Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYALANUVCHILARINING NUQTINI O`STIRISHDA O’ZBEK ADABIY TILINING AHAMIYATI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYALANUVCHILARINING NUQTINI O`STIRISHDA O’ZBEK ADABIY TILINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Прочие медицинские науки»

CC BY
799
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
adabiy til / nutq / so`z boyligi / ohang / nutq o`stiruvchi vositalar / adabiy til shakllanishi.

Аннотация научной статьи по прочим медицинским наукам, автор научной работы — Sarvinoz Abdusattorova

Mazkur maqolada o`zbek adabiy tilining imkoniyatlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining nutqini o`stirishda o’zbek adabiy tilining ahamiyati xususida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYALANUVCHILARINING NUQTINI O`STIRISHDA O’ZBEK ADABIY TILINING AHAMIYATI»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI TARBIYALANUVCHILARINING NUQTINI OSTIRISHDA O'ZBEK ADABIY

TILINING AHAMIYATI

Sarvinoz Abdusattorova

Samarqand davlat universitetining O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 1-

bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada o'zbek adabiy tilining imkoniyatlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining nutqini o'stirishda o'zbek adabiy tilining ahamiyati xususida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: adabiy til, nutq, so'z boyligi, ohang, nutq o'stiruvchi vositalar, adabiy til shakllanishi.

Ma'lumki, adabiy til muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va me'yorlash-tirilgan, mazkur tilda so'zlashuvchi xalqning madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli. Mustaqillikka erishganimizdan so'ng adabiy tilni rivojlantirishga bo'lgan e'tibor ya'nada kuchaydi. Keyingi yillarda ayniqsa ta'lim sohasining bosh bo'g'ini bo'lgan maktabgacha ta'lim tizimiga ahamiyat siyosat darajasiga ko'tarildi.

Prezidentimizning 2019 yil 8 may kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi qarori, 30 sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni hamda "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi. Yurtboshimiz Sh.Mirzoyev o'z ma'ruzalaridan birida quyidagi fikrlarni ta'kidlab o'tadi "Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan ta'lim-tarbiya tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fíkrlarini takror va takror aytishga to'g'ri keladi: ta'lim-tarbiya - biz uchun hayot-mamot masalasidir" 1

Darhaqiqat, qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o'zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog'lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta'lim tizimidan boshlanadi. Maktabgacha ta'lim tizimi uzluksiz ta'limning birlamchi, eng asosiy bo'g'ini hisoblanadi. Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko'ra, inson o'z umri davomida oladigan barcha axborot va ma'lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo'lgan davrda oladi. Ana shu dalilning o'zi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bo'lib voyaga yetishida bog'cha tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga

1 https://kun.uz/uz/news/2017/10/20/mirzieev-maktabgaca-talim-tizimi-buiica-iigilis-utkazdi.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

ega ekanini yaqqol ko'rsatib turibdi. Bunga qo'shimcha isbot qidirib uzoqqa borishning hojati yo'q. Bog'cha tarbiyasini olgan bola bilan bog'chaga bormagan bolani solishtirganda, ularning fikrlash darajasi o'rtasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas. Shuning bilan birga farzandlarimizni yetuk va barkamol shaxs qilib tarbiyalashda o'zbek adabiy tilining ahamiyati qanchalik zarurligini ham unutmaslik kerak.

Til ijtimoiy hodisa bo'lganligi uchun ham u kishiAarda mustaqil holda mavjud boladi. Til tarixiy taraqqiyot davomida odamlarning nutq orqali aloqa boglashi jarayonida viijudga kelgan va rivojlangan. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning nutqi tashqi olam bilan bog'langan holda uchta vazifani bajaradi: 1) kommunikativ; 2) bilish, 3) tartibga solish.

Nutqning kommunikativ vazifasi bolada juda erta paydo bo'ladi. Bolaning ilk bor aytgan birinchi so'zi kommunikativ vazifani bajaradi. Keyinchalik esa bu so'z bolaning atrofdagi kishilar bilan muomala qilish ehtiyoji o'sib borgani sari nutq sifatida takomillashib boradi. Ikki yoshdan boshlab bola o 'z istak-xohishini atrofdagi kishilarga tushunarli tarzda ifodalay oladi, o'ziga qarata aytilgan nutqni, so'zlar ma'nosini tushuna boshlaydi.

Uch yoshdan keyin bola ichki nutqni egallaydi. Bu vaqtda nutq uning uchun muomala vositasi bo'libgina qolmay, balki boshqa vazifani — bilish vazifasini bajara boshlaydi; yangi so'zlar va so'z shakllarini o'zlashtira borib, tevarak-atrof haqidagi, predmet va hodisalar, ular o 'rtasidagi o 'zaro bog'liqlik haqidagi tasavvurlarini kcngaytiradi. Bola nutqning kommunikativ va bilish vazifasi bilan birgalikda xulqini tartibga soluvchi nutqni ham egallay boshlaydi.

