Научная статья на тему 'TA’LIMDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH VA UNING ROLI'

TA’LIMDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH VA UNING ROLI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
248
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zamonaviy ta’lim teznologiyalari / axborot texnologiyasi / kompyuterlar / о‘quv-metodik ta’minot / elektron ta’limni rivojlantirish / ma’naviy hamda hayotiy ehtiyojlarni qondirish / audio-video va interaktiv vositalar. / modern educational technologies / information technology / computers / educational and methodological support / development of electronic education / meeting spiritual and vital needs / audio-video and interactive tools.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ramatov, Jumaniyoz Sultonovich, Baratov, Rashit O‘sarovich

Ushbu maqolada ta’lim muassasalarida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalari, ta’lim samaradorligining muhim jihatlari, zamonaviy ta’lim shakllari va vositalari xususida ma’lumotlar tо‘plandi va tahlil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF MODERN INFORMATION TECHNOLOGIES AND ITS ROLE IN EDUCATION

In this article, information was collected and analyzed on the issues of effective use of information technologies in educational institutions, important aspects of educational effectiveness, modern educational forms and tools.

Текст научной работы на тему «TA’LIMDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH VA UNING ROLI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(6), June, 2023

TA'LIMDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH VA UNING ROLI

Ramatov Jumaniyoz Sultonovich

TDTrU Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, falsafa fanlari doktori, professor Baratov Rashit O'sarovich,

TDTrU dotsenti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'lim muassasalarida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalari, ta'lim samaradorligining muhim jihatlari, zamonaviy ta'lim shakllari va vositalari xususida ma 'lumotlar tо 'plandi va tahlil qilindi.

Kalit so'zlar: zamonaviy ta'lim teznologiyalari, axborot texnologiyasi, kompyuterlar, o'quv-metodik ta'minot, elektron ta'limni rivojlantirish, ma'naviy hamda hayotiy ehtiyojlarni qondirish, audio-video va interaktiv vositalar.

ABSTRACT

In this article, information was collected and analyzed on the issues of effective use of information technologies in educational institutions, important aspects of educational effectiveness, modern educational forms and tools.

Keywords: modern educational technologies, information technology, computers, educational and methodological support, development of electronic education, meeting spiritual and vital needs, audio-video and interactive tools.

KIRISH

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi bilan uzluksiz ta'lim tizimining asosi yaratildi. Pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo'llash asosida o'quvchilarning ijodkorligi va faolligini oshirish har bir davr uchun muhim ahamiyatga egadir. Globallashuvning shiddatli tus olishi ta'lim tizimida ham bir qator islohotlar qilinishi zaruriyatini ifodalaydi. Zamon zayliga mos kelmaydigan ta'lim butun mamlakatni inqiroz ko'chasiga olib kirib qo'yishi tarixiy tajribada ko'p bora sinalgan. Shu sababdan ta'lim tizimida islohotlarni amalga oshirishda va rivojlantirishda hukumatimiz tomonidan yiliga mamlakat yalpi ichki mahsulotining taxminan 10-12 foiz atrofida mablag' yo'naltiriladi va bu davlat byujetining 35 foizini tashkil etadi. Holbuki, jahon tajribasida bu ko'rsatkich 3-4 foizdan oshmaydi. Ta'lim tizimida yil sayin rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

texnologiyalari (AKT), ta'lim jarayonini sifat va mazmun jihatdan yanada yuqori bosqichga ko'tarishga xizmat qilayotganligi barchamizga ma'lum.

"Biz oliy ta'lim tizimini yangi sifat boqichiga ko'tarish, oliy o'quv yurtlari tizimini yanada rivojlantirish, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish, pirovardida ilm-fanning yirik o'choqlariga aylantirishga alohida e'tibor qaratamiz" -deyiladi Prezidentimizning "Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasi" asarida. [2. 2022, -B. 228.]

XXI asr yuqori ko'rsatkichdagi taraqqiyot parametrlari bilan birga pandemiya sharoitiga moslashish masalasini ham o'rtaga tashladi. Pandemiya boshqa sohalar singari ta'lim tizimiga ham o'zining salbiy ta'sirini o'tkazdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Bunday paytda axborot texnologiyalari ta'limni uzluksizligini ta'minlashda yo'lchi yulduz vazifasini o'tadi. Masofaviy ta'lim shakli barcha professor-o'qituvchilarda, qolaversa, barcha talabalarda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini chuqur o'zlashtirishga tabiiy ehtiyoj yaratdi. Pandemiya o'z-o'zidan ommaviy ravishda internetdan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.[3. 2021, -B. 14.]

