Научная статья на тему 'ТА’LIMDA KREATIV FIKRLASH VA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODLARI'

ТА’LIMDA KREATIV FIKRLASH VA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2465
183
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kreativlik / kreativlikni rivojlantirish / kreativlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi omillar / kreativ potensial / pedagogik kreativlik / pedagogning kreativ potensiali / ta’lim sifati / innovatsiya. / Creativity / development of creativity / factors hindering the development of creativity / creative potential / pedagogical creativity / creative potential of the pedagogue / quality of education / innovation.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shamsiddinova, E.

Ushbu maqolada ta’lim o‘quv jarayonini tashkil etishda innovatsion texnologiyalarning o’rni, hamda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqishini ortirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari, tа’limda kreativ fikrlashda va zamonaviy axborot texnologiyalarining ahamiyati haqida to’xtalib o’tkanmiz. Ta’lim jaroyonida zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o’z o’rnida qo’llashdagi takliflar keltirib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF USING CREATIVE THINKING AND MODERN INFORMATION TECHNOLOGIES IN EDUCATION

In this article, the role of innovative technologies in the organization of the educational process, as well as increasing interest in the use of interactive methods and information technologies in the educational process, the possibilities of using information and communication technologies, in education We have discussed the importance of creative thinking and modern information technologies. Proposals for the appropriate use of modern methods and information and communication technologies in the educational process are given.

Текст научной работы на тему «ТА’LIMDA KREATIV FIKRLASH VA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(6), June, 2023

TA'LIMDA KREATIV FIKRLASH VA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODLARI

Shamsiddinova E.

Texnologiya, menejment va kommunikatsiya instituti Pedagogika va psixologiya kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'lim o'quv jarayonini tashkil etishda innovatsion texnologiyalarning o'rni, hamda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o 'quv jarayonida qo 'llashga bo 'lgan qiziqishini ortirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari, ta 'limda kreativ fikrlashda va zamonaviy axborot texnologiyalarining ahamiyati haqida to'xtalib o 'tkanmiz. Ta 'lim jaroyonida zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o'z o'rnida qo 'llashdagi takliflar keltirib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: Kreativlik, kreativlikni rivojlantirish, kreativlikni rivojlantirishga to'sqinlik qiluvchi omillar, kreativ potensial, pedagogik kreativlik, pedagogning kreativpotensiali, ta'lim sifati, innovatsiya.

ABSTRACT

In this article, the role of innovative technologies in the organization of the educational process, as well as increasing interest in the use of interactive methods and information technologies in the educational process, the possibilities of using information and communication technologies, in education We have discussed the importance of creative thinking and modern information technologies. Proposals for the appropriate use of modern methods and information and communication technologies in the educational process are given.

Key words: Creativity, development of creativity, factors hindering the development of creativity, creative potential, pedagogical creativity, creative potential of the pedagogue, quality of education, innovation.

KIRISH

Hozirgi kunda zamonaviy ta'lim jarayonida interfaol usullar va zamonaviy axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topish, mustaqil o'rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishga o'rgatadi.Jahon mamlakatlari kelajak kadrlarni tayorlashda talabalarni zamonaviy bilimlar bilan o'qitish, mustaqil ta'lim olish

