Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA MILLIY INTERNET-MEDIA SIYOSATINI TASHKILLASHTIRISH, BOSHQARISH VA NAZORAT QILISH MEXANIZMLARI: MUAMMO VA VAZIFALAR'

O’ZBEKISTONDA MILLIY INTERNET-MEDIA SIYOSATINI TASHKILLASHTIRISH, BOSHQARISH VA NAZORAT QILISH MEXANIZMLARI: MUAMMO VA VAZIFALAR Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
223
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
internet-media / media siyosat / boshqarish va nazorat qilish mexanizmlari / jamoatchilik institutlari / jamoatchilik fikri. / internet media / media policy / management and control mechanisms / public institutions / public opinion.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Abdiyeva, Dilshoda Olim qizi

Maqolada mamlakatimizda milliy internet-media siyosatini samarali tashkil etish hamda uni boshqarish va nazorat qilish mexanizmlariga oid muammolar ko’rib chiqilib, mazkur muammolarning yechimi va ushbu maqsad yo’lida qilinishi lozim bo’lgan vazifalar tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZATION, MANAGEMENT AND CONTROL MECHANISMS OF THE NATIONAL INTERNET MEDIA POLICY IN UZBEKISTAN: PROBLEMS AND TASKS

The article examines the problems related to the effective organization of the national internet media policy in our country and the mechanisms of its management and control. The solution of these problems and the tasks to be performed in the direction of this goal have been analyzed.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA MILLIY INTERNET-MEDIA SIYOSATINI TASHKILLASHTIRISH, BOSHQARISH VA NAZORAT QILISH MEXANIZMLARI: MUAMMO VA VAZIFALAR»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(10), October, 2023

O'ZBEKISTONDA MILLIY INTERNET-MEDIA SIYOSATINI TASHKILLASHTIRISH, BOSHQARISH VA NAZORAT QILISH MEXANIZMLARI: MUAMMO VA VAZIFALAR

Abdiyeva Dilshoda Olim qizi

O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi (ma'naviyat asoslari) mutaxassisligi 1 bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada mamlakatimizda milliy internet-media siyosatini samarali tashkil etish hamda uni boshqarish va nazorat qilish mexanizmlariga oid muammolar ko 'rib chiqilib, mazkur muammolarning yechimi va ushbu maqsad yo 'lida qilinishi lozim bo 'lgan vazifalar tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: internet-media, media siyosat, boshqarish va nazorat qilish mexanizmlari, jamoatchilik institutlari, jamoatchilik fikri.

ABSTRACT

The article examines the problems related to the effective organization of the national internet media policy in our country and the mechanisms of its management and control. The solution of these problems and the tasks to be performed in the direction of this goal have been analyzed.

Key words: internet media, media policy, management and control mechanisms, public institutions, public opinion.

KIRISH

Internet tufayli davlat va jamoatchilik institutlarining ishtiroki bilan fuqarolar va tashkilotlarning jamoatchilik fikrini shakllantirish jarayonlarida demokratik ishtirok etishini belgilaydi. Internetdan foydalanish istiqbollari hamma vaqt birgalikda ishlashni ta'minlash imkoniyatlari bilan bog'liqlikda qarab kelingan. Biroq muammo shundaki, birgalikda ishlashning ushbu yangi shakllari bizni Internetning murakkab muhitiga olib keladi va ushbu mavzu muhokama etishni talab qiladi, chunki u texnologiya va madaniyatning ziddiyati bilan bog'liqdir. Ushbu ziddiyat davlat boshqaruvida internet texnologiyalarini rivojlantirishning ikkinchi, transformatsiya bosqichining eng katta muammosiga aylanmoqda. Yangi texnologiyalarni rivojlantirish deyarli barcha narsani amalga oshirilishini mumkin qiladi va mumkin bo'lganlarini virtual qilish imkonini beradi. Biroq ushbu jarayonni siyosiy mojarolar va cheksiz axborot urushlari davomida ishlab chiqilgan chuqur ildiz otgan an'analar tufayli to'xtatilib turilmoqda. Mana shu sababga ko'ra davlat boshqaruvida internet

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

texnologiyalarini joriy etishning ikkinchi bosqichi boshqaruvni, tashkil etishni va hammasidan ko'ra ham mustahkam rahbarlikni jiddiy sinovdan o'tkazadi.

