Научная статья на тему 'TALABALARDA MEDIA SAVODXONLIKNI OSHIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI'

TALABALARDA MEDIA SAVODXONLIKNI OSHIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5347
362
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
media / savodxonlik / mediasavodxonlik / ommaviy axborot vositalari / media ta’lim / media kompetensiya. / медиа / грамотность / медиаграмотность / СМИ / медиаобразование / медиакомпетентность.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Maqsudov, Ulug‘bek Qurbonovich, Qosimova, Gulzoda Erkin Qizi

Ushbu maqolada “media”, “savodxonlik”, “mediasavodxonlik” tushunchalarining mazmuni va mohiyati, talabalarda mediasavodxonlikni rivojlantirishning pedagogik zaruriyat ekanligi xususida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ПРИНЦИПЫ ПОВЫШЕНИЯ МЕДИАГРАМОТНОСТИ СТУДЕНТОВ

В данной статье рассматривается значение и сущность понятий «медиа», «грамотность», «медиаграмотность», а также то, что формирование медиаграмотности у учащихся является педагогической необходимостью.

Текст научной работы на тему «TALABALARDA MEDIA SAVODXONLIKNI OSHIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

TALABALARDA MEDIA SAVODXONLIKNI OSHIRISHNING

PEDAGOGIK ASOSLARI

Maqsudov Ulug'bek Qurbonovich

Farg'ona davlat universiteti Pedagogika-psixologiya fakulteti dekani, p.f.b.f.d (PhD) Qosimova Gulzoda Erkin qizi Farg'ona davlat universiteti 2-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada "media", "savodxonlik", "mediasavodxonlik" tushunchalarining mazmuni va mohiyati, talabalarda mediasavodxonlikni rivojlantirishningpedagogik zaruriyat ekanligi xususida so Z yuritilgan.

Kalit so'zlar: media, savodxonlik, mediasavodxonlik, ommaviy axborot vositalari, media ta 'lim, media kompetensiya.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматривается значение и сущность понятий «медиа», «грамотность», «медиаграмотность», а также то, что формирование медиаграмотности у учащихся является педагогической необходимостью.

Ключевые слова: медиа, грамотность, медиаграмотность, СМИ, медиаобразование, медиакомпетентность.

KIRISH

Mamlakatimizda so'ngi yillarda axborot xizmatlari tizimini takomillashtirish borasida muhim qadamlar qo'yildi. Internet tufayli yangiliklar yorug'lik tezligida butun dunyo bo'ylab sayohat qilishi, yolg'on, fitna nazariyalari, noto'g'ri ma'lumotlar ham shunday bo'lishi mumkin. Internetda yolg'on haqiqiy dunyoga zarar yetkazishi mumkin. Ba'zilar soxta yangiliklar balosiga qarshi kurashish uchun texnologiya qoidalariga e'tibor qaratsada, eng kuchli himoya bu mediasavodxonligi kuchli bo'lgan fuqarolarni shakllantirishdir. Mediasavodxonlik hozir har qachongidan ham muhimroq. Mediasavodxonlikning eng oddiy ta'rifi: turli shakldagi ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda kirish, tahlil qilish, baholash, yaratish va harakat qilish qobiliyatidir. Oddiy qilib aytganda mediasavodxonlik an'anaviy savodxonlik poydevoriga asoslanadi va o'qish hamda yozishning yangi shakllarini

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

taklif qiladi. Mediasavodxonlik odamlarga tanqidiy fikrlovchi va ijodkor, samarali muloqotchi va faol fuqarolar bo'lish imkonini beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Bugungi kunda mediasavodxonlik Buyuk Britaniya va Avstraliyada gumanitar fanlar majmuasida alohida fan sifatida o'tilsa, Finlyandiyada 1970-yildan o'rta maktablarning, 1977-yildan esa oliy o'quv yurtlarning o'quv dasturlariga kiritilgan edi. 1990-yillarda esa mamlakatda mediasavodxonlik, mediata'lim tushunchasi bilan almashtirildi. Shvetsiyada u 1980-yildan boshlab ta'lim muassasalarida alohida fan sifatida o'qitila boshlangan [1]. 1990-yillarada Rossiyada media ta'limni ilmiy tadqiq etishga urinishlar bo'lib O.Baranov, S.Penzin, A.Fyodorov, A.Sharikov va boshqalarning tadqiqotlari bunga misol bo'la oladi. 2002 yili pedagogika oliy ta'lim yurtlari uchun mediata'lim ixtisosligi bo'yicha yo'nalish ochildi. 2005-yili esa YUNESKO homiyligida "Mediata'lim" darsligi yaratildi va Rossiyada kino ta'lim va media pedagogika sayti ishga tushirildi. OAV orqali tarqatilayotgan axborotning manipulyativ ta'siri kuchliligini bugun hech kim inkor etmaydi. Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, OAV orqali tarqatilayotgan xabarning haqqoniyligiga ishonish ilk gazetalar paydo bo'lishi bilan yuzaga kelganligini ko'rish mumkin.

