Научная статья на тему 'PEDAGOGIK ODOB-AXLOQ VA TALABA XULQ – MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING ASOSIY OMILLARI'

PEDAGOGIK ODOB-AXLOQ VA TALABA XULQ – MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING ASOSIY OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2515
132
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim-tarbiya / odob-axloq / komil inson / xulq / axloq tarbiyasi / shaxs kamoloti / madaniyat / tafakkur / mustaqil fikrlash. / Education / ethics / perfect person / behavior / moral education / personality maturation / culture / thinking / independent thinking.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jobborova, Gulnoza Kadamovna

Ushbu maqolada shaxs kamolotining muhum ahamiyatlari va bu jarayonni tashkil etishda e’tibor qaratish kerak bo‘lgan holatlar haqida so‘z yuritilgan bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchi zimmasidagi masuliyat, axloq-odob, fikr tarbiyasi orqali talabala yoshlarni ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiya eta olish masalalar yoritib o‘tilgan. Maqolada ma’rifatparvar olimlar asaridagi g‘oyalar asosida fikrlari tahlil qilingan bo‘lib, olimninig axloqga bergan ta’rifi mazmuni tahlil qilinar ekan axloq ilmini mukammal bilgan inson bu dunyodagi vazifasi aslida nima ekanligi hamda yaratgan oldidagi vaziafisini anglab yetishi haqidagi g‘oya ilgari surilgan hamda axloqiy kategoriyalar sanab o‘tilganda yoshlar tarbiyasida muallimning zimmasidagi ma’suliyat ko‘rsatib o‘tilgan. xalq og‘zaki ijodi namunalariga, pandnomalar, diniy manbalar, sharq allomalari hayotiga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop, avtobiografik asarlar, matbuot, ommaviy axborot materiallariga murojaat qiladi va axloq esa aqliy, huquqiy, diniy, iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi. Ushbu maqolada mana shu tarbiya uchala tarbiya yo‘nalishlarining har biriga alohida to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib, shaxsning komil inson bo‘lib shakllanishida har bir yo‘nalishning muhim ahamiyati aniq ko‘rsatib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL ETHICS AND STUDENT BEHAVIOR MAIN FACTORS OF CULTURE FORMATION

This article discusses the important significance of personality maturation and the circumstances that should be paid attention to in the organization of this process, and covers the issues of responsibility, morality and opinion of the teacher in the educational process, the ability to spiritually educate young people through the education of thought. The article analyzes the thoughts of enlightened scientists on the basis of ideas in the work of enlightened scientists, analyzes the content of the definition given by the scientist to morality, and shows the responsibility of the teacher in youth education when the idea that a person who knows the science of morality perfectly understands what his task in this world is actually, and refers to samples of folk oral creativity, pandnets, religious sources, Popular Science, autobiographical works dedicated to the life of Eastern scholars, Press, media materials and morality is formed on the basis of mental, legal, religious, economic and political knowledge. This article discusses each of the three areas of upbringing separately, clearly showing the important importance of each direction in the formation of an individual as a perfect person.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK ODOB-AXLOQ VA TALABA XULQ – MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING ASOSIY OMILLARI»

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

PEDAGOGIK ODOB-AXLOQ VA TALABA XULQ - MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING ASOSIY OMILLARI

Jobborova Gulnoza Kadamovna

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi gulnoza.j [email protected]