Mamlakatimizda fuqarolarning axborot sohasidagi huquqi, avvalo, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan bo'lib, "Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to'g'risida"gi qonunda yanada rivojlantirilgan. Xususan, mazkur qonunda davlat har kimning axborotni izlash, olish, tekshirish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlash huquqini himoya qilishi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeiga qarab axborot olish huquqi cheklanishiga yo'l qo'yilmasligi belgilab qo'yilgan. Shuningdek, axborotni muhofaza etish hamda davlat, shaxs va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta'minlashga oid normalar bilan mustahkamlangan. Sohaga oid muhim qonunlarimizdan yana biri - 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan "Axborotlashtirish to'g'risida"gi qonun bo'lib, ushbu qonunning maqsadi axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligi qayd etildi hamda halqaro axborot tarmoqlari va internet jahon axborot tarmog'idan erkin foydalanish uchun sharoit yaratish, har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishni belgilab berdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari to'g'risidagi Qonunining 1-moddasida OAV tushunchasi quyidagicha izohlanadi: «Gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, axborot agentliklari, televidenie (kabelli, efir-kabelli televidenie) va radioeshittirishlar, hujjatli kino, elektron axborot tizimi, shuningdek, doimiy nomga ega bo'lgan, davlat tasarrufidagi, mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborot vositalaridir»1.

O'z navbatida, «"axborot" deganda fan va texnika taraqqiyoti natijalari haqidagi ilmiy-texnik ma'lumotlar, bilimlar yig'indisi tushuniladi. Boshqacha aytganda, axborot ilmiy-texnik faoliyat axborot xizmati tizimining mahsuloti va "xom ashyosi" hisoblanadi»2.

Global axborot makoniga real ko'z bilan qaraydigan bo'lsak, bugungi kunda keng jamoatchiligimizni xavotir va tashvishga solib kelayotgan muammolardan biri, shubhasiz, jahon axborot makonida nosog'lom manfaatlar, ziddiyat va qarama-qarshiliklar ta'siridagi agressiv axborotlar internet tarmoqlari orqali tarqalishi bo'lib,

1 TypTHHHH xokhmhht: Y36eKHcroH Pecny6^HKacHHHHr KOHyH^apn, ^apop^apn Ba 6omrça xy^^araapn Tyn^aMH. -TomKeHT.:MexHaT, 2003. - E. 7.

2 Sharofovich S. A. Concept analysis:"information","informed society", "virtuality", "virtualization","social virtualization" //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2021. - T. 1. - №. 1. - C. 339.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

ularning milliy axborot makonimizga ham kirib kelayotgani va birinchi galda uning ta'siri yoshlarimizga bo'layotgani kuzatilmoqda.

Internetdan tarqatilayotgan axborot davlat va jamiyat manfaatlariga, axloq va ma'naviyatning umume'tirof etilgan normalariga tajovuz qilmasligi, qolaversa, axborot borasidagi xavfsizligimizga ziyon etkazmasligi lozim. Kelajagimiz vorislarining manfaatlari haqida qayg'urib, yoshlarni nosog'lom axborotlardan himoyalash, ular uchun sog'lom axborot muhitini yaratishni nazarda tutib, axborot va internet sohasiga oid halqaro hujjatlarda belgilangan normalar asosida, 2014-yilning sentyabr oyida O'zbekiston Respublikasining "Axborotlashtirish to'g'risida"gi qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi. Xususan, qonunning 121-moddasida veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin bo'lgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmog'idagi o'z veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifasidan:

