Научная статья на тему 'BIOETIKANING PAYDO BO’LISHI UCHUN TARIXIY ZARURIYATNING YUZAGA KELISHI'

BIOETIKANING PAYDO BO’LISHI UCHUN TARIXIY ZARURIYATNING YUZAGA KELISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

7983
255
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Axloq / etika / bioetika / globallashuv / ―ziyon etkazma‖ / deontologik model / talidamid fojeasi / tibbiy etika / zaxm / transplantalogiya / Ethics / ethics / bioethics / globalization / "do no harm". deontological model / thalidamide tragedy / medical ethics / trauma / transplantology

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Gulchehra To’ychiyevna Tog’aymurotova

Zamonaviy dunyo, texnika va globallashuv jarayonlari shiddatli rivojlanib borayotgan bir davrda axloqiy qadriyatni, odamiylik, insonparvarlik va shu kabi ijobiy sifatlarni saqlab qolish bugungi dunyoning dolzarb muammolaridan biridir. Inson, tibbiyot, texnikaning rivojlanib borish jarayoni insoniyat oldiga shu doirada hal qilinishi lozim bo‘lgan ziddiyatli axloqiy muammolarni keltirib chiqardi. Ushbu maqolada bu tarixiy jarayon va bioetika paydo bo‘lishining tarixiy omillari, sabablari, muammoli jarayonlarini ko‘rib chiqamiz va insoniy qadriyat hamda axloq har qanday davr uchun ma‘naviy ozuqa ekanligini anglab yetamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In the context of the rapid development of the modern world, technology and globalization, the preservation of moral values, humanity, humanity and similar positive qualities is one of the urgent problems of the modern world. The development of man, medicine and technology has posed conflicting moral problems for humanity that need to be addressed in this context. In this article, we will look at the historical factors, causes and problematic processes that led to the emergence of this historical process and bioethics, and we will realize that human value and morality are spiritual food for any era

Текст научной работы на тему «BIOETIKANING PAYDO BO’LISHI UCHUN TARIXIY ZARURIYATNING YUZAGA KELISHI»

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-479-486

BIOETIKANING PAYDO BO'LISHI UCHUN TARIXIY ZARURIYATNING

YUZAGA KELISHI

Zamonaviy dunyo, texnika va globallashuv jarayonlari shiddatli rivojlanib borayotgan bir davrda axloqiy qadriyatni, odamiylik, insonparvarlik va shu kabi ijobiy sifatlarni saqlab qolish bugungi dunyoning dolzarb muammolaridan biridir. Inson, tibbiyot, texnikaning rivojlanib borish jarayoni insoniyat oldiga shu doirada hal qilinishi lozim bo'lgan ziddiyatli axloqiy muammolarni keltirib chiqardi. Ushbu maqolada bu tarixiy jarayon va bioetika paydo bo'lishining tarixiy omillari, sabablari, muammoli jarayonlarini ko'rib chiqamiz va insoniy qadriyat hamda axloq har qanday davr uchun ma'naviy ozuqa ekanligini anglab yetamiz.

Kalit so'zlar: Axloq, etika, bioetika, globallashuv, "ziyon etkazma", deontologik model, talidamid fojeasi, tibbiy etika, zaxm, transplantalogiya.

In the context of the rapid development of the modern world, technology and globalization, the preservation of moral values, humanity, humanity and similar positive qualities is one of the urgent problems of the modern world. The development of man, medicine and technology has posed conflicting moral problems for humanity that need to be addressed in this context. In this article, we will look at the historical factors, causes and problematic processes that led to the emergence of this historical process and bioethics, and we will realize that human value and morality are spiritual food for any era.

Keywords: Ethics, ethics, bioethics, globalization, "do no harm". deontological model, thalidamide tragedy, medical ethics, trauma, transplantology.

Insoniyat yaralibdiki u tabiatda yashab qolish uchun qaysidir ma'noda kurashgan va kurashmoqda. Sog'lom va mukammal yashash har bir davrda insonning hayotiy maqsadi bo'lgan va bu maqsad

Gulchehra To'ychiyevna Tog'aymurotova

O'zbekisyon Milliy universiteti magistranti [email protected]

