Научная статья на тему 'ОСНОВЫ ТЕОРЕТИЧЕСКО-МЕТОДИЧЕСКОГО ИЗУЧЕНИЯ ПРОИЗВЕДЕНИЙ УСТНОГО НАРОДНОГО ТВОРЧЕСТВА В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ'

ОСНОВЫ ТЕОРЕТИЧЕСКО-МЕТОДИЧЕСКОГО ИЗУЧЕНИЯ ПРОИЗВЕДЕНИЙ УСТНОГО НАРОДНОГО ТВОРЧЕСТВА В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
43
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
УЧЕНИК / ОБРАЗОВАНИЕ / ФОЛЬКЛОР / ПАЗЛ / СКАЗКА

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Рауфова Н. Б., Ахмедова И. М.

В статье рассказано об основах теоретическо-методического изучения произведений устного народного творчества в начальных классах.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ОСНОВЫ ТЕОРЕТИЧЕСКО-МЕТОДИЧЕСКОГО ИЗУЧЕНИЯ ПРОИЗВЕДЕНИЙ УСТНОГО НАРОДНОГО ТВОРЧЕСТВА В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ»

Вестник магистратуры. 2019. № 11-4 (98)

ISSN 2223-4047

УДК 002:001.4

Н.Б. Рауфова, И.М. Ахмедова

ОСНОВЫ ТЕОРЕТИЧЕСКО-МЕТОДИЧЕСКОГО ИЗУЧЕНИЯ ПРОИЗВЕДЕНИЙ УСТНОГО НАРОДНОГО ТВОРЧЕСТВА В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ

В статье рассказано об основах теоретическо-методического изучения произведений устного народного творчества в начальных классах.

Ключевые слова: учиник, образование, фольклор, пазл, сказка.

Xalq tomonidan yaratilgan og'zaki badiiy adabiyotga folklor deyiladi. "Folklor" asli inglizcha so'z bo'lib, "Folk"-xalq, "Lore"-donolik so'zlaridan yasalgan bo'lib, "Xalq donoligi", "Xalq donishmandligi" ma'nolarini an-glatadi. O'zbek xalq og'zaki ijodi xilma-xil janrlardan tarkib topgan og'zaki so'z san'ati bo'lib, o'bek xalqining dunyoqarashi, badiiy zavqi ijodiy salohiyati, orzu va intilishlarini aks ettiradi. Xalq og'zaki ijodi ertak, doston afsona, rivoyat, qo'shiq, lapar, masal, maqol, topishmoq, latifa va naqllarni o'z ichiga oladi. Xalq og'zaki ijodi materiallarida ijtimoiy hodisalar, kurashlar vatanni dushmandan mudofaa qilish, xalqning orzu-umidlari, urf-odatlari, rasm-rusmlari, marosimlari va boshqa turmush hodisalari ifodalanadi. Boshlang'ich sinf o'quv dasturlari o'qish darslari oldiga o'quvchilarni yaxshi o'qish sifatlariga ega etishdek murakkab vazifani qo'yadi. Bunday va-zifalarni to'laroq amalga oshirishda xalq og'zaki ijodi materiallari katta ahamiyatga ega. O'quvchilar tabiatan maqol, topishmoq va ertaklarni sevadilar, ularni zo'r qiziqish bilan o'qib o'rganadilar. Bundan tashqari xalq og'zaki ijodi qadimdan tarbiya manbai hisoblangan. Boshlang'ich sinf o'quvchilari eng avvalo ertaklar bilan tan-ishadilar. Ma'lumki, ertaklar xalq og'zaki ijodiyotining eng qadimiy ommaviy va keng tarqalgan jannrlardan biri-dir. Ertaklar xalq og'aki ijodining epik turiga kiradi. Uning o'ziga xos xususiyati -voqeabandligi, biron voqeani mukammal hikoya tarzida bayon qilinishidir. Ertaklar turmush voqeligini ajoyib va g'aroyib, jozibali qilib aks ettiradi. Ertak folklor asari. Shuning uchun ham xalq og'zaki ijodiga xos ijodiy maxsul bo'lib, ko'pchilik tomondan aytilishi, og'zaki yo'l bilan tarqalishi, an'anaviylik, ijodchisining noma'lumligi-anonimlik, bir syujetning xalq orasida bir qancha variantlarda ijro etilishi-ertaklarga xosdir.

