Научная статья на тему 'BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNI INNOVATSION YONDOSHUV ASOSIDA PEDAGOGIK AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA'

BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNI INNOVATSION YONDOSHUV ASOSIDA PEDAGOGIK AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
156
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kasbiy moslashtirish / innavatsion yondoshuv / pedagogik amaliyot / pedagogik muommo / bo‘lajak mutaxassis. / professional adjustment / innovative approach / pedagogical practice / pedagogical problem / future specialist.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Karimova, Mukaddas Otajonovna, Sharipova, Diloromxon Akramjonovna

Ushbu maqolada bo‘lajak mutaxassislarni innavatsion yondoshuv asosida pedagogik amaliyotini takomillashtirish pedagogik muammo ekanligi asoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING PEDAGOGICAL PRACTICE OF FUTURE SPECIALISTS ON THE BASE OF INNOVATIVE APPROACH AS A PEDAGOGICAL PROBLEM

This article is based on the fact that improving the pedagogical practice of future specialists based on an innovative approach is a pedagogical problem.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNI INNOVATSION YONDOSHUV ASOSIDA PEDAGOGIK AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1), Jan., 2023

BO'LAJAK MUTAXASSISLARNI INNOVATSION YONDOSHUV ASOSIDA PEDAGOGIK AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH PEDAGOGIK

MUAMMO SIFATIDA

Karimova Mukaddas Otajonovna

Farg'ona davlat universiteti dotsenti, p.f.n.

Sharipova Diloromxon Akramjonovna

Farg'ona davlat universiteti 2-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bo'lajak mutaxassislarni innavatsion yondoshuv asosida pedagogik amaliyotini takomillashtirish pedagogik muammo ekanligi asoslangan.

Kalit so'zlar: kasbiy moslashtirish, innavatsion yondoshuv, pedagogik amaliyot, pedagogik muommo, bo 'lajak mutaxassis.

ABSTRACT

This article is based on the fact that improving the pedagogical practice of future specialists based on an innovative approach is a pedagogical problem.

Key words: professional adjustment, innovative approach, pedagogical practice, pedagogical problem, future specialist.

KIRISH

Mamlakatimiz ta'lim tizimida innovatsion texnologiyalarga asoslangan ta'lim -tarbiya tizimini takomillashtirish uning milliy zaminini mustahkamlash ijtimoiy faol va malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni jahon talablari darajasiga ko'tarishga yo'naltirilgan tadqiqotlar keng ko'lamda olib borilmoqda. Ta'lim tizimidagi sifat o'zgarishlari va yuqori samaradorlik, ularning jahon ta'lim talablari bilan mosligi va pedagoglarning kelgusi mehnat faoliyatlarida o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini qay darajada amaliyotga tatbiq qilinayotganligiga bevosita bog'liqdir. Ta'lim-tarbiyadagi sifat o'zgarishlar va yuqori samaradorlik mazkur sohaga ijobiy yangilik kiritish natijasida ta'limda sifat va samaradorlik ta'minlanib, pedagogik innovatsiya jarayoni vujudga keladi.

Pedagogik ta'lim tizimi, zamon talablariga javob beradigan, bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy-innovatsion faoliyat olib borishga tayyorlash uchun zamonaviy o'qitish tizimining yangi, ilmiy asoslangan model va texnologiyalarini taklif qilgan holda, taraqqiy etib bormoqda. Zamonaviy sharoitlarda tobora ortib borayotgan pedagogika sohasining maqomi va mazkur yo'nalishdagi malakali mutaxassislarga bo'lgan talabning ortib borishi, oliy pedagogik ta'limning yaxlit tizimida ularning

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

kasbiy-pedagogik tayyorgarligini zamon talablari darajasida modemizasiyalash zaruratini belgilaydi. Oliy ta'limda bo'lajak o'qituvchilarni pedagogik - innovatsion faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirish jarayoni uzluksiz ta'lim tizimini modernizatsiyalashning umumiy qoidalariga asoslanadi.

