Научная статья на тему 'MEDIAMADANIYATNING ETOSFERAGA TA’SIRI'

MEDIAMADANIYATNING ETOSFERAGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

173
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Media / mediamakon / etosfera / ijtimoiy tarmoqlar. / СМИ / медиапространство / этосфера / социальные сети

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Durdona Azamat Qizi Rustamova

Zamonaviy axborot asrida axborot texnologiyalari xar bir inson hayotining ajralmas qismiga aylandi. Ayniqsa media olam va ijtimoiy tarmoqlar katta tezlik bilan xarakatlanib barcha insoniyatni o„ziga qamrab olayotganligi dolzarb ahamiyat kab etmoqda. Ushbu maqolada media, media olam, ijtimoiy tarmoqlar haqida, uning axloq va axloqiy muhit (etosferaga) tasiri va aloqadorligi hususida so„z yuritiladi. Maqolada bir qancha aniq statistik ma‟lumotlar ko„zga tashlanadi. Dastlab uning etosfera bilan aloqadorligi haqida so„z yuritishdan avval axloq o„zi nima degan savolga javob izlanib ularni tushuntirilgan hamda takliflarini berib o„tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В современный информационный век информационные технологии стали неотъемлемой частью жизни каждого человека. Особенно тот факт, что мир СМИ и социальные сети развиваются с огромной скоростью и охватывают все человечество, имеет неотложное значение. В данной статье говорится о СМИ, мире СМИ, социальных сетях, их влиянии и значимости на моральноэтическую среду (этосферу). В статье выделен ряд конкретных статистических данных. Во-первых, прежде чем говорить о ее связи с этосферой, искали ответ на вопрос, что такое этика, разъясняли и давали предложения

Текст научной работы на тему «MEDIAMADANIYATNING ETOSFERAGA TA’SIRI»

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-577-581

MEDIAMADANIYATNING ETOSFERAGA TA'SIRI

Durdona Azamat qizi Rustamova

O'zbekiston Milliy Universiteti talabasi rdurdona11@gmail.com

ANNOTATSIYA

Zamonaviy axborot asrida axborot texnologiyalari xar bir inson hayotining ajralmas qismiga aylandi. Ayniqsa media olam va ijtimoiy tarmoqlar katta tezlik bilan xarakatlanib barcha insoniyatni o'ziga qamrab olayotganligi dolzarb ahamiyat kab etmoqda. Ushbu maqolada media, media olam, ijtimoiy tarmoqlar haqida, uning axloq va axloqiy muhit (etosferaga) tasiri va aloqadorligi hususida so„z yuritiladi. Maqolada bir qancha aniq statistik ma'lumotlar ko'zga tashlanadi. Dastlab uning etosfera bilan aloqadorligi haqida so„z yuritishdan avval axloq o„zi nima degan savolga javob izlanib ularni tushuntirilgan hamda takliflarini berib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Media, mediamakon, etosfera, ijtimoiy tarmoqlar.

В современный информационный век информационные технологии стали неотъемлемой частью жизни каждого человека. Особенно тот факт, что мир СМИ и социальные сети развиваются с огромной скоростью и охватывают все человечество, имеет неотложное значение. В данной статье говорится о СМИ, мире СМИ, социальных сетях, их влиянии и значимости на морально-этическую среду (этосферу). В статье выделен ряд конкретных статистических данных. Во-первых, прежде чем говорить о ее связи с этосферой, искали ответ на вопрос, что такое этика, разъясняли и давали предложения.

Ключевые слова: СМИ, медиапространство, этосфера, социальные сети.

In the modern information age, information technology has become an integral part of every person's life. Especially the fact that the world of media and social networks are developing at a tremendous speed and embracing all of humanity is of urgent importance. This article talks about the media, the world of media, social networks, their influence and significance on the moral and ethical environment (ethosphere). The article highlights a number of specific statistics. First, before talking about its connection with the ethosphere, they sought an answer to the question of what ethics is, explained and made suggestions.

Keywords: mass media, media space, ethosphere, social

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

networks.

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-577-581

Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar katta tezlik bilan rivojlanib, uardan foydalanishning yangidan-yangi funksiyalari, qulayliklari yanada ko'paymoqda. Bu esa insonlarning mediamakondan foydalanishining ko'payishiga olib kelmoqda. Statistikaga tayanib so'zlaydigan bo'lsak, "We are social" tahlilchilarining ma'lumotlariga ko'ra (2022-yil) so'nggi o'n yil ichida internetdan foydalanuchilar soni 2012-yildan buyon 3.1 barobarga (12 %) oshgan, ularning soni 1.48 milliardni tashkil etgan. 2021-yilning o'zida ijtimoiy tarmoqlarga 424 million foydalanuvchi qo'shilgan. Bu esa bir kunga o'rtacha 1,16 mln. dan ortiq, soniyasiga esa taxminan 13 nafar yangi foydalanuvchi degani. Raqamlar ijtimoiy tarmoq hamda mediamakon ishtirokchilarining katta tezlik bilan o'sayotganini yaqqol namoyon qilmoqda.