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Talimda samaradorlikka erishishning bir qator uslublari bo'lib, shulardan, ta'lim jarayonini mazmunli tashkil etish uchun zamonaviy texnik vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, texnologiya, axborot, kompyuter, multimedia, internet, masofali o'qitish, yagona axborot muhiti va shunga o'xshash axborot-kommunikatsion texnologiyalarning zamonaviy vositalaridan foydalanish o'zining samarasini bermoqda.

Shu o'rinda talabalarning o'zlashtirish darajasini oshirish, berilayotgan bilimlarni tushunish darajasi, xotirada saqlash va uni qo'llash imkoniyatlarini yuksaltirish maqsadida interfaol elektron doskalardan foydalanish ta'lim samaradorligini oshirishda qo'l keladi.

Shunday qilib, axborot texnologiyasi faqatgina ta'lim tizimiga kirib kelmasdan shu sohaning barcha bo'g'inlarini boshqarish, tashkil qilish, axborot resurslari bilan ta'minlash, ish yuritish hujjatlarini tezlik bilan yo'lga qo'yish, moliyaviy tizimini yo'lga qo'yish kabi muhim ishlarni amalga oshirishda xizmat qiladi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta'lim tizimiga kirib kelishi — ta'lim tizimida sifat o'zgarishi omili bo'lib xizmat qiladi.

Bugungi kunda, ta'lim tizimini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Kundalik hayotimizda media-texnologiyalarning o'rni tobora kengayib bormoqda. Katta hajmdagi yangi axborotlar, reklamalar, televideniya ko'rsatuvlarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish, kompyuterlar va ulardan

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

foydalanish talabalarning ta'lim-tarbiyasi, ulaming atrofdagi voqea-hodisalar to'g'risidagi tasavvurlari, tafakkuri hamda idrokiga katta ta'sir etmoqda.

Ilgari talabalar istalgan mavzuga oid axborotlarni: darslik, ma'lumotnoma adabiyotlar, o'qituvchi beradigan saboqlar, darsni konspektlashtirish vositasida (bu an'anaviylik xarakteridagi ta'lim) egallagan bo'lsa, bugungi kunga kelib, asosan televizor va radio, elektron darsliklar, internet orqali o'zlashtirmoqda. Shu sababli ham o'qituvchi zamonaviy voqelikka to'g'ri yondashgan holda ta'lim jarayoniga axborot uzatishning yangi metodlarini olib kirishi zarur. Men talaba sifatida darslarda axborot texnologiyalaridan foydalanib o'tilgan darslarda o'zlashtirish darajasi ancha yuqori bo'layotganini his qilaman.

Katta hajmdagi axborotlarni har bir talaba qisqa vaqt mobaynida o'zlashtirishi, ongida shakllantirishi va amaliy faoliyatida foydalana olishni o'rgatish zarur bo'ladi. Shuning uchun ham darsni shunday tashkil etish kerakki, unda har bir talaba o'zini erkin his etib, faol ishtirok etsin, darsga qiziqish bilan yondashib, ijodiy fikrlasin, o'z mehnati samarasini ko'rib, uni baholay olsin.

O'qituvchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib, dars o'tishga tayyorgarlik ko'rishda bu jiddiy ta'lim dasturiga oid dars materiali ekanligini unutmasligi zarur. [4. 2006, -B. 49.]

Darsni loyihalashtirishda o'qituvchi turli dasturiy mahsulotlardan foydalanadi. Dars jarayoniga tayyorgarlik ko'rishda tayyor dasturiy mahsulotlar (ensiklopediya, lug'atlar, ta'limiy dasturlar va shu kabilardan) foydalanishda kompyuterning o'rni alohida ahamiyat kasb etadi. Kompyuter texnologiyasi vositasida dars o'tish barcha fanlardan laboratoriya mashg'ulotlarini, amaliy mashg'ulotlarni, yangi mavzularni ko'rgazmali tushuntirish imkoniyatiga ega bo'lib, o'tilgan darslarning materiallarini talaba mustaqil qayta ko'rib chiqishi mumkin.

Axborot texnologiyalaridan foydalanishning afzalligi: ta'limni individuallashtirish; talabalar mustaqil ishlarini mujassamlashtirish; darsda amalga oshirilgan topshiriqlar hajmining oshishi; internetdan foydalanilganda axborot oqimi doirasining kengayishi natijasida o'zlashtirishda faollik, darsda motivatsiyaning kuchayishi ko'rinadi.