Ta'limni modernizatsiyalash g'oyasining ishlab chiqilishi va uning zamonaviy ilmiy nashrlar hamda normativ hujjatlarda aks ettirilishi uning mohiyatini, oliy ta'limda amalga oshirishning yo'nalishlari va yo'llarini tushunish zarururligini anglatadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 20.04.2017 yil № PQ-2909 - sonli Qarori oliy ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma'no-mazmunini tubdan qayta ko'rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan[2].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Innovatsion faoliyatning mazmuni va mohiyati Potashnik M.M, Voronin A.M., Bespalko V.P., Shilova L.N., Yudin VV., Morozov Ye.P., Abdikoirov K.K, Monnaxov V.M, Klarin M.V., Leonova L.V., Kvasha V.P., Smirnov S.I., Kuzmina N.V, V.A. Slastenin,, V.I.Zagvyazinskiy, A.Ya.Nayn, V.S.Lazarev, V.A.Kan-Klik, Ye.P.Morozov, P.I.Pidkasistiy, G.Musabekova ishlarida keng tadqiq etilgan. Bu tadqiqotlarda innovatsion faoliyat amaliyoti va ilg'or pedagogik tajribalarni keng yoyish nuqtai nazaridan yoritilgan. O'zbekistonlik olimlardan N.Saidahmedov, N.Azizxo'jaeva, Sh.Shodmonov, G.Baubekova, G.Xalikova, va boshqalar pedagogik yangilanishlarga ilg'or tajribaning xususiy shakli tarzida qaraydi [1.11].

Ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot davrida axborotlar oqimi tez o'zgaradi, bilimlarning ma'nan "eskirishi" yuz beradi, kasbiy pedagogik mehnat tabiati esa malaka darajasini o'z vaqtida yangilanishini talab qiladi. Shuning uchun ham bo'lajak o'qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlashning samaradorligini oshirish muammosi pedagogika nazariyasining birinchi darajali vazifasi bo'lib qolaveradi, uning amaliy yo'nalishlari esa keng ko'lamdagi o'zaro bog'liq va o'zaro aloqador masalalar yechimiga qaratiladi.

V.A.Slastyonin va L.S.Podimova o'z monografiyalarida talabalarni bu sohada tayyorlash muammosini chuqur tahlil qilib, oliy maktab pedagogikasining kamchiliklaridan biri sifatida bo'lg'usi o'qituvchini shakllantirish jarayoni innovatsion faoliyat tuzilmasini modellashtirmasligini haqli ravishda qayd etib o'tadilar.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

N.F.Talizina tomonidan, mutaxassisni kasbiy tayyorlash jarayonini modellashtirishga nisbatan umummetodologik yondashuv ishlab chiqilgan. Modelda kutilayotgan natija va unga erishish yo'llarining uzviy birligi aks etishi zarurligini alohida ta'kidlab o'tadi. Kasbiy tayyorgarlikning sifati quyidagi uchta asosiy vaziyatning asoslanganlik darajasiga bog'liqdir: o'qitish maqsadlari (nima uchun o'qitiladi?), o'qitish mazmuni (nima o'qitiladi?) va o'quv jarayonini tashkil etish tamoyilari (qanday o'qitiladi?) darajasiga bog'liq bo'ladi.

Bo'lajak mutaxassislarni tayyorlash jarayoni murakkab xususiyatga ega bo'lib, bu jarayonda maqsadning aniq belgilanishi lozim.

Bo'lajak mutaxassislarni tayyorlash quyidagi uchta tarkibiy asosdan tashkil topadi:

1. Yangi ijtimoiy bosqichga xos bo'lgan xususiyatlar asosida yuzaga kelgan faoliyat turlari.

2. Kasbiy talablari aniq ko'rsatiladigan faoliyat turlari.

3. Davlatning ijtimoiy-siyosiy tuzilmasi hamda uning ma'naviy-axloqiy tizimi mohiyatiga ko'ra tashkil etiluvchi faoliyat turlari.

