Научная статья на тему 'IQLIM MUAMOLLARINI BARTARAF ETISHDA EKOETIKANING O‘RNI'

IQLIM MUAMOLLARINI BARTARAF ETISHDA EKOETIKANING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
20
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Antropogen omillar / ekologiya / Ekoetika / axloq / tabiat / inson / taraqqiyot / muammo / ekologik taʼlim / антропогенные факторы / экология / экоэтика / этика / природа / человек / развитие / проблема / экологическое образование

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Ibraximova Dilorom

Maqolada antropogen iqlim oʻzgarishi muammolarini bartaraf etishda Ekoetikaning oʻrni va ahamiyati yoritilgan boʻlib, Ekoetikaning insoniyat taraqqiyotidagi salbiy tendentsiyalar, jamiyat taraqqiyotining barqarorligini saqlash bilan bogʻliq muammolarni hal qilish vositasi sifatida dolzarbligi tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF ECO ETHICS IN ELIMINATING CLIMATE PROBLEMS

В статье освещены роль и значение экоэтики в устранении проблем антропогенного изменения климата, а также проанализирована актуальность экоэтики как средства решения проблем, связанных с негативными тенденциями в развитии человечества и поддержания стабильности развития общества

Текст научной работы на тему «IQLIM MUAMOLLARINI BARTARAF ETISHDA EKOETIKANING O‘RNI»

IQLIM MUAMOLLARINI BARTARAF ETISHDA EKOETIKANING O'RNI

D. Ibraximova -

TDYU o 'qitavchisi

d https://doi. org/10.24412/2181 -7294-2023 -2-94-97

Aholi sonining o'sishi, fan va texnika taraqqiyoti, inson ehtiyojlarining ortishi oqibatida er yuzida qator ekologik muammolar yuzaga keldi. Er yuzidagi o'rmonlar ko'payish o'rniga tobora qisqarib bormoqda, katta-katta tabiiy hududlar iqtisodiy foyda ko'rish maqsadida o'zlashtirildi, tabiat va havo har xil chiqindi hamda gazlar hisobiga ifloslanyapti. Bundan tashqari, tabiatda chang bo'ronlari, toshqinlar, o'rmon yong'inlari, va boshqa tabiiy jarayonlar yuz bermoqda. Bularning barchasi pirovardida tabiat muvozanatiga putur etkazyapti. Shu bois, davlatimiz rahbari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida jahon hamjamiyati e'tiborini yana bir bor davrimizning muammolaridan biri — Orolbo'yi hududidagi ekologik holatga qaratib, jumladan, bunday dedi: "Bugungi kunda har bir mamlakat bu jarayonning salbiy ta'sirini his etmoqda. Ming afsuski, bunday o'zgarishlar Markaziy Osiyo taraqqiyotiga ham katta xavf tug'dirmoqda".

Ekologik inqirozning kuchayishi munosabati bilan insonning yer ekotizimidagi o'rni masalasi ekologlar, faylasuflar, madaniyatshunoslarning diqqat markazidagi mavzuga aylandi. Texnologiya rivoji atrof-muhitga antropogen ta'sirning kuchayishi tabiatdan foydalanish va uni himoya qilishning ta'sirchan dasturlarini ishlab chiqishni talab eta boshladi. Bu muammolarni hal etilishi inson va tabiatning uyg'un rivojlanishi ma'lum axloqiy qonun qoidalar talab etadi.[1]

Shu o'rinda falsafa fanlari nomzodi Rustam Shokirovning "Guliston" jurnalidagi fikrlarini keltirib o'tamiz, "Yana bir aybimiz betejam va ayovsizligimizda namoyon bo'ldi. Tabiat har qancha to'kin dasturxon bo'lmasin, u tejamga muhtoj. Bir tishlab uloqtirishga Hotamning davlati ham chidamaydi. Biz esa olgan nasibalarimizning o'rnini to'ldirishni xayolimizga ham keltirmadik. Tabiat bag'ridagi boyliklarni ayovsiz sochib tashladik. Ayniqsa, iqtisodiy foydani hamma narsadan ustun qo'yuvchi kaltabinlar ko'proq bu ishning tashabbuskori bo'ldilar. Ayovsiz konlar qazidik, "zangori olov"lar yoqdik, haybatli mo'rilardan zaharli tutunlar o'rlatdik. Shovqin ustiga shovqin, g'ubor ustiga g'ubor qo'shdik, yana ko'nglimiz joyiga tushmadi. Suvga tupurish uvol deb bilgan otalarning farzandlariga nima bo'ldi o'zi?! Turli-tuman kimyoviy zaharlar — fosfatlar, nitratlar, gerbitsit va pestitsidlar... Suv tanqisligi, toza havo tanqisligi, osudalik tanqisligi va yana allaqancha tanqisliklar yuzaga keldi. Hatto atmosferaning ozon qatlamini ham zaharlay boshladik. Nihoyat, bularning barchasi to'planib salomatlik tugulligivni hosil qildi. Bugun yaxshiroq o'ylab qarasak, bunday pala-partishlik faqat tabiatga emas, insonning ma'naviyatiga ham daxldor ekanligi aniq bo'lib qoldi. Lekin loqaydligimiz tobora xuruj qilaversa, sog'-omon yashab qolishimiz oldida bu mablag' juda kamlik qilib qolishi ham mumkin. Tabiatga muomala madaniyatimizning nochorligi bizni jar yoqasiga tomon surib ketmoqda, lekin hamon oyog'imiz ostiga tuzukroq qaramayapmiz".

