Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTONDA MA'NAVIY TARAQQIYOTNI TA'MINLASHDA MEHRNING IJTIMOIY MUNOSABATLARNI KONSENSUS DARAJASIDA YUKSALTIRISHDAGI IMKONIYATLARI'

YANGI O‘ZBEKISTONDA MA'NAVIY TARAQQIYOTNI TA'MINLASHDA MEHRNING IJTIMOIY MUNOSABATLARNI KONSENSUS DARAJASIDA YUKSALTIRISHDAGI IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

10
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mehr / ijtimoiy munosabatlar / mehr voqeligi / mehr hodisasi / mehr madaniyati / integratsiya.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Bobir Sharopovich Karimov

Maqolada mehr omilining ijtimoiy munosabatlarni konsensus darajasida barqaror yuksaltirishdagi imkoniyatlari ochib berilgan. Mehrning interaksion, kompetensiyaviy ahamiyati, shuningdek, mehr hodisasining mehr muhitini, mehr voqeligini vujudga keltirishi tahlil qilingan. Mehr omilining ijtimoiy munosabatlarda pozetiv muhitni taʼminlash, befarqlik, asabiylik, tajovuzkorlik, kelishmovchilik, toshbagʻirlik, shavqatsizlik kabilarning oldini olishdagi oʻrni va roli ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTONDA MA'NAVIY TARAQQIYOTNI TA'MINLASHDA MEHRNING IJTIMOIY MUNOSABATLARNI KONSENSUS DARAJASIDA YUKSALTIRISHDAGI IMKONIYATLARI»

Tashkent State University of Economics

YANGI O'ZBEKISTONDA MA'NAVIY TARAQQIYOTNI TA'MINLASHDA MEHRNING IJTIMOIY MUNOSABATLARNI KONSENSUS DARAJASIDA YUKSALTIRISHDAGI IMKONIYATLARI

Bobir Sharopovich Karimov

Sotsiologiya fanlari doktori, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat

boshqaruvi akademiyasi professori v.b. e-mail: bkarimov73@umail.uz

ANNOTATSIYA

Maqolada mehr omilining ijtimoiy munosabatlarni konsensus darajasida barqaror yuksaltirishdagi imkoniyatlari ochib berilgan. Mehrning interaksion, kompetensiyaviy ahamiyati, shuningdek, mehr hodisasining mehr muhitini, mehr voqeligini vujudga keltirishi tahlil qilingan. Mehr omilining ijtimoiy munosabatlarda pozetiv muhitni ta'minlash, befarqlik, asabiylik, tajovuzkorlik, kelishmovchilik, toshbag'irlik, shavqatsizlik kabilarning oldini olishdagi o'rni va roli ochib berilgan.

Kalit so'zlar: mehr, ijtimoiy munosabatlar, mehr voqeligi, mehr hodisasi, mehr madaniyati, integratsiya.

Mehr omili shaxslararo munosabatlarni madaniy shakllantirish, ularni konsensus darajasida yuksaltirish imkoniyatlariga ega ekanligi bilan ahamiyatli. Konsensus mushtarak manfaatlar birligini ham ifodalaydi. Manfaatlar mushtarakligi esa korporativ yaqinlikni shakllantirish imkoniyatini kengaytiradi. Anglangan korporativ manfaatlar uyg'unligini tarkib toptirish uchun esa, jamiyat ichidagi alohida shaxslarning uyushqoqlik bilan jipslashishiga ularning qaysi hududga yoki etnik guruhga mansubligi emas, balki umumdavlat darajasida korporativ manfaatlarning yaxshi anglashi asos bo'lishi kerak.

Konsensus rozilik, yakdillik, kelishuvni anglatib, ikki yoki undan ko'p odam o'rtasida o'xshash kognitiv va amaliy yo'nalishlarni uyg'un talqin ettiriladi. Ular har qanday jihatdan o'zaro ta'sir va o'zaro tushunishni o'rnatishga imkon beradi. shu boisdan ham konsensus - bu boshqalarni rozi qilib, ichki qanoatga erishish mazmunini ham ifoda etadi.