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

yo'lida u bazida turli qurbonliklarga sababchi bo'lgan. Buning

April, 2022

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-479-486

natijasida axloqiy qadriyat va jamiyat qonuniyaüarida turli muammoli vaziyatlarni keltirib chiqargan. Shuday muammolardan biri bu bioetika masalasi bo'lib, u tabiat, inson, texnika omili o'rtasida muammolar va ularni bartaraf etish uchun axloqiy qadriyatlar va insonparvarlik munosabatlarini tartibga solish tarixiy zarurat bo'ganligi va bu yo'ldagi dolzarb muammo hamda jarayonlar axloqiy meyyorlar doirasida hal qilinishi lozimligini mavjud sharoitning o'zi taqozo etgan. Insoniy makon qanchalik taraqqiy etmasin, inson o'z atrofidagi koinot, tabiat, inson tushunchalariga o'zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni shakllantirmas ekan bu birinchi navbatda insonning o'ziga taxdid solishi muqarrar. Uzoq davrga emas, ayni damda insoniyatni tashvishga hamon solib kelayotgan COVID-19 muammosi insoniyatni yana bir bor o'ylantirib qo'ydi. Axloq va axloqiy munosabatlar insoniyatni tabiyatning elitasi sifatida gavdalantirishiga xizmat qiladi. Axloq ijtimoiy ong shakli sifatida jamiyatda insonlarning o'zaro munosabatlarini tartibga soladi. Tarixan insonlarning birgalikdagi hayoti va faoliyati jarayonida ma'naviyat deb ataladigan va ularning xulqini tartibga soladigan ma'lum bir odat, qoida va me'yorlar majmuasi vujudga kelgan. "Etika" atamasi ilk bor Aristotel tomonidan taklif etilgan bo'lib, u xulq ma'naviyati falsafasi va u bilan bog'liq bo'lgan me'yorlarni, ya'ni axloq nazariyasini anglatadi [1].

Ma'lum bir turdagi kasbiy faoliyat bilan shug'ullanish axloq me'yorlarida o'ziga xos xususiyatlarini vujudga kelishiga sabab bo'ladi. Tibbiy xodimlaming etikasi birinchi navbatda insonlar sog'lig'i va hayotini saqlash maqsadiga yo'naltirilgan. Inson koinot yoki tirik mavjudotning zulmkor xo'jayini emas, balki uning bir bo'lagi ekanligini, ming yillardan biyon shakillangan qadriyat va insoniy munosabatlarni saqlamog'i va ijobiy tomonga rivojlantirmog'i lozim. Ilmiy-texnika taraqqiyotining biotibbiyot sohasidagi yutuqlari nafaqat amaliy jihatdan kengaydi, balki biotibbiyot sohasidagi imkoniyatlar, shuningdek, yaxshilik va yomonlik haqidagi an'anaviy g'oyalar, bemorning yaxshiligi, inson hayotining boshlanishi va oxiri haqidagi g'oyalarga ta'sir ko'rsatdi va shunga mos ravishda bioetikaning rivojlanishiga qo'shimcha turtki berdi.

MATERIAL VA METODLAR

Bugungi zamonaviy jamiyat salomatlik eng katta boylik ekanligini to'liq anglab yetdi. Bu o'rinda sifatli va zamonaviy tibbiyot sohasiga ehtiyoj ham oshib bormoqda. "Biz o'z oldimizga qo'ygan buyuk maqsad - Yangi O'zbekistonni barpo etishga faqat sog'lom xalq, sog'lom

April, 2022

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-479-486

millatgina qodir bo'lishini albatta barchamiz yaxshi tushunamiz"[2].

Bioetika- biotibbiyot fani va sog'liqni saqlash amaliyotidagi so'nggi ilmiy yutuqlar natijasida yuzaga kelgan axloq va axloqiy muammolarni tushunish, muhokama qilish va hal qilishga qaratilgan fanlararo tadqiqot sohasidir. Bioetika keng qamrovli, sohalararo fan sifatida o'zida tibbiyot, sotsiologiya, psixologiya, ijtimoiy psixologiya, mantiq, huquqshunoslik, menejment, dinshunoslik, pedagogika hamda boshqa tibbiy va notibbiy fanlar yutuqlarini jamlaydi, amaliy tibbiyotning axloqiy muammolarini o'rganadi. Bioetikani paydo bo'lishi va fan sifatida shaklanishi sabablari va shart-sharoitlari bilan bog'liq masalalarni o'rganish, jarayonida turli manbalarni o'rganish, tarixiy va qiyosiy tahlil, analiz, sintez, umumlashtirish kabi usul va uslublaridan samarali foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bioetikaning tarixi uch ming yildan ko'proq vaqtni o'z ichiga oladi. Qadimgi Hindistonda shifokorlar miloddan avvalgi 2-ming yillikning o'rtalaridayoq qasamyod qilganlar. Shifokorlar bu soxani chuqurroq o'rganish maqsadida turli xil tadqiqolarni amalga oshirganlar. Odamlar va hayvonlar bo'yicha tibbiy tadqiqotlar tarixi ham uzoq tarixga ega, ammo ma'lum vaqtgacha ularni amalga oshirish bilan bog'liq axloqiy va huquqiy muammolar bugungi kunda bo'lgani kabi jamiyat va tadqiqotchilarning diqqatini jalb qilmagan. Shunga qaramay, shuni ta'kidlash kerakki, tadqiqotchilar ushbu muammolarning mavjudligiga birinchilardan bo'lib e'tibor qaratdilar va ularning yechimiga yondashuvlarni taklif qildilar. Tibbiy etika - tibbiy xodimlar faoliyatining o'ziga xosligi va jamiyatdagi o'rni bilan belgilanadigan axloq me'yorlari va tamoyillari majmuasidir [3].

