Научная статья на тему 'INTERNET TARMOQLARIDAGI BA’ZI SAYTLARINING O‘SMIRLAR PSIXIKASIGA SALBIY TA’SIRI'

INTERNET TARMOQLARIDAGI BA’ZI SAYTLARINING O‘SMIRLAR PSIXIKASIGA SALBIY TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
81
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Internet / psixika / qaramlik / maishiy psixologiya / o‘spirin / virtual muhit / fiziologik ehtiyoj / ekzistensial ehtiyoj / ijtimoiy ehtiyoj / ruhiy ehtiyoj. / Internet / psyche / addiction / household psychology / adolescent / virtual environment / physiological need / existential need / social need / prestigious need / spiritual need.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Jumaqulova, Shahnoza Jumaqul Qizi

Maqolada o‘smirlik davrining psixologik jihatdan rivojlanish xususiyatlari, o‘smir shaxsining shakllanib, kamolotga erishish yo‘llari va unga ta’sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarning, jumladan, ba’zi internet saytlarining o‘smir psixikasiga salbiy ta’siri ilmiy jihatdan tadqiq qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE NEGATIVE EFFECT OF SOME INTERNET SITES ON ADOLESCENT PSYCHOLOGY

In the article, the characteristics of the psychological development of adolescence, the ways in which the adolescent personality is formed and matured, and the biological and social factors that affect it, including the negative impact of some Internet sites on the adolescent psyche, are scientifically researched.

Текст научной работы на тему «INTERNET TARMOQLARIDAGI BA’ZI SAYTLARINING O‘SMIRLAR PSIXIKASIGA SALBIY TA’SIRI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4 (3), March., 2024

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7 www.oriens.uz

INTERNET TARMOQLARIDAGI BA'ZI SAYTLARINING O'SMIRLAR

PSIXIKASIGA SALBIY TA'SIRI

Jumaqulova Shahnoza Jumaqul qizi,

Amaliyotchi psixolog E-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA

Maqolada o'smirlik davrining psixologik jihatdan rivojlanish xususiyatlari, o 'smir shaxsining shakllanib, kamolotga erishish yo 'llari va unga ta 'sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarning, jumladan, ba'zi internet saytlarining o'smir psixikasiga salbiy ta 'siri ilmiy jihatdan tadqiq qilingan.

Kalit so'zlar: Internet, psixika, qaramlik, maishiy psixologiya, o'spirin, virtual muhit, fiziologik ehtiyoj, ekzistensial ehtiyoj, ijtimoiy ehtiyoj, ruhiy ehtiyoj.

THE NEGATIVE EFFECT OF SOME INTERNET SITES ON ADOLESCENT

PSYCHOLOGY

Jumakulova Shahnoza Jumakul qizi,

Practicing psychologist E-mail: [email protected]

ABSTRACT

In the article, the characteristics of the psychological development of adolescence, the ways in which the adolescent personality is formed and matured, and the biological and social factors that affect it, including the negative impact of some Internet sites on the adolescent psyche, are scientifically researched.

Key words: Internet, psyche, addiction, household psychology, adolescent, virtual environment, physiological need, existential need, social need, prestigious need, spiritual need.

НЕГАТИВНОЕ ВЛИЯНИЕ НЕКОТОРЫХ ИНТЕРНЕТ-САЙТОВ НА ПОДРОСТКОВУЮ ПСИХОЛОГИЮ

Жумакулова Ша^ноза Жумакул кизи,

Практикующий психолог E-mail: [email protected]

АННОТAЦИЯ

В статье научно обоснованы особенности психологического развития подросткового возраста, способы формирования и взросления личности

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

подростка, а также биологические и социальные факторы, влияющие на это, в том числе негативное влияние некоторых интернет-сайтов на психику подростка. исследовал.

Ключевые слова: Интернет, психика, аддикция, бытовая психология, подросток, виртуальная среда, физиологическая потребность, экзистенциальная потребность, социальная потребность, престижная потребность, духовная потребность.

KIRISH

Bugungi globallashuv davrida zamon talablariga hamohang yashayotgan yosh avlodning intemetga tobeligi alohida ahamiyatga ega bo'lgan masalalardan biridir. Hozirda deyarli barcha xonadonlarda intemetga ulangan shaxsiy kompyuterlar mavjud bo'lib, ulardan o'smir-yoshlar keng foydalanib kelishmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar bolalar, o'smirlar va yoshlar hayotida juda muhim o'rin egalladi. Mazkur internet saytlarida o'smirlar psixologiyasiga salbiy ta'sir qiluvchi ayrim saytlarning mavjudligi mavzuning naqadar dolzarbligini ko'rsatadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mazkur maqolani yoritish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Mazkur maqolada o'smir psixologiyasiga salbiy ta'sir etuvchi omillar va manbalar tahlili amalga oshirildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Aksariyat bolalar monitor oldida juda ko'p vaqt o'tkazadilar, bu esa ularning ta'biricha, fikrlari va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi. Bugungi dunyoda Internet butun dunyoni va inson hayotining barcha sohalarini qamrab oldi. Shu boisdan ham endilikda hayotimizni ushbu manbasiz tasavvur qilish juda qiyin.

