Научная статья на тему 'MAMLAKATIMIZ YOSHLARI BILAN TARAQQIYOTGA ERISHISHNING ZAMONAVIY YO’LLARI'

MAMLAKATIMIZ YOSHLARI BILAN TARAQQIYOTGA ERISHISHNING ZAMONAVIY YO’LLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
34
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yangi О‘zbekiston / istiqlol ruhi / ta’lim va tarbiya / yosh avlod / barkamollik / Uchinchi Renessans. / New Uzbekistan / spirit of independence / upbringing and upbringing / young generation / perfection / Third Renaissance.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Muratova, Dildora

Ushbu maqolada mamlakatimiz yoshlari bilan taqqiyotga erishishimiz uchun olib borilayotgan islohlarning yangi bosqichga olib chiqish, inson ma’naviy kamolotiga ta’siri tahlil qilingan hamda О‘zbekistonni yangi bosqichga olib chiqishda ta’limning ahamiyati va ta’limga bo’lgan ehtiyojning ortishi bilan bog‘liq masalalar ilmiy muhokama qilinganligini hamda raqobatbardosh milliy kadrlarning yangi avlodini tayyorlash maqsadida О‘zbekistonda yangi zamonaviy universitetlar tashkil etilganligini va mazkur universitetda xorijlik yetakchi olimlar va professor-о‘qituvchilar jalb qilinib, yoshlarga eng zamonaviy dasturlar asosida ta’lim-tarbiya berilishi haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MODERN WAYS TO ACHIEVE DEVELOPMENT WITH YOUTH OF OUR COUNTRY

This article analyzes the reforms carried out in order to achieve development with the youth of our country to a new level, the impact on the spiritual maturity of a person and the importance of education in bringing Uzbekistan to a new level and the increased need for education. It is discussed that the relevant issues have been scientifically discussed, and Uzbekistan has created new modern universities in order to train a new generation of competitive national personnel, and it was assumed that leading foreign scientists and professors would be attracted to this university and education of young people would be provided according to the most modern programs.

Текст научной работы на тему «MAMLAKATIMIZ YOSHLARI BILAN TARAQQIYOTGA ERISHISHNING ZAMONAVIY YO’LLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1/2), Jan., 2023

MAMLAKATIMIZ YOSHLARI BILAN TARAQQIYOTGA ERISHISHNING

ZAMONAVIY YO'LLARI

Muratova Dildora

Toshkent davlat transport universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSYA

Ushbu maqolada mamlakatimiz yoshlari bilan taqqiyotga erishishimiz uchun olib borilayotgan islohlarning yangi bosqichga olib chiqish, inson ma'naviy kamolotiga ta'siri tahlil qilingan hamda О'zbekistonni yangi bosqichga olib chiqishda ta 'limning ahamiyati va ta 'limga bo 'lgan ehtiyojning ortishi bilan bog'liq masalalar ilmiy muhokama qilinganligini hamda raqobatbardosh milliy kadrlarning yangi avlodini tayyorlash maqsadida O'zbekistonda yangi zamonaviy universitetlar tashkil etilganligini va mazkur universitetda xorijlik yetakchi olimlar va professor-o 'qituvchilar jalb qilinib, yoshlarga eng zamonaviy dasturlar asosida ta 'lim-tarbiya berilishi haqidafikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Yangi O'zbekiston, istiqlol ruhi, ta'lim va tarbiya, yosh avlod, barkamollik, Uchinchi Renessans.

ABSTRACT

This article analyzes the reforms carried out in order to achieve development with the youth of our country to a new level, the impact on the spiritual maturity of a person and the importance of education in bringing Uzbekistan to a new level and the increased need for education. It is discussed that the relevant issues have been scientifically discussed, and Uzbekistan has created new modern universities in order to train a new generation of competitive national personnel, and it was assumed that leading foreign scientists and professors would be attracted to this university and education of young people would be provided according to the most modern programs.

Key words: New Uzbekistan, spirit of independence, upbringing and upbringing, young generation, perfection, Third Renaissance.