Bola xulqini tartibga soluvchi birinchi so'z—bu mumkin, mumkin emas hamda buyruq fe'li shaklidagi ye, bor kabi so'zlar bolib qoladi. - Mumkin emas! Qo 'ling kuyadi! - deb taqiqlash ohangi bilan aytilgan gap, qo'lini issiq choyga olib borayotgan bolani bu harakatdan to'xtatadi. Yoki kitobni yirtishga harakat qilayotgan kichkintoy qo'lidan kitobni olayotgan onaning qat'iy ravishda: -Mumkin emas! Kitob ketib qoladi. „Vali yomon bola ekan deb aytadi, degan so'zlari bolani tartibli, intizomli bolishga undaydi.

Tartibli, intizomli bolish esa shaxsning asosiy sifatlaridan biri bo'lib, undagi xa-rakter xususiyatlarining rivojlanishi uchun manba bolib hisoblanadi. Shuni ta'kidlab o'tish lozimki, bolaga qaratilgan nutq uning xulq-atvorini tartibga solib turuvchi, qilinadigan ishlarni rejalashtirishga undovchi vositadir. Biz nutq orqali, ya'ni til vositasi bilan har xil mulohazalar yuritamiz. Tafakkur hamisha til vositasida ifodalanadi. Til va tafakkur o'zaro uzviy bog'liq bo'lgan jarayondir. Shuning uchun hamfikrning realligi tilda namoyon boladi, deyilishi bejiz emas. Tafakkur jarayonida nutq - hukm, xulosa chiqarish va tushuncha shakllarida namoyon bo'ladi.

MTTlarida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta'lim va tarbiya berishda eng asosiy vazifalardan biri bolalarga ona tilini o'rgatish, nutqini rivojlantirish, nutqiy

munosabatga. muomalaga o'rgatishdir. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida og'zaki adabiy tilni rivojlantiramiz, bolalar bilan ko'proq og'zaki nutqda gaplashamiz. Nutq tug'ma qobiliyat emas balki u hayot davomida bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishi bilan parallal ravishda shakllanib boradi. Bolalarning nutqi kattalarning, atrofdagilarning nutqi asosida rivojlanib boradi. Farzandlarimiz uchun ularning atrofidagi ota-onalar va tarbiyachilar nutqiy namuna hisoblanadi. Xo'sh, shu kichkinagina oila makonimizda to'liq adabiy tilda gaplashamiz deb ayta olamizmi? Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyachilarimiz to'liq adabiy tilda so'zlaydi deb ayta olamizmi, yo'q, chunki biz ota-onalar va tarbiyachilar ko'proq shevada gaplashamiz.

Farzandlarimiz adabiy og'zaki nutqi maktabgacha ta'lim yoshida ya'ni 7 yoshgacha 70 -80 % rivojlanadi. Agar ota-ona o'z farzandini maktabgacha ta'lim tashkilotlariga bersa, farzandim shu yerda adabiy tilda gapirishni so'zlashni o'rganadi deb o'ylaydi. Tarbiyachi esa ota-onalarni bolalar bilan ko'proq adabiy tilda gaplashishi muhim deb o'zining nutqiga e'tibor qilmaydi. Bu ketishda qachon bolalarimiz chiroyli nutq sohiblari bo'ladi?

Hozirda biz ota-onalar va tarbiyachilar hamkorlikda ishlagan holda bolalarimiz bilan to'liq adabiy tilda gaplashish vaqti keldi. Buning uchun biz bir necha vazifalarni belgilab olishimiz kerak:

1. Maktabgacha ta'lim yo'nalishida tayorlanayotgan kadrlarning sifat ko'rsatkichiga ko'proq e'tibor ko'rsatish kerak.

2. O'zbek adabiy tilini maxsus kurs yoki tanlov fan sifatida chuqur o'rgatish zarur. Chunki bo'iajak tarbiyachilarning o'zi o'zbek adabiy tilini yaxshi bilishi lozim.

3. Talabalar o'rtasida "O'zbek adabiy tilida kim chiroyli so'zlaydi" kabi ko'rik-tanlovlarni o'tkazishni tashkil etish kerak.

4. Yosh ota -onalar uchun badiiy asarlarni, ertak kitoblarni ko'proq o'qishni tavsiya etish lozim.

5. Ota-ona uyda bolaga ko'proq vaqt ajratishi, bola bilan suhbat qurishni adabiy tilda olib borishi lozim.

6. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan adabiy tilda so'zlashish uchun ota-onalarga uslubiy qo'llanmalar ishlab chiqish lozim.

MTT bolalarni har tomonlama, ya'ni jismoniy, aqliy, axloqiy, estetik tomondan tarbiyalashdek maqsadni o'z oldiga qo'ygan. Bu maqsad esa bolalarga ona tilini o'rgatish jarayonida amalga oshiriladi. Bog'chada og'zaki nutqni o'stirish natijasida bolalar aqlan rivojlanib, umumiy madaniy saviyasi oshadi. Ular tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini tushunib boradilar. Bolalarda nutqning rivojlanishi ularning ruhiy jihatdan ham takomillashib borishiga yordam beradi.