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

ko'nikmalarini shakllantirish, egallangan bilimlarini ijodiy tarzda qo'llash zamonaviy ta'limning asosiy masalalaridan biri bo'lib hisoblanadi. "Kreativlik" va "pedagogik kreativlik" tushunchalarining mohiyati. Zamonaviy pedagogikada "kreativ pedagogika" tushunchasi qo'llanila boshlaganiga hali u qadar ko'p vaqt bo'lmadi. Biroq, o'qitish jarayoniga innovatsion hamda ijodkorlik yondashuvlarini qaror toptirishga bo'lgan ehtiyoj "Kreativ pedagogika"ning pedagogik turkum fanlar orasida mustaqil predmet sifatida shakllanishini ta'minladi. Ushbu predmet asoslarini pedagogika tarixi, umumiy va kasbiy pedagogika hamda psixologiya, xususiy fanlarni o'qitish metodikasi, ta'lim texnologiyasi va kasbiy etika kabi fanlarning metodologik g'oyalari tashkil etadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Kreativ pedagogika" fanining umumiy asoslari mutaxassis, shu jumladan, bo'lajak mutaxassislarning kasbiy kamol topishlari uchun zarur shartsharoitni yaratishga xizmat qiladi. Shaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o'z mohiyatiga ko'ra jarayon tarzda namoyon bo'ladi. Kasbiy yetuklik inson ontogenezining muhim davrlari kasbiy kamol topish, rivojlanish g'oyalarining qaror topishi (14-17 yosh)dan boshlanib, kasbiy faoliyatning yakunlanishi (55-60 yosh)gacha bo'lgan jarayonda kechadi. Ijodkor shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami o'zgarishining o'zaro mos kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy shartsharoitlar hamda inson ontogengizi - tug'ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog'liq. Ma'lumki, kasbiy tajriba bilim, ko'nikma va malakalarning integratsiyasi sifatida aks etadi. Biroq, kasbiy-ijoiy faoliyat ko'nikmalarining o'zlashtirilishi nafaqat amaliy ko'nikma va malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqishni emas, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan xabardor bo'lish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarining yetarli darajada o'zlashtirilishi talab etadi. Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning o'zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash mumkin. Ushbu jarayonning sur'ati va qamrovi biologik va ijtimoiy omillar, shaxsning faolligi va kreativ sifatlari, shuningdek, mavjud shart-sharoit, hayotiy muhim va kasbiy shartlangan hodisalarga bog'liq. Zamonaviy sharoitda pedagogn ing kreativlik sifatlariga ega bo'lishi taqozo etadi. So'nggi yillarda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ta'lim tizimida talaba va talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e'tibor qaratilmoqda.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Buni Bronson, Merriyman (2010 y.), Ken Robinson (2007 y.), Fisher, Frey (2008 y.), Begetto, Kaufman (2013 y.), Ali (2011 y.), Treffinger (2008 y.) va b. tomonidan olib borilgan ko'plab tadqiqotlar, ulaming natijalarian ko'rish mumkin. Birgina Ken Robinson tomonidan 2007 yilda tayyorlangan "Maktab kreativlikni barbod etyaptimi?" nomli video lavhani YouTube saytida 5 mln marta tomosha qilingan. Qolaversa, o'qituvchilar kreativlik asoslarini o'rganishga jiddiy kirishganlar (Begetto, Kaufman, 2013 y.). O'qituvchilarda pedagogik faoliyatni kreativ yondashuv ko'nikma, malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga doir adabiyotlar chop etilyapti, Ta'lim departamenti tomonidan tayyorlangan video lavhalarga asoslanuvchi noan'anaviy darslar tashkil etilyapti (Ali, 2011; Ta'lim departamenti, 2013 y.). Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay, ko'pchilik o'qituvchilar hali hanuz shaxs (o'zlarida hamda talabalarda kreativlik sifatlarini qanday qilib samarali shakllantirish tajribasini o'zlashtira olmayaptilar. Ta'lim tizimini boshqarish organlari har yili ta'lim muassasalarida yuqori samaradorlikka erishishga e'tibor qaratadi. Ana shu maqsadda o'quv dasturini ishlab chiqiladi, yangi o'quv darsliklari yaratiladi. Bu esa ham talabalar, ham o'qituvchilarni kasbiy o'sishlariga yordam beradi. Olib boriladigan amaliy harakatlar talabalarda yutuqlarga erishish, olg'a intilishga bo'lgan ehtiyojni muayyan arajada yuzaga keltiradi, ularning o'quv-bilish qobiliyatlarini bir qadar rivojlantirishga yordam beradi. Biroq, o'quv yilining oxirida kelib oliy ta'lim muassasalarida talabalarning fanlarni o'zlashtirishlarida yuqori darajadagi ijobiy natijalar kuzatilmayapti. Ko'plab talabalarning ta'lim olishga nisbatan qiziqishi yo'qolgan. Buning natijasida o'qituvchilar ham avvalgidek zavqu shavq bilan kasbiy faoliyatni tashkil etishni o'ylashmayapti. Ta'lim tizimini boshqaruvchi organlar ta'lim olishga nisbatan xohish-istagi bo'lmagan talabalar, bu kabi ta'lim oluvchilarni o'qitishni istamayotgan o'qituvchilar faoliyatini o'zgartirish borasida yangidan-yangi choratadbirlar belgilansa-da, ahvol o'zgarishsiz qolmoqda. Buning sababi nimada? Balki darslarning avvaldan o'ylab, rejalashtirilib qo'yilishi talabalar uchun qiziq bo'lmayotgandir, balki balki ta'lim mazmunining muayyan qolipga solinganligi talabalar uchun hech qanday stimul bermayotgandir, rag'bat bildirmayotgandir. O'quv mashg'ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish, talabalarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash, yangi g'oyalarni o'ylab topishga majbur qilish ta'lim olishga bo'lgan munosabatni o'zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga rag'batlantirishda asosiy omil bo'lar. O'quv mashg'ulotlarida yetishmayotgan omil - kreativlik sanaladi . Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini to'laqonli anglash uchun dastlab "kreativlik" tushunchasining ma'noni tushunib olish talab etiladi. Ken