KIRISH

Bugun jahon miqyosida yurtimiz haqida so'z ketganda «Yangi O'zbekiston» iborasi takror-takror tilga olinmoqda. Bu keyingi yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo'yganimiz, erishayotgan zalvorli yutuqlarimizning e'tirofi, jahon hamjamiyatining yurtimizga jiddiy e'tiboridir. Chunki bizga mustaqillik g'oyasi, istiqlol ruhi tog'dek tayanch bo'lmoqda. Bizni ilg'or niyatlar, buyuk maqsadlar, ulkan marralar yo'lida adashmaslikka undamoqda, tanlagan yo'limiz to'g'riligiga inontirmoqda. Qaysi sohani olmaylik, qaysi jabhaga nazar solmaylik,

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

ilgari surilayotgan xalq tashabbusi albatta qo'llab-quvvatlanmoqda, sharoit yaratilmoqda, investitsiya kiritilmoqda, rag'batlantirilmoqda, bir so'z bilan aytganda, xalqning roziligi yo'lida tinmay izlanmoqda. Zero, iqtisodiyotni siyosatdan, ma'naviyatni ta'lim-tarbiyadan ayro ko'rib bo'lmaganidek, «xalqimizning ulug'vor qudrati jo'sh urgan hozirgi zamonda O'zbekistonda yangi bir uyg'onish - Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat bo'ladi. Chunki bugungi O'zbekiston - kechagi O'zbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas», deydi davlat rahbari.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bugun yurtimizda tinchlik va barqarorlik hukm surayotganiga qaramay, bundan buyon ham mustaqillikni asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash ustivor maqsad bo'lib qolaveradi. Bu, bir tomondan, mustaqillik biz uchun, avvalo, o'z taqdirimizga o'zimiz egalik qilish huquqi, kelajagimizni o'z qo'limiz bilan barpo etish, yurtimiz boyliklaridan faqat xalqimiz va vatanimiz manfaati yo'lida foydalanish huquqini bergani O'zbekiston yoshlari ham ana shu oliy ne'matdan barhamand bo'layotgani bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchidan, mustaqillik yillarida ana shu muqaddas qadriyat va milliy an'analarga tayangan holda yashash huquqini ham berdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning har bir chiqishlari, ma'ruzalari va nutqlarini biz ziyolilar doimo intiqlik bilan kutamiz. Buning sababi nimada? Eng avvalo bu chiqishlarda yangi fikrlar, yangi g'oyalar, taraqqiyotimizni belgilaydigan ustuvor yo'nalishlar, O'zbekistonni yangi bosqichga olib chiqish omillari, shu bilan bir qatorda rivojlanishimizga g'ov bo'layotgan holatlar, mavjud muammolarni hal qilishning nostandart yechimlari aniq, ravon, sodda tilda ifodalab beriladi. Misol sifatida mustaqilligimizning 29 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi, BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasidagi, Konstitusiyamizning 29 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi, O'zbekiston Yoshlari forumidagi nutqlari va nihoyat Oliy majlisga qilgan Murojaatnomani keltirish mumkin. Eng muhimi - barcha ma'ruzalardagi markaziy masala bu -xalqimizning turmush darajasi, farovonligini oshirish, O'zbekiston xalqiga munosib turmush sharoitini yaratish. Sobiq Ittifoq davrida shunday shior bo'lardi: "Bizdan keyingi avlod albatta kommunizmda yashaydi", ya'ni, baxtli hayot faqat kelajakda bo'ladi, degani. Muhtaram Prezidentimiz esa xalqimiz ertaga, indinga, kelajakda emas, bugun baxtli hayot kechirishga munosib, degan g'oyani doimo ilgari suradilar. Shu o'rinda mashhur donishmand Konfusiyning quyidagi xikmatini keltirmoqchiman: "Hukmdor xalqni o'z farzandidek sevishi, fuqarolar esa hukmdorni o'z otasidek hurmat qilib, e'zozlashi lozim".

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

Murojaatnomada ustuvor yo'nalish sifatida ta'lim-tarbiya sohasiga alohida urg'u berildi. Chunki har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini ta'minlaydigan yosh avlodning sog'lom va barkamol bo'lib voyaga yetishi hal qiluvchi o'rin tutadi. Shu maqsadda "Yangi O'zbekiston - maktab ostonasidan, ta'lim-tarbiya tizimidan boshlanadi" , degan g'oya asosida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shu o'rinda bir narsaga e'tiboringizni qaratmoqchi edim. Biz qachonki ta'lim to'g'risida gapirsak, albatta tarbiyani ham qo'shib aytamiz. Sababi ta'lim va tarbiya yagona, uzviy jarayon. Ta'lim bor joyda, albatta tarbiya ham bo'ladi. Lekin bu masalada boshqacha qarashlar ham bor. ya'ni tarbiya oilada beriladi, ta'lim muassasalarida esa faqat ta'lim berish kerak, degan. Mening fikrimcha, maktab, litsey, texnikum, universitet o'qituvchisimi, shu bilan birga u ham tarbiyachidir. Nafaqat ta'lim dargoxida, balki mahallada ham, oilada ham. Chunki azal-azaldan qishloqda ham, mahallada ham o'qituvchiga munosabat, e'tibor boshqacha bo'lgan. Ziyoli inson sifatida uning fikrlariga quloq solishgan.

