Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF “O’QISH” DARSLARIDA XALQ OG’ZAKI IJODINING NAMUNALARI'

BOSHLANG’ICH SINF “O’QISH” DARSLARIDA XALQ OG’ZAKI IJODINING NAMUNALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1216
106
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
“sinfdan tashqari o‘qish burchagi” / savod o‘rgatish / xalq og‘zaki ijodi / kitobxonlik / ertak / qahramon / ijodiy fikrlash / mustaqil / muloqot

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — M. Oripova

Xalq og’zaki ijodi, odob, axloq, axloqiy tarbiya, tarbiya, o’z-o’zini tarbiyalash, ertak, pand nasihat

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF “O’QISH” DARSLARIDA XALQ OG’ZAKI IJODINING NAMUNALARI»

"O'ZBEKISTONDA ILM-FANNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI"

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

BOSHLANG'ICH SINF "O'QISH" DARSLARIDA XALQ OG'ZAKI IJODINING NAMUNALARI M.Oripova

BuxDU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7337934

Annotatsiya. Xalq og'zaki ijodi, odob, axloq, axloqiy tarbiya, tarbiya, o'z-o'zini tarbiyalash, ertak, pand nasihat.

Kalit so'zlar: "sinfdan tashqari o'qish burchagi", savod o'rgatish, xalq og'zaki ijodi, kitobxonlik, ertak, qahramon, ijodiy fikrlash, mustaqil, muloqot.

Xalq og'zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib,qiziqib, obrazlarga kirib o'qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta'sirchanligi, tarbiyaviyligi, do'stona munosabatlarning qadrlanishi, yovuzlik ustidan doimo g'alaba qozonilishi, o'tkirligi, manodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Xalq og'zaki ijodidagi ertak, maqol, rivoyat, qissa, hikoyalarning aksariyati real hayot tasviri, bo'lib o'tgan voqealardan olingan qisqa personajlar bilan qo'shilib ketadi. Xalq og'zaki ijodi o'tkir, maroqli syujeti,voqea rivijidagi favqulotta ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, ulardagi mard, kuchli, ziyrak, topqir, jasoratli, dovyurak chaqqon qahramonlar, ertakning g'oyaviy yo'nalishi, unda ezgulik, kuchining- yaxshilikning doimo g'alaba qilishi bolalarni o'ziga jalp etadi. Ertakda hikoya qilingan qabul qilish shakli bir xil so'z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi,ohangdorligi, tilining ta'sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi bolalar uchun juda qiziqarlidir. Ertakda qatnashuvchilar ko'pincha rahm dil saxiy, adolatli, hamda ularning aksi bo'lgan yovuz, baxil, ochko'z kishilat timsoli bo'ladi. Ertakdagi o'qituvchi qiymati shundan iboratki, bolalarda unda to'g'rilik halollik g'alaba qilganidan, kambag'al kishilar qiyinchilikdan qutulganidan, ya'ni yaxshilik, ezgulik ro'yobga chiqqanidan va yomonlik, yovuzlik mahkumlikkan uchraganidan quvonadilar. Ular hayotdaham doim shunday bo'lishini istayd ilar va bunga ishonadilar. Bola ertaklarga ishonsa, qiziqsa, dunyoqarashi, fikrlashi, bilimi yanada ortadi. Masalan, "Halollik" ertagida asosiy fikr kambag'allarga yordan ko'rsatish, o'z mehnati bilan hayot kechirish bo'lib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi g'oyasi ilgari surilgan bo'lsa, "Hiylagarning jazosi ertagida soddadilning to'g'riligi hiylagarning makri ustidan g'olib kelishi, xiyonat jazosiz qolmasligi g'oyasi ilgari surilgan. Har ikki ertakham to'g'ri so'zlikning g'alabasi bilan yakunlanadi. Bunday g'alaba maishiy ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan. Ertak bolalarda qahramonlarning hatti- harakatini muhokama qilib,baholash ko'nikmasini o'stirishi bilan birga yaxshilikning doimo g'alaba qozonishiga ishonch uyg'otadi. Bolalar ertakni tahlil qilish jarayonida " Kishilardagi qanday sifatlar sizga yoqdi? (yoki yoqmadi?)", "nima uchun?" ,".... Nima uchun jazolandi?" (yoki rag'batlantirildi") , "Nima uchun ertakdagi bazi qahramonlarga hatto tabiat kuchlari hamyordam beradi? (yoki bazilaridan yuz o'giradi?)" kabi savollarga javop topish jarayonida mushohadaqiladilar, muhokama qilip, xulosaga keladilar. Maktabgacha ta'lim muassasalarida va boshlang'ich sinflarda hayvonlar haqidagi ertaklar ko'proq o'qib beriladi. "Bo'rining tabib bo'lgani haqqidagi ertak" (Anvar Obidjon), "Ko'zacha bilan tulki" kabi ertaklar aniq hayotiy hikoya tarzida obrazlilik asosida o'qib eshittiriliadi va tahlil qilinadi. Ertak matni ustida ishlashda tanlab o'qish savollarga javob berish, o'quvchilarning o'zlari ertak mazmuniga oid savollar tuzip , javob berishlari, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafik tasvirlash kabi ish turlaridan foydalaniladi. Bunday ertaklarda hayvonlar

