Научная статья на тему 'BIOTIBBIYOTDA ZAMONAVIY ILMIY YANGILIKLAR VA ULARNING AXLOQIY MUAMMOLARI'

BIOTIBBIYOTDA ZAMONAVIY ILMIY YANGILIKLAR VA ULARNING AXLOQIY MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

475
111
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Biotibbiyot / axloq / etika / bioetika / “ziyon etkazma” / transplantalogiya / texnologiya / transgender. / Biomedicine / morality / ethics / bioethics / "do no harm" / transplantology / technology / transgender.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Gulchehra Tuychiyevna Tagaymuratova

Ushbu maqola biotibbiyot sohasidagi zamonaviy ilmiy yangiliklar va ularning axloqiy jihatlarini yoritishga bag'ishlangan. U asosan biologiya va tibbiyotda ilmiy va texnologik yutuqlarni qo'llashga, shuningdek, ushbu ilmiy yutuqlarning insoniy qadriyatlarga va ular ko'taradigan axloqiy muammolar ta'siriga qaratilgan. Fan va texnika taraqqiyoti va rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan axloqiy muammolar qisqacha tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article is devoted to the coverage of modern scientific innovations in biomedicine and their ethical aspects. It focuses mainly on the application of scientific and technological advances in biology and medicine, as well as the impact of these scientific advances on human values and the ethical problems they raise. Ethical issues arising from the progress and development of science and technology are briefly analyzed.

Текст научной работы на тему «BIOTIBBIYOTDA ZAMONAVIY ILMIY YANGILIKLAR VA ULARNING AXLOQIY MUAMMOLARI»

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-677-684

BIOTIBBIYOTDA ZAMONAVIY ILMIY YANGILIKLAR VA ULARNING

AXLOQIY MUAMMOLARI

Ushbu maqola biotibbiyot sohasidagi zamonaviy ilmiy yangiliklar va ularning axloqiy jihatlarini yoritishga bag'ishlangan. U asosan biologiya va tibbiyotda ilmiy va texnologik yutuqlarni qo'llashga, shuningdek, ushbu ilmiy yutuqlarning insoniy qadriyatlarga va ular ko'taradigan axloqiy muammolar ta'siriga qaratilgan. Fan va texnika taraqqiyoti va rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan axloqiy muammolar qisqacha tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: Biotibbiyot, axloq, etika, bioetika,"ziyon etkazma", transplantalogiya, texnologiya, transgender.

This article is devoted to the coverage of modern scientific innovations in biomedicine and their ethical aspects. It focuses mainly on the application of scientific and technological advances in biology and medicine, as well as the impact of these scientific advances on human values and the ethical problems they raise. Ethical issues arising from the progress and development of science and technology are briefly analyzed.

Keywords: Biomedicine, morality, ethics, bioethics, "do no harm", transplantology, technology, transgender.

Данная статья посвящена освещению современных научных инноваций в биомедицине и их этическим аспектам. Здесь в основном рассматриваются применение научно-технических достижений в биологии и медицине, а также влияние этих научных достижений на обшечеловеческие ценности и этические проблемы, которые они вызывают. Кратко анализируются этические вопросы, возникающие в результате прогресса и развития науки и техники.

Ключевые слова: Биомедицина, мораль, этика, биоэтика, «не навреди», трансплантология, технологии, трансгендер.

Gulchehra Tuychiyevna Tagaymuratova

O'zbekisyon Milliy universiteti magistranti gulchehratogaymuratova@mail.ru

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-677-684

Kirish

Zamon va makon yanada yuksalish sari ildam harakatlanayotgan, insoniy makon ham taraqqiyot va ilmiy yangiliklarning zamiriga kirib u bilan hamnafas bo'lib, qorishib borayotgan bir davrda yashamoqdamiz. To'g'ri insonyat ming yillardan biyon doimo yuksaklikka intilib u uchun kurashib, o'zi uchun qulaylik va farovonlik yaratish yo'lida tinimsiz mehnat qilib kelmoqda. O'tgan asrning ikkinchi yarmida boshlangan ilmiy inqilob ko'pgina sohalar qatori tibbiyot,biologiya va texnologiya sohalarida yana ham yuksakroq darajada nomoyon bo'ldi va bo'lmoqda desak adashmagan bo'lamiz. Bu sohalarda ilmiy yangiliklar shu darajada ildamlik sari intilib bormoqdaki undagi ko'pgina ilmiy angilik va imkoniyatlar insonni va insonning axloqiy ongida tirlicha va jiddiy, mulohazali, qarama-qarshi fikrlarning to'qnashuviga sabab bo'lmoqda. O'tkazilayotgan ilmiy eksperementlar, yangicha farmatseftik preparatlar, zamonaviy ilmiy texnologik tadqiqotlar va shu kabi vaziyatlarda vujudga keladigan ijtimoiy axloqiy vaziyatlar bu masaladagi axloqiy muammolar ko'lamini oshirib bormoqda.