Konsensus, barqarorlik va tartib bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Bir-biridan kelib chiqadi va biri birini toqozo etadi. Ularning munosabatlari ushbu toifalar jamiyatning holatini tavsiflash uchun ishlatilganligi bilan bog'liq.

507

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

Konsensusga erishish uzluksiz tarbiyani taqozo etadi. Bolaga yoshligidan boshlab berilgan mehr uning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tizim ichki va tashqi ta'sirlariga nisbatan barqarorligini ta'minlashga xizmat qiladi. Mehrdan qoniqmagan bolaga agressiv harakatlar xos bo'lib, ijtimoiy konsensusga erishishni imkonsiz darajaga tushiradi. Boshqacha aytganda, biz bolani rivojlantirish zaruratini ta'kidlash orqali shaxs va jamiyat o'rtasida barqaror kelishuvga, ya'ni konsensusga erishish haqida gaplashmoqdamiz. Shubhasiz, bu bir varakayga keng qamrovli ijtimoiy konsensusga erishish maqsadini ro'yobga chiqarmaydi. Amalda, muayyan jamiyatda biror bir muhim masala yuzasidan aholining sakson foizini o'z ichiga olgan ijtimoiy xulosa, ya'ni konsensus deyarli ideal variant hisoblanmaydi. Shuning uchun ham hech bo'lmaganda uning maqsadlari va qadriyatlari ko'pchilik aholisi tomonidan baham ko'rilganda, rozilik haqida gapirish mumkin. Rizolik holati yoki uning miqdori faqat jamoatchilik fikri orqali aniqlanadi. Rozilikni aniqlash bo'yicha jamoatchilik fikri muayyan fakt sodir bo'lganidan keyingi oqibatlari asosida tasdiqlanadi.

Jamiyat uchun ijtimoiy uyg'unlik muammosi bugungi kunda ayniqsa muhim ahamiyat kasb etmoqda. Garchi innovasion yondashuv va raqobatbardoshlikni ta'minlash davlat tomonidan sog'liqni saqlash, ta'lim va fundamental fan sohalarida keng joriy etilayotgan bo'lsa-da, ijtimoiy munosabatlarda konsensus orqali modernizasiyalashuv holati ham qoniqarli emas. O'zbekiston ushbu toifadagi yetakchilar o'nligidan ancha uzoq bo'lib, bugungi kunda Inson taraqqiyoti indeksida 108 o'rinda turadi. Hatto global raqobatbardoshlik indeksiga kiritilmagan.

Mehrdan qoniqmaslik shaxsda ijtimoiy jarayonlarda inersiya holatida bo'lishi, o'zgarishlardan qo'rquv, har bir o'zgarish, hatto uzoq bo'lmagan kelajak haqida o'ylashni istamaslik holatlarini shakllantiradi. Inersiya insonda ichki bezovtalikni keltirib chiqaruvchi omil hisoblanadi va inson ichki olamini holatga olib keladi. Bu borada onaning farzandiga hali tug'ilmasdanoq mehr berishi uni inersiyadan saqlovchi muhim omil hisoblanadi va insonni borliqqa, shu jumladan ijtimoiy borliqqa ongli moslashishida muhim rol o'ynaydi.

Ijtimoiy munosabatlarda mehrni ijtimoiy konsensusga erishish orqali ijtimoiy jarayonlarga joriy qilishning muhim jihati uning sohalarini aniqlashdir. Qoida tariqasida, ularning moslik darajalariga aylantirilishi mumkin bo'lgan kelishuvning uchta yo'nalishi, ya'ni xohish (Freyd) anglangan manfaat (Dyurkgeym) va ehtiyoj (Maslou) asosida birlashishni keltirish mumkin.

Mehr bu insonning odamlar va borliqqa nisbatan ongli, samimiy va barqaror munosabatining o'ziga xos ko'nikmaviy tarzda yondashuvi ifodasidir. Jamiyatda shaxsning boshqa sub'ektlar xususida individual tarzda qabul qilgan insoniy

17-aprel, 2024

508

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

mulohazalari hamda xulosalarining shaxslararo ijtimoiy munosabatlarda ifodalanishidir. Mehr shaxsga baxt hamda yashashga ishonch, ezgulikka umid, intilish hissi, optimistik kayfiyatni uyg'otadi. Mehribonlik hissi-shaxslararo munosabatlarda kelishmovchilik va nizoli jarayonlarni oldini olibgina qolmay, balki hamfikrlik va hamkorlikni rag'batlantiradi.