"O'ZBEKISTONDA ILM-FANNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI"

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

odatlari tahlil qilinadi. Ertaklar o'qib berilganda har bir hayvonlarning xarakteriga moslab o'qib berilishi lozim. O'qituvchi har bir qahramon roliga kirib o'qish juda muhim ahamiyatga ega. Ammo bunday ertaklarni kishilar xarakteriga taqqoslash tavsiya etilmaydi. O'zbek xalq og'zaki ijodi namunalari tarbiyaning umumiy jihatlarini aks ettirishdan tashqari, yaxshilik,ezgulik va odamiylikni go'zal, ibratli misollarda tasdiqlashi, da'vat etishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Maktab o'quvchilari ayniqsa 2-3- sinf o'quvchlilari ma'lum darajada o'qish ko'nikmasini egallaganliklari uchun matn, ertak, hikoya, she'r, rivoyatlarni, ustida mustaqil ishlashga ko'proq e'tibor berish lozim. O'quvchilarning topshiriqni tez ,to'g'ri bajarishi uchun qulay usullarni tanlay bilishi,ishga ijodiy yondashishi zarurdir. O'quvchilar bunday ishlarni o'z-o'zidan o'rganib qolmaydi, albatta bunday bilim ko'nikma va malakalar bolalarga o'qituvchining alohida o'tkaziladigan mashg'ulotlarini egallaydilar. Faqat o'qituvchi rahbarligida ishlagandagina, ular fikrlashga, amaliy mashg'ulotlarni ijodiy bajarishga, yo,l qo'yilgan xatolarni toppish va uni tuzatishga o'ragnadilar.

Ma'lumki ertaklarda -didaktika, ibrat vositalari mujassamlashtiriladi. Ularda ijodalangan-uydirma hodisalarni oldindan ko'ra bilishlilik xususiyati ibratlidir. Asrlar osha sayqallashib, soda va teran mazmunlari bilan bizgacha yetib kelgan ertaklar eng sevimli, eng jizibali xalq ijodi namunalaridandir.Ertaklarning badiiy kuchi- ularning xalq orzu-umidlari va turmush haqiqatlari bilan birgalikda,odamlar ruhuyatini o'zida aks ettirishda, kattalarga ham, kichiklarga ham birday yoqimli, qiziqarli bo'lishidadir. Ertaklarning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, ularda yilning to'rt fasli, tabiat hodisalari, kishilarning his tuyg'ulari, ichki kechinmalari, hatti harakatlari ham ifodalanadi. Bola ulg'aygan sari uning dunyoqarashi, fikrlashi, atrof muhitga bo'lgan e'tibori, xotira va tushunchalari rivijlanib boradi. Tashqi dunyo uning ko'z o'ngida kengayib, jilolanib boraveradi. Bolalarda inson obrazlari tobora aniq va ravshanroq tushunula boshlanadi. Bolalarda asta sekin yolg'onchi, hiylakor kishilar, yaxshi xislatli, adolatli,vijdonli, shafqatli, rahmdil kishilar haqida fikr tug'uladi. Buni chuqur his qilgan bolalar hayotiy voqea, inson obrazi afsonaviy ravishda tasvirlangan- Ur to'qmoq, -ochil dasturxon,- uchar gilam, -qaynar xumcha, -Dehqon bilan ayiq, - zumrad va qimmat kabi ertaklar , - Qarg"a bilan mushuk, -Yolg'onchi cho'pon kabi ertaklar bolalarni yaxshi fazilat sohibi qilib tarbiyalashda, ularning shaxs sifatida ulg'ayishida muhim vosita bo'lib sanaladi. _Zumrad va qimmat ertagi asosan, yaxshi axloqlilik xislati Zumradning, yomon xulqlilik xislati Qimmatning hatti harakatlarida aks ettirilgan. Zumrad odobli xush muomilali, kamtar mehnatsevar bo'lgani uchun hatto sehrgar kampir mehriga, hurmatiga sazovor bo'ladi. U bergan boylik bilan otasini ham xursand qildi. Ota va bola baxtiyor hayotga erishdilar. Tabiat o'z quchoqg'ida uni ardoqladi. Qimmat odobsizligi, qo'polligi, ishyoqmasligi, dangasaligi, o'jar va rahmsizligi, kattalarga nisbatan hurmatsizligi tufayli, sehrgar kampir qahriga uchradi. Hozirgi zamon ta'lim tarbiyasi, istiqlol mafkurasi anashu merosdan oziqlansa, uning eng yaxshi sahifalarini, qoidalarini qabul qilsa, o'z oldiga qo'ygan maqsad-vazifalarni sharaf bilan bajarishi mumkin.

REFERENCES

1. T. G'afforova "Boshlang'ich ta'limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar" "Tafakkur", nashriyoti, Toshkent - 2011 yil

2. Mavlonova R.A. Boshlang'ich ta'limda innovatsiya. -T.: 2007.

3. T. G'afforova, Sh. Nurullayeva, O'qish kitobi, 2-sinf. O'qituvchilar uchun metodik qo'llanma-T., "Sharq", 2012

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.