MEDIA TA'LIM SHAROITIDA YOSHLARNING TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING METOD VA USULLARI
Safiya Xolmirza qizi Qundizaliyeva
Chirchiq davlat pedagogika universiteti tadqiqotchisi holmirzayevnasafia@gmail .com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada media ta'lim sharoitida yoshlarning tafakkurini rivojlantirishning metod va usullari hamda "media", "savodxonlik", "mediasavodxonlik" tushunchalarining mazmuni va mohiyati, talabalarda mediasavodxonlikni rivojlantirishning pedagogik zaruriyat ekanligi xususida so'z yuritilgan.
Kalit so'zlar: media, savodxonlik, mediasavodxonlik, ommaviy axborot vositalari, media ta'lim, media kompetensiya.
ABSTRACT
In this article, the methods and methods of developing the thinking of young people in the context of media education, as well as the content and essence of the concepts of "media", "literacy", "media literacy", and the fact that it is a pedagogical necessity to develop media literacy in students, are discussed.
Keywords: media, literacy, media literacy, mass media, media education, media competence.
KIRISH
Mamlakatimizda so'ngi yillarda axborot xizmatlar tizimini takomillashtirish borasida muhim qadamlar qo'yildi. Internet tufayli yangiliklar yorug'lik tezligida butun dunyo bo'ylab sayohat qilishi, yolg'on, fitna nazariyalari, noto'g'ri ma'lumotlar ham shunday bo'lishi mumkin. Internetda yolg'on haqiqiy dunyoga zarar yetkazishi mumkin. Ba'zilar soxta yangiliklar balosiga qarshi kurashish uchun texnologiya qoidalariga e'tibor qaratsada, eng kuchli himoya bu mediasavodxonligi kuchli bo'lgan fuqarolarni shakllantirishdir.
Mediasavodxonlik hozir har qachongidan ham muhimroq. Mediasavodxonlikning eng oddiy ta'rifi: turli shakldagi ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda kirish, tahlil qilish, baholash, yaratish va harakat qilish qobiliyatidir. Oddiy qilib aytganda mediasavodxonlik an'anaviy savodxonlik poydevoriga
December, 2022
456
asoslanadi va o'qish hamda yozishning yangi shakllarini taklif qiladi. Mediasavodxonlik odamlarga tanqidiy fikrlovchi va ijodkor, samarali muloqotchi va faol fuqarolar bo'lish imkonini beradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Bugungi kunda mediasavodxonlik Buyuk Britaniya va Avstraliyada gumanitar fanlar majmuasida alohida fan sifatida o'tilsa, Finlyandiyada 1970-yildan o'rta maktablarning, 1977-yildan esa oliy o'quv yurtlarning o'quv dasturlariga kiritilgan edi. 1990-yillarda esa mamlakatda mediasavodxonlik, mediata'lim tushunchasi bilan almashtirildi. Shvetsiyada u 1980-yildan boshlab ta'lim muassasalarida alohida fan sifatida o'qitila boshlangan [1].
1990-yillarada Rossiyada media ta'limni ilmiy tadqiq etishga urinishlar bo'lib O.Baranov, S.Penzin, A.Fyodorov, A.Sharikov va boshqalarning tadqiqotlari bunga misol bo'la oladi. 2002 yili pedagogika oliy ta'lim yurtlari uchun mediata'lim ixtisosligi bo'yicha yo'nalish ochildi. 2005-yili esa YUNESKO homiyligida "Mediata'lim" darsligi yaratildi va Rossiyada kino ta'lim va media pedagogika sayti ishga tushirildi. OAV orqali tarqatilayotgan axborotning manipulyativ ta'siri kuchliligini bugun hech kim inkor etmaydi. Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, OAV orqali tarqatilayotgan xabarning haqqoniyligiga ishonish ilk gazetalar paydo bo'lishi bilan yuzaga kelganligini ko'rish mumkin.
O'zbekistonda esa O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, O'zbekiston milliy universiteti, O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Qarshi davlat universiteti, Samarqand davlat chet tillari insituti kabi oliygohlarining jurnalistika fakultet va yo'nalishlarida media savodxonlik darslari o'tiladi.
Savodxonlik so'ziga o'zbek tilining izohli lug'atida (o'rganuvchi, o'quvchi) o'qish, yozishni biladigan, xat savodli, savodxon odam ta'rifi berilgan.
