Научная статья на тему 'OLIY TA'LIM JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH TALABALAR BILIMINI TRANSFORMATSIYALASH TENDENSIYASI SIFATIDA'

OLIY TA'LIM JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH TALABALAR BILIMINI TRANSFORMATSIYALASH TENDENSIYASI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

99
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Sh. A. Abdullaeva

XXI asr axborot-kommunikatsiya asrida ma`lumotlar hajmining keskin ko‘payishi tahsil oluvchilarda o‘quv materialini idrok qilish barobarida o‘zatilayotgan axborotning sifatiga ham alohida talablar quymoqda. Shu jihatdan olganda, talabalar bilimi transformatsiyasida o‘quv axborotini o‘zlashtirish texnologiyalarini takomillashtirish alohida e'tibor talab qilinayotgan masalalar sirasiga kiradi. Maqolada muallif Oliy ta`lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish tendensiyalariga urg’u bergan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В информационно-коммуникативную эпоху XXI века резкое увеличение объема информации предъявляет особые требования к качеству передаваемой информации учащимся, а также к восприятию учебного материала. С этой точки зрения совершенствование обучения информационным технологиям в преобразовании знаний учащихся является одним из вопросов, требующих особого внимания. В статье автор акцентирует внимание на тенденциях использования цифровых технологий в процессе высшего образования.

Текст научной работы на тему «OLIY TA'LIM JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH TALABALAR BILIMINI TRANSFORMATSIYALASH TENDENSIYASI SIFATIDA»

Volume 4 j NUU Conference 3 j 2G23 Sifatli ta'lim — O'zbekiston ^^^^^^^araqgiyotimng^oydevor^

OLIY TA'LIM JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH TALABALAR BILIMINI TRANSFORMATSIYALASH

TENDENSIYASI SIFATIDA

Sh. A. Abdullaeva

Nizomiy nomidagi TDPU Tillar fakulteti dekani, pedagogika fanlari doktori,

professor

ANNOTATSIYA

XXI asr axborot-kommunikatsiya asrida ma'lumotlar hajmining keskin ko'payishi tahsil oluvchilarda o'quv materialini idrok qilish barobarida o'zatilayotgan axborotning sifatiga ham alohida talablar quymoqda. Shu jihatdan olganda, talabalar bilimi transformatsiyasida o'quv axborotini o'zlashtirish texnologiyalarini takomillashtirish alohida e'tibor talab qilinayotgan masalalar sirasiga kiradi. Maqolada muallif Oliy ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish tendensiyalariga urg'u bergan.

Kalit so'zlar: raqamli texnologiyalar, innovatsiya, pedagogic kreativlik, IT ta'lim, pedtexnologiyalar

АННОТАЦИЯ

В информационно-коммуникативную эпоху XXI века резкое увеличение объема информации предъявляет особые требования к качеству передаваемой информации учащимся, а также к восприятию учебного материала. С этой точки зрения совершенствование обучения информационным технологиям в преобразовании знаний учащихся является одним из вопросов, требующих особого внимания. В статье автор акцентирует внимание на тенденциях использования цифровых технологий в процессе высшего образования.

Ключевые слова: цифровые технологии, инновации, педагогическое творчество, ИТ-образование, педтехнологии

ABSTRACT

In the information and communication age of the XXI st century, the sharp increase in the amount of information places special demands on the quality of the information transmitted to the students, along with the perception of the educational material. From this point of view, the improvement of learning information technologies in the

May 6, 2023

ll

Volume 4 | NUU Conference 3 | 2023 Sifatli ta'lim — O'zbekiston

transformation of students' knowledge is one of the issues that require special attention. In the article, the author emphasized the trends in the use of digital technologies in the process of higher education.

Keywords: digital technologies, innovation, pedagogical creativity, IT education, pedtechnologies

Davlatlar o'rtasidagi globallashuv jarayonlari internet, shaxsiy raqamli qurilmalar va tezkor ma'lumotlarni uzatish texnologiyalarining jadal rivojlanishiga sabab bo'lib, dunyo ta'lim sohasida keskin o'zgarishlarga olib keldi. Jahon ta'lim tizimini global innovatsion indeks reytingidagi o'rni fan, ixtirochilik va texnologiyalar transferini rivojlantirib borish, raqamli texnologiyalarni ta'lim jarayoniga keng qo'llash talabini quymoqda va tahsil oluvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga, mustaqil va kreativ fikrlashini rivojlantirishga qaratilmoqda. Ushbu IT ta'lim texnologiyalari vositasida ta'limni tashkil qilish masalalarini o'rganishga alohida e'tibor qaratilib, ilmiy izlanishlar zamirida turli axborot-kommunikatsion ta'lim texnologiyalari asosida ta'limni samarali tashkil qilish masalalarini o'rganishga qiziqish kuchaymoqda.

