INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original peper
© N.A.Erhanova1B_
1Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: mazkur maqolada maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan nutq o'stirish ta'limiy faoliyatida zamonaviy metodlardan foydalanishning ahamiyati va samaradorligi yoritilgan. Nutq o'stirish jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olish va ta'lim tashkilotida yaratilgan ta'limiy muhitning bu jarayonda tutgan o'rni ko'rib chiqilgan. Shuningdek, nutq o'stirish yo'nalishidagi interfaol ta'lim metodlarining optimalligi va farqlari, o'ziga xosligi borasida to'xtalib o'tilgan.
MAQSAD: maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar bilan olib boriladigan nutq o'stirish bo'yicha ta'limiy jarayonlarni modernizatsiya qilishning ahamiyati haqida ma'lumotlar berish.
MATERIALLAR VA METODLAR: maktabgacha ta'lim tashkilotlarining "Til va nutq" rivojlanish markazida tarbiyalanuvchilar bilan olib boriladigan ta'limiy jarayonlarda qo'llaniladigan didaktik o'yinlarning samaradorligi asoslangan. Shuningdek, bolalar nutqini o'stirish jarayonida interfaol ta'lim metodlarining namunalari keltirib o'tilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar nutqini o'stirishga zamonaviy yondashuvlarni bugungi ta'limiy jarayonlar talab etmoqda. Bu boradagi tadqiqotlar tahlili mazkur maqolada yoritildi va bugungi kundagi ijtimoiy zaruriyati o'rganildi. Tadqiqot doirasida maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy kompetensiyasini shakllantirish bo'yicha olib borilgan o'rganishlar va so'rovnomalar natijalarining tahlili ko'rib chiqildi. Bunda maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan nutq o'stirish mashg'ulotlarini innovatsion metodikalar vositasida olib borishda qo'llaniladigan didaktik manbaalar keltirilgan.
XULOSA: maktabgacha ta'lim ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining nutqini o'stirishda zamonaviy yondashuvlar muhim talabdir. Bunda ta'limiy jarayonlarni interfaol va integratsion ravishda tashkil etishda metodik jihatdan qulay ta'limiy muhitni yaratish zaruriyati mavjud. Ushbu talablarni bajarishda mavjud talabga mos ravishda yangi zamonaviy metodikalarni ishlab chiqish muhim hisoblanadi. Mazkur maqola doirasida yoritilgan maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o'stirishda samarali natija beradigan
didaktik o'yinlar amaliyotda keng foydalanilganda nutqiy kompetensiyasi shakllangan tarbiyalanuvchilar shakllanishi ta'minlanadi.
Kalit so'zlar: nutq o'stirish, integratsiya, didaktik o'yinlar, interfaol, modernizatsiya, bog'lanishli nutq, nostandart, mediata'lim.
Iqtibos uchun: Erhanova N.A. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining nutqini o'stirishga zamonaviy yondashuv. // Inter education & global study. 2024. № 3(2). B. 105-114.
СОВРЕМЕННЫЙ ПОДХОД К РАЗВИТИЮ РЕЧИ ПЕДАГОТОВ ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЙ_
© Н.А. Ерханова1^
1 Институт переподготовки и повышения квалификации директоров и специалистов дошкольных образовательных организаций, Ташкент, Узбекистан
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в данной статье подчеркивается важность и эффективность использования современных методов в учебной деятельности по развитию речи с детьми дошкольного возраста. Рассмотрен учет возрастных особенностей дошкольников в процессе речевого развития и роль образовательной среды, созданной в образовательной организации, в этом процессе. Также обсуждались оптимальность, различия и уникальность интерактивных методов обучения по направлению развития речи.
