Научная статья на тему 'YOSHLAR MEDIA MADANIYATI: О‘ZBEKISTON AMALIYOTI'

YOSHLAR MEDIA MADANIYATI: О‘ZBEKISTON AMALIYOTI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
436
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yoshlar / media / internet / axborot / veb-sayt / kompyuter / AKT. / Youth / media / internet / information / website / computer / ICT.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Abdullayev, Ibodulla Abdullayevich

Mazkur maqola O‘zbekistonda yoshlarning media madaniyati, internetning yoshlar ong-u tafakkuriga ta’sirini o‘rganish borasidagi tarjiba va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

YOUTH MEDIA CULTURE: UZBEKISTAN PRACTICE

This article presents the experience and recommendations of studying the media culture of young people in Uzbekistan, the influence of the Internet on the thinking of young people.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR MEDIA MADANIYATI: О‘ZBEKISTON AMALIYOTI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

YOSHLAR MEDIA MADANIYATI: O'ZBEKISTON AMALIYOTI

Abdullayev Ibodulla Abdullayevich

Urganch davlat pedagogika instituti o'qituvchisi, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola O'zbekistonda yoshlarning media madaniyati, internetning yoshlar ong-u tafakkuriga ta 'sirini o 'rganish borasidagi tarjiba va tavsiyalar berilgan.

Kalit so 'zlar: Yoshlar, media, internet, axborot, veb-sayt, kompyuter, AKT. МОЛОДЕЖНАЯ МЕДИАКУЛЬТУРА: ПРАКТИКА УЗБЕКИСТАНА

В данной стати опобликовано опит и рекомендасии по изучению медиакулътури молодежи Узбекистана, влияние Интернета на мишление молодежи.

Ключевие слова: Молодеж, СМИ, интернет, информасия, сайт, компьютер, ИКТ.

This article presents the experience and recommendations of studying the media culture of young people in Uzbekistan, the influence of the Internet on the thinking of young people.

Keywords: Youth, media, internet, information, website, computer, ICT.

Hozirgi kunda global axborot tarmoqlari (internet, uyali va sun'iy yo'ldosh aloqasi) har bir mamlakatning rivojlanishini ta'minlovchi asosiy omilga aylanmoqda.

Hozirgi kunda raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallash zarurati ortib bormoqda. Qayd etish zarurki, 2016 yilda internetdan muntazam foydalanadigan aholi 12.1 mln kishini tashkil qilgan bo'lsa, 2019 yilda bu raqam 22,5 milliondan ortiq foydalanuvchini tashkil etdi. "Mamlakatda mobil aloqa abonentlarining umumiy soni 22,8 mln kishini tashkil etadi, bunda uchinchi va

АННОТАЦИЯ

YOUTH MEDIA CULTURE: UZBEKISTAN PRACTICE

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

to'rtinchi avlod mobil aloqadan foydalanuvchilar soni 16 milliondan ortiq abonentni tashkil etdi"1.

O'zbekistonda internetdan foydalanuvchilarning 60 foizini 25 yoshgacha bo'lgan kishilar tashkil etadi. Qolganlarning yoshi 25 dan yuqori, ya'ni, yoshlar O'zbekistondagi eng faol Internet foydalanuvchilardir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Avvalambor shuni ta'kidlash joizki, O'zbekistonda mazkur sohadagi ijtimoiy, iqtisodiy, texnikaviy va tashkiliy munosabatlarni 100 dan ortiq normativ-huquqiy aktlar tartibga soladi. Ushbu hujjatlar asosida AKT va internet tarmog'ining oila mustahkamligiga va rivojiga ta'siri, oilaviy turmush tarzi qadriyatlarini targ'ib qilish, oilalardagi, bolalar tarbiyasidagi salbiy ijtimoiy holatlarning profilaktikasiga qaratilgan bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, "O'zbekiston Respublikasining "Bolalarni ularning sog'lig'iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to'g'risida"giqonunida bolalarning axborotga oid va huquqiy madaniyatini yuksaltirish (11-modda), bolalarning sog'lig'iga zarar yetkazuvchi axborotni tasniflashga (16-modda) doir alohida moddalar kiritilgan"2. Jumladan, mazkur qonunning 16-moddasida bolalar o'rtasida tarqatilishi taqiqlangan axborot mahsuloti jumlasiga:

- bolalarni ularning hayotiga va (yoki) sog'lig'iga xavf soladigan xatti-harakatlarni sodir etishga, shu jumladan o'z sog'lig'iga zarar yetkazishga, o'z joniga qasd qilishga va shunday harakatlarni targ'ib qilishga undaydigan;

- bolalarda alkogolli va tamaki mahsulotlarini, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki aql-iroda faoliyatiga ta'sir etuvchi boshqa moddalarni iste'mol qilish, qimor o'yinlarida, ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etish, fohishalik, darbadarlik, tilanchilik yoki g'ayriijtimoiy xatti-harakatning boshqa shakllari bilan shug'ullanish istagini paydo qiladigan;

- oilaviy qadriyatlarni inkor etadigan, axloqsizlikni targ'ib qiladigan, shuningdek ota-onasiga va oilaning boshqa a'zolariga nisbatan hurmatsiz munosabatni shakllantiradigan;

- g'ayriqonuniy xulq-atvorni oqlaydigan va huquqbuzarlik sodir etishga olib keladigan;

- jamiyatda buzg'unchilik g'oyalarini targ'ib etishga chaqiradigan;

-uyatli so'zlarni o'z ichiga olgan;

-pornografiya xususiyatiga ega axborotlar kiritilgan.

1 O'zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasi// https://regulation.gov.uz/

2 O'zbekiston Respublikasining "Bolalarni ularning sog'lig'iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to'g'risida"gi qonuni// lex.uz/

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

Milliy va xorijiy tajribani o'rganish shuni ko'rsatmoqdaki, Global tarmoqqa yoshlar ongiga ta'sir etuvchi salbiy omil sifatida qarab, internetga kirishga taqiq qo'yish emas, balki undagi foydali va zararli tomonlarni farqlash va ajrata olishga o'rganishlari, yoshlarda axborot iste'moli madaniyatini shakllantirish zarur va muhim.

"Yosh avlodga internet tarmog'ida qulay, xavfsiz muhit yaratish, ta'lim va bilim beruvchi resurslardan yagona nuqtadan foydalanishlarini tashkil qilish orqali sog'liklari va rivojlanishlariga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi axborot hamda kiber-xurujlardan himoya qilish maqsadida "O'zbektelekom" AK tomonidan 2017 yilda maxsus tarif rejalari, "Xavfsiz internet" turkumi va qo'shimcha xizmatlar"3 joriy qilingani diqqatga sazovordir.

Bu ishlarning natijasida yoshlar uchun deyarli 3 ming saytni qamrab olgan Yagona axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati yaratildi. Aytish joizki, ularning ichida ilmiy-ta'limiy, ma'naviy-ma'rifiy sahifalar mavjud bo'lib, ular yoshlarning barkamolligiga ijobiy ta'sir etadi4. Natijada yoshlarni global tarmoqdan himoyalash ta'minlanadi. Qolaversa, "ota-onalar uchun farzandlarining tarbiyasi uchun ma'qul deb topgan hamda yoshlarda qiziqish uyg'otadigan saytlarni tanlash yuzasidan taklif ham yo'llash imkoni berildi"5.

Hozirda O'zbekistonda internetdan fodalanayotganlarning yarmi mobil telefon orqali turli ijtimoiy tarmoqqa ulanadi. Mobil telefonlar ommalashuvi telekommunikatsiya kompaniyalari taqdim etayotgan nisbatan arzon va simsiz aloqaning mavjudligi bilan izohlanadi. Bundan tashqari, turli muassasalarda keng tarqalayotgan bepul Wi-Fi hamda internetdan simsiz foydalanishda qulay infratuzilma ham muhim rol o'ynaydi. Bunda internetga ulanish uchun faqat sim-karta kerak bo'ladi, xolos. O'zbekistonda mobil internet juda yaxshi rivojlangan -mamlakat aholisining mobil internetdan faol foydalanuvchilari soni qariyb 12 million nafardan ziyod fuqaro ijtimoiy tarmoqdan foydalanadi, deganidir. Shu bilan birga, yoshlar mahalliy veb-saytlardan foydalanishida ko'proq nodavlat axborot manbalariga qiziqishining yuqoriligi va ularga ko'proq ishonishi aniqlangan.

Similar Web, saytidan olingan ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekistonda Imo ilovasi Android operativ tizimida yuklangan eng mashhur ilova hisoblanadi. Telegram ilovasi esa, ikkinchi o'rinni egallaydi. Biroq Telegram Apple do'konida 2018 yildagi ilovalarda Instagram va Imo ilovasidan yuqorida, birinchi o'rinni egalagan bo'lsa-da, O'zbekistondagi Google Play do'konida doimo yuklash trendida turibdi.

