun?», «... nima uchun jazolandi? (yoki rag'batlantirildi?)», «Nima uchun ertakdagi ba'zi qahramonlarga hatto tabiat kuchlari
ITÏy^^^BI 87 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
ham yordarn beradi? (yoki ba'zilaridan yuz o'giradi?)» kabi savollarga javob topish jarayonida mushohada qiladilar, muhokama qilib, xulosaga keladilar.
Maktabgacha ta'lim muassassalarda hayvonlar haqidagi ertaklar ko'proq o'qitiladi. «Bo'rining tabib bo'lgani haqida ertak» (Anvar Obidjon), «Ko'zacha bilan tulki», «Olapar, Mosh, Musicha» kabi ertaklar aniq hayotiy hikoyalar tarzida o'qitiladi va tahlil qilinadi. Ertak matni ustida ishlashda savollarga javob berish, bolalarning o'zlari ertak mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafik tasvirlash kabi ish turlaridan foydalaniladi. Bunday ertaklarda hayvonlarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar harakteriga taqqoslash tavsiya qilinmaydi. Maktabgacha ta'lim tajribasidan ma'lumki, kichik yoshdagi bolalar ertakdagi hayvonlar gapirmasligini, tulki va turna bir-birinikiga mehmonga bormasligini yaxshi biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar.
Ertakni tahlil qilganda, barcha ishlar uning mazmunini yaxshi idrok etishga, syujet rivojini, qatnashuvchi personajlarning xatti-harakati, o'zaro munosabatlarini to'g'ri tasavvur etishga yo'naltiriladi. Bunda tanlab o'qish va qayta hikoyalashning ahamiyati katta. Bunday ertaklarni tahlil qilish badiiy hikoya tarzida uyushtiriladi. Bolalar rahbarligida ertakda qatnashuvchilarning hulq - atvori, ayrim xatti-harakatlarini baholaydilar, ularning bir-birlariga bo'lgan munosabatlarini aytadilar va shular asosida ayrim obrazlar haqida xulosalar chiqaradilar, ertak rejasini tuzadilar, ertakni rollarga bo'lib aytadilar.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida sahnalashtirish yoki qo'g'irchoq teatridan samarali foydalanish bolalarga katta quvonch va zavq bag'ishlaydi. Har bir guruhning yoshi, saviyasi, qiziqishiga ko'ra quyidagilarga e'tibor qaratilishi lozim. Kichik yoshdagi bolalar guruhida:
- teatr haqidagi dastlabki tasavvurlarni rivojlantirish;
- ertak qahramonlarining nomlarini bilish;
- teatr ko'rish odobi, tartib-qoidalari haqida ma'lumotga ega bo'lish;
- teatr qahramonlarining so'zlarini tarbiyachi hamkorligida yod olish;
- soya teatrlariga tayyorlangan andozalarni bo'yash, tartibli ravishda joylashtirish.
O'rta yoshdagi bolalar guruhida:
- bolalarning qo'g'irchoq teatri haqidagi tasavvurlarini shakllantirish;
- sahnada hayvonlar va ertak qahramonlarini ko'rsatib, ularni harakatga keltirish;
- aktyor sifatida o'zlarini erkin tutishlariga imkon yaratish; - teatr ko'rish odobiga o'rgatish;
- tarbiyachi yordamida dekoratsiyalar tayyorlashda mustaqillik kabi sifatlarga ega bo'lish.
Katta yoshdagi bolalar guruhida:
88
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
- teatrda aktyorlaming so'zlashi, qo'shiqlar kuylashi haqida tushuncha hosil qilish;
- ertakdan ixtiyoriy rol tanlash;
- tomoshaga tanlangan ertaklarni mazmunan kengligi hamda rollarni bajarishda hamkor tanlashning ixtiyoriyligiga e'tibor qaratish;
- bolalarga qo'g'irchoqlarni mustaqil yasashi, kiyim tanlashiga imkon berish.
Tayyorlov yoshidagi bolalar guruhida:
- bolalarning teatr haqidagi dastlabki bilimlarini mustahkamlash;
- qo'g'irchoq teatri-san'at turlaridan biri ekanligini bolalarga tushuntirish;
- teatr san'atiga qiziqish uyg'otish.
Bu davrda bolalarda qo'g'irchoq teatri vositasida moddiy va ma'naviy hayot haqida quyidagi tasavvurlarni shakllantirish nazarda tutiladi: teatrdagi go'zal tabiatning tasviri va undan zavqlanish, qadim zamonlardagi voqea va hodisalarning abadiy tasviriga munosabat bildira olish, asar qahramonlarining xatti-harakatlariga ko'ra "yaxshi" va "yomon" fazilatlarini ko'ra bilish va to'g'ri xulosa chiqara olish.
Qo'g'irchoq teatrlarini sahnalashtirishda tarbiyachi dastlab har bir guruh bolalarini yoshi, qiziqishiga alohida e'tibor bergan holda ertak tanlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda shuni ta'kidlash joizki, maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy-estetik sifatlarini shakllantirishga imkon yaratuvchi ertaklarni tanlash maqsadga muvofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O.U. Xasanboyeva va boshq. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi. T.: Ilm ziyo. 2006.
2. Л.В.Куцaкoвa. «Кoнетрyирoвaниe и ручшй труд в дeтcкoм caAy». М.: «Прocвeщeниe».Л990.
3. R.Xasanov va boshq. Tasviriy san'at darslari. «O'qituvchi». T.: 1995.
4. И.Дaвидчyк. 4to мoжнo cдeлaть из прирoднoгo мaтeриaлa . М.: «Прocвeшeниe»Л990.
5. М.В.Мaкcимoвa. Азбу^ вязaния. Т.: 1994. 6. М.А.Гycaкoвa. Аппликaция. М.., «Прocвeщeниe» 1997.
89
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)