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Robinsonning fikriga ko'ra, "kreativlik - o'z qiymatiga ega original g'oyalar majmui" (Azzam, 2009 y.) sanaladi. Gardner esa o'z tadqiqotlarida tushunchani shunday izohlaydi: "kreativlik - shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo'lib, u o'zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma'lum amaliy qiymatga ega bo'lishi lozim". Emebayl (1989 y.)ning yondashuvi nuqtai nazaridan ifodalansa, kreativlik "muayyan soha bo'yicha o'zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy ko'nikmalarga ham ega bo'lish" demakdir.

Oliy ta'lim o'quv jarayonini tashkil etishda innovatsion texnologiyalarning roli kun sayin ortib bormoqda.

Masofaviy texnologiyalardan foydalanish zamonaviy ta'limning imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Bugungi kunda Yer kurrasining istalgan joyidan turib, zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) imkoniyatidan foydalangan holda ta'lim olish mumkin. Zero an'anaviy ta'lim o'z mavqeini saqlab tursa ham, keyingi paytlarda masofaviy o'qitish texnologiyalari kundan-kun ommaviylashib bormoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda yangi jahon axborot- ta'lim muhitiga integrallashishga yo'naltirilgan ta'lim tizimi barpo etilmoqda. Bu ta'lim jarayonini tashkil etishda zamonaviy texnik imkoniyatlarga javob beradigan sezilarli o'zgarishlar bilan kuzatilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta'lim sohasiga kirib kelishi ta'lim usullari va o'qitish jarayonini yangicha yondashuv asosida tashkil etish shakllarini sifatli ravishda qulaylashtirib, o'zgartirish imkonini bermoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta'lim tizimini modernizatsiyalashtirish jarayonining eng muhim qismidir. AKT — bu turli texnik va dasturiy qurilmalar bilan axborotga ishlov berish usullaridir. U birinchi navbatda, zarur dasturiy ta'minotga ega bo'lgan kompyuterlar va ma'lumotlar joylashtirilgan telekommunikatsiya vositalaridir. 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi «Ta'lim to'g'risidagi» Qonunining 1-moddasida fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o'rgatishning huquqiy asoslari belgilab berildi hamda har kimning bilim olishdek konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashga qaratilganligi ta'kidlandi. Hozirgi davr ta'lim bosqichining yangi talablariga ehtiyoj yuqoriligini ko'rsatmoqda. Bunda masofaviy ta'lim texnologiyalarini ta'lim jarayonida qo'llash va uni boshqarish ham muhim o'rin tutadi. Bu borada, Respublikamizda qator dolzarb ishlar olib borilmoqda.

Yoshlarni zamonaviy bilimlar bilan o'qitish, mustaqil ta'lim olish ko'nikmalarini shakllantirish, egallangan bilimlarini ijodiy tarzda qo'llash zamonaviy ta'limning asosiy masalalaridan biri bo'lib hisoblanadi. Tajribali pedagoglar o'qitish jarayonini isloh qilish yo'llarini idirishda davom etib quymasdan, pedagogik

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

texnologiyalari yoki o'qitish texnologiyalarini yaratishga katta ahamiyat kasb qilmoqda. «Pedagogik texnologiya» termini o'tgan asrning 60-yillari boshlarida xorijiy davlatlarda paydo bo'lib, shu kungacha «Pedagogik texnologiya» bir nechta chet davlatlarda yan'iy, AQSH, Yaponiya va Angliya nufuzli jurnallarida va YUNESKO xalqaro tashkiloti ta'lim bo'yicha xalqaro byurosi byulletenida «Pedagogik texnologiya» seriyasida nashr qilinib kelmoqda.

