INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© M.Z. Eshonqulova1^_
1Zarmed universiteti, Buxoro, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: bolalar nutqini rivojlantirish erta bolalik ta'limining muhim jihati bo'lib, ularning kognitiv, ijtimoiy va hissiy rivojlanishiga ta'sir qiladi. Yosh bolalar nutqini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash va yaxshilash uchun turli vositalar va usullar ishlab chiqilgan. Ushbu maqola ushbu vositalar va usullarning samaradorligini o'rganadi, o'qituvchilar va ota-onalar uchun eng yaxshi amaliyotlar haqida tushuncha beradi.
MAQSAD: ushbu tadqiqotning maqsadi bolalar nutqini rivojlantirish uchun qo'llaniladigan vositalar va usullarni o'rganish, ularning samaradorligini baholash va ularni erta ta'lim muassasalarida amalga oshirish bo'yicha tavsiyalar berishdir.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda miqdoriy baholash va sifat kuzatuvlarini birlashtirgan aralash usullardan foydalaniladi. Materiallar interaktiv ilovalar, ertak kitoblari va o'quv o'yinchoqlari kabi nutqni rivojlantirish vositalari, shuningdek, o'yinga asoslangan o'rganish, hikoya qilish va fonetik ko'rsatmalar kabi usullarni o'z ichiga oladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: Interfaol ilovalar va raqamli vositalar bolalar uchun qiziqarli va moslashtirilgan ta'lim tajribasini taqdim etadi. Bu vositalar ko'pincha nutqni aniqlash, interaktiv o'yinlar va nutq amaliyotini kuchaytiruvchi audiovizual stimullar kabi xususiyatlarni o'z ichiga oladi.Interaktiv ilovalardan foydalangan bolalar lug'atni o'zlashtirish, talaffuz qilish va suhbatlashish qobiliyatlarida sezilarli yaxshilanishlarni ko'rsatdi. Ushbu vositalarning o'yin elementlari motivatsiyani va barqaror ishtirokni oshirdi.
XULOSA: tadqiqot shuni ko'rsatadiki, turli xil vositalar va usullar bolalar nutqini rivojlantirishga samarali yordam beradi. Interfaol ilovalar, ertaklar kitoblari, o'quv o'yinchoqlari va fonetik ko'rsatmalarning har biri o'ziga xos afzalliklarga ega va nutqni rivojlantirishning turli jihatlarini hal qilish uchun erta bolalik ta'limiga qo'shilishi mumkin. Raqamli va an'anaviy usullarning kombinatsiyasi turli xil ta'lim afzalliklari va ehtiyojlarini qondiradigan muvozanatli yondashuvni ta'minlaydi.
Kalit so'zlar: dialogik nutq, monologik nutq, muloqot shakli, bog'lanishli nutq, hikoyat, rivoyat, ertak, maqol, topishmoq, tez aytishlar, qo'shiqlar, texnologik yondashuv, multimedia vositalari, motivatsiya, mustaqil fikrlash
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (2)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Iqtibos uchun: Eshanqulova M.Z. Bolalar nutqini o'stirishning vosita va usullari //
Inter education & global study. 2024. №4(2). B.162—171.
СРЕДСТВА И МЕТОДЫ РАЗВИТИЯ РЕЧИ ДЕТЕЙ
© М.З. Ешанкулова1Н
1Университет Зармед, Бухара, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: речевое развитие детей является важным аспектом дошкольного образования и влияет на их когнитивное, социальное и эмоциональное развитие. Разработаны различные средства и методы для поддержки и улучшения речевого развития детей раннего возраста. В этой статье исследуется эффективность этих инструментов и методов, а также представлены лучшие практики для педагогов и родителей.
ЦЕЛЬ: цель данного исследования - изучить средства и методы, используемые для развития речи детей, оценить их эффективность и дать рекомендации по их внедрению в дошкольных учреждениях.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании использован смешанный метод, сочетающий количественную оценку и качественные наблюдения. Материалы включают инструменты развития речи, такие как интерактивные приложения, сборники рассказов и развивающие игрушки, а также такие методы, как игровое обучение, рассказывание историй и обучение акустике.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: Интерактивные приложения и цифровые инструменты обеспечивают увлекательный и персонализированный опыт обучения для детей. Эти инструменты часто включают в себя такие функции, как распознавание речи, интерактивные игры и аудиовизуальные стимулы, которые закрепляют разговорную практику. Дети, которые использовали интерактивные приложения, продемонстрировали значительные улучшения в приобретении словарного запаса, произношении и разговорных навыках. Элементы геймификации этих инструментов повысили мотивацию и устойчивую вовлеченность.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: исследования показывают, что различные средства и методы могут эффективно способствовать речевому развитию детей. Интерактивные приложения, сборники рассказов, обучающие игрушки и обучение акустике имеют уникальные преимущества и могут быть включены в дошкольное образование для решения различных аспектов речевого развития. Сочетание цифровых и традиционных методов обеспечивает сбалансированный подход, отвечающий разнообразным предпочтениям и потребностям обучения.