Biotibbiyotda zamonaviy ilmiy yangiliklar va ularning amaliyotda qo'llanilishi bu boradagi axloqiy muammolar ko'lamini kengaytirib, munozara maydonini murakkablashtirib bormoqda. Biomeditsinaning an'anaviy qadriyatlari bo'lgan "ziyon yetkazma", mehr-shavqat, xayriya,burchga sadoqat va shu kabi boshqa fazilatlari ba'zi holatlarda soha vakillari e'tiboridan chetda qolayotganligi, bu boradagi muammolar yechim talab etayotganligi barchamizga ma'lim.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev 2022 yil 18 martda tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvda inson salomatligi va shifokorlar to'grisida quyidagi fikirlarni bayon qildilar: « - Biz xalqimiz salomatligi uchun har qancha mablag' va kuch-imkoniyat sarflashga tayyormiz. Shaxsan men uchun xalqimiz salomatligi hamma narsadan ustun va qadrli. Lekin sohaga ajratilayotgan mablag'lardan to'g'ri foydalanilyaptimi? Meni shu savol ko'p o'ylantiradi. Soha rahbarlari har bir so'mning qadriga yetishi, ularning samarasini odamlarimiz o'z hayotida his etishi lozim, - dedi Prezident.

- Shifokorning nafaqat ustidagi xalati, eng avvalo, ko'ngli ham, qo'li ham pok bo'lishi kerak, - dedi davlatimiz rahbari»[1]. Tizimda korrupsiyaga butunlay chek qo'yish zarurligi ta'kidlandi.

Bioetika - biomeditsina fanining eng yangi yutuqlari va sog'liqni saqlash amaliyoti jarayonida kelib chiqayotgan turli axloqiy muammolarni anglab yetish, muhokama qilish va hal etish bilan

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-677-684

bog'liq bo'lgan fanlararo tadqiqotlar, ochiq munozaralar va siyosiy qarorlar sohasidir [2].

Bioetikaning asosiy maqsadi tibbiyot, genetik biologiya, biokimyo va biofizika sohasidagi mutaxassislarga quyidagilarni taklif qilishdir: intizom, axloqiy yo'nalish tuzilishi, fanlararo yondashuv, tushuntirish. «Biologiya va tibbiyot birlashadi. Faqat biologiya yoki tibbiyot sohasi hisoblanmaydigan bilim sohalari paydo bo'lmoqda, masalan, gen terapiyasi. lmiy, o'quv adabiyotlarida va xalqaro hujjatlarda qulaylik va qisqalik uchun biologiya va tibbiyotning o'zaro bog'liqligi " biomeditsina " iborasi deb atala boshlandi» [3]. Bugungi kunda biomeditsina doirasida olib borilasyotgan ilmiy yangiliklar insonni ongini hayratga solib uni o'ylashga majbur etmoqda. Biotibbiyot va tibbiyot texnologiyalari hozirda inson embrioninig paydo bo'lishidan tortib uning o'limiga qadar bo'ladigan jarayonlarga ta'sir ko'rsatish darajasiga yetganligini ko'rsatmoqda. Suniy urug'lantirish, abort, suragat onalik, evtanaziya, klonlash, inson jinsining o'zgartirilishi, suniy matkaning yaratilishi, transplantatsiya, cho'chqa yuragining odamga qo'yilishi, va shu kabi boshqa ilmiy tajriba va yangiliklar keng jamoatchilikning o'z qadriyati, mintaliteti, dini, dunyoqarashi va boshqa omillariga tayanib fikr-mulohaza yuritishga, o'z xulosasiga kelishga undaydi albatta.