O'zbekistonda. Respublikaning O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, O'zbekiston milliy universiteti, O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Qarshi davlat universiteti, Samarqand davlat chet tillari insituti kabi oliygohlarining jurnalistika fakultet va yo'nalishlarida media savodxonlik darslari o'tiladi.

Savodxonlik so'ziga o'zbek tilining izohli lug'atida (o'rganuvchi, o'quvchi) o'qish, yozishni biladigan, xat savodli, savodxon odam ta'rifi berilgan.

Savodxonlikni aniqlash, izohlash, tushunish va muloqot qilish qobiliyati deb ta'riflashimiz mumkin. Savodxonlik ko'nikmalariga samarali o'qish, yozish, gapirish va tinglash qobiliyatlari kiradi.

Media atamasi lotincha "medium" ya'ni ,,vosita'', ,,vositachi'', ,,usul" turli ko'rinishdagi kommunikatsiya va axborot vositalari tushunchasini anglatadi. Yanada aniqrog'i ,,ommaviy axborot vositalari" degan ma'noni anglatadi[2]. Mazkur atama zamonaviy qo'llanishida bir necha ma'noga ega.

Birinchidan, ,,media" so'zi ,,OAV"ni; radio, kitob, televidenye, gazeta, internetni anglatadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ikkinchidan,undan mediakontentni - yangiliklar, reklama, e'ionlarni, elektron o'yinlar va filmlarni belgilash uchun foydalaniladi.

Uchinchidan, u mediakontentni ishlab chiqaruvchilar, jurnalistlar, fotosuratchilarni, mediakompaniyalarni va hakozalarni ham bildirishi mumkin[3]. Mediasavodxonlik haqida turli fikrlar bildirilgan. Mediasavodxonlikning zarurligi, maqsadi va ehtiyojlari kabi media ta'lim asosini tashkil etuvchi masalalar bilan bir qatorda yuradi. Turli xil olimlar tomonidan medisavodxonlikning zamini, rivojlanish jarayoni va hozirgi holatiga oid turli nazariy va amaliy yondashuvlar ilgari surilgan.

"Mediasavodxonlik" atamasi ko'pincha ommaviy axborot vositalari va media texnologiyalar bilan bog'liq boshqa atamalar bilan o'zaro almashtiriladi. Mediasavodxonlik haqida gapirayotganda nimani nazarda tutayotganimizni aniqlashtirish uchun mediasavodxonlik bo'yicha quyidagi ta'riflarni keltirib o'tamiz:

o Ommaviy axborot vositalari deganda xabarlarni uzatish uchun foydalaniladigan barcha elektron yoki raqamli vositalar hamda bosma yoki badiiy tasvirlar tushuniladi.

o Savodxonlik- bu belgilarni kodlash, dekodlash, xabarlarni sintez qilish va tahlil qilish qobiliyati.

o Mediasavodxonlik- bu ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan belgilarni kodlash va dekodlash qobiliyati hamda vositachi xabarlarni sintez qilish, tahlil qilish va ishlab chiqarishni o'rganish.

o Media ta'lim- bu ommaviy axborot vositalarini, shu jumladan ,,amaliy" tajriba va media ishlab chiqarishni o'rganish.

Fresno Tinch okeani universiteti ma'lumotiga ko'ra, "Mediasavodxonlik talabalarga ommaviy axborot vositalarining dono iste'molchilari, shuningdek o'z ommaviy axborot vositalarining ma'suliyatli ishlab chiqaruvchilari bo'lishiga yordam beradi. Xuddi shu yo'nalishda mediasavodxonlikni o'rgatish o'quvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi. Bunday fikrlash turi oxir oqibat insonning ikkinchi tabiatiga aylanishi mumkin, bu ularga ulg'aygan sari ko'p sohalarda yordam beradi".