Bola tashqi dunyoni xotira, tasavvur, xayol, tafakkur kabi ruhiy jarayonlar yordamida, shuningdek nutq yordamida bilib olish qobiliyatiga cga. Ammo bolalardagi intellekt, ya'ni ruhiy jarayonlar (xotira, tasavvur, xayol, tafakkur va h. k.) shunchaki bola organizmining o 'sib borishi va takomillashishi bilangina paydo bolmay, balki nutqining rivojlanishi bilan paydo bo'ladi va takomillashadi. Agar bola kichik yoshidan boshlab to'g'ri gapirishga (so'zlashishga) o'rgatib borilsa, u vaqtda bunday bola normal holatda rivojlanadi, ya'ni awa l tasavvur etish, keyin esa fikr yuritish, xayol qilish qobiliyati paydo bo'ladi va bu qobiliyat har bir yosh bosqichida takomillashib boradi. Bolalarda intellekt bilan barobar (parallel) ravishda iroda kabi mhiy jarayon ham takomillashib boradi. Ko'pgina tajribalar shuni ko'rsatdiki, nutqi rivojlanmagan bola toliq shaxs sifatida kamol topmaydi. Demak, tarbiyachi bar doim shuni csda tutishi kerakki, nutq bu maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda barcha jarayonlar rivojlanishiga ko'maklashuvchi vositadir.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hozirgi zamon tarbiyachisi kasbiy mahoratini doimiy tarzda oshirib borishi, ilg'or pedagogik texnologiyalarning izchil metodlari mohiyatini to'liq anglashi va ulardan mashg'ulotlarida mohirona foydalanishi bilan bir qatorda til me'yorlarini ham puxta o'zlashtirmog'i zarur. Ta'lim jarayonida ilg'or pedagogik texnologiyalarni faol qo'llash, ta'lim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish jarayonida millay tildan foydalanish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri. Zero, tarbiyalanuvchilarning ongi, dunyoqarashini o'stirish, ularni mashg'ulotlarda erkin fikrlaydigan erkin ishtirokchiga aylantirish nihoyatda muhimdir. Tarbiyachi mashg'ulotda boshqaruvchi, bolalar esa ishtirokchiga aylanmog'i lozim. Ana shu vazifani uddalashda til me'yorlaridan samarali foydalanish ko'p qirrali samara keltiradi. Maktabgacha ta'limda ko'proq bolalarning yoshi, fiziologik holatini hisobga olgan holda u bolan muloqot qilish lozimligini unutmaslik kerak. Oddiy, oson va soda so'z va jumlalar ishlatib o'yin mashqlarini olib borish yaxshi samara beradi. Ko'proq atrof-muhit bilan bog'lab o'tilgan mashg'ulotlar bolalar ongi, dunyoqarashini, erkin fikrlash, bayon etish qobiliyatlarini, mustaqil ishlash ko'nikmasini, ya'ni hayotiy kompetensiyasini rivojlantiradi. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, farzandlarimizning o'zbek adabiy tilda chiroyli nutq egasi bo'lishini ta'minlash ota-ona va tarbiyachilarga bogliq. Shunday ekan, bolalarimiz bilan birga ko'proq badiiy kitoblarni o'qisak va MTT-oila hamkorligini yolga qo'ysak, farzandlarimiz, albatta, kelajakda chiroyli adabiy til sohiblari bo'lishadi.

REFERENCES

1. F.R.Qodirova. R.M Qodirova. "Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi". -T., "Istiqlol", 2006.

2. Babayeva D.R. "Nutq o'stirish metodikasi" -T.: TDPU 2016-yil. O'quv qo'llanma.

3. Asqarova M., Matchonov S. va boshqalar. Kichik yoshdagi bolalar nutqini o'stirish. Toshkent. "O'zbekiston", 2001 y.

4. Rozboyeva E.M., Ahmedova Q.A. Nutq o'stirish metodikasi. -Toshkent. 2004 yil

5. Fayzullayeva M., Rustamova M. Maktabgacha yoshdagi bolalarning og'zaki nutqini o'stirish. (Tayyorlov guruhi uchun mashg'ulotlar ishlanmasi). -Toshkent. 2009 yil

6. G'ulomov A., Qobulova B. Nutq o'stirish mashg'ulotlari. -Toshkent, "O'qituvchi" 2001 y.

7. Zokirova H., Qobiljonova G. O'qituvchi nutq madaniyati. -Andijon, 2010.

8. Abdullayeva M.A., Raxmatullayeva D.R. O'yin mashg'ulotlarini boshqarish orqali maktabgacha va boshlang'ich ta'lim yoshidagi bolalar faolligini oshirish. -Toshkent. 2016 - yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.