Научная статья на тему 'TAʼLIM SIFATINI BOSHQARISHNING NAZARIY ASOSLARI, TALABALARGA YOʻNALTIRILGAN OLIY TAʼLIM TIZIMLARI VA ANʼANAVIY TAʼLIM TIZIMLARIGA SUBYEKTIV YONDASHUV'

TAʼLIM SIFATINI BOSHQARISHNING NAZARIY ASOSLARI, TALABALARGA YOʻNALTIRILGAN OLIY TAʼLIM TIZIMLARI VA ANʼANAVIY TAʼLIM TIZIMLARIGA SUBYEKTIV YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
266
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oliy ta’lim / fan / ta’lim tizimi / mutaxassis / talaba / bilim va malaka / madaniyat. / Higher education / science / education system / specialist / student / knowledge and skills / culture.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sharipova, Gulchehra Farxod Qizi

Ushbu maqolada taʼlim sifatini boshqarishning nazariy asoslari, talabalarga yoʻnaltirilgan oliy taʼlim tizimlari va anʼanaviy taʼlim tizimlariga subyektiv yondashuv masalalari muhokama qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORETICAL FOUNDATIONS OF EDUCATION QUALITY MANAGEMENT, SUBJECTIVE APPROACH TO STUDENT-ORIENTED HIGHER EDUCATION SYSTEMS AND TRADITIONAL EDUCATION SYSTEMS

This article discusses the theoretical foundations of educational quality management, student-oriented higher education systems, and subjective approach to traditional education systems.

Текст научной работы на тему «TAʼLIM SIFATINI BOSHQARISHNING NAZARIY ASOSLARI, TALABALARGA YOʻNALTIRILGAN OLIY TAʼLIM TIZIMLARI VA ANʼANAVIY TAʼLIM TIZIMLARIGA SUBYEKTIV YONDASHUV»

O

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1), Jan., 2023

TA'LIM SIFATINI BOSHQARISHNING NAZARIY ASOSLARI, TALABALARGA YO'NALTIRILGAN OLIY TA'LIM TIZIMLARI VA

AN'ANAVIY TA'LIM TIZIMLARIGA SUBYEKTIV YONDASHUV

Sharipova Gulchehra Farxod qizi

Termiz davlat universiteti Pedagogika fakulteti 1-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'lim sifatini boshqarishning nazariy asoslari, talabalarga yo'naltirilgan oliy ta'lim tizimlari va an'anaviy ta'lim tizimlariga subyektiv yondashuv masalalari muhokama qilingan.

Kalitso'zlar: Oliy ta'lim, fan, ta'lim tizimi, mutaxassis, talaba, bilim va malaka, madaniyat.

ABSTRACT

This article discusses the theoretical foundations of educational quality management, student-oriented higher education systems, and subjective approach to traditional education systems.

Key words: Higher education, science, education system, specialist, student, knowledge and skills, culture.

KIRISH

Oliy ta'lim - turli oliy maktablarda yuqori, oliy malakali mutaxassislar tayyorlash, oliy ta'lim oliy o'quv yurtlari tomonidan xalq xo'jaligi, fan va madaniyatning turli sohalari bo'yicha oliy malakali mutaxassis bo'lishni istagan va tegishli talablarni bajargan o'rta maxsus yoki kasb-hunar ta'limini olgan kishilarga ilmiy-nazariy bilim berish hamda muayyan ko'nikmalar shakllantirish yo'li bilan amalga oshiriladi. Oliy ta'lim jarayonida talabaga oliy ma'lumot beriladi. Oliy ma'lumot tushunchasi muayyan ixtisoslik bo'yicha mutaxassis oldida turgan nazariy va amaliy muammolarni mustaqil hal qilish imkonini beradigan darajadagi bilim va malakalar yig'indisini anglatadi.

Oliy ta'lim uzoq tarixga ega bo'lib, u dastlab Qadimgi Sharq mamlakatlarida paydo bo'lgan. Misr, Bobil, Xitoy singari mamlakatlarda miloddan bir necha ming yillar burun Oliy ta'lim tizimi dunyoga kelgan. Oliy bosqichdagi maktablarda talabalar olimlarning tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari, davlatni boshqarish yo'llari haqidagi asarlarini o'rganar edilar. Platon (miloddan avvalgi 428348 yil), Aristotel (miloddan avvalgi 384-322 yil) singari mutafakkirlar har bir shaxening jismoniy va aqliy imkoniyatlari 3 bosqichli ta'limda to'la namoyon bo'lishini asosla-ganlar. Shuning uchun ham Yunoniston va Qadimgi Rimda ozod

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

kishilar hamda aslzodalarning farzandlari uchun ta'limning uchinchi — oliy bosqichi zarurligi tan olingan. Antik Oliy ta'limda falsafa, filologiya, musiqa, notiqlik, tibbiyot, matematika fanlarini o'rganishga alohida e'tibor qaratilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Musulmon Sharqining ko'p mamlakatlaridagi kabi Turkistonda ham dastlabki Oliy ta'lim madrasalarsa berilgan. Insoniyat tarixida musulmon Renessansi degan bosqichning yuzaga kelishida madrasalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan.

G'arb mamlakatlarida 11-12-asrlarga kelib zamonaviy ma'nodagi Oliy ta'lim tizimining dastlabki ko'rinishlari vujudga kela boshladi. Uyg'onish davrida matematika, mexanika, astronomiya, navigatsiya, tibbiyot kabi sohalardagi ulkan ilmiy kashfiyotlar Oliy ta'limning mazmuni chuqurlashuvi hamda qamrovi kengayishiga sabab bo'ldi. Fan, texnika, madaniyat va san'atning rivojlanishiga mutanosib ravishda Oliy ta'lim ham taraqqiy etib bordi.

