Научная статья на тему 'TA’LIM TIZIMIDA BIOETIKA AMALIY FALSAFA SIFATIDA'

TA’LIM TIZIMIDA BIOETIKA AMALIY FALSAFA SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

28
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
etika / bioetika / Bioetika va inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi / axloqiy muammolar / bioetika muammolari / global axloq / bioetikaning asosiy tushunchalari / bioetika qoidalari.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Matlyuba Qaxxarova

Maqolada hozirgi zamon etikasining muhim yo'nalishlaridan biri bioetika va uning tadqiqot doirasi tadqiq etilgan. Unda insonga taalluqli barcha jihatlarni tartibga soluvchi Bioetikaning falsafiy fanlar blokidagi o'rni ochib berilgan. Global axloq va bioetikaning asosiy tushunchalari, qoida va tamoyillari hamda muammolari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM TIZIMIDA BIOETIKA AMALIY FALSAFA SIFATIDA»

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

TA'LIM TIZIMIDA BIOETIKA AMALIY FALSAFA SIFATIDA

Matlyuba Qaxxarova

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi "Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar"

kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori matlyuba71 @mail.ru

ANNOTATSIYA

Maqolada hozirgi zamon etikasining muhim yo'nalishlaridan biri bioetika va uning tadqiqot doirasi tadqiq etilgan. Unda insonga taalluqli barcha jihatlarni tartibga soluvchi Bioetikaning falsafiy fanlar blokidagi o'rni ochib berilgan. Global axloq va bioetikaning asosiy tushunchalari, qoida va tamoyillari hamda muammolari yoritilgan.

Kalit so'zlar: etika, bioetika, Bioetika va inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi, axloqiy muammolar, bioetika muammolari, global axloq, bioetikaning asosiy tushunchalari, bioetika qoidalari.

Dunyo miqyosida ta'lim tizimi jamiyat taraqqiyotining eng muhim katalizatori bo'lib qolmoqda. Ayniqsa, hozirgi ziddiyatlarga to'la ijtimoiy hayot chaqiriqlariga ta'lim tizimining o'z vaqtida javob bera olish hamda ijtimoiy o'zgarishlarga moslasha olishi ko'p jihatdan jamiyat taraqqiyotning yo'nalishlarini belgilab beradi. Chunki, ta'lim tizimi jamiyatning eng muhim institutlaridan biri bo'lib, u avlodlar o'rtasidagi vorisiylikni vujudga keltiradi, jamiyat a'zolarini ijtimoiylashuvi hamda umuminsoniy taraqqiyot uchun o'z safarbarligini ta'minlaydi.

O'zbekistonda ta'lim tizimini rivojlantirish bo'yicha tub islohotlar amalga oshirilayotganligi, unga mamlakat iqtisodiyotining lokomotivi sifatida qarash, buning uchun esa tizimni jahondagi eng ilg'or tajribalar asosida isloh qilish bo'yicha muhim vazifalar belgilangan bo'lib, mazkur masalaga ratsional yondashuv jamiyat muhitida ta'lim sifatini oshirish, aholi hayotni moddiy va ma'naviy ta'minlashning muhim omiliga aylanishiga sabab bo'ladi. Ta'lim ijtimoiygina emas, akseologik va praksologik mohiyatga ham ega u inson va jamiyatning muhim va asosiy qadriyatlaridan biri hamda jamiyat taraqqiyotini belgilovchi ijtimoiy-antropologik va akseologik hodisa. Shuningdek, ta'lim tizimini marralari o'laroq erishilgan ilm-fanning so'nggi yutuqlari insoniyat turmush darajasini, yashash sifatini oshirishi bilan birga inson-tabiat-jamiyat tizimida o'ziga xos bir qator tizimli muammolarni xususan, ekologiya, etika, biotibbiyot fani va sog'liqni saqlash amaliyotidagi so'nggi yutuqlar

