Научная статья на тему 'YANGI O’ZBEKISTONDA KASB-HUNAR TA’LIMI: TARAQQIYOT VA ISTIQBOL'

YANGI O’ZBEKISTONDA KASB-HUNAR TA’LIMI: TARAQQIYOT VA ISTIQBOL Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
541
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim / islohot / kasb-hunar / dual ta’lim / ta’lim sifati / o’quv dasturlari / ochiqlik / shaffoflik / ochiqlik. / education / reform / profession / dual education / education quality / educational programs / openness / transparency / openness.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Uzbekova, Sadoqat Primovna

Mazkur maqolada O’zbekiston sharoitida kasb-hunar ta’limi doirasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda ta’limga doir adabiyotlar va ilmiy tadqiqotlardan foydalangan holda yoritib berildi. Maqolada ta’limning kasb-hunar bosqichi asosiy ob’ekt qilib olingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

VOCATIONAL EDUCATION IN THE NEW UZBEKISTAN: DEVELOPMENT AND PROSPECTS

This article, using legal documents and educational literature and scientific research, highlights the comprehensive reforms carried out within the framework of vocational education in the conditions of Uzbekistan. The main object of the article is the professional stage of education.

Текст научной работы на тему «YANGI O’ZBEKISTONDA KASB-HUNAR TA’LIMI: TARAQQIYOT VA ISTIQBOL»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1/2), Jan., 2023

YANGI O'ZBEKISTONDA KASB-HUNAR TA'LIMI: TARAQQIYOT VA

ISTIQBOL

Uzbekova Sadoqat Primovna

Toshkent temir yo'l texnikumi bosh o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada O 'zbekiston sharoitida kasb-hunar ta 'limi doirasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar me'yoriy-huquqiy hujjatlar hamda ta 'limga doir adabiyotlar va ilmiy tadqiqotlardan foydalangan holda yoritib berildi. Maqolada ta 'limning kasb-hunar bosqichi asosiy ob 'ekt qilib olingan.

Kalit so'zlar: Ta'lim, islohot, kasb-hunar, dual ta'lim, ta'lim sifati, o'quv dasturlari, ochiqlik, shaffoflik, ochiqlik.

ABSTRACT

This article, using legal documents and educational literature and scientific research, highlights the comprehensive reforms carried out within the framework of vocational education in the conditions of Uzbekistan. The main object of the article is the professional stage of education.

Key words: education, reform, profession, dual education, education quality, educational programs, openness, transparency, openness.

Zamona har kuni yangilashur, yangi ilm va yangi fikrlik va fununi zamoniyani durbar qilgan odamlarni talab qilur.

Mahmudxo'ja Behbudiy

KIRISH

O'zbekiston deb atalmish diyorning har bir a'zosi tinch va farovon hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yo'lida amalga oshirilayotgan yangiliklar, islohotlar sabab vatanimiz o'zgarishlar diyoridir desak mubolag'a bo'lmaydi. Jonajon O'zbekistonimiz milliy rivojlanishning yangi davriga dadil qadam qo'ymoqda. Hayotimizning barcha jabhalarida bo'lgani kabi ta'lim va tarbiyada ham ulkan o'zgarishlar yuz bermoqda.

2020 yil 25 dekabr kuni yurtimizda birinchi marta "O'zbekiston yoshlari forumi" tashkil etildi. Forumda yurtboshimizning shaxsan qatnashishi, so'zlagan nutqlarida yoshlarni Vatanimizning eng katta boyligi va bebaho xazinasiga qiyoslagani, pandemiyani o'z boshidan o'tkazayotgan og'ir sinovli kunlarda ko'rsatgan mardlikni, jasoratni yuksak e'tirof etganidan dalolatdir. Yoshlarga bu kabi

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

e'tibor berilishi sababi shuki- aynan yoshlarimiz ikki davr-bugun va ertamiz, kelajagimiz vakillari, kelajagimiz yaratuvchilari hisoblanadi. Unib-o'sib kelayotgan yosh avlod xalqimiz, millatimiz davomchilari bo'lish bilan birga Vatanimizning eng katta boyligi va tayanchi, ustunlari ekanini barchamiz yodda tutishimiz lozimdir. ASOSIY QISM

Yurtimiz aholisining 60 foizdan ziyodini tashkil qilayotgan yosh avlodning hayotiy manfaatlarini, ehtiyojlarini ta'minlash, ularning ezgu orzu-umidlari, intilishlarini ro'yobga chiqarish uchun shart-sharoit yaratish davlat siyosatining muhim yo'nalishlaridan biridir.

