Научная статья на тему 'TA'LIM JARAYONIDA GEYMIFIKATSIYADAN FOYDALANISH VA BAHOLASH'

TA'LIM JARAYONIDA GEYMIFIKATSIYADAN FOYDALANISH VA BAHOLASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

523
80
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli texnologiya / geym / geymifikatsiya / milliy ta'lim tizimi / ta'lim sifati / ta'lim ishtirokchilari / rivojlanish. / digital technologies / game / gamification / national education system / quality of education / learning participants / development

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shaxzoda Abdullaevna Abdullaeva

Maqolada raqamli texnologiyalar sharoitida talabalarga geymifikatsiya yordamida mashg‗ulotlarni samarali tashkil etish xususida fikr bildirilgan bo‗lib, milliy ta'lim tizimiga ularni tatbiq etish borasida misollar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ASSESSMENT AND USE OF GAME IN THE EDUCATIONAL PROCESS

The article highlights the issues related to the introduction of gamification in the educational process during the period of digitalization of education, provides examples of their implementation in the national education system.

Текст научной работы на тему «TA'LIM JARAYONIDA GEYMIFIKATSIYADAN FOYDALANISH VA BAHOLASH»

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

SECTION 3. SPECIFICS OF INTERNATIONAL ASSESSMENT PROGRAMS AND STANDARDS FOR ONLINE LANGUAGE TEACHING

TA'LIM JARAYONIDA GEYMIFIKATSIYADAN FOYDALANISH VA

BAHOLASH

Shaxzoda Abdullaevna Abdullaeva

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Boshlang'ich ta'lim fakulteti dekani, pedagogika fanlari doktori, professor

"Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladf

Aristotel

ANNOTATSIYA

Maqolada raqamli texnologiyalar sharoitida talabalarga geymifikatsiya yordamida mashg'ulotlarni samarali tashkil etish xususida fikr bildirilgan bo'lib, milliy ta'lim tizimiga ularni tatbiq etish borasida misollar keltirilgan.

Tayanch tushunchalar: raqamli texnologiya, geym, geymifikatsiya, milliy ta'lim tizimi, ta'lim sifati, ta'lim ishtirokchilari, rivojlanish.

ASSESSMENT AND USE OF GAME IN THE EDUCATIONAL PROCESS

ABSTRACT

The article highlights the issues related to the introduction of gamification in the educational process during the period of digitalization of education, provides examples of their implementation in the national education system.

Keywords: digital technologies, game, gamification, national education system, quality of education, learning participants, development.

KIRISH

Uzluksiz ta'lim tizimida tahsil oluvchilarning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari va axborot resurslaridan keng foydalanish, ta'lim ehtiyojlari imkoniyatlarini kengaytirish alohida dolzarblik va ahamiyat kasb etmoqda. Bunda innovatsion texnologiyalar qatoridan o'rin olgan o'quv axborotini o'zlashtirishning pedagogik, psixologik va metodik xususiyatlarini o'rganish bilan birga raqamli geymifikatsiya texnologiyalaridan foydalanish masalalari yetakchilik qilmoqda.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 482 www.ares.uz

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

Rivojlangan mamlakatlar - AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy kabilarda ta'lim tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va vositalarining rivoji zamirida ta'lim iste'molchilari tomonidan elektron xizmatdan foydalanish orqali bilim, ko'nikma, malakalarni o'zlashtirish va kompetensiyalarni rivojlantirish shakllariga bo'lgan ehtiyoj oshib bormoqda hamda bu yo'nalishda keng qamrovli tadqiqot ishlari olib borilmoqda[3,4,5,6].

METODOLOGIYA

XX1 asr axborot-kommunikatsiya asrida ma'lumotlar hajmining keskin ko'payishi tahsil oluvchilarda o'quv materialini idrok qilish barobarida uzatilayotgan axborotning sifatiga ham alohida talablar quymoqda. Shu jihatdan olganda, tahsil oluvchi tomonidan o'quv axborotini o'zlashtirish texnologiyalarini takomillashtirish alohida e'tibor talab qilinayotgan masalalar sirasiga kiradi.

Zamonaviy dunyoda raqamlashtirish inson hayotining barcha sohalarini qamrab olar ekan, axborot jamiyatini shakllantirish jarayonida o'zbek ta'lim tizimi sohasida ham tub o'zgarishlar yuz bermoqda.

2020 yilning 24-sentyabrida Prezidentimiz tomonidan Oliy Majlis Senatida mamlakatimiz o'qituvchilariga qaratib aytilgan tabrik nutqida mamlakatimiz uchinchi Rennesansni boshidan kechirayotganligi to'g'risida fikr bildirildi. Rennesans-"madaniyatda, ilm-fanda, san'atda, ta'lim-tarbiyada, umuman, jamiyat hayotida uzoq muddatli turg'unlikdan keyin qayta jonlanib, tez rivojlanishni, ijtimoiy ong va qadriyatlar tizimi yangi sifat bosqichiga chiqishini bildiradi"[8]. Binobarin, mamlakatimizda raqamli texnologiyalar rivojlanayotgan jarayon aynan uchinchi Rennesans asosiga qurilayotganligini bildiradi.