189

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

natijasida yuzaga kelgan axloqiy muammolarni tushunish, muhokama qilish va hal qilishni ham kun tartibiga qo'ymoqda. Bu kabi axloqiy muammolar bilan bevosita bioetika sohasi shug'ullanadi. Bioetika - bu fanlararo tadqiqot sohasi bo'lib, hozirda ekologiya, geografiya, etika, biologiya, tibbiyot, huquqshunoslik, falsafa, dinshunoslik kabi bir qator fan sohalari chorahasida hal qilinishi kerak bo'lgan global muammolar yechimini qamrab oladi. Biokimyogar olim Van Rensseler Potter o'zining "Bioetika - kelajakka ko'prik" nomli asarida bioetika sohasining muhimligini qayd etar ekan, insoniyatning, tabiatning, hayvonot olamining texnogen ta'sirlardan saqlash, xavo musaffoligi-yu, inson salomatligi, tirik mavjudotlar yashash xuquqi bilan bog'liq muammolarga e'tibor qaratib etikaning mustaqil tadqiqot sohasini yashab qolish ilmi sifatida baholab, uni nafaqat oddiy fan sifatida o'rganish, unda "biologik bilim va umuminsoniy qadriyatlarni birlashtirgan yangi donolikka qadam qo'yish ma'nosi mujassamlanganligi bois mazkur yo'nalishni bioetika", deb atashni taklif etaman degan bo'lsa, yana bir nutqida "Men barchangizdan bioetikani mas'uliyat, kompetentlik talab qiluvchi hamda barcha madaniyatlarni o'zida mujassam etgan va gumanizmni targ'ib etayotgan yangi etika ta'limoti sifatida qabul qilishingizni so'rardim", deydi. Aytish joizki genetika, tibbiyot, plastik jarroxlik, kosmetologiya, ekologiya, geografiya, biologiya, ximiya, texnologiya, nanotexnologiya, arxitektura, inson va jamiyat, sotsiologiya, amaliy etika va estetika kabi bir qator fanlarning rivojlanishi va yangi yo'nalishlarnmg kelib chiqishi inson tabiat va jamiyat o'zaroaloqdorlik tizimi barqarorligi va ularning mo'tadil muvozanatiga juda katta ta'sir ko'rsatib, bioetikani fan sifatida rivojlanishiga o'ziga xos turtki vazifasini bajardi. Hozirgi zamon etikasining muhim yo'nalishlaridan biri sifatida bioetika inson hayotini eng oliy axloqiy qadriyat deb biladi. Inson hayotini saqlash muammosini yaxshilik va yomonlikni farqlashning muhim mezoni, deb hisoblaydi. Bioetika tirik mavjudotlar, shu bilan birga, insonga ham bo'lgan munosabatlarning axloqiy regulyativi, uning madaniy negizini axloqiy javobgarlik tashkil etadi. U sotsial masalalalar bilan birgalikda, qadriyatlar muammosini ham qamrab oladi niyatlarini yaratuvchi, inson xatti-harakati, ruhiyatini o'zgartirish mumkin bo'lgan, uning ustidan o'tkazilayotgan xilma-xil tadqiqotlarni cheklash mezonlarini ishlab chiqadi. Darhaqiqat ilmiy kashfiyotlar va ilmiy tarqqiyotning, fan yutuqlarining inson turmush tarziga ijobiy ta'sir ko'rsatkichlari qanchalik yuqori bo'lishiga qaramasdan, "inson-tabiat-jamiyat" tizimi doirasidagi me'yor va mezon qoidalarini muayyan ma'noda buzilishi bioetikani shakllantirishni davr talabi darajasiga ko'tardi. Bioetika xususan, biomuhit manfaatlarining oqilona nisbatini himoyasi muammolariga o'z maqsadlarini birlashtirgan holda, barcha tirik

