Научная статья на тему 'ESTETIK EHTIYOJLAR TRANSFORMATSIYASIDA IJTIMOIY TARMOQLARINING AHAMIYATI'

ESTETIK EHTIYOJLAR TRANSFORMATSIYASIDA IJTIMOIY TARMOQLARINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

553
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kibermakon / transformatsiya / estetik ehtiyoj / ijtimoiy tarmoq / kiberestetika / web dizayn / kibermarketing. / киберпространство / трансформация / эстетическая потребность / социальная сеть / киберэстетика / веб-дизайн / кибермаркетинг.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Shuxratjon Sheraliyevich Rajabov

Bugungi kunga kelib keng jamoatchilikning qiziqishiga sabab bo‗layotgan, internet, media mahsulotlar, video o‗yinlar, ijtimoiy tarmoqlar, marketing faoliyatida shaxs ehtiyojlarining transformatsiyasi yuz bermoqda. Dunyo miqyosida ommalashuvi, hozirgi tarmoqlar faoliyatining mavqeyi, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning an‘anaviy axloqiy va estetik qadriyatlarimizga o‗tkazayotgan ta‘siri alohida tadqiq qilishni talab etadigan masalalardandir. Shaxs estetik ehtiyojini qondirish, estetik dunyoqarashni o‗zgartirish uchun kibermakon vositalari asosiy rol o‗ynaydi. Internetni texnik imkoniyatidan foydalanib insonlarni muloqotga bo‗lgan ehtiyoji hisobiga «Ijtimoiy tarmoqlar» deb ataluvchi yangi bir soha, yo‗nalish shakllandi. Dastlab shunchaki kim bilandir muloqot qilish uchun xizmat qilgan ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunga kelib jamiyat hayotida yuz berayotgan ijtimoiysiyosiy o‗zgarishlarga o‗zining ilg‗or fikrlari bilan munosabat bildiruvchilar insonlar uchun tengsiz bir vositaga aylanayotganligi bugungi kunda dolzarb bo‗lib bormoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Сегодня трансформация личных потребностей происходит в Интернете, медиапродуктах, видеоиграх, социальных сетях, маркетинговых мероприятиях, которые вызывают интерес широкой публики. Глобальная популярность, статус современных сетей, а также влияние социальных сетей на наши традиционные моральные и эстетические ценности — вопросы, требующие специального исследования. Инструменты киберпространства играют ключевую роль в удовлетворении личных эстетических потребностей и изменении эстетического мировоззрения. В связи с потребностью людей в общении с использованием технических возможностей Интернета образовалась новая область и направление под названием «Социальные сети». Социальные сети, изначально служившие лишь для общения с кем-либо, в настоящее время становятся бесподобным инструментом для людей, реагирующих на социальные и политические изменения, происходящие в жизни общества, своими передовыми мыслями

Текст научной работы на тему «ESTETIK EHTIYOJLAR TRANSFORMATSIYASIDA IJTIMOIY TARMOQLARINING AHAMIYATI»

National University of Uzbekistan

Google Scholar indexed

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-539-546

ESTETIK EHTIYOJLAR TRANSFORMATSIYASIDA IJTIMOIY TARMOQLARINING AHAMIYATI

Shuxratjon Sheraliyevich Rajabov

Falsafa doktori (PhD), katta o'qituvchi

ANNATOTSIYA

Bugungi kunga kelib keng jamoatchilikning qiziqishiga sabab bo'layotgan, internet, media mahsulotlar, video o'yinlar, ijtimoiy tarmoqlar, marketing faoliyatida shaxs ehtiyojlarining transformatsiyasi yuz bermoqda. Dunyo miqyosida ommalashuvi, hozirgi tarmoqlar faoliyatining mavqeyi, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning an'anaviy axloqiy va estetik qadriyatlarimizga o'tkazayotgan ta'siri alohida tadqiq qilishni talab etadigan masalalardandir. Shaxs estetik ehtiyojini qondirish, estetik dunyoqarashni o'zgartirish uchun kibermakon vositalari asosiy rol o'ynaydi. Internetni texnik imkoniyatidan foydalanib insonlarni muloqotga bo'lgan ehtiyoji hisobiga «Ijtimoiy tarmoqlar» deb ataluvchi yangi bir soha, yo'nalish shakllandi. Dastlab shunchaki kim bilandir muloqot qilish uchun xizmat qilgan ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunga kelib jamiyat hayotida yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlarga o'zining ilg'or fikrlari bilan munosabat bildiruvchilar insonlar uchun tengsiz bir vositaga aylanayotganligi bugungi kunda dolzarb bo'lib bormoqda.