Hozirgi kunda yoshlarning ijtimoiylashuviga internet va ijtimoiy tarmoqlar jiddiy ta'sir ko'rsatmoqda. Internet insonlar hayot tarzini soddalashtiradi hamda ular uchun ko'p imkoniyatlar eshigini ochadi. Shuningdek, o'qish va ishda ham katta yordam beradi. Kishilar qisqa fursat ichida ma'lum bir mavzu bo'yicha o'zini qiziqtirgan har qanday ma'lumotni olishi, bir necha soniya ichida dunyoning istalgan nuqtasiga murojaat qilishi mumkin. Internet insoniyatga katta imkoniyatlar beradigan ajoyib kashfiyotdir.

Shuni alohida qayd etish joizki, internetning ham ijobiy, ham salbiy tomonlari bor. Internetda, ayniqsa, yosh avlod ongiga salbiy ta'sir etuvchi ma'lumotlar juda ko'pchilikni tashkil etadi. Hozirgi tahlikali zamonda internet tarmog'i orqali tarqatilayotgan g'arazli ma'lumotlar, turli buzg'unchi g'oyalar, odob-axloqni emiruvchi manfur illatlar har bir ongli kishini tashvishga solishi aniq. Keyingi

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

paytlarda internet bilan bog'liq buzg'unchiliklar, global tarmoqdan qabih maqsadda foydalanayotganlar ko'payib bormoqda. Oqibatda, zalolatga boshlovchi elektron nashrlar va videolavhalar keng yoyilmoqda. G'alamis kimsalar yoshlarni o'z tuzoqlariga ilintirishda internetdan ustalik bilan foydalanmoqda. O'zlarini "yaqin do'st" yoki "hidoyatga chorlovchi" sifatida tanitib, yoshlarni to'g'ri yo'ldan chalg'itmoqda. Aslida, ularning din va shariat haqida umuman ilmlari yo'q, faqatgina to'da boshidan yodlab olganlarini takrorlashdan nariga o'tmaydilar. Boshqa tomondan qaraganda, ular bu johilligi bilan boshqalarni ham jar yoqasiga tortayotgani va kimningdir nog'orasiga o'ynayotganini bilmaydilar. Bundaylar avval din-u diyonat, ibodat, jannat haqida turli jozibali so'zlarni gapirib, g'o'r yoshlarni yo'ldan urib, oxir-oqibatda, razolat qurboniga aylantirmoqda. Internetdan olingan narsa to'g'ri, ishonchli va zararsiz ekanini bilish kerak. Yaxshi-yomonning farqiga bormagan yoshlar internet orqali tarqatilgan har qanday ma'lumot-xabarlarni haqiqat deb qabul qilayotgani jiddiy xavotirga soladi.. Bularning barchasi shaxsning bosqichma-bosqich tanazzulga uchrashiga olib keladi, chunki o'z tengdoshlari bilan muloqot qilishda qiynalayotgan, asotsial o'smirlar jamiyatdagi muammolarni yanada kuchaytiradi.

Ko'pgina yoshlar uchun internetdan ko'ngilochar vosita sifatida foydalanadi, uning qimmatli bilimlar manbayi ekanligi hamda o'quv faoliyatida yordamchi qurolligi ikkinchi o'ringa tushib qoladi. Sarhadsiz internet dunyosiga kirgan shaxs vaqt, umr g'animat ekanini doimo yodda saqlamog'i lozim. Zero, bu global tarmoq bepoyon hududlarga ega bo'lib, unda inson adashib soatlab, kunlarini samarasiz o'tkazib yuborishi mumkin. Bugungi shiddatli globallashuv davrida yoshlar ong-u shuurini internet orqali kirib kelayotgan zararli g'oya va ta'sirlardan samarali va ishonchli himoyalash tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa o'qituvchilar, ma'naviyat targ'ibotchilari, ota-onalardan yanada hushyor va ogoh bo'lishni, yosh avlodning g'oyaviy- mafkuraviy immunitetini mustahkamlash borasidagi ishlar ko'lamini yanada kengaytirishni talab qiladi.

O'smirlar tomonidan o'ynaladigan turli o'yinlar shunchaki qiziqarli mashg'ulot bo'lishi bilan bir qatorda, ayrimlari ularning hayoti va salomatligiga jiddiy xavf solishi mumkin. Ko'plab saytlar o'smirlar va yoshlarning balog'at yoshida kuzatiladigan psixologik va emotsional o'zgarishlar, xulq-atvoridagi o'ziga xosliklardan unumli foydalanib, yaqin insonlari bilan nizoli vaziyatlarga duch kelganda va ruxsat etilmagan saytlarga kirishga moyilligi yuqori bo'lgan paytda o'zlariga jalb qiladi.

Internet mavhum hodisa bo'lib, uning o'smirlarga ta'siri ham xuddi shunday noaniqdir. Bu esa uning chegaralari yo'qligi sabab salbiy oqibatlarga olib keladi,

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ya'ni o'smirlarni ijtimoiy normalarga zid bo'lgan turli axborot va ma'lumotlardan himoya qila olmaydi. Foydali ma'lumotlar bilan bir qatorda, giyohvand moddalar, o'z joniga qasd qilish holatlari, terrorchilar harakatlari, pornografiya materiallari mavjud bo'lib, ular hali ma'naviy qadriyatlar to'la shakllanmagan yoshlar uchun katta xavf tug'diradi. Jumladan, barchaga ma'lum bo'lgan internetdagi shov-shuvli o'yinni bunga yorqin misol sifatida olish mumkin, ya'ni «Moviy kit» deb ataluvchi mazkur o'yin muhokamalarsiz bajarishni talab qiladigan provokatsion vazifalar, o'smirlarni yakunida o'z joniga qasd qilishga undovchi shafqatsiz ko'rsatmalarni o'z ichiga oladi. Unda ishtirok etish psixologik immuniteti sust bo'lgan ko'plab bolalarning hayotiga zomin bo'ldi.