Davlatimiz rahbari "O'qituvchi va murabbiylar kuni"da so'zlagan nutqlarida shunday ta'kidladilar: "Biz Uchinchi Renessans masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qo'yib, uni milliy g'oya darajasiga ko'tarmoqdamiz. Biz maktabgacha ta'lim va maktab ta'limi, oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni bo'lg'usi Renessansning to'rt uzviy halqasi, deb bilamiz. Bog'cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-o'qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uyg'onish davrining to'rt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz. Men ishonaman - hurmatli ota-onalar bu tashabbusni albatta qo'llab-quvvatlab, yangi Renessansning beshinchi halqasi, beshinchi ustuni bo'ladilar"

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan Murojaatnomada keltirilgan quyidagi vazifalar professor-o'qituvchilar jamoasi uchun ta'lim-tarbiya sohasida tub o'zgarishlarni amalga oshirishdek ulkan mas'uliyat yuklaydi: "Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Buning uchun eng avvalo yosh avlodga bog'cha, maktab va oliygohda sifatli ta'lim-tarbiya berishni yo'lga qo'yamiz" [3].

Murojaatnomada bola tug'ilganidan to 30 yoshgacha bo'lgan davrda uni har tomonlama qo'llab-quvvatlaydigan, hayotda munosib o'rin topishi uchun ko'mak

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

beradigan, yaxlit va uzluksiz tizim yaratilishi zarurligi ta'kidlanadi. Chunki dunyo tajribasidan ma'lumki, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazish uchun sarflangan sarmoya jamiyatga o'n, yuz barobar ko'p foyda keltiradi[3].

So'nggi yillarda milliy ta'lim tizimida sezilarli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu o'zgarishlarni quyidagilarda ko'rish mumkin.

1. Maktabgacha ta'lim tizimi tubdan o'zgarmoqda. Aloxida vazirlik tashkil qilindi. Ilgari maktabgacha ta'lim muassasalari Xalq ta'limi vazirligi tasavvurida edi. Ushbu vazirlik respublikamizdagi eng katta vazirlik hisoblanardi. Bolalar bog'chalari, 10 mingga yaqin maktab, pedinstitutlar, pedkollejlar va x.z. Maktabgacha ta'lim qamrovi taxminan 17-18 foizni tashkil qilardi. 2021 yil yakuni bilan maktabgacha ta'lim qamrovi 65 foizga, 2023 yil oxirida esa 75 foizga yetkazilishi, qo'shimcha 2 mingta nodavlat bog'cha tashkil etilib, xususiy sektor ulushi 25 foizga yetkazilishi kutilmoqda.

2. Maktab ta'limini tubdan yaxshilash uchun 2021 yili 30 ta yangi maktab qurilishi, 320 ta maktabni ta'mirlash va moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida byudjetdan 2 trillion so'm ajratilishi reja qilingan. Ta'lim sifatini tubdan yaxshilash maqsadida, avvalo, o'quv dasturlari, o'qituvchi va domlalar uchun uslubiy qo'llanmalarni ilg'or xalqaro mezonlarga moslashtirish ishlari bajariladi.

Murojaatnomada bolalarning tahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun ularga sermazmun va tushunarli darsliklar yaratish zarurligiga alohida e'tibor qaratilgan. Bu borada kelgusi o'quv yilida boshlang'ich sinflarda davlat ta'lim standarti o'rniga, ilg'or xorijiy tajriba asosida, bolaga ortiqcha yuklama bermaydigan "Milliy o'quv dasturi" joriy etiladi. Umumta'lim maktablaridagi ta'lim sifati poytaxtda ham, olis qishloqlarda ham yuqori bo'lishi ta'minlanadi. Boshqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan o'qituvchilar oyligiga 50 foiz, boshqa viloyatga borib ishlasa - 100 foiz ustama haq to'lanashi ko'zda tutilgan. 2021 yilda 10 ta Prezident maktabi, kimyo-biologiya, matematika, axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan 197 ta maktab o'z faoliyatini boshlaydi[3].