U shuningdek, tibbiy faoliyatni tartibga soluvchi axloq me'yorlari va mezonlaridan tashkil topgan kasbiy tibbiy xulq sifatida ham e'tirof etiladi. Shartli ravishda tibbiy etikani quyidagi tarixiy modellarini farqlash mumkin:

- Gippokrat modeli (eramizgacha 460-377yy. ). Mazkur modelning asosiy mazmuni "Qasamyod"da bayon etilgan. Ushbu model patemalizmga (lotinchadan pater - ota) asoslangan, asosiy tamoyili - "ziyon yetkazma"

- Paratselbs modeli (1493-1541yy.). Bu model o'rta asrlarda shakllangan bo'lib, uning tamoyillari aynan Paratselbs tomonidan nisbatan aniqroq bayon etilgan. Ushbu modelga ko'ra bemor va vrach munosabatlari o'z mohiyati bo'yicha - vrachning muruvvati natijasidir. Binobarin, modelning asosiy tamoyili ham -

"ezgulik, muruvvat qil"

- Deontologik model. "Deontologiya" atamasi (deon. (grech.)-

April, 2022

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-479-486

burch) ingliz faylasufi I. Bentam (1748-1832 yy.) tomonidan fanga kiritilgan

bo'lib, burch haqidagi ta'limotni anglatadi. Asosiy holatlar uning "Deontologiya yoki axloq haqidagi ta'lim" kitobida bayon etilgan (1831y). Ushbu modelning asosiy tamoyillari - "burchga sodiqlik", "foyda keltirish". Ta'kidlash lozimki, deontologiya axloqiy burch haqidagi ta'limot sifatida etikaning tarkibiy qismini tashkil etadi va vrach etikasini tibbiy faoliyatning u yoki bu vaziyatidagi ma'lum bir ko'rinishi, ya'ni kasbiy axloqning amaldagi namoyishi hisoblanadi.[4]

Bioetika modeli. "Bioetika" atamasi 1970 yilda amerikalik olim V.R.Potter (191l-2001yy.) tomonidan taklif etilgan. Bioetika bo'yicha tashkil etilgan Strasburg simpoziumi (1990 y.) ta'rifiga ko'ra, bioetika - tibbiyot va biologiya fanlari rivojlanishi jarayonida vujudga keladigan axloqiy, huquqiy, ijtimoiy muammolarni o'rganadigan bilimlar sohasidir. Amaliy etikaning bir qismi sifatida bioetika sohalararo fan bo'lib, asosiy maqsadi tibbiyot va biologiya fanlari yutuqlarini tadbiq etish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlardan insonlar hayoti va sog'lig'ini himoya qilishdi.

Bioetika fani asoschisi masalasi biroz munozarali bo'lib, ba'zilar nemis ilohiyotchisi va faylasufi Fritz Yahrni himoya qilishsa (U 1927 yilda o'simliklar va hayvonlarga nisbatan axloq qoidalariga oid maqolasida «Bio-Etik» atamasini ishlatgan). Boshqa mualliflar esa 1969 yili amerikalik onkolog va biokimyogar V.Potter uni muomalaga kiritgan deb hisoblashadi. U 1970 yilda bioetik axloq atamasini maqolasida ishlatgan va bir yildan so'ng "Bioetika: kelajakka ko'prik" nomli kitobini nashr etgan. 1999 yili Kosta-Rikada bioetika masalalariga bag'ishlangan anjumanda V.Potter nutq so'zlar ekan, "Men barchangizdan bioaxloqni mas'uliyat, kompetentlik talab qiluvchi hamda barcha madaniyatlarni o'zida mujassam etgan va gumanizmni targ'ib etayotgan yangi etika ta'limoti sifatida qabul qilishingizni so'rardim", — dedi. Uning fikricha bioetikaning asosiy g'oyasi umuminsoniy qadriyatlarni tibbiy-biologik dalillar bilan uyg'unlikda ko'rib chiqishdan iborat.[5]

