Научная статья на тему 'ERTAKNI O’QITISH DARSLARIDA INTERFAOL METODDAN FOYDALANISH'

ERTAKNI O’QITISH DARSLARIDA INTERFAOL METODDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
482
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o’qish kitobi / ertak / qahramonlar / xalq og’zaki ijodi / janr. / reading book / fairy tale / characters / folklore / genre.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Teshaboyev, Dilmurod Raxmadjonovich, Ibroximjonova, Zulfiya Baxtiyorjon Qizi

Quyida berilgan maqola orqali boshlang’ich sinf darsliklarida berilgan ertaklarni o’qitishda foydalaniladigan interfaol usullar to’g’risida ma’lumotlar berib o’tdim. Ertak va maqollar nechog’li bola ongiga yaxshi ta’sir ko’rsatishini yoritib berishga harakat qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF INTERACTIVE METHOD IN FAIRY TALE TEACHING LESSONS

Through the article given below, I gave information about the interactive methods used in the teaching of fairy tales given in primary school textbooks. An attempt was made to shed light on how fairy tales and proverbs have a good effect on a child’s mind.

Текст научной работы на тему «ERTAKNI O’QITISH DARSLARIDA INTERFAOL METODDAN FOYDALANISH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

ERTAKNI O'QITISH DARSLARIDA INTERFAOL METODDAN

FOYDALANISH

Teshaboyev Dilmurod Raxmadjonovich

Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Ibroximjonova Zulfiya Baxtiyorjon qizi

Farg'ona davlat universiteti 2-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Quyida berilgan maqola orqali boshlang'ich sinf darsliklarida berilgan ertaklarni o'qitishda foydalaniladigan interfaol usullar to'g'risida ma'lumotlar berib o'tdim. Ertak va maqollar nechog'li bola ongiga yaxshi ta'sir ko'rsatishini yoritib berishga harakat qilindi.

Kalit so 'zlar: o 'qish kitobi, ertak, qahramonlar, xalq og 'zaki ijodi, janr.

ABSTRACT

Through the article given below, I gave information about the interactive methods used in the teaching of fairy tales given in primary school textbooks. An attempt was made to shed light on how fairy tales and proverbs have a good effect on a child's mind.

Key words: reading book, fairy tale, characters, folklore, genre.

KIRISH

Xalqimiz azal azaldan bolajon bo'lgan. Ularsiz hayotini tasavvur eta olmaganlar. Farzandlarni barkamol bo'lib yetishishida ota -onalar o'zlarini bor mahoratlarini amalda qo'llab, yetuk inson qilib tarbiyalashgan. Farzandlarimizning ma'naviy ongini rivojlanishida xalq og'zaki ijodini o'rni beqiyosdir. Ertak, maqol, topishmoq, she'r, latifa va shu kabi janrlarni o'rganish bolalar uchun juda qiziq va maroqlidir. Men hozir quyida ertak va maqollarni o'qitishda interfaol metodlarni qisqacha yoritib berishga harakat qilaman.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"O'qish kitobi"dagi turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ularning o'quvchilarga ta'siri ham har xil bo'ladi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o'ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, she'riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni she'r matnidan, tubdan farq qiladi. Topishmoqlarda predmet, voqea-hodisalar o'rtasidagi o'xshashlikni taqqoslash orqali o'zlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo etadi. Shunga ko'ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o'qishda o'qituvchidan unga mos usullar tanlash talab etiladi. Boshlang'ich sinflarda

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

o'qish darslarida o'quvchilarning nutqini oshirish vositalaridan biri to'g'ri uyushtirilgan qayta hikoyalardir. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun ertak matnini qayta hikoyalash boshqa janrdagi asarlarni hikoyalashga nisbatan ancha oson hisoblanadi. Xalq og'zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o'qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta'sirchanligi, o'tkirligi, ma'nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko'pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo'shilib ketadi.Ertakning o'tkir, maroqli sujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g'oyaviy yo'nalishi, unda ezgulik kuchining yaxshilikning doimo g'alaba qilishi bolalarni o'ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so'z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta'sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarliligidir.Ertakda qatnashuvchilar ko'pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo'lgan yovuz, baxil, ochko'z kishilar timsoli bo'ladi. Ertakning pedagogik qiymati shundaki, o'quvchilar unda to'g'rilik, halollik g'alaba qilganidan, kambag'al kishilar qiyinchilikdan qutilganidan, ya'ni yaxshilik, ezgulik ro'yobga chiqqanidan va yomonlik, vovuzlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bo'lishini istaydilar. Masalan, „Halollik" ertagida asosiy fikr kambag'allarga yordam ko'rsatish, o'z mehnati bilan hayot kechirish bo'lib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi g'oyasi ilgari surilgan bo'lsa, „Hiylagarning jazosi" ertagida esa soddadilning to'g'riligi hiylagarning makri ustidan g'olib kelishi, xiyonat jazosiz qolmasligi g'oyasi ilgari surilgan. Har ikki ertak ham to'g'riso'zlilikning g'alabasi bilan yakunlanadi. Bunday g'alaba maishiy ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan.