190

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy: Opportunities to Realize Human Potential

mavjudotning mavjudligiga, inson hayoti va salomatligi doiralaridan tashqariga chiqmaslikka, irsiyatini o'zgarttirish masalalarida avvalo insoniylikni saqlab qolishga, irsiyatga qanday ma'naviy mezonlarga ko'ra, qaysi ideallarga, qaysi qadriyatlarga asoslanib, aralashish muammolari1 fojiali harakatlarni oldini olishga qaratilgan dolzarb masalalarda o'z aksini topmoqda. Ayni vaqtda bioetikaning quyidagi asosiy muammolar bloki mavjud bo'lib, ular tarkibini shartli ravishda inson shaxsiyatining biologik mohiyati va huquqiy munosabatlar muammosi; hayotiylikni tartibga solish muammosi va «ilmiy qonuniylik» muammosiga ajratish mumkin. Chunki, bioetika global axloq muammolarining ichida alohida o'ringa ega bo'lib, jahon ilmiy jamoatchiligining mavjud muammolarni hamkorlikda hal qilishini talab qilmoqda. Hozirgi tarixiy davr xususiyati shundan dalolat bermoqdaki, bioetikaga oid vaziyatning global miqyosda keskinlashuvi yana boshqa, boshqa umumbashariy muammolar bilan uyg'unlashib bormoqda. Bu esa, haqli ravishda, jahon hamjamiyatini sarosimaga, tahlikaga solmoqda. Demak bioetikaga oid xavflarning miqyosi yanada kengayish sabablarini oldindan aniqlash va ular oqibatlarni bartaraf qilish, global sivilizasiya kelajagini saqlab qolishning asosiy shartlaridan biri bo'lib bormoqda. Oddiy qilib aytganda, bioetikani me'yoriy jihatini, uning ma'naviy asosini "hayotga bo'lgan hurmat", "tiriklikni qadrlash", "hayotga ehtirom" tamoyili tashkil etadi. Bunda avvalo, axloqiylik, muhabbat va xayrixohlik hayot oldidagi hurmatning faqat ajralmas qismi hisoblanadi. Hayotga ehtirom etikasi, shuningdek, har bir xilqatning xayrixohlik va qadr-qimmatga qay darajada mosligi yoki uning uchun hayot muqaddas ekanligi, bu avvalo yashaydigan hamma xilqatlar oldidagi cheksiz mas'uliyatdir. Shu ma'noda bioetika inson hayotiy faoliyatining amaliy falsafasi sifatida namoyon bo'ladi. Bioetikaning aksiologik asoslari kognitiv natijalarga asoslanib, unga doir bilimlarni bilish bu ma'naviy-axloqiy qoida va normalarni ongli ravishda qabul qilish, fan tarmoqlarini maqsadli o'rganish, professional darajani saqlab turish, hayotni hurmat qilish prinsipi asosida inson va jamiyat manfaatlari yo'lida ishlatish imkonini beradi.

Agar mazkur soha bo'yicha qarashlarga e'tibor qaratilsa, qaysidir ma'noda bioetikani Gippokrat davridan boshlangan an'anaviy tibbiy etikaning davomi va zamonaviy shakli sifatida tushunish; mas'uliyat yukini teng taqsimlashga qaratilgan axloqiy qoidalarni joriy qiluvchi fan sifatida (shifokor va bemor o'rtasidagi o'zaro munosabatlarda shifokor ham, bemor ham axloqiy jihatdan muhim va hayotiy qarorlar qabul qilishda ishtirok etishi) tushunish; sivilizasiya va jamiyat insonni himoya qilish yo'llarini izlay boshlashi oqibatida yuzaga kelgan himoya shakllaridan

1 Фалсафа: Крмусий лугат. (Тузувчи ва масъул му^аррир К. Назаров). — Т.: "Шарк", 2004. - 56 бет.