ЦЕЛЬ: предоставить информацию о значении модернизации образовательного процесса для развития речи в дошкольных образовательных организациях.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: обоснована эффективность дидактических игр, используемых в образовательном процессе с воспитанниками центра развития «Язык и речь» дошкольных образовательных организаций. Также приведены примеры интерактивных образовательных методов в процессе развития речи детей.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: Современные подходы к развитию речи детей дошкольного возраста востребованы современным образовательным процессом. Анализу исследований по этому поводу посвящена данная статья и изучена его социальная необходимость на сегодняшний день. В рамках исследования был рассмотрен анализ результатов исследований и анкет по формированию речевой компетентности детей дошкольного возраста. Приведены дидактические средства, используемые при проведении речевой тренировки с детьми дошкольного возраста инновационными методами.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: современные подходы к развитию речи воспитанников дошкольных образовательных организаций являются важным требованием. Возникает необходимость создания методически удобной образовательной среды для интерактивной и комплексной организации образовательного процесса. При
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 3(2)
выполнении этих требований важно разрабатывать новые современные методы в соответствии с существующим спросом. Если дидактические игры, эффективные в развитии речи дошкольников, рассмотренные в данной статье, будут широко использоваться на практике, то будет обеспечено формирование у детей речевой компетентности.
Ключевые слова: развитие речи, интеграция, дидактические игры, интерактив, модернизация, связная речь, нестандартность, медиаобразование.
Для цитирования: Ерханова Н.А. Современный подход к развитию речи педаготов дошкольных образовательных организаций. // Inter education & global study. 2024. № 3(2). С.105-114.
MODERN APPROACH TO SPEECH DEVELOPMENT OF TEACHERS OF PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS_
© Nasiba A.Erkhanova1®
institute of retraining and professional development of directors and specialists of pre-school educational organizations, Tashkent, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: this article highlights the importance and effectiveness of using modern methods in the educational activity of speech development with children of preschool age. Taking into account the age characteristics of preschool children in the process of speech development and the role of the educational environment created in the educational organization in this process was considered. Also, the optimality, differences, and uniqueness of interactive educational methods in the direction of speech development were discussed.
AIM: to provide information about the importance of modernization of educational processes for speech development in preschool educational organizations.
MATERIALS AND METHODS: the effectiveness of didactic games used in the educational processes with students in the "Language and Speech" development center of preschool educational organizations is based. Examples of interactive educational methods in the process of developing children's speech are also given.
DISCUSSION AND RESULTS: modern approaches to the development of preschool children's speech are required by today's educational processes. The analysis of research in this regard was covered in this article and its social necessity was studied today. As part of the research, the analysis of the results of studies and questionnaires on the formation of speech competence of preschool children was considered. Here are the didactic resources used in conducting speech training with preschool children using innovative methods.
CONCLUSION: modern approaches to the development of speech of students of preschool educational organizations are an important requirement. There is a need to create a methodologically convenient educational environment for the interactive and
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 3(2)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
integrated organization of educational processes. In fulfilling these requirements, it is important to develop new modern methods in accordance with the existing demand. If the didactic games, which are effective in developing the speech of preschool children, covered in this article, are widely used in practice, the formation of children with speech competence will be ensured.
Key words: development of speech, integration, didactic games, interactive, modernization, connected speech, non-standard, media education.
Maktabgacha ta'lim tizimida sifat va samaradorlikka erishish ta'limning ilk bo'g'ini -poydevori mustahkamligini ta'minlovchi omildir. Bu faktorning zaruriyati maktabgacha yoshdagi bolalarning keyingi ta'lim bosqichi - maktablarga tayyor holda borishini ta'minlaydi. Ko'zlangan ushbu maqsadga erishish uchun sohada qator islohotlar olib borildi me'yoriy-huquqiy asos yaratildi. Xususan, 2019-yil 8-maydagi "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4312-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarori bilan tasdiqlangan "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standarti" hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni to'laqonli amalga oshirish maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun zaruriy ta'lim sharoitlarini yaratishga asos bo'lib xizmat qiladi.
Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining nutqini rivojlantirish doimo dolzarb va muhimdir.