Afsus inson tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish, uni tiklash emas uning ne'matlaridan ko'proq foydalanishga odatlanib qoldi. Iste'molchilik psixologiyasining ustunligi, ekologik huquqbuzarliklar, faqatgina bugunni o'ylab yashash ekologik vaziyatni izdan chiqarmoqda. Bu muammolar ekologik ta'lim va tarbiyaga e'tiborsizlikdan ham kelib chiqmoqda. Aholi ekologik ongining sayozligi ekologik tarbiya tizimining samarali va ta'sirchan emasligidandir. Hamma ham ekologik muammolarni tushunmaydi, chunki ko'pchilik ekologiya haqidagi bilimni ommaviy axborot vositalari, yoki atrofdan eshitganlaridan oladi.[3]

Jamiyatidagi ijtimoiy munosabatlarning murakkabligiga ko'ra inson kundalik hayotining turli sohalariga nisbatan ma'lum axloqiy me'yorlar, qoidalarni belgilash zarurati paydo bo'ldi. Amaliy etikaning turli sohalari - siyosiy etika, jurnalist etikasi, tibbiy etika, ekologiya va klassik etikaga asoslangan ekologik etika shakllana boshladi.

Ekoetika insonlar va tabiat o'rtasidagi axloqiy munosabatlarning tizimli va keng qamrovli kontseptsiyasini taklif qiladi va himoya qiladi. Ekologik etikada insonning tabiatga nisbatan xatti-harakati axloqiy me'yorlarda bo'lishi kerakligi ilgari suriladi.

Ekologik etikaning asoschilari amerikalik ekolog Aldo Leopold (1887-1948) va nemis shifokori Albert Shvaytser (1875-1965) hisoblanadi. Ular birinchi navbatda tirik mavjudotlar va ekotizimlarga oddiy mavjudod sifatida qaramaslik g'oyasini ilgari surganlar.

Ekoetika amaliy fan sifatida bir vaqtning o'zida nazariy bilimlar va amaliy harakatlar sohasidir. Uning nazariy qismi tabiatni muhofaza qilish faoliyati uchun kuchli asos bo'la oladigan qadriyatlar, e'tiqodlar va bilimlarni tahlil qiladi. Amaliy qismi esa inson faoliyatidagi barcha ekologik muammolarning oldini olishga qaratiladi.

Ekoetika insoniyat taraqqiyotidagi salbiy tendentsiyalar, jamiyat taraqqiyotining barqarorligini saqlash bilan bog'liq muammolarni hal qilish vositasi sifatida dolzarbdir.

Antropogen iqlim o'zgarishining iqtisodiy va ekologik muammolarini hal qilishda axloqning roli va ahamiyatini ko'rib chiqamiz. Antropogen iqlim o'zgarishining iqtisodiy va ekologik muammolarini samarali hal qilish ko'p jihatdan xalqaro mas'uliyat va ekologik axloq tizimini shakllantirish bilan bog'liq. Klassik ma'noda etika axloq haqidagi ta'limot, ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida qaraladi. Aynan axloq tabiiy resurslarni iste'mol qilishni cheklash, atrof-muhitning ifloslanishi va vayron bo'lishining oldini olish va insoniyatga Yerda omon qolish imkoniyatini beradi.

Ekologik etika - tabiatni axloqiy jamiyatning a'zosi, axloqiy sherik sifatida idrok etish, barcha tirik mavjudotlarning tengligi, insonning tabiat oldidagi majburiyatlari, shuningdek, insonning tabiat bilan axloqiy munosabatlari haqidagi ta'limot. Ekologik axloq axloqiy, huquqiy va estetik tamoyillar tizimida, shuningdek, jamiyat va insonning atrof-muhitga munosabatini belgilaydigan ekologik me'yor va qoidalar tizimida ochib beriladi. Shu bois, antropogen iqlim o'zgarishining ekologik va iqtisodiy muammolarini hal etishda ekologik axloqning o'rni va ahamiyati bugungi kunda juda yuqori.

