Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASALARIDA BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISH'

MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASALARIDA BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
220
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nutq / nutq o’stirish / metod va usullar / so’z boyligini oshirish / maktabgacha taʼlim muassasasi. / speech / speech cultivation / methods and methods / increasing vocabulary / preschool educational institution.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ochilova, Xilola Sheraliyevna

Ushbu maqolada bolalarning nutq ko’nikmalarini rivojlantirish jarayoni haqida ma’lumot berilgan. Bu jarayon bolalarni atrof-muhit bilan tanishtirish, ularning nutqini yaxshilash va so’z boyligini kengaytirish omilidir. Bolalarning ma’naviy va estetik tarbiyasining barcha jabhalarida til va nutq ko’nikmalarining ahamiyati ko’rsatilgan. Ushbu maqolada maktabgacha ta’limning dastlabki yillarida og’zaki va og’zaki bo’lmagan muloqot qobiliyatlariga asoslangan til ko’nikmalarini o’rganish va rivojlantirish uchun asos yaratilganligi ta’kidlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF CHILDREN'S SPEECH IN PRE-SCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS

This article provides information about the process of developing children’s speech skills. This process is a factor in introducing children to the environment, improving their speech and expanding their vocabulary.The importance of language and speech skills in all aspects of spiritual and aesthetic education of children is shown. This article emphasizes that in the early years of preschool education, the foundation was laid for the study and development of language skills based on conversational and non-verbal communication skills.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASALARIDA BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISH»

О

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(11), November, 2023

MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASALARIDA BOLALAR NUTQINI

RIVOJLANTIRISH

Ochilova Xilola Sheraliyevna

Nizomiy nomidagi TDPU Maktabgacha ta'lim texnologiyasi

kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bolalarning nutq ko 'nikmalarini rivojlantirish jarayoni haqida ma'lumot berilgan. Bu jarayon bolalarni atrof-muhit bilan tanishtirish, ularning nutqini yaxshilash va so 'z boyligini kengaytirish omilidir. Bolalarning ma 'naviy va estetik tarbiyasining barcha jabhalarida til va nutq ko 'nikmalarining ahamiyati ko 'rsatilgan. Ushbu maqolada maktabgacha ta 'limning dastlabkiyillarida og'zaki va og 'zaki bo 'lmagan muloqot qobiliyatlariga asoslangan til ko 'nikmalarini o 'rganish va rivojlantirish uchun asosyaratilganligi ta'kidlangan.

Kalit so'zlar: nutq, nutq o'stirish, metod va usullar, so'z boyligini oshirish, maktabgacha ta 'lim muassasasi.

АННОТАЦИЯ

В этой статье представлена информация о процессе развития речевых навыков детей. Этот процесс является фактором приобщения детей к окружающей среде, улучшения их речи и расширения словарного запаса.Показано значение языковых и речевых навыков во всех аспектах духовно-эстетического воспитания детей. В этой статье подчеркивается, что в начальные годы дошкольного образования была заложена основа для изучения и развития языковых навыков, основанных на разговорных и невербальных коммуникативных навыках.

Ключевые слова: речь, развитие речи, приемы и методички, увеличивающие словарный запас, дошкольное образовательное учреждение.

ABSTRACT

This article provides information about the process of developing children's speech skills. This process is a factor in introducing children to the environment, improving their speech and expanding their vocabulary.The importance of language and speech skills in all aspects of spiritual and aesthetic education of children is shown. This article emphasizes that in the early years of preschool education, the foundation was laid for the study and development of language skills based on conversational and non-verbal communication skills.

Keywords: speech, speech cultivation, methods and methods,increasing vocabulary, preschool educational institution.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

KIRISH

Bolalar bog'chasida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta'lim va tarbiya berishda eng asosiy vazifalardan biri bolalarga ona tilini o'rgatish, nutqini rivojlantirish, nutqiy munosabatga muomalaga o'rgatishdir. Nutq o'stirish uslubiyoti pedagogik fan bo'lib, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutqni shakllantirishga qaratilgan pedagogik qonuniyatlarni o'rganadi. Nutq o'stirish uslubiyoti fanining asosiy vazifasi— nutq o'stirish uslubi va uslubiyotlarini, ularning eng samarali vositalarini ilmiy-pedagogik asoslarda ishlab chiqish va bolalar bog'chalari tarbiyachilarini ular bilan ta'minlashdan iboratdir. Tarbiyachilar esa o 'zlashtirilgan uslub va uslubiyot yordamida bolalarda zaruriy nutqiy malaka va ko'nikmalami rivojlantirishga harakat qiladilar. Nutq o'stirish uslubiyotining maqsadi bolalarning og'zaki nutqini rivojlantirishdan, atrofdagilar bilan nutqiy muloqotda bo'lish malakasini shakllantirishdan iborat.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Nutq o'stirish uslubiyoti boshqa xususiy uslubiyolar kabi quyidagi savollarga javob beradi:1

