Научная статья на тему 'AXBOROTLASHGAN JAMIYAT TUSHUNCHASINING MAZMUNMOHIYATI VA TARIXIY EVOLYUTSIYASI'

AXBOROTLASHGAN JAMIYAT TUSHUNCHASINING MAZMUNMOHIYATI VA TARIXIY EVOLYUTSIYASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

10600
1442
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Axborotlashuv / axborotlashgan jamiyat / integratsiya / globalliztsiya / komleks axloq / ijtimoiy aloqa / axloqiy norma / madaniy me’yor / internet / kompyuter / elektronika / kibernetika / yangi davr sohalari / qadimgi davr svilizatsialari / XXI asr demokratiyasi / sotsiologik ta’sir / etnogenez / yagona qadiryat / qonun / chegara / erkinlik / vijdon / Informatization / information society / integration / globalization / complex ethics / social communication / ethical norms / cultural norms / internet / computer / electronics / cybernetics / new age fields / ancient civilizations / 21st century democracy / sociological influence / ethnogenesis / single value / law / borders / freedom / conscience

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Shavkat O’Ktam O’G’Li O’Ktamov

XXI-asr insoniyat tarixiga yangi axborot asri nomi bilan kirib keldi. Bugungi davr shiddat bilan rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari, kibernetika, kompyuter va boshqa nano texnologiyalarning rivoji bilan xarakternaladi. Maqolada Axborot, axborotlashgan jamiyat tushunchasining tarixiy evolyutsiyasi, kelib chiqish sabablari, mazmun-mohiyati haqida gap boradi. Shuningdek ushbu maqolada axborotlashgan jamiyat tushunchasining kelib chiqishiga tegishli bo’lgan tarixiy faktlar, ijtimoiy-iqtisodiy sabablar haqida va bugungi kundagi jarayonlarni qamrab oladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The 21st century has entered human history under the name of a new information age. Today's era is characterized by the rapid development of information technology, cybernetics, computers and other nanotechnologies. The article deals with the historical evolution of the concept of information, information society, its causes, content and essence. This article also covers historical facts related to the origin of the concept of an informed society, socio-economic causes, and current processes

Текст научной работы на тему «AXBOROTLASHGAN JAMIYAT TUSHUNCHASINING MAZMUNMOHIYATI VA TARIXIY EVOLYUTSIYASI»

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-523-528

AXBOROTLASHGAN JAMIYAT TUSHUNCHASINING MAZMUN-MOHIYATI VA TARIXIY EVOLYUTSIYASI

XXI-asr insoniyat tarixiga yangi axborot asri nomi bilan kirib keldi. Bugungi davr shiddat bilan rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari, kibernetika, kompyuter va boshqa nano texnologiyalarning rivoji bilan xarakternaladi. Maqolada Axborot, axborotlashgan jamiyat tushunchasining tarixiy evolyutsiyasi, kelib chiqish sabablari, mazmun-mohiyati haqida gap boradi. Shuningdek ushbu maqolada axborotlashgan jamiyat tushunchasining kelib chiqishiga tegishli bo'lgan tarixiy faktlar, ijtimoiy-iqtisodiy sabablar haqida va bugungi kundagi jarayonlarni qamrab oladi.

Kalit so'zlar. Axborotlashuv, axborotlashgan jamiyat, integratsiya, globalliztsiya, komleks axloq, ijtimoiy aloqa, axloqiy norma, madaniy me'yor, internet, kompyuter, elektronika, kibernetika, yangi davr sohalari,qadimgi davr svilizatsialari, XXI asr demokratiyasi, sotsiologik ta'sir, etnogenez, yagona qadiryat, qonun, chegara, erkinlik, vijdon.

The 21st century has entered human history under the name of a new information age. Today's era is characterized by the rapid development of information technology, cybernetics, computers and other nanotechnologies. The article deals with the historical evolution of the concept of information, information society, its causes, content and essence. This article also covers historical facts related to the origin of the concept of an informed society, socio-economic causes, and current processes.

Keywords. Informatization, information society, integration, globalization, complex ethics, social communication, ethical norms, cultural norms, internet, computer, electronics, cybernetics, new age fields, ancient civilizations, 21st century democracy, sociological influence, ethnogenesis, single value, law, borders, freedom, conscience.