2020 yil-mamlakatimizda "Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb belgilanishi bejiz emas edi.

Oliy Majlis senati a'zosi Abdurahim Erkaev yozishicha, "Uchinchi Rennesans

g'oyasi istiqbolga intilishga juda mos keladi. Mazkur g'oyaning safarbarlik kuchi,

umuman, mafkuraviy salohiyati juda yuqori. Ayni chog'da o'tmish tariximizning

shonli sahifalari, buyuk ajdodlarimizning bunyodkorlik va ijodkorlik salohiyati bilan

bog'lanadi. Bizga mazkur tushuncha kimlarning vorislari ekanimizni eslatib turadi.

Uchinchi Renessans g'oyasi milliy ruhiyatimizga, xalqimiz armon-orzusiga yaqin[8].

Shunday ekan, milliy ta'lim tizimida raqamli texnologiyalar asosida ta'lim-tarbiya

jarayonini tashkil qilish, qo'llash, ko'p jihatdan tahsil oluvchilar tomonidan

o'qitilayotgan mavzularni reproduksiyalash sharoitida (retelling tasks), konstruktorlik

vazifalarini bajarishda (design tasks), ijodiy topshiriqlarni bajarishda (creative

product tasks), vaziyatli muammolarni hal etishda (consensus building tasks), Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 483 www.ares.uz

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

e'tiqodni shakllantirishda (persuasion tasks), o'zini-o'zi o'qitishda (self-knowledge tasks), kompilyasion vazifani bajarganda (compilation tasks), topishmoqlar yechimini topishda (mystery tasks), jurnalistika sohasiga oid topshiriqlarni bajarishda (journalistic tasks), analitik tavsifdagi topshiriqlarni bajarishda (analytical tasks), baholash, diagnostika qilishga oid topshiriqlarni bajarishda (judgment tasks), ilmiy muammolarni hal etishda (scientific tasks) katta samara beradi. Shu asosda, ko'rib chiqilgan tadqiqot yo'nalishlari ichida biz maxsus e'tiborni o'qituvchi faoliyatidagi o'quv materiallarini raqamli texnologiyalar asosida taqdim qilish jarayoni mazmuni va mohiyati masalasi doirasida o'rgandik. Chunki oliy ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan o'qituvchining pedagogik faoliyati shaxsni tarbiyalash jarayonida ta'lim-tarbiya olish sharoitlarini yaratish, uning ehtiyojlarini qondirish va qobiliyatlarini ochish hamda rivojlantirishga yo'naltirilgan bo'lishi muqarrar.

TAHLIL

Mazkur maqola sahifalarida biz raqamli texnologiyalar sharoitida talabalarga geymifikatsiya yordamida mashg'ulotlarni samarali tashkil etish xususida fikr bildirmoqchimiz.

Geymifikatsiya - ta'lim jarayoni sub'ektlarining o'quv topshiriqlarini kompyuter o'yinlariga o'xshash vaziyatda qo'llash. Garchi, hozirgi kunda geymifikatsiya ko'proq biznes va ishlab chiqarish sohalarida qo'llanilib kelinsada, ta'lim jarayoniga geymlarning tobora kirib kelishi, uning samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Biz ilmiy manbalar, adabiyotlar va lug'atlarni tahlil qilib, "geym" so'zi bir necha ma'nolarda ishlatilishining guvohi bo'ldik: 1)sport sohasida ayrim o'yinlarning bir qismi. Masalan, tennis o'yinida bir necha geymlar mavjud (Ushakov. Tolkovbiy slovar russkogo yazbika Ushakova. 2012); 2) Kolt revolveriga o'xshash, cho'ntakda olib yurishga mo'ljallangan, vazni 700-740 g. bo'lgan 22 i 38 kalibrli oltizaryadli nemis revolveri; 3) Nemis qo'rol-yaroq ishlab chiqarish firmasining nomi; 4)Geym (Heim) Albert (1849-1937)- shveytsar geologi SSSR FA ning faxriy a'zosi (1925). tektonike Alp tog'lari textonikasi va glyasiologiya (muzliklar) bo'yicha tadqiqotlar olib borgan[7]. Barcha tavsiflarni tahlil qilib, mualliflik nuqtai nazaridan "geym" atamasiga quyidagicha ta'rif berildi:

Geym- IT sohasida bir necha darajali o'yinni bildirib, har bir bosqich o'yin foydalanuvchiga navbatdagi bosqichga o'tishga imkoniyatini yaratadi. Ta'lim jarayonida geymlar didaktik tavsifga ega bo'lib, tahsil oluvchini o'quv predmetiga qiziqishini va motivatsiyasini oshirishga mo'ljallanadi. Tahsil oluvchilarni o'qitishda geymlar tahsil oluvchilarda creative product tasks, ya'ni ijodiy topshiriqlarni bajarish

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

ko'nikmalarini rivojlantiradi, o'quv kurslari bo'yicha mavzularni sifatli o'tishga yordam beradi.