Raqobatbardosh milliy kadrlarning yangi avlodini tayyorlash maqsadida Toshkent shahrida yangi zamonaviy universitet tashkil etiladi. Mazkur universitetda xorijlik yetakchi olimlar va professor-o'qituvchilar jalb qilinib, yoshlarga eng zamonaviy dasturlar asosida ta'lim-tarbiya beriladi.

3. Oliy ta'limning qamrovi va sifatini oshirishga alohida e'tibor qaratiladi. 2021 yildan boshlab oliy ta'limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshiriladi. OTMga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga ko'paytirib, 2 mingtaga yetkazamiz. Kirish testlarida eng yuqori ball to'plagan 200 nafar talabaga 4 yil mobaynida Prezident stipendiyasi beriladi[3].

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

Bozor munosabatlari qonuniyatlariga ko'ra, mahsulotning sifatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan asosiy omillardan biri bu raqobatdir. Mamlakatimizda turli sohalarda, jumladan, qishloq xo'jaligi, qurilish, sanoat, tibbiyot, farmatsevtika va xokazo sohalarda davlat-xususiy sherikchiligi joriy qilingani holda ta'lim tizimida mavjud emas edi. Endi esa maktabgacha ta'lim, o'rta ta'lim, oliy ta'limda ham sog'lom raqobat muhiti yaratilmoqda. Xususiy bog'cha, maktab, universitetlar tashkil qilinmoqda. Davlat-xususiy sherikchilik asosida Qo'qon nodavlat universiteti, "Tashkent International University" xalqaro universiteti, Britaniya menejment universiteti, TEAM universiteti, Akfa universiteti kabi nodavlat oliy ta'lim muassasalari tashkil etildi .

Natijada yoshlarimizda tanlash imkoniyati paydo bo'ldi. Bu esa tabiiy ravishda ta'lim muassasalari o'rtasida sog'lom raqobat muhitini shakllantiradi. OTM moliyaviy tomondan mustaqil bo'layotganini e'tiborga olsak, endi ular o'rtasida ko'proq yoshlarni jalb qilish uchun amaliy harakatlar olib boriladi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki zero, xalqimiz, ayniqsa yosh avlod ongi va tafakkuriga singdirilgan milliy g'oya har qanday yot g'oyalarning ta'siriga berilib qolmaslikni ta'minlashi bilan birga ularga munosib javob qaytarish ko'nikmasini ham shakllantiradi, milliy qadriyatlarimizni hurmat qilishga va uni asrab-avaylashga undaydi.

Shu nuqtai nazardan, yoshlar bilan bog'liq muammolarni hal etishda milliy qadriyatlardan, ilg'or taraqqiyotga xizmat qiluvchi diniy qadriyatlardan foydalanish, ularni zamonaviy demokratik qadriyatlar bilan uyg'unlashtirgan holda, yosh avlodni har omonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash masalasiga bugun yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Ayni paytda yoshlarni ma'naviy himoyalash tizimining mexanizimini ishlab chiqishga ham e'tibor qaratilmoqda. Chunki hozirgi globallashuv sharoitida, bir tomndan, milliy qadriyatga, ikkinchi tomondan, zamonaviy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy- huquqiy yangilish jarayonlarini amalga oshirish alohida dolzarb bo'lib qolmoqda.

O'zbek xalqining ibratnomuz, ayniqsa yoshlarni tarbiyalashda katta ta'sir eta oladigan urf-odatlari, an'analari, rasm-rusumlari va marosimlari borki, bularni bugungi kunda oilada balalar ongiga, kundalik hayot tarziga singdirish yoshlarning ma'naviy taxdidlar ta'siriga tushib qolishining oldini olishdag muxum vazifalarimizdan biri xisoblanadi.

REFERENCES

1. SH.Mirziyoyev.O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma to'qqiz yilligiga bag'ishlangan nutqi. //Xalq so'zi №186 son.2020.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

2. O'zbekiston Prezidenti SH.Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi // https://president.uz/uz/lists/view/3851.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.2020 yil 29 dekabr https://www.youtube.com

4. Баратов, Р. У. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИДА ТАЪЛИМ ИСЛОХОТЛАРИ ВА ИСТЩБОЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 90-95.

5. Baratov, R. U. (2019). INTEGRATION OF A SCIENCE, FORMATION, AND MANUFACTURE IN THE COURSE OF PROFESSIONAL TRAINING. In ОБЩЕСТВЕННЫЕ НАУКИ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ: ПОЛИТОЛОГИЯ, СОЦИОЛОГИЯ, ФИЛОСОФИЯ, ИСТОРИЯ (pp. 51-54).