1) nimaga o'rgatish kerak (bolalarda qaysi nutqiy malakalarni tarbiyalash kerak);

2) qanday o 'rgatish kerak (bolalar nutqini shakilantirishda qanday sharoit qaysi usul va uslubiyotlardan foydalanish kerak);

3) nima uchun xuddi shunday o'rgatish kerak (nutqni rivojlantirish uchun taklif etilayotgan usutlar nazariy va amaliy jihatdan qanday asoslangan).

Nutq o'stirish uslubiyoti vazifasi o'z ichiga bir qancha maxsus xususiy vazifalarni ham qamrab olgan. Jumladan, bolalar bog'chasida bolalar nutqini rivojlantirish bo'yicha quyidagi maxsus, xususiy vazifalar amalga oshiriladi:

1. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutqini o'stirish, boyitish.

2. Nutqning grammatik tomonini shakllantirish.

3. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.

4. So'zlashuv nutqini (dialog) shakllantirish.

5. Hikoya qilishga o 'rgatish (monologik nutqni shakllantirish).

6. Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish.

7. Bolalarni boshlang'ich savodga tayyorlash.

Ushbu vazifalar bar bir guruhdagi bolalarning yoshi va individual xususiyatlariga ko'ra quyidagicha taqsimlangan:

Birinchi va ikkinchi kichik guruhda.

1. Tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutq o'stirish, lug'atini

1 Shodiyeva, N. (2008). NUTQ O'STIRISH USLUBIYOTI. Toshkent: O'QITUVCHI NASHRIVOT-MATBAA.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

boyitish.

2. Nutqning grammatik tomonini shakllantirish.

3. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.

4. So'zlashuv nutqini (dialog) shakllantirish.

5. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish.

Ushbu guruhda hikoya qilishga (monolog nutqqa) o'rgatish bo'yicha boshlang'ich ma'lumot berish belgilangan.

Kichik guruh bolalari tarbiyachining hikoyasini eshitib, uning savollariga javob bera olishi, mavzulardagi rasm yuzasidan suhbatlarda ishtirok etishi bilan birga, avval eshitgan ertak va hikoyani xotirasida tiklab, uning mazmunini buzmasdan aytib bera olishlari lozim.

O'rta va katta guruhlarda tarbiyachi bolalar nutqini rivojlantirish bo'yicha quyidagi vazifalarni amalga oshirishi kerak:

1. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutqini o'stirish,lug'atini boyitish.

2. Nutqning grammatik tomonini shakllantirish.

3. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.

4. So'zlashuv nutqini (dialog) shakllantirish.

5. Hikoya qilishga ( monolog nutq) o 'rgatish.

6. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish.

Maktabga tayyorlov guruhida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

1. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutqini o'stirish,lug'atini boyitish.

2. Nutqning grammatik tom onini shakllantirish.

3. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.

4. So'zlashuv nutqini (dialog) shakllantirish.

5. Hikoya qilishga o 'rgatish (m onolog nutqni shakllantirish).

6. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish.

7. Bolalarni savod o 'rgatishga tayyorlash.

I. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutqini o'stirish, lug'atini boyitish. Lug'at ustida ishlash bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish orqali amalga oshiriladi. Bolalarni tevarak-atrofdagi buyumlar, hodisalar, 0'simliklar, hayvonot dunyosi, kattalar mehnati va h. k.lar bilan tanishtirish jarayonida ularning nomlarini, sifatlarini, xususiyatlarini, xarakterlarini so'zlar bilan aytamiz. Masalan, buyumlarning nomini anglatadigan: k o'zgu, taroq, sovun, tish va kiyim cho'tkalari, palos, gilam, javon, karavot, xontaxta; sabzavotlarning nomini anglatadigan: sabzi, karam, sholg'om, bodring, baqlajon; o'simliklar: daraxt, gul, o't va boshqalar; mevalar: olma, nok, olcha, gilos, olxo'ri va hokazolar; uy hayvonlari: xo'roz, tovuq, ot, sigir, it, mushuk, qo'y, eshak;ularning bolalarining nomini bildiruvchi: joja, toychoq, buzoq, qo'zichoq,