Ushbu maqolada shaxs kamolotining muhum ahamiyatlari va bu jarayonni tashkil etishda e'tibor qaratish kerak bo 'lgan holatlar haqida so Z yuritilgan bo 'lib, ta 'lim-tarbiya jarayonida o 'qituvchi zimmasidagi masuliyat, axloq-odob, fikr tarbiyasi orqali talabala yoshlarni ma'naviy axloqiy jihatdan tarbiya eta olish masalalar yoritib o'tilgan. Maqolada ma'rifatparvar olimlar asaridagi g'oyalar asosida fikrlari tahlil qilingan bo 'lib, olimninig axloqga bergan ta 'rifi mazmuni tahlil qilinar ekan axloq ilmini mukammal bilgan inson bu dunyodagi vazifasi aslida nima ekanligi hamda yaratgan oldidagi vaziafisini anglab yetishi haqidagi g'oya ilgari surilgan hamda axloqiy kategoriyalar sanab o'tilganda yoshlar tarbiyasida muallimning zimmasidagi ma'suliyat ko'rsatib o'tilgan. xalq og'zaki ijodi namunalariga, pandnomalar, diniy manbalar, sharq allomalari hayotiga bag'ishlangan ilmiy-ommabop, avtobiografik asarlar, matbuot, ommaviy axborot materiallariga murojaat qiladi va axloq esa aqliy, huquqiy, diniy, iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi. Ushbu maqolada mana shu tarbiya uchala tarbiya yo 'nalishlarining har biriga alohida to 'xtalib o 'tilgan bo 'lib, shaxsning komil inson bo 'lib shakllanishida har bir yo'nalishning muhim ahamiyati aniq ko 'rsatib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: Ta'lim-tarbiya, odob-axloq, komil inson, xulq, axloq tarbiyasi, shaxs kamoloti, madaniyat, tafakkur, mustaqil fikrlash.

This article discusses the important significance of personality maturation and the circumstances that should be paid attention to in the organization of this process, and covers the issues of responsibility, morality and opinion of the teacher in the educational process, the ability to spiritually educate young people through the education of thought. The article analyzes the thoughts of enlightened scientists on the basis of ideas in the work of enlightened scientists, analyzes the content of the definition given by the scientist to morality, and shows the responsibility of the teacher in youth education when the idea that a person who knows the science of morality perfectly understands what his task in this world is actually, and refers to

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

samples of folk oral creativity, pandnets, religious sources, Popular Science, autobiographical works dedicated to the life of Eastern scholars, Press, media materials and morality is formed on the basis of mental, legal, religious, economic and political knowledge. This article discusses each of the three areas of upbringing separately, clearly showing the important importance of each direction in the formation of an individual as a perfect person.

Keywords: Education, ethics, perfect person, behavior, moral education, personality maturation, culture, thinking, independent thinking.

Talaba-yoshlarni ma'naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash eng muhim vazifalardan bo'lib qoldi. Chunki davlatning asosini ma'naviyat tashkil etadi, ma'naviyatiga e'tibor bermagan davlatning kelajagi ham bo'lmaydi.

Shuni aytish kerakki, insonning ma'naviyati uning axloqi, odobi, xulqi, madaniyatidan tashkil topadi. Axloq esa aqliy, huquqiy, diniy, iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi. Mazkur bilimlar o'z navbatida inson axloqiy sifatlarining kamol topib, boyib borishiga olib keladi. Demak, axloq insonning ijobiy sifatlari majmuidir. Odob va axloq bir-biri bilan uzviy bog'liqdir. Odob alohida bir shaxsning muayyan bir xislatini ifodalovchi axloqiy kategoriyadir.

Odob - bu har bir insonning jamoa bilan bo'lgan muloqotida hamda yurish-turishida o'zini tuta bilishini ko'rsatadi.

Axloq - jamiyatda qabul qilingan jamoatchilik fikri bilan ma'qullangan xulq odob normalari.

Madaniyat - jamiyatning unda yashovchi fuqarolarning faoliyati jarayonida to'plangan barcha ijobiy, aqliy yutuqlar majmuasi.

Ma'naviyat - inson ongini aks ettiruvchi barcha ijobiy intellektual fazilatlar majmuasidir.

Mustaqil fikrlash - bu fahmlash, anglash, fikr yuritishdan boshlanadi.

Tafakkur - inson ongidagi mavjud ilmiy-hayotiy bilimlar majmualarining keragini saralab olish va amaliyotga qo'llash.