Inson go'zal va sog'lom hayot ila yashashga doim intilgan, ammo bunday sog'lom bo'lish va yashash baxti, imkoniyati barchga teng taqsimlanmagan va bunga hamma-ham erisha olgan emas. Bunga yo moddiy ta'minot, yo salomatlik borasidagi muammolar va boshqa omillar to'sqinlik qilgan. Bugungi taraqqiy etgan texnika asrida imkoniyatlar ko'lami keng bo'lishi mumkin, ammo bu imkoniyatlar barchaga yetadi yoki teng taqsimlangan deya olmaymiz. Ilm-fan va texnika qancha taraqqiy etmasin ideal hayot tarzini, mukammal insoniy jamiyatni yaratish masalasida hali hamon bosh qotirilmoqda. Bunday mukammallik masalasi doirasida axloq va axloqiy jamiyat masalasi ham dolzarb masala bo'lib turiibdi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature review). Biotibbiyotda zamonaviy ilmiy yangiliklar va ularning axloqiylik muammolari mavzusi doirasida fikr yuritar ekanmiz, bioetika va biotibbiyot ildizlari uzoq tarixga ega bo'lib, bugungi kunda zamonaviy dunyo bilan hamohang rivojlanib borayapti desak hato bolmaydi, lekin uning shu bilan birga hal qilinishi lozim bo'lgan muammo va kamchiliklardan holi deb ham bo'lmaydi. Mavzuni yoritish va kengroq o'rganish davomida Prezidentimizning bu boradagi fikrlari, davlatimiz qonunchiligida bu borada chiqarilgan qonunlar, qarorlarga,

hujjatlar, shuningdek shu mavzuga oid ilmiy adabiyotlar sifatida

April, 2023

National University of Uzbekistan

Google Scholar indexed

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-677-684

N.M.Yuldashev Bioetika T-2018, S.V. Lixachev, S.N.Jakova "Bioetika", U.V.Ushakov "Bioetika" asarlaridan va sog'liqni saqlash doirasidagi yurtimiz va dunyo hamjamiyatidagi ilmiy maqolalar, ilmiy yangiliklar va internet ma'lumotlaridan foydalanildi.

Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Bugungi kunda sog'lom turmush tarzi masalasi Yangi O'zbekistonni qurishdagi ilgari surilayotgan masalalardan biridir. O'zbekiston Respublikasida „Inson a'zolari va to'qimalarining transplantatsiyasi togrisida" 2022 yil 28 aprelda qabul qilingan qonun qabul qilingan bolib,undan bu boradagi qonuniy asos va ilmiy xulosa olishda keng foydalandik[4].Shuningdek dunyoda va yurtimizda sog'liqni saqlash borasidagi ilmiy yangiliklar va izlanishlarga oid yangilik va maqolalardan foydalanildi.

Tahlil va natijalar (Analysis and results).

Biotibbiyotda zamonaviy ilmiy yangiliklar va ularning axloqiylik muammolari Biron bir haqiqat yo'qki, uni butun insoniyat birdek qabul qilsa Jon Lok Bugungi kunda ilm-fan, texnika va texnologiyalar rivoji ko'pgina sohalarda, ayniqsa biomeditsinada tub o'zgarishlarni va yangiliklarni keltirib chiqarmoqda. Bu yangilik va o'zgarishlar qaysidir manoda insoniy makonni saqlab yana bir pog'ona yuqoriga ko'tarayotgan bo'lsa, va yana qaysidir jihatdan insoniy makondagi turli muammolar ko'lamini keltirib yoki kengayishiga sababchi bo'lmoqda. "Nima uchun fazilatning alohida turi - texno-axloq haqida gapirish kerak? Britaniya faylasufi Vallorning fikricha, bizning davrimizni belgilovchi asosiy hodisa texnologik konvergentsiyadir: individual texnologiyalar bir-biriga sinergik tarzda shunday birlashadiki, ularning ko'lami va inson hayoti va jamiyatini o'zgartirish kuchi sezilarli darajada oshadi. Ushbu texnologiyalar insonni yangi axloqiy tanlovlar holatiga qo'yadi."[5]