O'zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo'rlik bilan o'zgartirishga da'vat etish; urush, zo'ravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g'oyalarini targ'ib qilish; fuqarolarning sha'ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro'siga putur etkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo'l qo'yuvchi axborotni tarqatish; pornografiyani targ'ib qilish; qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab bo'ladigan boshqa harakatlarni sodir etish maqsadlarida foydalanilishiga yo'l qo'ymasligi shartligi belgilangan. Va axborotni joylashtirishdan avval uning to'g'riligini tekshirish, shuningdek, joylashtirilgan axborotning noto'g'riligi aniqlangan taqdirda uni darhol o'chirib tashlash shartligi ham belgilanib qo'yildi.

Bugungi axborot asri davrida yoshlar ularga yopirilib kelayotgan axborotlardan foydalana olishlari, xususan, axborotni farqlay va idrok eta oladigan, o'zini-o'zi boshqaradigan, nosog'lom axborotlardan ularning o'zlari himoyalana olishlari, kommunikatsiya vositalaridan to'g'ri foydalana bilishlari uchun bilim va tajriba kerak bo'ladi. Aynan mana shu borada ular uchun ota-onalar, pedagoglar va mutaxassislarning ma'naviy-ruhiy ko'magi, tarbiyaviy ishlar, ayniqsa, internetdan foydalanish madaniyatini o'rgatishimiz zarurdir.

Internet madaniyati haqida so'z yuritadigan bo'lsak, u yangi tushuncha ekanligini e'tirof etib, soha mutaxassislari tomonidan quyidagicha ta'rif berilmoqda, ya'ni internet madaniyati (ing. Internet-culture) — bu internet orqali foydalanuvchilarning muloqot, axborot olish va uzatish madaniyatidir. Internet madaniyati (internet foydalanuvchilarining kibermadaniyati) deganda, shuningdek, ijtimoiy ongga salbiy ta'sir etuvchi, jumladan, amaldagi davlat tuzumiga qarshi qaratilgan noxolis xarakterdagi, diniy-ekstremistik, terroristik, pornografik va boshqa

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

mazmundagi axborotlarni tarqatuvchi saytlardan foydalanishning ongli ravishda cheklanilishi tushuniladi. F.Madrahimova bu haqida shunday yozadi: "Axborot orqali shakllantirilayotgan g'oyaviy ta'sir, oshkora mafkuraviy tazyiq oldida hatto qudratli davlatlar ham qiyin ahvolga tushib qolmoqda. Axborotlashgan ta'sir an'anaviy xavf-xatarlar - terrorchilik, yadroviy qurollarning ishlatilishi, ekologik muammo va boshqa muammolardan farqli o'laroq ko'zga ko'rinmaydi, chegara bilmaydi, uzoq vaqt mobaynida singib boradi. Bugungi kunda hech narsadan tap tortmaydigan axborotlar ta'siri tufayli turli davlatlar aholisi kayfiyati, ruhiyati, dunyoqarashi va hatti-harakatlarida tub o'zgarishlar yuz berganligiga ko'plab misollar keltirish mumkin"3.

Internet orqali axborot tarqalishini tartibga solishda nafaqat vakolatli davlat organlari, balki nodavlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati barcha institutlarining ham faol ishtiroki, shu jumladan, internet sayt egalarining regulyativ vakolatlarga ega bo'lgan o'zini o'zi boshqaradigan tizimni tashkil qilish masalasi ustida ham o'ylab ko'rilsa, foydadan xoli bo'lmaydi. Bugungi kunda mamlakatimizda ko'plab gazeta, jurnal, axborotnoma-byulleten', radio, televidenie, axborot agentliklari, internetda veb-saytlar faoliyat ko'rsatmoqda. Ulardan ta'lim sohasida qanchalik samarali foydalana olsak, mediata'lim shunchalik takomillashadi, albatta.Buning uchun talabalarga ta'lim-tarbiya berayotgan professor-o'qituvchilar uning asl mohiyatini teran anglab olishlari maqsadga muvofiqdir.