2013-yildan boshlab O'zbekiston Respublikasi barcha oliy ta'lim muassasalari (OTM) o'rtasida yagona videokonferensiya ta'lim texnologiyasi amalga oshirildi va hozirgi kunda bu borada elektron ta'limga katta e'tibor qaratilmoqda. Bunda OTM larga yangi imkoniyatlar va istiqbollar ochib berish borasida rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, hududlardagi kadrlar malakasini masofadan boshqarish bunga misol bo'la oladi. Elektron yoki masofaviy ta'limning yangi bosqichida nafaqat axborot texnologiyalarini qo'llash, balki elektron shakldagi ta'lim manbalarini bilan ta'minlashni ko'zda tutiladi.

Masofaviy ta'lim texnologiyalari — masofaviy ta'lim bu E-Learningga qaraganda kengroq tushunchadir, u interfaol mustaqil ta'limning va qo'llab-quvvatlashning intensiv maslahat sintezi hisoblanadi. Shunday qilib, elektron ta'lim masofaviy ta'limning bir bo'lagi hisoblanadi. Masofaviy ta'lim asosiy o'quv materialini o'quvchilarga yetkazib berish va o'quv jarayonida o'quvchi va o'qituvchi orasida interfaol ishlashni ta'minlaydi. Bunda qo'llanmalarni yetkazib berish kompyuter va Internetsiz ham amalga oshirilishi mumkin.

Masofaviy ta'limning afzalliklari: Masofaviy texnologiyalardan foydalangan holda o'qitishning juda ko'p ijobiy tomonlari mavjud.

Yashash joyidan turib, o'qish imkoniyati — chekka qishloqlarda yashovchilarda katta shaharlarga borib, universitetga kirib-o'qish imkoniyati har doim ham bo'lavermaydi. Masofaviy ta'lim texnologiyalari ularga o'z shahridan ketmasdan turib, o'qish imkoniyatini yaratib beradi.

O'qish va ishni birga qo'shib olib borish-o'quvchilar ishdan ajralmagan holda ta'lim olish imkoniga ega bo'ladilar, bu, ayniqsa, malaka oshirish yoki ikkinchi oliy ma'lumot oluvchilarga juda qo'l keladi.

Sifatli texnologiyalar va o'quv mazmunini egallash- talaba sifatli o'quv materiallari yordamida o'qitilishi, o'qituvchi bilan muloqat qilishi va o'z individual o'quv rejasini tuzishi mumkin.

Baholashning xolisligi-masofaviy ta'lim texnologiyalari bilim sifatining doimiy nazorati, natijalarning baholanishi, inson omilidan xoli bo'lgan xolis avtomatlashtirilgan baholash joylarda moddiy manfaatdorlikni yo'qotishni ko'zda tutadi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Ta'limda individual yondashuv-o'zgaruvchan grafik, ish va o'qishni birga qo'shib olib borish, shuningdek, o'zlashtirilayotgan materialni ma'lumotni individual o'zlashtirish tezligiga moslash masofaviy ta'limni barcha uchun qulay qilib qo'ymoqda.

Zamonaviy gumanitar akademiya-masofaviy ta'limdagi yetakchilardan biridir. Bu innovatsion OTM bo'lib, u dunyoning turli burchaklarida talabalarga o'z yashash tarzini o'zgartirmasdan, arzon narxlarda sifatli elektron ta'lim olish imkonini beruvchi elektron ta'limdir.

Ta'lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish zamon talabidir. O'qitishning zamonaviy usullari va axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llamasdan turib, o'qituvchi o'z kasbiy faoliyatida samarali natijalarga erisha olmaydi. Ammo bunda ta'limning maqsad va mazmuni, usul va vositalari hamda tashkiliy shakllarini to'g'ri tanlash muhim ahamiyatga ega.