Yuqorida keltirilgan faoliyat asoslari ma'lum mutaxassis uchungina emas, balki barcha mutaxassisliklar vakillari uchun ham zarur bo'lgan mahorat (shuningdek, ma'lum bilimlar) ni o'z ichiga oladi. Masalan, o'qish mahorati, jamoani boshqara olish, ijtimoiy faoliyatni tashkil etishga tayyorlik. Keyingi ikki faoliyat turi ma'lum kasb uchun qo'yiluvchi aniq talablar darajasini belgilaydi.

NATIJALAR

Mamlakatimiz ta'lim tizimida innovatsion texnologiyalarga asoslangan ta'lim -tarbiya tizimini takomillashtirish uning milliy zaminini mustahkamlash ijtimoiy faol va malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni jahon talablari darajasiga ko'tarishga yo'naltirilgan tadqiqotlar keng ko'lamda olib borilmoqda.

Talabalarning o'quv va ishlab chiqarish amaliyotlari davomida olib boriladigan amaliy ishlari yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning eng muhim qismidir. U nazariy bilan tayyorgarlik faoliyati o'rtasidagi bog'liqlikni ta'minlaydi.

Amaliy mashg'ulotlar mutaxassisliik bo'yicha talabalarning malaka tavsiflari bilan tartibga solinadigan talabalarning ko'nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi va o'zaro faoliyat dastur bo'yicha amalga oshiriladi. Shuningdek, barcha turdagi amaliyotlarni qamrab oladi.

Har bir amaliyot yosh mutaxassisni uzluksiz tayyorlash bosqichidir. Har bir bosqichning vazifalari aniq maqsadlarni ko'zlaydi va shu bilan birga, amaliyotning

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

uzluksizligini ta'minlaydi, mutaxassislar tayyorlashning yagona tizimini shakllantiradi.

Uzluksiz amaliy mashg'ulotlar asosida amaliyotning asosiy maqsadi -talabalarning o'qish jarayonida olgan bilimlarini amaliyotda qo'llay olish malakasi hisoblanadi. Pedagogik amaliyot ilg'or tajribalarni o'rganish, o'qituvchilik kasbini o'zlashtirish orqali mustahkamlash va kengaytirishga erishiladi. va boshqaruv usullari, kasbiy mahorat, tashkiliy tajriba orttirish va tarbiyaviy ish ishlab chiqarish jamoasida shakllanadi. Pedagogik amaliyot dasturuni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.

Amaliyot dasturni ishlab chiqishda ta'lim muassasalarida o'tkaziladigan pedagogik amaliyot davomida amalga oshiriladi. Pedagogik amaliyot tashkil etish va nazorat qilish tartibi amaliyotchi o'qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.

Ta'lim tizimidagi sifat o'zgarishlari va yuqori samaradorlik, ularning jahon ta'lim talablari bilan mosligi va pedagoglarning kelgusi mehnat faoliyatlarida o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini qay darajada amaliyotga tatbiq qilinayotganligiga bevosita bog'liqdir. Ta'lim-tarbiyadagi sifat o'zgarishlar va yuqori samaradorlik mazkur sohaga ijobiy yangilik kiritish natijasida ta'limda sifat va samaradorlik ta'minlanib, pedagogik innovatsiya jarayoni vujudga keladi.

MUHOKAMALAR

Pedagogik oliy ta'lim muassasalari talabalarining amaliy ta'limi professional pedagogik kadrlar tayyorlashning muhim omili hisoblanadi. Zero, bilim xazina bo'lsa, shuhbasiz, uning eshigini ochadigan kalit bu - amaliyot, amaliy ta'limdir. Hozirgi vaqtda pedagogika yo'nalishidagi oliy ta'lim muassasa-larida amaliy tayyorgarligi yuksak, professional pedagogik kadrlar tayyorlash muammosi eng dolzarb masalalardan biridir. Globallashuv, ayniqsa, pedagogik ta'limdagi keyingi islohotlar jarayonining tezlashishi, zamonaviy o'qitish texnologiyalar paydo bo'lishi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan amaliyotda keng foydalanish bilan bog'liq holda, ushbu muammo yanada keskinlashdi. Hozirgi zamonaviy iqtisodiyot uchun qiyin va doimiy o'zgaruvchan sharoitlarda yangi muammolarni yechishga qodir bo'lgan kadrlar talab qilindi. Zamon talablariga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlash uchun kompetentli o'qituvchilar kerak bo'ladi. Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va mazmunini takomillashtirishning yangi-yangi shakllari va usullarini izlash ishlari davom ettirilmoqda. Shaxsning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, uning faolligini, va yangi sharoit-larga moslashuvchanligini va moslashishini oshirishga qaratilgan innovatsion va eksperimental o'qitish metodlarining o'rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Ma'lumki, pedagogik tadqiqot metodologiyasini ishlab chiqish pedagogik hodisalar va jarayonlarning o'ziga xosligini aniqlashdan boshlanadi. O'quv