Bugungi kunda hayotimizning deyarli barcha sohalarini, hususan ta'limning rivojlanishini "media"(inglizcha "education",lotincha-omil) ya'ni, televidenie, radio, kino, audio, video, kompyuter axborot tizimlarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi.

Hozirgi kunda texnika jadal olg'a borayotgan jamiyatni axborotlashtirish jarayoni, turli ta'lim dargohlarida tayyorlanayotgan mutaxassislarning kompyuter texnikasi va internet tarmog'i xizmatlaridan foydalanish sohasida etarli darajada bilim olishlarini taqozo etadi. Ular axborot turlari, elektron o'quv qo'llanmalari, multimediya va masofadan turib o'qitish uslublari orqali mutaxassisligiga oid amaliy masalalarni echishlari va o'zlari qiziqtirgan ma'lumotlarni ola bilishlari, ularni saqlash va uzatish ko'nikmalarini hosil qilgan bo'lishlari kerak.

Hozir har qadamda internet klublar, qo'l telefoni, quloqda radio- pleyrlarni uchratish mumkin. Har bir yangilikni, ayniqsa, yoshlar tez qabul qiladi, unga ergashadi, taqlid qiladi, foydalanadi. O'tgan asrning 50-yillarida bir mahallaga bitta televizor to'g'ri kelsa, hozirgi paytda bir oilaning o'zida bir necha televizor, kompyuter, videolar bor. Ko'p kompyuterlar internetga ulangan. Bular yaxshimi yoki

3 Magpa^HMOBa AxöoporaamraH gaBp Ba "oMMaBHH MagaHHHT" TaxgHg^apn//.- HmuMonn $HKp. HHCOH xy^y^apn 2013. 1-coH E. 146.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

yomonmi? Albatta, ijobiy tomonlarni hech kim inkor etmaydi. Texnika, texnologiya hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Mamlakat taraqqiyotida ham bu texnika, texnologiyani roli beqiyos. Insonni sog'lig'ini tiklashdan tortib, iqtisodini yaxs hilash, ma'naviyatini axborotlar bilan boyitish xususida va boshqa sohalar to'g'risida muhim fikrlarni aytish mumkin. Lekin, inson qalbi va tafakkurida shunday tushunchalar borki, uni hech narsa bilan almashtirib bo'lmaydi. Vatan tuyg'usi, millat g'ururi, o'zlikni anglash, yurt iftixori tushunchalari xususida pedagogik texnologiya, ota-ona ibrati, avlodlar merosi, mustahkam iroda, e'tiqod va imon butligi uyg'unlashganda inson komillikka intilib boradi.

Bugungi dunyoda mislsiz ilmiy kashfiyotlar, ulkan texnikaviy imkoniyatlar, universal texnologiyalar, axborot tarqatishning globallashuvi, yani ularning butun kurrai zaminni egallab olish jarayoni shiddat bilan bormoqda. Masalan, internet tizimi orqali nafaqat axborot almashinuvi, balki, g'oyaviy tasir o'tkazish imkoniyatlari ham tobora kengayib bormoqda. Aslida axborot texnologiyalarining rivojlanishi jamiyat uchun, dunyoning barcha joylaridagi odamlarning o'zaro muloqoti uchun, ilm-fan va madaniy boyliklarni o'zlashtirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadigan jarayondir. Lekin, axborot texnologiyalarining salbiy jihatlari borligini ham esdan chiqarmaslimiz kerak. Biron bir hudud yoki mamlakatda paydo bo'layotgan g'oyalar tez fursatda butun jahonga yoyilmoqda. Natijada odamzod malum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning manfaatlariga xizmat qiladigan, olis yaqin manbalardan tarqaladigan turli mafkuraviy markazlarning bosimini doimiy ravishda sezib yashamoqda. Bunday vaziyatda o'z mustaqil fikriga, sobit etiqodiga, mustahkam iroda va dunyoqarashiga ega bo'lmagan odam goh oshkora, goh pinhona ko'rinishda namoyon bo'layotgan mafkuraviy tazyiqlarga bardosh bera olmaydi. Biroq, internet olamini cheklab yoki malumotlar olishni to'xtatib qo'yish bilan masala hal bo'lmaydi. "Bugungi dunyoda mislsiz ilmiy kashfiyotlar, ulkan texnik imkoniyatlar, universal texnologiyalar, axborot tarqatishning globallashuvi, ya'ni ularning butun kurrai zaminni qamrab olish jarayoni shiddat bilan kechmoqda. Masalan, Internet tizimi orqali axborot almashuv, binobarin, g'oyaviy ta'sir o'tkazish imkoniyatlari ham tobora kengaymoqda. Aslida axborot sohasidagi globallashuv insoniyat uchun, dunyoning barcha hududlaridagi odamlarning o'zaro muloqoti uchun, ilm-fan va madaniy boyliklarni o'zlashtirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadigan jarayondir".4