Axborotlar oqimining ortib borishi va ta'lim metodlarining murakkablashishi bilan ta'limni asosan an'anaviy usulda tashkil etish tobora qiyinlashib bormoqda.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari o'quv jarayonida alohida ahamiyatga ega bo'lib, ta'lim sohasi uchun nihoyatda keng imkoniyatlarni taqdim qiladi: differensial va individual o'qitish jarayonini tashkil qilishi; teskari aloqa bog'lashi: o'quvchilarning o'zini-o'zi nazorat qilish va tuzatib borishi; darslarda animatsiya, grafika, multiplikatsiya, ovoz kabi kompyuter va axborot texnologiyalardan foydalanilishi; o'quvchilarga fanni o'zlashtirish uchun ko'nikmalar hosil qilishi va hokazo.

Bilishning asosini amaliyot tashkil etadi. Axborot texnologiyalari esa ana shu jihatdan ham o'z ustunligiga ega.

O'rganilgan nazariy bilimlarning texnik vositalar asosida amaliy jihatdan ham yoritib berish imkoniyatining mavjudligi o'quvchilarning ta'lim jarayonida yanada faol ishtirok etishini ta'minlaydi. Axborotni qabul qilish va o'zlashtirish, ikki tomonlama muloqot (o'qituvchi va o'quvchi, o'quvchi va o'quvchi o'rtasida)ni samarali tashkil etish o'quvchilar faolligining yuqori bo'lishini talab etadi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari esa o'z navbatida motivlarni yuzaga keltiruvchi eng muhim omillardan biridir. Chunki, axborotlarning jamlanganligi, ko'rgazmaliligi, ya'ni turli xil taqdim etish imkoniyatlariiing mavjudligi, animatsiyalardan foydalanish, ta'lim-tarbiya oluvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlariga mos axborotlarni taqdim etib borish o'quvchilarda ta'limga bo'lgan qiziqishni va bilim olishga bo'lgan ichki harakatlantiruvchi kuchlar(motiv)ni yuzaga keltiradi. Bu borada olib boriladigan ishlar mazmuni motivni o'stirishga, uni qo'ya bilishni o'rgatishdan iborat.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(6), June, 2023

Axborotlardan samarali foydalanish asosida faoliyat ko'rsatish quyidagi vazifalarni hal etishning ma'qul yo'llarini ta'minlab beradi: manba va unda kechadigan jarayon to'g'risidagi ma'lumotlarni qayta ishlash; jarayonlar kechishi haqidagi davriy ma'lumotlarni muntazam olib turish va ular asosida nazoratlar olib borish.

O'qitishning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan tadqiqotchilik metodi ta'lim oluvchilarning ma'lum tematika doirasida ilmiy-texnik tadqiqot olib borish jarayonidagi mustaqil ijodiy faoliyatini ko'zda tutadi. Bu metoddan foydalanilganda ta'lim faol tadqiqot, kashfiyot va o'yin natijasi sanaladi .

Bizning fikrimizcha, uzluksiz ta'lim-tarbiya jarayonlariga axborot texnologiyalarini tatbiq etishda asosiy vazifalar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: • yangi axborot texnologiyalarini ta'lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishning zaruriy moddiy-texnika bazasini

yaratish;

• ta'lim-tarbiya jarayoni uchun zamonaviy axborot texnologiyalarini loyihalash va qo'llash; • foydalanuvchilarning zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilim va ko'nikmalarini shakllantirish; • zamonaviy texnologiyalar negizida ta'lim va tarbiya jarayonlaridagi samaradorlikni kafolatlash.

Ta'lim jarayonida axborot - kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishda quyidagi bosqichlarga e'tibor qaratish kerak: ta'lim oluvchilarda o'quv materiallarini taqdim etish va tushuntirish bosqichi, Kompyuter bilan o'zaro muloqot jarayonida o'quv materiallarini o'zlashtirish bosqichi; O'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalarni takrorlash hamda mustahkamlash bosqichi; Erishilgan yutuq va natijalarini o'zini - o'zi tekshirish orqali nazorat qilish bosqichi; Nazorat bosqichi; O'zini - o'zi, shuningdek, nazorat bosqichlari natija va xulosalariga ko'ra o'quv materiallarining taqsimlanishi, tasniflanishini, tizimga solinishini korreksiyalash, tuzatishlar kiritish bosqichi .