Insonlar o'zaro munosabatlarida qanchalik axloq me'yorlariga amal qilsa tabiatga ham shunday axloqiy munosabatda bo'lishi zarur. Tabiatga, atrof muhitga axloqiy munosabatda bo'lish, har bir inson ijtimoiy hayoti va faoliyatining asosiy tamoyili, belgilovchi qoidasi bo'lishi kerak. Axloqiy madaniyat ta'lim tarbiya, kundalik hayot kechirish, turmush tarzi, o'zaro aloqalar jarayonida shakllanadi. Shuningdek, insonning ekologik ma'rifatidagi axloqiylik uning tabiatga munosabatida yaqqol ko'rinib, tabiat, jamiyat oldidagi burch va javobgarlikni jiddiy masala qilib qo'yadi. Bu tabiatdan to'g'ri foydalanishning muhim axloqiy omili, har bir shaxsning ekologik ongi, axloqi va madaniyati shakllanishining hamda yaratuvchilik faoliyatining muhim shartidir. [4]

Insonlar ekologik qadriyatlarni qadrlashga harakat qiladilar, lekin ayni paytda ongli ravishda ekologik etikaga zid harakatlarni amalga oshiradilar. Ekologik axloqning vazifalaridan biri bu qadriyatlarni amalga oshirishga to'sqinlik qilishi mumkin bo'lgan sabablarni aniqlash, shuningdek, ushbu to'siqlarni bartaraf etish bo'yicha takliflar ishlab chiqishdir.

Ekologik muammolarni hal qilishga qaratiladigan ilk amaliy qadamlar energiya iste'moli, transportdan foydalanish kabi individual kundalik amaliyotlarning o'zgarishi bilan bog'liqdir. Atrof-muhitga kam zarar yetkazadigan tarzda turmush tarzimizni o'zgartirishga harakat qilishimiz mumkin. Masalan:

1. Resurslarni tejash. Elektr energiyasi (energiya tejovchi maishiy texnikadan foydalanish); suv (suv hisoblagichlarini o'rnatish, suvni tejovchi qurilmalardan foydalanish, shaxsiy suv iste'molini cheklash); issiqlik (turar-joyning issiqlik izolatsiyasi va avtomatik termostatlarni o'rnatish); qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslarni tejash.

2. Transportdan foydalanishni optimallashtirish. Shaxsiy transportdan foydalanishni cheklash, jamoat transportidan foydalanish (shuningdek, velosipedda yoki piyoda); tejamkor avtomobil modellariga ustunlik berish; avtomobillarni o'z vaqtida texnik ko'rikdan o'tkazish;

3. Chiqindilarni samarali yo'q qilish. Bir martalik, qayta ishlashga mo'ljallanmagan, o'z-o'zidan parchalanmaydigan, keraksiz, ammo jozibador bo'lgan tovarlardan voz kechish. Tahlillarga

ko'ra, deyarli barcha davlatlarda qattiq maishiy chiqindilar miqdori aholi jon boshiga har yili 1 foizga ortib bormoqda. Mamlakatimizda iqtisodiy-ijtimoiy o'sish hisobiga bu ko'rsatkich 7 million tonnaga yetib, yiliga 2 foizdan o'smoqda. Lekin ularni yig'ish, saralash, qayta ishlash va utilizatsiya qilish ahvoli qoniqarli emas.

4. Tabiatga zararli mahsulotlardan voz kechish. Zaharli kimyoviy moddalardan (pestitsidlar, gerbitsidlar, ba'zi bo'yoqlar, erituvchilar, kuchli kimyoviy tarkibga ega bo'lgan tozalash vositalari) foydalanmaslik; ekologik toza tovarlarni sotib olish; ishlab chiqarishda hayvonlar yo'q qilinadigan (fil suyagi, kit moyi, mo'yna) yoki hayvonlarda sinovdan o'tgan (ayrim maishiy kimyo va kosmetika vositalari) tovarlardan voz kechish.

5. Tabiatga zarar etkazuvchi shaxslar va tashkilotlarni qo'llab-quvvatlashdan bosh tortish. Bunda ekologik xavfli amalga oshiruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni tugatishni nazarda tutiladi.

Bu harakatlarning barchasi insondan ortiqcha harakatlar yoki jiddiy qurbonliklarni talab qilmaydi. Agar insonlar atrof-muhitga yetkaziladigan zararni kamaytirsa, ekologik axloqiy burchini bajargan deb tan olinishi kerak va bu xatti-harakatlarning bajarilmasligi tegishli ravishda axloqiy javobgarlikka tortilishi lozim.