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri bu amaliyot, ammo amaliyotni amaliy bilimlarsiz, amaliy ta'limsiz amalga oshirib bo'lmaydi. Xuddi ana shu ma'noda, amaliy ta'lim alohida pedagogik reallik bo'lib, u o'ziga xos xususiyatlarga ega.

Taniqli olim I.Ya. Lerner ta'lim nazariyasi holatini quyidagicha baholaydi: "Eng asosiy masala shundan iboratki, hozirgi vaqtga qadar didaktikada bilimlarning yaxlit tizimi ifoda etilmagan, ya'ni didaktik birliklarning har bir bloki (yoki birligi) oldingisidan keltirib chiqarilmagan va oldingisi keyingisining mazmunini belgilab bermagan"[17].

Har qanday ilmiy soha kabi amaliy ta'limi pedagogikasi ham o'zining tarixiy shakllanishi bosqichlarida amaliy va nazariy yo'nalishlarda rivojlangan, ba'zan esa turg'un holatda bo'lgan. Bunday hollarda nafaqat amaliy faoliyatda bevosita foydalaniladigan ob'ektlar, balki fanning rivojlanishi jarayonida aniqlangan yangi ob'ektlar ham o'rganilgan. Ta'lim jarayonining mohiyatini o'zaro bog'langan uchta-o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish kabi omillar tashkil etadi. Mavzu bo'yicha ko'plab adabiyotlar tahlil qilindi. Olimlarning qarashlari va tadqiqotlari o'rganildi. Ular tavsiya qilgan metod va vositalar tahlil qilindi. Zero, bilim xazina bo'lsa, shuhbasiz, uning eshigini ochadigan kalit bu - amaliyot, amaliy ta'limdir. Hozirgi vaqtda pedagogika yo'nalishidagi oliy ta'lim muassasalarida amaliy tayyorgarligi yuksak, professional pedagogik kadrlar tayyorlash muammosi eng dolzarb masalalardan biridir.

Amaliyot davomida qo'yilgan vazifalarni eng yuqori saviyada bajarish uchun bilim va ko'nikmalarni nafaqat aniq kasbiy tayorgarlik, shuningdek, fanlararo kurslarda, balki oldingi umumiy ta'lim, umumiy gumanitar va ijtimoiy fanlar bo'yicha ham qo'llash zarur.

Xulosa o'rnida avvalo talaba yuqori darajali bilim olishi va yuqori kasbiy kompitentligini shakillantirishga qaratish ularning kelgusida yuqori salohiyatli va raqobatbardosh kadrlar bo'lib yetishishlariga yordam beradi. Bu avvalo, jamiyatni rivojlantirishga asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Zero, yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash avvalo kelgusida ham ta'lim va tarbiya beradigan dargohidan salohiyatli yoshlar yetishib chiqishini ta'minlaydi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 fevraldagi PQ-4623-son "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori. www.lex.uz.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori. www.lex.uz.

3. Abdullaev, S. S. (2021, July). SOCIO-POLITICAL FACTORS OF DEVELOPMENT OF SOCIAL RELATIONSHIPS IN STUDENTS IN THE PROCESS OF PEDAGOGICAL EDUCATION. In Euro-Asia Conferences (pp. 168-170).