2020 yil 23 sentyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidneti Sh. Mirziyoyev tomonidan imzolangan O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning 4-moddasiga ko'ra davlatimizda ta'lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:

ta'lim ustuvorligining tan olinishi;

ta'lim olish shaklini tanlash erkinligi;

ta'lim sohasida kamsitishlarga yo'l qo'yilmasligi;

ta'lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta'minlanishi;

ta'lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;

ta'lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;

ta'limning uzluksizligi va izchilligi;

o'n bir yillik ta'limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo'lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o'rta ta'limga tayyorlashning majburiyligi;

davlat ta'lim standartlari va davlat ta'lim talablari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi;

o'quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;

insonning butun hayoti davomida ta'lim olishi;

jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;

ta'lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;

bilimlilik, qobiliyatlilik va iste'dodning rag'batlantirilishi;

ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg'unligi;

ta'lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.

Yuqoridagi qonunning 10-moddasida professional ta'lim tizimi ham yortilgan bo'lib, unga ko'ra yurtimizda quyidagi shakllardagi professional ta'lim turlari mavjuddir. Professional ta'lim egallanadigan kasb va mutaxassislik bo'yicha quyidagi darajalarni o'z ichiga oladi: boshlang'ich professional ta'lim;

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

o'rta professional ta'lim;

o'rta maxsus professional ta'lim.

Boshlang'ich professional ta'lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida bepul asosda kunduzgi ta'lim shakli bo'yicha umumta'lim fanlarining va mutaxassislik fanlarining ikki yillik integratsiyalashgan dasturlari asosida amalga oshiriladi.

O'rta professional ta'lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to'lov-shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi ikki yilgacha bo'lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllari bo'yicha umumiy o'rta, o'rta maxsus ta'lim hamda boshlang'ich professional ta'lim negizida amalga oshiriladi.

O'rta maxsus professional ta'lim texnikumlarda umumiy o'rta, o'rta maxsus, boshlang'ich professional va o'rta professional ta'lim negizida davlat buyurtmasi yoki to'lov-shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi kamida ikki yil bo'lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllari bo'yicha amalga oshiriladi.

Ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi (to'qqiz yillik umumiy o'rta va uch yillik o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi) olgan fuqarolar ham o'rta professional va o'rta maxsus professional ta'lim olish huquqiga ega.

Kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar ta'lim oluvchilarning o'zi tanlagan kasbga va mutaxassislikka ega bo'lishini ta'minlaydi.

Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi professional ta'limni olish huquqiga ega.

2020/2021 o'quv yilidan boshlab O'zbekistonda boshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus professional ta'lim tizimida tegishli ta'lim dasturlari joriy etilgan kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlardan iborat professional ta'lim muassasalari tarmog'i tashkil etildi. O'zbekiston prezidentining 6 sentyabrdagi professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi farmonida bu haqida so'z boradi. Bundan tashqari, jami 388 ta kasb-hunar kollejlari binolari tegishli ro'yxatga asosan maktab sifatida foydalanilishi belgilandi. Kasb -hunar maktablarida maktablarning 9-sinf bitiruvchilariga 2 yillik kunduzgi ta'lim beriladi. Ta'lim olayotgan o'quvchilar Davlat byudjeti hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida (202730 so'm) oylik stipendiya hamda uch mahal ovqat bilan ta'minlanadi.

Kollejlarda kamida umumiy o'rta ma'lumotga ega bo'lgan shaxslarga kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to'lov-kontrakt asosida ta'lim beriladi.

Texnikumlarda esa umumiy o'rta ma'lumotga ega bo'lgan shaxslarga kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yildan kam bo'lmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to'lov-kontrakt asosida ta'lim beriladi.

Kasb-hunar maktablari, kollej hamda texnikumlar Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan boshqariladi.

"O'zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus professional ta'lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida" Hukumat qarori (466-son, 07.08.2020 y.) qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan O'zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus professional ta'lim to'g'risidagi nizom tasdiqlandi. Nizomga ko'ra, professional ta'lim mehnat bozoridagi kadrlarga bo'lgan real ehtiyoj, ish beruvchilarning takliflari hamda "Hayot davomida ta'lim olish" prinsipi asosida ta'lim olishga mo'ljallangan.

Ta'lim dasturlarini muvaffaqiyatli bitirganlarga davlat namunasidagi diplom beriladi. Diplom olingan bilim, ko'nikma va malakalarni mehnat faoliyatida qo'llash huquqini beradi.

Mehnat bozoridagi ehtiyojlar, jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari uchun raqobatbardosh kadrlarni professional ta'lim bosqichlarini joriy qilish orqali tayyorlash hamda turli yoshdagi shaxslarning "Hayot davomida ta'lim olish" prinsipi asosida ta'lim olishga bo'lgan talablarini qondirish professional ta'limning maqsadi etib belgilandi.