Savodxonlikni aniqlash, izohlash, tushunish va muloqot qilish qobiliyati deb ta'riflashimiz mumkin. Savodxonlik ko'nikmalariga samarali o'qish, yozish, gapirish va tinglash qobiliyatlari kiradi.
Media atamasi lotincha "medium" ya'ni ,,vosita'', ,,vositachi'', ,,usul" turli ko'rinishdagi kommunikatsiya va axborot vositalari tushunchasini anglatadi. Yanada aniqrog'i ,,ommaviy axborot vositalari" degan ma'noni anglatadi [2]. Mazkur atama zamonaviy qo'llanishida bir necha ma'noga ega.
Birinchidan, "media" so'zi "OAV"ni; radio, kitob, televidenye, gazeta, internetni anglatadi.
Ikkinchidan,undan mediakontentni - yangiliklar, reklama,
December, 2022
457
e'lonlarni, elektron o'yinlar va filmlarni belgilash uchun foydalaniladi.
Uchinchidan, u mediakontentni ishlab chiqaruvchilar, jurnalistlar, fotosuratchilarni, mediakompaniyalarni va hakozalarni ham bildirishi mumkin[3]. Mediasavodxonlik haqida turli fikrlar bildirilgan. Mediasavodxonlikning zarurligi, maqsadi va ehtiyojlari kabi media ta'lim asosini tashkil etuvchi masalalar bilan bir qatorda yuradi. Turli xil olimlar tomonidan medisavodxonlikning zamini, rivojlanish jarayoni va hozirgi holatiga oid turli nazariy va amaliy yondashuvlar ilgari surilgan.
"Mediasavodxonlik" atamasi ko'pincha ommaviy axborot vositalari va media texnologiyalar bilan bog'liq boshqa atamalar bilan o'zaro almashtiriladi. Mediasavodxonlik haqida gapirayotganda nimani nazarda tutayotganimizni aniqlashtirish uchun mediasavodxonlik bo'yicha quyidagi ta'riflarni keltirib o'tamiz: o Ommaviy axborot vositalari deganda xabarlarni uzatish uchun foydalaniladigan barcha elektron yoki raqamli vositalar hamda bosma yoki badiiy tasvirlar tushuniladi.
o Savodxonlik- bu belgilarni kodlash, dekodlash, xabarlarni sintez qilish va tahlil qilish qobiliyati.
o Mediasavodxonlik- bu ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan belgilarni kodlash va dekodlash qobiliyati hamda vositachi xabarlarni sintez qilish, tahlil qilish va ishlab chiqarishni o'rganish.
o Media ta'lim- bu ommaviy axborot vositalarini, shu jumladan ,,amaliy" tajriba va media ishlab chiqarishni o'rganish.
Fresno Tinch okeani universiteti ma'lumotiga ko'ra, "Mediasavodxonlik talabalarga ommaviy axborot vositalarining dono iste'molchilari, shuningdek o'z ommaviy axborot vositalarining ma'suliyatli ishlab chiqaruvchilari bo'lishiga yordam beradi. Xuddi shu yo'nalishda mediasavodxonlikni o'rgatish o'quvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi. Bunday fikrlash turi oxir oqibat insonning ikkinchi tabiatiga aylanishi mumkin, bu ularga ulg'aygan sari ko'p sohalarda yordam beradi".
Auditoriyada talabalarning media va yangiliklar savodxonligi ustida ishlashi o'z hayotining barcha jabhalarida kuchli tanqidiy fikrlovchi bo'lishiga yordam beradi.
Axborot jamiyati bugungi kunda zamonaviy universitet oldiga ko'plab muammolarni qo'ymoqda. Internet va zamonaviy texnologiyalar nafaqat ma'lumotlarni yetishmasligini to'ldirdi, ortiqcha vaqt sarfining oldi olindi an'anaviy ta'lim normalarining jiddiy raqobatchisiga aylandi. O'qituvchi va talabalar oldida doimiy ravishda o'z media kompetensiyasini oshirish uchun yangi resurslarni izlashga majbur bo'lmoqdalar.