Ertak bolalarda qahramonlarning xatti-harakatini muhokama qilib, baholash ko'nikmasini o'stirishi bilan birga yaxshilikning doimo g'alaba qozonishiga iShonch uyg'otadi. O'quvchilar ertakni tahlil qilish jarayonida „kishilardagi qanday sifatlar sizga yoqdi? (yoki yoqmadi?)", „Nima uchun?", „... nima uchun jazolandi? (yoki rag'batlantirildi?)", „Nima uchun ertakdagi ba'zi qahramonlarga hatto tabiat kuchlari ham yordam beradi? (yoki ba'zilaridan yuz o'giradi?)" kabi savollarga javob topish jarayonida mushohada qiladilar, muhokama qilib xulosaga keladilar.

Boshlang'ich sinflarda hayvonlar haqidagi ertaklar ko'proq o'qitiladi. „Bo'rining tabib bo'lgani haqida ertak" (A.Obidjon) „Ko'zacha bilan tulki" kabi ertaklar aniq hayotiy hikoyalar tarzida o'qitiladi va tahlil qilinadi.Ertak matni ustida ishlashda tanlab o'qish, savollarga javob berish, o'quvchilarning o'zlari ertak mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafik tasvirlash kabi ish turlaridan

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

foydalaniladi. Bunday ertaklarda hayvonlamingodatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar xarakteriga taqqoslash tavsiya qilinmaydi.Maktab tajribasidan ma'lumki, kichik yoshdagi o'quvchilar ertakdagi hayvonlar gapirmasligini, tulki va turna bir-birinikiga mehmonga bormasligini yaxshi biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar. Ertakni o'qib tahlil qilganda, barcha ishlar matnning mazmunini yaxshi idrok etishga, sujet rivojini, qatnashuvchi personajlarning xatti-harakati, o'zaro munosabatlarini to'g'ri tasavvur etishga yo'naltiriladi. Bunda tanlab o'qish va qayta hikoyalashning ahamiyati katta. Masalan, „Odobli bo'lish osonmi?" (A. Obidjon) ertagining mazmunini o'zlashtirish uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin:

1. Sichqonchaning onasi bilan qilgan suhbatini o'qing. Sichqonchaning „Odobli bo'lish uchun nimalar qilish kerak?" degan savoliga onasi qanday javob qaytarganligini so'zlab bering.

2. Sichqonchaning mushuk bilan uchrashgan holati aks ettirilgan o'rinni topib o'qing. Nima uchun „Shum Baroq" ko'zidagi yovuzlik birdaniga so'nadi?