Professional ta'limning bir qator vazifalari ham belgilab qo'yildi, jumladan:

- ish beruvchilarning talab va takliflariga asosan kadrlarga bo'lgan real ehtiyoj asosida malakali mutaxassislarni tayyorlash;

- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha amaliy ko'nikmalarga ega bo'lgan kadrlarni tayyorlash;

- mahalliy va xorijiy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish;

- tabaqalashtirilgan ta'lim dasturlarini hamda o'qitishning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;

- ta'lim olish bilan birgalikda o'quvchilarga tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish bo'yicha zarur bilimlarni berish va ularni kelgusida o'z biznesini tashkil etishi yuzasidan metodik qo'llab-quvvatlash va boshqa vazifalar belgilandi.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 466-son qarori bilan kasb-hunar maktablarining, kollejlarning hamda texnikumlarning namunaviy ustavlari ham tasdiqlandi.

Professional ta'lim tizimidagi yangiliklardan biri dual ta'limdir. Dual ta'lim ta'lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko'nikmalarni olishga qaratilgan bo'lib, ularning nazariy qismi ta'lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta'lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.

Dual ta'limni tashkil etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. [1]

Ma'lumdurki, dunyoda har kim umid va omol ila yashaydur. Kecha-kunduz mehnat va mashaqqat tortmoq oyanda uchundur. Har kim o'z oyandasini yaxshilikka harakat etar va kelar zamonda o'z orzusi va havasg'a yetmoq uchun hech dam olmasdan hol qadarincha harakatdadur. Tiriklik kulfati va mehnati asnosinda har kim o'z oyandasi va istiqbolig'a bir nav yaxshi umid ila qarab va o'zig'a bir muddao qaror berib va o'shal muddao va, yoyinki, murodin hosil qilmoq uchun ko'shish etib, har kun chekaturgan kulfatini o'shal muddaosini hosil qildirmoq uchun o'zig'a yana ziyodaroq intiladur. Va ba'zan o'shal murodu muddaosini, go'yo hosil bo'ldi, deb rohatlanib o'zig'a tasalli beradur. Va hech ahadi ushbu muddaou murodini orqasidin yugurmoqdan xoli emas. Ana shul muddao va murodlarni ilmi istiloh ila omol derlar.[3. 2018. -B. 412]

Aziz birodarlar! Hazrati Ali afandimiz karamallohu vajhahu janoblari buyuradurlarki: "... Ey musulmonlar! Bolalaringizg'a kelar zamon ilmini o'rgatingiz! Zeroki, alarni Xudo taolo xalq etdi, sizni zamonangizdan boshqa, ya'ni kelar zamon uchun". Yuqoridagi so'z shunday bir qaiymatbaho va purma'no va keraklik so'zdurki, yolg'iz aning ila biz, musulmonlar, omil bo'lmasa eduk, butun dunyo va oxiratimiz obod bo'lur edi. [4. 2018. -B. 55]

Shu o'rinda Yurtboshimiz 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlis va xalqimizga qilgan Murojaatida "Ta'lim sohasidagi navbatdagi muhim yo'nalish, bu -yoshlarning zamonaviy kasb-hunar egallashi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Maktab bitiruvchilarining 50 foizi mehnat bozoriga hech qanday kasbga ega bo'lmasdan kirib kelayotgani hammamizni o'ylantirishi kerak. Shu bois, 700 dan ortiq kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar imkoniyatidan samarali foydalanish zarur.

Shu maqsadda 2023 yildan boshlab yangi dastur amalga oshiriladi. Har bir viloyatda 1 tadan texnikumda Yevropa kasbiy ta'lim standartlari joriy etiladi. Kelgusi besh yilda barcha kollej va texnikumlar ushbu tizim bilan qamrab olinadi"[2] -deya ta'kidlab, kasb-hunar ta'limiga ham jiddiy e'tibor qaratilishiga urg'u berib o'tdilar.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

Xulosa o'rnida mamlakatimiz aholisining qariyb 60 foizdan ko'prog'ini yoshlar tashkil etayotganini hisobga olsak, kasb-hunar ta'limiga alohida e'tibor qilinishi zarurligi oydinlashadi. Zero, tobora sanoat industriyasi rivojlanib borayotgan mamlakatimizda zamonaviy kasblarni puxta egallagan yosh kadrlarga ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda. Prezidentimizning 2023 yilni "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" deb nomlashida o'ziga xoz ma'no mujassam.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni, 2020 yil, 23 sentyabr

2. Mirziyoyev Sh.M. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2022 yil, 20 dekabr.

3. Behbudiy. Tanlangan asarlar, I jild.,Toshkent: "Akademnashr", 2018, -B. 412.

4. Behbudiy. Tanlangan asarlar, II jild. Toshkent: "Akademnashr", 2018, -B. 55.

5. Baratov, R. (2021). Prospects of Higher Education System (on the Example of Uzbekistan). International Journal on Orange Technologies, 3(3), 128-131.

