Научная статья на тему 'O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANISHI'

O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
8584
621
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
uzluksiz ta’lim / turkiy tillar / soha / nutqiy kompetentlik / mutaxassislik / og‘zaki va yozma nutq / sohaviy terminlar / k o‘nikma / malaka / continuing education / Turkish languages / field / speech competence / specialty / oral and written speech / field terms / skill / qualification.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Fattaxova, D. А.

Mazkur maqolada O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi vazifalari haqida so‘z boradi. Talabalarga sоha bo‘yicha egallagan bilimlarni yozma va og‘zaki ravishda o‘zbek tilida ifoda etish malakalarini takomillashtirish, sohada qo‘llaniladigan terminlar, asosiy tushunchalar va soha doirasida qo‘llaniladigan hujjatlarning rasmiylashtirilishini taʼminlash, nutq uslublari, xususan sohada ilmiy va rasmiy uslub imkoniyatlaridan foydalanish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat ekanligi taʼkidlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USAGE OF THE UZBEK LANGUAGE IN THE FIELD

This article talks about the purpose and tasks of the science of the use of the Uzbek language in the field. To improve the skills of students to express their knowledge in the field in writing and orally in Uzbek, to ensure the formalization of the terms used in the field, basic concepts and documents used in the field, speech styles, especially scientific and official in the field it is emphasized that it consists in creating the ability to use the opportunities of the style and to put them into practice.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANISHI»

О

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1), Jan., 2023

OZBEK TILINING SOHADA QOLLANISHI

Fattaxova D.A. OzMU

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada O'zbek tilining sohada qo'llanishi vazifalari haqida so'z boradi. Talabalarga soha bo'yicha egallagan bilimlarni yozma va og'zaki ravishda o'zbek tilida ifoda etish malakalarini takomillashtirish, sohada qo'llaniladigan terminlar, asosiy tushunchalar va soha doirasida qo'llaniladigan hujjatlarning rasmiylashtirilishini ta'minlash, nutq uslublari, xususan sohada ilmiy va rasmiy uslub imkoniyatlaridan foydalanish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish ko 'nikmasini hosil qilishdan iborat ekanligi ta 'kidlanadi.

Kalit so'zlar: uzluksiz ta'lim, turkiy tillar, soha, nutqiy kompetentlik, mutaxassislik, og'zaki va yozma nutq, sohaviy terminlar, k o 'nikma, malaka

АННОТАЦИЯ

В данной статье говорится о цели и задачах использования узбекского языка в различных сферах. Совершенствование навыков студентов письменно и устно излагать свои знания в данной области на узбекском языке, обеспечивать формализацию используемых в данной области терминов, основных понятий и официальных документов, используемых в данной области, стилей речи, особенно научного и официального в узбекском языке и применение их на практике.

Ключевые слова: непрерывное образование, тюркские языки, сфера, речевая компетенция, специальность, устная и письменная речь, отраслевые термины, навык, квалификация

ABSTRACT

This article talks about the purpose and tasks of the science of the use of the Uzbek language in the field. To improve the skills of students to express their knowledge in the field in writing and orally in Uzbek, to ensure the formalization of the terms used in the field, basic concepts and documents used in the field, speech styles, especially scientific and official in the field it is emphasized that it consists in creating the ability to use the opportunities of the style and to put them into practice.

Key words: continuing education, Turkish languages, field, speech competence, specialty, oral and written speech, field terms, skill, qualification.

KIRISH

Mustaqil O'zbekistonning ravnaqi yo'lida barcha sohalardagi kabi ta'lim tizimida ham olib borilayotgan keng qamrovli ishlar, jamiyat taraqqiyotini ta'minlash,

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

uzluksiz ta'lim tizimini joriy etish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, erkin, ijodkor va mustaqil fikr egasini tarbiyalab voyaga yetkazish hozirgi kunning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Respublikamizda eng avvalo, ta'limga alohida e'tibor qaratildi. Chunki muhtaram Prezidentimizning:"Har birimiz davlat tiliga bo'lgan e'tiborni mustaqillikka bo'lgan e'tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak" 1 degan fikrlari barchamizdan ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga bo'lgan mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etishimizni talab etadi.