Darsni axborot texnologiyalaridan foydalanib o'tishda o'qituvchi o'z mehnatining ko'p qismini kompyuterga yuklashi mumkin bo'ladi. Bu bilan darsni yanada qiziqarli, rang-barang qilib, mazmunan boyitadi. O'qituvchi o'quvchining bilimini o'z vaqtida xolisona baholab boradi, ularga noan'anaviy saboq berish usullarini topishga ijodiy yondashadi. Bu esa o'qituvchining kasbiy jihatdan rivojlanishiga asos bo'ladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

O'quvchining bilimini qisqa vaqt mobaynida aniqlab, uni to'g'ri yo'naltirishida o'qituvchi oldida qulay imkoniyat yaratiladi. Bundan tashqari, o'quvchi olishi kerak bo'lgan axborotni hali davr talabiga mos vaqtidayoq, o'z dolzarbligini yo'qotmasdanoq olish imkoniyati mavjudligi va topshiriqlarning murakkablik darajasini to'g'ri baholash sharoiti yaratiladi.

O'quvchilar kompyuterda masalalarni yechish, jadval va grafik yechimlarni tuzish, chizmalar chizish, matnlar yaratish, rasmlar chizish kabi ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ladilar. Bu esa — o'quvchilar ijodiy tafakkuri rivojlanishiga zamin bo'lib xizmat qiladi.

Shunday bo'lsada, o'z kasbining mahoratli sohibi bo'lgan professor-o'qituvchilar tomonidan o'zining chuqur bilimi, katta tajribasiga tayangan holda, axborot texnologiyalaridan foydalanib o'tkazilgan dars mashg'ulotlari biz talabalarda darsga, mavzuga qiziqishimizni yanada orttiradi. Axborot texnologiyalarining eng so'nggi yutuqlaridan foydalangan holda tayyorlangan taqdimot ham o'zlashtirilishida, ham eslab qolishda muhim ahamiyat kasb etadi. Eng asosiysi, biz talabalarda ham axborot texnologiyalari ko'nikmalarin chuqur o'zlashtirish mas'uliyatini yuklaydi. Zero, axborot kommunikatsiya texnologiyalari barcha sohalar taraqqiyotining asosiy drayveri sifatida baholanmoqda.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Кушагав, Файзулла Абдуллаевич, Валиев, Л.А., & Хасашв, М.Н. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИ ТАРАККИЁТ БОСКИЧЛАРИ (УЗБЕКИСТОН ТЕМИР ЙУЛ ТРАНСПОРТИ МИСОЛИДА). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (9), 606-

2. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Jurabayev, N., & Artikova, B. (2022, June). Constructive and optimal solutions for the formation of a stable ecological situation in the Aral Sea region of Uzbekistan. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030113). AIP Publishing LLC.

3. Baratov, R. (2021). Prospects of Higher Education System (on the Example of Uzbekistan). International Journal on Orange Technologies, 3(3), 128-131.

4. Баратов, Р. У. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИДА ТАЪЛИМ ИСЛОХ,ОТЛАРИ ВА ИСТЩБОЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 90-95.

5. Baratov, R. U. (2019). INTEGRATION OF A SCIENCE, FORMATION, AND MANUFACTURE IN THE COURSE OF PROFESSIONAL TRAINING. In ОБЩЕСТВЕННЫЕ НАУКИ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ: ПОЛИТОЛОГИЯ, СОЦИОЛОГИЯ, ФИЛОСОФИЯ, ИСТОРИЯ (pp. 51-54).

612.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

6. Baratov, R., & Uzbekova, S. (2022). INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING. World scientific research journal, 4(2), 7-11.

7. Baratov, Rashid, and Sadokat Uzbekova. "INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING." World scientific research journal 4.2 (2022): 7-11.

8. Ramatov, J., Baratov, R., Jurabayev, N., Umarova, R., & Mamajanova, G. (2022, June). Evolution of railway construction development in Uzbekistan: Past and prospects. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030011). AIP Publishing LLC.

9. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Khasanov, M., Sultonov, S., & Kushakov, F. (2022). PROBLEMS OF INFLUENCE OF ISLAM ON CONSCIOUSNESS TRANSFORMATION. Academic research in educational sciences, 3(10), 591-597.

10. Baratov, R., Nuriddinov, S., Tokhtaboev, E., & Achilova, G. (2022, June). " One belt-one road" initiative-as a modern transport logistics. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030058). AIP Publishing LLC.

11. Абдурашидова, Нилуфар Абдурашидовна, & Хдсанов, М. (2022). ЁШЛАР ДУНЁКАРАШИДА ДИН ВА АХЛОКНИНГ УЗАРО МУТАНОСИБЛИГИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10), 1226-1235.