Kalit so'zlar: kibermakon, transformatsiya, estetik ehtiyoj, ijtimoiy tarmoq, kiberestetika, web dizayn, kibermarketing.

АННАТОЦИЯ

Сегодня трансформация личных потребностей происходит в Интернете, медиапродуктах, видеоиграх, социальных сетях, маркетинговых мероприятиях, которые вызывают интерес широкой публики. Глобальная популярность, статус современных сетей, а также влияние социальных сетей на наши традиционные моральные и эстетические ценности — вопросы, требующие специального исследования. Инструменты киберпространства играют ключевую роль в удовлетворении личных эстетических потребностей и изменении эстетического мировоззрения. В связи с потребностью людей в общении с использованием технических возможностей Интернета образовалась новая область и направление под названием «Социальные сети». Социальные сети, изначально служившие лишь для общения с кем-либо, в настоящее время становятся бесподобным инструментом для

April, 2023

539

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-539-546

людей, реагирующих на социальные и политические изменения, происходящие в жизни общества, своими передовыми мыслями.

Ключевые слова: киберпространство, трансформация, эстетическая потребность, социальная сеть, киберэстетика, веб-дизайн, кибермаркетинг.

Today, the transformation of personal needs is taking place on the Internet, media products, video games, social networks, marketing activities that arouse the interest of the general public. Global popularity, the status of modern networks, and the impact of social networks on our traditional moral and aesthetic values are issues that require special study. The tools of cyberspace play a key role in satisfying personal aesthetic needs and changing the aesthetic worldview. In connection with the need of people to communicate using the technical capabilities of the Internet, a new area and direction called "Social Networks" has been formed. Social networks, which originally served only to communicate with anyone, are now becoming an incomparable tool for people to respond to social and political changes taking place in society with their advanced thoughts.

Keywords: cyberspace, transformation, aesthetic need, social network, cyberaesthetics, web design, cybermarketing.

Taraqqiyotning hozirgi pallasida ijtimoiy munosabatlarga bo'lgan talab sira kamaygani yo'q. Faqat endilikda ushbu talabni qondirishning usullari o'zgarmoqda. Ijtimoiy munosabatlarning o'zi esa, yangicha ko'rinish kasb etgan. Gap hammamizga ma'lum ijtimoiy tarmoqlar haqida ketmoqda. Qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlar virtual kenglikda nihoyatda ommalashdi. Bu jihatdan ularni internet makonidagi chinakam yangi fenomen, deb atash mumkin. Biroq mazkur fenomen dastavval internet emas, sosiologiya fanida paydo bo'lganini ham eslatib o'tish o'rinlidir. Ijtimoiy munosabatlarning yangi shakli sifatida «ijtimoiy tarmoq» tushunchasi olimlar tomonidan o'tgan asrning 30-yillaridan boshlab o'rganib kelinmoqda. Ilmiy ta'rifga ko'ra, «ijtimoiy tarmoq» ijtimoiy obyekt (inson yoki tashkilot)lar hamda ular o'rtasidagi ijtimoy munosabatlardan hosil bo'luvchi ko'plab tugunlardan tashkil topgan ijtimoiy tuzilmani ifoda etadi [1].

