Научная статья на тему 'ZAMONAVIY JAMIYATDA SHAXSIY MULOQOT MADANIYATINI BELGILOVCHI OMILLAR'

ZAMONAVIY JAMIYATDA SHAXSIY MULOQOT MADANIYATINI BELGILOVCHI OMILLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jamiyat / shaxs / texnologiya / muloqot / madaniyat / ijtimoiy guruhlar / globallashuv / kommunikatsiya / integratsiya / vizual aloqa / transfarmativ jarayonlar / fonograf / analitik / radio / televideniye / ijtimoiy tarmoqlar

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sanjar Abdug’Ani O’G’Li Normatov

Maqolada texnologiyaning rivojlanishda o‘zgaruvchan ijtimoiy me‘yyorlar va globallashuv ta‘siri sababli transfarmativ jarayonlarni ijtimoiy guruhlar va shaxslarning o‘zaro munosabatlarini falsafiy jihatdan ochib berilgan. Shu bilan birga axborot texnalogiyalarni takomillashtirish undan foydalanish yuzasida ko‘rsatma va tavsiyalar asosida davlat va fuqarolar o‘rtasida munosabatlarni ilmiy asoslarda tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY JAMIYATDA SHAXSIY MULOQOT MADANIYATINI BELGILOVCHI OMILLAR»

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

ZAMONAVIY JAMIYATDA SHAXSIY MULOQOT MADANIYATINI

BELGILOVCHI OMILLAR

Sanjar Abdug'ani o'g'li Normatov

JDPU falsafa tarbiya va huquq ta'limi kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada texnologiyaning rivojlanishda o'zgaruvchan ijtimoiy me'yyorlar va globallashuv ta'siri sababli transfarmativ jarayonlarni ijtimoiy guruhlar va shaxslarning o'zaro munosabatlarini falsafiy jihatdan ochib berilgan. Shu bilan birga axborot texnalogiyalarni takomillashtirish undan foydalanish yuzasida ko'rsatma va tavsiyalar asosida davlat va fuqarolar o'rtasida munosabatlarni ilmiy asoslarda tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: jamiyat, shaxs, texnologiya, muloqot, madaniyat, ijtimoiy guruhlar, globallashuv, kommunikatsiya, integratsiya, vizual aloqa, transfarmativ jarayonlar, fonograf, analitik, radio, televideniye, ijtimoiy tarmoqlar

Bugungi dunyoda yashar ekanmiz insoniyat texnologik rivojlanish o'zgaruvchan ijtimoiy me'yyorlar va globallashuv ta'siri sababli transfarmativ jarayonlarning guvohiga aylanmoqda. Jamiyatlar ijtimoiy guruhlar va shaxslar, kundalik o'zaro munosabatlarida ishtirok etar ekan shaxs muloqot madaniyatining shakllantirishda, o'zligini namoyon qilishda texnologiyalar asosiy ro'l o'ynamoqda.

Zero XXI asr dunyo axborot makoni jadallik taraqqiy etayotgan bir davrda. Yurtimizda ham "zamonaviy texnologiyalar", "kompyuterlar" "vizual aloqa", "ijtimoiy tarmoqlar", "kommunikatsiya va integratsiya" kabi tushunchalarning ommalashib borayotgani bu masalalar yuzasidan chuqur tahlil qilishga undaydi. Shu boisdan "O'zbekiston — 2030" strategiyasi texnalogiyalarni takomillashtirish undan foydalanish yuzasida ko'rsatma va tavsiyalar berilgan. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad insonlar o'rtasida yoki bo'lmasa davlat va fuqarolar o'rtasida munosabatlar texnologiyalarning o'rni yanda oshirishdan iboratdir. Keltirilgan masalalarni mantiqiy tahlil qilish uchun tushunchalar mohiyatiga e'tibor berishimiz zarurdir.

Texnologiya (grekcha : "techno" - hunar, usta va "logos"- fan ta'limot) degan ma'nolarni anglatadi. Umuman olganda texnologiyalar odamlarning o'zaro ma'lumot almashish usullarini o'zgartirdi. Tarixidan bizga ma'lumki avvalgi zamonlarda texnologiyalar uncha rivojlanmagandi va odamlar turli xil muloqot usullaridan foydalanar edi.[1] Masalan qariyalar turli xil hikoyalar orqali yosh avlodga ma'lumotlar yetkazgan. Rivoyat va afsonalar muloqotni samarali vositasi hisoblangan chunki buni eslab qolish oson edi. Ayni shu rivoyatlar avloddan avlodga o'tib

17-aprel, 2024

622

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

jamiyatning o'z madaniyatini saqlab qolishiga yordam bergan. Biroq hozirgi texnologik taraqqiyot tufayli odamlar muloqot qilishning eng ilg'or usullariga ega bo'ldi. Masalan hozirda kompyuter mobil telefon kabi ishonchli va tezkor aloqa vositalaridan foydalanadi.