Ijodkor pedagog talaba-yoshlarning xulq madaniyatini shakllantirishda ma'naviy qadriyatlarning imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanadi. Pedagog ijodkorligi natijasida talaba-yoshlar ajdodlar tarixi, adabiyoti, san'ati, an'analari va urf-odatlari haqida chuqur bilim oladi. Talabalarning ma'naviy merosga bo'lgan qiziqishi oshadi. Dars jarayonida samimiy, sog'lom ma'naviy muhit yaratiladi. Ma'naviy meros manbalaridan samarali foydalanish natijasida talabalarning xulq madaniyati kamol topadi. Talaba-yoshlarning xulq madaniyatni shakllantirish,

KIRISH

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

birinchidan, dars jarayonining muvaffaqiyatli bo'lishiga, ikkinchidan ta'lim mazmuniga va pedagog-talaba hamkorlik faoliyatiga bog'liq. Hamkorlikdagi faoliyat ijodkorlikni, mas'uliyatni, faollikni talab qiladi. Bunda har bir darsdan pedagog maqsadni aniq ko'ra bilishi, amalga oshiriladigan vazifalarni to'g'ri belgilab olishi lozim.

Dars jarayonidagi bilimlar mazmunining ilmiyligi, izchilligi va tarbiyaviy xarakteri, qiziqarliligi talabalarda ta'lim va tarbiyaviy tomondan o'rganiladigan bilimga bo'lgan qiziqishni kuchaytiradi. Ularning bilimini kengaytirish, yuksak xulqli bo'lish kabi ko'nikma va malakalarini shakllantiradi.

Albatta, bunda dars shakllarini tanlashda mavzuning mohiyatiga alohida e'tibor beriladi. Masalan, kasb-hunar kollejlarida adabiyot darsi an'anaviy dars yoki munozara tarzida uyushtirilsa, mutaxassislikka oid darslar seminar, yoki munozara tarzida, chet tili darslari o'yin yoki savol-javoblar, suhbat darslari tarzida uyushtirilishi mumkin. Barcha shakldagi dars jarayonlarida talabalar xulq, madaniyatini shakllantirish samaradorligini oshirish uchun savol-javob qilish, munozarali vaziyat paydo qilish, mustaqil ishlash, turli o'yinlardan foydalanish kabi usullardan foydalanish muhimdir.

Talabalarning ma'naviy sifatlarini shakllantirishda ularga o'tmish adabiyoti, tarix, milliy urf-odatlar, an'analar haqida bilim berish pedagogdan doimo faollik bilan munosabatda bo'lishni talab qiladi. Talabaning ma'naviy ehtiyojini qondirish, qiziqishini o'stirish mustaqil ishlar, har xil ijodiy ishlar (insho, referat va boshqa) orqali amalga oshiriladi. Mustaqil ishlar pedagog va talaba faoliyatining uzviy bog'langan tomonlaridir. Mustaqil va ijodiy ishlarda talaba o'z ustida mehnat qiladi, ijodiy izlanadi, o'z nuqtai nazari, qarashlarini shakllantirish bilan birga dunyoqarashi va manaviy saviyasini namoyon etadi. Mustaqil ishlash ko'proq darslik ustida ishlash, manbalarning mazmunini tahlil etish, ma'ruza, referat, konspekt tayyorlash, ijodiy insho yozish (chet tilida ham) kartochkalarga yozma javob berish, turli j advallar, diagrammalar, sxemalar tuzishni taqozo etadi. Bularning barchasi talabadan izlanuvchanlikni talab qiladi. Mustaqil ishlar, seminarlarni tashkil etishda 4 xil manbalarga asoslanadi.

a) Darslik materiallariga;

b) Ma'naviy meros hisoblangan xalq og'zaki ijodi, diniy manbalar, mumtoz adabiyot va boshqalar;

v) Ommaviy axborot vositalari materiallariga (jurnal, gazetalar, radio eshittirishlar, oynai jahon ko'rsatuvlari);

g) Hayotiy misollarga (oilaviy-maishiy an'analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, ma'naviy qadriyatlar va h.k).

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

Og'zaki mustaqil ish turlari va o'rganilayotgan mavzuning mohiyatini talabalar amaliy faoliyatida mustahkamlashtirishga yo'naltirilgan ba'zi bir yozma shakldagi mustaqil ishlar (insho, savollarga yozma javob topish, jadval, diagramma, kartochkalarni to'ldirish)dan aralash dars shaklida keng foydalanish yaxshi samara beradi.

