Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
TA'LIM QONUNCHILIGIDAGI ISLOHOTLARNING BUGUNGI KUNDAGI
AHAMIYATI
Shamanova Zarina Uralovna
Surxondaryo viloyati yuridik texnikum Ommaviy huquqiy fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi Termiz, Surxondaryo,O'zbekiston E-mail: [email protected]
Mazkur maqolada bugungi kundagi O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar tahlili shuningdek ushbu islohotlarning bugungi kundagi ahamiyati hamda uning jamiyatdagi o 'rni va roli tahlil qilingan. Bundan tashqari ushbu maqolada oliy ta'lim tizimida qabul qilingan normativ -huquqiy hujjatlar huquqiy jihtadan keng tahlil qilingan. Bundan tashqari ta'lim tizimini va sifatini takomillashtirish yuzasidan keng xorijiy tajriba o 'rganilgan. Ushbu tahlillar natijasida O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimi takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: ta'lim, xalq ta'limi, oliy ta'lim, qonuchili, islohotlar, moliyaviy mustaqillik, ta 'lim sifati.
ЗНАЧЕНИЕ РЕФОРМЫ ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВА ОБ ОБРАЗОВАНИИ НА
СЕГОДНЯШНИЙ ДЕНЬ
Шаманова Зарина Ураловна
Сурхандаринский областной уириди^еский техникум старший преподавател кафедры публичного права Термез, Сурхандаруа, Узбекистан E-mail: [email protected]
АННОТAЦИЯ
В данной статье проведен анализ реформ, осуществляемых в системе образования Республики Узбекистан на сегодняшний день, а также проанализировано значение этих реформ на сегодняшний день, их место и роль в обществе. Кроме того, в данной статье проведен широкий анализ нормативно-правовых актов, принятых в системе высшего образования с правовой точки зрения. Кроме того, изучен обширный зарубежный опыт совершенствования системы и качества образования. В результате
ANNOTATSIYA
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
проведенного анализа были разработаны предложения и рекомендatsiи по совершенствованию системы образования Республики Узбекистан.
Ключевые слова: образование, государственное образование, высшее образование, конучили, реформы, финансовая независимость, качество образования.
THE IMPORTANCE OF THE REFORM OF EDUCATION LEGISLATION
TODAY
Shamanova Zarina Uralovna
Surkhandarya Regional Law College Senior Lecturer of the Department of Public Law Termez, Surkhandarya, Uzbekistan E-mail: [email protected]
ABSTRACT
This article analyzes the reforms carried out in the education system of the Republic of Uzbekistan today, and also analyzes the significance of these reforms today, their place and role in society. In addition, this article provides a broad analysis of normative legal acts adopted in the higher education system from a legal point of view. In addition, extensive foreign experience of improving the system and quality of education has been studied. As a result of the analysis, proposals and recommendations were developed to improve the education system of the Republic of Uzbekistan.
Keywords: education, public education, higher education, graduated, reforms, financial independence, quality of education.
KIRISH
Rivojlangan davlatlar tajribasiga e'tibor qaratsak, taraqqiyotga erishish uchun islohotlar, avvalo, ta'lim sohasidan boshlanganiga guvoh bo'lamiz. Chunki yosh avlod ta'lim-tarbiyasiga ustuvor vazifa sifatida qaragan har qanday mamlakat, shubhasiz, kelajak poydevori mustahkamligiga erishadi. Mamlakatimizda ham istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alohida e'tibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va ma'nan etuk insonlar bo'lib ulg'ayishi, ularning qobiliyat va iste'dodini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat va fidoyilik tuyg'ularini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Yangi industrial jamiyatni nazariyasi Dj. Gelbreyt o'z vaqtida industrial tizim sharoitida o'qitilgan va o'rgatilgan kadrlar ishlab chiqarishning hal qiluvchi omiliga aylangan va u yuqori rivojlangan ta'lim tizimiga bog'liq[3, 54 b] deb hisoblangan. S. Fisher inson kapitali tushunchasiga shunday ta'rif beradi, "insonga daromad olib kelishi mumkin bo'lgan qobiliyat inson kapitalidir.