Hozirda turli xil davlatlar va madaniyatlar o'rtasidagi muloqotni ham rivojida texnologiylar bevosita ijobiy ta'sir qildi chunki avvalgi davrlarda tilni bilishni imkoniyatlari kamligi uchun ko'proq imo-ishora vositasidan foydalangan bu esa xabarni tushunmay qolish yoki noto'g'ri talqin qilish xavfmi vujudga keltirgan bo'lsa hozirgi kunda bu muammolar deyarli hal qilindi. Ta'lim tizimining zamonaviylashgani ko'pchilikka bir necha tillarni o'rganish imkoniyatini yaratdi va ma'lumotlarni almashish soddalashdi.

Shu bilan birga Styuart Xollning ta'kidlashicha tomashabinlar odatda o'zlarining hayotiy tajribalari va madaniy kelib chiqishga asoslanib matnni oladilar va sharhlaydilar.[2] Ayni shu narsa texnologiya orqali odamlar matnni o'qishlari va xabarlarni qabul qilishlari va jo'natuvchiga uni talqin qilishini xohlashi asosida uni dekodlash mumkin. Texnologiya jo'natuvchiga messenjerni aniq joylashtirish imkoniyatini taqdim qiladi. Misol uchun agarda tinglovchi xabarni tushunmasa, ular real vaqt rejimida jo'natuvchi bilan moslashib, bog'lashlari va tushuntirishni so'rashlari mumkin.

Umuman oladigan bo'lsak insoniyat muloqotini soddalashtiradigan texnologiyaning tadrijiy rivojlanishi va portlash nuqtasiga to'xtaladigan bo'lsak. Birinchi navbatda aloqa vositalardagi eng katta rivojlanish yangi taraqqiyot bosqichi

Birinchi davri 1831 yilga to'g'ri keladi ayni o'sha yili telegraf ixtiro qilingan edi. Bu sangacha pochta asosiy aloqa vositasi sifatida ko'rilardi bu o'sha davr madaniyatida ham aks etgandi.

Ikkinchi davri.esa Statsionar telefon 1876 yil Aleksandr Bell va Tomas Uotson elektr telefonni ixtiro qilinishi

Uchinchi davr 1877-yilda Toms Eddeson tomonidan Fonograf ixtiro qilindi To'rtinchi davr Aleksandr Brain tomonidan 1843 faks mashinasining ixtiro qilinishi

Beshinchi davr radio va televideniye 1895-yilda A.S.Papov radioni ixtiro qildi. Keyinchalik XX asrning boshlarida televideniye ham ishga tushirildi.

Oltinchi davr XX asrning oxiri kompyuter va internetning ixtiro qilinishi Yettinchi davr 2000 yildan boshlab uyali aloqa vositasining ommaviy ishlab chiqarilishi va undan foydalanishning ommalashuvi. Shuni alohida e'tibor berish kerak har bir aloqa vositasining foydalanuvchilari bor bo'lib ularning o'ziga xos

17-aprel, 2024

623

Tashkent State University of Economics

funksiyasi mavjud bo'lgan. Misol taqirasida oladigan bo'lsak internet umumiy tarqatish tarmog'i ustida qurilgan veb-saytlar, podkastlar, bloglar, va boshqa turli texnologiyalarni o'z ichiga oladi. Beshinchi, oltinchi va yettinchi davrda ommalashgan internet va mobil telefonlar odatda raqamli media hisoblanadi. Undan oldigi davrlardagi media xizmatlari ommaviy tarzda umumiyligi bilan tavsiflanadi.