December, 2022
458
O'qituvchi talaba^ uchun axboгot olamida ,,gid" va maslahatchi bo'lish vazifasi turibdi. Talaba bugungi kunda bir vaqtning o'zida axborot mazmuni, axborot texnologiyalari iste'molchisi va muallif, media mahsulotlar yaratuvchisi sifatida ishlaydi. Talabalarning zamonaviy axborot makoniga kirishi ko'pincha o'z-o'zidan sodir bo'ladi va pedagogik yordamga unchalik ham muhtoj bo'lmaydi. Masalan, talabalarga muloqot qilishning axloqiy me'yorlarini o'rgatish, internetda xavfsiz axborotni samarali izlash va tanlash va hakozolarni o'rgatish dolzarb ko'rinadi. Talabalar mediasavodxonligini rivojlantirish zamonaviy universitetda muhim mustaqil ta'lim vazifasi sifatida qaralishi kerak.
MUHOKAMA
Talabalarda media va axborot ko'nikmalarini rivojlantirish ilg'or mediakompetensiyani talab qiladi. O'qituvchilar auditoriyada multimediya proyektoridan (bugungi kunda kamdan kam hollarda taqdimotsiz ma'ruza qilinadi), videomateriallardan, interaktiv doskadan faol foydalanadilar. Ba'zi o'qituvchilar muloqot qilish uchun ijtimoiy sahifa ochdilar va o'quvchilar uchun so'ngi ma'lumotlarni joylashtirdilar. Bunda onlayn jamiyat a'zolari professional rivojlanish uchun foydalanishadi.
Media ta'lim natijasida mediasavodxonlik faqat o'quvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalarini o'zlashtirishi yoki axborotni tanqidiy tahlil qilish ko'nikmalarini rivojlantirish bilan cheklanib qolmaydi. Media ta'lim konseptsiyasiga kengroq qarash talab etiladi. Axborotdan samarali va tezkor foydalanishda talaba muayyan muammoni hal qilishda zarur bo'lgan ma'lumotlar turini aniqlay oladi, bu ma'lumotlarga samarali va tez kirishi mumkin; qiziqtirgan malumotlarga kirish uchun kalit so'z va tegishli atamalarni aniqlashi; potensial axborot manbalarining turli xil turlarini, formatlarini aniqlashi va yana ko'plab ishlarni bajarishi mumkin.
Axborot va axborot manbalarini tanqidiy baholash kompetensiyasi. Talaba ma'lumot va uni olish manbalarini tanqidiy baholay oladi va tanlangan ma'lumotlardan muammolarni hal qilish va g'oyalarni tahlil qilish uchun foydalana oladi hamda manbaning ishonchligi uning to'g'riligi, aniqligini tahlil eta oladi. Mediasavodxonlik ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda qadriyatlani yetkazish, sharhlash va takomillashtirish qobiliyatidir. Mediasavodxonlik ta'limi- bu foydalanuvchining ongli bo'lishiga, talqin qilish qobiliyatini rivojlantirishga, yangiliklarni tog'ri tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirishga, tomoshabinga yangiliklarni to'g'ri tahlil qilish va tanqidiy nuqtayi nazarga ega bo'lish qobiliyatini yaratishi ma'lum bo'ldi.
December, 2022
459
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi odamlarning ommaviy axborot vositalaridan foydalanish usullarini o'zgartirmoqda. Mediasavodxonlik bugungi jamiyatda tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda, chunki ommaviy axborot vositalari birinchi navbatda onlayn tarzda yaratiladi va iste'mol qilinadi. Talabalarni axborotning aqlli iste'molchilari bo'lish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalar bilan qurollantirish, ularni resurslarni baholash va xavfsiz sog'lom raqamli suhbatlarda ishtirok etish qobiliyatiga ega kuchli raqamli fuqarolarni shakllantirishga yordam beradi[4].
Tanqidiy fikrlash yordamida tahlil qilish va baholash. O'qituvchi yordamisiz duch kelganda, talabalar qaysi manba ishonchli ekanini qanday bilishadi? Ular You tubeni tomosha qilmoqdami, yangiliklar o'qiyaptimi yoki tasvirlarni tahlil qilyaptimi, talabalar ma'lumotni tushunish, uni kontekstga solish va haqiqiy yoki sohtani farqlay olish ko'nikmalariga muhtoj. Buning usullaridan biri talabalarni ommaviy axborot vositalarini tahlil qilish va baholashda savollar berishga o'rgatishdir:
o Muallifi kim?
o Uning maqsadi nima? (xabar berish, ko'ngil ochish, ishontirish) o Boshqa odamlar bu habarni qanday talqin qilishlari mumkin? o Ba'zi tafsilotlar qoldirganmi? Nega?
o Shuningdek, o'ylab ko'ring: manbalar keltirilganmi? Grammatik va imlo xatolari bormi?