Estetikaning qo'llanilish sohalarini quyidagicha tasniflash mumkin:

1) Fan, ilm sohasi. Estetika mustaqil fan sifatida mavjud, lekin ushbu atama boshqa fan sohalarida ham keng qo'llaniladi;

ABSTRACT

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-539-546

2) Faoliyatlar sohasi. Estetik faoliyatlar bilan amaliy shug'ullanayotgan inson, estetik qonuniyatlari bilmog'i, ularga layoqati, didi, bo'lmoqg'i lozim. Faoliyatlar sohalari estetikasi ikkiga bo'linadi:

Badiiy faoliyatlda - badiiylik bilan bog'liq sohalarning bar-chasi estetik qonuniyatlar amal qiladi. San'at, dizayn, go'zallik in-dustriyasi, kosmetalariya va b;

Badiiy bo'lmagan faoliyatda - mehnat estetikasi, iqtisod, marketing, medi mahsulotlar va boshqalar.

3) Estetik qiymat yoki baho ma'nosida (masalan hozirgi kunda landshaftlarning estetik bahosi, qiymati belgilanadi).

4) Barcha sohalarda sifat darajasini belgilovchi omil sifatida (turli faoliyat nomlari, brend va logotiplarda).

5) Tarbiya sohasida.

U.Gibson o'z qarashlarida kibermakonni jamoaviy gallyutsinatsiyalar, inson tizimidagi har qanday kompyuterning xotira banklaridan olingan ma'lumotlarning grafik tasviri, aqlning ko'rinadigan maydonini kuzatuvchi yorug'lik chiziqlari nuqtai nazaridan tahlil qilgan. Rossiyalik olim I.A.Vasilenko istalgan davlatning kuchi va ta'siri uning axborot makonidagi o'rni bilan bevosita bog'liqligini tushuntirishga harakat qilgan [2]. A.Mo'minov o'zining «O'zbekiston: axborotlashgan jamiyat sari» nomli monografiyasida shunday fikr bildirgan - «Global tarmoqning foydalanuvchilari Internet bunday keng tarqalishining sabablari qatorida axborot uzatishning bir-biridan ajralmagan, quyidagi afzal jihatlarini qayd etadilar: axborotni bosma holda uzatish; radio (ovoz yo'li bilan); televidenie (ovoz+video)» [3]. G.G'affarova murakkab tizimlarda axborot generatsiyasining falsafiy-metodologik jihatlarini asoslash bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borgan. A.Tulyaev o'z tadqiqotlarida «virtual olam» muammolarini sotsiologiya, kibernetika, tibbiyot bilan o'zaro aloqadorlikda tadqiq qilish muhimligini ta'kidlab, kishilarning hayot faoliyati kundan-kunga «virtual hamjamiyatda», «tarmoqli jamiyatda», «kibermakonda» faol amalga oshayotganligi haqidagi fikrlarni ilgari surgan [4].

Bugungi kunda estetik faoliyat sohasida mediamahsulotlarri o'rganish tadqiqotlari olib borilmoqda. Ko'plab foydalanuvchilar faqat ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqot qilish uchun internetga kirishlari estetik qiziqdir. Bunday foydalanuvchilar uchun ijtimoiy tarmoqlar internetning mutlaq sinonimidir, chunki ijtimoiy tarmoqlar orqali ko'p narsalarni qilish mumkin: sof muloqot qilishdan tortib, ommaviy axborot vositalarining kun tartibini o'rganishgacha; xaridlarni amalga oshirish, audiovizual kontentni tomosha qilish

va tinglash kabilarni misol keltirish mumkin. Global tarmoq

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-539-546

foydalanuvchilari 2022-yil yanvar oyida butun dunyo bo'ylab 4,62 milliardni tashkil etdi. Bu ko'rsatkich butun dunyo aholisining 58,4 foiziga teng. Dastlab «ijtimoiy tarmoq» atamasi 1954 yilda Jeyms Barns tomonidan «Classes and Meetings in the Norwegian Island Parish» asarida paydo bo'lgan. Barnsning fikricha, «Ijtimoiy tarmoq ijtimoiy tuzilma (matematik jihatdan - grafik), ijtimoiy obyektlar (odamlar va tashkilotlar) bo'lgan tugunlar guruhi va ular o'rtasidagi aloqalar (ijtimoiy munosabatlar) dan iborat» [5]. Ya'ni, dastlab konsepsiyaning ko'rinishi va uning tadqiqotlari butun dunyo bo'ylab tarmoqqa aloqasi yo'q edi. Biroq, jamiyatning axborot texnologiyalari sohasidagi jadal rivojlanishi Internet makonida allaqachon ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishiga olib keldi.