4. Askarovich, M. S., Qizi, O. N. B., & Kizi, M. I. B. (2021). FORMATION OF PROFESSIONAL-PEDAGOGICAL COMPETENCES OF FUTURE TEACHERS OF CHEMISTRY. Вестник науки и образования, (6-3 (109)), 28-31.

5. Avliyaqulov N.X., Musaeva N.N.Pedagogik texnologiyalar. - Toshkent: "Fan va texnologiya", 2008. 91-bet.

6. Begmurzayevich, D. B. (2022). BO 'LAJAK BOSHLANG 'ICH SINF O 'QITUVCHILARIDA REFLEKSIV MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(6), 154-160.

7. Bespalko V. Slagaembie pedagogicheskie texnologii. -Moskva.: Pedagogika, 1989. -S. 6-7.

8. Ishmuhammedov R., M.Mirsoliyeva. O'quv jarayonida innovatsion ta'lim texnologiyalari.Metodik qo'llanma.- Toshkent, 2014. - B. 8.

9. Ishmuxamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Tarbiyada innovatsion texnologiyalar (ta'lim muassasalari pedagog-o'qituvchilari va guruh raxbarlar uchun amaliy tavsiyalar). -T.: Iste'dod, 2010. -141b

10. Istochnik: https://ru.citaty.net/avtory/tomas-fuller/).

11. Karimova, B. K., & Oripova, M. S. (2021). Formation of national pride based on hadiths in primary school children of houses of kindness. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(4), 652-665.

12. Karimova, M. O., & Axmedova, F. A. (2022, December). BUYUK MUHADDIS ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN ISMOIL BUXORIYNING "AL-ADAB AL-MUFRAD"("ODOB DURDONALARI") ASARINI O 'RGANISHNING AHAMIYATI. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 61-65).

13. Karimova, M. O., & Saidullaeva, A. R. (2020). Pedagogical basis of the use of universal and national values in teh spiritual and moral education of children in the family. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(7), 8547-8555.

14. Karimova, M. O., & Sharipova, D. A. (2022). BO 'LAJAK MUTAXASSISLARNI INNOVATSION YONDOSHUV ASOSIDA PEDAGOGIK

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

AMALIYOTINI TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(5), 624-632.

15. Karimova, M. O., & Sharipova, D. A. (2022). BO 'LAJAK MUTAXASSISLARNI INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA PEDAGOGIK AMALIYOTINI TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(5), 451-459.

16. Kuzmina N. V. Spetsialistbi — sub'ektti izucheniya produktivnosti svoey deyatelnosti (v svete akmeologicheskoy teorii fundamentalnogo obrazovaniya) // Akmeologiya-2005. Metodologicheskie i metodicheskie problems. SPb.: Izd-vo TSSI, 2005.

17. Lerner I.Ya. Didakticheskie osnovti metodov obucheniya M.: Pedagogika, 1981. - S. 186.

18. Muhammadjonovna, U. N., Makhmutovna, T. H., & Kurbonovich, M. U. (2020). IPROVING THE MECHANISM OF INCREASING THE SOCIAL ACTIVITY OF YOUNG PEOPLE IN THE DEVELOPMENT OF A DEMOCRATIC AND LEGAL SOCIETY. JCR, 7(12), 3133-3139.

19. Mukhammedovna, U. N., & Oyturaxonovna, I. S. (2019). IMPROVING SOCIAL ACTIVITY OF YOUTH IN UZBEKISTAN AS THE DEMOCRACY AND DEVELOPMENT OF LEGAL SOCIETY. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

20. Muslimov N.A., Usmonboeva M.X,., Sayfurov D.M., Turaev A.B..Innovatsion ta'lim texnologiyalari. Toshkent: «Sano-standart» 2015.

21. Otajonovna, K. M., & Kizi, A. K. G. (2021). Pedagogical bases of formation of innovative culture of the educator of preschool educational institution. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 457-460.

22. RAFIKOVA, D. (2021). Mukaddas KARIMOVA O'zbekiston respublikasi oliy pedagogic ta'limidagi modernizasiya jarayonining me'yoriy-huquqiy ta'minoti. Society and innovatsions Journal home page: https://inscience. uz/index. php/socinov/index, 214-226.

