Научная статья на тему 'TA’LIM TIZIMIDA RAQAMLI SAVODXONLIK VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR'

TA’LIM TIZIMIDA RAQAMLI SAVODXONLIK VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
754
75
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsiya / raqamli savodxonlik / onlayn rejim / media savodxonlik / gadjetlar.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Gulnoza Baxodirovna Allabergenova, Yulduz Yuldashevna Babajanova

Ushbu maqolada O‘zbekiston ta’lim tizmida raqamli savodxonlik va innovatsion texnologiyalarning o‘rni haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM TIZIMIDA RAQAMLI SAVODXONLIK VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

TA'LIM TIZIMIDA RAQAMLI SAVODXONLIK VA INNOVATSION

TEXNOLOGIYALAR

Gulnoza Baxodirovna Allabergenova Yulduz Yuldashevna Babajanova

Urganch davlat universiteti o'qituvchisi Urganch davlat universiteti 4-bosqich

talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'zbekiston ta'lim tizmida raqamli savodxonlik va innovatsion texnologiyalarning o'rni haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: innovatsiya, raqamli savodxonlik, onlayn rejim, media savodxonlik, gadjetlar.

Raqamli savodxonlik — zamonaviy dunyoda hayot uchun, raqamli texnologiyalar va internet resurslaridan xavfsiz va samarali foydalanish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar to'plamidir. Dinamik onlayn rejimlarni yaratish va saqlash, yirik va murakkab bo'lgan onlayn ijtimoiy tarmoqlarni boshqarish qobiliyati hisoblanadi. Raqamli savodxonlik - bu odamga raqamli muhitda muammolarni samarali hal qilishga imkon beradigan bilim, ko'nikma va munosabatlarning asosiy majmuini anglatadi. Raqamli savodxonlik komponentlari:

• Axborot savodxonligi

• Axborotning o'ziga xos xususiyatlari va uning turli manbalari haqida bilimlar

• Tegishli ma'lumotlarni topish va solishtirish ko'nikmalari

• Axborotning foydasi va zarariga munosabat bildirish

• Kompyuter savodxonligi

• Kompyuter qurilmasi va uning vazifalarini bilish

• Kompyuter va shunga o'xshash qurilmalardan foydalanish ko'nikmalari

• Kundalik amaliyotda kompyuterning o'rni haqidagi munosabatlar

• Media savodxonligi

• Ommaviy axborot vositalarining tarkibi va manbalari haqida ma'lumotlar

• Yangiliklarni qidirish va faktlarni tekshirish ko'nikmalari

• Ommaviy axborot vositalari orqali etkazilgan ma'lumotlarning ishonchliligiga munosabat

• Muloqot savodxonligi

• Raqamli aloqada muloqotning o'ziga xos xususiyatlari haqida bilimlar

• Zamonaviy aloqa vositalaridan foydalanish ko'nikmalari

• Raqamli muhitda aloqa etikasi va me'yorlariga munosabat

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

• Texnologik yangilik

• Hozirgi texnologik tendensiyalarni bilish

• Gadjetlar va ilovalar bilan ishlash ko'nikmalari

• Texnologik innovatsiyalarning afzalliklari haqidagi qarashlar.