Ijtimoiy tarmoq ingliz tilidagi «social networking service» so'zidan olingan bo'lib, tarkibi, faqatgina ishtirokchilardan iborat va ular orasida muloqotni o'rnatuvchi, ko'p foydalanuvchiga ega interaktiv veb-saytlar asosida yaratilgan tarmoqdir.

Internet orqali ijtimoiy tarmoqlarni qo'llanilishi xususida tadqiqotchi Bitkov quyidagicha ta'rif beradi «Dasturiy ta'minot xizmati, guruh yoki guruhlardagi odamlar o'rtasidagi o'zaro ta'sir qilish platformasi. Ijtimoiy tarmoq interaktiv, ko'p foydalanuvchili veb-sayt bo'lib, uning mazmuni tarmoq a'zolari tomonidan to'ldiriladi. Veb-sayt - bu umumiy manfaatlar bilan birlashgan foydalanuvchilar guruhi bilan muloqot qilish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan ijtimoiy muhit» [7]. Ijtimoiy tarmoqning asosini shaxsiy foydalanuvchi profillari tashkil etadi, ularda sohaga oid barcha ma'lumotlar, yosh va bir-biriga bog'lanishi mumkin bo'lgan boshqa shaxsiy ma'lumotlar mavjud.

Ijtimoiy tarmoqlar paydo bo'lishi insoniyatga xos bo'lgan ikkita kuchli istak sabab bo'ldi. Ular o'zaro muloqotga va o'z fikrini bildirishga bo'lgan ehtiyojdir. Bu ehtiyojlar avvaldan bo'lib kelgan, bundan keyin ham saqlanib qoladi. Ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda doimo rivojlanib borayotgan media muharrirlari tomonidan o'zlashtirilgan aloqa platformasi turi. Ommaviy axborot vositalaridagi hodisalar, media tasvirlari va voqelik obyektlari tanqidiy baholanadi, subyektiv talqin qilinadi va asosli ravishda tushuntiriladi. Kommunikativ makonning eng muhim xarakteristikasi - bu tarkib bo'lib, uni tashkil etishda jurnalistik materiallar mualliflari va sharhlar mualliflari deyarli teng holatda harakat qilishadi.

Ijtimoiy tarmoqlar mantiqan «insonlar o'rtasidagi muloqotni ta'minlash, turli dunyo xabarlaridan boxabar etish, do'st orttirish, o'zining ikkinchi bo'lagini «sevgisini» topishda insonlarga yordam berish» kabi

maqsadlari borligini bildirishadi, ammo bu bilan ular yoshlar

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-539-546

ongiga ommaviy madaniyatni singdirib, ularning ongini umuman yot bo'lgan romantik g'oyalar, xom xayollar bilan to'ldiradi. Buning tub mohiyatiga nazar solsak, kimlarningdir iqtisodiy yoki siyosiy maqsadlari yotishini ko'rish mumkin. Chunki o'z g'oyalarini sezilarsiz tarzda singdirib bo'lgach, ijtimoiy tarmoqlar turli chaqiriqlar va reklamalar orqali avval moliyaviy so'ngra, hatto, yashirin siyosiy maqsadlarini ham amalga oshirishi mumkin [8].