Dars jarayonida pedagog ma'naviy meros manbalaridan ustalik bilan foydalanishi, ularning ta'lim va tarbiyaviy ta'sirini hisobga olishi, darsni "qanday tarzda tashkil etilishidan qat'iy nazar (o'yin darsi, munozara darsi, sinov darsi va h.k.) uni uyushtirishda faol, ijodkor, qat'iy bo'lishi, ma'naviy merosni yaxshi bilishi va uni amaliyotga tatbiq qila olishi zarur. Talabalarning og'zaki mustaqil tayyorgarligi asosida noan'anaviy dars shakllarini uyushtirish ham xulq madaniyatini shakllantirishning samarali usullaridan hisoblanadi. Bunda turli mavzulardagi bahs-munozara darslarini o'tkazish mumkin. Bunday darslarga tayyorgarlik ko'rish jarayonida talaba keng hajmdagi ma'naviy manbalarga, badiiy asarlar, xalq og'zaki ijodi namunalariga, pandnomalar, diniy manbalar, sharq allomalari hayotiga bag'ishlangan ilmiy-ommabop, avtobiografik asarlar, matbuot va ommaviy axborot materiallariga murojaat qiladi. Natijada muammoli savollarga javob topadi, ajdodlar ma'naviy merosi bilan tanishishga muyassar bo'ladi. Bunday darslar yetarli tayyorgarlik, mahorat va keng ko'lamli bilim, tajriba, mustaqillikka asoslangan holda tashkil etilsa, talabaning xulq madaniyatini shakllantiruvchi quyidagi ijobiy natijalarni beradi:

- dars davomida talabaning erkinligi, mustaqilligi, faolligiga erishiladi;

- talabalar jamoa fikriga tayanishga, uni hurmat qilishga o'rganadilar, bu bilan ularda o'zaro hurmat, muloqot madaniyati tarbiyalana boradi; U talabalar o'z fikr -mulohazalarini, qarashlarini himoya qilish, ularni boshqalarga yetkazish mahoratini egallaydilar;

- talabalarda u yoki bu adibning qarashlarini, xalq pedagogikasi, hayot tajribasi asosida ko'tarib chiqilgan muammolar mohiyatini davr bilan bog'lash, atrof-muhit talabi, imkoniyati asoslarini haqqoniy baholash malakasi shakllanadi;

- talabalarning o'zbek xalqining ma'naviy turmush tarzi haqidagi bilim darajasi ortadi, axloqiy - ma'naviy sifatlari shakllanadi;

- har bir talabada o'z-o'ziga talabchanlik, o'z-o'zini nazorat qilish hissi ortadi, o'z ustida ishlashga, o'zini anglashga e'tibor kuchayadi. Bunday muvaffaqiyatli natija sinov darslari, yakuniy darslarda namoyon bo'ladi. Talaba xulq madaniyatini asosiy mezonlari: insonparvarlik, mehnatsevarlik, milliy g'urur, vatanparvarlik, mehr-muhabbat, iymon, ijodkorlik, faollik, tashabbuskorlik, o'z-o'zini nazorat qilish va o'z-o'zini baholashni talab etadi. Bu talab talabaning Vatan, ota-ona, do'stlari,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1/2), Jan., 2023

jamoa oldidagi burchi, vazifalariga, ta'lim-tarbiya jarayonida namoyon bo'ladigan faollik, ijodkorlik xususiyatlariga munosabati orqali amalga oshiriladi. O'z bilim, hatti-harakati, atrof-muhitga munosabatini nazorat qilish, o'z-o'zini baholashni tashkil etish talabaning yozma ijodiy faoliyati orqali samarali namoyon bo'ladi. Ta'limning samarali shakllari, an'anaviy va noan'anaviy dars turlari, vositalari va usullaridan, jumladan, ta'lim jarayonida talabalarning turli ijodiy yozma ishlari: insho, referat, konspekt, ma'ruza kabi turlaridan keng foydalanish zarur. Dars jarayonida talabalarning yozma ijodiy ishlaridan samarali foydalanish uchun qator pedagogik shartlarga amal qilish zarur.