17-aprel, 2024

191

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

biri sifatida tushunish; "tirik mavjudotlar, shu bilan birga, insonga ham bo'lgan munosabatlarning axloqiy regulyativi" sifatida tushunish; "hayot va sog'lik hamda axloqiy qadriyatlar va prinsiplar doirasida inson xulq-atvorini tizimli tadqiq qilish" to'g'risidagi yo'nalish sifatida tushunish kabi bir qator yondoshuvlarni kuzatishimiz mumkin. Zamonaviy jamiyatda bioetika, bir tomondan, yangi biotibbiyot bilimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish va qo'llash sohalari o'rtasidagi munosabatlarda yuzaga keladigan nizolar va keskinliklarni tartibga solish uchun mo'ljallangan o'ziga xos rivojlanayotgan ijtimoiy institut bo'lsa, ikkinchi tomondan, inson, tabiat va jamiyat o'zaro aloqadorligining komulyativ mahsuli sifatida ish olib boradi. Sohaga oid tadqiqotlar va me'yoriy-huquqiy hujjatlarda keltirilgan qarashlar va fikrlarni umumlashtirib qaralsa, bioetikada inson va jamiyatning o'z hayoti, sog'ligi va umuman, tiriklikka bo'lgan axloqiy munosabat talqin etiladi. Hozirgi kunga kelib bu soha fanlararo fenomen bo'lib, uning muammolarini nafaqat biologlar, shifokorlar, ekologlar, faylasuflar balki, dinshunoslar, psixologlar, sotsiologlar, huquqshunoslar, siyosatchilar tadqiq etib, sohaga oid muammolarni hal etishda hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.

Ayniqsa, oxirgi yillarda fan-texnika sohasida erishilayotgan yutuqlar bilan bog'liq axloqiy murakkab dilemmalar, xoh diniy, xoh dunyoviy jamiyat bo'lsa-da, har qanday ko'rinishdagi jamiyatga dahl qilmoqda. Bunda bioetika sohasidagi sekulyarizatsiya hodisasi bioetika borasidagi bahs-munozaralarda ustunlik qilmoqda. Shu bois ham bioetika ilmi olimlarining, ziyo ahlining diqqat-e'tiborida bo'lib, global etika muammolarini hal qilish va yechimini topishga doir turli ta'limot va konsepsiyalar, yangicha modellar ishlab chiqilmoqda. Masalan, Islomda bioetika1 -bu, asosan, Islom huquqi va etikasi tarmoqlaridan biridir. Bugungi kunda islomning etika-huquqiy an'anasi ham biotibbiyot ko'yayotgan savollarga javob izlashga asos bo'lib xizmat qiladi. Islomiy bioetikada har qanday yangi biotexnologik jarayonni qo'llashdan oldin uning shariatga to'g'ri kelishi yoki kelmasligi haqidagi savol yuzaga chiqadi, olimlar va shifokorlar islom olimlari fikrini bilishga harakat qilishadi. Albatta, Bioetika va uning qoidalariga amal qilish bo'yicha o'ziga xos yondashuvlar bo'lib, aksariyat rivojlangan mamlakatlarda bioetika muammmolari muvofiq qonunchilik asosida boshqariladi. Bioetika va inson huquqlari bo'yicha YuNESKO deklorasiyasida inson haq-huquqlari va qadr-qimmati universal tamoiyllari ishlab chiqilgan bo'lib, amalda mavjud xalqaro bioetika qo'mitasi bioetika me'yorlari, axloqiy me'yorlarga rioya qilgan holda ishlashni, shuningdek,

1 Vasim Mammadaliyev Qafqaz Müsalmanlari idarasi sadrinin birinci müavini Müfti Haci Salman Musayev. Islam va Bioetika. Baki - 2017

17-aprel, 2024

192

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy: Opportunities to Realize Human Potential

texnogen taraqqiyot davrida ishlab chiqilayotgan yangi genetik usullarni, inson va tabiat, inson va atrof muhitning o'zaro bog'liqlik va aloqadorlik kabi masalalariga oid bioetika muammolarini tadqiq va tahlil qiladi. Jumladan, tibbiyotda genetik kashfiyotlarning qo'llanilishida insoniylik, axloqiylik mezonlari, atrof-muhitni muhofaza qilish, barqaror ekologik vaziyatni qaror toptirish, tabiiy atrof-muhit musaffoligini saqlash, transmilliy hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, barqaror ekologik xavfsizlikni ta'minlashga alohida e'tibor qaratiladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchiligi va inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi axloq va inson huquqlari o'rtasidagi munosabatlarni tan oladi va ularga ko'ra eng yangi texnologiyalar, fan yutuqlar inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilishga majbur.