Tibbiyot texnologik jihatdan mukammallashish bilan birga, jamiyatdagi unga bog'liq insoniyatning barcha vakillari ham unga mos ravishda etiket va axloqiylikning shu pog'onasida mukammallikka erishmoqda deyaolmaymiz. Bugungi kun meditsinasi asosan moddiy imkoniyatga borib taqaladi va unga ega insonlargagina mukammalroq xizmat qiladi desak xato bo'lmaydi. "Farmatsevtika sohasi esa bu borada ancha odimlab ketgan". Bu borada biron bir jiddiy muammo kelib chiqmagunicha uni nazorat qiluvchi tashkilotlar bu borada xatto o'ylab hamko'rishmagan. Buni kuni kecha vujudga kelgan xolat, yaniy "DOK-1 MAKS" siropini ichish oqibatida nobud bolgan bolalar misolida ko'rishimiz mumkin. Ushbu dori vositalarining yurtimizdagi savdosi 2022 yil 22 dekabrdan vaqtincha to'xtatildi. [6] Bu

April, 2023

680

National University of Uzbekistan

Google Scholar indexed

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-677-684

masalada eng daxshatlisi begunoh go'daklarning o'limi boldi.Demak farmatseftika soxasi bu borada nuqson va kamchilikdan holi deb aytolmaymiz.

Zamonaviy tibbiyot va tibbiyot texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanib borayotganligi va bu borada qo'lga kiritilayotgan ilmiy yangilik va kashfiyotlar insonni jiddiy mulohazaga chorlaydi.To'g'ri olib borilayotgan ilmiy kashfiyotlar inson hayotini yaxshilash maqsadida olib boraladi, lekin uningin kelajagi qanday natijalarga olib kelishi va jamiyatning axloqiy muxitiga qanday ta'sir etishi bu undanda jiddiy o'ylab ko'rilishi lozim bo'lgan masaladir. Bu borda suragat ona, klonlash, evtanaziya, transplantatsiyaning keng turlari va boshqa dolzarb biotibbiy va bioetik vaziyatlarni nazarda tutmoqdamiz.Yurtimizda transplantatiya masalasida qonunchiligimizda muhim qonun qabul qilinib, bu boradagi holatlarga qonuniy asos ko'rsatildi[7]. Bugungi kunda bu boradagi ilmiy izlanishlar ko'lami va muhokama mavzusi yanada kengaymoqda. Quyida ularning ayrimlarini bugingi muhokama mavzuimizda keltirib o'tamiz:

Cho'chqa yuragi ko'chirib o'tkazilgan tarixdagi birinchi inson AQSHning Merilend shtatida yashovchi 57 yoshli Devid Bennet bolib, u ksenotransplantatsiya amaliyotidan ikki oy otib vafot etadi. Bu borada ham keng jamoatchilik fikri turlicha.[8] Shu va boshqa ilmiy yutuqlar insonning ilm-fandagi erishayotgan yutuqlari bo'lib, buning insoniyat kelajagi va qadriyatlari uchun qanday ta'sir ko'rsatishi borasida turlicha qarashlar mavjud. Inson yuragi- bu ruhiy olam va hissiyotlar bilan omuhtalangan emasmi?

Xitoy olimlari tomonidan suniy bachadonnig yaratilishi yana bir ilmiy yangilik bo'ldi.[9] Bu borad olimlar yutuqlari turli xolatlar sababli farzand ko'rish baxtidan bebaxra bo'lgan oilalarga bu baxtni berish imkoniyati paydo bo'ldi deb izohlashmoqda.

Bugungi kunda transgender deb nomlanuvchi bir ilmiy atama ham dunyo jamoatchiligining turlicha fikr va mulohazalariga sabab bo'lmoqda. Bugungi kunda o'z jinsini o'zgartirish masalasi turli davlatlarda turlicha izohlanadi.Masalan:

Bu haqda BMT Bosh Assambleyasi uchinchi qo'mitasiga o„z hisobotini taqdim etar ekan, jinsiy orientatsiya va gender o'ziga xosligi asosida zo'ravonlik va diskriminatsiyadan himoya qilish masalasi bo'yicha mustaqil ekspert Viktor Madrigal-Borloza ma'lum qildi.