Bunda:

- mustaqil ijodiy ishlarning turlari, mavzusi, xarakteri va unga qo'yiladigan talablar aniq belgilab berilishi;

- chet tili, adabiyot va boshqa darslarda mustaqil yozma ishlarni uyushtirish va ularni amalga oshirish uchun qisqa uslubiy tavsiyalar tayyorlash;

- pedagog ma'naviy sifatlarini, ma'naviy tarixi, qadriyatlar mazmuni va xarakteri haqida yetarlicha bilimga ega bo'lishi, ularning tarbiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish yo'llarini bilishi;

- pedagog ham, talaba ham darslik va qo'shimcha manbalar bilan mustaqil ishlashi;

- pedagog ta'limni tashkil etishning an'anaviy va noan'anaviy shakllari, ularning tarbiyaviy imkoniyatlari, ish natijalari haqida to'liq pedagogik bilim bilan qurollangan bo'lishi;

- pedagog har bir dars mavzusi, dars shakli, usul va vositalarini talaba xulq madaniyatining shakllariga ta'sirini oldindan ko'ra bilishi;

- yozma ijodiy ishlar talabalarning ixtiyoriyligi, ijodkorligi, qiziqishi asosida amalga oshirilishi lozim. Dars jarayonida yaratilgan ma'naviy muhit talabalarda ijodkorlik, erkinlik, faollik, tasavvur boyligi va bilimga bo'lgan qiziqishni shakllantiradi. Dars jarayonida ma'naviy merosimiz: o'tmish allomalarning fikr-qarashlari, odob-axloq, to'g'risidagi turli hikoyalar, xalq og'zaki ijodidan turli rivoyatlar, maqollardan foydalanish talabaga ma'naviyatimiz xazinasi haqida puxta bilim olish, egallangan bilimni namunali namoyon etish, dastur va darslik materiallarini hayotiy tajribadan olingan misollar bilan mazmunan to'ldirish, ruhiy holatlar, tasavvur, idrok, hissini bayon etish, hozirjavoblik, ta'sirchanligi bilan farqlanadi.

Talabalarning xulq madaniyatini shakllantirishda ijobiy ta'sir etadigan

vositalar:

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

a) inson hissiyoti bilan bog'liq, uning idroki, tafakkuri, tasavvuri mahsuli bo'lgan madaniy estetik manbalar (adabiyotlar, tasviriy san'at asarlari, musiqa, ilmfan, diniy manbalar va h.k);

b) illyustratsiya materiallari, madaniy meros sifatida qadrlanadigan geografik xaritalar, (Al-Xorazmiy yaratgan xarita), matematik-astronomiya jadvallari (Beruniy, Ulug'bek), miniatyuralar (Behzod), xalq amaliy san'ati namunalari, milliy kiyimlar va h.k;

v) tabiiy o'lkashunoslik materiallari: tarixiy me'morchilik obidalari, muqaddas qadamjolar, ma'rifíy maskanlar, uy-muzeylar va h.k;

g) obrazli-ta'sirchan ifoda vositalari (ma'naviy meros haqida diafilm, kinofilm, sahna asarlari, radio eshittirishlari, oynai-jahon ko'rsatuvlari, matbuot materiallari);

d) o'quv-tarbiyaviy, ijodiy ko'rgazmali vositalar, talabalar yoki pedagog tomonidan tayyorlanadigan jadvallar, har xil ijodiy ishlar, referat, ma'ruza, konspekt, kichik-kichik poetik asarlar, manzaralar tasviri va h.k.

Bu vositalardan dars jarayonida unumli foydalanish, noan'anaviy dars shakllarining amaliyotga keng joriy etish imkoniyatini yaratadi, talabalarning darsga qiziqishini oshiradi, o'rganiladigan mavzularning mohiyatini chuqur anglab yetish imkonini beradi, mustaqil fikrlash, og'zaki va nutqni boyitish kabilarni shakllantiradi. Mustaqil ishda talaba o'z ustida mehnat qiladi, ijodiy izlanadi, o'z nuqtai nazari, qarashlarini shakllantiradi, dunyoqarashi va ma'naviy saviyasini namoyon etadi. Dars jarayonida ma'naviy meros manbalaridan foydalanish natijasida talabalarda ma'naviy merosga muhabbat, sadoqat, milliy o'zligini anglash, milliy g'urur shakllanib boradi. Bu esa, o'z navbatida talabalarda xulq madaniyatini shakllantirishga zamin bo'lib xizmat qiladi. Shunday qilib, dars talabalarning xulq madaniyatini shakllantirishning muhim shakli bo'lib, ma'naviy merosdan foydalanishda ta'lim-tarbiya tizimining asosiy bo'g'ini hisoblanadi. Ta'lim-tarbiya jarayonida ma'naviy meros manbalaridan foydalanish darsni samarali va qiziqarli tashkil etish, turli ko'rgazmali qurollardan, darsda noan'anaviy vositalardan foydalanish talabalarda xulq madaniyatini shakllantirishga ta'sir etuvchi muhim omillar bo'lib hisoblanadi. Albatta bunda pedagogning darsni tashkil etishi ham muhim ahamiyatga egadir.