O'zbekistonning mahalliy aholisiga hozirgi tushunchadagi Oliy ta'lim O'rta Osiyo jadidchilik harakati asoschisi Munavvarqori rahbarligida 1918-yil 12-mayda Toshkentda tashkil etilgan Xalq dorilfununida berila boshlangan. Sho'rolar davrida Oliy ta'lim tarmog'i bir qadar kengaygan bo'lsada, maqalliy aholidan oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash ustuvor mavqeda bo'lmagan.

O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin Oliy ta'lim tez sur'atlar bilan rivojlana boshladi. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni (1997)ga muvofiq, Oliy ta'lim o'rta maxsus yoki kasb-hunar ta'limi negiziga asoslanadi hamda ikki - bakalavriat va magistratura bosqichiga ega. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro'yobga chiqarishning ma'lum davriga qadar Oliy ta'lim o'n bir yillik umumiy o'rta ta'lim negizida ham amalga oshiriladi. E'tiqod erkinligiga amal qili-nadigan O'zRda dunyoviy oliy o'quv yurtlari bilan birgalikda oliy dinipo'quv yur-tlari ham bor. O'zbekistonda Oliy ta'lim davlat qaramog'idadir. Mamlakatda universitet Oliy ta'limi ustuvor maqomga ega. Bu tayyorlanayotgan mutaxassislarning jahon darajasida nazariy bilim va amaliy tayyorgarlikka ega bo'lish imkonini beradi. Oliy ta'lim rasmiy davlat hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bunda ta'limning davlat standartlari, o'quv rejalari hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ularda o'rganilishi majburiy va ix-tiyoriy bo'lgan fanlar, ixtisoslik kurelari, ularning o'qitilish tartibi, miqdori, vaqti, nazariy va amaliy ta'lim o'rtasidagi nisbat, nazariy mashg'ulotlar, o'quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, reyting davri, ta'til, bakalavrlarning malakaviy bitiruv ishlari, magistrlarning dissertatsiyalarni yoqlash muddati asosiy pedago-gik hujjat — o'quv rejasida belgilab beriladi.

Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishlar bilan bir qatorda ta'limni modernizatsiya qilish Yo'nalishida keng qamrovli isbtar amalga oshirilmoqda.

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Hozirgi kunda yaratilayotgan shart-sharoitlar, zamonaviy o'zgarishlar ham barcha imkoniyatlardan foydalana oladigan, o'ziga уа o'z ishiga nisbatan talabchan, ta'lim muassasasi, oila va mahalla hamkorligini yo'lga qo'ya oladigan, o'z ishini ustasi bo'lgan, o'z sohasining sirlarini har tomonlama chuqur biladigan, o'zini rivojlantiruvchi hamda qobiliyati va imkoniyatlarini to'la ishga sola biladigan rahbarlar etib tayyorlash asosiy maqsaddir.

Ta'lim muassasasi rahbari boshqaruvning turli xil zamonaviy usullarini bilishi va ularga asoslanishi, g'oyalar yo'nalishini aniqlay bilishi iIg'or tajribalarni va fan-texnika yutuqlarini muntazam o'rganib borishi, ularni o'z faoliyatida tatbiq etishi, boshqaruv jarayonida innovatsion faoliyatni tashkil etishi;

-boshqaruv tushunchasining mazmun va mohiyatini bilishi;

- menjment nazariyalarining rivojlanish bosqichlarini tadqiq qila olishi;

- boshqaruv jarayonida pedagogika fanlarining vazifalarini bilishi;

- boshqaruv funksiyalari va boshqaruv metodlarini bilishi;

- boshqaruv algoritmini tushunib, tahlil qila olishi;

- boshqaruv qarorlarini to'g'ri qabul qilishni bilishi;

- boshqaruvda tarbiyaviy munosabatlar jarayonini tahlil qila olishi shart.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.

2. O'zbekiston - Toshkent O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni. -O'zbekiston, 2020- у, 37-son.

3. Karimov I.A, Yuksak ma'naviyat -yengilmas kuch .Toshkent: - Ma'naviyat, 2008 - yil.

4. Adizova J: М. Boshqaruv muloqoti. Toshkent:Nizomiy nomli nashriyot, 2000.

5. Ahlidinov R, SH., Nosirova F. А., Rajabova M. R. OTM boshqaruvida ichki nazorat. Toshkent: Sharq, 1996.

6. Mirqosimov М. OTMni boshqarishning nazariy va pedagogik asoslari. Toshkent: O'qituvchi, 1995.

7. Turg'unov S.T. Zamonaviy OTM rahbarlarining funksional vazifalari. Namangan: NVPQTMOI, 2004.

8. Www.rezult academy freenet uz.

9. Саидов, С. (2022). ЯНГИ МАЪНАВИЙ МАКОННИ ТАШКИЛ ЭТИШДА ИБН МУ^АФФА АСАРЛАРИНИНГ РОЛИ. International scientific journal of Biruni, 7(3), 19-22.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

10. Saidov, S. (2022). "TADBIR UL-MANZIL" RISOLASI-OILAVIY MUNOSABATLAR UCHUN DASTURULAMAL. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5-2), 894-897.

11. Saidov, S. (2022). TARIXIY MANBALARDA KELTIRILGAN IBN AL-MUQAFFA BORASIDAGI MA'LUMOTLAR TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 525-528.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.