Texnologiyalar takomillashib borgani sari o'qituvchining roli ta'lim jarayonini boshqarish bo'lib qoladi.

Lekin bu holat o'qituvchining ta'limdagi o'rnini hech kamaytirmaydi va uni chetga surib chiqarmaydi. Ta'lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o'qituvchi vazifasini tubdan o'zgartiradi.

An'anaviy ta'limda o'qituvchining vazifasi axborot berish (mavzuni tushuntirish, takrorlash, mustahkamlash va h.k.) bo'lsa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo'llanganda bu vazifalarni kompyuter bajaradi (o'quv materiali kompyuter xotirasiga yoki SD disklarga kiritilgan bo'ladi), o'qituvchining asosiy vazifasi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

o'quvchining anglash faoliyatini boshqarish, o'quv jarayonini rejalashtirish va nazorat qilish bo'ladi.

Hozirgi fan-texnikaning rivoji bir tomondan axborotlarni, ma'lumotlarni ko'paytirsa, ikkinchi tomondan, o'quvchilarda bilimlarga barqaror qiziqishning yo'qolishiga olib keladi, chunki qat'iylik, ijodiy izlanish, irodaviy zo'r berish o'rnini loqaydlik, faoliyatsizlik egallaydi.

Boshqacha aytganda, ular «tayyor axborotlarning quli»ga aylanadilar. Chunki kompyuter, displey, EHM, kalkulyatorlar inson aqliy mehnatini yengillashtiradi, ularni aqliy zo'r berishdan xalos qiladi.

Bunda ta'lim jarayonining tashkilotchisi va boshqaruvchisi hisoblangan o'qituvchi roli muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki jarayonning to'g'ri tashkil etilishi yuqoridagi kamchiliklarni keltirib chiqarmaydi, balki ana shu imkoniyatlarning ijobiy tomonlarini topa olish va samarali foydalana olish imkoniyatlarini yaratadi. O'qituvchi o'quvchilar jamoasi kishilardan tashkil topganligini unutmasligi har bir o'quvchi shaxsini e'tibordan chetda qoldirmasligi kerak. O'quvchilar bilan psixologik aloqaning qisqa muddatga bo'lsada yo'qolishi, og'ir oqibatlarni vujudga keltiradi. Jarayonning to'g'ri tashkil etilishi bevosida pedagogning vazifalarini aniqlab olish va bajarilishining ta'minlanishiga bog'liq.

O'qitishning elektron vositalari. O'qitish jarayoni pedagog, ta'lim oluvchi va o'qitish vositalarining o'zaro ta'siridan iborat. Hozirgi zamon kompyuter vositalari va axborot texnologiyalari imkoniyatlari o'qitish vositalariga o'qituvchi va ta'lim oluvchi vazifalarining bir qismini yuklash imkonini beradi [8].

Axborot, uni olish vositalari va o'qitish dasturlariga boy. Bunday o'quv muhitida o'qituvchining roli qanday?

Birinchidan, an'anaviy o'qitishdagi o'qituvchining bilim berish vazifasi o'rniga o'quv jarayonini boshqarish, o'quv dasturlarining barcha bosqichlarida o'quvchiga maslahat berish, uning bilimi sifatini nazorat qilish vazifasi yuzaga keladi.

Ikkinchidan, tarbiyalash vazifasi. Ta'lim bu - professional va shaxsiy sifatlarni rivojlantiruvchi murakkab va ko'p qirrali jarayon. Shaxsni tarbiyalash jarayonidagi «jonli» muloqot insoniyat jamiyatining mavjudligi asosidir.

Darsni axborot - kommunikatsiya texnologiyalari asosida o'qitish o'qituvchi va ta'lim oluvchilar ishini ancha osonlashtiradi.

Inson shaxsining o'z-o'zini boshqarish va ta'lim jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi tomonidan qo'lga kiritilgan yutuqlar juda muhim hisoblanadi. Ayniqsa, ma'lumotlar asri bo'lgan 20- asrda va har bir alohida ma'lumotning qadr-qimmatini oshishi bashorat qilingan. Masalan, oddiy muloqot jarayonini yanada takomillashtirish, shaxslararo munosabatlardagi ta'sirchanlikni,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

samaradorligini oshirishda zamonaviy texnologiyalarning o'mi va roli juda muhim axamiyatga egadir.