Til kishilarning eng muhim aloqa vositasi, bilimlarni saqlovchi va kelajak avlodga yetkazuvchi vositadir. Ana shu vazifalarini e'tiborga olganda, birinchidan, til ijtimoiy hodisadir. Chunki u jamiyat uchun xizmat qiladi. Ikkinchidan, ijtimoiy xarakterga ega bo'lgan til muayyan fizik va fiziologik jarayonlar asosida moddiylashadi. Uchinchidan, til va tafakkur o'zaro ajralmasdir. Til fikrni, shakllantiruvchi va ifodalovchi moddiy vositadir. Bu jihatdan til va tafakkur muayyan shaklni o'zida namoyon etadi. To'rtinchidan, til uzluksiz rivojlanib, takomillashib boruvchi hodisadir. Kishilar odatda bir-birlari bilan til orqali munosabatda bo'ladi. Demak, til va tafakkur chambarchas bog'liq bo'lib, tilsiz fikrni ifodalab bo'lmaganidek, tafakkursiz til o'z ifodasini shakllantira olmaydi. Fikr tilda voqelashadi, tilda mavjud bo'ladi. Ongingizda paydo bo'ladigan fikrning mohiyatini, mazmunini tashkil etadigan har qanday idrok yoki tasavvur ham faqat so'zlar vositasi orqali voqe bo'ladi. Til faqat kishilarga xos bo'lganidek, tafakkur ham kishilarga xos bo'lib, bosh miyaning moddiyligi va fiziologik vazifasi bilan bog'liqdir. Lekin tafakkur bilan tilni aynan bir xil, bir-biriga o'xshash narsa deb tushunish xatodir. Tafakkur - tashqi moddiy olamning kishilar miyasida aks etishining eng yuksak shaklidir. Til esa tafakkurni so'zlar, so'z birikmalari va jumlalar orqali ifodalaydi. Til qonunlari bilan tafakkur qonunlari bir-biriga teng kelmaydi. Shuning uchun ham til grammatikaning o'rganish obyekti hisoblansa, tafakkur mantiq ilmining o'rganish obyektidir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Til - boy tariximiz, hayotbaxsh qadriyatlarimiz, dinimiz, xalqimizga xos dunyoqarashni ko'rsatuvchi ko'zgu, ajdodlar merosini avlodlarga yetkazuvchi vositadir. Shuning uchun ham o'z tilini yo'qotgan millat o'zligidan mahrum bo'ladi, ma'naviy inqirozga uchraydi.

1 uza.uz. Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacH npe3Hgemu ffl.M.Mnp3HëeBHHHr "Y36ckhctoh Pecnyö^HKacHHHHr "^aB^aT thïïh xa^ngara KpHyHH KH^HHraHHHHHr yrrro HH^nraHH KeHr HHmoHiam Tyrpncnga" ra n^-4479-coH

K^apopn.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

O'zbek tili turkiy tillar guruhiga mansub bo'lib, u mustaqil til sifatida XI asrdan boshlab shakllana boshladi va to hozirgi kunimizgacha bu tilda ko'plab ilmiy va badiiy asarlar yaratildi. Til fikr ifodalashning muhim vositasidir. Tafakkur bilan tilning munosabati murakkab jarayondir. Til fikr ifodasi sifatida mavjud, o'z navbatida fikr til asosida yuzaga keladigan murakkab jarayon. Til ham, tafakkur ham mehnat jarayonida, kishilik jamiyatida shakllangan.

Til - millatning asosiy belgilaridan, davlat mustaqilligining asosiy ramzlaridan biri. O'zbek tili dunyoning eng qadimiy va boy tillaridan biri hisoblanadi. Bu tilning keng imkoniyatlari qadimgi toshbitiklarda, Mahmud Qoshg'ariyning "Devonu lug'atit-turk", Ahmad Yugnakiyning "Hibatul haqoyiq", Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asarlari, Ahmad Yassaviy hikmatlari, Alisher Navoiyning "Xazoyin ul-maoniy", "Xamsa", Boburning "Boburnoma" asarlarida, Boborahim Mashrab, Ogahiy, Uvaysiy, Nodira kabi mumtoz shoirlarimiz va XX asrdagi adiblarimiz ijodida jilolanib turibdi.