Ключевые слова: диалогическая речь, монологическая речь, форма общения, связная речь, рассказ, повествование, сказка, пословица, загадка,
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 4 (2)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
поговорки, песни, технологический подход, мультимедийные средства, мотивация, самостоятельное мышление.
TOOLS AND METHODS FOR CHILDREN'S SPEECH DEVELOPMENT_
© Malika Z. Eshankulova1®
1Zarmed University, Bukhara, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: children's speech development is an important aspect of early childhood education and affects their cognitive, social and emotional development. Various tools and methods have been developed to support and improve the speech development of young children. This article explores the effectiveness of these tools and techniques, and provides insight into best practices for educators and parents.
AIM: the purpose of this study is to study the tools and methods used for the development of children's speech, to evaluate their effectiveness and to make recommendations for their implementation in early education institutions.
MATERIALS AND METHODS: The study uses a mixed methods approach combining quantitative assessment and qualitative observations. Materials include speech development tools such as interactive apps, storybooks, and educational toys, as well as methods such as play-based learning, storytelling, and phonics instruction.
DISCUSSION AND RESULTS: Interactive applications and digital tools provide engaging and personalized learning experiences for children. These tools often include features such as speech recognition, interactive games, and audiovisual stimuli that reinforce speaking practice. Children who used interactive applications showed significant improvements in vocabulary acquisition, pronunciation, and conversational skills. The gamification elements of these tools increased motivation and sustained engagement.
CONCLUSION: research shows that various tools and methods can effectively help children's speech development. Interactive apps, storybooks, educational toys, and phonics instruction each have unique advantages and can be incorporated into early childhood education to address different aspects of speech development. A combination of digital and traditional methods provides a balanced approach that meets diverse learning preferences and needs.
Key words: dialogic speech, monologic speech, form of communication, connected speech, story, narrative, fairy tale, proverb, riddle, quick sayings, songs, technological approach, multimedia tools, motivation, independent thinking.
Для цитирования: Эшанкулова М.З. Средства и методы развития речи детей. // Inter education & global study. 2024. №4(2). С. 162-171.
For citation: Malika Z. Eshankulova. (2024), 'Tools and methods for children's speech development Inter education & global study', (4(2)), pp. 162-171. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Bog'lanishli nutqda eng muhim metod bu dialogik nutq, ya'ni bolalar bilan so'zlashishdir. So'zlashish og'zaki nutqning eng oddiy shakli bo'lib, unda bola o'zini tutishi, ko'z qarashi, xatti-harakati, ovozining past-balandligi, tezligi kabi turli holatlar hisobga olinadi. So'zlashish - dialogik nutq, asosan kattalar yordamida amalga oshiriladi va u ayniqsa, tevarak-atrofni bilish jarayonida yaxshi natijalar beradi. Jumladan, jamoat joylarida, ko'pchilik o'rtasida nutq madaniyatiga rioya etishga e'tibor qaratiladi. Bunda bir-birining nutqini to'ldirib borish, tuzatishlar kiritish, so'rash, so'rab bilib olish dialogik nutqqa o'rgatishning usullari sanaladi.
Ma'lumki, muloqot ikki shaklda - erkin va maxsus tayyorlangan mashg'ulotlarda amalga oshiriladi. Kundalik hayot va taassurotlar asosida uyushtiriladigan muloqot erkin muloqot bo'lib, yo'l-yo'lakay o'tkazilsa-da, bola nutqining ifodali bo'lishiga yordam beradi, ularda jumlalarni grammatik jihatdan to'g'ri tuzish malakalarining paydo bo'lishiga, so'z zahirasining boyishiga olib keladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ham bog'lanishli nutqni rivojlantirish texnologiyasi ishlab chiqilganda tavsiya etilgan matnni hikoya qilishda voqeani kattalarning yordamisiz, mustaqil ifodalay olishga, lug'at boyligiga, matn mazmunini bayon etishda izchillikka rioya qilishi, tilning ifoda vositalaridan foydalana olishi, nutqning ravonligi, tezligi, jumlalarni grammatik jihatdan to'g'ri tuza olishi, tovushlarni to'g'ri talaffuz etishi, nutq madaniyatiga rioya etishiga qaratiladi. Misol tariqasida, "Ovchilar va quyonlar", "Oqsoq bo'ri va qo'ylar", "Nimaning pati?" kabi o'yinlardagi savol-javoblar ham bolalarning dialogik nutqini rivojlantiradi. Tarbiyachi bolalarga "nimaning pati?" deb savol beradi. Bolalar o'rdakniki, qarg'aniki, burgutniki deya javob qaytaradilar. O'yin shartiga asosan qushning nomini takror aytgan bola biror shartni bajaradi: o'yinga tushadi, she'r aytadi yoki qo'shiq kuylaydi.