Ilm-fan taraqqiyoti, texnogen svilizasiya, yangi-yangi ilmiy innovasion kashfiyotlar insoniyat uchun yangidan yangi imkoniyatlar eshigini ochishi bilan birga tabiat, insoniyat, hayvonot olamining mavjudligi, sofligi, salomatligi, xilma-xilligini saqlab qolishda tahdidlarni yuzaga keltirayotganligi, ijtimoiy taraqqiyot uchun bir qator xavf-xatarlarni keltirib chiqarayotganligi ham bor gap. Xususan, muayyan biotexnologiyalarning insonlar turmush tarzi, qadriyatlari va kundalik hayotiga, sog'lom va sifatli oziq-ovqatlarni ishlab chiqarishga, tabiat va inson uyg'unligi muvozanatini o'zgarishiga ta'sir qilmoqda. Yaratilayotgan, yangi imkoniyatlar va ularning inson mushkullarini yengillashtirishga qilayotgan ijobiy ta'siri bilan birga salbiy jihatlarini isloh qilish, insonlar hayotini boshqarish bilan bog'liq bo'lgan biotexnologiyalarning axloqiy qadriyatlar, axloqiy tamoyillar bilan birbiriga ziddiyatli tomonlari, qarama-qarshiliklarni, zudlik bilan yechilishi lozim bo'lgan muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bu esa bioetika sohasini yanada rivojlantirish masalasida dolzarblik kasb etmoqda. Shuning uchun, boietika oid muammolar inqirozi globallashuvi va keskinlashuvining sivilizasiya istiqbollarini tahdid ostiga qo'yishini, bu xavfni bartaraf qilishning samarali usul va vositalarini yaratishni, muammoga differensial yondashib, muqobil konseptual ta'limotlarni, strategiyasi va taktikasini ishlab chiqishni kun tartibiga qo'ymoqda. Axloqiylik, yohud "mas'uliyat" tushunchasining jamiyat manfaatlarida etik xavfsizlikni ta'minlashdagi ustuvor vazifalari, uning ob'ektiv hususiyatlari, universal ehtiyojlar ijtimoiy taraqqiyot darajasiga mos ravishda taqsimlansa1, bioetik madaniyatning turli yo'nalishlarini o'z mazmuniga singdirsagina insoniyat uchun ilmu-fanda oqilonilik bilan foydalanish imkoniyatlari kengayib boradi. Shu bois ham universal etika nafaqat insonga, tabiatga

1 Qaxxarova, M., & Raximshikova, M. (2020). Moral continuity is a social-philosophical, historical phenomenon. The Light of Islam, 2020(3), 103-112.

