Научная статья на тему 'O’QUVCHILARNING RAQAMLI DUNYODA O’RGANISH KONSEPSIYASI BO’YICHA SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISH'

O’QUVCHILARNING RAQAMLI DUNYODA O’RGANISH KONSEPSIYASI BO’YICHA SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
826
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Raqamli texnologiya / raqamlashtirish / raqamli transformatsiya / kompetentsiyalar / savodxonlik / raqamli savodxonlik / raqamli etika.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Akramjon O’ktamjonovich Mirzayev

Maqolada o’quvchilarning raqamli dunyoda ta’lim olish maqsadi, imkoniyatlari, natijalari va raqamli dunyoda o’qishi, ishlay olishi kompetensiyalari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHILARNING RAQAMLI DUNYODA O’RGANISH KONSEPSIYASI BO’YICHA SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISH»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 8 I 2021

ISSN: 2181-1601

O'QUVCHILARNING RAQAMLI DUNYODA O'RGANISH KONSEPSIYASI BO'YICHA SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISH

Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev

AndDu Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi v.b. dotsenti

ANNOTATSIYA

Maqolada o'quvchilarning raqamli dunyoda ta'lim olish maqsadi, imkoniyatlari, natijalari va raqamli dunyoda o'qishi, ishlay olishi kompetensiyalari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Raqamli texnologiya, raqamlashtirish, raqamli transformatsiya, kompetentsiyalar, savodxonlik, raqamli savodxonlik, raqamli etika.

KIRISH

So'nggi yillarda raqamli texnologiyalar, raqamlashtirish va raqamli dunyoda o'rganish hamda o'qitish borasida bir nechta g'oyalar, takliflar, maqsadlar, innovatsiyalar va loyihalar amalga oshirilib kelmoqda. Ish beruvchilar, iqtisodiy sohalar, raqamli sektorlarda kelajakda faoliyat olib boradigan yoshlarni ta'minlash davlatning asosiy maqsadlardan biri. Bunga ko'ra maktablarda o'quvchilarning raqamli dunyoda o'rganish konsepsiyasi bo'yicha savodxonligini rivojlantirirsh dolzarb masala va muammo hisoblanadi.1

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Raqamlashtirish va raqamli dunyoda o'rganish borasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF 6079 sonli ""Raqamli O'zbekiston 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbirlari to'g'risida"gi farmonida "raqamli dunyoda raqamlashtirish, raqamli texnologiyalarni ishlab chiqish, raqamli iqtisodiyot sohasida yangi loyihalarni ko'rib chiqish va raqamli ta'limni rivojlantirish" dasturlari amalga oshirilmoqda. Oxirgi yillarda raqamlashtirish insonning ish va kundalik faoliyatini tubdan o'zgartirib yubordi. Raqamli transformatsiya jamiyatni, mehnat bozorini, ish beruvchilar talablarini va ishlash faoliyatini qayta shakllantirmoqda.

Mamalakatimizda ta'lim tizimi borasida raqamli transformatsiyani amalga oshirishda afzalliklar va imkoniyatlardan foydalanish bilan birga bu raqamli transformatsiya xavfini, ya'ni qishloq va shaharlardagi tafovutni bartaraf etish samarali ravishda olib borilishi kerak. Ta'limni raqamli transformatsiyaning yutuqlari bilan ta'minlash raqamli texnologiyalar, raqamli ilovalar, online dasturlar va mobil ilovalar orqali ta'lim sifatini oshirish, individual moslashuvchanlik zarurati va raqamli

1 Mirzayev A.O'. Ta'limda raqamli dunyoda o'rganish savodxonligini rivojlantirish. Ilm-fan va ta'limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar. Respublika 19 sonli ilmiy-onlayn konferensiyasi.

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabedagi PF 6079 sonli ""Raqamli O'zbekiston 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbirlari to'g'risida"gi farmoni.

Uzbekistán www.scientificprogress.uz Page 832

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 8 I 2021 ISSN: 2181-1601

ko'nikmalarga bo'lgan talabni toboro ortib borishini ta'minlaydi.

Savodxonlik hamma uchun tanish bo'lgan tushuncha. Savodxonlik bu asosiy kognitiv ko'nikmalarni o'zlashtirish darajasi bo'lib, ona tilida o'qish, yozish va matematik bilimlarning majmui. Ammo texnologiya va axboortlar murakkabligining rivojlanishi bilan biz uchun aniq bo'lgan savodxonlik tushunchasi kengaymoqda. Zamonaviy inson uchun zarur bo'lgan kompetentsiyalarni tasniflashga urinayotgan xalqaro tashkilotlar raqamli, axborot va ilmiy savodxonlikning ahamiyati haqida gapirishadi. Ko'pincha bu turdagi savodxonlik bir -birini to'ldiradi.

