Научная статья на тему 'BOSHLANGʻICH SINF OʻQISH DARSLARIDA ADABIY-NAZARIY TUSHUNCHALARNI OʻQITISH METODIKASI (ERTAK JANRI ASOSIDA)'

BOSHLANGʻICH SINF OʻQISH DARSLARIDA ADABIY-NAZARIY TUSHUNCHALARNI OʻQITISH METODIKASI (ERTAK JANRI ASOSIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
560
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xalq o’g’zaki ijodi / adabiy-nazariy tushunchalar / ertak / didaktik g‘oya / pedagogika / ijodiy qobiliyat / tarbiya. / folklore / literary-theoretical concepts / fairy tale / didactic idea / pedagogy / creative ability / education.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — N Poʻlatova

Ushbu maqolada, boshlangʻich sinf oʻqish darslarida adabiy-nazariy tushunchalarni oʻqitish metodikasi, ertak janrini dars mashg‘ulotlari davomida o‘quvchilarga o‘qitish, o‘rgatish usullari xususida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGY OF TEACHING ARTISTIC AND THEORETICAL CONCEPTS IN READING LESSONS IN THE PRIMARY SCHOOL (BY THE MATERIAL OF THE TALE TALE GENRE)

This article discusses the methodology of teaching literary and theoretical concepts in elementary school reading lessons, methods of teaching, teaching students the genre of fairy tales during lesson sessions.

Текст научной работы на тему «BOSHLANGʻICH SINF OʻQISH DARSLARIDA ADABIY-NAZARIY TUSHUNCHALARNI OʻQITISH METODIKASI (ERTAK JANRI ASOSIDA)»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BOSHLANG'ICH SINF O'QISH DARSLARIDA ADABIY-NAZARIY TUSHUNCHALARNI O'QITISH METODIKASI (ERTAK JANRI ASOSIDA)

Po'latova Nasiba Baydillayevna

Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti Magistratura bo'limi "Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang'ich ta'lim)" mutaxassisligi 2-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7357068

Annotatsiya. Ushbu maqolada, boshlang'ich sinf o'qish darslarida adabiy-nazariy tushunchalarni o'qitish metodikasi, ertak janrini dars mashg'ulotlari davomida o'quvchilarga o'qitish, o'rgatish usullari xususida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: xalq o'g'zaki ijodi, adabiy-nazariy tushunchalar, ertak, didaktik g'oya, pedagogika, ijodiy qobiliyat, tarbiya.

МЕТОДИКА ПРЕПОДАВАНИЯ ХУДОЖЕСТВЕННО-ТЕОРЕТИЧЕСКИХ ПОНЯТИЙ НА УРОКАХ ЧТЕНИЯ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ (НА МАТЕРИАЛЕ

ЖАНРА СКАЗКИ)

Аннотация. В данной статье рассматривается методика обучения литературоведческим понятиям на уроках чтения начальных классов, методика обучения учащихся сказкам на уроках.

Ключевые слова: фольклор, литературоведческие концепции, сказка, дидактическая идея, педагогика, творческие способности, воспитание.

METHODOLOGY OF TEACHING ARTISTIC AND THEORETICAL CONCEPTS IN READING LESSONS IN THE PRIMARY SCHOOL (BY THE MATERIAL OF THE

TALE TALE GENRE)

Abstract. This article discusses the methodology of teaching literary and theoretical concepts in elementary school reading lessons, methods of teaching, teaching students the genre of fairy tales during lesson sessions.

Keywords: folklore, literary-theoretical concepts, fairy tale, didactic idea, pedagogy, creative ability, education.

Bugungi kunda adabiy ta'lim oldiga o'quvchi yoshlarning milliy-ma'naviy qadriyatlarni puxta o'zlashtirishlari, ularning badiiy estetik didlarini shakllantirish va rivojlantirish, o'quvchilarning ijodiy qobiliyatini o'stirish, har tomonlama yetuk shaxsning aqliy va ruhiy kamolotiga erishish, ong - u tafakkurini o'stirish, mustaqil fikr kishisini tarbiyalab, voyaga yetkazish kabi muhim vazifalar qo'yilgan. Mazkur vazifalarni ado etishda o'qish va adabiyot fani umumta'lim tizimidagi boshqa o'quv fanlari orasida salmoqli o'rinni egallaydi. Adabiy ta'limning bosh maqsadini ham sog'lom, ma'naviyatli shaxsni tarbiyalash tashkil etadi. Bu maqsad va vazifalarni bajarishda o'zbek adabiyoti namunalari qatorida adabiy ertaklarning ham imkoniyatlari mavjud.