Shunday qilib, ta'limda kreativ fikrlash va zamonaviy axborot texnologiyalari foydalanishda kompyuter vositalari yordamida olib boriladigan dars an'anaviy darsdan o'quv jarayonini tashkil etish va unda ishlatiladigan metodlar bilan ham farqlanadi. O'qish jarayoni o'quvchining mustaqil bilim olishiga asoslanadi. Bu tamoyil o'qitish jarayonida ishtirok etuvchi sub'ektlarning munosabatini va o'qituvchining jarayondagi rolini aniqlaydi.Shuning uchun ham axborot texnologiyalari, kompyuter asosida darslarda qiziqish, o'zini- o'zi boshqarish, yangi bilimlarni o'zlashtirib borishga intilish dars oxirigacha saqlanib qoladi. Kreativ ta"lim texnologiyasida,kreativ ta"lim jarayonini samarasini oshirish uchun har xil metodlardan foydalanish kerak.Masalan : "Idrok xarita", "Atirgul", "T-sxemasi","Zinama-zina", "FSMU", "Aqliy hujum", "Esse", "bayon,insho" yozish, "Blits sorov" kabi texnologiya va metodlar. Bunday darslarda o'quvchining bilim olish motivatsiyasi oshib boradi.

REFERENCES

1. Мирзиёев Ш.М. Таълим-тарбия тизимини такомиллаштириш масалалари буйича https://president.uz/uz/lists/view/3924

2. Усманов Р.Н. Интеллектуализация процесса принятия решений в условиях нечеткой исходной инфомации // Aloqa Dunyosi. - Ташкент, 2007.

3. Усманов Р.Н. К вопросу интеграции нечетко-множественного подхода в процесс диагностики состояний сложных систем // Химическая технология. Контроль и управление. - Ташкент, 2006.

4. Раматов, Ж. С., Рахимова, М. И., & Хасанов, М. Н. (2022). МАФКУРАВИЙ ТАХДИДЛАРНИ ОЛДИНИ ОЛИШДА ИСЛОМИЙ КАДРИЯТЛАРНИНГ УРНИ. Academic research in educational sciences, 3(6), 1031-1036.

5. Бобошев, З. Н., Хасанов, М. Н., & Нуруллаев, Э. А. (2022). АБУ НАСР ФОРОБИЙНИНГ ПЕДАГОГИКА ФАНИНИНГ АСОСЧИСИ СИФАТИДА.

6. Ж. С. Раматов, М. Хасанов, & Лочин Азаматович Валиев (2022). АУРОБИНДО ГХОШ ХАЁТИ ВА ИЛМИЙ ФАЛСАФИЙ МЕЪРОСИ. Academic research in educational sciences, 3 (6), 1161-1169.

7. J. S. Ramatov, M. Hasanov AL-FAROBIY SIYOSIY DAVRAN VA IJTIMOIY-MADANIY AHVOL // Pedagogik fanlarda akademik tadqiqotlar. 2022 yil. 6-son. URL: https://cyberleninka.ru/article/n7al-farobiy-davridagi-siyosiy-va-izhtimoiy-madaniy- vaziyat (kirish sanasi: 12.11.2022).

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

8. Дасанов, М. Н., Азимбаев, А. А., & Каримов, Б. (2022). АБУ НАСР ФОРОБИЙНИНГ ШАХС МАЪНАВИЙ КАМОЛОТИГА ДОИР КАРАШЛАРИ.

9. Раматов, Ж. С., & Дасанов, М. (2022). МАФКУРАВИЙ ТАДДИДЛАРНИ ОЛДИНИ ОЛИШДА АХЛОКИЙ ТАРБИЯНИНГ АДАМИЯТИ. Academic research in educational sciences, 3(6), 952-956.

10. Ramatov, J. S., Valiev, L. A., & Xasanov, M. N. (2022). XIX ASRDA HINDISTONDAGI IZHTIMOII-FALSAFIY JARAYONLAR.

11. Раматов, Ж. С., Муратова, Д., Султанов, С. Д., Тухтабоев, Э., Кушаков, Ф., & Хасанов, М. Н. (2022). ИЖТИМOИЙ AДOЛAТ BA КAДРИЯТЛAР ПЛЮРAЛИЗМИ. World scientific research journal, 8(1), 102-108.