Inson kapitali tug'ma qobiliyat, talant va shu qatorda o'rganilgan (orttirilgan) kabi klassifikatsiyalashuvga (tasnif) ega." Mazkur berilgan ta'rifga hozirgi kunda inson kapitali tushunchasining tor ma'nodagi ta'rifi sifatida qarash mumkin[4, 62 b]. B.M.Genkin va B.G.Yudinlarning inson kapitaliga bergan ta'rifiga ko'ra:inson kapitali - inson qobiliyatlarini tashkil etuvchi komponentlar (jismoniy salohiyat, yaratuvchanlik mahorati, bilim va ko'nikmalar, mahorat, harakatchanlik) orqali namoyon bo'lib, uy xo'jaligi, korxona va mamlakatning daromad manbaini shakllantiradi[5, 416 b].
Amerikalik iqtisodchi E. Denison[6, 5-15 b] Amerika iqtisodiyotini tubdan o'rganib chiqdi. Denison fikriga ko'ra inson kapitaliga yo'naltirilayotgan xarajatlar faktori birlamchi omil emas, balki ularning natijaviy sifat ko'rsatkichlari iqtisodiy o'sishning asosiy omillaridan biridir. Denison 1929-1982 yillar oralig'idagi Amerika iqtisodiyotini tahlil qiladi va iqtisodiyotda ishchi kuchi sifatini yuqori o'ringa qo'yadi. Denison izlanishlari xulosasiga ko'ra, ishchi kuchi sifatini oshirishga ta'sir ko'rsatuvchi asosiy faktor bu ta'lim tizimi hisoblanadi, ya'ni ta'lim tizimi inson kapitali shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi asosiy omil hisoblanadi.
M.K. Meldaxanova inson kapitaliga mamlakat iqtisodiyoti barqarorligi, raqobatbardoshligi, innovatsion rivojlanishni ta'minlovchi bilim, malaka, ko'nikmalar orqali jamg'arilgan inson resursi deb ta'rif beradi[7, 49-53 b]. K.S. Muxtorova va E.S. Detskovkaya[8, 223 b] tadqiqotlarida davlat siyosatining inson kapitaliga yo'naltirilganligining mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etishi yoritilgan. Inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan siyosat orqali mamlakat aholi hayoti turmush sifati va darajasi yaxshilanadi deb hisoblanadi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqot ishini amalga oshirishda rivojlangan mamlakatlarda oliy ta'limni tashkil etishni, moliyalashtirish modellarini tahlil qilish, statistik, solishtirma, empirik usullaridan foydalangan holda xorij mamlakatlarda oliy ta'lim xizmatlarini ko'rsatish tajribalaridan O'zbekistonda foydalanish yo'nalishlari o'rganilgan.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Konstitutsiyamizda belgilangan normalar, "Ta'lim to'g'risida"gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlar bu borada mustahkam huquqiy poydevor sifatida xizmat qilmoqda. Ammo bugun shiddat bilan o'zgarayotgan zamon, jahon bozoridagi keskin raqobat va yuqori malakali kadrlarga bo'lgan talabning ortib borayotgani ushbu sohani ham isloh qilib borishni taqozo etmoqda. Taraqqiyotning navbatdagi bosqichiga qadam qo'ygan mamlakatimizda ham o'tgan yillarda jamiyatimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan yangilanishlarning mazmuniga mos ravishda ta'lim tizimini tubdan isloh qilishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilash, eng ilg'or xorijiy tajribani o'rganish, har jihatdan zamonaviy tizim yaratish maqsadida Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etilib, tizimni malakali kadrlar bilan ta'minlash, davlat va xususiy sheriklik asosida yaqin istiqbolda mamlakatimizda bog'cha yoshidagi bolalarni to'liq maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Keng jamoatchilik va ota-onalarning fikr-takliflari asosida yurtimizda 11 yillik majburiy maktab ta'limi qayta joriy etildi, kadrlarga bo'lgan ehtiyojdan kelib chiqib, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi ham manzilli va maqsadli ravishda isloh qilinmoqda. Oliy ta'lim muassasalariga qabul kvotalari ko'paytirildi, xorijdagi nufuzli oliy ta'lim muassasalari diplomlarini nostrifikatsiyalash tizimi soddalashtirildi, talab yuqori bo'lgan qator sohalar bo'yicha sirtqi ta'lim yo'lga qo'yildi, davlat test sinovlari tizimi takomillashtirildi. Shu bilan birga, oliy ta'limdan keyingi ta'lim tizimi ham xalqaro andozalarga asosan takomillashtirilib, olimlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning ilmiy va innovatsion faoliyatiga keng sharoitlar yaratish, Fanlar akademiyasi va ilmiy tadqiqot institutlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Qisqchv qilib aytganda bugungi kundagi bosh maqsadlarimizdan biri bu mamlakatimiz ta'lim tizimi fuqarolarning komil shaxslar bo'lib shakllanishiga yo'naltirilgan, inson omilini namoyon etadigan, mehnat bozori talablariga javob beradigan mutaxassislarni etishtirib beradigan eng yaxshi an'analarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishdan iboratdir.