Auditoriyada talabalarning media va yangiliklar savodxonligi ustida ishlashi o'z hayotining barcha jabhalarida kuchli tanqidiy fikrlovchi bo'lishiga yordam beradi.

Axborot jamiyati bugungi kunda zamonaviy universitet oldiga ko'plab muammolarni qo'ymoqda. Internet va zamonaviy texnologiyalar nafaqat ma'lumotlarni yetishmasligini to'ldirdi, ortiqcha vaqt sarfining oldi olindi an'anaviy ta'lim normalarining jiddiy raqobatchisiga aylandi. O'qituvchi va talabalar oldida doimiy ravishda o'z media kompetensiyasini oshirish uchun yangi resurslarni

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

izlashga majbur bo'lmoqdalar. O'qituvchi talabalar uchun axborot olamida ,,gid" va maslahatchi bo'lish vazifasi turibdi. Talaba bugungi kunda bir vaqtning o'zida axborot mazmuni, axborot texnologiyalari iste'molchisi va muallif, media mahsulotlar yaratuvchisi sifatida ishlaydi. Talabalarning zamonaviy axborot makoniga kirishi ko'pincha o'z-o'zidan sodir bo'ladi va pedagogik yordamga unchalik ham muhtoj bo'lmaydi. Masalan, talabalarga muloqot qilishning axloqiy me'yorlarini o'rgatish, internetda xavfsiz axborotni samarali izlash va tanlash va hakozolarni o'rgatish dolzarb ko'rinadi. Talabalar mediasavodxonligini rivojlantirish zamonaviy universitetda muhim mustaqil ta'lim vazifasi sifatida qaralishi kerak.

MUHOKAMA

Talabalarda media va axborot ko'nikmalarini rivojlantirish ilg'or mediakompetensiyani talab qiladi. O'qituvchilar auditoriyada multimediya proyektoridan (bugungi kunda kamdan kam hollarda taqdimotsiz ma'ruza qilinadi), videomateriallardan, interaktiv doskadan faol foydalanadilar. Ba'zi o'qituvchilar muloqot qilish uchun ijtimoiy sahifa ochdilar va o'quvchilar uchun so'ngi ma'lumotlarni joylashtirdilar. Bunda onlayn jamiyat a'zolari professional rivojlanish uchun foydalanishadi.

Media ta'lim natijasida mediasavodxonlik faqat o'quvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalarini o'zlashtirishi yoki axborotni tanqidiy tahlil qilish ko'nikmalarini rivojlantirish bilan cheklanib qolmaydi. Media ta'lim kons eptsiyasiga kengroq qarash talab etiladi. Axborotdan samarali va tezkor foydalanishda talaba muayyan muammoni hal qilishda zarur bo'lgan ma'lumotlar turini aniqlay oladi, bu ma'lumotlarga samarali va tez kirishi mumkin; qiziqtirgan malumotlarga kirish uchun kalit so'z va tegishli atamalarni aniqlashi; potensial axborot manbalarining turli xil turlarini, formatlarini aniqlashi va yana ko'plab ishlarni bajarishi mumkin.

Axborot va axborot manbalarini tanqidiy baholash kompetensiyasi. Talaba ma'lumot va uni olish manbalarini tanqidiy baholay oladi va tanlangan ma'lumotlardan muammolarni hal qilish va g'oyalarni tahlil qilish uchun foydalana oladi hamda manbaning ishonchligi uning to'g'riligi, aniqligini tahlil eta oladi. Mediasavodxonlik ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda qadriyatlani yetkazish, sharhlash va takomillashtirish qobiliyatidir. Mediasavodxonlik ta'limi- bu foydalanuvchining ongli bo'lishiga, talqin qilish qobiliyatini rivojlantirishga, yangiliklarni tog'ri tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirishga, tomoshabinga yangiliklarni to'g'ri tahlil qilish va tanqidiy nuqtayi nazarga ega bo'lish qobiliyatini yaratishi ma'lum bo'ldi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi odamlarning ommaviy axborot vositalaridan foydalanish usullarini o'zgartirmoqda. Mediasavodxonlik bugungi jamiyatda tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda, chunki ommaviy axborot vositalari birinchi navbatda onlayn tarzda yaratiladi va iste'mol qilinadi. Talabalarni axborotning aqlli iste'molchilari bo'lish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalar bilan qurollantirish, ularni resurslarni baholash va xavfsiz sog'lom raqamli suhbatlarda ishtirok etish qobiliyatiga ega kuchli raqamli fuqarolarni shakllantirishga yordam beradi[4].