Ekologik muammolarning bari antropogen ya'ni inson omili bilan bog'liq. Global iqtisodiy va ekologik o'zgarishlar, shu jumladan global iqlim o'zgarishi bilan bog'liq muammolarni hal qilish yaqin kelajakda yangi axloqiy qadriyatlar tizimini shakllantirish bilan belgilanadi. Ushbu tizim inson xatti-harakatlarini boshqarishga ham, tashkiliy, iqtisodiy va siyosiy tafakkurni qayta qurishga ham, amaliy qarorlar va tegishli harakatlarga ham sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bunday tizimning muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

• har qanday tabiiy va texnogen (antropogen) o'zgarishlarni baholashga kompleks iqtisodiy va ekologik yondashuv;

• ekotizimlar va hayot shakllarining o'zaro bog'liqligi, shuningdek, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy quyi tizimlarning o'zaro bog'liqligi;

• dunyoning biologik (ekologik), ijtimoiy (ijtimoiy-iqtisodiy) va boshqa xilma-xilligining ahamiyati;

Albatta inson tabiatni ifloslash bilan chegaralanib qolayotganligi yo'q. Uni bartaraf etish chora-tadbirlarini ham amalga oshirmoqda. Ko'p davlatlarda ekologik siyosat olib borilmoqda. Bizning davlatimizda ham atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi mustahkam qonunchilik bazasi yaratilgan. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 62-moddasida "Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar". 68-moddasida - "Yer, yer osti boyliklari, suv o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur, ular davlat muhofazasidadir" deya ta'kidlangan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 2021 yil noyabr oyida "Yashil makon" umumilliy loyihasi yo'lga qo'yilgan bo'lib, loiha doirasida ko'chat ekish, ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirishga doir tadbirlar tashkil etigan. Mazkur loiha doirasida besh yilda 1 milliard tup daraxt ko'chat ekishni maqsad qilingan. Bu umummilliy harakatning natijasi mamlakatimiz umumiy ekologik ahvoliga ijobiy ta'sir ko'rsatadi deb o'ylaymiz. O'zimiz yashab turgan ona yerni asrab, tabiat in'om etgan ne'matlardan oqilona foydalanish, nafas olayotgan atmosfera havosini musaffo saqlash har birimizning burchimizdir.

Mas'uliyatni o'z zimmasiga olish va o'z burchiga muvofiq harakat qilish - axloqiy harakatdir. Muayyan harakatni axloqiy harakat sifatida kvalifikatsiya qilish uchun uning barcha tarkibiy qismlari axloqiy jihatdan benuqson deb tasdiqlanishi kerak.

Shunday qilib, antropogen iqlim o'zgarishi bilan bog'liq muammolarni hal qilishda axloqning o'rni va ahamiyatini beqiyosdir. Faoliyatning barcha sohalarida qo'llaniladigan axloqiy yondashuv insoniyatning yangi axloqiy qiyofasini shakllantirishning samarali vositalaridan biriga aylanishi mumkin, bu antropogen iqlim o'zgarishining iqtisodiy va ekologik muammolarini hal qilish imkonini beradi.

ADABIYOTLAR:

1. Bganba-Serera V.R. Stanovleniye ekologicheskoy etiki. M.: SK "Sfera", 1992. 268

2. Rustam Shokirov "Guliston" jurnali 1990 йил, 2-сон

3. Abdullayeva N.B. Etika va estetikaning dolzarb masalalari 2021 7-10 bet

4. Табиатга экологик муносабатларнинг маънавий-ахлок;ий тамойиллари ва мезонлари

Уринбоева Мафтунахон Содик;овна "Science and Education" Scientific Journal May 2020

RESYUME:

Maqolada antropogen iqlim o'zgarishi muammolarini bartaraf etishda Ekoetikaning o'rni va ahamiyati yoritilgan bo'lib, Ekoetikaning insoniyat taraqqiyotidagi salbiy tendentsiyalar, jamiyat taraqqiyotining barqarorligini saqlash bilan bog'liq muammolarni hal qilish vositasi sifatida dolzarbligi tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Antropogen omillar, ekologiya, Ekoetika, axloq, tabiat, inson, taraqqiyot, muammo, ekologik ta'lim.

РЕЗЮМЕ:

В статье освещены роль и значение экоэтики в устранении проблем антропогенного изменения климата, а также проанализирована актуальность экоэтики как средства решения проблем, связанных с негативными тенденциями в развитии человечества и поддержания стабильности развития общества.

Ключевые слова: антропогенные факторы, экология, экоэтика, этика, природа, человек, развитие, проблема, экологическое образование.

RESUME:

The article highlights the role and significance of ecoethics in eliminating the problems of anthropogenic climate change, and also analyzes the relevance of ecoethics as a means of solving problems associated with negative trends in human development and maintaining the stability of society.

Key words: anthropogenic factors, ecology, ecoethics, ethics, nature, man, development, problem, environmental education.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.