Bolalarning nutqini rivojlantirishda monologik nutq (bog'lanishli, hikoya qilib berish) ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. Monologik nutqda yuqorida sanab o'tilgan bog'lanishli nutq talablarining barchasi jamlangan bo'ladi. Bolalarning monologik nutqining shakllanishi ularni maktabga tayyorlashning asosiy shartlaridan biridir. Zero, bog'lanishli nutq bolalarning mantiqiy tafakkurini va unga bog'liq bo'lgan zehnni o'tkirlash, zukkolik kabi xislatlarni ham tarkib toptiradi. Bolalarda hikoya qilish ko'nikmasi uning lug'at boyligi, jumla tuzish malakasi bilan ham ahamiyatlidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga muayyan mavzular bo'yicha ertaklar, rasmlar asosida hikoya tuzish topshirig'i ham berilishi mumkin. Bunday topshiriq ustida ishlash orqali ularda mustaqillik, ijodiy faollik rivojlantiriladi. Masalan, "Bizning oila", "Bahor fasli", "Yoz - o'tar soz", "Qaldirg'ochlar uchib keldi" va hokazo mavzularda hikoya tuzishni tavsiya etish bolalarni nihoyatda qiziqtiradi.
Hikoya qilish bolalarning jumlalarni grammatik jihatdan to'g'ri tuzish, tovushlarni, qo'shimchalarni to'g'ri talaffuz etish, yoshiga mos darajada tasviriy vositalardan to'g'ri foydalana olishiga yordam berib boriladi. Kattalarning mehnat jarayonini kuzatish, tabiatga, ishlab chiqarish korxonalariga, daryo, cho'l, dalalarga sayohatlar asosida
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
hikoyalar tuzishni [tavsiya etish ham bolalarning bog'lanishli nutqini rivojlantirishda eng qulay usullar sanaladi.
Bolalarning bog'lanishli nutqini rivojlantirishda badiiy adabiyotning imkoniyatlari kattadir. Maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari badiiy adabiyotning eng yorqin namunalari bilan har kuni tanishtirilib boriladi. Hikoyatlar, rivoyatlar, ertaklar, maqollar, topishmoqlar, tez aytishlar va qo'shiqlar ular nutqining ifodaliligini ta'minlab qo'ya qolmaydi, balki so'z zahirasini ham boyitadi, adabiy til imkoniyatlaridan bahramand qiladi.
Ertaklarda bolalarning yosh xususiyatlari alohida e'tiborga olinadi. Voqealar qiziqarli, sodda, ixcham, izchil, qisqa bayon etilishi talab qilinadi. Yertaklar juda katta tarixiy, ta limiy-yestetik ahamiyatga egadir. Chunki ertaklar juda qadim zamonlarda mavjud bo'lgan dunyoqarashlarning davomidir yoki aytish mumkinki, zamonaviylashgan shaklidir. Ayni kunlarimizda ertak tinglamagan va ertakni yoqtirmaydigan bolajonlarni uchratish qiyin. Ayniqsa, hayvonlar haqidagi va sehrli ertaklarni sevib tinglaydigan, o'qiydigan bolalar har bir xonadonda bor, desak mubolag'a emas. Ertaklar ayni kunlarda kattayu kichik barobar qiziqish bilan tomosha qiladigan mult'fil'mlarga zamin bolib xizmat qilmoqda: «Senimi, shoshmay tur, quyon!», «Tom va Jerri», «Oloviddinning sehrli chirog i», «Qirol Sher» va hokazolar ertaklar asosida yaratilganligini takidlash lozim. Demak, ertaklar yangi-yangi shakllarda yashashni davom ettiradi.