A. Shveytseming 1924 yilda chop etilgan "Madaniyat va etika" nomli kitobi bioetikaning vujudga kelishida dastlabki bosqich sifatida muhim ahamiyat kasb etgan. A. Shveytser ushbu munosabatni keng qamrovli bo'lishi lozim deb takidlaydi. Ilk marotaba universal etikada biotsentrizm ta'limoti e'lon qilingan bo'lib, uning falsafiy asosini zo'rlik ishlatmaslik strategiyasi, barcha mavjudotga ziyon etkazmaslik tamoyili - aximsa tashkil etadi. Bioetika

antropotsentrik yo'nalishdan voz kechib, biotsentrizm tamoyillari asosida barcha tirik mavjudotga hurmat va insoniy munosabatda

April, 2022

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-479-486

bo'lish zaruriyatini e'lon qilish orqali ma'naviyatni tarbiyalash, madaniyat va dunyoqarashni shakllanishiga xizmat qiladi. [6]

Shuningdek, zamonaviy jamiyatda bioetika bir tomondan, yangi biotibiyot bilimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish hamda qo'llash sohasida o'ziga xos ijtimoiy institut sifatida ishlaydi.Fundamental tibbiy-biologik fanlarni tezkor rivojlanishi, yangi biotibbiy texnologiyalarning kashf etilishi ma'lum bir muhim vazifalarni hal etish bilan bir qatorda, tibbiy etika doirasidan chetga chiqadigan boshqa yangi muammolarni yuzaga kelishigi sabab bo'ldi. Masalan, genetikaning muvaffaqiyatlari, odam genomining ochilishi nafaqat ayrim to'qimani, balki butun bir organizmni klonlash imkoniyatini yuzaga keltirdi. Transplantologiya sohasidagi muvoffaqiyatlar o'z navbatida odam va murda donorligi masalasida qator yangi muammolami vujudga keltirdi. Sun'iy urug'lantirish, surrogat onalikdan foydalanish keng tarqalmoqda. Zamonaviy reanimatologiya oldin umidsiz hisoblangan bemorlami hayotga qaytarmoqda. Jinsni o'zgartirish borasida jarrohlik amaliyoti masalalari hal etildi va shu kabilar.

Bioetika muammolarining birinchi keng ko'lamli muhokamasi 1946 yilda Nyurnbergda bo'lib o'tdi. Bu Ikkinchi Jahon urushi davrida nemislar tomonidan odamlar ustida olib borilgan tibbiy tadqiqotlar bilan bog'liq edi. 1947 yilda Nyumberg tribunali natsist jinoyatchilariga nisbatan hukmni e'lon qilgan. U odamlarda tibbiy tajribalar o'tkazish tartibini belgilovchi ilk xalqaro hujjat sifatida e'tirof etiladi. Tibbiyot soxasi va axloqining rivojlantirishi izchil davom etdi. Ilk bora bir insondan boshqa insonga yurakni ko'chirib o'kazish operatsiyasi amalga oshirilishi keng jamoatchilikni bu masala yuzasidan turlicha yondashuvlariga sabab bo'ldi. Janubiy Afrikalik jarroh Kristian Barnard 1967 yil 3 dekabrda tibbiyotda birinchi bo'lib muvofaqiyatli yurak transilyatsiyasini amalga oshirdi. U yuragi davolab bo'lmas darajadagi xasta bemorga, avtohalokat natijasida tuzatib bo'lmas holatdagi miya o'limi jarohatini olgan bemor ayolning urib turgan yuragini qo'ydi va operatsiya muvofaqiyatli bo'ldi. Ammo bu olamshumul inqilobiy hodisa yuzasidan jamoatchilik fikri va munosabati juda ziddiyatli bo'lib chiqdi. Ayrimlar uni qahramon sifatida, ayrimlar esa qotil sifatida gavdalantirishdi.[7]