Nutq o'stirish muammosi har doim maktabgacha didaktikaning etakchi muammolaridan biri bo'lib kelgan va shunday bo'lib qolaveradi. Bolaning ona tilini egallashida o'qitishning o'rni maktabgacha ta'lim tashkilotlarida beqiyosdir. Nutq madaniyati rivojiga katta hissa qo'shgan Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yugnakiy, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Rudakiy kabi buyuk daholarning asarlarida nutq va uning inson hayoti va faoliyatidagi ahamiyati erkin misollarda ifoda etilgan. Behbudiy, Fitrat, Qori-Niyoziy, Munavvar Qori, Saidrasul Saidazizovlar ham o'zlarining asarlarida bolalar nutqini rivojlantirishda nimalarga e'tibor berish kerakligi to'g'risida o'zlarining qimmatli fikrlarini bildirganlar.
Ibn Sino bolalar bilan xotirjamlik bilan va uning kishi bilan baqirmasdan gaplashishni va suhbatni ertaklar va afsonalar bilan boshlash kerakligini o'rgatdi. Alisher Navoiy so'zlar, nutq va uning inson hayotidagi ahamiyatini tasvirlar orqali yuksak badiiy tarzda ifoda etgan.
Bola nutq orqali o'z fikrlarini ifoda etishi va atrofdagilar bilan muloqot qilishi sababli, nutqni o'zlashtirib u atrofdagi dunyoni tushunadi va boshqa bolalar bilan muloqot qilish natijasida nutqi va fikrlashi rivojlanadi. Hozirgi vaqtda bolalarning aqliy va nutqiy rivojlanishining yuqori darajasini, ularning til qobiliyatini shakllantirishni ta'minlaydigan
For citation: Nasiba A.Erkhanova. (2024) 'Modern approach to speech development of teachers of pre-school educational organizations', Inter education & global study, (3(2)), pp. 105-114. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
bolalar ta'limini tashkil etishning maqbul shaklini topish bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Mazkur tadqiqot ishimiz ham ana shu doiradagi izlanishlar sirasiga kiradi. Bunda biz badiiy asarlarni o'rgatish orqali bolalar nutqini o'stirishda vizualizatsiyaning bebaho ahamiyatini inobatga olgan holda vizual nutqni rivojlantirishning turli vazifalarini hal qilishda kompleks yondashuvga amal qildik.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini o'stirishning turli xil yondashuvlarini tahlil qilish shuni ko'rsatdiki, nutq o'stirishning nazariy va amaliy muammolarini o'rganish quyidagi nazariy tamoyillarni tan olishdan kelib chiqadigan umumiy nuqtaga ega: maktabgacha ta'lim tashkilotlarida nutq o'stirish asosi kommunikativ yondashuv bo'lishi kerak; ta'lim shartlari tabiiy aloqa sharoitlariga yaqinroq bo'lishi kerak; innovatsion pedtexnologiyalar asosida badiiy asarlar qiziqarli va oson o'rgatilishi kerak; motivatsiya asosidagi topshiriqlar bolalar ijodkorligini tarbiyalashi kerak; badiiy asarlarni bolalarga o'rgatishda vizual pedtexnologiyalarga keng o'rin berilishi kerak.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish va ularga badiiy asar namunalarini o'rgatish sohasidagi psixologik-pedagogik tadqiqotlarning tahlili bizni xulosa qilishga imkon beradi, nutqni rivojlantirish - bu bolada markaziy rol o'ynaydigan ijtimoiy-tarixiy tajribani o'zlashtirishning juda murakkab va ko'p qirrali jarayoni, individual rivojlanish. Bu o'z-o'zidan paydo bo'ladigan jarayon emas, balki pedagogik rahbarlikni taklif qiluvchi ijodiy jarayondir. Bolaning nutqni rivojlantirish jarayonini boshqaradigan tarbiyachi-pedagog ushbu ta'limiy sharoitning qonuniyatlari, mexanizmlari va xususiyatlarini bilishi va nutqiga ta'sir ko'rsatishning eng samarali usullarini tanlashi kerak. Bolaning nutqini rivojlantirish ko'p jihatdan uning ruhiyatiga, ijtimoiylashuviga bog'liq.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirish - bu nafaqat bola eshitgan nutqga taqlid qilish, balki murakkab psixologik jarayondir. Ushbu jarayon umuman bolalarda aloqa faoliyatini rivojlantirish va avvalambor, muloqotga bo'lgan ehtiyoj bilan bog'liq. Bolaning so'z boyligini kengaytirish unga o'z tajribalarini yanada kengroq va xilma-xil ifodalashni o'zlashtirishga imkon beradi.