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturida
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
"Ta'lim to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunining yangi tahrirdagi qonunini qabul qilish beligalb berilgan edi. Shunga asosan O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni ishlab chiqildi va Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 19 mayda hamda qabul qilindi va Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 19 mayda qabul qilindi.
Ushbu qonunga ko'ra ta'lim — ta'lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko'nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta'lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko'nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon sifatida baholandi.1
Ushbu qonuning 4-moddasida ta'lim sohasidagi asosiy prinsiplar belgilab berilgan bo'lib, ular quyidagilardar:
■ta'lim ustuvorligining tan olinishi; ■ta'lim olish shaklini tanlash erkinligi; ■ta'lim sohasida kamsitishlarga yo'l qo'yilmasligi; ■ta'lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta'minlanishi; ■ta'lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
■ta'lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati; ■ta'limning uzluksizligi va izchilligi;
■o'n bir yillik ta'limning hamda olti yoshdan etti yoshgacha bo'lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o'rta ta'limga tayyorlashning majburiyligi;
■davlat ta'lim standartlari va davlat ta'lim talablari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi;
■o'quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;
■insonning butun hayoti davomida ta'lim olishi; ■jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi; ■ta'lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi; ■bilimlilik, qobiliyatlilik va iste'dodning rag'batlantirilishi; ■ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg'unligi; ■ta'lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, O'zbekiston Respublikasida ta'lim olish huquqi jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, har kimga ta'lim olish uchun teng huquqlar davlat
1 Крнун хужжатлари маълумотлари миллий базаси, 24.09.2020 й., 03/20/637/1313-сон; Крнунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон, 12.10.2021 й., 03/21/721/0952-сон
46
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
tomonidan kafolatlanadi. Shuningdek, ta'lim olish huquqi ta'lim tashkilotlarini rivojlantirish, ta'lim tashkilotlarida innovatsion faoliyatni qo'llab-quvvatlash va o'quv dasturlarini innovatsion texnologiyalarni qo'llagan holda amalga oshirish, ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy) ta'lim olishni tashkil etish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, umumiy o'rta, o'rta maxsus ta'limni va boshlang'ich professional ta'limni bepul olish, oilada yoki mustaqil o'qish orqali ta'lim olgan fuqarolarga, shuningdek umumiy o'rta ta'lim olmagan shaxslarga akkreditatsiyadan o'tgan davlat ta'lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o'tish huquqini berish orqali ta'minlanadi.
Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risidagi qonunchilikka binoan chet ellik fuqarolar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va qonunchiligiga muvofiq O'zbekiston Respublikasida ta'lim olishga haqlidirlar. Shu bilan birga O'zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ta'lim olish uchun O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
Shuningdek bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimi xususan oliy ta'lim tizimini isloh qilish, ularning huquqiy asoslarini takomillashtirish bugungi siyosatning muhim tarmoqlaridan biri bo'lmoqda. Ushbu fikrimizning asosi sifatida aytishimiz mumkinki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrda 61-sonli "Davlat oliy ta'lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori fabul qilinib, ushbu qaror ta'lim qonunchiligidagi so'ngi muhim o'zgarishlarni olib kelishiga sababchi bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.
Ushbu qaror oliy ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, davlat oliy ta'lim muassasalarining moliyaviy barqarorligini ta'minlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash masalalarini mustaqil hal etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga mablag'larni jalb etish imkoniyatini kengaytirish hamda oliy ta'lim muassasalari o'rtasida raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida qabul qilingan bo'lib, unga ko'ra 35 ta olim ta'lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berildi.