Bolalarga ertak aytib berishda va uni qayta hikoya qilib berishga undashda «Stol teatri»dan foydalanish yaxshi samara beradi. Bunda bola o'z qo'llari bilan tarbiyachisi ko'magida ertak qahramonlarini yasaydi va stol atrofida ertakni jonli tomosha qiladi. Qayta hikoya qilib berishda u o'zi yasagan ertak qahramonlarini gapirtiradi. Masalan, «Sholg'om» ertagini stol teatri orqali namoyish etish uchun biz ertak qahramonlarini oddiygina qog'oz, yelim va qaychi ko'magida yasab olamiz. Bunda o'quvchilarning qaychini, yelimni ishlatish ko'nikmasi ham rivojlanadi. Bolalar ertakni eshitishni qiziqish bilan kutadilar. Quyida ana shu ertak qahramonlarining ayrimlarini yasash bo'yicha chizmalar berilgan:
Rasmlar ketma-ketligida hikoya tuzish orqali bolaning diqqat, idrok va tafakkurining rivojlanganlik darajasi aniqlanadi. Bolaga ko'rsatilgan quyidagi rasmlar orqali tasvirlangan voqealarni ketma-ketlik bo'yicha hikoya qilib berish so'raladi. Bu jarayonda bola birinchi navbatda rangli suratlarni ko'radi, ularda tasvirlangan voqealarni o'z so'zlari bilan ifodalashga harakat kiladi, buning uchun esa u mantikiy fikrlashga kirishadi. Xikoya tuzish metodi orkali bola nutkining leksik-grammatik xususiyatlariga xamda bola tafakkurining umumlashtira bilish xususiyatlariga e'tibor berish talab etiladi.
O'qituvchi: "Menimcha, har biringizning uyingizda ko'zgu bo'lsa kerak, shundaymi? Ko'zgusiz ko'rinishimiz qandayligini bilish qiyin kechadi. Xo'sh, agar qo'lingizda ko'zgu bo'lmasa nima qilish kerak? Kelinglar, bugun sizlar bilan ko'zgular o'yinini o'ynaymiz. Hozir har biringiz o'zingizning juftingizni topib, bir-biringizga qarab turib olasiz. Kim odam, kim ko'zgu rolini bajarishini aniqlab oling. Keyin esa rollaringiz bilan almashasiz. Ko'zgu
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
odamning har bir lharakatini aniq takrolasin. Chunki noaniq harakat qiluvchi ko'zgular bo'lmaydi. Tayyormisiz? Qani bir harakat qilib ko'raylikchi".
Ta'limning jarayonini texnologik yondashuvga muvofiq tashkil etish individual va ijodiy xususiyatga ega bo'lib, fan o'qituvchilarining ichki imkoniyatlari, shuningdek, ularning tashqi omillardan qay darajada foydalan olishlariga bog'liqdir. Multimedia texnologiyalarining barcha imkoniyatlarini to'liq ochib berish va ulardan samarali foydalanish uchun ta'lim oluvchilarga salohiyatli (kompetentli) o'qituvchining ko'magi zarur bo'ladi. Darsliklardan foydalanilgandagi singari, multimedia vositalarini qo'llashda ham ta'lim strategiyasi ta'lim jarayonida o'qituvchi nafaqat axborotlarni taqdim etish, balki ta'lim oluvchilarga ko'maklashish, qo'llab-quvvatlash va jarayonni boshqarib borish bilan shug'ullangandagina mazmunan boyitilishi mumkin. Odatda, chiroyli tasvirlar yoki animatsiyalar bilan boyitilgan taqdimotlar oddiy ko'rinishdagi matnlarga qaraganda ancha jozibali chiqadi va ular taqdim etilayotgan materiallarni to'ldirgan holda zaruriy emotsional darajani ta'minlab turishi mumkin.
Multimedia vositalari har xil ta'lim yo'nalishlari (stillari) uyg'unligida qo'llanilishi va ta'lim olish hamda bilimlarni qabul qilishning turli ruhiy va yoshga doir hususiyatlariga ega bo'lgan shaxslar tomonidan foydalanilishi mumkin: ayrim ta'lim oluvchilar bevosita o'qish orqali, ba'zilari esa eshitib idrok etish, boshqalari esa (videofilmlarni) ko'rish orqali ta'lim olishni va bilimlarni o'zlashtirishni xush ko'radilar.
Interfaol multimedia texnologiyalari akademik ehtiyojga ega bo'lgan ta'lim oluvchiga noan'anaviy qulaylik tug'diradi. Xususan, eshitish sezgisida defekti bor ta'lim oluvchilarda fonologik malakalar va o'qish malakalari o'sishiga, shuningdek, ularning axborotlarni vizual o'zlashtirishlarini ta'minlaydi. Nutqi va jismoniy imkoniyati cheklanganlarda esa vositalardan ularning individual ehtiyojlaridan kelib chiqib foydalanishga imkon beradi.