Xitoylik donishmand Konfusiy ijtimoiy taraqqiyot davlatlararo va tabaqalararo konsensus-yakdillik, xamfikrlilik amalga oshgandagina yuz berishiga qat'iy ishonadi.

Abu Rayxon Beruniy olamni ijtimoiy taraqqiyotga olib keluvchi kuch ziddiyat va qarama-qarshiliklar emas, balki turli ijtimoiy darajalardagi murosa va konsensus ekanligini uqtiradi. «Qarama-qarshiligi ravshan ayon bo'lgan narsaga qanday ishonib bo'ladi», deb ulug' mutafakkir qarama-qarshiliklardan holi bo'lgan jarayonlarda o'zgarish ehtiyoji kuchayishiga ishora qiladi. Beruniy sosiologiyadagi muhim soha ijtimoiy tabaqalashuv hakida xam fikr yuritib, shunday deydi: «Tillarning turlicha bo'lishiga sabab odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir biridan uzoq turishi, ularning har birida turli xohishlarni ifodalash uchun (zarur) bo'lgan so'zlarga ehtiyoj tug'ilishidir. Uzoq zamonlar o'tishi bilan haligi iboralar ko'payib, yodda saqlanishi va takrorlanishi natijasida tillar tarkib topib tartibga tushgan» [1, 404-b.].

Tinchlikning faqat kompromiss darajasida emas, balki konsensus darajasida ta'minlanishiga erishilishi, «tinchlikning kafolatli garovi -o'zaro do'stlik va hamkorlik» [2, 508-b.] tamoyili asosida ish tutish ekanligini anglashga erishilganligi, mahalla, qishloq va shaharlarda «xavfsiz hudud», «kafolatli tinchlik»ni [3, 400-b.] ta'minlash mexanizmining yo'lga qo'yilishidir.

Yangi O'zbekistonda davlat va jamiyat boshqaruvida kompromiss emas, balki konsensus nazariyasiga tayanilmoqda. Ijtimoiy munosabatlarda konsensus, ya'ni hamjihatlik, yakdillik nazariyasi odamlarning ko'tarinki ruhiyatini ta'minlovchi ijtimoiy-ma'naviy muhitni barcha oila, mahalla, korxona va tashkilotlarda shakllantirilish talabi sifatida namoyon bo'lmoqda va bu talab keng ko'lamli ijtimoiy harakatga aylanmoqda [4, 105-b.].

Alisher Navoiy mehr-sadoqatli jamiyat barpo etishda konsensusni yuzaga keltiruvchi asosiy omillar haqida quyidagilarni bildirgan:

• har ishda aqlga tayanib ish ko'rish;

• doimo maslahat solib, ustozlar ko'rsatmalariga tayanish;

• o'zidan mavqe' va mansabi yuqori bo'lgan kishilarga e'tirozsiz itoat qilish;

• maqsadli, aniq hisob-kitobli saxovat egasi bo'lish;

• saodatli bo'lish uchun sadoqatli bo'lish lozimligi;

• ishonch, imon, e'tiqodli bo'lish;

17-aprel, 2024

509

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

• kompromiss holatida uzoq bo'lmaslik, mavjud ijtimoiy muhitga moslashishni istamaydiganlarni e'tibordan chiqarish;

• kompromissdan konsensusga o'tishga da'vat;

• aniq pozisiyaga egalik;

• boshqalar manfaatini o'zikidan ustun qo'yish [5, 244-b.].

Bir jihatdan, O'zbekiston jamiyatida jamiyat va davlat o'rtasidagi munosabatlarning paternalistik an'analar kuchli ta'sirga egadir. Jamiyatning ma'lum bir qismi o'z manfaatlarini himoya qilish uchun birlasha boshlaganiga qaramay, aholining aksariyati shunchaki davlat ularning xohish-irodalarini inobatga olishini kutmoqda.