Ushbu moliyaviy mustaqillik ushbu oliy ta'lim muassasalariga bir qatorda akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqillik berib, ulardan bir qanchasini misol qilib quyidagi keltirishimiz mumkin:
— kontrakt qiymatini, to'lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
— mahalliy va xorijiy professor-o'qituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
— o'z hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish;
— xorijiy o'quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o'quv qo'llanmalarni to'g'ridan-to'g'ri xarid qilish;
— bo'sh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar ko'rsatish tartibini belgilash;
— avtotransport vositalarining yo'l bosish yillik limiti va ularga xizmat ko'rsatish talablarini belgilash.
Ya'na bir muhim jixati shundaki ushbu qarorga ko'ra, ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari uchun davlat OTM xarajatlarini onlayn monitoring qilish imkoniyati yaratiladi.
Buyuk Britaniya, Kanada, AQSh, Angliya, Germaniya kabi xorijiy davlatlarda ham xuddi shunday o'zini o'zi moliyalashtirish tizimiga o'tgan oliy ta'lim muassasalari bor. Ushbu tizimga o'tishdan oldin xorijiy tajribalarni mukammal o'rganib, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelishilgan holda moliyaviy mustaqillik tizimiga o'tildi.
Birinchi navbatda ushbu tizimiga o'tgan oliy ta'lim muassasalariga ta'lim bozoridagi talab va taklifdan kelib chiqqan holda hamda muassasaning ilmiy-pedagogik salohiyati, uning moddiy-texnik bazasini inobatga olib, yangi ta'lim yo'nalishlari ochish, talabalarni to'lov-kontrakt asosida o'qishga qabul qilish parametrlari va to'lov-kontrakt asosida o'qitish qiymatini belgilash huquqi beriladi. Lekin bu institut to'liq mustaqil bo'ldi, degani emas. Moliyaviy mustaqillikning yana bir afzalligi kelajakda topadigan daromadlarimizni kam ta'minlangan oila farzandlari bo'lgan talabalarga sarflashimiz, ularga moddiy yordam berish, rag'batlantirish imkoniyatiga ega bo'lamiz.
Oliy ta'lim muassasasi moliyaviy mustaqil bo'lsa, ta'lim xizmatlari bozoridagi talabni inobatga olgan holda to'lov-kontrakt asosida o'qitish qiymatini va talabalarning to'lov-kontrakt mablag'larini to'lash muddatlarini mustaqil belgilaydi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llay oladigan va ilmiy izlanish olib boradigan mahalliy hamda xorijiy professor-o'qituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida o'quv jarayoniga jalb qila oladi. Ichki imkoniyatlar talabi asosida professor-o'qituvchilar shtat birliklarini kiritish me'yorlarini ishlab chiqish, ahamiyatlisi, o'z mablag'lari hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlarni joriy eta oladi.
Shuningdek, xorijiy davlatlardan o'quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar hamda o'quv qo'llanmalarni mualliflik huquqi bo'lgan ishlab chiqaruvchilardan to'g'ridan-
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
to'g'ri xarid qilish, oliy ta'lim muassasasi tomonidan o'quv jarayoni uchun kerak bo'ladigan vositalar, shuningdek, boshqa asosiy texnologiyalarni xarid qilish va ularni hisobdan chiqarishga hamda bino, inshootlarni kapital ta'mirlash, rekonstruksiya qilish imkoniyatlari ham moliyaviy mustaqil bo'lgan oliy ta'lim muassasasi vakolatlari doirasida bo'ladi.