Bundan tashqari talabalarga o'zlari haqida o'ylashi uchun vaqt va imkoniyat berish, hamda ularga qanday savol berishni o'rgatish, ular ommaviy axborot vositalarini mustaqil ravishda tahlil qilish va baholashni o'rganishlari uchun muhim ahamiyatga ega.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mediasavodxonlik natijasida talabalar hayotda umuman ta'lim jarayonida ham axborotlarni sifatini tahlil etish va baholash ko'nikmalarini egallaydilar.
XULOSA
REFERENCES
1. https://uz.wikipedia. org/wiki/Media_savodxonlik
2. https://www.waterford.org/education/build-media-literacy-in-your-students/
3. Media va axborot savodxonligini shakllantirishning pedagogik jihatlari. O'quv-amaliy qo'llanma. -T.: Extremum-press, 2017
4. Mamatov O. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik
December, 2022
xavfsizlik.psixologik xavfsizlikni ta'minlashning ijtimoiy psixologik imkoniyatlari. -Namangan, 2008.
5. Berkinov O.T. (2022). Ijtimoiy tarmoq: yoshlar va "kelajak" // NamDU ilmiy Axborotnomasi, 3-son, -B.181-187.
6. G'affarova G.G'., Yo'ldoshev A. (2022). Klaster tushunchasining falsafiy mohiyati // International scientific and practical conference "Modern psychology and pedagogy: problems and solutions". - Angliya, 28 mart,-P.322-328.
7. Туганова Л. (2022). Правовые основы гендерного равенства в обновляемом Узбекистане // Инновации в технологиях и образовании: XV Международная научная конференция. - Болгария, март, -С.16-17.
8. Berkinov O.T. (2022). Возникновение понятия киберпространство и споры по этому понятию // Инновации в технологиях и образовании: XV Международная научная конференция. - Болгария, март, -С.
9. Rahmonova, G. S. (2022). Theoretical and methodological fundamentals of developing non-standard thinking in students. ISJ Theoretical & Applied Science, 04 (108), 565-572.
10. G. Makhmudova, G. G'affarova, G. Jalalova (2020). O'zbekistonda islohatlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi. 176 b.
11. Gaffarova, G. G., & Jalalova, G. O. (2021). Human capital as the basis of society development. ISJ Theoretical & Applied Science, 04 (96), 455-460.
12. Gaffarova, G.G. (2019), Problems self-organization: philosophical analysis // Scientific Bulletin of Namangan State University. -T.1. -№5, - C.185-190.
13. Гаффарова Г. (2020). Человеческий капитал в условиях цифровизации Узбекистана. Интеллектуальная культура Беларуси: духовнонравственные традиции и тенденции инновационного развития: материалы Пятой междунар. науч. конф. Т.2. -Минск: Четыре четверти, -С.72-75.
14. Гаффарова Г.Г. (2021). Кластерный подход в стратегии действий: философский анализ. Педагогик таълим кластери: муаммо ва ечимлар: халцаро конференция. -Чирчиц, 25 июнь, -С.53-58.
15. Гаффарова Г.Г. (2021). Замонавий таълим тизимини такомиллаштиришда маънавиятнинг урни. Academic resesrch in educational sciences, 2(5), -Б.761-769.
16. Гаффарова Г.Г. (2021) Кластерный подход к стратегий действий (философский анализ). // Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XIV Международной научно-практической конференции «Инновации в технологиях и образовании», 26 марта 2021 г., Филиал КузГТУ в г. Белово. - Белово: Кузбасский государственный технический университет имени Т.Ф. Горбачева, 2021. - Т. 2. С.24-27.
17. Гаффарова Г.Г. (2021). Факторы, влияющие на образование в цифровом мире. Педагогик таълим кластери: муаммо ва ечимлар: халцаро конференция. - Чирчик, 2021. 25 июнь, -С.1235-1240.
December, 2022
461