XXI asr axborot-kommunikatsiya asrida ma'lumotlar hajmining keskin ko'payishi tahsil oluvchilarda o'quv materialini idrok qilish barobarida o'zatilayotgan axborotning sifatiga ham alohida talablar quymoqda. Shu jihatdan olganda, talabalar bilimi transformatsiyasida o'quv axborotini o'zlashtirish texnologiyalarini takomillashtirish alohida e'tibor talab qilinayotgan masalalar sirasiga kiradi.

Raqamli texnologiyalar o'quv mashg'ulotlarini samarali tashkil etishga, yoshlarning muhim hayotiy yutuqlarini qondirishga, o'z nuqtai nazarlarini ilmiy asoslashga imkoniyat yaratadi va o'qitishda samarali natijalarni beradi. Shu jihatdan olganda, zamonaviy auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg'ulotlarini axborot texnologiyalari yordamida tashkil qilish masalalari alohida dolzarblik kasb etadi.

Talabalar bilimi transformatsiyasida raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlarini o'rganish, uni tadqiq etish, takomillashtirish dolzarb masalalar sirasiga kiradi.

O'zbekiston Respublikasining 2020 yil, 23 sentyabrda qabul qilingan Ta'lim to'g'risida»gi Qonunning 11-moddasida oliy ta'lim xaqida: "Oliy ma'lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta'lim tashkilotlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshirilishi va oliy ta'lim bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari

May 6, 2023

12

Volume 4 | NUU Conference 3 | 2023 Sifatli ta'lim — O'zbekiston taraqqivotining povdevori

bo'yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta'minlaydi"-deb e'tirof etilgan.

Shunday ekan, mamlakatimiz ta'lim transferida bo'lajak kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda davlat-ta'lim-tarbiya-jamiyat shaklidagi uzluksiz ta'lim tizimi samaradorligini oshirish, e-Governance institutlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni yaratishga zamin yaratilishi zarur bo'lib, o'qitishning ilg'or metodlarini joriy qilish orqali yetuk mutaxassislar tayyorlanishiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Talabalar bilimi transformatsiyasida raqamli tehnologiyalardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishda ayrim ziddiyatli jihatlar mavjudligicha qolmoqda:

birinchidan, hozirgi faoliyat yuritayotgan OTMlar talabalarining bilimi transformatsiyasida o'qitishga bo'lgan yondashuvlarni yangilashga bo'lgan ehtiyojning paydo bo'lishi;

ikkinchidan, tahsil oluvchining bilish darajasini oshirishga bo'lgan kompetensiyaviy yondashuvlarga ehtiyojning ortishi;

uchinchidan, o'zini oqlamagan pedagogik sharoitlarda moddiy-texnika bazaning eskirgani, kompetentli mutaxassislarning yetishmayotganligi;

to'rtinchidan, o'qitish amaliyotini takomillashtirish zarurati, bo'lajak mutaxassisning kasbiy faoliyatida amaliy foydalanish holati uchun jamiyatning ijtimoiy buyurtmasiga bo'lgan talabning oshishi;

beshinchidan, veb-servis, podkasting, skrinkasting, strim va kengaytirilgan real texnologiyalaridan, shuningdek, mobil ilovalardan va alternativadan foydalangan holda oliy ta'limda o'qitish xizmatlari bo'yicha dasturiy ta'minotning yetishmasligi;

oltinchidan,oliy ta'lim tashkiloti bitiruvchilarining bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalarining amaliy qismi ta'lim oluvchilarning kelgusida faoliyat yuritadigan tashkilotlarida, ya'ni dual ta'lim to'liq amalga oshirilmayotganligi va boshqalar.

Yuqorida ko'rsatilgan ziddiyatli masalalar hal qilinganida, jamiyat takomilining yangi istiqbol maqsadi - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilish imkoniyati kengayadi. Shuningdek, o'ta muhim bo'lgan ijtimoiy-siyosiy yo'nalish - yoshlar talimida ham amalga oshirilishi lozim bo'lgan maqsadlar uyg'unligi amalga oshirilib, uni qayta qurish, dunyo ta'lim tizimiga integratsiya qilish, uning mazmunini milliy istiqlol g'oyasi va milliy manfaatlar asosida davom ettirish, demokratlashtirish, yangilash, modernizatsiya qilish va liberallashtirish, shuningdek ta'lim

jarayonini raqamli texnologiyalar bilan ta'minlash va innovatsion

May 6, 2023

Volume 4 | NUU Conference 3 | 2023 Sifatli ta'lim — O'zbekiston taraqqiyotining poydevori

pedagogik texnologiyalar bilan boyitish tushunchalarida o'z ifodasini topadi.