Tanqidiy fikrlash yordamida tahlil qilish va baholash. O'qituvchi yordamisiz duch kelganda, talabalar qaysi manba ishonchli ekanini qanday bilishadi? Ular You tubeni tomosha qilmoqdami, yangiliklar o'qiyaptimi yoki tasvirlarni tahlil qilyaptimi, talabalar ma'lumotni tushunish, uni kontekstga solish va haqiqiy yoki sohtani farqlay olish ko'nikmalariga muhtoj. Buning usullaridan biri talabalarni ommaviy axborot vositalarini tahlil qilish va baholashda savollar berishga o'rgatishdir: o Muallifi kim?

o Uning maqsadi nima? (xabar berish, ko'ngil ochish, ishontirish) o Boshqa odamlar bu habarni qanday talqin qilishlari mumkin? o Ba'zi tafsilotlar qoldirganmi? Nega?

o Shuningdek, o'ylab ko'ring: manbalar keltirilganmi? Grammatik va imlo xatolari bormi?

Bundan tashqari talabalarga o'zlari haqida o'ylashi uchun vaqt va imkoniyat berish, hamda ularga qanday savol berishni o'rgatish, ular ommaviy axborot vositalarini mustaqil ravishda tahlil qilish va baholashni o'rganishlari uchun muhim ahamiyatga ega.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mediasavodxonlik natijasida talabalar hayotda umuman ta'lim jarayonida ham axborotlarni sifatini tahlil etish va baholash ko'nikmalarini egallaydilar.

REFERENCES

1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Media savodxonlik

2. https://www.waterford.org/education/build-media-literacy-in-your-students/

3. Media va axborot savodxonligini shakllantirishning pedagogik jihatlari. O'quv -amaliy qo'llanma.-T.:Extremum-press, 2017

4. Mamatov.O Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik.psixologik xavfsizlikni ta'minlashning ijtimoiy psixologik imkoniyatlari. Namangan, 2008.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

5. Abdullaev, S. S. (2021, July). SOCIO-POLITICAL FACTORS OF DEVELOPMENT OF SOCIAL RELATIONSHIPS IN STUDENTS IN THE PROCESS OF PEDAGOGICAL EDUCATION. In Euro-Asia Conferences (pp. 168-170).

6. Askarovich, M. S., Qizi, O. N. B., & Kizi, M. I. B. (2021). FORMATION OF PROFESSIONAL-PEDAGOGICAL COMPETENCES OF FUTURE TEACHERS OF CHEMISTRY. Вестник науки и образования, (6-3 (109)), 28-31.

7. Askarovich, M. S., Uljaevna, U. O., & Inomjohnovna, O. N. (2020). Applying case study-method in teaching chemistry. Проблемы современной науки и образования, (3 (148)), 62-64.

8. Begmurzayevich, D. B. (2022). BO 'LAJAK BOSHLANG 'ICH SINF O 'QITUVCHILARIDA REFLEKSIV MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(6), 154-160.

9. Karimova, B. (2019). POSSIBILITIES OF FORMATION OF NATIONAL PRIDE WITH USING KHADITHS IN THE FIRST-YEAR PUPILS OF ORPHANAGES. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(11).

10. Karimova, B. K., & Oripova, M. S. (2021). Formation of national pride based on hadiths in primary school children of houses of kindness. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(4), 652-665.

11. Karimova, M. O., & Saidullaeva, A. R. (2020). Pedagogical basis of the use of universal and national values in the spiritual and moral education of children in the family. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(7), 8547-8555.

12. Kurbanovich, M. U. (2020). Pedagogical tendencies of the development of social activity skills of primary school pupils through the use of folklore. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5),

13. Maksudov, U. K. (2020). CHARACTERISTIC OF THE PROCESS OF DEVELOPMENT OF SOCIAL ACTIVITY SKILLS IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS THROUGH FOLKLORE. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(7), 407-412.