12. Ramatov, J.S., Valiev, L.A., Xasanov, M.N. XIX ASRDA HINDISTONDAGI IZHTIMOII - FALSAFIY JARAYONLAR // ORIENSS. 2022. №6. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/hih-asrda-indistondagi-izhtimoiy-falsafiy-zharayonlar (kirish 12/11/2022).

13. Ж. С. Раматов, & М. Хдсанов (2022). ШАХС ДИНИЙ ДУНЁКАРАШИНИНГ ШАКЛЛАНИШИДА ИЛМНИНГ АДАМИЯТИ. Academic research in educational sciences, 3 (7), 35-39.

14. Жуманиёз Султонович Раматов, Машкура Инамжанована Рахимова, & Миршод Нуъмонович Дасанов (2022). МАФКУРАВИЙ ТАХДИДЛАРНИ ОЛДИНИ ОЛИШДА ИСЛОМИЙ КАДРИЯТЛАРНИНГ УРНИ. Academic research in educational sciences, 3 (6), 1031-1036.

15. З. Н. Бобошев, М.Н.Дасанов, & Э.А.Нуруллаев. (2022). АБУ НАСР ФОРОБИЙНИНГ ПЕДАГОГИКА ФАНИНИНГ АСОСЧИСИ СИФАТИДА . JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 4(3), 108-115. Retrieved from http: //wsrj ournal .com/index.php/new/article/view/623

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(6), June, 2023

16. C. PaMaTOB, M. XacaHOB, & HOHHH A3aMaTOBHH BanneB (2022). AWOEHH^O rXOm XAETH BA HHMHH OAHCAOHH MEEPOCH. Academic research in educational sciences, 3 (6), 1161-1169.

17. J. S. Ramatov, M. Hasanov AL-FAROBIY SIYOSIY DAVRAN VA IJTIMOIY-MADANIY AHVOL // Pedagogik fanlarda akademik tadqiqotlar. 2022 yil. 6-son. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/al-farobiy-davridagi-siyosiy-va-izhtimoiy-madaniy-vaziyat (kirish sanasi: 12.11.2022).

18. M.H.XacaHOB, A.A.A3HM6aeB, XannnOB y., & KapuMOB E. (2022). AEy HACP OOPOEHHHHHr mAXC MAEHABHH KAMOHOTHrA £OHP KAPAm-APH . JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 4(3), 147-153. Retrieved from http: //www.wsrj ournal .com/index. php/new/articl e/view/62 9

19. C. PaMaTOB, & M. XacaHOB (2022). MAOKyPABHH TAXAHA—APHH OH^HHH OHHm^A AXHOKHH TAPEHflHHHr A^AMH^TH. Academic research in educational sciences, 3 (6), 952-956.

20. Ramatov, J.S., & Khasanov, M.N. (2022). ANALYSIS OF THEORETICAL MODEL OF INNOVATION INVOLVEMENT IN EDUCATIONAL PRACTICE. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (6), 937942.

21. PaMaTOB, "K. C., MypaTOBa, CyrnaHOB, C. X., TyxTa6oeB, 3., KymaKOB, O., & XacaHOB, M. H. (2022). H^THMOHH A^OHAT BA KAAPH^THAP n^roPA^H3MH. World scientific research journal, 8(1), 102-108.

22. C. PaMaTOB, H. A. BanneB, & M. H. XacaHOB (2022). AWOEHH^O r^Om TA-KHHH^A HHCOH EOPHHFHHHHr AHTPOnOHOrHK ^HXATHAPH. Academic research in educational sciences, 3 (6), 688-695.

23. ^ypa6OeB, H. ro., KymaKOB, O. A., CyrnaHOB, C. X,., & XacaHOB, M. H. (2022). KOHOУЦHHHHK XyCyCHHTHAPH^AH XHTOH OAHCAOACHHHHT KEHrAHHmH. World scientific research journal, 9(2), 3742.

24. Ruzigul, U., Nasirjan, J., Dilmurodkhakim, A., Mirshod, H., & Urozboy, E. (2020). Rationale and history of human reflections in the muslim philosophy. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(5), 1453-1458.

25. PaMaTOB, "K. C., 3pHue3OB, y. K., CyrnaHOB, C. X., & XacaHOB, M. H. (2022). CAHEATHHHT TAPHXHH-OAHCAOHH ACOCHAPHHHHr EyryHrH KyH^ATH AXAMH^TH. World scientific research journal, 9(2), 65-70.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.