Raqamli savodxonlik — zamonaviy dunyoda hayot uchun, raqamli texnologiyalar va internet resurslaridan xavfsiz va samarali foydalanish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar to'plamidir. Dinamik onlayn rejimlarni yaratish va saqlash, yirik

"5

va murakkab bo'lgan onlayn ijtimoiy tarmoqlarni boshqarish qobiliyati hisoblanadi.

Raqamli savodxonlik - bu odamga raqamli muhitda muammolarni samarali hal qilishga imkon beradigan bilim, ko'nikma va munosabatlarning asosiy majmuini anglatadi.

Raqamli savodxonlik komponentlari:

■ Axborot savodxonligi

■ Axborotning o'ziga xos xususiyatlari va uning turli manbalari haqida bilimlar

■ Tegishli ma'lumotlarni topish va solishtirish ko'nikmalari

■ Axborotning foydasi va zarariga munosabat bildirish

■ Kompyuter savodxonligi

■ Kompyuter qurilmasi va uning vazifalarini bilish

■ Kompyuter va shunga o'xshash qurilmalardan foydalanish ko'nikmalari

■ Kundalik amaliyotda kompyuterning o'rni haqidagi munosabatlar

■ Media savodxonligi

■ Ommaviy axborot vositalarining tarkibi va manbalari haqida ma'lumotlar

■ Yangiliklarni qidirish va faktlarni tekshirish ko'nikmalari

■ Ommaviy axborot vositalari orqali etkazilgan ma'lumotlarning ishonchliligiga munosabat

■ Muloqot savodxonligi

■ Raqamli aloqada muloqotning o'ziga xos xususiyatlari haqida bilimlar

■ Zamonaviy aloqa vositalaridan foydalanish ko'nikmalari

■ Raqamli muhitda aloqa etikasi va me'yorlariga munosabat

■ Texnologik yangilik

■ Hozirgi texnologik tendensiyalarni bilish

■ Gadjetlar va ilovalar bilan ishlash ko'nikmalari

3 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 10-noyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari kengashining videoanjuman shaklida o'tgan navbatdagi majlisida nutqi. https://xs.uz/uz/post/ozbekiston-shht-raqamli-savodkhonlikni-rivozhlantirish-masalasiga-alohida-etibor-qaratiladi

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 8 I 2021 ISSN: 2181-1601

■ Texnologik innovatsiyalaming afzalliklari haqidagi qarashlar4

NATIJALAR VA MUHOKAMA

O'quvchilarning raqamli savodxonligini rivojlantirishda o'qituvchilar ta'lim berishda raqamli texnologiyalardan maqsadli, samarali foydalanishi, individual yondashishni zaruratini oshirishi va raqamli bilim, ko'nikmalarni amalga oshirish muhim omil hisoblanadi. Bu borada o'qituvchi o'quvchiga shaxsiylashtirilgan, moslashuvchan va mustqil ishlay oladigan topshiriqlarni raqamli texnologiyalar orqali beradi. O'quvchi o'ziga yo'naltirilgan ta'limni, shu ma'noda bilim olishni, olingan bilimlarini qo'llay olish ko'nikmasini, notanish vazuyatlarda egallagan bilim, ko'nikmalarini qo'llash malakasini oshirib, amalda tadbiq qila oladi.

Mamlakatimiz maktablarida xalq ta'lim vazirligi tomonidan maktab ta'limini raqamlashtirish, maktab ta'limiga axborot kommunikatsion texnologiyalrni integratsiya qilish, o'qituvchi, o'quvchi va ota-onalarning interaktiv muloqotlarini rivojlantirish, masofaviy va mustaqil ta'lim olish uchun imkoniyatlarni amalga oshirish maqsadida kundalik.com raqamli ta'lim platformasini ishlab chiqildi va amalda tadbiq etilmoqda. Bu platformada o'qituvchilar uchun dars jadvallari elektron jurnal, uy vazifalarni boshqarish va turli hisobotlarni avtomatik ravishda amalga oshiriladi, ota-onalar uchun o'quvchining kundaligi, uy vazifalari va muloqotlar uchun bo'limlari orqali o'z farzandlarini to'liq nazoratga oladi, o'quvchilar uchun kundalik daftari, portfolio, muloqot bo'limlari orqali kelasi dars mavzulari biladi, o'qituvchilari bilan o'zaro muloqotlarini amalga oshiradi, davlat organlari uchun umumiy statistik ma'lumotlarni to'plash, yangiliklarni quyi tizimlarga yetkazishda aloqa va xabardor bo'lish uchun ishlarini amalga oshiradi.5

