Научная статья на тему 'O’ZBEK FOLKLORSHUNOSIGI, TARIXI VA UNING ADABIYOTDAGI O’RNI'

O’ZBEK FOLKLORSHUNOSIGI, TARIXI VA UNING ADABIYOTDAGI O’RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

11132
653
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
folklorshunoslik / maqollar / topishmoqlar / an‘anaviylik / folklore / proverbs / riddles / tradition.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nurkeldi Jarasbayev

Ushbu maqolada o‘zbek folklorshunosligi, uning tarixi va folklorshunoslikning adabiyotda tutgan o‘rni yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

UZBEK FOLKLORE, HISTORY AND ITS PLACE IN LITERATURE

This article describes Uzbek folklore, its history and the role of folklore in literature.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK FOLKLORSHUNOSIGI, TARIXI VA UNING ADABIYOTDAGI O’RNI»

O'ZBEK FOLKLORSHUNOSIGI, TARIXI VA UNING ADABIYOTDAGI

O'RNI

Nurkeldi Jarasbayev

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'zbek folklorshunosligi, uning tarixi va folklorshunoslikning adabiyotda tutgan o'rni yoritilgan.

Kalit so'zlar: folklorshunoslik, maqollar, topishmoqlar, an'anaviylik.

UZBEK FOLKLORE, HISTORY AND ITS PLACE IN LITERATURE

ABSTRACT

This article describes Uzbek folklore, its history and the role of folklore in literature.

Keywords: folklore, proverbs, riddles, tradition.

KIRISH

Badiiy so'z san'ati madaniyatning eng qadimgi va uzoq tarixga ega bo'lgan bir sohasidir. Uning kurtaklari ibtidoiy jamoa tuzumi davrlaridayoq vujudga kelgan. Mehnat jarayonining rivoji, kishilar tajribasi va ongining taraqqiyoti og'zaki adabiyotning rivojlanishi uchun zamin yaratgan. Insonlar asta- sekin turmush tajribalarini, tabiat va jamiyat haqidagi fikr- tushunchalarini obrazli so'z orqali tasvirlash, bayon etish ko'nikmalarini yarata boshlaydilar. Badiiy so'z tajribasining o'sishi, badiiy did va zavqning takomillashib borishi xilma- xil badiiy shakllarni, adabiy janrlarni vujudga keltiradi. Shu tariqa badiiy so'z san'ati yozuv va yozma adabiyotdan ko'p vaqtlar ilgari og'zaki ijod shaklida paydo bo'ladi hamda yozma adabiyotning vujudga kelishiga zamin hozirlaydi. U og'izdan og'izga, avloddan avlodga, davrdan davrga o'tadi. Biroq u dastlab qanday yaratilgan bo'lsa, har qachon ham aynan shu holicha saqlanib qolmaydi, balki ijodiy qayta ishlanadi, turli xil o'zgarishlarga uchraydi, yangi- yangi ma'lumotlar bilan boyiydi, yangi tarixiy sharoitga muvofiqlashadi, keyingi yaratilgan asarlar bilan birga yashaydi, uzoq umr ko'radi. Shu bilan bir qatorda yozma adabiyotning tajribalaridan ijodiy foydalanadi. Og'zaki adabiyotning bu turi hozirgi zamonaviy adabiyotda "Folklorshunoslik" deb ataladigan katta bir janrni tashkil etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbek folklorining so'z san'atiga asoslangan janrlar tizimi doston, ertak, qissa, rivoyat, naql, afsona, mif, lof, latifa, marosim folklori, bolalar folklori, og'zaki drama, maqol va hikmatli so'zlar, afsun, avrash, olqish va qarg'ishlardan iboratdir. Folklor har bir xalqning ma'naviy boyligi hamda ulug' qadriyatidir. Insonning ma'naviyatini yuksaltirishda xalq og'zaki ijodining o'rni haqida gap ketar ekan, aslida, bu jarayon bolaning tug'ilishidan boshlanadi.Onalarimiz, momolarimiz aytgan allalar, ertaklar, tez aytishlar, maqollar va qo'shiqlar bolaning tili va dunyoqarashi shakllanishida alohida ahamiyat kasb etadi. Har bir yosh vakillarini birday qiziqtiruvchi xalq o'yinlari esa bolaning ham aqlan, ham jismonan ulg'ayishida muhim omillardan biri hisoblanadi. Shuningdek, har bir xalqning til boyligi birinchi navbatda, uning folklorida namoyon bo'ladi. Biror bir xalqning qanday xalqligini bilish uchun uning xalq og'zaki ijodini o'rganish zarur. Folklorda xalqning til imkoniyatlari, mushohada tarzi, ijodiy quvvati aks etgan bo'ladi. Alloma Hodi Zarif: "Folklor asarlarining ilmiy va badiiy qiymati ularning lug'at boyligi bilan belgilanadi" - degan edi. Barcha davr tilshunoslarini xalq poetik ijodini o'rganish qiziqtirib kelgan. Mahmud Koshg'ariy zamonidan to bugungi kunga qadar xalq og'zaki ijodi haqida nimaiki aytilgan bo'lsa, bularning bari buyuk merosni o'rganishga o'zining munosib ulushini qo'shgan.