6. Баратов, Р. У. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИДА ТАЪЛИМ ИСЛОХРТЛАРИ ВА ИСТЩБОЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 90-95.

7. Baratov, R. U. (2019). INTEGRATION OF A SCIENCE, FORMATION, AND MANUFACTURE IN THE COURSE OF PROFESSIONAL TRAINING. In

ОБЩЕСТВЕННЫЕ НАУКИ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ: ПОЛИТОЛОГИЯ, СОЦИОЛОГИЯ, ФИЛОСОФИЯ, ИСТОРИЯ (pp. 51-54).

8. Ramatov, J., Baratov, R., Jurabayev, N., Umarova, R., & Mamajanova, G. (2022, June). Evolution of railway construction development in Uzbekistan: Past and prospects. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030011). AIP Publishing LLC.

9. Baratov, R., & Uzbekova, S. (2022). INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING. World scientific research journal, 4(2), 7-11.

10. Baratov, Rashid, and Sadokat Uzbekova. "INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING." World scientific research journal 4.2 (2022): 7-11.

11. Бахриддин Лутфуллаевич Салимов. (2022) САНОАТ, ФАН-ТЕХНИКА ТАРАККИЁТИНИНГ ТАБИАТ, ЖАМИЯТ ВА ИНСОНИЯТ ДАЁТИ БИЛАН ДИАЛЕКТИК АЛОКАДОРЛИГИ. Academic Research in Educational Sciences. Volume 3, Issue 11, 351-358.

12. Бахриддин Лутфуллаевич Салимов. (2022) ЖАМИЯТНИНГ ШАКЛЛАНИШИ ВА ТАКОМИЛЛАШУВИДА БОШКАРУВ ВА ТАРБИЯ

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

САНЪАТИНИНГ УРНИ. Academic Research in Educational Sciences. Volume 3, Issue 11, 359-365.

13. Салимов Б.Л. Ижтимоий муносабатларнинг коммуникация ва транспорт тизими билан детерминистик богликлигининг гносеологик тахлили. Фалсафа фанлари доктори диссертацияси. Узбекистан Миллий университети. Тошкент. 2022, 224 б.

14. Salimov Baxriddin Lutfullaevich. The philosophical role of dialectical categories in human life. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. Volume: 1, lssue 6, 2021. -Р.406-410.

15. Бахриддин Лутфуллаевич Салимов (2022) УЗБЕКИСТОН ТАРАВДИЁТИДА КОММУНИКАЦИЯ ВА ТРАНСПОРТ ТИЗИМИНИНГ УРНИ. Academic research in educational sciences, 3 (TSTU Conference 1), 403-407.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

16. Jumaniyoz Ramatov, Rozigul Umarova, Rashid Baratov, Mirshod Khasanov, Siroj Sultonov, & Fayzulla Kushakov (2022). MODERN REQUIREMENTS FOR THE SPIRITUAL IMAGE OF YOUNG PEOPLE AND ITS MANIFESTATION IN PRACTICE. Academic research in educational sciences, 3 (10), 582-586.

17. Ramatov, J.S., & Khasanov, M.N. (2022). SOCIAL ASPECTS OF PROFESSIONAL QUALITY IMPROVEMENT (ON THE EXAMPLE OF THE RAILWAY SECTOR). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (6), 969-976.

18. Раматов, Ж.С., Валиев, Л.А., & Хасанов, М.Н. (2022). XIX АСРДА ХИНДИСТОНДАГИ ИЖТИМОИЙ - ФАЛСАФИЙ ЖАРАЁНЛАР. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (6), 1070-1078.

19. Журабоев, Н. Ю., Кушаков, Ф. А., Султанов, С. Х., & Хасанов, М. Н. (2022). КОНФУЦИЙЛИК ХУСУСИЯТЛАРИДАН ХИТОЙ ФАЛСАФАСИНИНГ КЕНГАЙИШИ. World scientific research journal, 9(2), 3742.

20. Ruzigul, U., Nasirjan, J., Dilmurodkhakim, A., Mirshod, H., & Urozboy, E. (2020). Rationale and history of human reflections in the muslim philosophy. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(5), 1453-1458.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.