12. Раматов, Ж. С., Баратов, Р. У., Султанов, С. Д., Муратова, Д. А., Хасанов, М. Н., & Эрниёзов, У. К. (2022). ЁШЛАР ЗАМОНАВИЙ МАДАНИЙ КИЁФАСИ ВА УМУМИНСОНИЙ КАДРИЯТЛАР ТУШУНЧАСИНИНГ МАЗМУН-МОДИЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10), 376-386.

13. Hasanov, M., & Tuhtaboev, E. (2021). THE PERFORMANCE OF THE PERFECT MAN IN THE EASTERN RENESSANCE (ON THE EXAMPLE OF FARABI'S VIEWS). Innovative Technologica: Methodical Research Journal, 2(05), 1-6.

14. Hasanov M., Tuhtaboev E. THE PERFORMANCE OF THE PERFECT MAN IN THE EASTERN RENESSANCE (ON THE EXAMPLE OF FARABI'S VIEWS)

15. //Innovative Technologica: Methodical Research Journal. - 2021. - Т. 2. - №. 05. - С. 1- 6.

16. М.Н.Дасанов, Д.А.Дафизов, Р.Х.Тоиров, & Х.К.Болтабоев. (2022). АБУ НАСР ФОРОБИЙ ЯШАГАН ДАВРДАГИ ИЛМ-ФАН ВА ТАЪЛИМ-ТАРБИЯ . JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 4(3), 137-140. Retrieved from http: //www.wsrj ournal .com/index. php/new/articl e/view/62 7

17. Kaipbergenova, D. (2016). CHET TILI O'QITUVCHILARINING KASBIY VAZIFALARI VA PEDAGOGIC MAHORATI HAQIDA. ВЕСТНИК КАРАКАЛПАКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА ИМЕНИ БЕРДАХА, 33(4), 48-50.

18. Orakbayevna, K. D., Normuminovich, M., & Muxiddinovna, M. Z. (2021). English language teaching methodology for non-native speakers. Linguistics and Culture Review, 5(S3), 1721-1725.

19. Orakbayevna, K. D. (2022, February). SYNTACTIC AND SEMANTIC FEATURES OF COMPARISON IN ENGLISH, UZBEK AND RUSSIAN LANGUAGES. In Conference Zone (pp. 145-147).

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3(6), June, 2023

20. KHUSENALIYEVNA, K. D., CHORIYEVNA, A. Z., & ORAKBAYEVNA, K. D. (2021). Lexico-semantic features of technical teams of English and Uzbek languages. Journal of Contemporary Issues in Business and Government, 27(2), 4083-4088.

21. Orakbayevna, K. D. (2022). THE IMPORTANCE OF GRAMMAR IN LEARNING A FOREIGN LANGUAGE. Confrencea, 7(7), 69-72.

22. Orakbayevna, K. D. (2022). Using effective language learning strategies in teaching English. Texas Journal of Philology, Culture and History, 2, 1-3.

23. Orakbaevna, K. D. (2022). USING THE PRINCIPLE OF UNITY IN EDUCATION. PEDAGOG, 1(4), 1467-1473.

24. Kaipbergenova, D. (2017). THE IMPORTANCE OF MATERIAL DESIGNING IN LANGUAGE TEACHING. BECTHHK KAPAKA.mAKCKOrO rOCYAAPCTBEHHOro YHHBEPCHTETA HMEHH EEP^AXA, 34(3), 62-63.

25. Kaipbergenova, D. (2016). CHET TILI O'QITUVCHILARINING KASBIY VAZIFALARI VA PEDAGOGIC MAHORATI HAQIDA. BECTHHK KAPAKA^nAKCKOrO rOCY^APCTBEHHOrO YHHBEPCHTETA HMEHH EEP^AXA, 33(4), 48-50.

26. Eypnxag^aeBa, M.C. (2023). MAM^AKAT H^THCO^HËTH^A ABTOMOEHH TPAHCnOPTH KOPH^OP^APHHH PHBO^^AHTHPHm HCTH^EO^^APH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (1-2), 338-345.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.