Shavkat O'ktam o'g'li O'ktamov

O'zbekiston Milliy universiteti magistranti shavkatuktamov75@gmail .com

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

April, 2022

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-523-528

XXI asr - globallashuv davri, texnika asri. Global tarzda texnologiyalar va aloqa komunikatsiyalari rivojlanib,taraqqiy etib borishi o'ziga xos ravishda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy holatlarni keltirib chiqarmoqda. Globallashuv davrida jamiyatlar shiddat bilan integratsiyalashmoqda. Bu integratsiyalashuv jamiyatdagi insonlarning induvdal va umumiy tarzda global ijtimoiy aloqalar olib borish imkoniyatlarini favqulotda tezlashtirib yubordi. Yangi davrdagi o'zaro ijtimoiy aloqalar asta-sekinlik bilan barcha uchun bir xil axloq, ma'daniyat qoidalariga undovchi kompleks axloq ya'ni ommaviy madaniyatni keng yoyilishiga sabab bo'lib -yangicha "XXI asr demokratiyasi" nomini olmoqda. Buning salbiy tomonlaridan biri shundaki - aynan bir jamiyat uchun xos bo'lgan milliy, hududiy va tarixiy shakillangan - axloqiy, madaniy me'yor chegaralarining o'rnini turli xil jamiyatlarning axloqiy, madaniy, sotsiologik ta'sir qorishmalaridan iborat bo'lgan globall axloq va madaniyat egallamoqda. Axloqiy meyor qoidalari va madiyat chegaralari har qachongi davrdan ko'ra ahamiyati yuqoriroqdir. Buguni kunda burch , mas'uliyat , vijdon , axloqiy norma barcha jamiyatlarda xususan biz uchun ham dolzarb masaladir.

Faylasuf olima L.A.Muhammedjanovaning fikricha : - "Bugun dunyo chuqur o'zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Iqtisodiy o'zaro globallashuv va kuchayib borayotgan o'zaro bog'liqlik, kuchli va hamma joyda mavjud aholi migratsiyasi. Ijtimoiy tuzilmadagi o'zgarishlar chuqurlashishib, jamiyatlar tez rivojlanmoqda. Bunday holatlar sodir bo'lganda murakkab o'zgarishlar, millatlararo nizolarga olib kelishi mumkin, dunyoning turli burchaklarida to'qnashuvlar hali ham rivojlanmoqda. Jamiyat borlig'idagi - milliy, etnik, millatlararo munosabatlar, muammolar, vazifalar ularning yechimi, o'tmishda ishlatilgan eski vositalar va usullar bilan hal etilmay qoldi. Hayot kun tartibiga yangi muammolarni qo'ydi-milliy masalaga yondashish va eski usullardan qat'iy voz kechish." [1]

Bugungi davr jamiyatlar o'zaro faol integratsiyalashayotgan, axborot texnikasi , komunikatsiya, texnologiyalar rivoji globallashayotgan bir so'z bilan aytganda globallashuv va axborotlashayotgan jamiyatlar qaror topayotgan davrdir. Axborotlashgan jamiyatning qaror topishi tezlashayotgan davrda uni har tomonlama o'rganishimiz biz uchun tobora hayotiy zaruratga aylanib bormoqda va bunday jamiyat kelib chiqish tarixi, sabablarini o'rganishimiz ham kun tartibidagi asosiy masalardan biridir zero bugungi kunda biz ham shu jamiyat tomon asta-sekin yuzlanmoqdamiz.