Kattalar tomonidan to'g'ri nazorat qilinmasa, yoshlar ijtimoiy tarmoqda salbiy axborot va psixologik ta'sirlar natijasida manipulyatsiya obyektiga aylanadi. Yoshlarning axborot urushi quroli sifatida foydalanilishi, ommaviy norozilik aksiyalariga jalb etilishi odatiy hol emas. Bolaning ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremistik guruhlarga, faoliyati g'ayri ijtimoiy, noqonuniy, shu jumladan, jinoiy harakatlarni sodir etishga qaratilgan buzg'unchi diniy tashkilotlarga jalb qilish ehtimoli bola uchun alohida xavf hisoblanadi. Bularning barchasi o'sib kelayotgan yosh avlodlar uchun jiddiy salbiy oqibatlarga sabab bo'ladi.

Internet ta'sirining salbiy tomonlari shundaki, unda yoshlar uchun ayanchli oqibatlarni keltirib chiqaradigan turli ma'lumotlar o'rin olgan. Jumladan, suitsidga da'vat etuvchi, giyohvand moddalar, spirtli ichimliklarni targ'ib qiluvchi, turli terrorchilik harakatlarini sodir etishga undovchi guruhlar har xil saytlarda faol bo'lishadi. Bunday saytlarga a'zo bo'lgan kishilar o'z joniga qasd qilishi, sovuq qurollar va giyohvand moddalarni sotib olishi hamda ulardan qanday foydalanishni o'rganib olishi mumkin. O'smirlar esa bunday toifadagi ma'lumotni tezda o'zlashtirib oladi.

Darhaqiqat, bugun axborot chunonam ko'p va tez kirib kelayaptiki ularni "hazm" qilish uchun teran tafakkur va keng dunyoqarash talab etiladi. Ayniqsa internet olami farzandlarimiz e'tibori va qiziqishini tortib borayotgan bugungi davrda ayrim kompyuter o'yinlari haqida ham shunday misollarni ketirish mumkin. Mutaxassislar ma'lumotlariga ko'ra, internet orqali tarqatiladigan kompyuter o'yinlarining 49 foizi sezilarli darajada zo'ravonlik va yovuzlik ko'rinishiga ega, 41 foiz jangari (turli otishmalar va portlashlarga asoslangan) o'yinlarda esa o'yin qahramoni o'z maqsadiga etishish uchun shunday zo'ravonlik va yovuzlik sodir etadi. 17 foiz o'yinlarda ana shu zo'ravonlik va yovuzlikning o'zi bosh maqsad hisoblanadi. Turli jangovar, mentalitetimizga mos bo'lmagan, ba'zan qahramonlik vahshiylikka o'tib ketadigan bu kabi o'yinlar o'smirlar axloqiy-estetik tarbiyasiga salbiy ta'sir

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ko'rsatadi. Bir qarashda ular oddiy o'yindek ko'ringani bilan zo'ravonlik g'oyalari, yovuzlik kayfiyatini uyg'otishi juda ko'p salbiy oqibatlarga olib kelgani xususida hayotiy misollar ko'plab topiladi.

Internet saytlarida yoshlarga kuchli ta'sir etuvchi axborotlarni quyidagicha tasniflash mumkin. Birinchi toifadagi axborotlar sirasiga yot, buzg'unchi g'oyalar (diniy ekstremizm va terrorchilik g'oyalari, millatchilik, irqchilik, sadizm kabilar)ni kiritish mumkin. Ikkinchi toifadagi axborotlar esa G'arb hayot tarziga xos, o'zbek mentalitetiga zid odatlar va ko'nikmalarni targ'ib etadi. Bu ayniqsa, G'arb yoshlarining kiyinishi, odatlarini targ'ib qiluvchi maqolalar, kliplar, filmlarda yaqqol namoyon bo'ladi. Uchinchi toifaga esa pornografik axborotlarni kiritish mumkin. To'rtinchi toifaga esa hali tekshirilmagan, o'z isbotiga ega bo'lmagan turli hujumkor axborotlarni kiritish mumkin. Internet saytlaridan tarqatilayotgan bu kabi yot g'oyalar va axborotlarni yoshlar tomonidan qabul qilinayotganligi va uning oqibatlari jahondagi barcha mamlakatlari xalqini ham tashvishga solmoqda. Yoshlarimiz ongini egallashga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarga, milliy manfaatlarimizga raxna solishga, ma'naviyatimizga tajovuz qilishga, umrimiz mazmuni bo'lgan tarixiy xotiramizni buzishga urinayotgan g'arazli kuchlarga qarshi doimo ogoh turishimiz darkor. Ana shundagina insonlarni hech kim, hech narsa o'zi tanlagan yo'lidan ortga qaytara olmaydi va ular ko'zlagan ulug'vor maqsadlariga etishiga zamin hozirlaydi. Yurtimizga olomoncha madaniyat asosan internet tarmog'i orqali kirib kelyapti. Bu hol odob-axloq, milliy va diniy qadriyatlarga hurmat pasayishi kabi ko'plab noxushliklarni keltirib chiqaryapti. Yoshlarning hayosizlarcha kiyinishi, tanalariga rasm chizdirishi, quloq va burunlarini teshib, "zirak" taqib olishlari, qiz bolalarning o'g'il bolalarga o'xshab kiyinishi kabi "moda" unsurlari aynan internet orqali yoyilayotgani aniq. Internetdagi g'oyaviy tuzoqlar go'yo madaniyatga o'xshashi va yoshlarga moydek yoqishi bilan ham xatarlidir. Insoniy axloqda ters olomoncha madaniyat ayrim yoshlar ongiga chang solib, ma'naviyat kushandasiga aylanmoqda. Achinarlisi, mazkur "madaniyat" ta'siriga berilib qolganini yoki uning qurboniga aylanayotganini ko'pincha yoshlar o'zlari sezmaydi. Global axborot tizimidagi xabarlarni "filtrsiz" qabul qilish oqibatida yoshlar ongi zaharlanmoqda. Masalan, biror kerakli ma'lumotni olish maqsadida saytga kirgan yoshlarning "falonchi mashhur shaxs halokatga uchradi" kabi shov-shuvli e'longa ko'zi tushadi va beixtiyor uni ochadi. U erda esa yana bir sayt ochiladi va unda aldamchi xabarlarning davomini o'qiydi. Shu tariqa g'o'r yoshlar g'alamislarning tuzog'iga ilinadi. Bunday jirkanch "madaniyat" ta'siriga berilgan o'smir loqayd, hayotga engil-yelpi qaraydigan, yurt ravnaqi va xalq tinchligiga befarq kimsa bo'lib ulg'ayadi. Shuningdek, olomoncha madaniyat tuzog'iga ilingan bolalar inson istagan ishini qilaverishi mumkin, deb