Misol tariqasida ekspert Shvetsiya parlamenti 2018-yil 21-martda 1972-2013-yillar davomida majburiy sterilizatsiyaga uchragan transgenderlarning jinsini qonuniy tan olish doirasida ularga kompensatsiya to'lash to'g'risida qaror qabul qilganini ma'lum

April, 2023

681

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-677-684

qildi. 600 dan 700 gacha odam 22 500 evro miqdoridagi ushbu kompensatsiyadan foydalanishi mumkin. Shvetsiya transgender odamlarga majburiy sterilizatsiya bilan bog'liq jiddiy inson huquqlari buzilishi uchun kompensatsiya to'lagan dunyodagi birinchi davlatga aylandi. U o„z ma'ruzasida, umuman olganda, bugungi kunda dunyoning 10 ta davlatida - Avstriya, Argentina, Belgiya, Braziliya, Daniya, Irlandiya, Kolumbiya, Malta, Norvegiya va Pokistonda gender identifikatorini tan olishning oddiy qonunchilik modeli mavjud ekanligini aytdi. O'z taqdirini o'zi belgilash asosi-bu shuni anglatadiki, bir kishi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlariga kelib, masalan, qiz emas, balki yigit ekanligini e'lon qilishi mumkin. Bugungi kunda sakkizta Yevropa davlatida - Avstriya, Ozarbayjon, Germaniya, Malta, Moldova Respublikasi, Xorvatiya, Shveytsariya va Estoniyada genderni tan olish uchun ariza berishda yosh chegarasi yo'q.

Belgiya, Irlandiya, Niderlandiya va Norvegiyada 16 va undan katta yoshdagi bolalar jinsini o'zgartirish uchun ariza topshirishlari mumkin. Norvegiya 6 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan voyaga yetmaganlarga ota-onasi yoki vasiysi hamrohligida bunday ariza berishga ruxsat beradi.[10]. Shu va shunga o'hshash ilmiy yangilik va "imkoniyatlar" insoniy qadriyat va insoniylik falsafasiga qanchalik to'g'ri kelishi, axloqiylik masalasiga qanchalik mos kelishi borasida fikr va qarashlar turli jamiyat va qadriyatlarda bir biriga butunlay zid ekanligini ko'rishimiz mumkin.

Bundan tashqari, bioetikaning shakllanishi zamonaviy tibbiyotni texnologik qo'llab-quvvatlashdagi ulkan o'zgarishlar, tibbiy va klinik amaliyotdagi ulkan yutuqlar bilan belgilanadi.

Tibbiy yordam ko'rsatishda cheklovlar bormi va ular o'limga olib keladigan bemorning hayotini saqlab qolishda qanday bo'lishi kerak? Evtanaziya zamonaviy jamiyatda qabul qilinadimi? O'limning boshlanishini qaysi vaqtdan boshlab hisoblash kerak? Qachondan odam homilasi tirik mavjudot hisoblanishi mumkin? Abortga ruxsat beriladimi? Bular tibbiyot fanining hozirgi rivojlanish darajasida shifokor, shuningdek, jamiyat oldida turgan savollarning bir qismidir.

Unga turlijamiyat,dunyoqarash,mintalitet va diniy e'tiqodga asoslanib turlicha yondashuvlar mavjud, lekin yakdil hulosa hozircha yo'q.

Hulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, inson uchun ilmiy yutuq va ilmiy imkoniyatlar doirasining keng bo'lishi bu juda ham yaxshi, ammo bu ilmiy yutuqlar insoniy axloqi va ma'naviyati zavoliga emas uning yuksaalishiga hizmat qilgandagina uni insoniy makon uchun tadbiq etish mumkindir.