Bioetika ekologik harakat mafkurasining shakillanish tarixida ilk bora qo'llanilgan. Ilmiy texnika yutuqlari insonga foydali jihatlarni olib kelish barobarida, tabiat va tirik mavjudotlarga jiddiy tahdid va yoqotishlar olib kelishini tarix o'zi isbotlab turibdi. Ekologik fikrlashning biotibbiyot sohasiga ta'siri, ayniqsa, 1966 yildagi talidomid halokatidan keyin kuchaydi. Bu

fojia fan va amaliy tibbiyot o'rtasidagi munosabatlar strukturaning

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-479-486

tubdan o'zgarishiga yordam berdi. 1966 yil Germaniyada yuz bergan talidamid fojeasi ( ya'ni uxlatuvchi vosita sifatida talidamid qabul qilgan homiladorlar) 20 mingga yaqin bolaning nuqsonlar bilan (oyoq-qo'lsiz) tug'ilishi, ilmiy tadqiqotlar va klinik amaliyot o'rtasidagi aloqalami tubdan o'zgartirib yubordi. Biotibbiy tadqiqotlarning maqsadi sifatida endilikda nafaqat samarali dori-darmonlar va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, balki ularning noxush oqibatlarini oldini olish ham inobatga olindi. 1972 yil AQSHda ilm ahlini larzaga keltirgan 1932-1972 yillar oralig'ida 400ta erkakda zaxmning latent shaklini tabiiy tarzda kechishini o'rganish bo'yicha o'tkazilgan tekshiruv natijalari chop etilgan. Binobarin, kam ta'minlangan aholiga taalluqli bo'lgan bemorlarga imkoniyat bo'lgan holatda lozim bo'lgan davolash chora-tadbirlari o'tkazilmagan. Natijada 1974 yil AQSHda maxsus komissiya tashkil etilib, uning ish yakunida Belsmontning "Ilmiy tadqiqotlar obyekti bo'lgan odamlarni himoya qilish bo'yicha etik tamoyillar va qo'llanmalar" (1978) hisoboti tuzildi.Hozitda tibbiyot etikasi xalqaro prinsiplari mavjud. Ular shu jumladan qiynoqlqrdan va inson qadr qimmatini kamsitishning boshqa shakllaridan himoya qilish to'g'risidagi Deklaratsiyada ( BMT Assambleyasi 1982 y) bayon etilgan .[8] 80-yillarning oxirida yibbiyot ba biollogiya fanlari rivojlanayotgan, ularni amalda qo'llashning salbiy oqibatlari xavfi real tahdid solib turgan yillarning sharoitlarda Evropa Kengashi umumevropa ahamiyatiga molik tegishli hujjatlarni yaratish to'g'risida qaror qabul qildi.1993 yilda Evropa Kengashining Bosh assambleyasi biollogiya va tibbiyotning qo'llanilishi munosabati bilan inson huquqlari va qadr-qimmatini himoya qilish bo'yicha Konvensiyani qabul qilindi (jiddiy o'zgarishlar kiritilganidan so'ng matn EK Parlamenti assambleyasining majlisida 1996 yil noyabrda tasdiqlandi). YNESKO Bosh konferensiyasining 1997 yil 11 noyabrdagi 29-s.da inson genomi va inson deklaratsiya to'g'risidagi Umumiy Deklartsiya mazkur tashkilotga a'zo barcha mamlakatlar tomonidan tasdiqlandi. Tibbiy va tibbiy axloq , texnika vaqt o'tishi bilan rivojlanib bu masaladagi huquqiy , axloqiy ,tibbiy jarayonlarni davr va zamonga moslashtirib borilishini taraqqiyotning o'zi taqozo etdi.

"Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi" (Birlashgan Millat, 1948); "Jeneva deklaratsiyasi: shifokorning xalqaro qasamyodi" (VSMA, Bosh Assambleya 1948, 1968, 1983); "Xelsinki deklaratsiyasi" (VVMA, Bosh Assambleya 1964, 1975, 1983, 1989, 1989, 2000,2002); "Xalqaro tibbiyot axloqi" (VIMA, Bosh assambleya 1949, 1968, 1983); "Insonning ishtiroki bilan biomedik tadqiqotlar bilan xalqaro qo'llanma" (Cyom, Jeneva, 1993); "Evropada bemor

huquqlarini himoya qilish to'g'risida deklaratsiya" (JSST, 1994);

April, 2022

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-479-486

"To'g'ri klinik amaliyot uchun ko'rsatmalar" xalqaro uyg'unlashtirish konferentsiyasi tomonidan tayyorlangan (ICH GCP, 1996); "Inson huquqlari va inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi" (YuNESKO, 1997);