Ijtimoiy tarmoqlarda kim foydalanuvchilarini uchta asosiy guruhga ajratish mumkin:

Mustaqil odamlar. Mazkur guruh vakillari ijtimoiy tarmoqlarda juda kam -kuniga, haftasiga yoki hatto oyiga bir marta paydo bo'lishadi. Bunda ular sahifalarda o'zi haqida unchalik ko'p ma'lumot qoldirishmaydi, ba'zida umuman yashirishadi. Ular tarmoqqa faqat zarurat tug'ilgandagina — kimningdir manzili yoki telefonini izlash, muhim xabarga javob berish uchun kirishadi. Agar o'z sahifasiga kirishga hojat bo'lmasa, unga kirib o'tirmaydi. Bunday insonlar odatda o'z estetik faolityai va estetik ehtiyojlarini real hayotdan izlashadi;

O'tish davridagi kimsalar. «Yuzerlar»ning mazkur guruhi o'z akkauntlariga tez-tez - kuniga bir martadan ortiq kirib turishadi. Bunda ularga aniq sababning keragi yo'q - shunchaki guruhlar yoki do'stlari sahifalarini «varaqlash» xohishi: shu tariqa zerikishni yo'qotadi. O'tish bosqichida odamlar odatda taxminan ikki-uch oylab «turishadi», keyin uchinchi tipga «sakrab o'tishadi». Kamdan-kam hollarda ushbu bosqichdan «mustaqil» bosqichga qaytiladi. Bu turdagi shaxslar uchun ijtimoiy tarmoqlar hayotining birlamchi sifati, ajradmas qismi deb hisoblashadi;

Tobe kishilar. Afsuski, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining mazkur tipi eng keng tarqalgan. Bunday kishilar har 10-20 daqiqada o'z sahifalarini yangilab turishni unutmaydi - axir kimdir yozib qolishi mumkin-da! Yuzaga kelgan «hech narsa haqidagi» yozishma bir soatgacha cho'zilishi va «xo'jayin»ni reallikdan butkul ayirishi mumkin. Mabodo xabar bo'lmasa, o'zini keraksizdek his qila boshlaydi - bu nimasi, hech kim menga yozmayapti! Ushbu hodisa shaxslarning axborot olamiga keng kirib borishi shaxs estetik madaniyati va g'oyaviy-ma'naviy tarbiyasiga ko'plab keraksiz ma'lumotlarni singdirishga olib kelmoqda. Har kuni ommaviy axborot vositalari orqali dunyoga tarqalayotgan milliardlab axborotlar o'zining yangi-yangi ma'no-mazmunini namoyon etmoqda. Yoshlarda ularga qiziqish kuchli va buning oqibatida millat kelajagiga tahdid soluvchi xavf-xatar ham kuchaymoqda [9]. Bu tip vakillari ijtimoiy tarshmoqlarda kuniga kamida 6 - 8 soat o'tiradi va umrini «onlayn» holatda o'tkazadi. Uning yoqtirgan

tarmoqlarisiz bir yoki ikki kun yashashi nihoyatda mushkul.

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-539-546

Ijtimoiy tarmoqdagi ommaviy axborot vositalarining estetik tahlili, jamoatchilikning har bir alohida elementining estetik ta'sirini o'rganish, uning rang dizaynidan boshlab, foydalanuvchi sharhlari bilan yakunlangan har tomonlama amalga oshirilishi kerak. Jamoatchilikning har bir elementi alohida (tahririyat sharhi, yangiliklar sarlavhasi, yangiliklar sarlavhasi, foydalanuvchi sharhlari) o'zini-o'zi ta'minlay olmaydi, lekin shunga qaramay, asosiy manbaga e'tiborni jalb qilishning zarur va samarali vositasi bo'lib xizmat qiladi va shuning uchun o'zining asosiy vazifasini targ'ib qilib, media mahsulot estetik jihatdan ta'sir o'tkazadi.

Ijtimoiy tarmoqlarning soni oshib borayotganganligi sababli ularga tashrif buyurish, tanlash imkoniyati xam kengayib bormoqda. Ana shuning uchun ham reklama joylashtirish orqali o'z tarmoqlariga kiruvchilarni jalb etish usulini topishmoqda. Ba'zi bir ijtimoiy tarmoqlar bu borada turli hil usullar va vositalardan foydalanishmoqda. Bu orqali inson ongi va uning estetik madaniyatiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqdalar. Bunday saytlarning vaqtinchalik foydalanuvchilari ko'payishi mumkin, lekin vaqt o'tgach ularning soni kamayib boradi. O'zbekiston sharoitida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilarni yoshini, ishini, hududini, hisobga olgan holda yaratish lozim. Bu orqali berilayotgan axborotlar insonlarning ongi va madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilmog'i lozim.