Internetdagi ma'lumotlarning to'g'riligini aniq ajrata bilishi uchun yoshlarni tanqidiy fikrlash qobiliyatini o'stirish, dalillarni fikrlardan farqlashga, to'g'riligi tasdiqlanmagan axborotdan himoyalanishga o'rgatish, ayniqsa muhim ahamiyatga ega va har bir ota-

4 MHMHH HCTHR^O^ Foacn: acocHH TymyH^a Ba TaMOHH^ap. - TomKeHT.:Y36eKHCTOH, 2000 - E. 23.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

onaning vazifasi bo'lmog'i darkor. Yana bir bor bu masalaga onalarimiz jiddiy qarashlari kerak, deb o'ylayman. Chunki yoshlarimizning kamol topishi va komil inson bo'lib shakllanishi kelajakda davlatimizning rivojlanishi bilan bevosita bog'liq. Ahloqiy tarbiya - shaxs shakllanishining ko'pqirrali jarayonining muhim bir tomoni hisoblanib, uning natijasida individ tomonidan axloqiy qadriyatlar o'zlashtiriladi, axloqiy fazilatlar, axloq-odob tamoyillari, me'yor va qoidalari asosida yashash qobiliyatlari ishlab chiqiladi.

Umuman olganda, globallashuv chog'ida (xususan, "internetlashish" va "tarmoqlashish") muloqot va boshqaruvning jismoniy darajasidan axborot darajasiga o'tish yuz berdi. Ta'lim va o'qitishning yangi shakllari vujudga keldi. Iqtisodiyot, siyosat va fanda tub o'zgarishlar yuz berdi. Iqtisodiyotdagi asosiy tendentsiya sanoatlashgan jamiyatdan axborotlashgan jamiyatga o'tish bo'lib qolmoqda. Axborot, aniqroq qilib aytganda raqobatli ustuvorlikni ta'minlaydigan yorib o'tuvchi texnologiyalar bosh qadriyatga aylanmoqda. Siyosiy faoliyatda maqsadga erishishning eski qo'pol (jismoniy va ruhiy zo'rovonlik asosida) usullari chekindi. Jamiyat tuzilmasining yanada nozik zo'rovonliksiz axborotlashgan "piramidali" tuzilmasi paydo bo'ldi. Siyosiy boshqaruvning ierarxik tizimi yo'qolib uning tayanchi hisoblangan byurokratiya tobora inqirozga uchramoqda. Bulardan ma'lum bo'ladiki, internettarmoq bosh ijtimoiy zahiraga aylanib borayotgan axborot doimiy oqimi va ulkan hajmini jamlash ishlov berish uzitishdan iborat bo'lgan axborotlashgan jamiyatning bosh muammosini xal qiluvchi kommunikatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati va tezligini ko'p marotaba orttirish vositasiga aylanmoqda.