Talabalar jamoalarini tashkil qilish pedagogdan turli-tuman usul va vositalardan mahorat bilan foydalanishni talab qiladi:

1. Pedagog jamoa a'zolarini yangi sharoitga moslashtirish jarayonida ularga ishonch, hurmat, xushmuomalalik, talablarni to'g'ri qo'ya bilish, shu bilan birga o'quvchini tushunish va eshita bilish mahoratiga ega bo'lishi kerak.

2. Talabalar jamoasidagi etakchi kuch-tayanch o'zagini tanlash.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

3. Jamoa a'zolarining har birining kuchiga, qobiliyatiga qarab topshiriqlar berish.

4. Jamoada yangi an'ana, qonun-qoidalarning dastlabki kurtagini yaratish va unga amal qilish.

5. Jamoa istiqbolini davr talabi bilan moslashgan holda belgilash talab qilinadi.

Xulosa qilib shuni aytish kerakki, o'qib-uqqan, chuqur odob-axloqli, adolat va

adolatsizlikning farqini tushungan inson qaysi yo'ldan borayotganligiga tushunib yetadi. Yurtiga nisbatan mehr, g'urur paydo bo'ladi. Natijada u ham Vatanning ravnaqiga munosib farzand sifatida o'z hissasini qo'shadi. Ajdodlarimiz yashab o'tgan, meni o'z bag'riga olib ulg'aytirayotgan Vatan uchun men nima qila oldim, meni go'dakligimdan yedirib-ichirgan ota-onam, ona zamin, qonlari tomirimda jo'sh urayotgan ajdodlarimiz sha'niga munosib ishlar qilayapmanmi, degan savollarini o'z vijdoni oldiga ko'ndalang qo'yadi. Demak, har bir talaba qaysi mutaxassis egasi bo'lishidan qatiy nazar Vatanga muhabbatli, iymonli, adolatparvar bo'lishi muhimdir. Bunday fazilatlarni o'zida kasb etgan yoshlar qanday vaziyatda bo'lmasin hamma vaqt o'ziga to'g'ri yo'l tanlay oladi. Mustaqil jamiyatimizning kamol topishida o'zlarining chuqur bilimlari va adolatli hatti-harakatlarini ko'nikmaga aylantirishi bunday nufuzli talaba yoshlarning asosiy vazifalaridir.

REFERENCES

1. Karimov I.A. Yuksak malakali mutaxassislar taraqqiyot omili. -T.: O'zbekiston,

2. Azizxo'jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. - T.: TDPU,

3. Ziyomuhammadov B., Abdullayeva Sh. Ilg'or pedagogik texnologiya: Nazariya va amaliyot «Ma'naviyat asoslari» darsi asosida ishlangan uslubiy qo'llanma. - T.: Abu Ali ibn Sino tibbiyot nashriyoti, 2001.

4. Jobborova Gulnoza Kadamovna. (2022). Formation of Ecological Culture of Primary School Students. Eurasian Scientific Herald, 7, 240-242. Retrieved from https: //geniusj ournals.org/index.php/esh/article/view/1197

5. Karimova M.Kh The importance and value of spirituality as an important period in the formation of moral feelings. European scholor journal Volume 3, Issue 3 March, 2022 85-86 p.https://www.scholarzest.com

6. Arapbayeva D.K., Arapbayeva D.K. Yoshlarning oilaviy hayotga moslashuvida ma'naviy-ahloqiy masalalar. "Zamonaviy ta'lim" jurnali №5 - Toshkent, 2016. - B. 36-41. https://cyberleninka.ru/article/n/yoshlarning-oilaviy-ayotga-moslashuvida-manaviy-ahlo-iy-masalalar/viewer

1995.