Boshlang'ich sinflarda o'qitilayotgan adabiy o'qish darslari o'zbek tili fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Dasturlarning o'qish va nutq o'stirish bo'limida o'tkaziladigan mashg'ulotlar mazmuniga ko'ra:

> o'quvchilarni to'g'ri, ravon, ma'lum darajadagi tezlik bilan ifodali o'qishga o'rgatish;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

> o'quvchining ona vatan, uning tabiati kishilar mehnatidagi qahramonlik, jasurlik, milliy istiqlol g'oyalarini ular ongiga singdirish kabi bilimlarni boyitish orqali o'quvchilarning bilim, ko'nikma malakalari kengaytiriladi, shakllanadi va mustahkamlanadi.

Har bir inson umri davomida xalq o'g'zaki ijodidan bahramand bo'lib ulg'ayadi. Bolaligida ertak eshitib katta bo'lmagan odam bu dunyoda yo'q desak, mubolag'a bo'lmaydi. Chunki har bir odam dunyoga kelgach, turli darajadagi ertak, rivoyat, afsonalarni eshitadi va aynan o'shalar orqali dunyoni o'rganadi. Ularda xalq badiiy tafakkurining eng sara mevasi yashiringan. Buni anglash va ularni qayta kashf etish kishiga hayotni tushunish, odam va olam munosabatlarini o'rganishga yordam beradi.

Ertak - o'zbek xalq og'zaki ijodining eng qadimiy va eng ommaviy janrlaridan biri. Fantastik xayolot hamda badiiy to'qimalar asosiga qurilib, didaktik g'oya tashuvchi og'zaki hikoyalar ertak deb ataladi.

Ertakning o'tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g'oyaviy yo'nalishi, unda ezgulik kuchining - yaxshilikning doimo g'alaba qilishi bolalarni o'ziga tortadi.

Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, u o'quvchining milliy-ma'naviy sifatlarini shakllantirishda ma'naviy ong va xulq-atvor birligi bo'lib xizmat qiladi. Bolalar ertaklar orqali o'zligini anglash, yaxshi-yomon va adolatlilik-adolatsizlik, to'grilik-egrilik nima ekanligini o'rganib, uni hayotga tatbiq qilish, qadriyatlarni puxta o'zlashtirish, badiiy estetik didlarini shakllantirish va rivojlantirish, ijodiy qobiliyati va ong-u tafakkurini o'stirishni o'rganadi. Shuningdek, ertaklarning asrlar davomida an'anaviy tarzda o'rganilib kelinishi ushbu janrning bardavomligini va xalq og'zaki ijodi namunalarining xalq orasidagi muhim ahamiyatini ko'rsatib beradi.

Boshlang'ich sinflarda ertaklar orqali o'quvchilar o'z-o'zini tarbiyalashda 4 ta vazifa nazarda tutiladi:

a) O'quvchining o'zida ijobiy xislatlarini taraqqiy ettirishga va o'z xulq-atvoridagi yomon tomonlardan xalos bo'lishga intilish;

b) O'quvchiga o'z shaxsiga tanqidiy munosabatda bo'lishiga, o'z xulq-atvoridagi xususiyatlarini diqqat bilan va oqilona tushuna olishida, o'z kamchiliklarini yaqqol ko'rishda, o'z nuqsonlarini fahmlab olishida yordamlashish;

c) O'z-o'zini tarbiyalash rejasini tuzishda, bola xulq-atvori hislatlarini qaysi xususiyatlarini taraqqiy ettirish, qaysisiga barham berish kerakligani aniqlash;

d) Tarbiyachi o'quvchining o'z-o'zini tarbiyalashiga xoslangan oqilona yo'llarini aniqlashi.

Buyuk rus o'qituvchisi K.D.Ushinskiy ertaklar haqida yuksak fikrda bo'lib, u o'quvchilar o'rtasida ertaklarning muvaffaqiyati sababini xalq amaliy san'atining soddaligi va stixiyaliligi, bolalar psixologiyasining bir xil xususiyatlariga mos kelishida ko'rdi. Ma'lumki, Ushinskiyning pedagogik ideali aqliy va axloqiy-estetik rivojlanishning uyg'un kombinatsiyasi bo'lib, pedagogning qat'iy ishonchiga ko'ra, xalq ertaklari materialidan ta'limda keng foydalanilsa, bu vazifani muvaffaqiyatli hal qilish mumkin. Ertaklar tufayli bola qalbida mantiqiy fikr bilan go'zal she'riy obraz ulg'ayadi, tafakkur taraqqiyoti fantaziya, tuyg'u rivojlanishi bilan birga boradi. Shuning uchun ham boshlang'ich sinf o'quv dasturiga turli ertaklar kiritilgani bejiz emas.