Folklor ijod namunalari xalqning boyligi hisoblanar ekan, ularni o'rganish ham hammavaqt dolzarb masalalardan biri bo'lib kelgan.Xalq og'zaki badiiy ijodini o'rganuvchi fan folklorshunoslik yoki folkloristika deb yuritiladi.Shu ma'noda folklorshunoslik asoslari qadimgi dunyo estetik tafakkuriga borib taqaladi. Qadimgi dunyo sayyohlari va tarixchilarining afsona va rivoyatlar, turli urf-odat va marosimlar haqidagi qaydlari, yozuvchi va bastakorlarning folklor to'g'risidagi ilk fikrlari folklorshunoslik uchun muhimdir. Barcha davrlarning o'ziga xos urf-odat va madaniyati shakllanishi natijasida folklorshunoslik ham darajama daraja o'sib borgan. Arab xalifaligi hududlaridagi xalqlar ertak va rivoyatlarining yig'indisi bo'lmish "Ming bir kecha" kitobini ham folklor namunalarini yig'ishda o'ziga xos tajriba deyish mumkin.

Folklor atamasini 1846- yilda ingliz olimi Uilyam Tomas taklif qilgan bo'lib, u "xalq donoligi" degan ma'noni anglatadi. Dastlabki vaqtlarda "el adabiyoti", "xalq adabiyoti", "og'zaki adabiyot", "xalq og'zaki ijodi" deb yuritilib kelingan o'zbek xalq og'zaki poetik ijodiHodi Zarif ijodidan boshlab, ya'ni 1935- yildan e'tiboran "O'zbek folklori" nomi bilan ishlatiladi. Xususan, folklor namunalari hisoblangan "To'maris", " Shiroq" kabi afsonalar, "Alpomish", " Ravshan", "Kuntug'mish"

kabi dostonlar, "Malikai Husnobod", "Uch og'a-ini botirlar" kabi ertaklar, link qo'shiqlar, marosim va mehnat qo'shiqlari hamda boshqa og'zaki ijod namunalari o'zbek xalqi qadriyatlarining ajralmas qismidir."Folklor barcha san'atning boshlanishi , sarchashmasi , shu sababli ham boshqa ko'pgina san'atlar u bilan uyg'unlikka ega, shuning bilan birga hech biriga o'xshamagan o'ziga xosligi bilan alohida ajralib turuvchi san'at turidir " - deb ta'kidlagan edi folklorshunos olim Jabbor Eshonqulov. Darhaqiqat, buni tan olmasdan ilojimiz yo'q chunki xalqimiz madaniyatining eng dastlabki kurtaklari folklor namunalari orqali ko'rinadi.

Bugungi kunda ma'lumki, shaxsni tarbiyalashda uning ruhiy holatiga ta'sir qilmasdan samaraga erishib bo'lmaydi. Xalq og'zaki ijodida avlod tarbiyasi aynan ana shu usuldan foydalangan holda amalga oshiriladi. Dostonlarimizning bosh qahramonlariga aylangan jasur va mard o'g'lonlar va barno va iboli qizlar timsoli hech bir o'quvchini e'tiborsiz qoldirmaydi. Ularning qilgan xatolari orqali yoshlarga to'g'ri yo'lni tanlash kerakligi uqtiriladi. Nafaqat dostonlarimiz tarbiyaviylik ahamiyati jihatdan folklorshunoslikda maqollarning ham ahamiyati salmoqli darajadadir.