Yurtimiz olimlaridan esa F.R. Qodirova, L.Muminova, D.R.Babaeva va G.Turdialiyevalar o'z ilmiy izlanishlarida bolalar nutqini o'stirish muammosini tahlil qilganlar. Xorijiy olimlardan esa N.V. Gavrish, A.M. Borodich, V.V. Gerbova, E.V. Savushkina, O.S. Ushakova, E.M. Strunin, L.S. Vigotskiy, A.N. Gvozdev, P.Ya. Galperin, G. Davletshin, N.I. Jenkin, V.L. Zankov, I.I. Ilyasov, S.L. Rubinshteyn bolalar nutqini o'stirishda ekspressiv yondashuv va nutqni shakllantirishda ta'limiy o'yinlarning ahamiyati yuqori ekanligini tajribalar orqali asoslaganlar.
shaxsga yo'naltirilgan yondashuv maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarni o'qitish va o'qitish uchun asos bo'lgan izchil nutqni rivojlantirish uchun muhim ekanliginini o'rganishgan.
Shundan kelib chiqqan holda, biz tadqiqotimiz davomida maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar nutqini o'stirishga zamonaviy yondashuvlar zaruriyatini tahlil qildik.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq madaniyatini shakllantirishga oid vazifalarni hal etishga nisbatan quyidagicha yagona yondashuv zaruriyatini aniqladik: tovushlarni to'g'ri talaffuz qilishni shakllantirish (bolada avvalo nutq eshitish shakllanadi, talaffuzni u keyinroq egallaydi); aniq talaffuz hosil qilish (so'z va so'z birikmalarini dona-dona hamda aniq talaffuz qilish); so'zni talaffuz qilganda urg'uni to'g'ri qo'yish ustida ishlash; nutqning orfoepik jihatdan to'g'riligi ustida ishlash (bu namunaviy adabiy talaffuz qoidalarining jami); nutq sur'atini rivojlantirish; nutqning ifodaliligini shakllantirish (nutqning tabiiy, erkin, ya'ni nutqning ongli ifodalanishi); nutqiy aloqa ko'nikmalarini tarbiyalash; nutqiy eshitish ko'nikmalarini shakllantirish; o'z fikrini erkin va izchil bayon etish malakasini shakllantirish.
Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi uchun namunali nutqqa ega bo'lish uning kasbiy tayyorgarligining ko'rsatkichidir. Psixologik-pedagogik tadqiqotlarda badiiy adabiyot bilan tanishtirish jarayonida tarbiyalanuvchilarning nutqini rivojlantirish muammosining ko'p qirrali ekanligini ko'rish mumkin. Xususan, matnni anglash darajasi, mustaqil ijodiy fikr yaratish darajasi, ijodiy nuqtayi nazar darajasi monitoringini olib borish muhim hisoblanadi. Ushbu ko'rsatkichlar bolalarni badiiy asar namunalari bilan tanishtirish jarayonida nutqning rivojlanish darajasini, tarbiyalanuvchining o'z fikrlarini shakllantirish yo'nalishini, nutqni ifodalash yo'nalishini aks ettiradi. Tayyorlov guruhlarida nutq o'stirish ta'limiy faoliyatlarida nutqini rivojlantirish masalasi badiiy so'zni idrok qilishni yaxshilashga, asar mazmunini mustaqil ijodiy bayon qilish mahoratini rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon sifatida qaraldi.