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

uloqcha, xo'tik; harakatlarni ifodalovchi: yuvinmoq, artmoq, pishirmoq, tayyorlamoq, kir yuvmoq, dazmollamoq, ekmoq va boshqalar; sifatlarni bildiruvchi: katta, kichik, qizil, sariq, ko'k, zangori, oq, qora, issiq, sovuq, shirin, achchiq va hokazo so'zlar bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonida bolalar lug'atiga kiritiladi, buning natijasida ularning lug'ati boyitiladi, nutqi rivojlanadi.

Bolalar bog'chasida lug'at bilan ishlash dasturi mavjud bo'lib, tarbiyachi bolalarga atrofdagilar bilan tez nutqiy muloqotga kirishib keta olishiga yordam beradigan so'zlarni tanlab, maxsus usul va uslubiyot yordamida ular nutqiga kiritib boradi. Bolalarni so'zlarning ma'nosini tushunishga o'rgatibgina qolmay, balki bu so'zlarni o'z nutqlarida faol ishlatishga ham odatlantirib boradi.Shuningdek, tarbiyachi bola lug'atining qopol so'zlardan xoli bo'lishiga shevaga oid (mahalliy) so'zlarni adabiy tildagi so'zlar bilan almashtirishga e 'tibor berishi kerak.

Agarda tarbiyachi bola nutqidagi, tovush talaffuzidagi nuqsonlar, ohang va tempga, diksiyasiga (aniq, burro gapirish), nutqining mazmundorligi va ifodaliligiga e 'tibor bermasa, bunday nuqsonlar bilan maktabga borgan bola bilimni o 'zlashtira olmaydi va bu uning kelajakdagi mustaqil hayotida ham o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatadi, ya'ni nutqida nuqsoni bo'lgan bolaning nutqi boshqalarga tushunarsiz bo'ladi, o'z fikrini ifodalashda qiynaladi, uyaladi, natijada gapirmaslikka harakat qilib, indamas, jizzaki bo'lib qoladi. Bularning hammasi uning ruhiy rivojlanishiga ham ta 'sir etadi. So'z tovush nutqini (dialog) shakllantirish. Bolalarga bilim va tarbiya berishda so'zlashuv nutqiga (dialog) o'rgatish kata ahamiyatga egadir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan so'zlashish bolalarning kundalik faoliyatlari va turli voqea hodisalarni kuzatish natijasida hosil boigan tushunchalarni aniqlash va uni bir tizimga solishda eng zaruriy ish vazifasi hisoblanadi. Bolada so'zlashuv nutqini shakllantirish bu boshqalarning nutqini tinglash va tushunish, so'zlashishni quvvatlash, savollarga javob berish va so'rashdir (savollar berish). Bola so'zlashuv nutqining rivojlanganlik darajasi uning lug'at boyligiga, tilning grammatik tomonini egallaganligiga bog'liqdir.

Bolani so'zlashuv nutqiga o'rgatish uning madaniy nutqni egallaganlik darajasiga ham bog'liqdir. Masalan, suhbatdosh bilan so'zlashayotgan vaqtda o'zining va suhbatdoshining nutqiga doimo e'tiborli bo'lish, suhbatdoshining nutqini aslo bo'lmaslik, savollarga odob bilan qo'l ko'tarib, ruxsat berilgach, javob berish, "ha" yoki "yo'q" deb qisqa javob bermay, balki shoshmay, o'ylab, so'ng to'liq, to'g'ri javob qaytarishga odatlantirish lozim.

So'zlashganda o'rtacha ovozda fikrni tushunarli qilib bayon etish,nutqning yoqimli bo'lishiga e'tibor berish, shuningdek, gapirayotgan vaqtda yerga, tevarak-

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

atrofga qaramay, balki o'rtoqlariga qarab, ikki qo'lini yonga tushirib, erkin, samimiy so'zlashishga o'rgatishi va buni har mashg'ulotda bolalardan talab qilib boorish zarur.