Ta'lim geymifikatsiyasi ta'limiy maqsadga erishish yoki qo'yilgan masalani yechishga qaratilgan geym-o'yinlar ketma-ketligini bajarish borasida ijrochiga tushunarli va aniq ko'rsatmalar berish nazarda tutiladi. Demak, oliy ta'lim jarayonida talaba tomonidan o'quv materialini samarali o'zlashtirish uchun shart-sharoit va imkoniyatlarni kengaytirishda o'qituvchi ta'lim geymifikatsiyasidan (nazariy) va amaliy operatsiyalarning ketma-ketlik tartibini o'yinlar orqali amalga oshiradi. Geymlar mustaqil o'qitish dasturi yoki, boshqa o'qitish dasturining qismi bo'lishi mumkin.

Raqamli texnologiyalar sharoitida talabalarga geymifikatsiya yordamida turli kompyuterli o'yinlar orqali o'quv materiali algoritmlar, jadvallar asosida va blok-sxema shaklida berilishi mumkin. Og'zaki tarzda berilgan algoritm tabiiy til xususiyatlariga ko'ra so'zlar va jumlalarning bayon etilishida yordam beradi. Geymlardagi algoritmning jadval asosida berilishi uni jadval hamda hisoblash formulalari shaklida ifodalashga xizmat qiladi.

Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilish yanada ko'proq didaktik samara beradi Shu bois, o'quv mashg'ulotlarida turli virtual laboratoriyalarni tashkil qilish, geymifikatsiyaning turlaridan foydalanish zarur bo'ladi.

"Classroom ushbu xizmatdan foydalangan holda o'qituvchilar o'quv onlayn kurslarini yaratish va ulardan foydalanish, mavzular, topshiriqlar, munozaralar yaratish, yangiliklar lentasini kiritish, istalgan formatdagi fayllarni yuklash, havolalarni qo'shish, boshqa o'qituvchilar va talabalarni bog'lash, avtomatik ravishda sinflar kitobini yaratish kabi imkoniyatiga ega bo'lishadi. Biroq, shuni ta'kidlash kerakki, ushbu xizmat faqat ixtisoslashgan Google Education muhiti doirasida taqdim etiladi»[6,87-b. ].

Classroomda geymlar yordamida o'qituvchi talabalarni mustaqil ravishda ob'ektlarni o'rganish, zaruriy o'lchov ishlarini olib borish, aloqadorlikni o'rnatish, shuningdek, hodisalarning mohiyatini anglab yetishga, faol bilish jarayoniga yo'naltirishi lozim.

O'qituvchilar "Classroom" xizmatidan foydalangan holda onlayn kurslarni yaratishda, to'ldirishda, o'zgartirganda, barcha fayllar avtomatik ravishda tegishli nomdagi papkalarda diskka ko'paytiriladi. Ushbu xizmatlardan foydalangan holda hujjatlar, jadvallar, taqdimotlar, shakllar, veb-saytlar va boshqalar o'qituvchilar va talabalar yakka tartibda va birgalikda turli xil matnli, grafik va jadvalli hujjatlar,

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

so'rovnomalar va testlar, veb-saytlar, bloglar va boshqalarni yaratish, tahrirlash va ko'rishlari mumkin. yaratilgan fayllar shaxsiy diskda saqlanadi.

Hangouts xizmatidan foydalangan holda, o'qituvchilar va talabalar qisqa vaqt ichida bir-birlari bilan xabar almashishlari, guruh suhbatlari tashkil qilishlari, bir-birlariga qo'ng'iroq qilishlari va real vaqtda video uchrashuvlar o'tkazishlari mumkin.

YouTube xizmati yordamida o'qituvchilar va talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega bo'lishadi: 1) o'z video kanallarini yaratish, videolarni yuklash, tahrirlash va nashr etish; 2) natijada olingan videoni kanalda va shaxsiy kompyuterda saqlash va tahrirlash bilan jonli efirlarni olib borish (birinchi usul Hangouts orqali, bu holda faqat veb-kameradan olingan tasvir va ovoz translyasiya qilinadi, ikkinchi usul maxsus videokoder yordamida, masalan, Open Broadcaster Software (OBS)video yozish va oqim uchun bepul va ochiq kodli dasturiy ta'minotdir[5,32-b.].