Raqamli texnologiyalar o'quvchilarga o'rganish va ijodiy yondashish, muloqot etikasi va erkin fikrlarini berish imkoniyatlarini yaratadi. O'quvchilarga raqamli dunyoda o'rganish auditoriyadan tashqari vaqtlarda ham bilim olish imkonini beradi, o'zinini erkin tutadi, tengdoshlari bilan erkin muloqot qiladi, o'qituvchilarga o'z fikrlani erkin namoyon eta oladi va tengdoshlari orasida tanqidlar va tortishuvlardan uzoq bo'ladi. Raqamli dunyoda o'raganish o'quvchilarning vaqt o'lchovi bilan chegaralangan jadvalli darslardan va jismoniy holatidan, shu ma'noda nogironligi bo'lgan bolalarning ta'lim olishiga keng imkoniyatlar yaratadi. O'quvchilarni raqamli dunyoda o'rganish madaniyati, raqamli etikani amalga oshirish juda muhim masala. Bu masalaning yechimida davlat, o'qituvchilar va ota-onalarning o'zaro birlashib ish olib borishi kerak.

Raqamli dunyoda o'rganish o'quvchilarni raqamli texnologiyalar tobora ortib borayotgan dunyoda o'rganish, rivojlanish, ishlash va yashash uchun raqamli

4 Har to'rtinchi rus tili raqamli savodxonlik darajasiga ega. Raqamli savodxonlik Raqamli savodxonlik qanday darajalarga bo'linadi. https://maccase.ru/uz/news/kazhdyi-chetvertyi-rossiyanin-imeet-vysokii-uroven-cifrovoi.html

5 Mirzayev A.O'. Mamlakatimiz ta'lim tizimida raqamlashtirish va raqamli dunyoda o'qitish va o'rganishning mavjud imkoniyatlari. Academic Research in Educational Sciences jurnali, 1050 b.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 8 I 2021 _ISSN: 2181-1601

kompetensiyalar bilan ta'minlash zarur. Bu kompetensiyalar kelajakda raqamli dunyoda ish beruvchi, mehnat bozori, iqtisodiy sohalar va raqamli sektorlar talablariga monand holatda faoliyat olib borish imkoniyatini beradi. O'quvchilarni kelajakda kasbiga oid raqamlashtirish va raqamli texnologiyalarda ishlay olish qobiliyatlarini va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiradi. Shu sababdan o'quvchilar va talablarga fanlar aro aloqadorlikni amalga oshirib kasbga yo'naltirish va kasbiy kompetensiyarini rivojlantirish maqsadlarini olib borish zarur.6

XULOSA

Mamlakatimizda raqamli dunyoda raqamli texnologiyalar bilan ta'lim olish va ta'lim berish hamda ta'lim tizimini raqamlashtirishda to'laqonli ishlar amalga oshirilyapti. Jamiyatimiz, talaba yoshlarimiz va o'quvchilarimizning raqamli dunyoda faoliyat olib borishda raqamli ta'limning o'rni beqiyos. Raqamli dunyoda o'quvchilarni o'rganish savodxonligini rivojlantirish, raqam ta'limda ta'lim olish samarasini oshirish, raqamli ta'lim olish madaniyati va etikasini shakllantirish, raqamli texnologiyalardan o'qilona foydalanish hamda raqamli ta'limda axborot almashish, muloqot qilish ko'nikmalarini rivojlantirish davlatimiz va o'qituvchilarimizdan ma'suliyat talab etadi.

REFERENCES

1. Mirzayev A.O'. Ta'limda raqamli dunyoda o'rganish savodxonligini rivojlantirish. Ilm-fan va ta'limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar. Respublika 19 sonli ilmiy-onlayn konferensiyasi.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabedagi PF 6079 sonli ""Raqamli O'zbekiston 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbirlari to'g'risida"gi farmoni.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 10-noyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari kengashining videoanjuman shaklida o'tgan navbatdagi majlisida nutqi. https://xs.uz/uz/post/ozbekiston-shht-raqamli-savodkhonlikni-rivozMantirish-masalasiga-alohida-etibor-qaratiladi

4. Akramzhon U. Mirzaev. Developing Professional Competence Skills of Students-Engineers at Teaching Higher Mathematics. Eastern European Scientific Journal. Ausgabe 3-2018. P 136-139

5. Mirzayev A.O'. Mamlakatimiz ta'lim tizimida raqamlashtirish va raqamli dunyoda o'qitish va o'rganishning mavjud imkoniyatlari. Academic Research in Educational Sciences jurnali, 1050 b.

6. Har to'rtinchi rus tili raqamli savodxonlik darajasiga ega. Raqamli savodxonlik Raqamli savodxonlik qanday darajalarga bo'linadi. https: //maccase. ru/uz/news/kazhdyi-chetvertyi-rossiyanin-imeet-vysokii-uroven-cifrovoi.html

6 Akramzhon U. Mirzaev. Developing Professional Competence Skills of Students-Engineers at Teaching Higher Mathematics. Eastern European Scientific Journal. Ausgabe 3-2018. P 136-139

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.