Insoniyat paydo bo'lgan davrdan boshlab to bugungi asrga

qadar turli xil rivojlanish yo'llarini bosib o'tib svilizatsiya nomini

April, 2022

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-523-528

oldi. Rivojlanish davrining eng ibtidoiy davridan hozirgi rivojlangan davrigacha axborot insoniyatning regulyativ vazifasini belgilab berishda muhim ahamiyat kasb etdi. Axborot insonning gnesiologik-ratsional,irratsional bilimlarning asosini tashkil qiladi. Axborot qadimdan isonlarning tur sifatida yashab qolishiga va keyingi revolyutsiyasida muhim ahamiyat kasb etgan. Dastlabgi axborot shakli inuitiv tarzda rivojlangan ya'ni o'zini saqlab qolishga intilish shaklida, keyinchalik insonlarda yig'ilgan axborotlar jamlanib nutq ko'rinishini olgan bu insonlar orasidagi eng dastlabgi buyuk integrativ va aloqa shakli hisoblanib, insoniyat tarixidagi dastlabgi ongli muloqot davrini boshlab bergan.Insoniyat ongining muhim xususiyatin shundaki u axborotlarni ya'ni informatsiyalarni saqlash, qayta ishlash, uzatish, berilgan axborotlar asosida ong ma'lumotlarni ya'ni o'z-o'zini qayta ishlash va o'zgartirish xususiyatiga ega.Insonlarda muloqot paydo bo'lishi axborotning og'zaki shaklini vujudga keltirdi. Insonlarning tevarak olamni teranroq tushunishga intilishi rasmlar va shakillar yaratilishiga, bu esa ma'lum ma'nolarni ifodalovchi iyegroflarni ya'ni "fikr axborotini'' shakillantirdi iyegroflar yozuvlarni yaratilishigaga olib keldi, rivojlanish asosan axborotlarning to'planishi tufayli sodir bo'ldi. Yozuvning kashf etilishi axborotning muloqat shakli bilan birgalikda yozma shaklini ham vujudga keltirdi. Yozuv axborotning funksiyalari [saqlash,to'plash,uzatish] taraqqiyotini tezlashtirib insonlar o'rtasidagi aloqani yangi bosqichga ko'tardi va bu fan, estetik, etik, ratsional bilimlarning qaroror topishiga, jamiyatlarning taraqqiylashuvi muhim turtki berdi. Yozuvning nutq axborotidan farqli jihati makon[masofa] va zamon[vaqt] nuqtayi nazaridan cheklanmaganligida. Yozuv axboroti axborotning shu paytgacha bo'lgan funksiyalari, vazifalariga yangicha yo'nalish va takomillashtirish olib kirdi shuningdek davlat boshqaruvi funksiyalarini murrakab, kengroq ko'lamga olib chiqdi. Masalan dastlabgi yozuvlar yaqin sharqda old Osiyoda [Finikiya aifbosi] vujudga kelgan bo'lsa aynan shu hududlarda dastabgi Jamiyat a'zolari uchun bajarilishi va bilishi shart hisoblangan yozma axborot - Qonun ishlab chiqildi [Xamurapi qonunlari - Bobil Old Osiyo] va amalda jamiyat ustidan nazorat qilish , boshqarish uhun qo'llanildi. Insoniyat taraqqiyotida ilk fanlar tasnifini vujudga kelishi, rivojlanishi (xususan Qadimgi Yunonistonda - Antik davr) - axborotning insonlarga beradigan vazifa, mazmuniga ham jiddiy ta'sir ko'rsatdi, ma'lum vaqtlardan so'ng dastabgi fanlar vujudga kelib bu fanlar zarur bo'lgan axborotlardan foydalanish uchun dasturamal vazifasini bajargan. Insonlar yozuvdan foydalanishni boshlagandan so'ng dastab qo'lyozma, tarixiy yilnoma, shunga o'xshash bitiklar va eng muhimi dastlabgi yozma axborot -

April, 2022

National University of Uzbekistan

Google Scholar indexed

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-523-528

kitobdan foydalanishga boshlanib bu insoniyatning ong va bilim darajasini yuqori bosqichga olib chiqdi.