Keyingi davrda kompuyterning paydo bo'lishi ma'lumot almashish va bir-birlari bilan muloqot qilishni juda sodda va oson bo'lishiga sabab bo'ldi. Bu haqda B.Velman Internet va kompyuterlar chegaralar va madaniy to'siqlarni oshib o'tib dunyoni barcha burchakdagi odamlarni bir-biri bilan bog'ladi dedi. [3] Kompyuterlar ijtimoiy media platformalar va onlayn hamjamiyatlar vujudga kelishiga sabab bo'ldi va ularni turli xil mavzularda baxs munozara olib borishlariga sharoit yaratildi. Bunda elektron pochtalar, chat platformalar va video konferensiya kabi ilovalar xabar almashinuvning mukammal tizimini vujudga keltirdi. Masofadan turib sinxron suhbatlarni uyushtirish imkoniyati vujudga keldi. Kompyuterlardan keng foydalanish raqamli savodxonlik va muloqot qobiliyatiga ta'sir ko'rsatdi. Odamlar raqamli platformalar bilan shug'ullanar ekan ular muloqotda yangicha bo'lgan smayllar gif va umuman xar xil mazmundagi elektron munosabatlar uchun belgilar tizimi yaratildi. Shu bois kompyuterlar shaxslar aro munosabatlarning ijtimoiy dinamikasiga sezilarli tasir ko'rsatdi.

IDC analitik kompaniyasi tadqiqotlari AQSH, Brazilya va Rossiya mamlakatlarining 15 dan 24 yoshgacha bo'lgan 302 nafar fuqarosi fikrini aniqlashi natijasida shunday xulosga keldilar: Uchala davlatda tadqiqotchilar savollariga javob berganlarning barchasi global tarmoqni qulay, foydali va xavfsiz deb tan oldilar. IDS tahlilchilarining ta'kidlashicha, yosh Amerikaliklar Brazilyaliklar va ruslardan farqli ravishda, internet bilan muloqot odatdagi hol sifatida qaraydilar. O'zbekiston o'quvchi yoshlari ham dunyodagi tengdoshlari kabi asosan yangiliklarni o'qish kurs ishlari va refaratlar uchun materiallar qidirish, do'stlar bilan muloqot qilish, yangi do'stlar orttirish va axborot olish maqsadida internetdan foydalanadilar. Maktab o'quvchilari uchun internet kitob yoki televizorga nisbatan axborot olishning bosh manbayi bo'lib qoldi, aksariyat hollarda u o'qituvchi, tengqur do'stlar hatto ota-onaning ham o'rnini bosmoqda.[4] Internet odamlarning o'zini qanday ko'rsatish va onlayn shaxsiyatini boshqarishga ta'sir ko'rsatdi. Ijtimoiy media profillaridan shaxsiy veb-saytlargacha, o'zlarining internetdagi onlayn mavjudligini namoyon qilishga harakat qiladi. Shu sababli ham internet hozirgi davrda har bir inson hayotining ajralmas bo'lagiga aylanishga erishdi.

624

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

OpportunitiesJoReaHzeHuma^Potentia^

Shu o'rinda mobil telefon orqali turli xil ilovalardan foydalanib muloqot qilish juda oson undan foydalangan holda o'ziga va xarakteriga mos dasturlar yordamida muloqot qilish imkoni bor. Ijtimoiy media platformalariga kirish orqali doimiy tarzda fikr almashish mumkin. Bu haqda S.Kembel va S.Uolsh mobil telefonning shaxsiy munosabatlarga ta'sirini o'rganib uni tadqiq qilgan. Haqiqatdan ham mobil telefonlar hozirda butun dunyoda ommaviy tarzda foydalaniladi. Uning ijobiy jihatlari bilan birga salbiy tomonlari ham mavjud bo'lib bu ko'proq insonning texnik qaramlik ba'zida yolg'izlikka olib kelishi bilan xarakterlandi. Lekin shunday bo'lsa ham u uzog'imizni yaqin qiluvchi eng qulay muloqot qilish vositasidir.

Ma'lumki, bugungi kunda global jamiyat yanada intensivlashmoqda va bu jarayon global almashinuvni kengaytirishda muhim ahamiyatga ega. Global tarmoq orqali yangiliklar va hodisalarni bir zumda bilib olish imkoniyatiga egamiz. Bir tomondan, bu keng qamrovli jamoatchilik fikrini boshqarish imkonini beradi. Global almashinuv va internet orqali yuzaga kelayotgan ijtimoiy tarmoqlar aloqa qilish vositasi sifatida jamiyatning har bir a'zosi uchun muhim bo'lgan mafkuraviy yo'llar bilan ta'sir o'tkazishga harakat qilmoqda. Shuningdek, ular yolg'on va qasddan qilinadigan noto'g'ri tasavvurlarga barham berishda muffaqiyatli bo'lishlari uchun ma'lum bir madaniy me'yyorlarga asoslangan mexanizm ayniqsa muhim ro'l o'ynaydi.