MUHOKAMA

Maqol og'zaki ijodning kichik ko'rinishlaridan biri. Folklorshunoslikda kichik janrlarni paremiya deb atash ham qabul qilingan. Maqollar hajm jihatdan kichik bo'lsa-da , fikr va mazmun jihatdan kech qamrovlidir. Maqol o'z tabiatiga ko'ra xalqaro janlardan biridir. Dunyoda o'z maqoliga ega bo'lmagan xalqning o'zi yo'q. Chunki har bir xalq o'z qarashlari va hayotiy tajribalari mahsulini maqollar ko'rinishida avlodlarga qoldiradi.

Shu o'rinda alohida ta'kidlashimiz kerak bo'lgan yana bir folklor namunasi bu topishmoqlardir. Topishmoqlar xalq og'zaki ijodining kichik va ommabop hamda xalqaro janrlaridan biri hisoblanadi. Bu janr yosh avlodni hayotni bilishga, borliqdagi narsa-buyumlarning xususiyatlarini yodda saqlab qolishga o'rgatadi. Topishmoqlarning mohiyati, asosan, metafora bilan bog'liq bo'lib, ularda topilishi lozim bo'lgan narsa-buyum xususiyatlari haqida ma'lumot beriladi. Topishmoq Aristotel ta'biri bilan aytganda "Eng yaxshi metafora tuzish usulidir"

NATIJALAR

Folklor asarlar so'z san'ati sifatida yozma adabiyot namunalari va san'atning boshqa turlaridan o'ziga xos xususiyatlariga ko'ra ajralib turadi. Folklorga xos bu xususiyatlar, avvalo, uning jamoaviy ijod ekanligidadir. Shuning uchun ham bu

turdagi asar namunalarining muallifi xalq ommasi hisoblanadi. Ularning aniq ijodkori noma'lum, ya'ni anonim bo'ladi va xalq orasida avloddan avlodga og'zaki tareda o'tib ta^aladi, og'zaki ijra etiladi. Bunda, albatta, an'analarga rioya etilib, sayqallanib variantlaTga, veгsiyalaгga ega bo'ladi. Shunga ko'ra, folkloгga xos xususiyatlar sifatida jamoaviylik, anonimlik, og'zakilik, an'anaviylik, variantlilik hamdaversiyaviylik ko'гsatiladi. Jamoaviylik - o'zbek xalq og'zaki ijodi xalq tomonidan yaratiladi. Bilamizki, xalqimiz qadim- qadimdan jamoa bo'lib mehnat faoliyatini olib boгishgan, ya'ni hashar yo'li bilan biгi- biгining og'irini yengil qilishgan. Mana shu jarayoo^ davomida tuгli xil qo'shiqlaг, laparlar kuylangan vaayrim hududlarda hozir ham jamoaviy tarzda kuylab kelinmoqda. Xalq turmushining, ijtimoiy- siyosiy munosabatlarning takomillasha borishi, insonlar badiiy tafakkuгining o'sishi jarayonida alohida ijгochilaг - qo'shiqchila^ eгtakchilaг, baxshilar hamda qiziqchilar, ijro maktablari, ustoz vashogird munosabatlari paydo bo'la boshladi. Xalq orasida Tilla kampiï, Sulton kampiï, Jo'lmon baxshi, Bo'ran shoiг, Eгgash Jmanbulbul o'g'li, Yo'ldoshbulbul kabi xalq namoyondalari yetishib chiqdi. Anonimlik - folklor asarlari muallifining noaniqligi - anonimligi (grek. Anonymis - noma'lum ) bilan ajralib tuгadi. Folkloгda biгoг bú" aniq muallif yo'q. Xalq dostonimi, eгtakmi yoki maгosim qo'shig'imi ulami dastlab kim va qachon yaratgani aniq emas. Har bir asar avloddan avlodga o'tar ekan, vaqt va zamon talablariga ko'ra ma'lum o'zgarishlaTga uchrashi mumkin, lekin uning asosi, an'analari o'zgaгishsiz kelaveгadi. Folkloráa biгoг biг asami kimdiг dastlab yaratgan bo'lishi mumkin, lekin bu asar syujeti, tasviг vositalaгi, ohang yo'Ilari xalq og'zaki ijodi an'analariga tayanilib ijod etilsa, u folk^ asari bo'lib qoladi. Vaqtlaг o'tishi davomida xalq ijrochilari tomonidan yanada ishlov berilib, chinakam folklor namunasiga aylanadi. Og'zakilik - xalq ijodiyotining yashash va yaratilish tarzi. Folklor xalqning xotira manbaidan, xotiraning og'zaki avloddan avlodga, og'izdan og'izga ko'chishidan paydo bo'ladi. Bu o'rinda umum folkloriy bilim va folk^ an'analari asos vazifasini o'taydi. Xotira manbai va folkloriy bilim bir yoki bir necha shaxslargagina tegishli bo'lmay, butun Ыг xalqning bilim va an'analaridan iborat bo'ladi. Bu bilim va an'analar ustozdan shogirdga, avloddan avlodga, urng'danumg'ga o'tib, yangi davr mhida, yangi ушсЫкг va ijodkorlar salohiyatidan sayqal topib yashaydi. Bu xil sayqallanish u yoki bu folklor asarining shakli va mazmunigaqandaydiï o'zgarish kiritishi - nimaningdir qo'shilishi yoki tushirib qoldirilishida bo'y ko^satadi.