So'nggi o'n yilliklarda maktabgacha yoshda va inson hayoti davomida nutqni o'zlashtirish masalalarini o'rganish ishlari jadallashgan. Chunki til odamlar o'rtasidagi eng muhim aloqa vositasi, ularning fikrlari, hissiyotlari va intilishlarini ifoda etish, fikrlarni shakllantirish vositasidir. Ushbu vosita qanchalik mukammal bo'lsa, insonning o'qitilishi va aqliy rivojlanishi yanada muvaffaqiyatli bo'ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda kognitiv muloqot va nutqni muvaffaqiyatli rivojlantirish - bu rivojlanishning qulay davrida bolalarning aqliy, badiiy va nutqiy tarbiyasi muammolarini hal qilishning zaruriy sharti. Bog'lanishli nutq qanchalik faol rivojlangan bo'lsa, bola undan erkin foydalanadi. Ravon nutqiy ko'nikmaga ega tarbiyalanuvchilar erkin fikr yuritishga, savollar berishga, xulosalar chiqarishga, narsalar va hodisalar o'rtasidagi turli xil aloqalarni aks ettirishga imkoniyati keng bo'ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktabda o'qish uchun nutqqa tayyorligini shakllantirishda aynan nutq o'stirish ta'limiy faoliyatlari davomida o'rganiladigan bolalar adabiyoti namunalari, xalq ertak va rivoyatlari va she'rlarning tizimli o'rganilishi katta ahamiyatga ega.
Nutqni rivojlantirish muammosi quyidagi faoliyat turlarida hal qilinadi: o'yin, o'quv va bilim. O'yin faoliyati maktabgacha yoshda etakchi faoliyatdir. O'yin paytida bola bilimlarni to'playdi, ona tilini o'rganadi, muloqot qiladi, fikrlaydi va tasavvurini rivojlantiradi, ammo ta'limiy topshiriqlar o'yin muhitida olib borilsa, bolaning bilish kompetensiyalari yanada rivojlanadi.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarning faol nutqiy ko'nikmalari muvaffaqiyatli shakllantirilsa, bolalarning nutqiy kompetensiyalarini optimal vositalar orqali rivojlantirish bo'yicha samarali usullarni yaratish ehtiyoji vujudga keladi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning nutqiy faolligini oshirish alohida ahamiyatga ega. Sababi bir qator kompetensiyalar qatorida nutq va muloqot ko'nikmalari rivojlangan bolagina maktab ta'limiga tayyor hisoblanadi. Aynan mazkur kompetensiya O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standarti", "Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari" va "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturida tarbiyalanuvchilarda faol rivojlantirilishi zarurligi belgilab berilgan.
Bolalarning turli nutqiy qobiliyatlarini shakllantirishda ularga o'zlarining ona tilidagi badiiy asarlar bilan tanishtirish bilan birga axloqiy-ma'naviy sifatlari ham tarbiyalanadi.
Ushbu vazifalarni amaliyotda to'laqonli bajarish va innovatsion texnologiyalardan foydalanib badiiy adabiyotlardan foydalanish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy faolligini oshirishning dolzarbligi shundan iboratki, o'quv jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida innovatsion texnologiyalardan foydalanishga tobora ko'proq e'tibor berilmoqda, ammo hamma amaliyotchilar ham ta'limiy jarayonda undan to'g'ri foydalana olmaydilar. Bolalarning rivojlanishini o'rganish shuni ko'rsatadiki, nutqiy faollik noan'anaviy ta'lim sharoitida boshqa faoliyat turlariga qaraganda samaraliroq rivojlanadi, shuning uchun tarbiyalanuvchilarni keng nutqiy faoliyatga kirishishga undaydigan badiiy adabiyotlarni zamonaviy pedtexnologiyalar asosida o'rgatish metodikasiga tayanish tarbiyalanuvchilar nutqini rivojlantirishdagi eng muhim usul hisoblanadi.