O'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, davlat ishlarining, ta'lim-tarbiya, targ'ibot-tashviqot ishlarining shu tilda olib borilishi uchun juda katta imkoniyat yaratdi. Tilga bo'lgan munosabat tubdan o'zgardi, uning barcha imkoniyatlarini o'rganish ishlari keng ko'lamda olib borilyapti.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 21 dekabrdagi "O'zbek tilining davlat tili sifatini, nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5850-sonli Farmoni, O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-dekabrdagi "Davlat tilini rivojlantirish departamenti to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 984-sonli Qarori, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2019 yil 2 dekabrdagi 87-0652 sonli xatida "2020-2030 yillarda o'zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish Konseptsiyasi" va "Yo'l xaritasi" loyihasida davlat tilini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari, vazifalari sohaga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish o'z ifodasini topgan. Bu hujjatlar davlat tilini o'rgatish va uni bilish darajasini yanada takomillashtirish uchun oliy ta'lim muassasalarida 2020-2021 o'quv yilidan boshlab "O'zbek tilini sohada qo'llanilishi" asosiy fan sifatida o'quv rejasiga kiritildi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, Davlat dasturi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining buyrug'i asosida o'quv jarayoniga tatbiq etib kelinayotgan mazkur kurs "Davlat tili haqida"gi qonunning quyidagi moddalariga tayanadi:

7-modda. Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o'zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Davlat o'zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta'minlaydi, shu jumladan unga hamma e'tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta'minlaydi.

Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy Majlis tegishli qo'mitasining roziligi bilan o'zbek tiliga joriy etiladi.

9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta'minlanadi.

10-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarning ko'pchiligi o'zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin (1, 16-22-b.).

Mazkur fanni o'qitishdan maqsad, talabalarning o'zbek tilida soha b o'yicha nutqiy kompetentligini oshirish, mutaxassisikka oid og'zaki va yozma nutqida sohaviy terminlarni samarali qo'llash ko'nikmalarnini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, talabalarga soha bo'yicha egallagan bilimlarni yozma va og'zaki ravishda o'zbek tilida ifoda etish malakalarini takomillashtirish, sohada qo'llaniladigan terminlar, asosiy tushunchalar va soha doirasida qo'llaniladigan hujjatlarning rasmiylashtirilishini ta'minlash, nutq uslublari, xususan sohada ilmiy va rasmiy uslub imkoniyatlaridan foydalanish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish ko'nikmasini hosil qilishdan iborat. Fanning vazifasi-mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida davlat tilining imkoniyatlaridan to'liq va to'g'ri foydalanishga erishishni ta'minlash, egallanayotgan soha bo'yicha nazariy bilimlarni, amaliy ko'nikmalarni o'zbek tilining yozma va og'zaki nutqi me'yor va qoidalari asosida mukammal o'zlashtirishga va ularga nisbatan shaxsiy munosabatni o'zbek tili adabiy normalariga muvofiq holda ifodalashga erishishni ta'minlahshdan iborat.

Keyingi yillarda tilimizning kasb-hunar, ilmiy-texnika tili va atamalarida katta o'zgarishlar sodir bo'ldi.

Har bir sohaning o'z atamalar tizimi mavjud bo'lib, bitta atama faqat bitta tushunchanigina ifodalaydi. Atamalarni qo'llashda har qanday murakkab fikrni ixcham, oson, lo'nda va aniq, shuningdek, tushunarli ifodalashni osonlashtirish maqsad qilib quyiladi. Atamalarga xos bo'lgan ma'no jihatidan aniqlik, tushunchaning mohiyatini yoki eng asosiy belgisini aniq ifodalab berish, ulardagi tuzilish jihatidan ixchamlik, qisqalik ishlatishga qulaylik kabilar tushunchani tushunarli, aniq, qisqa bo'lishini ta'minlaydi. Oliy o'quv yurtlarida sohaga oid imlo va izohli lug'atlari tayyorlanmoqda, chop etilmoqda. Mavjud lug'atlardan keng foydalanish, so'z va atamalar ma'nosini chuqur anglash kishining so'z boyligini oshirishda katta ahamiyatga ega.

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

XULOSA

Ma'lumki, yaqin vaqtlargacha hujjatlar asosan rus tilida rasmiylashtirilar edi. O'zbek tilida esa ayrim hujjatlargina yuritilar, ular ham rus tilidagi hujjatlar andozasiga asoslangan bo'lib, milliylikdan yiroq edi. Endilikda respublikamizdagi barcha korxonalar, tashkilotlar, muassasalarda yuritiladigan hujjatlar o'zbek tili qonun-qoidalariga mos ravishda rasmiylashtirilmoqda.