Kibermakonda subyekt bilan obyekt o'rtasidagi o'zaro harakat va o'zaro ta'sirning maxsus turini anglatuvchi estetik munosabatga kirishmoqda [10]. Estetik munosabat nafosatli obyektdir. Aslini olganda, nafosatli bo'lmagan narsalarning o'zi yo'q. Kibermakonda xar qanday voqea-hodisa nafosatli tabiatga ega bo'lib, estetik munosabat va nafosatli baho obyektiga aylanishi mumkin. Lekin ular ma'lum bir talablarga javob berishlari kerak: birinchidan, aniq his tuyg'u, sezgi idrok qobiliyati va imkoniyatiga ega bo'lishi, ikkinchidan, u yoki bu voqea-hodisa insoniy aloqalar va munosabatlarga kirishib, ijtimoiy ahamiyat kacb etishi kerak. Shundagina kibermakondagi voqea-hodisa estetik munosabat obyektiga aylanadi, ya'ni u o'z qadrini topadi, baholash esa voqea-hodisalarning qadri yoki ijtimoiy ahamiyatini anglashning maxsus shaklidir.

Ijtimoiy tarmoqlarga estetik munosabat dunyoning semantik nuqtai nazaridan rivojlanishidir. Shaxs ijtimoiy tarmoqni kognitiv, ishlab chiqaruvchi, ijtimoiy o'zgartiruvchi ta'sir obyekti deb hisoblamaydi. Inson narsalarning «ruhi»ni his qila boshlaydi, boshqasini tushunish qobiliyatiga ega bo'ladi [11]. Dunyoga estetik munosabat oqilona qurilish emas, u turli xil ma'naviy tarbiya bilan oson «bog'lanadi», yaniki utopik ong, afsona, mafkura

singarilar bilan o'lchanadi.

April, 2023

National University of Uzbekistan

Google Scholar indexed

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-539-546

Bugungi kun axborot makoni rivojalanib boriishi shaxs estetik ehtiyojlarining transformatsiyasiga olib keldi. Kibermakon shakllanishi va rivojlanishi insonlarning qiziqishlari va hissiyotlariga bevosita bog'liq holda o'zgarib bordi. Ushbu bobda kibermakonda shaxs estetik ehtiyojlarining transformatsiyasi natijasida yuzaga keladigan virtual olam estetikasi, axborot estetikasi, kibermakondagi estetik munosabat va estetik faoliyatlar o'zgarishi tendensiyalari, ijtimoiy tarmoqlarning yangi estetik munosabatlar maydoni sifatidagi tasnifi, kibermakonda Veb dizayn va mareting estetik hususiyatlari konseptual ahamiyati bilan bog'liq bo'lgan fikrlar, farazlar, qarashlarni umumlashtirgan tarzda quyidagi xulosalarni qilishimiz mumkin:

Birinchidan, virtual olam foydalanuvchilarning estetik zavq olishlariga mo'ljallangan bo'lib, ularning hozirgi shaklida asosan interaktiv virtual 3D muhiti bilan sinonim bo'lib, asosan onlayn multiplaer o'yinlari shaklida shaxs ehtiyojlarini qondiradi [12].

Ikkinchidan, virtual olam voqea-hodisalardan iborat san'at asariga o'xshaydi. Ma'lumki, san'at reallikdan ideallikka, falsafa esa ideallikdan reallikka qarab boradi, ya'ni san'at real voqelikni inkor yoki tasdiq etish bilan ideallikni barqaror qiladi, falsafa hayotiy va transsendental haqiqatlarni reallikka singdirishga intiladi. Kibermakonda san'at insonga o'zidan go'zalroq, ulug'vorroq insonni, o'z hayotidan go'zalroq, ulug'vorroq hayotni taqdim etadi, ya'ni estetik idealni beradi.