Ilmiy-texnika taraqqiyoti nafaqat sivilizatsiya foydalari

manbai, balki ba'zi holatlarda insonning mavjudligiga tahdid

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-677-684

soladi, uning tabiiy yashash muhitini buzadi. XX-asrda odamlar bir necha bor zo'r ko'rinadigan ilmiy va texnologik yutuqlarning bevosita va o'ta yomon oqibatlariga duch kelishdi. Xuddi shu narsa organ transplantatsiyasi, klonlash bilan sodir bo'ldi. Zamonaviy tibbiy etikaning eng muhim muammosi shundaki, sog'liqni saqlash har bir insonning huquqi bo'lishi kerak, lekin uni sotib olishga qodir odamlarning cheklangan doirasi uchun imtiyoz emas. So'nggi o'n yilliklarda biotibbiyot texnologiyalarining jadal rivojlanishi va misli ko'rilmagan kuchi insonning tug'ilishdan (va hatto kontseptsiyadan) o'limigacha bo'lgan tabiiy hayot jarayoni tobora ko'proq vositachilik va nazorat ostida bo'lishiga olib keldi, ya'ni. ijtimoiy va texnologik jihatdan tashkil etilgan va boshqariladi. Shu bilan birga, bemorga (mavzuga) nisbatan tibbiy aralashuvlar tobora invaziv, chuqur va ko'pincha tajovuzkor bo'lib bormoqda va ularning narxi, shuningdek, sog'lig'ini saqlash va yaxshilash uchun shaxs va jamiyatning umumiy xarajatlari, muttasil ortib bormoqda. Bunday sharoitda bioetikaning vazifasi bemorning (sub'ektning) hayoti, sog'lig'i, tana va shaxsiy daxlsizligi, huquqlari va qadr-qimmatini himoya qilishdir. Texnologiyani takomillashtirish va ilmiy taraqqiyot bioetikaning asosiy omillari hisoblanadi. Hayotimizda innovatsiyalar qanchalik ko'p paydo bo'lsa, ularni jamiyat uchun qanchalik oqilona ekanligi va axloqiy qadriyatlarga og'riqsiz tarzda moslashtirish imkoni bor yo yo'qligi haqida o'ylashimiz kerak.Agar uning inson ma'naviy olamiga salbiy oqibatlari sezilsa unday iliy yutuqdan voz kechmoq darkor.

REFERENCES

1. https://xs.uz/uz/post/shavkat-mirziyoev-khalqimiz-salomatligi-hamma-narsadan-ustun-va-qadrli

2. N.M.Yuldashev. Bioetika T-2018

3. Агзамова, Н. Ш., & Каримов, А. Р. СОЦИОБИОЛОГИЯ И БИОЭТИКА.

4. http://lex.uz//uz/docs/-6001286 Inson a'zolari va to'qimalarining transplantatsiyasi to'g'risida

5. Агзамова, Н. Ш., & Каримов, А. Р. СОЦИОБИОЛОГИЯ И БИОЭТИКА.

6.https://aniq.uz/uz/yangiliklar/dok-1-maks-tabletka-va-sirop-dori-vositalari-bilan-bogliq-vaziyat-urganilmoqda

7. https://kun.uz/uz/news/2022/03/10/chochqa-yuragi-kochirib-otkazilgan-tarixdagi-birinchi-va-yagona-inson-vafot-etdi

8 .https : //daryo .uz/2022/12/11/bolalarni-suniy-yetishtiruvchi-dunyodagi-birinchi-konseptsiya-taqdim-qilindi-video

9. https://news.un.org/ru/story/2018/10/1341362

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-677-684

10. Агзамова, Н. Ш. АНТИВАКСЕРЫ: МОРАЛЬНАЯ ДИЛЕММА. Научный журнал" Академический вестник ЭЛПИТ, 5.

11. АГЗАМОВА, Н. Ш. (2022). АКАДЕМИЧЕСКИЙ ВЕСТНИК ELPIT. АКАДЕМИЧЕСКИЙ ВЕСТНИК ELPIT Учредители: ООО Институт химии и инженерной экологии, 7(2), 5-9.

12. Агзамова, Н. Ш. (2018). Этические взгляды восточных мыслителей как важный фактор формирования духовной жизни общества. ББК 74.58 Э 11,

13. Kongresi, A. (2004). Bildiriler Kitabi. Ankara, Sim. Social Distancing as an Ethical Rule of The COVID-19 Pandemic Nilyufar AGZAMOVA

14. Агзамова, Н. Ш., & Адилова, А. Ш. (2020). ЭТИЧЕСКИЕ ПОСЛЕДСТВИЯ ПАНДЕМИИ КОВИД-19. Научный журнал" Академический вестник ЭЛПИТ, 6.

15. MUXAMEDJANOVA, L. (2022). AMALIY ETIKA VA ESTETIKA O'quv qo'llanma. https://scienceweb.uz/publication/4489

16. А. И. Туляев (2022). СТРУКТУРА ДОСУГА ГАРМОНИЧНО РАЗВИТОГО ПОКОЛЕНИЯ ИНФОРМАЦИОННЫМИ И КОМПЬЮТЕРНЫМИ ТЕХНОЛОГИЯМИ. Academic research in educational sciences, 3 (NUU Conference 2), 507-511. doi: 10.24412/2181-1385-2022-2-507511

205.

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.