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

biladi, ya'ni o'taketgan manqurtga aylanib qoladi. Ijtimoiy tarmoqlaming oila va jamiyat barqarorligiga solayotgan eng katta tahdidlaridan yana biri - ulardagi muloqotlar sababli ko'plab tinch-totuv oilalar barbod bo'lib ketayotganidir. Farzandining istiqbolini, yorqin kelajagini istaydigan har bir ota-ona tarbiya masalasiga jiddiy e'tibor bermog'i zarur.

Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar asosida bugungi kun yoshlari uchun quyidagi takliflar berish mumkin: hech qachon notanish kishilar tomonidan yuborilgan elektron pochta xabarlarini ochmaslik lozim, chunki bunday fayllar barcha ma'lumotlarga zarar etkazuvchi viruslar yoki kompyuter tizimlariga salbiy ta'sir etuvchi har qanday dasturlarni o'z ichiga olgan bo'lish ehtimoli mavjud. Shuningdek, kompyuter va shaxsiy qurilma parollarini doimo ehtiyotkorlik bilan saqlash, o'zgalarga ma'lum qilmaslik kerak. Hech qachon keraksiz xabarlar, takliflarga javob bermaslik, bunday holatlar tez-tez takorlansa, ota-ona yoki yaqin qarindoshlarga xabar berish lozim. Doimo esda tutish keraki, agar notanish insonlar ko'p miqdordagi mukofot pulini yutganligingizni ta'kidlashsa hamda buning uchun plastik karta ma'lumotlarini so'rashsa, bu firibgarlikning bir ko'rinishi hisoblanadi. Har doim «faqat 18 yoshdan oshganlar uchun» qabilidagi saytlarga kirmaslik maqsadga muvofiq. Saytlardagi bunday ogohlantirishlar o'smirlarning himoyasi uchun max sus yaratilgan bo'ladi.

Virtual muhit - bu hodisa yoki hodisalar jarayonlarni taqlid qiluvchi real dunyo bo'lagining kompyuter modeli hisoblanadi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot muhitini yaratish va rivojlantirish g'oyasi muhim va dolzarbdir. "Axborot muhiti" atamasini tushunish nafaqat ma'lumotning odatiy manbalarini, balki virtual komponentni ham o'z ichiga oladi . Bugungi kunda virtual muhitda, juda ham ko'plab imkoniyatlar mavjud bo'lib, ko'plab ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, tibbiy, hissiy nominal va boshqa jarayonlar, kommunikatsiyalar, uning fazoviy va vaqtinchalik xususiyatlarining o'zgarishi, bu albatta faoliyatni kengaytirish, ularning tabiatini o'zgartirish virtual muhitda nihoyatda oson kechadi. Bu sohalarning barchasi bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Ammo bu faoliyatning ijobiy tomoni bo'lsada uning salbiy tomonlari ham mavjuddir.

Sotsiologik tadqiqotlarga ko'ra, er yuzi aholisining 45 foizi internetdan har kuni foydalanadi (2023). Yana bir qiziq ma'lumot: hozir global tarmoqda eng ko'p ko'riluvchi yuzta veb-saytning yigirmatasi ijtimoiy tarmoqlar turkumiga kiradi, yana oltmishtasi u yoki bu jihatdan ijtimoiy mazmundagi saytlardir. Uning fonida internet va ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilarining sonigina emas, ushbu tarmoqlarning insonlarga ko'rsatayotgan ta'siri ham sezilarli ravishda ortib borayotgani yaqqol ko'zga tashlanmoqda . Ularning har biri bog'langan internet real

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

muhitni aks ettirish vositasi va ayni paytda voqelikni qurish shartidir. U boshqa munosabatlar, me'yorlar va qadriyatlarni talqin qiluvchi shaxsning sotsializatsiyasining yangi ta'sirlarini ochib beradi va pirovardida u ehtiyojlarga, munosabatlar tizimiga, zamonaviy ma'noning semantik koordinatalarining tuzilishiga ta'sir qiladi bu ayniqsa voyaga etmagan yoshlarning ijtimoiy psixikasiga va shaxs sifatida rivojlanish sifatlariga bevosita ta'sir etadi.