Uchinchidan, marketing estetikasining atrofdagi voqelikka ta'siri orqali estetik kategoriyalar jamiyat hayotining barcha sohalarini transformatsiya qildi. Ma'naviy va madaniy shakllar, qadriyatlar va yo'nalishlarning shakllanishi va o'zgarishi o'rganildi.

REFERENCES

1. Umarova N. Globallashuv sharoitida axborot xurujlariga qarshi kurash. -Toshkent: Akademiya, 2005. - B. 265.

2. William Gibson. Neuromancer. - New York: 20th Anniversary Edition Ace Books, 2004. - № 4. -P. 87.

3. Василенко И.А. Геополитика современного мира. - М., 2006. - С. 317.

4. Mo'minov A.G. O'zbekiston: axborotlashgan jamiyat sari. -Toshkent: Turon zamin ziyo, 2013. - B. 12.

5. Tulyayev A.I. Virtual olamning axloqiy muammolari (falsafiy tahlil): Fals. fan. bo'y. fals. dok. (PhD) ... dis. avtoref. -Toshkent: O'zMU, 2021. - B. 15.

6. Simakova, S. I. Modern Journalism and Social Networks. -Питер: Problemnoye pole mediaobrazovaniya, №1(9), 2012. - С. 16-18.

7. Bitkov L. A. Practical Use of Social Networks by Journalists and PR Specialists. - Ekaterinburg: UrFU, 2011. -279-283.

April, 2023

545

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-539-546

8. Tulyaev A.I. Virtual olamning axloqiy muammolari (falsafiy tahlil): Fals. fan. bo'y. fals. dok. (PhD) dis. avtoref. - Toshkent, 2021. - B. 14.

9. G'aybullaev O. Shaxs estetik madaniyatining shakllanish va rivojlanish muammolari: Fals. fan. dok.(DSc) ... dis. -Toshkent, 2011. -B. 217.

10. Xin Gu. Social networks and aesthetic reflexivity in the creative industries. -Beijing. 2019. - P. 54.

11. Solihovna K. D. Human beauty and art. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, №2(5). 2021. - B. 156-163.

12. Solihovna, D. Aesthetics of Images and Symbols. International Journal on Integrated Education, №4(10), 2021. -B. 143-146.

13. Aesthetic ideal and aesthetic criterion. DS Kadirova 2021 ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research 11 3 1748-1760 South Asian Academic Research Journals

14. THE APPEARANCE OF NEW AESTHETIC CRITERIA IN MODERN ART Авторы Dilbar Salihovna Kadirova Дата публикации 2019 Журнал Scientific Bulletin of Namangan State University Том 1 Номер 12 Страницы 72-78

15. Solihovna K. D., Amirovna Z. A. NON-ART OBJECTS ARE THE PHILOSOPHY OF SOPHISTICATION. AESTHETICS OF NATURE //World Bulletin of Social Sciences. - 2023. - Т. 20. - С. 94-97.

16. KADIROVA, D. (2023). ZINGIBER OFFICINALE L.-HISTORY AND STUDY. World Bulletin of Social Sciences, 20, 94-97.

17. Solihovna, K. D. (2021). Human beauty and art. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, 2(5), 156-163.

18. Solihovna, D. (2021). Aesthetics of Images and Symbols. International Journal on Integrated Education, 4(10), 143-146.

19. А. И. Туляев (2022). СТРУКТУРА ДОСУГА ГАРМОНИЧНО РАЗВИТОГО ПОКОЛЕНИЯ ИНФОРМАЦИОННЫМИ И КОМПЬЮТЕРНЫМИ ТЕХНОЛОГИЯМИ. Academic research in educational sciences, 3 (NUU Conference 2), 507-511. doi: 10.24412/2181-1385-2022-2-507-511

20. MUXAMEDJANOVA, L. (2021). Тенденции изменения этических норм в информационном обществе. https://scienceweb.uz/publication/4483

21. Abduazimova, Z. A. (2021). Philosophical Features of the Conceptual Approach in the Formation of Environmental Ethics in the Process of Globalization. International Journal on Integrated Education, 4(10), 138-142.

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.