An'anaviylik — folkloming o'ziga xos yashash tarzini, uslubini, ifoda vositalarini ta'min etuvchi yetakchi belgilaridan hisoblanadi. Folk^ tom ma'noda

an'analar san'atidir. An'anaviylik xalq ijodida ma'lum bir asar matnining, ijro usullarining og'izdanog'izga o'tish jarayonida nisbatan barqarorliginigina anglatib qolmaydi, balki o'sha asarning avloddan avlodga o'tish jarayonida dastlabki ijroga xos xususiyatlarini nisbatan o'zgarmagan holda saqlab qolganini ham anglatadi. An'anaviylik - jamoaviy ijod mahsuliva yashash tarzi, shu bilan birga, folklorning folklor asarini jamoaviy holda saqlab qolishningham o'zigaxos shakli, omili hisoblanadi. Og'zakilik - folklorning ijro usuli va yashash tarzi bo'lib, o'z navbatida, ijrochidan ulkan xotirani, yoddan aytishni, eslamoqni, vaziyatga mos tayyor shakl va ifoda vositalaridan foydalanishni taqozo etadi. Bu o'rinda folklordagi an'anaviylik eng qulay va ishonchli quvvat zaxirasi hisoblanadi. O'zbek baxshi-shoirlari orasida ko'plab an'anaviy dostonlarni, qanchadan qancha termalarni bilgan, kuylagan, yana o'zi to'quvchi - badihago'ylarning borligi - shu an'anaviy ehtiyojning hosilasidir. An'anaviylik xalq musiqasi, raqsi va amaliy san'atining ham o'ziga xos belgisi sanaladi.VariantliIikvaversiyaviylik - folklor namunalarining har bir ijrosi o'ziga xos variant hisoblanadi. Folklor asari ijro jarayoni davomida qaytadan yaratiladi, yangi yashash holatiga kiradi va bu holat o'ziga xos variantni paydo etadi. Ya'ni folklor ijro jarayonida xilma-xil variantlarda yashaydi. Variantlilik folklorning yashash tarzi hisoblanadi. Olimlarning eslashicha, "Alpomish" dostonining 100 ga yaqin variant ma'lum bo'lib, shulardan 30 dan ortig'i yozib olingan. Variantlilik folklor tabiati, uning yaratilishi va jonli og'zaki ijodda yashash qonuniyatlaridan kelib chiqqan xususiyat bo'lib, u folklor asarlarining syujeti, obrazliligi, poetikasi, janr xususiyatlarini to'la qamrab oladi. Xususan, o'zbek folklori ko'p mingyillik tarixga ega va yuqoridagi barcha xususiyatlar mujassamlashgan madaniyatimizning ajralmas bo'lagidir.

O'zbek folkoriga oid ma'lumotlarning bir qismi chet ellik mualliflarning qalamiga mansub kitoblar orqali yetib kelgan. Bu o'rinda yunon tarixchisi Herodotning "Tarix" va Poliyenning "Harbiy hiylalar" asarlarini misol qilishimiz mumkin. Keyingi yillarda televideniye orqali namoyish etilgan hind xalqining mashhur eposlari asosida suratga olingan "Ramayana", "Mahobhorat" kabi teleseriallardan ma'lum bo'ldiki, o'zbek xalqining qadimgi qahramonlik eposlarida ilgari surilgan ezgu g'oyalar jahonning boshqa xalqlar qarashlari bilan chambarchas bog'liq va mushtarakdir.