Bilim transformatsiyasi -bu nou-xau tarzidagi ma'lumotni yaratish uchun bilimlarni yangi mohiyatda o'zgartirish; shaxsning bilgan, xotirasida saqlagan, to'plagan bilimlarini, tajriba, mahorat asosida boshqa shaxslarga uzatish jarayoni tushuniladi, ya'ni rasmiylashtirilgan va norasmiy bilimlarning ijtimoiy jihatlari orqali bilimlarni o'zgalarga uzatishdir. Bilim transformatsiyasida bilimlar shaxslar o'rtasida sodir bo'lgan ijtimoiy jarayonni anglatadi.

Raqamli texnologiyalar talabalarning bilim o'zlashtirishlarida o'quv materialini reproduksiyalash (retelling tasks), konstruktorlik vazifalarini bajarish (design tasks), ijodiy topshiriqlarni bajarish (creative product tasks), vaziyatli muammolarni hal etish (consensus building tasks), e'tiqodni shakllantirish (persuasion tasks), o'zini -o'zi o'qitish (self-knowledge tasks), kompilyasion vazifani bajarish (compilation tasks), analitik tavsifdagi topshiriqlarni bajarish (analytical tasks), baholash, diagnostika qilishga oid topshiriqlarni bajarish (judgment tasks) va ilmiy muammolarni hal etishda (scientific tasks) katta samara beradi.

Talabalar bilimi transformatsiyasida raqamli texnologiyalardan foydalanish ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida tadqiq qilinar ekan, bu o'rinda hurmatli Prezidentimiz tomonidan Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida: "Raqamli iqtisodiyotga o'tmasak, orqada qolib ketyapmiz. Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda «Raqamli O'zbekiston -2030» dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur", -deya ta'kidlaganliklarini alohida qayd etishimiz zarur. Haqiqatdan ham, taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallash har qachongidan muhim. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga, shu jumladan ta'lim sohasiga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda. Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, shu bilan birga, ortiqcha xarajatlarni ham kamaytiradi. Demak, davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali natijadorlikni oshirish va odamlar turmushini keskin yaxshilashi lozim.

Shunday qilib, talabalar bilimi transformatsiyasida raqamli texnologiyalardan foydalanish ijtimoiy-pedagogik muammo bo'lib, u orqali:

1. Professor-o'qituvchilarda axborot texnologiyalari, bu sohadagi ilg'or xorij tajribalari haqida tasavvur hosil qilish va ulardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyalarini rivojlantirishga imkoniyat

kengayadi;

May 6, 2023

p

Volume 4 j NUU Conference 3 j 2023 Sifatli ta'lim — O'zbekiston taraqqiyotining poydevori

2. Tahsil oluvchilarda esa ijodiy qobiliyatni rivojlantirish, bilim olishni faollashtirishga imkoniyat yaratish hamda kelgusidagi kasbiy kompetentliligini oshirishga xizmat qiladi;

3. Raqamli texnologiyalar yordamida o'quv jarayonini samarali tashkil etish, o'qitish jarayonida ular asosida on layn va of layn seminar-treninglar, maxsus o'quv kurslarini tashkil etish va amaliyotga tatbiq etishga imkoniyat yaratiladi;

4. Talabalarda bo'lajak mutaxassislikka yo'naltirilgan kompetensiya- larni axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida o'rganish hamda uni joriy etish orqali takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yilning 28 yanvaridagi «2021-2026 yillarda Yangi O'zbekistonni yanada rivojlantirish bo'yicha Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida»gi PF-60-sonli Farmoni

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 oktyabrdagi "Axborot texnologiyalari sohasida ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4851 sonli Qarori

3. Рузметова, С. Т., & Абдуллаева, Ш. А. (2021). Использование цифровых технологий в образовании. Проблемы современной науки и образования, (3 (160)), 33-35.

4. Abdullaeva Sh.A., Norimova G. Strim texnologiyalari asosida talabalarning fanga oid konpetensiyalari rivojlantirish. Monografiya.T.: Nodirdabegim nashriyoti,2021-

5. Абдуллаева, Ш. А., & Арипова, М. Г. (2021). Имитационная модель коллаборативных проектов по русской литературе. Преподаватель XXI век, (21), 188-202.

6. Abdullaeva Sh.A. Zamonaviy talim trendlari.J.:Uzluksiz ta'lim,2021.,№3.-B.21-23.

7. Starichenko B. E., Arbuzov S. S. Primenenie skrinkastinga pri obuchenii IT-dissiplinam // Informatika i obrazovanie. — 2017. — № 2 (281). — S. 19—22.

8. Hamrokulova, Sh. (2022). PEDAGOGICAL-PROGRAMM IMPLEMENTATION OF THE DEVELOPMENT OF ENVIRONMENTAL EDUCATION IN HIGHER CLASS PUPILS OF SECONDARY SCHOOLS. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND

126b.

COMPUTER SCIENCES (CAJECS), 1(4), 52-56.

May 6, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.