Hikoya qilishga (monolog nutqqa) o'rgatish. Bolalarni maktabga tayyorlashda monolog nutqni rivojlantirish juda muhimdir. Monolog nutq boladan o'z fíkrini tushunarli va izchil bayon qilishni talab etadi, bunday nutq turini esa bola 5 - 6 yoshda egallay boshlaydi. Chunki bu yoshda mantiqiy tafakkur rivojlana boshlaydi, bolada katta so'z boyligi to'planadi, tilning grammatik qurilishini egallab oladi. Nutqning monolog shakli bolalarga ko'rgan narsalari haqida batafsil va izchil so'zlab berishga, o'z fíkrlarini to'g'ri tuzilgan jumlalar orqali bayon qilishga imkon beradi.Bolalarni hikoya qilishga o'rgatish ularning aqliy rivojlanishiga yordam beradi, fikr yuritish doirasi kengayadi, diqqat, tafakkur kabi psixologik jarayonlar rivojlanadi, nutqi ifodali bo'lib boradi, bolada o 'zini tutish va ja m o a oldida so'zlay olish malakasi hosil bo'ladi.

Badiiy adabiyot bilan tanishtirish. Bolalar badiiy adabiyoti keng tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga va bola shaxsini xar jihatdan kamol toptirishga yordam beradi. U bolaning kishilar hayoti haqidagi bilimlarini kengaytiradi, eniotsional taassurotlarini boyitadi. Tarbiyachi bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirar ekan, u bolalarda quyidagi malakalarni shakllantiradi:

1. Badiiy asarlarni tinglash va tushunish.

2. Asar qahranionlarining xatti harakatlarini baholash.

3. Insonlardagi axloqiy sifatlar va nuqsonlarni ta'riflab berisli.

4. Adabiy asarning mazmuniga doir savoilarga javob qaytarish, kichik hajmdagi she'rlarni intonatsiyalarga rioya qilib yodlab olish va ta 'sirchan qilib aytib bcrish va

Bola hikoya, she'r, ertak tinglayotganida quvonadi, huzurlanadi. Bu emotsional ta'sirlanish bolada badiiy adabiyotni estetik idrok etish, ya'ni uni san'at asari sifatida his etish qobiliyatining paydo bolishiga, unda axloqiy sifatlarning shakllanishiga yordam beradi. Tarbiyachi bolalarni badiiy asar bilan tanishtirar ekan, har bir bolada kitobga nisbatan qiziqish va muhabbatni tarbiyalashi kerak.

Shunday qilib, bolalar nutqini rivojlantirish bo'yicha har bir ish jarayoni bolalarning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga oigan holda anialga oshiriladi. Bu borada yuqorida bayon etilgan vazifalarning har biri o'zining ta 'limiy va tarbiyaviy jihatiga ega. Nutqni rivojlantirish jarayonida shaxsning axloqiy sifatlari shakllantiriladi, aqliy va estctik tarbiyaning m uhim vazifalari hal etiladi.Nutq va tilning ahamiyati. Bola hayotining barcha ko'rinishlarida til rivojlanishining ahamiyatini oshirish mushkul. Hayotiy qobiliyat kaliti sifatida aloqa va tilning asosiy roli haqida ishonchli dalillar keltirish mumkin. Rasmiy ta'lim va maktab hayotining

h. k.

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

dastlabki yillarida ta'sirli verbal va noverbal aloqaga asoslangan til mahorati o'rganish va rivojlanishga zamin bo'lgan. Til va boshqa muhim qobiliyatlarning o'sishi o'qishga tayyorgarlik, savodxonlik va hisobkitobni o'z ichiga olgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Q. Shodiyeva NUTQ O'STIRISH USLUBIYOTI. Pedagogik yo'nalishdagi kasb-hunar kolledjlarining maktabgacha ta'lim ixtisosligi talabalari uchun darslik O'QITUVCHI NASHRIVOT-MATBAA IJODIY UYI TOSHKENT - 2008

2. D.R.Babayeva NUTQ O'STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI darslik TOSHKENT-2018

3. Abzalxanovna, S. M. (2023). DEVELOPMENT OF METHODOLOGICAL TRAINING IN PROFESSIONAL EDUCATION OF FUTURE TEACHERS. World Bulletin of Social Sciences, 19, 101-103.

4. Sultansaidova, M. (2023). DEVELOPMENT STAGES OF PRESCHOOL EDUCATION PEDAGOGY. Confrencea, 4(04), 386-393.

5. Sultansaidova, M. (2023). SOME ASPECTS OF PREPARING CHILDREN FOR SCHOOL. International Journal of Pedagogics, 3(02), 51-55.