Shuning bilan bir qatorda hozirgi davrga xos bo'lgan texnogen tsivilizatsiya, postindustrial va axborotlashgan jamiyatda globallashuv jarayoni ichki ziddiyatlari keskinlashib, bir tomondan, kompyuter va internetdan, uyali aloqa vositalaridan keng foydalanish umuminsoniy qadriyatlarning ommalashuvi, universallashuvini kuchaytirmoqda. Ikkinchi tomondan, tarixiy ma'naviy qadriyatlar "devalvatsiyalashib": shaxs va millatlar marginallashuvi, ijtimoiy begonalashuvi, ayrim millatlarning etnoegotsentrizm kayfiyatiga asoslanib dunyoda gegemonlik siyosatini rivojlantirish intilishi, "ommaviy madaniyat" eskalatsiyasi jadallashuvi bilan xarakterlanmoqda. Internet tufayli jamiyat hayotidagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning yangi shakllari paydo bo'ldi. Bunga sabab esa internetdan foydalanuvchilarning sonini ortishi bilan bog'liq. Dastlab harbiy, so'ngra akademik kommunikatsiya vositasiga aylangan internet tobora siyosiy ta'sir kuchiga ega bo'lib bormoqda.

Bugungi kunda internet - axborot-kommunikatsion texnologiya vositasi sifatida o'ziga xos dasturlar ta'minoti va qaydnomalari asosida tashkil etilgan, hamda

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

ma'lumotlar bazasi va elektron xujjatlar bilan muntazam ravishda ishlash imkonini beruvchi global siyosiy tarmoq sifatida rivojlanmoqda. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida yangi internet texnologiyalarining joriy qilinishi va ulardan jadal foydalanish, yanada takomillashgan internet boshqaruvi tizimlarini amalga oshirishni yanada takomillashtirish va internet tizimida davlat xizmatlari ko'rsatish sohasini rivojlantirish, shuningdek axborotlashtirishning boshqa tarkibiy jarayonlari internet texnologiyalarni rivojlantirish borasidagi siyosatni mustahkamlashga munosib shart-sharoit yaratdi.

Zamonaviy texnik vositalar yordamida subyekt real va virtual olamdagi obyektlar va hodisalarni ajrata olmaydigan virtual haqiqatga sho'ng'ish mumkin. Dunyo unga to'g'ridan-to'g'ri uning his-tuyg'ularida beriladi va ularda namoyon bo'ladi, passiv darajada farqlanmaydi. Biroq, Virtual haqiqat ong holatlarini tasvirlaganligi sababli, u obyektiv haqiqatdan, shu jumladan kundalik hayotimiz dunyosidan farq qiladi. Shu nuqtai nazardan, psixologiya, estetika, umuman ma'naviy madaniyatda mavjud bo'lgan virtual realliklarni qayta ko'rib chiqish kerak5.

Zamonaviy dunyo tartibda o'zgarishlar, siyosiy o'zgarishlarni, hukmron texnologiyalari, bugungi dunyoda ilmiy-tadqiqot yo'nalishini aniqlash, yangi tizimlarini modifikatsiyani aks ettirmoqda. Internet avvalo safarbarlik siyosiy shakllari, norozilik kollektiv harakatlar tashkil etishning samarali shakliga aylanib bormoqda, shuningdek, ijtimoiy tarmoq saytlari va bloglari orqali yoshlarning siyosiy ongiga jiddiy ta'sir ko'rsatilmoqda. Chunki bugun dunyoni to'r singari o'rab olgan internet tizimi orqali istagan odam har qanday ma'lumotni qabul qilishi yoki uzatishi mumkin.

Internet sharoitida davlat chegaralari ochiq qoladi. Albatta, har bir mamlakat o'z chegaralarini imkoni boricha himoya qilishga harakat qiladi. Lekin bu borada biz ishonchli yo'l keng aholi qatlamida O'zbekiston manfaatlariga zid axborotga nisbatan immunitet hosil qilishdir. Agar internet tarmog'idagi saytlarni varaqlagan fuqaroda Vatan tuyg'usi, o'z halqiga nisbatan e'tiqodi mustahkam bo'lsa, har qanday bo'xton va to'qimalarga ishonmaydi immunitetga ega, iymoni baquvvat, g'ururi baland, siyosiy madaniyati etuk insonlarga yot g'oyalar ta'sir o'tkaza olmaydi.