Mehr shunday ijtimoiy hodisaki, konsensusning ahamiyati va maqsadli tarkibiy qismini hisobga olgan holda jamiyat ijtimoiy hayoti, turli qatlamlar, tabaqalar, guruhlar manfaatlariga g'ov bo'lmaydi va shaxs hayotiy faoliyatini faollashtiradi.

Inson niyatlarini, doimiy ravishda mavjud bo'lgan indikatorni - boshqa nima bo'lishidan qat'i nazar - ongning haqiqiy voqeligiga moslashtirish uchun ba'zi harakatlar talab etiladi. Sosiologlar bu mavzu doirasida muntazam munozara yuritishadi. Ushbu holat, ma'lumki, O.Komte ijtimoiy kelishuv tushunchasida qayd etilgan.

Ijtimoiy konsensus tushunchasini shaxsning ijtimoiy hayoti xususiyatlari to'g'risida fikrlash tuzilmasiga kiritish orqali erishilgan muammolar sosiologiyaning tarixiy boshlanishini ijtimoiy hodisalarni o'rganishda ilmiy usulni tizimli qo'llashning institusional shakli sifatida belgilab berdi.

Buni tasdiqlashda biz bir-biri bilan o'zaro bog'liq bo'lgan ikkita muammoni, bir tomondan, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan bilimlarni boshqa alternativ usullar bilan demarkasiya qilish muammosini va ikkinchi tomondan, intizomiy identifikasiya muammosini, ya'ni sosiologiya tomonidan ilmiy intizom maqomini boshqa ilmiy bilish shakllari bilan taqqoslanadigan muammoni yodda tutamiz.

O.Komte tomonidan sosiologik munozaraga ijtimoiy konsensus konsepsiyasi orqali kiritgan ob'ektiv niyat, ong g'oyasini ijtimoiy voqelikning tuzilish elementi sifatida ifoda etadi. Ijtimoiy hayotni tushunish usullari, chunki bu «ilmiy bo'lmagan» ijtimoiy nutqning barcha turlari ong va voqelikni bir xilda qarama-qarshi qo'yadi odamlarning ijtimoiy o'zaro ta'sirini haqiqiy birligi (konsensus) aqliy bo'shlig'iga asoslanadi.

Shunday qilib, O.Komte tomonidan boshlangan sosiologiyani intellektual identifikasiyalash jarayoni ijtimoiy konsensus tushunchasini sosiologik diskurs nazariyasi orqali tavsiflash bilan pozitiv bilimlarni ishlab chiqarish imkoniyatini

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

OpportunitiesJoReaHzeHuma^PotentiaL

kengaytiradi. Uning ishonchliligi umumiy ilmiy standartning muvofiqligi bilan ta'minlanadi.

Ijtimoiy kelishuv tushunchasi zamonaviy sosiologiyaning empirik konsepsiyasiga aylandi, uning mazmunida ong, kuzatuvchanlik va ijtimoiylik xususiyatlari tomonidan berilgan ob'ektiv yo'nalish «bag'rikenglik», «bashorat qilish», «ahamiyatlilik»ning ijtimoiy ahamiyatli belgilari bilan izohlanadi - ular amaliyotda aniq ko'rsatilgan.

Konsensusga amaliy ehtiyoj muqarrar ravishda ushbu muammoni sosiologiya, siyosatshunoslik, ijtimoiy falsafani o'rganishga rag'batlantiradi va uni ilmiy nuqtai nazardan juda dolzarb qiladi.

G'arb olimlari tomonidan «Konsensus» kompanentsi asosan mojaroli vaziyatni tugatishning mumkin bo'lgan omili sifatida tahlil qilinadi. O.Komte, E.Dyurkgeym, G.Spenser ilmiy atamani aniqlagan. Bunday yondashuvga doir ilmiy talqinning rivojlanishi 20-asrda R.Merton, T.Parsons, E.Schillslar bilan bog'liq.

Jamoatchilik roziligining imkoniyatdan haqiqatga o'tishi o'zaro bog'liq uchta muhim shart mavjud bo'lganda amalga oshiriladi: davlat tomonidan boshqariladigan, barqaror bozor iqtisodiyoti tizimi; «Konsensus» demokratik siyosiy tizim; davlat tomonidan maqsadli ravishda shakllantirilgan va rivojlangan, o'rta sinf ustunligi bilan ajralib turadigan jamiyatning «olmos shaklidagi» ijtimoiy tuzilishi.