Maishiy psixologiyada shaxs birinchi navbatda boshqalar bilan o'zaro munosabat jarayonida rivojlanadi va faqat shu holatdagina sub'ektivlik sifatiga ega bo'ladi, degan tezis madaniy-tarixiy kontseptsiyaga , faoliyat yondashuvida ishlab chiqilgan, subyektivlik psixologiyasi, munosabatlar psixologiyasi, aks ettirilgan subyektivlik nazariyasi tomonidan talqin etilgan. Agar shaxs ushbu jamiyat tomonidan tasdiqlangan me'yorlar, qadriyatlar, xatti-harakatlarning stereotiplarini o'rgansa, zarur ijtimoiy rollarni o'zlashtirsa, sotsializatsiya muvaffaqiyatli deb tan olinishi odatiy holdir. Lekin har doim ham sotsializatsiya progressiv yuqoriga ko'tariladigan harakat emas. Bu jarayon dinamik, murakkab, ziddiyatli, ko'pincha inqirozlar bilan birga keladi.

"Inson har doim ham sotsializatsiya inqiroziga dosh bera olmaydi va uning shaxsiyatining keyingi rivojlanishi yuqori sotsializatsiya traektoriyasini kuzatmasligi mumkin"

Keling, Internet muhitida qoniqarli yoshlarning ehtiyojlarini hisobga olishga murojaat qilaylik. Shunday qilib, V.Pleshakov internet muhiti yordamida qondirish mumkin bo'lgan ehtiyojlarni ajratib ko'rsatdi, ya'ni:

1) fiziologik;

2) ekzistensial;

3) ijtimoiy;

4) nufuzli;

5) ruhiy.

Biz V.Pleshakov tomonidan taklif qilingan ehtiyojlar tipologiyasidan va u tomonidan ishlab chiqilgan "Internet muhitida qondirilgan ehtiyojlar diagnostikasi" test so'rovnomasidan foydalanamiz . Internet insonga ochlik va tashnalik, erotik tarkibdagi internet resurslariga kirish - jinsiy istak ehtiyoji kabi fiziologik ehtiyojlarni qondirishga imkon beradi. Zamonaviy dunyoda internet yordamida kiyim-kechak, gigiyena vositalari, dori-darmonlar va boshqalarni ham sotib olish mumkin. Shu tarzda xaridlarni amalga oshirib, odam vaqtini sezilarli darajada tejaydi, asta-sekin uyda, assortiment bilan tanishish, izohlarni o'qish imkoniyatiga ega bo'ladi . Vaqt o'tgan sayin sizu biz tomonimizdan xarid qilish uchun internet resurslaridan foydalanish usullari ham o'zgarib borishi ehtimoldan yiroq emas.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Shuni ta'kidlash kerakki, internet orqali mahsulot va zaruriy narsalarga buyurtma berish, odam u yoki bu sabablarga ko'ra do'konga borish yoki borish imkoniga ega bo'lmagan vaziyatdan chiqishning ajoyib usuli hisoblanadi,bu ekzistensial ehtiyojlarni qondirish Internet muhitida qondiriladi, chunki kompyuter texnologiyalarining keng tarqalganligi va mavjudligi va zamonaviy yashash maydonining global internetlashuvi insonga qulaylik va yashash sharoitlarining barqarorligini his qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, ko'plab tadqiqotchilar anonimlik va muloqotda "sinov harakatlari" imkoniyatini yaratishga hissa qo'shadigan og'zaki bo'lmagan tarkibiy qismlarning yo'qligi sababli Internet foydalanuvchilarining onlayn muloqot holatini o'z-o'zini baholash xavfsizligini bir necha bor ta'kidladilar. Suhbatdoshlar orasida sezilarli anonimlikni ta'minlash, virtual muhitni asosiy qulayliklaridan biri sanaladi, video suhbatlar esa bundan mustasno, yuqorida aytilgan jarayonlarda shaxslararo munosabatlar, muloqot jarayonlari va fikrlashish yanada ochiqlik va psixologik qulaylikka olib keladi. Internetda inson o'zi uchun qulay bo'lgan suhbatdoshlar doirasini va vaqtini bemalol yaratishi mumkin.

Shunday qilib, virtual muhit - haqiqiy faoliyat sohasiga, shaxs hayotining muhim qismiga aylanadi, insonning o'zida ko'p narsalarni o'zgartiradi - uslub, turmush tarzi, odatlar, qiziqishlar doirasi va muloqotni ham. Internetning asosiy vazifasi kundalik hayot makonini ifodalashdir, chunki Internet nafaqat ijtimoiylashuv vazifasini amalga oshirishga qodir, balki jamiyat hayotidagi hodisa va hodisalarga ma'lum maqom, ahamiyat, obro'-e'tibor berish sanaladi. Bugungi dunyo yoshlari-son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda. Bugun internet madaniyati, virtual madaniyat, axborot madaniyati, ma'lumotlardan to'g'ri foydalanish madaniyati kabi tushunchalar hayotimizdan o'rin egalladi. Yoshlarda internet olamida o'z o'rnini to'g'ri belgilash va foydalanuvchilar bilan to'g'ri muomala qilish, virtual olamdagi axborotlarni to'g'ri tahlil qilish malakasini shakllantirish davr talabidir.