Internet operatorlari va foydalanuvchilar o'rtasidagi ham o'zaro, ham boshqa shaxslar va davlat organlari bilan o'zaro munosabatlardagi siyosiy maqsad va vazifalarni aniqlab olish bugungi kuning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Internet bilan bog'liq muayyan murakkab muammolarni davlat tomonidan nazoratga olinishi va huquqiy jihatdan tartibga solish usullarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.

5 Sharofovich S. A. Virtuality as a New Ontological Model of the World //Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture. - 2021. - T. 2. - №. 10. - C. 51-54.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

XULOSA

Yuqoridagi ma'lumotlar asosida quyidagi xulosalarga kelish mumin: Birinchidan, O'zbekistondagi jamoatchilik bilan aloqalar uchun kommunikativ makon sifatidagi internetning eng muhim afzalliklari keng geografiy hududni qamrab olish, tsenzuraning mavjud emasligi PR(Jamoatchilik bilan aloqalar) orqali auiditoriya tadqiqotini o'tkazish imkoniyatidir. Jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha xizmatlardagi tarmoqli axborot texnologiyalarini ham xususiy tijorat tuzilmalari darajasida ham davlat darajasida "elektron xukumat" kontseptsiyasi doirasida foydalanish mumkin. PR xizmatlari faoliyati tufayli ko'plab davlat organlarining virtual qiyofasi so'nggi-yillarda haqiqatan yaxshi tomonga o'zgardi. PR funktsiyalaridan biri loyihalarni ilgari surish (promoushn) bo'lsa, afsuski, bugungi kunda internetda amalga oshirilayotgan PR kompaniyalarining aksariyati PR kompaniyalarining maqsadlari va vazifalarini aniq anglanishi qaror topgan muayyan rejaga ega emas.

Ikkinchidan, ommaviy kommunikatsiyalarning virtual vositalarini ilgari surishda maqsadli auiditoriyani soni, ijtimoiydemografik va bilimi xususiyatlari, geografik taqsimlanishi va malakasi va faollik darajasi, qiziqishlari va ishqibozliklari mavjudligi bo'yicha tadqiq qilinishi zarur. Qator holatlarda auditoriyani har biri bilan PR kompaniya o'tkazishi uchun bir qancha guruhlar va guruhchalarga bo'lish maqsadga muvofiqdir. Loyihani ilgari surish chog'ida tadqiq qilinayotgan mezonlarning o'zgarish dinamikasini belgilashni hisobga olish zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. TypTHHHH xpkhmhat: Y36eKHCTOH Pecny6nuKacHHHHr KOHyHnapu, Kapopnapu Ba 6om;a xy^^araapu TynnaMH. - TomKem\:MexHaT, 2003. - E. 7.

2. Sharofovich S. A. Virtualization of economy is the main mechanism of virtualization of social life //American Journal Of Social Sciences And Humanity Research. - 2022. - T. 2. - №. 12. - C. 62-68.

3. MagpaxuMOBa Ax6opoTnamraH gaBp Ba "oMMaBHH MagaHHAT" Taxgugnapu//.- H^THMOHH $HKp. HHCOH xyKyK^apu 2013. 1-COH E. 146.

4. Sharofovich S. A. Virtuality as a New Ontological Model of the World //Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture. - 2021. - T. 2. - №. 10. - C. 5154.

5. MunnuH ucTHK^on roacu: acocuH TyrnyHna Ba TaMoftunnap. -TornKeHT.:Y36eKHCTOH, 2000 - E. 23

6. Sharofovich S. A. Concept analysis:"information","informed society", "virtuality", "virtualization","social virtualization" //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2021. - T. 1. - №. 1. - C. 338-346.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.