O'quvchilarni kelajakda kasbiga oid raqamlashtirish va raqamli texnologiyalarda

ishlay olish qobiliyatlarini va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiradi. Shu sababdan o'quvchilar va talablarga fanlar aro aloqadorlikni amalga oshirib kasbga yo'naltirish va kasbiy kompetensiyarini rivojlantirish maqsadlarini olib borish zarur Mamlakatimizda raqamli dunyoda raqamli texnologiyalar bilan ta'lim olish va ta'lim berish hamda ta'lim tizimini raqamlashtirishda to'laqonli ishlar amalga oshirilyapti. Raqamli dunyoda o'quvchilarni o'rganish savodxonligini rivojlantirish, raqamli ta'limda ta'lim olish samarasini oshirish, raqamli ta'lim olish madaniyati va etikasini shakllantirish, raqamli texnologiyalardan oqilona foydalanish hamda raqamli ta'limda axborot almashish, muloqot qilish ko'nikmalarini rivojlantirish davlatimiz va o'qituvchilarimizdan ma'suliyat talab etadi. Bugungi kunda mamlakatimizda ta'lim tizimini axborotlashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu borada, ta'limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yo'llari izlanmoqda, ta'limda yangi axborot texnologiyalarni joriy etish masalasi ommalashmoqda. Ta'lim jarayonida o'quvchi yoshlarni internetdan foydalanishi o'quvchilarni o'quv materialining chuqur o'zlashtirilishiga keng imkoniyat yaratib beradi. Vaholanki, bugungi kunda bolalar axborot xavfsizligini ta'minlash masalasi har qachongidan ham dolzarbroq ahamiyat kasb etmoqda. O'zbekiston axborot infratuzulmasining rivojlanishi, global tarmoqqa kirib borish imkoniyatining ortishi sharoitida yoshlar va bolalarning Internetdan foydalanish darajasi tobora o'sib bormoqda. Bolalar uylarida, Internet kafe va maktabda internetga kirish imkoniyatiga egalar. Mobil telefon orqali Internetga kirish ham tobora ommalashib bormoqda. "Global o'rgimchak to'ri"dan foydalanuvchilar soni ortgan sari ularga solinayotgan tahdid ham kuchayib bormoqda. Internet bolalar va o'smirlar uchun juda katta imkoniyatlarni ochib beradi, yoshlar undan foydalanib juda ko'p ma'lumotlarni bilib oladilar, bu ma'lumotlarni olishdagi qulayliklarni mavjudligi ularga Internetdan foydalanish uchun ancha yengillik tug'diradi. Bolalar shiddatli ravishda turli ijtimoiy tarmoqlar, o'yinlar va dasturlardan foydalanishni o'zlashtirib olishmoqda. Kompyuterni o'rgatuvchi onlayn - dasturlari vositasida boshlang'ich sinf o'quvchilari maroqli o'yinlar orqali yozuv va hisoblash asoslarini o'zlashtiradilar, modellashtirish va rasm chizishga o'rganadilar, mustaqil ishlashga odatlanadilar, shuningdek, tevarak olam haqida tasavvurga ega bo'ladilar. Mantiqiy o'yinlar bolalarning fikrini charxlaydi va taassurotlarini rivojlantiradi. Internet tarmog'ida mavjud bo'lgan ko'plab o'yinlar kichik maktab yoshidagi o'quvchilarga iqtisodiyot, tarix va adabiyotga nisbatan qiziqish

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

uyg'otadi. Ular ta'limiy va tarbiyaviy ahamiyatga egaligi bilan diqqatga loyiqdir. Internet ta'lim tarbiya imkoniyatlarini kengaytiruvchi turli manbalarga ega, lekin unda ham foydali, ham ishonchli bo'lmagan turli axborotlar ham mavjud. Aynan internetda bola uni hayajonga soladigan ko'plab savollarga javob topishi mumkin, bu savollarni u o'rtoqlari yoki ota-onasi oldiga qo'yishni xohlashmaydi. Internetda bolalar referat va insholardan nusxa ko'chiradilar, ayrim tushuncha va tarixiy dalillarni aniqlaydilar. Lekin, ularning to'g'riligi va savodli yozilganligini kim tekshirib chiqqan? Bolalar internetda joylashtirilgan narsalarga birdek ishonch bilan qaraydilar. Ular internetda bosilibdimi, to'g'ri deb o'ylashadi. Biz o'qituvchilarning vazifasi bolalarga internet qanday ishlashini tushuntirib borishimiz zarur. Internetdan referatlar uchun ma'lumotlar, turli sevimli musiqa va qo'shiqlar, bolalarga yoqadigan kitob yoki ko'p sonli forumlardagi dolzarb masalalar muhokamasini topish va o'zi ham o'smirlar ushbu munozarada qatnashishi mumkin. Ta'lim beruvchi kompyuter dasturlar katta hajmdagi o'quv materiallarini uzatishda qulayligi bilan o'smirlarga o'quv jarayonini optimallashtirish va tezlashtirish imkonini beradi. Internet bolalarga bilim berish, ko'ngilli dam oldirish dasturlari bilan muloqot qilishga o'rgatishda ajoyib va foydali vosita bo'lishi zarur. Lekin, zarur tarbiyaviy ta'sir ko'rsatilmasa, internet tarmoqlari bolalar uchun xavfli vositaga aylanishi ham mumkin.