2003.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

7. Aslonov Ilhom Nizomovich. (2022) The Problem of Artistic - Psychological Image in Boburnoma. Eurasian Scientific Herald. Volume 7| April, 2022. ISSN: 2795-7365.

8. Ж. С. Раматов, & М. Хдсанов (2022). ШАХС ДИНИЙ ДУНЁКАРАШИНИНГ ШАКЛЛАНИШИДА ИЛМНИНГ АДАМИЯТИ. Academic research in educational sciences, 3 (7), 35-39.

9. Нилуфар Жураевна Назарова, & Миршод Нуъмонович Хдсанов (2022). ТАЛАБАЛАРДА БУШ ВАКТДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ КУНИКМАЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. Academic research in educational sciences, 3 (6), 752-758.

10. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Кушаков, Файзулла Абдуллаевич, Валиев, Л.А., & Хасанов, М.Н. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИ ТАРАККИЁТ БОСКИЧЛАРИ (УЗБЕКИСТОН ТЕМИР ЙУЛ ТРАНСПОРТИ МИСОЛИДА). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (9), 606-

11. C. PaMaroB, M. XacaHOB, & .TOHHH A3aMarOBHH BanneB (2022). AWOEHH^O rxom XAETH BA HTMHH OA.TCAOHH MELPOCH. Academic research in educational sciences, 3 (6), 1161-1169.

12. 3pHne3OB y., PAMATOB ., TyxTa6oeB 3., BanneB .T., ^yMaHne3OBa H., & XacaHOB M. (2022). mPH AWOEHH^O KAPAfflTAPH^A HHCOH BA yHHHr MALHABHH roKCA^Hm 3APyPATH . World Scientific Research Journal, 9 (1), 197-202. Retrieved from http: //www.wsrj ournal .com/index.php/wsrj/article/view/2285

13. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Khasanov, M., Sultonov, S., & Kushakov, F. (2022). MODERN REQUIREMENTS FOR THE SPIRITUAL IMAGE OF YOUNG PEOPLE AND ITS MANIFESTATION IN PRACTICE. Academic research in educational sciences, 3(10), 582-586.

14. ^ypa6oeB, H. ro., KymaKOB, O. A., CyrnaHOB, C. X,., & XacaHOB, M. H. (2022). KOHOУЦHH.ПHK XyCyCH^T^APH^AH XHTOH OA^CAOACHHHHr KEHrAHHfflH. World scientific research journal, 9(2), 3742.

15. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Sultanov, S., & Khasanov, M. (2022). METHODS AND MEANS OF FORMATION OF SPIRITUAL MORAL CONSCIOUSNESS IN STUDENTS AND YOUTH OF UZBEKISTAN. World scientific research journal, 10(1), 257-262.

16. PaMaroB, C., XacaHOB, M. H., & BanneB, A. (2022). fflAP^ yHFOHHffl ^ABPH MyTAOAKKHP^APHHHHr CHECHH-Xy^y^HH TAL.THMOT.TAPH

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

612.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

(АБУ НАСР ФОРОБИЙ, АБУ РАЩОН БЕРУНИЙИНГ СМЁСИЙ^У^У^ИЙ КАРАШЛАРИ АСОСИДА). Academic research in educational sciences, 3(6), 705-

17. Ж. С. Раматов, & М. Хдсанов (2022). ОНТОЛОГИЧЕСКИХ И ГНОСЕОЛОГИЧЕСКИХ ВОЗЗРЕНИЙ АЛЬ-ФАРАБИ. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2 (6), 537-546.

18. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Кушаков, Файзулла Абдуллаевич, Валиев, Л.А., & Хасанов, М.Н. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИ ТАРАККИЁТ БОСКИЧЛАРИ (УЗБЕКИСТОН ТЕМИР ЙУЛ ТРАНСПОРТИ МИСОЛИДА). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (9), 606-

19. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Jurabayev, N., & Artikova, B. (2022, June). Constructive and optimal solutions for the formation of a stable ecological situation in the Aral Sea region of Uzbekistan. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030113). AIP Publishing LLC.

712.

612.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.