Shundan kelib chiqib, maktabgacha yoshdagi bolalarning izchil nutqini shakllantirish va faollashtirish uchun an'anaviy usul va metodlar bilan bir qatorda quyidagi innovatsion texnologiyalar qo'llaniladi:
1. Vizual modellashtirish texnologiyasi.
2. AKT texnologiyalari.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya berishda eng asosiy vazifalardan biri bolalarga ona tilini o'rgatish, nutqini rivojlantirish, nutqiy munosabatga, muomalaga o'rgatishdir. Tarbiyachilar esa egallagan mahorati yordamida bolalarda zaruriy nutqiy malaka va ko'nikmalarni rivojlantirishga harakat qiladilar. Nutq o'stirish metodikasi maqsadi bolalarning og'zaki nutqini rivojlantirishdan, atrofdagilar bilan nutqiy muloqotda bo'lish malakasini shakllantirishdan iborat bo'libgina qolmay, o'z ichiga bir qancha maxsus xususiy vazifalarni ham qamrab olgan. Jumladan: 1. Nutqning grammatik tomonini shakllantirish. 2. Bolalarni badiiy adabiyot namunalari bilan tanishtirish va lug'at boyligini oshirish. 3. So'zlashuv nutqini (dialog) shakllantirish. 4. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash. 5. Hikoya qilishga o'rgatish (monologik nutqni shakllantirish). 6. Bolalarning eslab qolish ko'nikmalarini shakllantirish va kichik she'riy matnlarni yod olishga tayyorlash.
"Skraybing" - (inglizcha "sribe" so'zidan olingan bo'lib, tasvirlar chizish) - asar mazmuniga mos ravishda sodda va qiziqarli tasvirlar ketma-ketligi jamlanadi. Skraybing
texnikasida so'zlash orqali oq doskaga (yoki qog'ozga) flomaster bilan mavzuga oid rasmlar chizishni bolalardan so'rash mumkin. Qoida tariqasida shuni aytish mumkinki, hikoyaning asosiy joylari va ular o'rtasidagi munosabatlar tasvirlanadi. Jonli tasvirlarni yaratish tinglovchining og'zaki nutq bilan vizual bog'lanishiga olib keladi, bu esa tarbiyalanuvchilarda axborotni o'zlashtirishning katta foizini ta'minlaydi.
"Infografika" - ushbu usul ham axborot, ma'lumot va bilimlarni taqdim etishning grafik usulidir. Infografikaning asosiy maqsadi murakkab ma'lumotlarni oddiy tasvir va belgilar bilan tushuntirish, shuningdek, ma'lumotlarni ixcham va noodatiy tarzda yetkazishdir.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida eng ko'p foydalaniladigan infografika texnikasi -bu tasavvurlarni shakllantirish orqali ma'lumotlarni tez eslab qolish va uni ko'paytirish vositasi mnemo sanaladi. Mnemonik rasmlardan foydalanish orqali bolalarda o'rganilayotgan asar bo'yicha tasavvur va qiziqish uyg'onadi, ularda yodlash jarayoni osonlashadi va bilimlarni o'zlashtirish tezlashadi, xotira va fikrlash bilan ishlash usullari shakllanadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyachilar ko'pincha mnemotexnikadan She'rlarni yodlash va bilimlarni o'zlashtirishga moslangan rasmlar va sxemalar yordamida izchil nutqni rivojlantirish uchun foydalanilishi maqsadga muvofiqdir. Hikoya qilishni o'rgatish bo'yicha innovatsion texnikalar
"Birgalikda hikoyalar" o'yini. Bu metod asosan, tayyorlov guruhlarida qo'llaniladigan usul sifatida tavsiya etiladi. Bunda tarbiyachi o'qib eshittirilgan matnga mos bo'lgan plakat yoki slayd-shou tarzidagi videomaterialni namoyish qiladi va bolalar bunga asosan matn tuzishadi. Birgalikda hikoya qilish turli syujetlarni dramatizatsiya qilish bilan dapvom etadi. Asta-sekin, bolalar oddiy improvizatsiyalarga mos matn tuzishni o'rganadilar.
"O'zing ertak yarat" o'yini. Bolalarga bironta mavzu taqdim etiladi va ular bunga mos ravishda ertak yoki hikoya yaratishadi. Masalan, "Quyosh" mavzusida bolalardan matn yaratish so'ralganda, ularga quyosh tasviri ko'rsatiladi. Bolalar unga nisbatan tugallangan matnni yaratish topshiriq qilib beriladi. Bunda har bir bolaning matni o'ziga xos tarzda shakllanadi. Boisi, bolalar har biri o'zicha tasavvur, xayol va fikrga ega hisoblanadi.