3. Echki nima uchun Sichqonchani „Kam bo'lma" deb duo qiladi? Shu o'rinni topib o'qing.

Ertakni tahlil qilishning oxirgi bosqichida „Ertakning sizga juda yoqqan joyini topib o'qing", „Nima uchun aynan shu joyi yoqqanini ayting", „Hayotingizda ertakdagi voqealarga o'xshash voqealar bo'lganmi?" kabi savol-topshiriqlar yordamida o'quvchilarning ertak xulosasini tushunishlariga erishiladi.Boshlang'ich sinf o'quvchilari hayvonlar haqidagi ertaklardan tashqari, ,,Davlat"(4-s.49-b), „Ilm afzal"(4-s.44-b), „Hiylagarning jazosi"(4-s.57-b), „Hunarsiz kishi o'limga yaqin"(4-s.61-b) kabi maishiy ertaklarni ham o'qiydilar. Bunday ertaklarni tahlil qilish badiiy hikoya tarzida uyushtiriladi. Bolalar o'qituvchi rahbarligida ertakda qatnashuvchilarning xulq-atvori, ayrim hatti-harakatlarini baholaydilar, ularning bir-birlariga bo'lgan munosabatlarini aytadilarva Shular asosida ayrim obrazlar haqida xulosalar chiqaradilar, ertak rejasini tuzadilar, ertakni rollarga bo'lib o'qiydilar.„Davlat" ertagi oddiy turmushga tegishli hodisalarni tasvirlovchi ertakdir. Ertakni o'qishga tayyorlash uchun ota-bobolarimiz atrofimizdagi tabiatni, borliqni qanday tasavvur etishlari haqida suhbat o'tkaziladi. Bunday suhbat ertakdagi badiiy obrazlarni, ularning o'zaro munosabatlarini, xulq-atvorlari, xarakterlarini to'g'ri tushunishga yordam beradi. „Davlat" ertagi matni ustida ishlash jarayonida o'quvchilar „Dehqonning xonadoni qanday hayot kechirar ekan?", „Nima uchun Davlat dehqonning xonadonidan ketishni istamaydi?" kabi savollarga javob topish orqali ertak qahramonlarini baholaydilar, ahil va inoq bo'lib, halol mehnat qilish lozim degan xulosaga keladilar.Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o'qishgagina

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

etnas, balki uni aytib berishga o'rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og'zaki nutqni o'stiradi, bolalar nutqini yangi so'z va iboralar bilan boyitadi.O'quvchilarni 1-sinfdayoq ertak tilidan erkin foydalanishga o'rgatish uchun ertak bilan birinchi tanishtirishda uni o'qituvchi aytib berishi mumkin.O'quvchi ertak mazmunini o'zlashtirib olgandan so'ng, uning tili ustida ishlashga alohida ahamiyat qaratiliShi zarur. Ertak mazmunini qayta hikoyalashda, qahramonlarga tavsif berishda o'quvchilarning o'z nutqida til vositalaridan o'rinli foydalanish talab qilinadi. Til vositalaridan foydalanish uchun talab va vaziyat, ehtiyoj yaratish zarur.Ertak tilida shunday so'z va iboralar borki, ular bolaga o'zgacha ta'sir ko'rsatadi. Masalan, „Yo'lbars, Tulki va Bo'ri" ertagida „Tog' echkisi siz ulug'imizniki bo'lsin", „Quyon siz podshohimizning ertalabki nonushtangiz bo'lsin", „Kiyik kechqurungi taomingiz, qo'y kunduzgi xo'ragingiz bo'lsin" kabi gaplar tarkibidagi ajratib ko'rsatilgan so'zlarga o'quvchilar diqqati qaratilib, ertakni so'zlab berayotganda ulardan nutqda foydalanishlariga erishish zarur.

Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari surilayotgan g'oyalarni bolalar ongiga yetkazish, yod oldirish yo'li bilan bog'lanishli nutqni o'stirish, nutqning ta'sirchanligini oshirish lozim. Masalan, „Rostgo'y bola" ertagida bola o'z rostgo'yligi bilan podshoga ma'qul bo'lganligi hikoya qilingan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Ona tili. Umumiy ta'limning davlat ta'lim standarti va o'quv dasturi" Ta'lim taraqqiyoti" axborotnomasining 1-maxsus soni. T. "Sharq" 1999 y.

2. Azizxo'jayev N.M. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent: O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi. Adolat, 2006.

3. Bahriyev A., Bahriyeva N. Yangi pedagogik texnologiyalar orqali o'qitishda ichki motivatsiyani shakllantirish. Xalq ta'limi jurnali, 2006

4. Bobomurodova A. Ona tili ta'limi jarayonida o'yin topshiriqlardan foydalanish. Toshkent: Musiqa,2009.

5. Yo'ldoshev J.G., Usmonov S.A. "Pedagogik texnologiya asoslari",-T.,"O'qituvchi", 2004-yil.

6. Nurmatov M. Ifodali o'qish tugaragi. "Til va adabiyot ta'limi" 1992 yil, 1-son.

7. Ne'matov X., G'ulomov A., Ziyodova T. O'quvchilar so'z boyligini oshirish. -T.1996 y.

8. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi: Nasaf, 2000.

9. Ta'lim jarayonida so'z boyligini oshirishning asosiy omillari. "O'zbek tili" doimiy anjumani 3-yig'inining tezislari.T.1995 y.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.