23. SAIDKULOVICH, S. B., & UGLI, T. J. U. The Social Pedagogical Necessity of Developing Students' Aesthetic Culture in the Process of Globalization. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, <5(1), 75-77.

24. Shermukhammadov, B. (2022). Creativity of a Teacher in an Innovative Educational Environment. Journal of Higher Education Theory and Practice, 22(12),

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

25. Siddikov, B., & Djalalov, B. (2020, December). MODERNIZATION OF EDUCATION-THE FUTURE INNOVATIVE COMPETENCE OF TEACHERS AS A MAIN FACTOR OF FORMATION. In Конференции.

26. Siddiqov, B. S., & Mexmonaliyev, S. N. (2022). PEDAGOGIK AMALIYOTNING BO 'LAJAK O 'QITUVCHINING KASBIY TAYYORGARLIK FAOLIYATIDA TUTGAN O 'RNI. Academic research in educational sciences, 3(1), 10-16.

27. Tuychieva, I., Aripov, S., Madaminova, D., & Mustaev, R. (2021). THE PEDAGOGICAL SYSTEM OF PREPARING BOYS FOR FAMILY RELATIONSHIPS IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS. (Й&

48(8).

28. ugli Abdullaev, S. S. (2021). SOCIAL INVOLVEMENT IN STUDENTS RESULTS OF EXPERIMENTAL WORK ON THE DEVELOPMENT OF VIRTUES.

29. ugli Abdullaev, S. S. (2021, July). SOCIO-POLITICAL FACTORS OF DEVELOPMENT OF SOCIAL RELATIONSHIPS IN STUDENTS IN THE PROCESS OF PEDAGOGICAL EDUCATION. In Euro-Asia Conferences (pp. 168170).

30. Urinova, N., & Abdullaeva, N. (2020). Opportunities for formulating research skills for higher education students. Молодой ученый, (11), 193-195.

31. Абдулазизова, Н. А., & Закирова, Д. С. (2016). VALUE OF DISTANCE LEARNING IN CONTINUING EDUCATION. Учёный XXI века, (12 (25)), 42-45.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

32. Ахмедов, Б. А. (2020). Сиддиков Бахтиёр Саидкулович, Джалалов Бахромжон Бегмурзаевич МОДЕРНИЗАЦИЯ ОБРАЗОВАНИЯ-ОСНОВНОЙ ФАКТОР В ФОРМИРОВАНИИ ИННОВАЦИОННОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. Academy, 9, 60.

33. Ахмедов, Б. А., Сиддиков, Б. С., & Джалалов, Б. Б. (2020). МОДЕРНИЗАЦИЯ ОБРАЗОВАНИЯ-ОСНОВНОЙ ФАКТОР В ФОРМИРОВАНИИ ИННОВАЦИОННОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. Academy, (9 (60)), 20-22.

34. Рафикова, Д., & Каримова, М. (2021). Нормативно-правовое обеспечение процессов модернизации высшего педагогического образования Республики Узбекистан. Общество и инновации, 2(8/S), 214-226.

35. Сиддиков, Б. С., & Джалалов, Б. Б. (2016). OBJECTIVES OF THE YOUTH ACTIVITY BY TEACHING TRAINING. Учёный XXI века, (6-2 (19)), 41-44.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

36. Сиддиков, Б. С., & Джалалов, Б. Б. (2016). ЗАДАЧИ РАЗВИТИЯ АКТИВНОСТИ МОЛОДЁЖИ С ПОМОЩЬЮ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТРЕНИНГОВ. Ученый XXI века, (6-2).

37. Уринова, Н. М., & Байджанов, Б. Х. (2016). Социально-педагогические особенности подготовки будущих учителей к воспитательной работе. Учёный XXI века, (4-2 (17)), 21-24.

38. Шермухаммадов, Б. (2012). Использование различных методов, форм и средств в воспитании молодежи. Актуальные проблемы современной науки, (5),

80-83.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.