Nima haqida gapiryapman? o'yini. Maqsad: tarbiyalanuvchilarni topqirlikka, ijodkorlikka o'rgatish, tahlil kila olish qobiliyatini rivojlantirish.
Tarbiyachi o'rganilgan matndagi qahramonning ismi va nomini aytmasdan, uningsh belgilarini aytadi. Tarbiyalanuvchilar esa tarbiyachining nutqidan gap nima yoki kim haqida ketayotganini bilib, nomini aytishi kerak. Masalan, u juda aqlli va mehnatkash, hayvonlarga mehribon, U hammaga yaxshilik qilishni istaydi. Ertalab turib hovliliarni supuradi, uning dangasa tanbal tengdoshi bor. U kim? (Tarbiyalanuvchilar bu "Zumrad va Qimmat" ertagidagi qahramon Qimmat ekanligini topishadi.
Axborot va kompyuter texnologiyalari maktabgacha ta'lim tizimiga qat'iy kiritilgan bo'lishi innovatsion ta'lim metodlaridan foydalanishning muhim talabidir. Badiiy asarlar ma'nosini tushunish uchun faqat og'zaki tushuntirishni tinglash, keyinchalik mantiqiy fikrlashni bog'lash kerak bo'lgan usullardan farqli o'laroq, "yuz marta eshitgandan ko'ra bir
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 3(2)
marta ko'rish yaxshiroq" degan so'z bolalar uchun eng mos keladi. Bola vizual-majoziy fikrlash bilan faqat bir vaqtning o'zida ko'rish, eshitish, ob'yekt bilan harakat qilish yoki ob'yekt harakatini baholash mumkin bo'lgan narsani tushunadi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolalarni kichik badiiy asarlar bilan tanishtirishda albatta ko'rgazmali usulda o'rgatish juda muhimdir.
Biz elektron vositalarda quyidagi turdagi tasviriy va vizual materiallardan foydalanish samarador ekanligini aniqladik:
1. Tovush materiallari - bu ertaklarning ovozli yozuvi.
2. Multimedia resurslari, ya'ni, ma'lum bir mavzuga bag'ishlangan individual tasvir va videolar seriyasi. Taqdimot dinamikani, tovushni, rang-barang tasvirni birlashtiradi, bu ma'lumotni idrok etishni sezilarli darajada yaxshilaydi.
3. Taqdimotlar - bu o'rganilgan matnni bolalarga aytib berishga yordam beradigan, chiroyli, jonli rasmlari bo'lgan material. Mazkur metodlardan ta'limiy jarayonda foydalanish orqali maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining nutqiy kompetensiyalarini samarali shakllantirishga erishish mumkinligini tajriba-sinov obyektlarida aniqladik. Amaliyotda tarbiyachi-pedagoglar maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining nutqini o'stirishga yo'naltirilgan metodik materiallarning zarurligini ta'kidlashdi. Bundan kelib chiqqan holda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining nutqini o'stirish jarayoniga kichik guruhlardan jiddiy e'tibor berish va pedagog-tarbiyachilar mahoratini oshirish muhim ekanligini ta'kidlaymiz. Pedagog-tarbiyachilarning bolalar nutqini o'stirish bo'yicha zamonaviy metodlardan xabardorligi ta'limiy muhitni yaratishda zaruriy omil sanaladi. Zero, nutq o'stirish bo'yicha biz tomonimizdan taklif etilgan didaktik o'yinlar va multimedia materiallaridan foydalanishda pedagoglar tomonidan shaxsga yo'naltirilgan yondashuv asosida ish olib borishni taqozo etadi.