Oliy o'quv yurtlarini bitirib chiqayotgan yosh mutaxassislar o'zlari ishga boradigan mehnat jamoalarida ish qog'ozlari, hujjatlarning mantiqiy to'g'ri yozilishi, yoki to'g'ri to'ldirilishi, ishoraviy, imloviy, uslubiy xatolarsiz, davr talabiga javob beradigan tarzda rasmiylashtirishlari lozim. Buning uchun esa bitiruvchi talabalarimiz nafaqat hujjatlar bo'yicha, balki yangi alifbo va imlo qoidalari bo'yicha ham yetarlicha tushunchaga ega bo'lishlari talab etiladi. Va shu maqsadda hozirda bu fan barcha o'quv yurtlarida o'qitilmoqda.

REFERENCES

1. Abdurahmonova M., Fattoxova D., Xalmuxammedova U., Inogamova N., Egamberdiyeva N. O'zbek tili (o'quv qo'llanma). - Toshkent: Mumtoz so'z, 2018.

2. Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish (amaliy qo'llanma). - Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017.- 456 b.

3. Rahmonov N., Boltaboyev H. O'zbek mumtoz adabiyoti namunalari. 1-2 jild. T., 2013, 2015.

4. Boltaboyev H. Adabiyot ensiklopediyasi. 1-2 jild. T., 2015, 2019.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi "O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5850 - son qarori.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasining faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-40 son qarori

7. Ahmedova M.X., Gayubova K.A. "O'zbek tili". T. TATU, "Aloqachi", 2019.

8. Jiyanova N., Mo'minova O., Maksumova S. Nutq madaniyati. Ma'ruzalar matni. Toshkent, 2016. I-kitob

9. O'zbek tilining izohli lug'ati (5 jildli). - Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2005-2008.

10. Раматов, Ж. С., Баратов, Р. У., Кушаков, Ф. А., Валиев, Л. А., & Хасанов, М. Н. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИ ТАРАККИЁТ БОСКИЧЛАРИ (УЗБЕКИСТОН ТЕМИР ЙУЛ ТРАНСПОРТИ МИСОЛИДА). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(9), 606-612.

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

11. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Jurabayev, N., & Artikova, B. (2022, June). Constructive and optimal solutions for the formation of a stable ecological situation in the Aral Sea region of Uzbekistan. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030113). AIP Publishing LLC.

12. Baratov, R. (2021). Prospects of Higher Education System (on the Example of Uzbekistan). International Journal on Orange Technologies, 3(3), 128-131.

13. Баратов, Р. У. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИДА ТАЪЛИМ ИСЛОХОТЛАРИ ВА ИСТЩБОЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 90-95.

14. Baratov, R. U. (2019). INTEGRATION OF A SCIENCE, FORMATION, AND MANUFACTURE IN THE COURSE OF PROFESSIONAL TRAINING. In ОБЩЕСТВЕННЫЕ НАУКИ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ: ПОЛИТОЛОГИЯ, СОЦИОЛОГИЯ, ФИЛОСОФИЯ, ИСТОРИЯ (pp. 51-54).

15. Baratov, R., & Uzbekova, S. (2022). INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING. World scientific research journal, 4(2), 7-11.

16. Абдурашидова, Н. А., & Хасанов, М. (2022). ЁШЛАР ДУНЁКАРАШИДА ДИН ВА АХЛОКДИНГ УЗАРО МУТАНОСИБЛИГИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10), 1226-1235.

17. Ramatov, J. S., Valiev, L. A., & Xasanov, M. N. (2022). XIX ASRDA HINDISTONDAGI IZHTIMOII-FALSAFIY JARAYONLAR.

18. Кушаков, Ф. А., Хасанов, М. Н., Баратов, Р. У., Раматов, Ж. С., & Султанов, С. X. (2022). ЯНГИ УЗБЕКИСТОНДА ИНСОН ХУКУКЛАРИ ВА СУЗ ЭРКИНЛИГИ. Academic research in educational sciences, 3(10), 803-810.

19. Раматов, Ж. С., Муратова, Д., Султанов, С. X,., Тухтабоев, Э., Кушаков, Ф., & Хасанов, М. Н. (2022). ИЖТИМOИЙ AДOЛAТ ВA КAДРИЯТЛAР ПЛЮРAЛИЗМИ. World scientific research journal, 8(1), 102-108.

20. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Султанов, С.Х., Муратова, Д.А., Хасанов, М.Н., & Эрниёзов, У.К. (2022). ЁШЛAP ЗAМOНAВИЙ МAДAНИЙ КИЁФACИ ВA УМУМИНCOНИЙ КAДPИЯТЛAP ТУШУНЧACИНИНГ МAЗМУН-МOXИЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10), 376-386.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.