O'zbek xalq ertakchilari repertuarlarida hayvonlar haqidagi ertaklar anchagina o'rinni tashkil etadi. Hayvonlar haqidagi ertaklar qadim zamonlarda vujudga kelgan bo'lib unda ibtidoiy tuzum davridagi insonning hayoti, mehnati, dunyoqarashi, tabiat haqidagi tushunchalar ifodalangan. O'zbek xalq ertakchiligi repertuarida sehrli ertaklar ham katta o'rin egallaydi. Bu xildagi ertaklar sehrli, fantastik uydirmalar asosida qurilganligi bilan ajralib turadi. Sehrli ertaklarning yuzaga kelishi qadimiy tarixga ega bo'lib, ildizi boshlang'ich jamiyatga borib yetadi. Sehrli ertaklarning hatti-harakatlari-sehr, jodu, mo'jiza hayoliy obrazlar bilan bog'lanadi. Ertaklarda qah-ramonning aniq xarakteristikasi berilmaydi. Faqat an'anaga aylangan belgilargina ko'rsatiladi. "Qiz o'n to'rt kun-lik oydek to'lishgan", u nihoyatda go'zal, hayoli, iboli, mehnatsevar, yuksak an'ana namunalari jam bo'lgan, idrokli, tadbirkor, oqila qizdir. Har kuni o'tin yorar, osh pishirar, qozon yuvar, uy tozalar ekan. Mazkur sifatlar sarguzasht davomida yana ham oydinlashadi. Ertakda mavjud tilsim nohaqlik, ayyorlik, qonxo'rlik kabi yaramas illatlarni fosh etib, adolat, mehnatsevarlik, ma'naviy go'zallikni ma'qullaydi. Botirlar obrazida odob va muomalaning yuksak namunasi, odamiylik, mehnatsevarlik, bonishmandlik, jasurlik va sezgirlik kabi sifatlar barq urib tursa, zolim tekinxo'r kishilar qiyofasida mol-mulk yo'lida har qanday iflos ishlardan qaytmaslik kabi xususiyatlar namoyon bo'ladi. Ko'rinadiki, ertaklar o'ziga xos xususiyatlari bilan boshqa xalq og'zaki ijodi janrlaridan ajralib turadi. Ertaklar olamiga kishi bolalik chog'laridayoq sayohat qiladi, u dastlab hayvonlar haqidagi ertaklarni eshitib, har xil toifa xarakterdagi aqlli va ahmoq, saxiy va qizg'anchiq, zolim va odil odamlar dunyosi bilan tanishadi. Ertaklarda xalq hayoti, uning adolat, haqiqat yo'lidagi orzu-umidlari, yovuz kuchlarga nisbatan qahr-g'azabi, yaxshilarga bo'lgan mehr-muhabbati tasvirlanadi. O'quvchilar xalq ertaklarini o'qib chiqqach, o'rtoqlari, aka-ukanva opasingillariga aytib beradi, muhimi o'quvchi o'zi sevib qolgan ijobiy qahramon-laridan o'rnak olishga, halollikda, to'g'ri so'zlikda, mehnatsevarlikda ularga o'xshashga harakat qiladi. Sal'biy qahramonlardan esa, nafratlanib, o'xshamaslikka harakat qiladi. Demak, o'quvchilarning ham bilimga qiziqishini oshirishda, ham komil inson qilib tarbiyalashda xalq ertaklaridan foydalanish ijobiy natija beradi. Boshlang'ich sinflarda o'rganiladigan xalq og'zaki ijodi janrlaridan biri maqollardir. Maqollar xalq og'zaki ijodining eng ko'p tarqalgan janridir. Maqollar xalqning hayoti, aql-farosati, turmush tajribasi, kurasi, mehnatining badiiy ifodasi sifatida yaratilgan, maqollar yengil, ravon va jonli tilda yaratilgan bo'lib, ularda xalqning turmush tajribasida tasdiqlangan chuqur ma'noli fikrlar ixcham obrazli qilib beriladi. Shuning uchun ham maqol bir aytishdayoq yodda

© Рауфова Н.Б., Ахмедова И.М., 2019.

ISSN 2223-4047

Вестник магистратуры. 2019. № 11-4 (98)

qoladi. Xalq og'zaki ijodi asarlarining yoshlarimizni ma'naviy yetuk, komil inson qilib tarbiyalashdagi o'rni be-qiyos. O'qituvchi xalq og'zaki ijodi materiallarining o'ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilsa, nazariy-ulmiy jihatdan bilimini oshirib borsagina xalq og'zaki ijodi namunalarini ta'lim tarbiya bilan bog'lay oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti va folklor. - Toshkent: O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti, 2006.

РАУФОВА НОДИРА БУСТОНОВНА - преподаватель начальных классов, школа № 38 г. Бухары, Узбекистан.

АХМЕДОВА ИРОДА МАХМУДОВНА - преподаватель начальных классов, школа № 38 г. Бухары, Узбекистан.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.