XULOSA

Xalq og'zaki poetik ijodining tilni o'rganishda ahamiyati juda yuqori. Chunki biron bir xalqning tilini o'rganishdan oldin u xalqning yashash tarzi, madaniyati

haqida bilim- ko'nikmaga ega bo'lishimiz kerak. Har bir xalq folklorida esa bularning bari jamlangan bo'ladi. Masalan, ingliz tilidagi "East or West home is best" hamda o'zbek tilidagi "Ona yurting - oltin beshiging" maqollarini olaylik. Har ikkala maqolda ham har bir inson uchun tug'ilgan yerining naqadar azizligi, dunyoning eng go'zal go'shalari ham kindik qoni to'kilgan bir siqim tuproqdan ortiq ekanligi aks etgan. Bu kabi misollarni juda ham ko'p keltirishimiz mumkin, lekin bizdan talab qilinadigan narsa ularning tub mohiyati nimada ekanligini anglash va ulardan kerakli joylarda unumli foydalanishdir.Xalq og'zaki poetik ijodi yuzasidan ko'plab izlanishlar olib borilgan va bundan keyin ham bu jarayon qizg'in davom etadi.

REFERENCES

1. M.Jo'rayev, N.Eshonqulov.Folklorshunoslikka kirish.Toshkent,2017.

2. M. Sulaymonov. O'zbek folklori. Namangan, 2016.

3. Жарасбаев, Н. А. (2019). Typkï элемте орта; т^гырлы т^лгасы. II Yunusov Readings: Modernization of the Great Steppe values as a key factor in the development of science and education, 464-467.

4. Жарасбаев, Н. А. (2019). Typkï халыктары эдебиетшдеп орта; сарындар. Филология уэм оны оцыту тарауларындазы фундаменталъ уэм инновациялыц изертлеулер, 71-73.

5. Beketov, N. А. (2019). Amaliy mazmunli masalalar asosida iqtisodiy ko'nikmalarni rivojlantirish. Ilmiy izlanuvchilar va iqtidorli talabalarning maqolalari to'plami, 157-161.

6. Beketov, N. А. (2019). Q-многообразия и полные сцепленные системы. Fundamental matematika muammolari va ularning tatbiqlari, 167-169.

7. Shayxislamov, N. S. N. (2021). ONA TILI DARSLARIDA FILOLOGIK MASHQLARNING TUTGAN O 'RNI. Журнал иностранных языков и лингвистики, 2(5).

8. Shayxislamov, N. (2021). Ona tili darslarini o'qitishda interfaol usullardan foydalanish. The 21st Century Skills for Professional Activity,(4), 221-222.

9. Baykabilov, U. A. (2020). TALABALAR YANGI O'QUV MUHITIGA MOSLASHISHINING IJTIMOIYPSIXOLOGIK ASPEKTLARI. Science and Education, 1(Special Issue 3).

10. Shofqorov, A. M., Baykabilov, U. A., Bayzakov, J. A., & Shayxislamov, N. Z. O. G. L. (2020). TIL O 'QITISHDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI. Science and Education, 1 (Special Issue 3).

11. Bayzakov, J. A. (2020). Pedagogik texnologiyalardan foydalanib ta'lim berishda o'qituvchiga qo'yilgan talablar. Science and Education, 7(7).

12. Shayxislamov, N. (2021). ONA TILI DARSLARINI O 'QITISHDA ZAMONAVIY METOD-KAKOGRAFIYA USULIDAN FOYDALANISH. Scientific progress, 1(3).

13. Kdirbayeva, X. (2020). Pedagogical-psychological properties of social intellect.

In Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования (pp. 102-106).

14. Mangitbayevna, K. X. (2019). The problem of social intellect and its components in the work of oriental thinkers. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(3).

15. Сергеева, Э. С. (2020). Приём понимания как один из способов интерпретации художественного текста. Academic research in educational sciences, (4).

16. Сергеева, Э. С. (2021). Категория пространства в художественной литературе. Экономика и социум, (1-2), 957-960.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.