Zamonaviy tarbiyachilar tomonidan interfaol usuldagi metodlar vositasida ta'lim jarayonini tashkil etishda bolalarning nafaqat nutqiy kompetensiyalari oshgani, balki nostandart fikrlashi, monologik va dialogik nutqqa erkin kirishishi kuzatildi. Aksincha an'anaviy tarzda ta'lim jarayonini tashkil etish tarbiyalanuvchilarda qiziqishlar beqaror ekanligi, topshiriqlarni yuklamalar asosida bajarishi aniqlandi. Ayni paytda nutqni o'stirish maktabgacha ta'lim tashkilotidagi butun ta'lim-tarbiyaviy ishlarning integratsion shaklini tashkil qilmog'i zarur. Bunda quyidagi uchta asosiy vazifani hal etish talab etiladi:
Birinchi vazifa: bolalarning barcha qobiliyatlarini, shu jumladan nutqni egallash qobiliyatini jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Ayni paytda nutqni shakllantirish bo'yicha ta'limiy faoliyatlarni interfaol shaklda tashkil etish zaruriy talabdir.
Ikkinchi vazifa - bolalar nutqining shakli, uning kichkintoy atrofdagilardan o'zlashtirib oladigan narsalar tuzilmasi ustida ishlashidan iborat.
Uchinchi vazifasi - bolalar nutqini rivojlantirish vazifasini tarbiyachi-pedagoglar ota-onalar bilan hamkorlikda olib borishga e'tibor qaratish lozim.
Original didaktik material tizimini vujudga keltirish va undan nutq o'stirish mashg'ulotlarida foydalanish bo'yicha metodikalarni ajratgan holda pedagoglarning
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 3(2)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
foydalanishi uchun muhit yaratish muhimligini ta'kidlaymiz. Sinchiklab ishlab chiqilgan nutqni rivojlantirish metodikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarga ona tilini o'zlashtirishga doir ishlarni tashkil qilish jarayonida ulkan ahamiyatga ega hisoblanadi. Bunda amaliy tavsiyalar va metodlar bilan mutaxassislarni muntazam tanishtirish zarur.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | SPISOK LITERATURbl | REFERENCES
1. "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 23.12.2020-y., 09/20/802/1658-son)
2. O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari. T.: 2018
3. "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim muassasasining o'quv dasturi. - Toshkent, 2018.
4. O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi.T:.2019-yil.
5. Olimov Q.T. Pedagogik texnologiyalar.-T.:"Fan va texnologiyalar" nashriyoti,2011 .275 b.
6. Бабаева Т.И., Римашевская Л.С. "Как развивать взаимоотношения и сотрудничество дошкольников в детском саду. Игровые ситуации, игры, этюды: учебно-методическое пособие — СПБ.: ООО «ИЗДАТEЛЬСТВО «ДЕТСТВО-nPECC", 2012.
7. Ермолаева М.Г. Игра в образовательном процессе: Методическое пособие/ М.Г. Ермолаева. - 2-е изд., доп. - СПб.: СПб АППО, 2015.
8. R.Ishmuxamedov va b. "Tarbiyada innovatsion texnologiyalar", Toshkent, 2010.
9. Ishmuxamedov R. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari (2 kitob). - T.: TDPU, 2010
10. Babayeva Dono Razzoqovna nutq ustirish metodikasi,Toshkent-"Fan va texnologiya"-2009
11. F.R. Qodirova "Nutq o'stirish metodikasi" O'UM T.; 2012-yil. (elektron)
12. Q. Shodieva "Maktabgacha yoshdagi bolalarni to'g'ri talaffuzga o'rgatish" T:, -"O'qituvchi" 1995-yil.
13. M. Asqarova "Kichik yoshdagi bolalar nutqini o'stirish" T:,- " O'zbekiston" 2001-yil.
14. Qodirova R.M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda dialogik nutqni rivojlantirishning ruhiy omillari. Sariog'och. 1998-yil.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [INFORMATSIA OB AVTORE] [AUTHORS INFO]
Erhanova Nasiba Absayitovna, PhD.doktorant [Ерханова Насиба Абсаитовна,
PhD, докторант], [Nasiba A.Erkhanova, PhD, doctorate student]; Manzil: Toshkent shahar, Sergeli tumani, Qipchoq 17; [адрес: город Ташкент, Сергелийский район, Кипчок 17]; [adres: Tashkent city, Sergeli district, Kipchok 17]; ORCID: https://orcid.org/0009-0002-0955-5945