Ommaviy axborot vositalarining professional kommunikatsiya faoliyati sohasida ham muhim o'zgarishlar yuz berdi: nashrning arxivlari va tashqi elektron resurslarga, ma'lumotlar bazalariga, tashkilotlarning rasmiy veb-saytlariga, yangiliklar lentalari, videokonferentsiyalarga kirish imkoni yaratdi. jurnalistlar tomonidan mavzu. Bir nechta manbalar mustaqil jurnalistik jurnalistikaning yanada samarali ishlashiga yordam beradi. Tomoshabinlarning roli ham o'zgardi: mulohazalarning turli shakllari o'quvchi, tinglovchi va tomoshabinga axborot mahsulotini ishlab chiqarishda ishtirok etish imkoniyatini berdi.

Media va ijtimoiy tarmoqlar bir-biriga juda yaqin tushunchalar hisoblanadi. Ya'ni media ham ijtimoiy tarmoqlar ham aloqa vositalaridir. Farqli jihati shundaki, ijtimoiy tarmoqlar ana shu aloqa almashinuvi amalga oshirilayotgan tarmoqning o'zi bo'lsa, media esa aloqa almashish shakli. Ya'ni, siz telegramdan kimgadir video jo'natdingiz, bunda tabiiyki, telegram - tarmoq, siz uzatgan video esa mediadir. Odamlar aloqa jarayonini amalga oshirish uchun foydalanadigan barcha vositalar, kanallar yoki ma'lumotlarni uzatish shakllari deyiladi.

Mediamakon o'z ichiga quyidagilarni oladi:

- Reklama vositalari, OAV mahsulotlari, kontent, radioeshittirishlar.

- Ommaviy axborot vositalari (OAV) ommaviy kommunikatsiyalar orqali katta auditoriyani qamrab oluvchi texnologiyalar

- Multimedialar, axborot mazmuni va qayta ishlashning bir nechta shakllarini o'z ichiga olgan aloqa shaklidir [1].

Mediamadaniyat deganda XX asrda ommaviy axborot vositalari ta'sirida vujudga kelgan va shakllangan zamonaviy G'arb kapitalistik jamiyati tushuniladi. Bu atama ommaviy axborot vositalarining (asosan televidenie, shuningdek, matbuot, radio va kino) nafaqat jamoatchilik fikriga, balki did va qadriyatlarga ham ta'siri ko'rsatadigan umumiy va intellektual faoliyatni anglatadi. Ommaviy madaniyatning muqobil atamasi XX asrgacha ommabop san'atda bo'lganidek, bunday madaniyatning o'z-o'zidan ommaning o'zida paydo

bo'lishini anglatadi [2]. "Ommaviy axborot vositalari madaniyati

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-577-581

iborasi esa bunday madaniyat ommaviy axborot vositalarining mahsuli ekanligini bildiradi. Mediamadaniyatining yana bir muqobil ta'rifi "imij madaniyati"dir. Reklama va jamoatchilik bilan aloqalarga yo'naltirilgan mediamadaniyat ko'pincha ommani manipulyatsiya qilishga qaratilgan tizim sifatida qaraladi. Korporativ ommaviy axborot vositalari birinchi navbatda hukmron mafkuralarni ifodalash va ko'paytirish uchun ishlatiladi. Mediamadaniyati iste'molchilik bilan bog'liq bo'lib, bu ma'noda muqobil ravishda "iste'mol madaniyati" deb ataladi.

Mediamadaniyat shaxs axloqiy va estetik ehtiyojlarining o'zgarib borishiga qarab madaniyat sanoatini, media studiyalarni, ommaviy kommunikatsiyalarini rivojlantirib bordi. Ommaviy madaniyat va ommaviy axborot vositalari o'rtasidagi munosabatlar ramziy ma'noga ega bo'lib, ikkalasi ham yaqin hamkorlikda bir-biriga bog'liq [3]. Ommaviy axborot vositalari olimlar va filologlardan ma'lumot oladi va uni keng jamoatchilikka etkazadi, ko'pincha jozibali va hayratlanarli elementlarga e'tibor beradi. Ilmiy faktlar ham, dolzarb yangiliklar ham ommalashtirish orqali buzib ko'rsatiladi, ko'pincha haqiqatga to'liq mos kelmaydi.