Bolalarda bog'lanishli nutqni rivojlantirish ularni savodxonlikka o'rgatish bilan davom ettiriladi. Bu jarayon eshitganini anglab olishga ko'nikma hosil qilish, o'z fikrini ifodali, aniq, tushunarli, grammatik jihatdan to'g'ri ifodalay olish bilan bog'liq bo'ladi.
Bolalarning bog'lanishli nutqini rivojlantirishda eng muhim vazifalar sifatida ularning lug'atini boyitish va faollashtirish, nutqining grammatik tuzilishini, tovush madaniyatini, dialogik va monologik nutqni shakllantirish, badiiy adabiyot namunalaridan foydalanish hamda savod o'rgatishga tayyorgarlik kabilarni kiritish mumkin.
Tevarak-atrofni o'rganish jarayoni bola tafakkurini rivojlantirishda boshqa hech narsa bilan almashtirish mumkin bo'lmagan hissiy rag'batlantirishga sabab bo'ladi. Bunday rag'batlanish bog'cha yoshidagi katta bolalar tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. Chunki, tevarak-atrofdagi predmetlar, voqeliklar asosida tug'iladigan hissiyot bola tafakkurida rivojlanib, uning tiliga, jonli ifodaga ko'chadi. Shuning uchun ham bolaning tevarak-atrofdagi voqelikni bilib borishi, uning go'zalligini, bitmas - tuganmas murakkabliklarini his etishi, ijtimoiy munosabatlar va kattalar dunyosiga kirib borishi, uning har tomonlama kamol topishi bilan birga, bog'lanishli nutqining ham boyib,
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
shakllanib borishiga olib keladi. Zero, bolalik dunyoni zavqlanib, hissiyotlarga to 'lib idrok etish, uni kashf etish bilan uyg'undir.
Demak, bog'lanishli nutqni rivojlantirish, xilma-xil va betakror dunyoni metodik tomondan qiziqarli, turli shakl va vositalardan foydalangan holda zamon talablari asosida bolalarga yetkazishni tashkil etish zaruratini keltirib chiqaradi. Bu borada zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bolalarning yoshi, o'ziga xos xususiyatlari, lug'at boyligi, nutq madaniyati, nutqni grammatik jihatdan to'g'ri tuza olish kabi juda ko'p talablarni hisobga olish zarurati tug'iladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun tuzilgan dasturlarning markazida o'yin yotadi. Izlanishlar shuni ko'rsatadiki, o'yinlar kichik yoshdagi bolalar hayotining muhim qismi hisoblanadi. O'yin va rivojlanish bir-birining qo'lidan yetaklaydi, shuning uchun bolalar o'sadigan sharoit ularning erkin o'ynashlari uchun imkoniyatlarga boy bo'lishi, ya'ni boshqa bolalar bilan uyushgan holda o'ynash, faol va murakkab drammatik o'yinlar, tizimli o'yinlar, guruh bo'lib o'ynash. Ekspertlarning fikricha, «O'yin bolalarning bilish va harakatlanish ko'nikmalarining o'sishi, shuningdek, atrofimizni o'rab turgan kishilar olami va unda o'zining o'rnini bilish uchun kerak».
Bolalarning ijtimoiy ko'nikmalari o'z tengdoshlari bilan o'zaro ta'sir paytida rivojlanadi, bunda ular qoida nima, bu qoidalar qanday ishlab chiqiladi va xaqiqat, adolat nima ekanligi to'g'risida bilib oladilar. Ular hamkorlik qilishni va bir-birlari bilano'rtoqlashishni o'rganadilar. Vazifalar, topshiriqlar qo'yish va ularni muvaffaqiyatli hal etish, boshqa bolalar bilan birgalikda harakat qilish ia shaxsiy, jismoniy, aqliy va ijtimoiy muammolarni hal qilish chog'ida ularning o'ziga-o'zi baho berishlari rivojlanadi». Shuning uchun ham tarbiyachilar oldidagi mas'uliyat juda katta. Tarbiyachi o'yinni tashkil qilar ekan, o'yin harakatlari turlicha, qiziqarli, ko'rgazma va tarqatma jihozlari xilma-xil, eng muhimi, bola uchun sevimli bo'lishini ta'minlashi lozim, bundan tashqari o'yin harakatlari, shartlarini bola yaxshi o'zlashtirgan bo'lishi kerak va bu harakatlar bola uchun qiyinchilik tug'dirmasligi, uning jismoniy zo'riqishiga olib kelmasligi muhim. Ana shundagina o'yin bolalar uchun zavqli tuyulishi, maroqli o'tishi mumkin va bola bunday o'yinlarni jon-dili bilan berilib o'ynaydi, bunday o'yinlar o'z-o'zidan bolani aqliy faoliyatga tayyorlaydi va mantiqiy fikrlashni oshirib boradi.