Mehr o'zida barqarorlik va uyg'unlik tushunchalarini ifodalashi bilan ham ahamiyatli. Mehr jamiyatning eng muhim maqsadlarini o'zida aks ettiradi. Umumiy manfaatlarga erishish, axloq, madaniyatli xulq-atvor odatlari va boshqalar. Deontologik funksiya uni ijtimoiy utopiya bilan chambarchas bog'laydi. Chunki deontologiya va utopiya jamiyatning yanada mukammal tuzilishi imidjini namoyish etadi.

Konsensus odamlar, ijtimoiy guruhlar, qatlamlar, sinflar, ijtimoiy va siyosiy tuzilmalar ideal sohada, ularning muvofiqlashtirilgan harakatlarida e'tirof etilgan qadriyatlarga yo'naltirilgan munosabat o'xshashligini taklif qiluvchi ijtimoiy munosabatlar shakllaridan biridir.

Shunday qilib, fundamental qadriyatlar to'g'risidagi kelishuv jamiyat a'zolari o'rtasida xulq-atvor me'yorlari to'g'risidagi bitimni o'z ichiga oladi va umuman olganda, siyosiy sub'ektlar o'rtasidagi munosabatlarga taalluqlidir. Siyosiy barqarorlikni o'rnatish va qo'llab-quvvatlash nuqtai nazaridan fundamental qadriyatlar to'g'risidagi kelishuv jamiyatda hal qiluvchi rol o'ynaydi.

Shaxsni, ijtimoiy guruhni, sinfni, davlatni kelishuv sub'ekti sifatida tahlil qilishda qadriyatlarning qiymati, me'yoriy-qiymat konsensusi yanada ravshan bo'ladi.

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Zamonaviy Sosiologiya va ijtimoiy falsafada inson biologik, psixogen va sosiologik elementlarning ajralmas yaxlitligi sifatida qaraladi. Biologik elementlarning ahamiyati shundaki, tananing anatomik va fiziologik xususiyatlari inson xatti-harakatlarining asosiy chegaralarini belgilaydi. Xususan, ular tajovuzdan altruizmgacha bo'lgan xatti-harakatlarning ko'p turlarini genetik jihatdan aniqlash mumkinligini ta'kidlaydilar. Avvalroq, biz «inson tabiati» tushunchasini uchratgan edik, undan D.Lokk va T.Xobblar to'qnashuv va murosaga o'xshash ijtimoiy hodisalarni keltirib chiqardilar. Zamonaviy sosiologlar inson tabiatini «ma'lum odamning xulq-atvorini belgilovchi irsiy moyilliklar yoki tendensiyalarning umumiyligi» deb ta'riflashadi. Edmund O.Vilsonning fikriga ko'ra, inson tabiatining biologik xususiyatlari, boshqa omillar qatorida, go'shtli oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilishni, kuch tuzilmalarini yaratishni rag'batlantiradi.

Mehrsizlik insonni hatto dunyoning to'kin jamiyatlarida, eng yirik shaharlarida umidsizlik, tushkunlik, stres girdobiga solmoqda. Xo'dkushlikka olib kelmoqda. Zamonaviy jamiyatda bolada mehrning shakllanshida ota-onaning roli benihoyat katta.

Mehr ko'rgan bola aslida, o'zidan «rozi», bu, albatta, g'ayrioddiy narsa emas, lekin ruxsat etilgan chegaradan tashqariga chiqmasligi kerak. Shu bilan birga, boshqa ijtimoiy guruhlar va umuman jamiyat uchun nima taklif qilinmoqda, degan savol ochiq qolmaydi. Shu munosabat bilan jamiyatida yangi ijtimoiy kelishuvning asosiy tamoyillarini shakllantirish, muvofiqlashtirish va joriy etish muammolarini, uning sub'ektlarining tarkibi, amalga oshiradigan ustuvor manfaatlarini va bu jarayonda elita institutining alohida rolini o'rganish juda dolzarbdir.