Xulosa shuki yangi texnologiyalar shaxs muloqot madaniyatida o'rni va ahamiyati ortib bormoqda. Chunki bu narsalar jamoatchilik uchun ma'lum ma'noda insoniyat madaniyatini shakllanishida ma'nfaatlar to'qnashuvi hodisasi sifatida ham baholanishiga asos bo'lmoqda buni quydagilar bilan izohlasak maqsadga muofiqdir.

> Medianing inson muloqoti vositasi sifatidagi xizmati- muloqotda ma'lum texnik va institutsional usullarni o'z ichiga oladi. Bu tarixiy davr mobaynida pochta xizmatidan tortib hozirgi axborotlashgan jamiyatga qadam qo'yish davridagi internet va texnologiyalar bilan mos kelishi ahamiyatlidir

> 2. Aloqa vositalaridan ramziy ma'noda tavarga aylantirish va katta hajmdagi ma'lumotlarni yetkazish ularni qabul qilish jarayonlaridan moddiy manfaatdorlikda foydalanish. Masalan pochta xizmatlari yoki reklamalar orqali pul topish mumkin.

> 3. Muloqot vositalari makon va zamonda ham ma'lum ma'noda axborotni ishlab chiqaradi shu bilan birga avlodlarga yetkazish orqali vorisiylik tamoyilini namoyon qiladi.

> 4. Aloqo vositalarining (texnologiyalar) hozirgi kunda takomillashib borishi aloqa shakillarining birdan ko'p turlarining vujudga kelishiga zamin yaratadi.[5] Bu esa ko'proq auditoriyani qamrab olish imkoniyatini vujudga keltiradi.

17-aprel, 2024

625

Tashkent State University of Economics

Bizningcha shaxs muloqot madaniyatining rivojida zamonaviy texnologiyalar va vositalar muhim ro'l o'ynagan, madaniy me'yorlar, ijtimoiy hayotning rivojiga dinamik ta'sir qiladi. Ushbu omillarni tushunish nafaqat hozirgi muloqot mazmunini ochib beribgina qolmay, balki shaxslar aro murakkab munosabatlarni ham boshqarishda yordam beradi. Bundan tashqari muloqot turli platformalar va kontekstlarni qamrab oladi va odamlar turli me'yorlar va odob-axloq qoidalariga moslashish shu bilan birga ular bilan shug'ullanish uchun bilimga ega bo'lishi kerak. Ushbu moslashuvchanlik odamlarga zamonaviy dunyodagi bo'shli qlarni to'ldirish, va mazmunli munosabatlarni rivojlantirish imkonini beradi.

REFERENCES

1. Miller, K. (2005). Communication theories. USA: Macgraw-Hill.

2. Chaffee, S. H. (1973). Televised Communication and Political Development. Journalism Quarterly, 50(4), 669-677.

3. Wellman, B. (2001). Physical Place and Cyberplace: The Rise of Personalized Networking. International Journal of Urban and Regional Research, 25(2), 227-252.

4. Quronov N. Bola baxtli bo'lsin, desangiz (Ota-onalar uchun tavsiya). - T.: "Ma'naviyat" 2013 B-290

5. Thompson, John. The Media and Modernity. 1995. -P. 26-28

6. Normatov S. Shaxs va jamiyat o'rtasidagi muloqotning takomillashuvi va uning jamiyatni rivojlantirishdagi o'rni //Журнал истории и общества. - 2022. - Т. 1. -№. 3. - С. 76-79.

7. Normatov S. et al. COMMUNICATION AS A PHILOSOPHICAL CATEGORY //Science and Innovation. - 2022. - Т. 1. - №. 8. - С. 2250-2254.

8. Normatov S. Muloqotning bugungi kundagi zamonaviy texnologiyalari bilan aloqadorligi va kommunikatsiyalashuvi //Журнал истории и общества. - 2021.9. Sanjar Abdug'ani o'g N. et al. Improving Personal and Society Communication and its Role in the Development of Society //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2022. - Т. 7. - С. 280-282.

10. Bahodir o'g'li U. et al. AXBOROT OQIMI JADALLASHUVINING YOSHLAR MA'NAVIY-AXLOQIY QIYOFASIGA TA'SIRI VA MUAMMOLAR //Innovative Development in Educational Activities. - 2024. - Т. 3. - №. 2. - С. 141146.

11. Bahodir o'g'li U. et al. YOSHLAR MA'NAVIY-AXLOQIY QIYOFASI SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-TARIXIY ASOSLARI //Educational Research in Universal Sciences. - 2023. - Т. 2. - №. 18 SPECIAL. - С. 155-157.

626

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.