3 Internetdan samarali foydalanish - davr talabi // https://ictnews.uz/uz/04/04/2018/internet-use/

4 O'zbekistonda bolalar uchun "xavfsiz internet" tarifi joriy qilindi// https://www.terabayt.uz/post/uzbekistonda-bolalar-uchun-xavfsiz-internet-tarifi-j orij -qilindi

5 Internetdan samarali foydalanish - davr talabi // https://ictnews.uz/uz/04/04/2018/internet-use/

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

Mamlakatimizda borgan sari ommalashib borayotgan Snapchat ijtimoiy tarmog'i ushbu ko'rsatkichda to'rtinchi o'rinda ko'rsatilgan.

Virtual dunyoga bevosita bog'lanib qolgan o'smir yoshlar internetdan olinayotgan axborotlarga qaram bo'lib qolishlari va mustaqil fikrlash qobiliyati susayishi mumkinligini ham nazarda tutish lozim. O'qituvchilarning fikriga ko'ra, internet o'yinlari ularning ongida inson hayotining qadrini pasaytirishi va "yorqin kelajak"ka bo'lgan puch xayol va orzularga qaram bo'lishiga, "jihodchilar" g'oyalari tarafdoriga aylanishigasabab bo'lishi mumkin;

Biz natijasida o'rganilayotgan sohani takomillashtirishga oid qo'yidagi choralarni qo'llash tavsiya qilimiz:

1. Zamonaviy axborot texnologiyalari odamlarning fikrlash tarzi, oila institutining barqaror rivojlanishi, yosh avlodning jamiyatdagi o'zgarishlarga bo'lgan munosabatlarini ham tubdan o'zgartirish xususiyatiga ega ekanini nazarda tutgan holda maktab o'qituvchilari bolalarning bilim olishida yo'l boshlovchilik vazifasini ham bajarishi lozim.

2. "Internet - ilm manbai", "Internetdan foydalanish madaniyati" kabi mavzularda haftalik o'tkazish va ularda internetdan unumli foydalanish va bolalarda axborot immuninetini shakllantirishga qaratilgan uslubiy tavsiyalar berish, seminarlar o'tkazish va maktab o'quvchilari ishtirokida turli viktorina va o'quvchilar tomonidan yaratilgan multimedia mahsulotlarining prezentatsiyalarini o'tkazish bo'yicha chora-tadbirlar belgilash lozim. Bu esa, o'z navbatida, bolalarning internetdan ermak uchun emas, balki samarali foydalanishiga xizmat qiladi.

3. Yoshlarni internet va mobil aloqa vositalaridan foydalanish qoidalariga o'rgatish, ularni internet tarmoqlarida tarqatilayotgan buzg'unchi xabarlardan ogoh etish masalasiga alohida e'tibor qaratish lozim.Metodik maslahatlar va "davra suhbatlari" yakunlari bo'yicha har chorakda Sog'liqni saqlash vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi va pedagogik yo'nalishdagi oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlikda tegishli qo'llanmalar nashr etishni yo'lga qo'yish lozim.

4. Maktabda ta'lim olish jarayonlariga kompyuter va multimedia vositalari yordamida ma'lum mavzular bo'yicha mustaqil prezentatsiyalarni tayyorlash ko'nikmalarini hosil qilish uchun tegishli tavsiyalar tayyorlash va ularni respublika maktablarida bosqichma bosqich joriy etish darkor.

5.Ta'lim muassasalarida o'qituvchilarning ma'lum bir qismi zamonaviy kompyuter texnikasidan o'quv jarayonida yetarli foydalanish malakasiga ega emas.

6. Shuning uchun ta'lim muassasasidagi o'kituvchilarni kompyuterda ishlashga o'rgatishni quyidagicha amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(7), July, 2023

Birinchidan, ta'lim muassasasida o'qituvchilarning kompyuter savodxonligi darajasini aniq belgilab chiqish kerak.

Ikkinchidan, ta'lim jarayonida kompyuter texnikasining maqsadli ishlatilishiga erishish zarur. Bu bosqichning hayotga tatbiq qilinishi ta'lim muassasasida amalga oshirilayotgan ta'lim jarayonining hozirgi davr talablari, ilg'or mamlakatlar ta'lim tizimi darajasiga yetkazish imkoniyatini yaratadi.