Mehrga asoslangan konsensus ham statik, ham dinamik hodisa sifatida namoyon bo'ladi. Uning o'zgarishi, shakllanishi va yo'naltirilishining manbalari va tashabbuskorlari muqobil ramziy majmualarni tashuvchisi bo'lgan raqobatdosh elita guruhlari bo'lib, mavjud narsalar tartibini jamiyat taraqqiyoti talablariga javob bermasligiga ishonch hosil qilishadi. Ushbu holat konsensus va institusional qonuniylik hodisalarining o'zaro bog'liqligi va shartliligini yaqqol namoyish etadi.

Mehrning ijtimoiy konsensus sifatida uchta asosiy shakli mavjud, bular:

- jamiyatning asosiy qiymat-me'yoriy (ramziy) doirasi to'g'risidagi kelishuv;

- ijtimoiy shartnomalar asosidagi kelishuv;

- shaxsning boshqa shaxs yoki guruhlar bilan tuzilgan shartnomalar.

Ushbu tipologiya jamiyat va hokimiyat o'rtasidagi shartnoma munosabatlari turlarining keskin o'zgarib turishini kamaytiradi.

512

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Quakers tomonidan ishlatiladigan model ancha samarali, sodda va vaqt sinovidan o'tgan. Umuminsoniy tamoyillarga mustahkam tayanib ish tutish sababli, u barchaga erkin fikr bildirish imkoniyatini beradi va qoidabuzarliklarni cheklaydi.

Quaker konsensus modelining muhim jihati har kimning insonparvarligiga ishonish va birgalikda qaror qabul qilish qobiliyatidir. Ishtirokchilar hamma gapirmaguncha ikkinchi marta gapira olmaydilar. turli xil fikrlarga hissa qo'shadi. Mashg'ulotchi «asosiy» sifatida emas, balki guruh manfaatlariga xizmat qiluvchi shaxs sifatida ko'riladi. Yechim bo'yicha taklifni ishlab chiqqan holda, ishtirokchilar yana bir bor o'zlarining munosabatlarini belgilashlari va agar ularning fikrlari inobatga olinsa ushbu qarorni qo'llab-quvvatlashlari mumkin.

Agar kompromiss tushunchasi uchun xarakterli so'zlar jumlasiga «toqat qilish», «chidash», «bir gapdan qolish», «tiyilish», «o'z manfaatini o'ylab ish tutish», «qosh quyaman deb ko'zdan ayrilmaslikni o'ylab xarakatlanish», «raqibini yoqtirmaslikni yashirish», «vaziyatni aql bilan baholab borish», «raqib tomon harakatlaridan doimiy xushyor, sergak bo'lib turish», «muayyan chegarani saqlab turish» singari so'z va iboralar xos bo'lsa konsensus tushunchasini ifodalash uchun «mehr», «qalbiy va ruhiy yaqinlik», «do'stlik», «o'zgalar manfaatlarini o'ylab ish tutish», «saxovat», «muhabbat», «qadrlash», «boshqalarni o'zidek bilish», «fidoiylik» singari so'zlar xosdir. Shu o'rinda Xo'ja Bahouddin Naqshbandiyning «Kimki o'zi haqida qayg'uribdi, demakki u o'zini o'ylamabdi, kimki o'zgalar haqida qayg'uribdi, demakki u o'zini o'ylabdi» degan purhikmat so'zlari kompromiss va konsensus tushunchalari farqini aynan ochib beradi [6, 46-57b.].

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev asarlarining mazmuni xalqimizni milliy birlik, o'zaro mehrlilik, birodarlik va do'stlikka da'vat etuvchi g'oyalar majmuidan iboratdir. «Qudratimiz borligiga, birlashsak, mehrli bo'lsak, ko'p ishlarni amalga oshirishimizga hamma ishondi» [7, 46-57b.], degan edilar.

Yangi O'zbekiston sharoitida keyingi yillarda amalga oshirilgan ulug'vor bunyodkorlik ishlari ayni vaqtda xalqimiz mentalitetini konsensus sari yo'naltirishga ham munosib tarzda xizmat qilib keldi. O'zbek mentalitetini konsensusga da'vat g'oyasi Prezidentimiz tomonidan belgilangan strategik taraqqiyot konsepsiyasining asosi sifatida xizmat qilmoqda.