Bilamizki, oliy ta'lim tizimini isloh qilishda xorij tajribasini o'rganisho' va uning maqbul jixatlarini mamlakatimiz ta'lim tizimiga implementatsiya qilish tendensiyasi bir necha yillardan buyon amal qilib kelmoqda. Jahon amaliyotida oliy ta'lim sifatini ta'minlashning quyidagi modellari farqlanadi: Fransuz modeli - oliy o'quv yurtini ichki o'zini-o'zi baholashga nominal o'rin beriladi, asosiy urg'u davlat yoki jamoat tashkilotlari tomonidan oliy o'quv yurtini samarali tashqi baholashga qaratiladi. Germaniya, Fransiya, Skandinaviya mamlakatlarida "Ingliz (anglosakson)" modeli qo'llaniladi. Ushbu modelda oliy o'quv yurtini ichki o'zini-o'zi baholash hal qiluvchi o'rin tutadi va tashqi kasbiy, ijtimoiy ta'lim sifatini ekspert baholash e'tiborga olinadi va u Buyuk Britaniya, Irlandiya, AQSh, Lotin Amerikasi mamlakatlari, Filippin, Tayvanda keng tarqalgan. Oliy ta'lim sifatini ta'minlash tizimlarining "Fransuz modeli" ta'lim muassasalarini boshqarishning "kontinental" modeli quyidagi tamoyillarga asoslangan:
• davlat tomonidan oliy o'quv yurtiga nisbatan paternalizm siyosatini davlat boshqaruv organlari tomonidan oliy ta'limni rivojlanishini tartibga solishda markazlashgan nazoratni o'rnatish (ta'lim vazirligi,maorif vazirligi);
• oliy o'quv yurtining mustaqilligini (moliyaviy va akademik) cheklash;
• universitet ta'limiga ega bo'lishda kuchli stratifikatsiyalashgan tizimni mavjudligi (odatda bepul);
• davlat mulkining ta'limda etakchi o'rin egallashi. Ushbu holatlarda ta'lim sifatini ta'minlash mutasaddi davlat idoralari tomonidan amalga oshiriladi va hukumat moliyalashtiradi. Bunday sifatni ta'minlash tizimlari hukumat nazoratida bo'ladi, litsenziyalanadi, davlat akkreditatsiyasidan, attestatsiyasidan, inspeksiyasidan o'tkaziladi, turli oliy o'quv yurtlari taqqoslanadi va moliyaviy resurslar taqsimlanadi.
Angliya (anglosakson) modeli quyidagi "atlantika" modeli tamoyillari asosida tashkil etiladi:
• oliy o'quv yurtining mustaqilligi (universitetlarning rivojlanishi strategiyasiga liberal yondashuv xos);
• oliy o'quv yurtlari katta avtonomiyaga, jumladan, har bir universitet ratsional moliyaviy va iqtisodiy mustaqillikka ega;
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
• oliy ta'lim tizimi xizmati pullik;
• ta'lim tizimida nodavlat mulkining ulushi yuqori.
Ta'lim sifatini oshirishning "Amerika modeli" ta'lim muassasalari va ta'lim dasturlarini akkreditatsiya qilishga asoslangan hamda "Fransuz" va "Ingliz" modellarining samarali uyg'unlashuvidan iborat. AQSh universitetlarida o'zini-o'zi baholash tizimi rivojlangan. Boshqacha so'z bilan aytganda, amerika oliy ta'limi ustun darajada oliy o'quv yurtlari tomonidan nazorat qilinadi. Universitetlar akkreditatsiyasi jarayoni mintaqaviy universitetlar va kolledjlar uyushmasi, assotsiatsiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu assotsiatsiyalar tarkibida ixtisoslashgan oliy ta'lim komissiyalari faoliyat ko'rsatadi va mintaqadagi oliy o'quv yurtlarini akkreditatsiyadan o'tkazadi. AQSh ta'lim muassasalarini akkreditatsiyalash oliy o'quv yurtlarini akademik erkinlik huquqi bilan ularning davlat va jamiyat oldidagi mas'uliyati, javobgarligi o'rtasidagi muvozanatni ta'minlashning jamoaviy tartibga solish tizimidir. AQShning o'zini-o'zi tartibga solish tizimi asosida ta'lim tizimini yaxshilashga qaratilgan oliy ta'lim muassasasi darajasida baholash yotadi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Oliy ta'lim tizimini respublikamizda hal etishning asosiy muammolaridan biri bu ichki oliy ta'lim tizimini xalqaro ta'lim tizimi bilan bog'liqlikda olib borishni ta'minlash uchun quyidagilarga e'tibor berish zarur deb hisoblaymiz.