Uchinchidan, kompyuter texnikasidan o'quv jarayonida unumli foydalanish uning asosida amaliy darslar va seminar-treninglar o'tkazish hisoblanadi. Bu bosqichda asosan kompyuter texnikasini professional darajada biladiganlar qismidan foydalaniladi. Har bir fan o'qituvchisi o'zining fanidan kelib chiqib, AKTni dars jarayonida foydalanish koeffitsiyentini aniqlashni bilishi kerak, ya'ni o'z o'quv fanida AKTdan foydalanish mumkinligi va qay o'rinda zarurligini aniq bilishi va tasavvur qilishi kerak.

7. Ota-onalarga farzandlari bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish tavsiya qilinadi. Mazkur usul o'spirin yoshlarni onlayn-xavfsizlik qoidalariga o'rgatishning eng samarali yo'li hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasi// https://regulation.gov.uz/

2. O'zbekiston Respublikasining "Bolalarni ularning sog'lig'iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to'g'risida"gi qonuni// lex.uz/

3. Internetdan samarali foydalanish - davr talabi// https://ictnews.uz/uz/04/04/2018/internet-use/

4. O'zbekistonda bolalar uchun "Xavfsiz internet" tarifi joriy qilindi // https://www.terabayt.uz/post/uzbekistonda-bolalar-uchun-xavfsiz-internet-tarifi-i orij -qilindi.

5. Kadamovich, Y. J., Muzaffarovna, I. G., Maxmudovich, Y. B., Boxtiyarovna, S. S., & Xabibullayevich, S. S. (2020). Social justice as a condition of socio-spiritual stability in society. Journal of Critical Reviews, 7(5), 816-818.

6. Ramatov, J.S., Baratov, R.O'., Sultanov, S.H., Muratova, D.A., Xasanov, M.N., & Erniyozov, U.K. (2022). Yoshlar zamonaviy madaniy qiyofasi va umuminconiy qadpiyatlap tushunchacining mazmun-mohiyati. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10), 376-386.

7. Ramatov, J.S., Baratov, R.O'., Sultanov, S.H., Kushakov, Fayzulla Abdullaevich., Valiev, L.A., & Xasanov, M.N. (2022). Hozirgi davrda ijtimoiy adolat

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

haqidagi ilmiy-falsafiy qarashlarning o'ziga xos talqini. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (9), 647-656.

8. Ismoil Saifnazarov, & Sirojbek Habibullaevich Sultanov (2022). Ijtimoiy adolatni mustahkamlashda ijtimoiy tadbirkorlikni ustuvop jihatlapi. Academic research in educational sciences, 3 (TSTU Conference 1), 71-76.

9. Ramatov, J. S., Muratova, D., Sultanov, S. H., Tuxtaboev, E., Kushakov, F., & Xasanov, M. N. (2022). Ijtimoiy adolat va qadriyatlar plyuralizmi. World scientific research journal, 8(1), 102-108.

10. Ramatov, J. S., Erniyozov, U. K., Sultanov, S. H., & Xasanov, M. N. (2022). San'atning tarixiy-falsafiy asoslarining bugungi kundagi axamiyati. World scientific research journal, 9(2), 65-70.

11. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Sultanov, S., & Khasanov, M. (2022). Methods and means of formation of spiritual moral consciousness in students and youth of uzbekistan. World scientific research journal, 10(1), 257-262.

12. Jo'raboev, N. Y., Baratov, R. O'., Kushakov, F. A., Sultanov, S. H., & Xasanov, M. N. (2022). Xitoy falsafasining ijtimoiy-siyosiy qarashlari. World scientific research journal, 9(2), 43-48.

13. Ramatov, J., Sultanov, S., Nazarova, N., Khasanov, M., & Valiev, L. The place and role of women in the railway transport system of Uzbekistan. Teoriya i praktika sovremennoy nauki Uchrediteli: OOO" Institut upravleniya i sotsialno-ekonomicheskogo razvitiya",(12), 49-52.

14. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Sultanov, S., Nazarova, N., & Khasanov, M. Ways of regulating family relations and preventing conflicts (in the example of the state of Uzbekistan). Teoriya i praktika sovremennoy nauki Uchrediteli: OOO" Institut upravleniya i sotsialno-ekonomicheskogo razvitiya",(12),

45-48.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.