Xulosa. Ijtimoiy munosabatlar tarixida ko'plab olimlar, allomalar mehr tushunchasiga insoniy munosabatlarni pozitivlashtiruvchi omil sifatida e'tibor qaratganlar. Bu tushuncha jamiyatda barqarorligi uchun o'ziga xos ijtimoiy mezon kasb etib kelgan. Qadimiy yodgorliklar va bitiklardan boshlab, hozirgi davrgacha

513

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

OpportunitiesJoReaLizeHuma^Potentia^

bunga guvohlik beruvchi manbaalar mavjud. Diniy ta'limotlarda mehr tushunchasiga alohida e'tibor qaratib, uni tarbiyaning muhim vositasi sifatida talqil qilishgan.

Affiliasiya odamning atrofdagi odamlar bilan hissiy yaqinlashishiga, ular bilan yaxshi insoniy munosabatlarni o'rnatish, saqlash va mustahkamlashga bo'lgan ehtiyojini anglatadi. Tanishlik, o'rtoqlik, do'stlik munosabatlari shular jumlasidandir. Odamning atrofdagi odamlar bilan hissiy jihatdan ijobiy, tanishlik, o'rtoqlik, do'stlik munosabatlarni o'rnatish, saqlash va mustahkamlashga bo'lgan ehtiyoji tushuniladi. Odamning muloqotga, emosional hamdardlikka bo'lgan ehtiyojini amalga oshirish, boshqa odamlar bilan hamkorlik, aloqa, do'stlik istagini anglatadi.

Bugungi kunda Yangi O'zbekistonda aholining mohiyatan yangi turli qatlamlari shakllanib, jamiyatda o'zining o'rnini mustahkamlab bormoqda, jumladan, xizmat sohasi vakillari, fermerlar, tadbirkorlar, axborot texnologiyalari xodimlari, blogerlar va boshqalar shular jumlasidandir. Mehr hodisasini affiliativ negizda ijtimoiy madaniy asoslarini shakllantirish, mehr va mehribonlik bilan bog'liq munosabatlarni ijtimoiy munosabatlarning o'zagi sifatida qaror toptirish jarayon jadal kechmoqda.

Konsensus rozilik, yakdillik, kelishuvni anglatib, ikki yoki undan ko'p odam o'rtasida o'xshash kognitiv va amaliy yo'nalishlar mavjudligi, ular har qanday jihatdan o'zaro ta'sir va o'zaro tushunishni o'rnatishga imkon beradi. Konsensus, barqarorlik va tartib bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Mehr fenomenining ijtimoiy munosabatlarni konsensus darajasiga yuksaltirishdagi rolini jamiyatda yanada yusaltirish jamiyat barqarorligini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi.

REFERENCES:

1. Abu Rayhon Beruniy.Tanlangan asarlar, 1-tom. T., 1968 yil 404-bet.

2. Qarang: Mirziyoev Sh. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. - Toshkent: "O'zbekiston" NMIU, 2018. -508 b.

3. Qarang: Mirziyoev Sh. Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi. - Toshkent: "O'zbekiston" NMIU, 2019. -400 b.

4. Bekmurodov M.B. Zamonaviy boshqaruv sosiologiyasi. T.: YOSHLAR NASHRIYOT UYI. 2020 y. 105-bet.

5. Qarang: Navoiy A. Mahbub-ul-Qulub. - T.: 1966. 13-jild. -244-b.

6. Qarang: Bekmurodov M. O'zbek mentaliteti. T.: - "Ma'naviyat" nashriyoti. 2010 yil 46-57 betlar.

7. Yangi O'zbekiston gazetasi. 13-oktyabrb 2020 yil soni. Prezident Sh.M.Mirziyoevning 2020 yil 13 oktyabrb kuni Sirdaryo viloyatida suv omborida sodir bo'lgan to'fon halokatlarini bartaraf etish bo'yicha tashrifi chog'ida bildirilgan.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

17-aprel, 2024

514

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.