Avvallari axborot birlik ya'ni tor ma'noda asosan ma'lumot olish-berish shaklida bo'lgan bo'lsa endilikda axborot kengroq insonda falsafiy,axloqiy-estetik, boshqaruv, iqtisod va boshqa bilimlarni rivojlanishiga qaratildi. Dastlab kitoblardan chegaralangan darajada foydalanilgan, o'rta asrlar davriga kelib 1445-yilda Ioan Gutenberg kitob bosish dastgohini kashf etishi bilan bu jaroyon insonlarni qamrab olish darajasini yuqori darajada oshirdi. Kitob bosish dastgohini ixtiro etilishi zamonaviy yozma axborot tizimlarining chinakam asosi bo'lmish matbuotning paydo bo'lishiga sababchi bo'ldi. Aloqa voitalari, radio , televideniya , zamonaviy texnologiyalar paydo bo'lgunga qadar matbuot asosiy axborot tarqatuvchi vazifasini bajardi . Axborotga bo'lgan kuchli ehtiyojning vujudga kelishi XV-XVI asrlarda yangi bilimlarning, dunyoqarashning vujudga kelishi shuningdek Buyuk geografik kashfiyotlar omili sifatida ko'riladi. Aynan shu davr bugungi axborot turlariga shakil, mazmun-mohiyatan negiz hisoblanadi. Keyingi davlarda axborotning asosiy manbasi yozma axborot vositalari hisoblangan bo'lsa, ilm-fan yutuqlari, yangi texnologiyalar kashf etilishi, yangicha dunyoqarash, insonlarning asta-sekin globall komunikativ va integratsion aloqalarga, agrar jamiyatdan - industrial jamiyatga bo'lgan qadam yangicha axborot texnologiyalariga bo'lgan ehtiyojni ortirdi, natijada dastlab radio keyinchalik esa televideniya-telekomunikatsiyalar yaratilishiga olib keldi. Televideniya insonlarning eng muhim va ommabob axborot vositasiga aylandi. Telekomunikatsiya, aniq fanlar , EHM , kibernetika sohalarining taraqqiyoti axborotning global tarzda ommalashuvi , rivojlanishini osonlashtirdi. Bu sohalarning taraqqiyoti asosan G'arbiy yevropa davlatlarida ertaroq kechdi sababi bu davlatlarning iqtisodiy taraqqiyoti, ilmiy muhit va liberal munosabatlarning boshqa mintaqalardan avvalroq qaror topgani. Keyingi davrlarda davlat va jamiyatlar taraqqiyoti uning axborot resurslari bilan qanchalik ta'minlanganligiga qarab belgilanib-axborotlashgan jamiyat tushunchasi qo'llanila boshlandi.

Axborotlashgan jamiyat a'tamasi o'tgan asirninng 60-70 yillaridan Yapona va Amerikada qo'llanila boshlagan.Asosan axborotni olish, saqlash, yig'ish, uzatish imkoni yuqori bo'lgan, rivojlangan axborot texnologiyalari, komunikatsiyasiyalari, axborot infratuzilmalariga ega jamiyatlarga nisbatan "Axborotlashgan jamiyat'' tushuchasi qo'llaniladi. Bu tushunchaning aniq bir gnesiologik, empirik va falsafiy muqobil ta'rifi yo'q. Uning kelib chiqishiga oid turli xil qarashlar mavjud masalan "Axborotlashgangan jamiyatning'' kelib chiqishi sanoat inqilobi davriga to'g'ri keladi bu davrda ishlab chiqaruv

April, 2022

526

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-523-528

avtomatlashtirilgan, uzoqqa tashish imkoniyati mavjud bo'lgan, zamonaviylashgan tizimlar tendensiyalar nazorat qilish aloqa o'rnatish, masofadan boshqarishni taqazo etgani bilan bog'liq deb hisoblaydi [2]. Steinfeld va Salvaggio axborotlashgan jamiyatni 5 ta yo'nalishga bo'ladi bular: Iqtisodiy (ishlab chiqarish), iste'mol, texnologik, tanqidiy va ko'p o'lchovli [3]

Faylasuf Р.Ф. Абдеев fikricha Axborot hodisasini tushuntirishda ikki xil bahs-munozaralar mavjud bo'lgan. Axborotning atributiv va funksional tushunchalari bir-biriga qarama-qarshidir. "Atributistlar" axborotni barcha moddiy obyektlarga xos xususiyat, materiyaning atributi sifatida kvalifikatsiya qiladi. "Funksionalistlar" esa, aksincha, axborotni hayotning paydo bo'lishi bilangina paydo bo'lgan deb hisoblab, o'z-o'zini tashkil etuvchi tizimlar faoliyati bilan bog'laydilar [4]