6. Sultansaidova, M. (2023). BO'LAJAK TARBIYACHILARNI KASBGA YO'NALTIRIB O'QITISHDA METODIK TAYYORGARLIKNI TAKOMILLASHTIRISH. Академические исследования в современной науке, 2(5), 107-109.

7. Babayeva, D. R., & Ochilova, X. S. (2022, October). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI NUTQ O 'STIRISH ORQALI MUSTAQIL FIKRLASHGA O 'RGATISH. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No.

8. pp. 21-23).

8. Tirkashevna, R. Z. (2023). LANDSHAFT DIZAYNI BO 'YICHA TA'LIM: MUAMMOLAR VA TAKLIFLAR. Лучшие интеллектуальные исследования, 4(1), 158-164.

9. Намазбаева, Л. З., & Латипова, Л. С. (2023). ДОШКОЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ В СОВРЕМЕННОМ РАКУРСЕ ВОСПРИЯТИЯ. Analysis of world scientific views International Scientific Journal, 1(4), 84-91.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

10. Намазбаева, Л. З. (2023). РОЛЬ ДЕТСКОГО ЭКСПЕРИМЕНТИРОВАНИЯ В РАЗВИТИИ ПОЗНАВАТЕЛЬНЫХ СПОСОБНОСТЕЙ У ДЕТЕЙ И ИХ ПОНИМАНИЯ ОКРУЖАЮЩЕГО МИРА. Лучшие интеллектуальные исследования, 4(2), 23-28.

11. Намазбаева, Л. (2022). BOLALARNI TABIAT BILAN TANISHTIRISH USULLARI VA TEXNOLOGIYALAR: Namazbayeva Lola, TN Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti tayanch

О

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(11), November, 2023

doktoranti. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (5), 132-140.

12. Садикова, Д. Х., & Калауова, М. С. (2023). РОБОТЫ-ИГРУШКИ И МАТЕМАТИЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ ДОШКОЛЬНИКОВ НА ЗАНЯТИЯХ. Analysis of world scientific views International Scientific Journal, 1(5), 5-12.

13. Садикова, Д. Х. (2023). ФОРМИРОВАНИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ КАЧЕСТВ СТУДЕНТОВ ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ НА ОСНОВЕ STEAM ТЕХНОЛОГИИ. Лучшие интеллектуальные исследования, 4(2), 5-11.

14. Садикова Д. К., Мансурова А. М. (2023). Изучение зарубежного опыта применения технологий Steam в дошкольном образовании. Европейский журнал педагогических инициатив и образовательных практик, 1(2), 162-167.

15. Artikbayeva, A. A. (2023). DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCIES OF STUDENTS BASED ON SOCIAL COOPERATION DURING THE QUALIFICATION PRACTICE. Академические исследования в современной науке, 2(4), 68-70.

16. Artikbayeva, A. A. (2023). IJTIMOIY HAMKORLIK ASOSIDA BO'LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY KOMPENTENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH. Лучшие интеллектуальные исследования, 4(1), 187-190.

17. Artikbayeva, A. A. (2023). DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCIES OF STUDENTS BASED ON SOCIAL COOPERATION DURING THE QUALIFICATION PRACTICE. Академические исследования в современной науке, 2(4), 68-70.

18. Садикова Д. К. (2023). ОРГАНИЗАЦИЯ ТВОРЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ. Европейский международный журнал педагогики, 3(02), 31-35.

19. Paджaпoвa, З. Т., & Миpзaевa, Г. З. (2023). ИННOВAЦИOННAЯ ТЕХНOЛOГИЯ В ЛAНДШAФТНOМ ДИЗAЙНЕ.(в дoшкoльных oбpaзoвaгельных opгaнизaциях). Analysis of world scientific views International Scientific Journal, 1(4), 70-76.

20. Paджaпoвa, З. Т., & Миpзaевa, Г. З. (2023). ИННOВAЦИOННAЯ ТЕХНOЛOГИЯ В ЛAНДШAФТНOМ ДИЗAЙНЕ.(в дoшкoльных oбpaзoвaтельных opгaнизaциях). Analysis of world scientific views International Scientific Journal, 1(4), 70-76.

21. Tirkashevna, R. Z. (2023). PEDAGOGIK KOMPETENTLIK-SHAXSGA TA'LIM-TARBIYA BERISHNING MUHIM SHARTI. Science and innovation, 2(Special Issue 9), 125-128.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.