Misol tariqasida mantiqiy harakatli o'yinlardan birini olish mumkin. Bunda bolalar ikki guruhga bo'linadilar va guruh sardorini saylaydilar. Tarbiyachi bolalarga o'yin qoidasini tushuntiradi, bunda sardor borib, belgilangan doira ichiga shaklning bir qismini chizib qaytadi, navbatdagi bola boshqa qismini, o'yin so'ngida berilgan namunadagi shakl chizilishi lozim, o'yinni shunday tashkil qilish kerakki, shaklning har bir detali guruhdagi bolalarga yetarli tarzda bo'lishi va oxirgi bola oxirgi detalni chizib tugatishi lozim. Qaysi guruh oldinroq chizib tugatsa, u guruh g'olib hisoblanadi va bunda shaklning sifatiga ham baho beriladi. O'yinga quyidagi «quyon» shakli tanlanishi mumkin.
Mana shu shaklni chizishda 2 ta guruhda 14 ta bola, ya'ni 7 tadan bola ishtirok etadi. O'yin ohirida suhbat uyushtiriladi. Savol-javob tashkil etilib, manna shu quyon haqida qisqacha ertak yoki hikoya tuziladi. O'yinni boshqacha tashkil etish ham mumkin.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Masalan, "mevalar" va "sabzavotlar" dan iborat tarqatma rasmlar orasidan guruhlar ularga topshirilgan ko'rsatmaga binoan "meva" yoki "sabzavot"ni topib, "doira" ichiga joylashtirib qaytishlari lozim bo'ladi va har safargidek har bir bola bittadan rasm qo'yib kelishi kerak, bu rasmlarda harflar yoki sonlarni ifodalash ham mumkin. Bunday o'yinlar uchun tanlagan u yoki bu mavzu bola uchun mashg'ulotlar davomida o'rganilgan, o'zlashtirilgan bo'lishi kerak. Sog'lomlashtirish oylarida qo'llash ham mumkin. Bunday mantiqiy harakatli o'yinlarni o'ynash bola uchun faqatgina ijobiy samara beradi va nafaqat aqlan, jismonan, ruhan rivojlanadi, balki bog'lanishli nutqi ham shakllanib boradi.
Bolalik davridagi o'yinlar, ularning kamol topishidagi ahamiyati to'g'risida ko'plab ilmiy maqolalar, asarlar yaratilgan. Chunki, o'yinlar bolalik yillarida bolaning boshqa har qanday ishlaridan ustivorlik qiladi. Har bir sog'lom bola o'yinni bor vujudi bilan o'ynaydi, chunki, o'ynar ekan quvonch olamida kezadi. O'yin bolaning didini o'stiradi, mantiqiy tafakkurini rivojlantiradi, tevarak - atrof bilai tanishtiradi.
O'yin maktabgacha yoshdagi bolaga rivojlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi.O'yinlarturiga ko'ra bolalarga turlicha ta'sir etadi. Masalan, harakatli o'yinlar bola harakatini muvofiqlashtiradi, harakat malaka ko'nikmalarinishakllantiradi, kuch va chidamlilikni rivojlantiradi. Voqeaband o'yinlar bolalarni katta yoshlar olamiga kirib borishiga yordam beradi. Bunday o'yinlarda bolalar, o'zlari katta yoshlilar hayotida ko'rgan narsalarini amalda mujassamlashtiradilar. Ular hech bir o'ylamay turib shifokor, bog'bon, haydovchi, o'qituvchi, tarbiyachi, hamshiraga aylanib qolishlari mumkin. Bolalar katta yoshlilar mehnati va faoliyati sohasidagi bilimlariga ijodkorligi va orzu xayollarini qo'shib qiziqarli o'yinlarni uyushtirishlari mumkin. Bularga albatta bolalar kattalarga taqlid qilish orqali erishadilar. Bolalarda jamoa bo'lib o'ynaladigan bunday o'yinlar o'zgalar bilan muloqotda bo'lishga, o'zaro munosabatga kirish va o'yinni belgilangan qoidalarga muvofiq o'ynash ko'nikmasini rivojlantiradi.
Bolaga oila doirasidagi o'yinlar juda xush yoqadi. Akalari, opalari va umuman katta yoshdagilar bilan bola bajonidil o'ynaydi. Katta yoshdagilar bola voqeaband o'yinlarini bevosiga yoki belvosiga ishtirokchilari bo'lishlari mumkin.