Mediamakonning axloqiy muhitga ta'siri kuchayib bormoqda. Barcha narsa qulaylashib netga "ko'cha boshlagach", insonlarning barcha aloqalari ana shu qo'limizdagiga, telefonlarda olib borilmoqda. Aloqaning avvalgidek ko'rinishlari ya'ni xat almashishdek jozibali ko'rinishi yo'qqa chiqa boshladi, deyarli hech kim foydalanmaydi desak ham bo'ladi.

Faylasuf Abdulla Sher o'z asarida "Axloq - bu kishilarning bir-biriga, oilaga, jamiyatga bo'lgan munosabatlarida namoyon bo'ladigan xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, odoblar majmuidir. Arastu fanlarni 3 guruhga bo'ladi va ularning 2-guruhiga etika va siyosatni qo'yadi. Shundan ham bilish mumkinki, axloq bu barcha uchun muhim bo'lgan bir jihatdir. Axloq arabchadan olingan bo'lib, "xulq"so'zining ko'plik shakli" [4] deb ta'riflaydi. Xalqimiz orasida "odobsiz bola ekan", " yomon xulqli" degan iboralarni ko'p eshitamiz. Aynan shu "odob" va "xulq" axloqshunoslikning obyektlari sifatida qaraladi. Umuman olganda, axloq tuhunchasini soddaroq izohlaydigan bo'lsak, u insonlarda yoqimli his uyg'otadigan, ijobiy xatti- harakatlardir. Masalan, ko'chada ketayotib og'ir yukli insonni ko'rib qoldingiz, xoh u keksa inson bo'lsin, xoh u yosh qiz yoki yosh yigit. Boshqa bir inson kelib unga yuklarini ko'tarishga yordam berib yubordi. Bu uning axloqliligidan darak beradi. Sababi tabiiyki, uning bu harakati atrofdagilarda yoqimli his uyg'otdi va bemalol aytishimiz mumkinki, u ijobiy harakat qildi, ya'ni yaxshi ish qildi.

Media va etika tushunchlarini bog'lashga xarakat qilamiz. Siz video ko'ryabsiz, unda bir inson o'zining kontenti e'tiborni tortishi uchun yomon so'zlardan foydalandi yoki biror bir axloqsiz harakat qildi. Sizning o'sha insonga nisbatan hurmatingiz yo'qoladi, axloqsiz

inson degan fikr o'tadi hayolingizdan. Yoki boshqa bir

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-577-581

mediamahsulotlarda ham, aytaylik filmlarda yoki turli eshittirishlarda. Yuqorida bugungi kunda mediaolam ishtirokchilarining ko'payayotganini qayd etdim. Demak ularning barchasi mediamakondan, turli xildagi mediamahsulotlardan foydalanadi. Ayniqsa yoshlar bu borada yetakchi. Mediamahsulotlar esa ularga qaysidir ma'noda andoz vazifasini o'taydi. Ya'ni yoshlar ularga taqlid qila boshlaydilar. Bu esa yoshlarning axloqiga katta salbiy ta'sirini o'tkazmay qolmaydi albatta. Shuning uchun mediamadaniyatni shakllantirish va rivolantirish zarur deb hisoblayman. Hatto buning uchun qaysidir cheklovlarni qonuniy qilib qo'yishga to'g'ri kelsa ham. Aynan hozirgi vaziyatimizda bu juda muhim. Sababi hozirgi vaziyatimizda, aynan O'zbekistonni olib qaraydigan bo'lsak, mediamakondagi mediamahsulotlarning axloqqa javob bermaydiganlari juda ko'p. Bachkana filmlar, videolar juda ko'p,hatto matbuotda ham uchratishimiz mumkin. Eng achinarlisi esa barchaning e'tibori va diqqat markazida bo'ladigan televideniyeda ham ko'rishimiz mumkin bo'lgan kamchiliklar bor. Ular efirga uzatayotgan ko'rsatuvlarining o'zi hatto axloqqa javob bermaydi. Masalan, barchamizga mashhur o'sha "Yor-yor" ko'rsatuvi. Bu ko'rsatuv o'zbeklarning eng o'griqli "nuqtalarini" ko'rsatdi, saviyasini namoyon qildi. Alamlisi esa shu ko'rsatuvga o'xshash bir qancha ko'rsatuvlar efirga uzatila boshladi. Boshlovchilarning gap so'zlari va kiyinishlari esa mediamadaniyatning yanada past darajada ekanligini yaqqol namoyon qiladi.