Kundalik hayotimizda har narsaning salbiy va ijobiy tomoni bo'lgani kabi zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishda ham me'yorga amal qilmog'imiz zarur. Ta'kidlash joizki, resurslarga erkin kirish imkoniyati va so'z erkinligi internetda muayyan turdagi madaniyatni yaratishga olib keladi. Foydalanuvchilar o'z manfaatlari, o'xshash fikrlari va dunyoqarashlari, aloqa va forumlarda va saytlarda axborot almashish asosida onlayn jamoalarga uyishadi.

Internet muloqotida mavjud aloqa xususiyatlaridan bir qatorini keltirib o'tamiz:

1. Onlayn muloqotda og'zaki bo'lmagan muloqot o'z ahamiyatini yo'qotadi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

2. Anonim aloqa. Anonimlik tufayli siz nafaqat uning psixologik xususiyatlariga asoslangan o'smirni tasavvur qila olmaysiz, balki haqiqatdan sezilarli darajada farq qiladigan boshqa rasmni yaratishingiz mumkin. Aloqa doirasini kengaytirishning ijobiy jihatlari, ayrim sohalarda xabardorlikni oshirish va aloqa etishmasligini bartaraf etish. Bundan kam muhim jihat shundaki, kompyuterdan foydalanish insonning ijtimoiy, psixologik va shaxslararo mavqeiga ta'sir qiladi. Depressiya bilan shug'ullanadigan yoki ijtimoiy moslashuvda qiyinchiliklarga duch kelgan odamlar ko'pincha internetdan haqiqatda insoniy shovqinning qiyinchiliklarini bartaraf etish uchun foydalanadilar. Bundan tashqari, Internet haqiqatdan "chiqish" vositasi sifatida anonim ijtimoiy muloqot uchun shunday imkoniyatlarni taklif qiladi (bu erda amalga oshirish paytida xavfsizlik hissi ayniqsa muhimdir). Tasavvur va yutuqlarni yaratish qobiliyati (jumladan, haqiqiy hayotda amalga oshirilmaydigan yangi tasvirlarni yaratish qobiliyati (masalan, axborotga to'liq kirish) asosiy xavf-bu asosiy xavf-Internetsiz hayotni tasavvur qila olmaydigan va haqiqiy hayotda munosabatlarni qura olmaydigan odamlardir; haqiqiy hayotda tez-tez mumkin bo'lmagan bir qator mezonlarga asoslanib, suhbatdoshni qidirishning keng ko'nikmasi (bir nechta suhbatdosh bilan bir vaqtning o'zida muloqot qilishingiz mumkinligi sababli hech qanday suhbatdoshga e'tibor berishning hojati yo'qligini unutmaslik kerak).

Shuni ham ta'kidlash joizki, Internet nafaqat aloqa sohasida, balki axborot bilan resurslarga kirishda ham katta imkoniyatlar yaratadi. Internetning o'ziga xos xususiyatlaridan biri har qanday ma'lumotni olish uchun cheklovlar yo'qligi. Biroq, Internet resurslariga nazoratsiz kirish odamlar uchun jiddiy potentsial tahdidlarga olib keladi.

Global tarmoq zo'ravonlik va dalda, ma'naviy manipulyatsiya turli usullari, irqchilik, senzura va hokazo turli shakllarini namoyish resurslarni katta miqdorda o'z ichiga oladi.

Bugungi kunda internetdan foydalanuvchilarning ko'pchiligini yoshlar tashkil etgani holda, uning katta qismi voyaga etmaganlar hissasiga to'g'ri kelmoqda. Shu bois mutaxassislar, shifokorlar, pedagoglar, olimlar tarafidan internetdan foydalanuvchi voyaga etmaganlarga maslahat, ko'rsatmalar berib borilmasa yoki butunlay nazorat qilinmasa mazkur yangi texnologiyalar bolalar va yoshlar tarbiyasiga salbiy ta'sirga egaligi ham ta'kidlanmoqda. Chunki bugungi globallashuv jarayoni yoshlarning ma'naviy dunyosini egallash borasida turli axborot maydonlaridan faol foydalanish poygasi jadallashib bormoqda.

Bugun jamiyatimiz tashabbuskor islohotchi, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashdan manfaatdor. Shuning uchun bog'chadan boshlab oliy o'quv yurtigacha - ta'limning barcha bo'g'inlari isloh

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

qilinmoqda. Binobarin nafaqat bugunning yoshlari, balki butun jamiyatimiz a'zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma'rifat, yuksak ma'naviyat kerak. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek, "Ilm yo'q joyda qoloqlik, jaholat va, albatta, to'g'ri yo'ldan adashish bo'ladi". Sharq donishmandlari aytganidek, "Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir!". Shu sababli yoshlarimiz uchun zamonaviy bilimlarni o'zlashtirish, chinakam ma'rifat va yuksak madaniyat egasi bo'lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak. Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur.