Birinchidan, oliy ta'limni rivojlantirish shakllarini bozor talablari asosida tashkil etish va xalqaro oliy ta'lim tizimi bilan integratsiyalashuvida milliy an'analaridan kelib chiqish;
Ikkinchidan, oliy ta'limni jahon andozalari asosida rivojlantirishning yangi integratsiyalashuvi andozalariga asoslanish;
Uchunchidan, oliy ta'lim oliygohlarida olingan bilim diplom sifatida emas balki talabalarning olgan nazariy va amaliy bilimlarini amaliyotda qo'llashiga qarab baho berish zarur. Jahon oliy ta'lim tizimini o'rganish asosida quyidagilarni taklif etish mumkin.
To'rtinchidan, AQShda joylashgan oliy o'quv yurtlarida 50 foizgacha moliyaviy mablag'larni shtat boshqaruvi hisobiga qolgan mablag'larni esa universitetlar bilan hamkorlikda ishlovchi korxonalar hisobiga qoplash tajribalaridan;
Beshinchidan oliy ta'lim tizimining ikkinchi modelida asosan davlat tomonidan darajasini kamayib borishiga moliyalashtirish asoslangan bo'lib shaxsni ta'lim oli shi va kelajakda karera qilishni kafolatlanishi;
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Oltinchidan, oliy ta'lim tizimini rivojlantirishni nafaqat ichki balki tashqi jahon bozori talablaridan kelib chiqqan holda zaruriy yo'nalishlarda rivojlanishini ta'minlash;
Yettinchidan, ilm-fan taraqqiyotini oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida ularni bog'liqlikda olib borish uchun oliy o'quv yurtlari kafedralarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, shuningdek, respublika oliy ta'lim tizimini jahon darajasida rivojlangan oliy ta'lim tizimlari bilan o'zaro rivojlantirish;
Sakkizinchidan, oliy ta'lim tizimida oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlashda ularning eksporti va importini oshirish;
To'qqizinchidan, oliy ma'lumotli mutaxassislarni o'z ixtisosliklari bo'yicha ilmiy tekshirish institutlarida ilmiy laboratoriyalarida va yirik ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etish hamda oliy ta'lim o'quv yurtlarini ishlab chiqarish korxonalari bilan birgalikda mutaxassislar tayyorlashga e'tibor berish zarur deb hisoblaymiz.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi Qonuni (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020 y., 03/20/637/1313-son).
2. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik -har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. - Toshkent: O'zbekiston, 2017.- 46 b.
3. Антошкина Л.И. Высшее образование в системе общественных интересов / монография / Л.И. Антошкина - Донецк: ООО «Юго-восток», ООО 2008 г. С 54
4. Мелдаксанова М.К. Современная концепция человеческого капитала в экономической теории // Формирование и развитие конкурентноспособного человеческого капитала в Казахстане: сборник материалов Международной научно-практической конференции / под.ред. О. Сабдена и Н.К. Нурлановой. -Алматы: Институт экономики КН МОН РК, 2010. - С. 49-53.
5. Quality Procedures in European Higher Education. European Network for Quality Assurance. http: //www.enqa.net/texts/procedures.pdf
6. Quality Assurance: A Reference System for Indicators and Evaluation Procedures. European Association of Universities. http: //www.eua. be/eua/j sp/en/upload/
7. Миркурбанов Н., Аношкина В., Данилова Е. Высшее образование в Узбекистане: состав и рекомендации // Ж. Аналитическая записка. - 2009. № 1 (12), С. 24-28.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
8. Дилова Н.Г. (2018). Значение совместного обучения в повышении эффективности начального образования. Международный научный обзор проблем и перспектив современной науки и образования. С. 90-91.
9. Dilova N.G., Saidova M.J. (2020). Formative assessment of students' knowledge as an innovative approach to education. The American Journal of Social Science and Education Innovations. 2:12, P. 190-196.
10. Bloom, B. S. (ed.) (1956). Taxonomy of Educational Objectives: The Classification of Educational Goals. Handbook I: Cognitive Domain. New York: Longmans, Green.
11. Brown, B. L. (1998). Distance Education and Web-Based Training. ERIC Clearinghouse on Adult, Career, and Vocational Education, Center on Education and Training for Employment, The Ohio State University. Retrieved from http://ericacve.org/mp_brown_02.asp Clark, R. C. (2002, August).
12. The New ISD: Applying Cognitive Strategies to Instructional Design. ISPI Performance Improvement Journal, 41(7). Retrieved from http://www.clarktraining.com/CogStrat.pdf.