Agar biz media olamidan, tarmoqlardan shu tarzda davom etadigan bo'lsak, insonlarning saviyasi yanada pastga qarab ketadi. Shaxsan o'zim ham abituriyentlik vaqtimdan so'ng, talabalik baxtiga erishgach maqsadlarimga yetdim deb o'yladim va biroz erkin bo'ldim. Bo'sh vaqtim ko'paygacha esa menda mediamakonga yuzlanish ko'paydi. 6-7 oy ichida ming afsuslar bo'lsinkim mendagi ijobiy o'zgarishlar o'sishdan to'xtab, salbiy tomonga keta boshladi. Kitobga muhabbatim, qiziqishim ancha pasaygandek bo'ldi.Sababi internetda, mediamakonda keraksiz, axloqqa salbiy ta'sir o'tkazadigan mahsulotlar va kontentlar juda ko'p, Ular ta'sir o'tkazmay qolmaydi. Asta-sekinlik bilan bo'lsa-da kelajagimizni olib qo'yayotgani afsuski haqiqat. Axir, "O'zbekiston kelajagi buyuk davlat", " O'zbekiston kelajagi yoshlar qo'lida" deb og'zimizni to'ldirib aytishga o'rganib qolganmizku. Shu gaplarni haqiqatga aylantirish uchun esa o'zgarishimiz shart. Men esa o'zimdagi o'zgarishlarni ijobiy tomonga o'zgartirishga yana qaytadan harakat qilyapman. Men faqat o'zimdan misol keltirdim. Menga o'xshaydiganlar atrofimda, siz-u bizning oranizda juda ko'pchilikni tashkil etamiz. Yana bir narsa reklamalarga ham alohida ahamiyat berilishini yo'lga qoyish kerak. Nimani reklama qilyapmiz? Qanday reklama qilyapmiz? Shu savollarni mutaxassislar o'ziga o'zi berishi kerak. Yuqorida aytganimdek, qonun bilan taqiqlash joiz bo'lsa buni ham qo'llash kerak. Televideniyalarda shu sohada o'qimagan insonlarni

boshlovchi qilib qo'yishga esa mutlaqo qarshiman. Men hozir

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-577-581

aynan bir kasb egalarini nazarda tutyapman. Ular aktyor va aktrialar. Ular juda yaxshi san'atkor bo'lishi, to'y va bazmlarda yaxshi olib boruvchi bo'lishi mumkin. Lekin televideniye boshqa narsa. Buni butun xal ko'radi, o'rnak oladi. Tahlil qilib ko'rsam omma orasida televizordan tomosha qilish ancha kamaygan, sababini aynan shunda deb o'ylayman. Undagi efirg uzatilayotgan ko'rsatuvlarni "sortirovka" qilish muhim. Agar mediamiz shu yo'sinda ketadigan bo'lsa oqibatlari salbiy bo'lishi tayin. Zero, yoshlar hozir shunga qiziqyapdi, media ularning bir qismiga aylanib qolyabdi, ularni o'zgartirishning kaliti ham, ana shu mediaolamdir.

REFERENCES

1. Жанссон, Андре. The Mediatization of Consumption. - Paris. Journal of Consumer Culture, 2014. -P. 30-31.

2. Shuker Roy. Understanding Popular Music. -Notterdam. 1994. -P. 4.

3. Abdulla Sher. Axloqshunoslik. - Toshkent. O'zbekiston, 2010. -B. 25-27.

4. Rajabov, S. S. HUMAN FACTOR IN CYBERSPACE: ITS INFLUENCE ON AESTHETIC URBRINING. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, №1(4), 2019. 127-131.

5. Ashuraliyevna, M. L., Salihovna, K. D., Shuhratovna, A. N., Ilhamovich, T. A., Sheraliyevich, R. S., & Komilovich, A. S. Formation of cyber space, protecting youth from the danger of cyber extremism. International Journal of Recent Technology and Engineering, №8(2 S4), 2019. 612-616.

6. А. И. Туляев (2022). СТРУКТУРА ДОСУГА ГАРМОНИЧНО РАЗВИТОГО ПОКОЛЕНИЯ ИНФОРМАЦИОННЫМИ И КОМПЬЮТЕРНЫМИ ТЕХНОЛОГИЯМИ. Academic research in educational sciences, 3 (NUU Conference 2), 507-511. doi: 10.24412/2181-1385-2022-2-507-511

7. MUXAMEDJANOVA, L. (2022). AMALIY ETIKA VA ESTETIKA O'quv qo'llanma. https://scienceweb.uz/publication/4489

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.