Ertaklarni o'qitishda uning matni ustida ishlash asosiy o'rinlardan hisoblanib, unda tanlab o'qish, savollarga javob berish, o'quvchilarning o'zlari ertak mazmuniga oid savollar tuzib,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafik tasvirlash kabi ish turlaridan foydalaniladi. Bunday ertaklarda hayvonlarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar xarakteriga taqqoslash tavsiya qilinmaydi. Maktab tajribasidan ma'lumki, kichik yoshdagi o'quvchilar ertakdagi hayvonlar gapirmasligini, tulki va turna bir-birinikiga mehmonga bormasligini yaxshi biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar. Ertakni o'qib tahlil qilganda, barcha ishlar uning mazmunini yaxshi idrok etishga, syujet rivojini, qatnashuvchi personajlarning xatti-harakati, o'zaro munosabatlarini to'g'ri tasavvur etishga yo'naltiriladi. Bunda tanlab o'qish va qayta hikoyalashning ahamiyati katta.

Masalan, "Tulkining jazosi" ertagining mazmunini o'zlashtirish uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin:

> Tovuqlarning ayiqqa qilgan arzini o'qing. Tulki qanday hiyla qilganligini so'zlab

bering.

> Bo'ri nima sababdan "Tulki o'z ishini bilib qiladi" deganini izohlang.

> Tulkini qanday qilib cho'lga badarg'a qilindi?. Shu o'rinni topib o'qing.

Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o'qishgagina emas, balki uni aytib berishga o'rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og'zaki nutqni o'stiradi, bolalar nutqini yangi so'z va iboralar bilan boyitadi.

Ertakni tahlil qilishning oxirgi bosqichida "Ertakda sizga juda yoqqan joyini topib o'qing", "Nima uchun aynan shu joyi yoqqanini ayting", "Hayotingizda ertakdagi voqealarga o'xshash voqealar bo'lganmi?" kabi savol-topshiriqlar yordamida o'quvchilarning ertak xulosasini tushunishiga erishiladi.

Bugungi kunda yangitdan tashkil etilgan darsliklarda, xususan "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligida 3 hikoya va ertaklarni o'rganish va o'rgatish xususida so'z olib borilgan bo'lib, ertaklarni o'rganish darslarining qurilishiga quyidagicha tartib berilgan:

1. Ertak bilan tanishtirish:

a) o'quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash;

b) o'qituvchining ertakni ifodali o'qishi, yod aytib berishi va hokazo.

2. Ertakni o'quvchilar qay darajada idrok etganliklarini aniqlash maqsadida qisqacha suhbat o'tkazish.

3. Ertakni qismlarga bo'lib o'qish va tahlil qilish; undagi ayrim tasviriy vositalar, ma'nodosh so'zlarni topish, lug'at ishi (ayrim so'zlar ma'nosini tushuntirish).

4. Ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda o'qish).

5. Ertakni so'zlab berish.

6. Umumlashtiruvchi suhbat (ertak g'oyasini ochish).

7. Ma'lum vazifa bilan ertakni qayta o'qish (ijodiy va mustaqil ishlar).

8. Vazifani tekshirish va yakunlash.

9. Uyda ertakni o'qib (yoki aytib) berishga tayyorlanish.

Yuqoridagi tizimga mos o'quv jarayonini tashkil etish davlat ta'lim standartlariga muvofiq deb baholanib, aynan ertak janriga asoslangan mashg'ulotlar shu tartibda tashkil etilishi maqsadga muvofiq deb topilgan. Shuningdek, turli zamonaviy metodlar, xususan, ko'rgazmali qurollar, zamonaviy aspektlar asosiga qurilgan, hamda o'quvchilar o'zlari tomonidan sahnalashtirilgan tarzda tashkil etilgan darslar o'z natijasini berib, bilim oluvchiar o'rtasida

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ushbu janrga bo'lgan munosabatni kuchaytirishi dars mashg'uloti saviyasini oshishiga sabab bo'lmoqda.

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, ertaklarni o'qitish orqali o'quvchilarning dunyoqarashlarini shakllantirish va rivojlantirishga, ularning tabiatga muhabbatlarini oshirishga, axloqiy va ma'naviy jihatdan tarbiyalashga, yaxshilik yomonlik ustidan, to'g'rilik egrilik ustidan doimo g'alaba qozonishga, ilmga qiziqtirishga, tovush va harflarni oson o'zlashtirishlariga, so'z ma'nolarini bilib olishlariga muvaffaq bo'lamiz. Bu esa o'quvchilarni bilimdon, zukko, to'g'ri so'z va Vatanparvar bo'lib yetishishlarida eng yaxshi samaradir.

REFERENCES

1. Afzalov M. O'zbek xalq ertaklari haqida. T.: «FAN» 1964

2. Karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida G'ulomova, Sharofat Yo'ldosheva, Sharofjon Sariev. Ona tili o'qitish metodikasi. Darslik.Toshkent.2019

3. M.Jo'rayev. J. Eshonqulov. Folklorshunoslikka kirish, - T: "Barkamol fayz media" 2017.

4. Gafforova T., Nurullayeva Sh., Haydarova O. (2004). Boshlang'ich sinflar uchun o'zbek tili va o'qishdan didaktik materiallar. -Toshkent: Ilm ziyo.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.