17-aprel, 2024

193

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

balki, jonivorlarga nisbatan ham axloqiy munosabatda insoniy mas'ullik burchini eslatishni nazarda tutadi. Bioaxloq me'yorlari amaliy etika va axloqiy bilimning to'g'ridan-to'g'ri amaliy makonga tadbiq qilishga yo'naltirilgan shakli bo'lib, axloqiy bilim va amaliyot sifatida asoslangan. Shuningdek, global axloqning zamonaviy muammolarini hal etishda bioaxloq insoniyatni muhofaza etishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyatdir. Bioaxloqiy madaniyat umumjahon madaniyati rivojlanishining asosiy qismi va bosqichi bo'lib, insoniyat hayoti rivojlanishida bioetikaga oid muammolarni hal etishi muhimligini dolzarbligini chuqur anglashni ifodalaydi.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, bioetikani rivojlantirish istiqbollarini quyidagilar ko'rish mumkin: avvalo, bioetikani shakllantirishda konseptual yondashuvning falsafiy xususiyatlarini aniqlashtirish, bioetikani shakllanishi va rivojlanishi mezonlari, tarkibiy qismlari va asosiy tamoyillarini aniqlash va albatta uni shakllantirishda milliy, mintaqaviy va umuminsoniy manfaatlar uyg'unligini ta'minlashga erishish. Ikkinchidan, ta'lim tizimiga bioaxloq tarbiyasini tadbiq etishning asosiy vositalari, omillari va yo'nalishlarini ishlab chichish va tadbiq etish. Uchinchidan, "Inson-tabiat-jamiyat» munosabatlarini boshqarishda ma'naviy-axloqiy mezonlarga amal qilishning ob'ektiv qonuniyatlari hamda ularning axloqiy tamoyillarini asoslash orqali xavfsiz biotexnologiyalarni yaratish va ta'minlash mexanizimlarini kuchaytirish.

REFERENSES

1.Falsafa: Qomusiy lug'at. (Tuzuvchi va mas'ul muharrir Q. Nazarov). — Toshkent.: —Sharq", 2004.

2.Qahharova Matlyuba Manofovna. (2021).The role of moral education in the problem of personality activity. EPRA International Journal of Research and Development (IJRD), 340-344.

3.Vasim Mammadaliyev Qafqaz Müsalmanlari idarasi sadrinin birinci müavini Müfti Haci Salman Musayev. Islam va Bioetika. Baki - 2017.

4.Факхер Бен Хдмида. Мусульманская мораль, медицина и биотехнологии // Сайт Российского Комитета по биоэтике при UNESCO. 2009.

5.Akseki A.H. Ahlak ilmi ve islam Ahlaki. Ankara: Nur yayinlari,1991 11 Вернадский В.И. Биосфера и ноосфера. Айрис-Пресс, 2013; Живое вещество и биосфера Наука, 1994. Scientific Bullettin of NamSU-Научный вестник НамГУ-NamDU ilmiy axborotnomasi-2022-yil_7-сон 175 www.Journal.namdu.uz ISSN: 2181-0427.

194

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy: Opportunities to Realize Human Potential

6.Ksrimov i Tibbi etikanin vs bioetikanin qar§iliqli munasibstlsrinin tshlili // Fsls. Doktoru dissertasiyanm avtoreferati. Baki-2010.

7.Всеобщая декларatsiя о биоэтике и правах человека. https://www.un.org/ru/documents/decl conv/declarations.

8.Мухамеджанова Л.А. (2021). Роль нравственного воспитания в развитии личности. Вестник Евразийского нatsiонального университета имени Л. Н. Гумилева. Серия: Исторические науки. Философия. Религиоведение, (2 (135)), 123-133.

9.Qaxxarova, M., & Raximshikova, M. (2020). Moral continuity is a social-philosophical, historical phenomenon. The Light of Islam, 2020(3), 103-112.

10. Вернадский В.И. Биосфера и ноосфера. Айрис -Пресс, 2013; Живое вещество и биосфера Наука, 1994.

11. Лалихон Ашуралиевна Мухамеджанова, Сергей Иванович Ивентьев, & Мавлуда Рахимшикова (2022). Значение нравственного воспитания в современное время. Academic research in educational sciences, 3 (NUU Conference 2), 56-63. doi: 10.24412/2181-1385-2022-2-56- 63.

12. Мухамеджанова Л.А. (2021). Роль нравственного воспитания в развитии личности. Вестник Евразийского нatsiонального университета имени Л. Н. Гумилева. Серия: Исторические науки. Философия. Религиоведение, (2 (135)), 123-133.

13. Qahharova Matlyuba Manofovna. (2021).The role of moral education in the problem of personality activity. EPRA International Journal of Research and Development (IJRD), 340-344.

14. Qaxxarova, M. (2021). Social-spiritual environment of society and spiritual ideal. Oriental Journal of Social Sciences, 30-36.

195

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.