"Evropa Kengashi tomonidan qabul qilingan Evropa Kengashi tomonidan qabul qilingan" Biologiya va tibbiyot yutuqlari "yutuqlarini qo'llash bo'yicha inson birlashmalarining huquq va qadr-qimmatini himoya qilish to'g'risidagi konventsiya, keyingi" qo'shimcha protokollar "; "Bioetika va inson huquqlari bo'yicha umumbashariy deklaratsiya" (YuNESKO, 2005) va boshqa bir qator hujjatlar. Biotibinik tadqiqotlar bo'yicha biotibiyatlar va inson huquqlari to'g'risidagi konventsiyasiga (2005 yil) Evropa Kengashiga qo'shimcha protokol (2005); [ 4,5]

Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, bioetika ilmiy texnik taraqqiyot keltirib chiqarayotgan muammolar bilangina emas, balki bugungi kunda insoniyatni tashvishga solayotgan global siyosiy, ekologik muammolarni hal etishga ham qaratilgandir. . Turli xil ma'naviy-tibbiy va axloqiy dunyoqarashlaming mavjudligini e'tirof etgan holda, Butun jahon sog'liqni saqlash tashkiloti va Butun jahon tibbiy assotsiatsiyasi xalqaro tibbiy-etika kodekslari va kelishuvlari yordamida ushbu hamkorlikda yashash munosabatlarini boshqarib turadi. Covid -19 pandimiyasi davrida insoniyat uchun ijtimoiy va tibbiy axloq salomatlik uchun, yashash uchun zarury omillardan biriga aylanganligini aniq ko'rsatib berdi[9].

Izlanishlarning kengayishi va kuchayishi insoniyat uchun, avvalambor olimlar uchun inson tabiatining o'zi ustidan hukmronlik qilish va manipulyatsiya qilish uchun ulkan imkoniyatlarni ochib beradi. Shu bilan birga, insonning o'ziga va umuman insoniyatga zarar etkazish ehtimoli xavfi kuchaymoqda. Eng insonparvar maqsadlar ba'zan asl g'oyani buzadigan juda kutilmagan oqibatlarga olib keladi. Ruxsat berish, ichki cheklovlarning yo'qligi, «o'z majburiyatlarining oqibatlari» ni oldindan bilishni istamaslik xafa natijaga olib kelishi mumkin. Har bir olim-eksperimentator agar uning izlanishlari natijasida atrofdagi olamda insonning o'rni va imkoniyatlari qayta ko'rib chiqilishi mumkin bo'lsa, aql-idrokni va eng muhimi, o'z xatti-harakatlari uchun javobgarlikni ko'rsatishi kerak. Inson haqida «yangi so'z» aytmoqchi bo'lgan har qanday tadqiqotchi bu so'z odamga zarar etkazmasligiga amin bo'lishi kerak.

REFERENCES

1. Z.A.Giyosov "Vrach faoliyatining huquqiy asoslari " T. 2012y

XULOSA

. 35-b

April, 2022

National University of Uzbekistan

Google Scholar indexed

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-479-486

2. O.A.Botyajova " Osnovi bioetiki" Yaroslav. 2011y. 7-c.

3. Z. M. Muxamedova "Bioetika" T-2006 15-b.

4. Xalqaro bioetika qo'mitasi - International Bioethics Committee https://uz.wikisko.ru > wiki > Internal..

5. Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston sog'liqni saqlash sohasi ... https://daryo.uz > 2021/11/13 > shav...

7. Agzamova Nilyufar Shukhratovna, Mukhamedzhanova Lalikhon Ashuralievna, Kadyrova Dilbar Salikhovna. (2021). Conspirological Theories of Origin Pandemic COVID-19 Ethical Issues in Dealing with the Pandemic. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 6250

8. Мухамеджанова, Лалихон Ашуралиевна (2019) «РОЛЬ НРАВСТВЕННОСТИ В ОБЩЕСТВЕННОМ СОЗНАНИИ», Научный вестник Наманганского государственного университета : Вып. 1: Вып. 9 , статья 17.

9. Z.Abduazimova. Globallashuv jarajnida ekologik axloqni shakllantirishda koncheptual yondashuvning falsafiy xususiyatlari. НамДУ илмий ахборотномаси -2021(12), Б. 234-242

10.Qaxxarova, M. (2021). SOCIAL-SPIRITUAL ENVIRONMENT OF SOCIETY AND SPIRITUAL IDEAL. Oriental Journal of Social Sciences, 30-36.

® о

April, 20221 International Scientific Conference1

©

О

486

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.