Internetda o'zbek xalqining milliy madaniyati va mentalitetiga to'g'ri kelmaydigan ijtimoiy xavfli va agressiv mazmunga ega bo'lgan materiallar ham mavjud. Bola o'z ruhiy rivojlanishida bir-biridan anchagina farq qiluvchi turli bosqichlarni bosib o'tadi. Bu holat bolalarning internetga qiziqishida ham o'z ifodasini topadi. Biz o'qituvchilar bolalar bilan internet xavfsizligi qoidalari haqida suhbatlashish jarayonida aynan nimalarga ko'proq e'tibor qaratish kerakligini,bunda bolalarning yosh xususiyatlari bilan bog'liq jihatlarini nazarda tutishimiz lozim. Bundan tashqari bolalarning Internetda ishlashini turli yoshda kimdir 12-14 yoshda, kimdir 7-11 yoshda, ba'zilar esa maktabgacha yosh davrida o'zlashtirishni e'tiborga olishi zarur. Ota-onalar bunday salbiy ta'sir mavjudligini yodda tutishlari va ularning farzandlari tarbiyasiga ko'rsatadigan xavfli ta'sirini oldini olish choralarini ko'rishlari zarur:

- internetdan bolalaringiz bilan birga foydalanish;

- bolalarni nazorat qilish osonroq kechishi uchun kompyuterni umumiy xonaga joylashtirish;

- farzandingizni kompyuterda ishlash vaqtini me'yorlashtirish;

- ota- onalar nazorati dasturini qo'llash;

- bolangiz kiradigan resurslarni nazorat qilish uchun maxsus zamonaviy dasturiy ta'minotdan foydalanish;

- nomaqul kontetlarni taqiqlash vositalaridan foydalanish.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

O'qituvchilarda ijodkorlikni shakllantirishning muhim pedagogik sharti uni mustaqil bilim olish va ijodiy fikrlashga yo'naltirishdan iborat. Shu bilan bir qatorda, o'qituvchilar orasida ijodiy muhit, muayyan ma'naviy-ruhiy holat, tashkiliy, metodik, psixologik chora-tadbirlar qo'llashga ham alohida e'tibor qaratish lozim. Xuddi mana shuning o'zi pedagogik innovatsiyalarning optimallik darajasini belgilaydi. Innovatsion usullarning eng muhim belgisi sifatida natijalanganlik o'qituvchi faoliyatida ijobiy yutuqlarga erishilgandagina namoyon bo'ladi. O'lchovlardagi texnologiklik, kuzatuvchanlik, natijalarning qayd etilganligi o'qitishning yangi usullari, metodlarini baholash orqali namoyon bo'ladi. Mazkur o'lchovning ahamiyatli jihati shaxs, uning idroki va tushunchalarini shakllantirishning bir butunligida namoyon bo'ladi. Shu munosabat bilan innovatsion jarayonni ilmiy g'oyani amaliy foydalanish bosqichiga olib chiqish va shu bilan bog'liq ijtimoiy pedagogik muhitdagi o'zgarishlarni amalga oshirish jarayoni deb hisoblash mumkin. G'oyalarning innovatsiyaga aylanishini ta'minlaydigan va bu jarayonni boshqarish tizimini shakllantiradigan faoliyat bu innovatsion faoliyatdir. Innovatsiya jarayoni rivojlanish bosqichlarining yana bir o'ziga xos xususiyati mavjud. Pedagogik tajribada pedagogik innovatsiyalarni ijodiy qo'llash alohida o'qituvchilar ish faoliyatining boshlang'ich bosqichida namoyon bo'ladi.

FOYDALANILGAN MANBALAR

1. Internet saytlari

2. Ta'limda axborot texnologiyalari darsligi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.