Ma'lumki, bolalar o'ynaydigan o'yinlar turli mavzu va voqeaband o'yinlarga ega bo'lishi mumkin. Tabiiy mavzudagi, bolaning oz bo'lsada tabiat sohasidagi bilimlariga asoslanadigan hamda kishilarning tabiatdagi u yoki bu faoliyatlarini aks ettiradigan o'yinlar bola hayotida muhim o'rinni egallaydi. Agar ota-onalar, katta yoshdagilar bolaga tabiatni bevosita ko'zatish mehnat, badiiy adabiyot, teleko'rsatuvlar, diafilmlar va shu kabi boshqa qo'llanmalar orqali tanishtirsalar, bolaning voqealikni bu sohasidagi qiziqishi uning o'yinlarida albatta o'z aksini topadi.
Bolalar sayr paytida baland binolar oldidan o'tishlari mumkin. Shunda quruvchilik kasbi, qurilishda ishlatiladigan g'isht, ganch, qum, ohak va boshqa qurilish materiallari, quruvchilik kasbi - ganchkorlik, g'isht teruvchi, suvoqchi; binolarning balandligi, go'zalligi va hokazolar haqida jumlalar tuzadilar. Gulzorlar, bog'larga sayohatlar davomida tarbiyachi samolyotlar, poezdlar, gullar, favvoralar haqida suhbatlar uyushtirishi mumkin. Suhbatlarda predmetlarning rangi, tusi, soni, katta-kichikligi, turi, o'xshash va farqli
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
tomonlari haqida mam mashq qilib boriladi. Shu bilan birga, "Nima shirin?", "Nima uchadi?", "Tushirib qoldirilgan so'zlarni toping", "Men boshlayman, sen davom et" kabi mashqlar ham grammatik jihatdan jumlalarni to'g'ri tuzishga yo'llaydi.
O'yin orqali bolalar nutqini shakllantirish yo'llari: Bugungi kunda mashg'ulotlarni interfaol ko'rinishdagi o'yinlardan foydalanib o'tkazish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Ma'lumki, "Pedagogik texnologiya" deganda o'quv-tarbiya jarayonini oldindan ma'lum tizimda uzviy loyihalash, ma'lum pedagogik tizimning hayotda amalga oshiriladigan loyihasi, qurilishi degan ma'no tushuniladi. Shu bilan birga, pedagogik texnologiya - bu pedagog tomonidan qo'llaniladigan ta'lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi uslublar yig'indisi hisoblanadi. Pedagogik texnologiyalarni qo'llashning bir qator afzalliklari mavjud bo'lib, ularga quyidagilar kiradi: mashg'ulotni yaxshi o'zlashtirishga yordam beradi; motivatsiya yuqori darajada bo'ladi; bola qiziqishlarini kuchaytiradi; ta'lim samaradorligini oshiradi; mustaqil fikrlashga olib keladi; ta'lim mazmunini o'zlashtirishga
Shu nuqtai nazardan qaraganda maktabgacha katta yoshdagi bolalarda bog'lanishli nutqni rivojlantirish ham ma'lum pedagogik tizimning loyihasidir. Ya'ni, bolalarda bog'lanishli nutqni rivojlantirish maqsadi, mazmuni, tarbiya metodlari, shakllari va vositalari ifodalangan bir butun tizim texnologiyasi hisoblanadi.
Ayni muammoga oid tadqiqotlar jarayonida hozirgi davr talabi darajasida maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o'stirishning bir butun tizimi, mazmuni, o'ziga xos xususiyatlari aniqlab chiqildi hamda eng yangi talablar darajasida uni amalga oshirish metodlari, shakllari va vositalari texnologiyasi ishlab chiqilmoqda. Mana shu masala yuzasidan ko'rib chiqadigan bo'lsak, maktabgacha yoshdagi bolalarning bog'lanishli nutqini rivojlantirish, mustahkamlashda interfaol usullardan, enerjayzek tarzda tashkil etiladigan o'yinlardan mashg'ulotlar jarayonida o'rinli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, "Kompot", "Quvnoq sharchalar", "Dengiz va delfin", "Suvda, quruqda" kabi o'yinlar shular sirasiga kiradi. Misol tariqasida "Dengiz va delfin" o'yinini ko'rib chiqadigan bo'lsak, bu o'yinda bolalardan biri boshlovchi rolida bo'lib, uning bir qo'li dengizning sathi, ikkinchi qo'li delfin bo'ladi. Boshlovchi delfinni dengizdan otilib chiqishini qo'l harakatlari orqali ko'rsatadi. Delfin suvdan necha marotaba otilib chiqsa, o'yinda ishtirok etayotgan bolalar shuncha marta chapak chalishlari lozim