14. Maksudov, U. K. (2020). ISSUES OF NATIONAL VALUES AND SOCIAL ACTIVITY OF STUDENTS IN THE DEVELOPMENT OF POSITIVE PSYCHOLOGY. In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 394-396).

562-566.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

15. Maksudov, U. K. (2022). Development of Social Activity of Primary School Students through Folk Oral Creativity. International Journal of Innovative Analyses and Emerging Technology, 2(5), 54-57.

16. Maqsudov, U. Q. (2020). Stages and forms of development of social activity of primary school students through people's oral creativity. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 70(12), 13651368.

17. Muhammadovna, O. R. N., &Bahodirovich, B. B. (2022). BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARIDA KASBIY-GRAFIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH DOLZARB PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(6), 432-438.

18. Shermukhammadov, B. (2022). Creativity of a Teacher in an Innovative Educational Environment. Journal of Higher Education Theory and Practice, 22(12),

19. Tuychieva, I. (2015). The concept of pedagogical innovation in modern education. The Advanced Science Journal, 87-90.

20. Urinova, N. M., & Abdullaeva, N. (2021). Opportunities to use project-based teaching technology in the development of students' research competence. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 77(3), 2344-2348.

21. Ахмедов, Б. А. (2020). Сиддиков Бахтиёр Саидкулович, Джалалов Бахромжон Бегмурзаевич МОДЕРНИЗАЦИЯ ОБРАЗОВАНИЯ-ОСНОВНОЙ ФАКТОР В ФОРМИРОВАНИИ ИННОВАЦИОННОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. Academy, 9, 60.

22. Ахмедов, Б. А., Сиддиков, Б. С., & Джалалов, Б. Б. (2020). МОДЕРНИЗАЦИЯ ОБРАЗОВАНИЯ-ОСНОВНОЙ ФАКТОР В ФОРМИРОВАНИИ ИННОВАЦИОННОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. Academy, (9 (60)), 20-22.

23. Джалалов, Б. Б. (2018). РАЗВИТИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ КАДРОВ В УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛИЗАЦИИ КАК ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION (pp. 53-55).

24. Джалалов, Б. Б. (2019). ВАЖНЫЕ АСПЕКТЫ ФОРМИРОВАНИЯ ИННОВАЦИОННЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ.

127.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

In EUROPEAN RESEARCH: INNOVATION IN SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY (pp. 43-44).

25. Джалалов, Б. Б. (2022). BO 'LAJAK O 'QITUVCHILARNING INNOVATSION KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA SMART-TA'LIMNING IMKONIYATLARI. УЧИТЕЛЬ, 3(4).

26. Каримова, Б. Х. (2019). ФОРМИРОВАНИЕ НАЦИОНАЛЬНОЙ ГОРДОСТИ У ВОСПИТАННИКОВ 2 КЛАССОВ ДОМОВ МЕХРИБОНЛИК НА ОСНОВЕ ХАДИСОВ. In EUROPEAN RESEARCH: INNOVATION IN SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY (pp. 35-37).

27. Максудов, У. К. (2015). Проблемы и перспективы инклюзивного образования. Молодой ученый, (22), 830-831.

28. Максудов, У. К. (2015). Социально-педагогические и экономические проблемы повышения качества непрерывного образования на основе внедрения национальных ценностей. Молодой ученый, (12), 776-777.

29. Максудов, У. К. (2018). Проблемы социальной активности молодёжи в духовно-нравственном воспитании. Молодой ученый, (46), 306-307.

30. Максудов, У. К. (2019). Развитие навыков социальной активности у учащихся начальных классов посредством фольклора-социально-педагогическая необходимость. Проблемы педагогики, (6 (45)).

31. Мамажонов, Ш. А., & Кизи, О. Н. Б. (2019). Формирование профессиональной компетенции преподавателя химии. Вестник науки и образования, (19-2 (73)), 31-33.

32. Сиддиков, Б. С., & Джалалов, Б. Б. (2016). OBJECTIVES OF THE YOUTH ACTIVITY BY TEACHING TRAINING. Учёный XXI века, (6-2 (19)), 41-44.

33. Шермухаммадов, Б. (2012). Использование различных методов, форм и средств в воспитании молодежи. Актуальные проблемы современной науки, (5),

80-83.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.