Daphne R. Raban , Avishag Gordon , Dorit Geifman olimlar jamoasining fikricha: "Axborot jamiyati" atamasining evolyutsiyasini ko'rib chiqish shuni ko'rsatadiki, bizning fikrimizcha hudud yadro va periferiya aniqlanishi mumkin bo'lgan darajaga yetdi deb ta'rif beradi. [5] Axborolashgan jamiyat tushunchasini izohlashga bo'lgan ta'riflar oxirgi 30-yil mobaynida turli xil shakillarni oldi. Ko'pgina faylasuf-olimlar, tarixchilar tarixdan to bugunga qadar bo'lgan insoniyat rivojlanish bosqich dinamikasini (svilizatsiyani) uch bosqichga bo'lishgan bular ; agrar svilizatsiya, postindustrial svilizatsiya va industrial svilizatsiya. Bugungi axborotlashgan jamiyatga - to'rtinchi to'lqin yoki to'rtinchi svilizatsiya sifatida qaralmoqda.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki butun dunyoda AKT texnologiyalari, raqamli iqtisodiyoti, avtomatlashtirish rivoji, umumiy axborot texnologiyalari taraqqiyoti kishilik jamiyatini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Tarix shuni ko'rsatadiki har bir kishilik jamiyati yangi bosqichiga o'tilishi evolutsion, tadrijiy yo'sinda amalga oshadi. Har bir yangi bosqichda yangi kasblar, yangi odatlar, yangicha san'at, fan, madaniyat, siyosat, maorif, axloq, yangicha dunyoqarash vujudga keladi. Axborotlashgan jamiyatga o'tishni bugungi kunda ayrim davlatlar davlat dasturi darajasiga ham kirgizishmoqda. Bu jamiyatga qadam tashlash ko'pgina sohalarda sifat va miqdor jihatdan ustunlikni ta'minlashga yordam beradi.

Yuqorida aytib o'tganimizdek axborotlashgan jamiyat ko'pgina sohalarga inovatsion taraqqiyot bag'ishlaydi xususan insonlarning ijtimoiy, madaniy hayotiga ham. Jumladan bizning yurtimizda ham insonlarni oliy o'quv yurtiga qamrab olish, ta'lim tizimini raqamlashtirish, inovatsion ta'lim muassasalarini tashkillashtirish, fuqarolar erkinligi va huquiy ongini yuksaltirish,

erkinlik , ochiqlik, va oshkoralik, fuqarolarni davlat boshqaruvida

April, 2022

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-523-528

yalpi ishtirok etishini ta'minlashda axborot texnologiyalarining o'rni beqiyosdir.

Shuni alohida ta'kidlash joizki butun dunyoda ketayotgan chuqur iqtisodiy -ijtimoiy o'zgarishlar insonlar uchun axloq va madaniyatning ahamiyatlilik darajasini yuqori darajaga olib chiqmoqda zero axloq - bu tarixning ruhidir.

REFERENCES

1. Christer Keller DerBegriff„GlobaleInformationsgesellschaft"Dissertation zur Erlangung des Grades Dr. rer.pol. Colloqium: 11.06.1998 12-bet

2. Daphne R. Raban , Avishag Gordon , Dorit Geifman THE INFORMATION SOCIETY Article in Information Communication and Society ■ April 2011 5-bet

3. Р.Ф. Абдеев "Философия информационной цивилизации"УЧЕБНОЕ ПОСОБИЕ ДИАЛЕКТИКА ПРОГРЕССИВНОЙ ЛИНИИ РАЗВИТИЯ КАК ГУМАННАЯ ОБЩЕЧЕЛОВЕЧЕСКАЯ ФИЛОСОФИЯ ДЛЯ XXI ВЕКА Москва 1994

4.Daphne R. Raban, Avishag Gordon , Dorit Geifman THE INFORMATION SOCIETY Article in Information Communication and Society ■ April 2011

5.Мухамеджанова Л.А. (2021). РОЛЬ НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ В РАЗВИТИИ ЛИЧНОСТИ. Вестник Евразийского национального университета имени Л. Н. Гумилева. Серия: Исторические науки. Философия. Религиоведение, (2 (135)), 123-133.

6. Agzamova Nilyufar Shukhratovna, Mukhamedzhanova Lalikhon Ashuralievna, Kadyrova Dilbar Salikhovna. (2021). Conspirological Theories of Origin Pandemic COVID-19 Ethical Issues in Dealing with the Pandemic. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 6250

7.Мухамеджанова Л.А.(2021) "Тенденции изменения этических норм в информационном обществе". Материалы конференции Социальная реальность виртуального пространства. С. 48-54

April, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.