6. Baratov, R., & Uzbekova, S. (2022). INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING. World scientific research journal, 4(2), 7-11.

7. Baratov, Rashid, and Sadokat Uzbekova. "INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING." World scientific research journal 4.2 (2022): 7-11.

8. Ramatov, J., Baratov, R., Jurabayev, N., Umarova, R., & Mamajanova, G. (2022, June). Evolution of railway construction development in Uzbekistan: Past and prospects. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030011). AIP Publishing LLC.

9. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Khasanov, M., Sultonov, S., & Kushakov, F. (2022). PROBLEMS OF INFLUENCE OF ISLAM ON CONSCIOUSNESS TRANSFORMATION. Academic research in educational sciences, 3(10), 591-597.

10. Baratov, R., Nuriddinov, S., Tokhtaboev, E., & Achilova, G. (2022, June). " One belt-one road" initiative-as a modern transport logistics. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030058). AIP Publishing LLC.

11. Раматов, Ж. С., Муратова, Д., Султанов, С. X,., Тухтабоев, Э., Кушаков, Ф., & Хасанов, М. Н. (2022). ИЖТИМОИЙ АДОЛАТ ВА КАДРИЯТЛАР ПЛЮРАЛИЗМИ. World scientific research journal, 8(1), 102-108.

12. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Султанов, С.Х., Муратова, Д.А., Хасанов, М.Н., & Эрниёзов, У.К. (2022). ЁШЛАР ЗАМОНАВИЙ МАДАНИЙ КИЁФАСИ ВА УМУМИНСОНИЙ КАДРИЯТЛАР ТУШУНЧАСИНИНГ МАЗМУН-МОХДЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10), 376-386.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

13. Джуманиёз Раматов, Розигуль Умарова, Рашид Баратов, Миршод Хасанов, Сирож Султонов, Файзулла Кушаков ПРОБЛЕМЫ ВЛИЯНИЯ ИСЛАМА НА ТРАНСФОРМАЦИЯ СОЗНАНИЯ // Академические исследования в области педагогических наук. 2022. №10. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/problems-of-influence-of-islam-on-coding-transformation (дата обращения: 31.01.2023).

14. Hasanov M., Tuhtaboev E. THE PERFORMANCE OF THE PERFECT MAN IN THE EASTERN RENESSANCE (ON THE EXAMPLE OF FARABI'S VIEWS) //Innovative Technological Methodical Research Journal. - 2021. - Т. 2. - №. 05. -С. 1-6.

15. М.Н.Хасанов, Д.А.Хафизов, Р.Х.Тоиров, & ХД.Болтабоев. (2022). АБУ НАСР ФОРОБИЙ ЯШАГАН ДАВРДАГИ ИЛМ-ФАН ВА ТАЪЛИМ-ТАРБИЯ . JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 4(3), 137-140. Retrieved from http: //www.wsrj ournal .com/index. php/new/articl e/view/62 7

16. Jumaniyoz Ramatov, Rozigul Umarova, Rashid Baratov, Mirshod Khasanov, Siroj Sultonov, & Fayzulla Kushakov (2022). MODERN REQUIREMENTS FOR THE SPIRITUAL IMAGE OF YOUNG PEOPLE AND ITS MANIFESTATION IN PRACTICE. Academic research in educational sciences, 3 (10), 582-586.

17. Ramatov, J.S., & Khasanov, M.N. (2022). SOCIAL ASPECTS OF PROFESSIONAL QUALITY IMPROVEMENT (ON THE EXAMPLE OF THE RAILWAY SECTOR). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (6), 969-976.

18. Раматов, Ж.С., Валиев, Л.А., & Хасанов, М.Н. (2022). XIX АСРДА ХИНДИСТОНДАГИ ИЖТИМОИЙ - ФАЛСАФИЙ ЖАРАЁНЛАР. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (6), 1070-1078.

19. Журабоев, Н. Ю., Кушаков, Ф. А., Султанов, С. Х., & Хасанов, М. Н. (2022). КОНФУЦИЙЛИК ХУСУСИЯТЛАРИДАН ХИТОЙ ФАЛСАФАСИНИНГ КЕНГАЙИШИ. World scientific research journal, 9(2), 3742.

20. Ruzigul, U., Nasirjan, J., Dilmurodkhakim, A., Mirshod, H., & Urozboy, E. (2020). Rationale and history of human reflections in the muslim philosophy. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(5), 1453-1458.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.