bo'ladi. Agar ishtirokchilardan biri o'yin davomida o'yin shartini buzsa yoki chapak sanog'ida xatoga yo'l qo'ysa, u holda bu ishtirokchi biror shartni bajarishi lozim bo'ladi. Masalan, dengiz yoki delfin haqida topishmoq, she'r, qo'shiq, ertak yoki hikoya aytib berishi talab etiladi. O'yin tugagach, bolalarga quyidagicha savollar beriladi: Bolalar o'yin sizga yoqdimi? Nima uchun yoqdi? Siz delfinga o'xshashni istaysizmi? Nima uchun? O'yin davomida siz nimalarni his etdingiz? va hokazo. Bu kabi o'yinlar bolalar diqqatini jamlaydi, bolalarning sanash ko'nikmalarini mustahkamlaydi, nutqini faollashtiradi, xotirasini charxlaydi. Bunday o'yinlarni ertalabki suhbatlarda, mashg'ulotlarda, sayrlarda qo'llash mumkin. Shuningdek, tarbiyachilar har bir mashg'ulot avvalo bola uchun tashkil etilayotganligini yodda tutishlari lozim. Guruhdagi har bir bolaga alohida e'tibor berib, qalbiga quloq
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
tutishi, ular tomonidan aytilayotgan javoblarni, bildirayotgan fikrlarini diqqat bilan tinglashi, oqilona munosabatda bo'lishi, uni samimiyat bilan qo'llab-quvvatlab borishi qisqasi, kichkintoyni shaxs sifatida hurmat qilishi juda muhim.
Xulosa qilib aytganda, bolalarning bog'lanishli nutqini rivojlantirishda ularni o'rab olgan tevarak-atrof, mehnat jarayoni, badiiy adabiyot asosiy manba bo'lib hisoblanadi. Shuningdek, Ona-Vatan haqidagi tushunchalar, buyuk siymolar, an'anaviy bayramlar, o'zbek xalqining urf-odatlari, marosimlari, mashhur sarkardalar haqidagi hikoyalar, rivoyatlar, xalq amaliy san'ati namunalari, transport va aloqa vositalari, kundalik buyumlar ham bolalarning bog'lanishli nutqini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarda ko'proq guruh bilan qilingan sayrlarda tevarak-atrofni kuzatib, tarbiyachi va do'stlari bilan so'zlashadi, uyda esa oila a'zolari bilan muloqot natijasida bog'lanishli nutqi shakllana boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning bog'lanishli nutqini rivojlantirishda eng zamonaviy texnologiyalarni qo'llash, fikr va jonli so'z, ona tilining hissiy-estetik ma'no qirralarini anglab olish, uning go'zalligi, sofligi, boyligini his etish orqali amalga oshiriladi. Shu asnoda bog'lanishli nutq malakasining o'zlashtirilishiga zamin yaratiladi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. X.A.Xaitov "Boshlang'ich yoshidagi bolalar nutqini o'stirishda ontogenez-psixolingvistikaning ahamiyati" https://pedagoglar.uz/index.php/ped/issue/view/155
2. Bondarevich A.A. "Bolalar nutqida morfonologik o'zgarishlar:.Sankt-Peterburg.2010.b-18-24.
3. Makaev E. A., Kubryakova E. S. Morfonologiya va uning birliklari holati to'g'risida tavsiflar // Tilning grammatik tuzilishining turli darajadagi birliklarivaularning o'zarota'siri. -M.,1969yi l.b-132.
4. M.Z. Eshonqulova "Akhunjon Safarov's Book of Poems Sweet Spring" "European journal of life safety and stability (EJLSS)", ISSN 2660-9630, SJIF 2022. 20.02.2022
5. I.Karimov. «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» asari. T.: 2010
6. F.Umarova va boshqalar. Bola shaxsini rivojlantirishga yo'naltirilgan ta'lim. 2-modul. T.: 2011
7. "Maktabgacha ta'lim" jurnali. 2015 yil 11-soni.
8. L.Mirjalolova. Bolalarni gapirtirib o'ynaladigan o'yinlarga nutqiy jihatdan tayyorlash. T.: 2005
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Eshanqulova Malika Zayniddin qizi.o'qituvchi. [Эшанкулова Малика Зайниддин
кизи, преподаватель], [ Malika Z. Eshankulova, teacher]; manzil: Samarqand viloyati, Samarqand, Namozgoh MFY, Xuja Axror Valiy ko'chasi, 23-uy [адреа Самаркандская область, Самарканд, Намозгох МФЯ, Худжа Акрор Валий ко'часи, 23-уй], [address: Samarkand region, Samarkand, Namozgoh MFY, Khuja Ahror Vali street, 23] E-mail: [email protected]