XX asr oxiri - XXI asr boshlarida yuz bergan axborot inqilobi inson tamaddunidagi eng rivojlangan davr bo'lib, axborot oqimining tezligi, integratsiya, hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilganligi ochiq ma'lumotlar orqali namoyon bo'lmoqda, hamda ilm fan sohasidagi yuksak imkoniyatlar davri bo'lgani bilan hozirgi sharoitda g'oyaviy-mafkuraviy ta'sir o'tkazishning o'tkir quroliga aylanib, inson hayoti va jamiyatiga o'z ta'sirini o'tkazmoqda. Natijada esa ayrim yoshlar bunday xatarlar qurboniga aylanmoqdalar. Shuning uchun yoshlarda xabar va ma'lumotlarni tahlil eta olish malakasini hosil qilish zarur. Zero, har qanday xabar to'g'ri va xolis bo'lavermaydi. Bu esa o'z navbatida, internetning o'rni yanada kuchayishiga virtual voqelik rivojlanib, undan foydalanuvchilarda madaniyatning yangi ko'rinishi - kibermadaniyatni shakllanishiga olib kelmoqda. Virtual voqelik va kibermadaniyat kishilarning fe'l-atvorini osonlikcha dasturlashtirish imkoniyatini beryapti, ya'ni yoshlar ongi, ichki dunyosi va qalbini yot g'oyalar egallashda eng oson harakatga aylandi. Vaholanki, internet tizimining ijtimoiy tarmoqlarda odamni qiziqtiradigan hamma narsa bor. Hozirgi kunda O'zbekistonliklarning aksariyati internetdan foydalanadi. Internetning shiddati butun dunyo aholisini o'z domiga tortayotgan bir paytda, axborot xurujlarining rivojlanish jarayoni ham avj pallasiga chiqdi. Oqibatda butun dunyoni o'rgimchak to'riday qamrab oldi. "Jahon to'ri" bugun o'zaro muloqotning samarali va betakror vositasiga aylanib qoldi, u interfaol, moslashuvchan, o'zgaruvchan, tezkor, o'zaro bog'langan, kamxarj va hokazo sifatlarga egaligi bilan o'ta qulay. Ekspertlarning xulosalariga ko'ra hozir 35 yoshgacha bo'lgan aholining 60 foizi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet tizimidan keng foydalanmoqda, ularning eng faol qismini 18-24 yoshgacha bo'lgan yoshlar tashkil etadi [2]. OAV va internetdan olingan axborotlar yoshlarning umumiy, shu jumladan, siyosiy madaniyatini, ogohlik darajasini yuksaltirishga ham ma'lum darajada xizmat qilayotir. Bu esa hokimiyat tuzilmalari va ijtimoiy institutlar, qolaversa, aholining o'zi uchun ham ma'lum qulayliklar yaratadi, o'zaro muloqotni

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

rivojlantiradi. Internetning ijtimoiy tarmoqlarini kuzatish bilan yoshlarning istaklari, ehtiyojlari haqida aniqroq tasavvurga ega bo'lish, ularning axborotlarini o'rganish orqali muayyan ijtimoiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan tadbirlar belgilash mumkin. Bu esa yoshlar bilan muloqotning yangi turi bo'lishi bilan birga, o'zaro hamkorlikni mustahkamlash, boshqaruv organlari diqqat-e'tiborini yoshlar muammosiga kengroq jalb qilish imkoniyatidir. Bu imkoniyatlar yoshlarga yaratiladigan shart-sharoitlar amalda o'z natijalarini namoyon qiladi. Bugun barkamol avlodni ma'naviy kamol toptirish, mustaqil fikrlaydigan, o'zini qat'iy hayotiy e'tiqod va qarashlariga ega bo'lgan yoshlarni tarbiyalash, ularni huquqiy va siyosiy madaniyatini yanada yuksaltirishda ko'p sonli jonkuyar va fidoiy yoshlarimizning o'rni beqiyos. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqqan holda, yoshlar ma'naviyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan axborot xurujlarini bartaraf etishga qaratilgan quyidagi taklif va tavsiyalar beriladi: Birinchidan, avvalo, global muammolar va axborot xurujlarining yoshlar ma'naviyatiga ta'sirini o'rganishda, milliy qadriyatlar hamda xulq-atvor me'yorlarini, umumiy qoidalarini zamon talablariga mos holda ishlab chiqishga jiddiy e'tibor qaratishimiz zarur. Ikkinchidan, globallashuv bilan bog'liq xavflar va tahdidlarning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy, ma'naviy-mafkuraviy tomonlariga bo'lgan e'tiborni yanada kuchaytirish maqsadga muvofiqdir. Uchinchidan, mamlakatimiz hududiga kirib kelayotgan, axborot xurujlaridan har doim ogoh bo'lib, yoshlar ongi va ichki dunyosida kuchli mafkuraviy immunitetni shakllantirish lozim. To'rtinchidan, yoshlarni axborot xurujlari, hozirgi kunning global muammolaridan biri bo'lib kelayotgan, "Ommaviy madaniyat" ta'siridan himoya qilishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning ahamiyatini oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida yoshlarda milliy qadriyatlarga bo'lgan yangicha munosabatni qaror toptirish kerak. Beshinchidan, yoshlar ongiga salbiy ta'sir etadigan, milliy urf-odatlarimizni, ma'naviy qadriyatlarimizni buzuvchi harakatlarga qarshi kurash mexanizmini ishlab chiqish hamda uni ijtimoiy hayotga tadbiq etish orqali yoshlar ma'naviyatini yanada yuksaltirish zarur. Oltinchidan, yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet tarmoqlaridan unumli foydalanish tizimini, zamon talablariga mos holda ishlab chiqish hamda kerakli ma'lumotlarni olishlariga ko'maklashish, dunyoviy ilmlarni egallashlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish kerak[3]. Bu borada mamlakat Prezidenti Sh.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini aytib o'tish zarur: "Bugungi tez o'zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangiyangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko'rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G'arazli kuchlar sodda, g'o'r bolalarni o'z ota-onasiga, o'z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo'lmoqda. Bunday keskin, tahlikali

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla ko'y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo'liga berib qo'ymasdan, ularni o'zimiz tarbiyalashimiz lozim"[4].

To'g'ri, haqiqatni rad etmagan holda, shuni alohida ta'kidlab o'tishimiz kerakki, internet tarmoqlari ta'lim olish, dam olish yoki do'stlar bilan muloqot qilishning ajoyib vositasidir. Shu boisdan ham, internet tarmoqlaridan foydalanuvchilar soni yildan yilga oshib borayotganligini inobatga olsak, axborot manbai sifatida OAV, internetdan axborotlar izlash kundan kunga jadallashmoqda. Bu esa qaysi sohaga oid bo'lishidan qat'iy nazar internetning milliy segmentida o'z axborotlarimizni tobora ko'paytirib borishni taqozo etadi. Albatta, yoshlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda internet tarmog'idan foydalanish o'zining samarasini berishi tabiiy.

Internetning ijobiy tomoni: • eng ommaviy, tezkor ma'lumot olish manbai; • real vaqt rejimida cheksiz norasmiy muloqot vositasi; • ko'ngilochar o'yinlar, fîlmlar, musiqa, video o'yinlar manbai; • reklama va tijorat uchun eng qulay vosita; • intellektual, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi; • masofaviy ta'lim imkonini beradi.

Ayni vaqtda, ijtimoiy tarmoqlar bilim va kerakli axborotni olish uchun ulkan imkoniyatlar yaratish bilan birgalikda, inson hayotining deyarli barcha jihatlariga dahl qilmoqda. U shaxsga o'z bilimlarini oshirish, professionalizmini yuksaltirish, ehtiyoj va mayllaridan kelib chiqqan holda hordiq chiqarish, xalqaro va ichki siyosatda sodir bo'layotgan voqealarni kuzatib borish, siyosiy va iqtisodiy munosabatlarning faol subyekti bo'lish, birja o'yinlarida qatnashish, badiiy asarlar yaratish, ko'rgazmalar uyushtirish, taqdimotlar o'tkazish, zarur narsalarni xarid qilish imkonini beradi. Aynan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet tarmoqlar tufayli kutubxona, muzeylar, kartina ko'rgazmalari kabi madaniyatning an'anaviy institutlari tub o'zgarishlarga duchor bo'ldi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet tarmoqlarning sharofati bilan virtual kutubxonalar, virtual muzeylar, virtual ko'rgazmalar, virtual munozara klublari, elektron do'konlar, elektron axborot agentliklari, ta'lim portallari paydo bo'ldi. Internet hukumatlar, davlat rahbarlari, turli vazirliklar va tashkilotlar, siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari faoliyatining fuqarolar uchun shaffof bo'lishiga xizmat qildi. Internet millionlab kishilarga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarish imkonini berdi, uning erkinligini kengaytirishga xizmat qildi. Ayni paytda bu yo'nalishdagi ishlarni yanada samarali tashkil etish, davlat va jamoat birlashmalari axborot xizmatlari, mediatuzilmalar ishini faollashtirish, soha mutaxassislarini esa bilim va ko'nikmalarini muttasil oshirib borish hozirgi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda internetdan foydalanuvchilar soni yildan yilga ortib borishi oqibatida, internet so'nggi yillar

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

mobaynida global tarmoqqa aylanib ulgurdi. Buning natijasida dunyoda nafaqat axborotlashgan jamiyat yuzaga keldi, balki jahon hamjamiyatida globallashuv jarayonlari tezlashib ham ketdi. Aslida, axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi bu-ijobiy ko'rsatkichdir.

Xulosa tarzida shuni ta'kidlash mumkinki, internet insonlar hayotida muhim rol o'ynaydi va hozirgi vaqtda turmush tarzimizni usiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Bu holatni ijobiy yoki salbiy deb atash qiyin bo'lib, unga faqat kishilar hayotida undan qanday foydalanishiga qarab baho berish mumkin. Zero, agar u inson internetga qaramlikni yoki sog'likka zarar etkazishni tanlasa, kelajakda uning hayoti va faoliyatida ham salbiy holatlar paydo bo'ladi. Aksincha, internetni ijobiy maqsadlarda ishlatish shaxs taraqqiyotida muhim o'rin tutadi.

ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Kazin F. Идеологические уроки оранжевых технологий для России. (BRC -info) . 2006 yil,14 iyul.

2. Мокрушина Е.В. / Воздействие политического PR на молодёжь в социальных сетях // URL:psujourn.narod.Ru/vestnik/vyp 6/moc soc. htm

3. Qo'ng'irov I.H., Kungirova Sh.I. "Globallashuv sharoitida axborot tahdidlariga qarshi kurashishning zamonaviy texnologiyalarini yaratish muammolari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari T: 2020 yil, B-191.

4. Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash, yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. T.:O'zbekiston, 2017. - B. 25.

5. Аллаярова, С. Н., & Аскаров, А. Д. THE NEEDS OF IMPLEMENTING INFORMATION TECHNOLOGIES IN HIGHER EDUCATION (The case of Uzbekistan as an example) НЕОБХОДИМОСТЬ РЕАЛИЗATSIИ ИНФОРМATSЮННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ВЫСШЕМ ОБРАЗОВАНИИ (на примере Узбекистана).

6. V.Karimova, F.Akromova, N.Lutfullayeva. Ijtimoiy psixologiya. - Toshkent, 2011, 154 b.

7. V.M.Karimova. Ijtimoiy psixologiya. - Toshkent, 2007.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.