Yuqorida striming texnologiyalariga kiruvchi ushbu barcha xizmatlar o'zaro faoliyat platformalardir, ya'ni ular mobil qurilmalarda (Android, IOS, Windows Phone kabi operatsion tizimida) va shaxsiy kompyuterlarda (Windows, Linux, Mac operatsion tizimlarida) ishlatilishi mumkin.

NATIJA

Biz raqamli texnologiyalar sharoitida talabalarga geymifikatsiya yordamida "Omadli imkoniyat" geym ilovasini ishlab chiqdik. Buning uchun biz raqamli texnologiyalar vositasida 1dan 25 raqamigacha bo'lgan loto barellarni, "bochka'larini tayyorladik. Geymning borishi Komandalar tanishuvi Jyurilarni tanishtirish

Komandalarni qur'a tashlash yo 'li bilan o 'yinga jalb qilish 1-Geym. Barrel muammolari

Ushbu o'yinda jamoalar navbatma-navbat bochkalardan raqamli savollarni tortib olishadi (har bir jamoa uchun 5 tadan savol) va boshlovchi ushbu savollarni taqdimot qiladi. Savollar uchun ballar soni qiyinchilikka qarab har xil bo'lishi mumkin. Ushbu o'yinda "omadli imkoniyat" paydo bo'ladi. Savollar:

1.Statistik ma'lumotlarga ko'ra, uyda kompyuteri mavjud bo'lganlarning uchdan ikki qismi, undan aynan shu maqsadda foydalanishadi. Bu nima? Javob: o'yinlar uchun(1 ball).

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

2.Ajablanarli bo'lsada, hyech kim hyech qachon o'qimaydigan matnli faylning nomi nima? Javob: Readme.txt. (1 ball)

3. Bu belgi Internet davrining o'ziga xos ramziga aylandi. Shuni ham ta'kidlash joizki, u eski yozuv mashinalarida bo'lmagan, u faqat Internet rivojlanishi bilan paydo bo'lgan. Javob: @ - savdo maydonchasi(1 ball)

Nima uchun protsessor kompyuter tilida "tosh" deb ataladi? Javob: Chunki protsessor chipining yadrosi yuqori toza kremniy kristalidan tayyorlangan(3 ball).

4. Ma'lumotlar bazasida yozuvlarni tanlash sharti yoki, qurilma, suyuqlik va gazlarni qattiq zarrachalardan tozalash vositasi nima deb nomlanadi? Javob: filtr(2 ball).

5. XVII asr oxirida taniqli italiyalik qo'shiqchi- Balatri Rossiyaga tashrif buyurdi. U rus xalq musiqasiga juda qiziqib qoldi va hatto rus tilini bilmasligiga qaramay, ba'zi qo'shiqlarini yozib oldi. Balatri matnni qanday yozish usulini o'ylab topdi. Bu usul klaviaturada kerakli tartib mavjud bo'lmaganda ham hanuzgacha qo'llaniladi. Javob: transliteratsiya(3 ball) .

6. Insonlarning kompyuterlarga bo'lgan ishonchi darhol paydo bo'lmagan. Tashkilotlarning hisob-kitob bo'limlarida ish haqi yoki mukofotlarning hisob-kitoblarini olib borish uchun unga murojaat etishgan. Bu nima? Javob: Kalkulyator (3 ball). Shu alfozda taqdim qilingan savollar orqali tahsil oluvchini navbatdagi geymlarga undash va o'yin jarayonida uning ham bilimini tekshirib ko'rish, ham yangi ma'lumotlarni taqdim qilish va o'rganilayotgan fanga bo'lgan qiziqishini rivojlantirish mumkin.

XULOSA

Shunday qilib, geymifikatsiya - bu onlayn tarzda o'qitiladigan mashg'ulotlarda ta'lim ishtirokchilari harakatlarini amalga oshirishga va yaxshi natijalarga erishishga undashning usuli. Biroq, geymifikatsiyani amalga oshirishda internet-marketing strategiyasidagi har qanday o'zgarishlar oqilona asoslanishni talab qilishini va maqsadli auditoriyaning o'ziga xos ehtiyojini qondiradigan yoki uning vakiliga zavq bag'ishlaydigan holatlardagina tavsiya etilishi mumkin.

O'qituvchining geymifikatsiyadan foydalanish faoliyati ma'ruza, seminar, amaliy mashg'ulotlar, laboratoriya mashg'ulotlari, o'quv anjumanlari, maslahatlar, ekskursiya, ekspeditsiya kabi shakllarda o'z ifodasini topishi mumkin.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risida Qonuni.-T.; 2020y. 23 sentyabr

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

2.O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-son Farmoni. 2017 yil 7 fevral.

3.O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5847 son Farmoni, 2019 yil 8 oktyabr.

4./https://uza.uz/uz/posts/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-25-01-2020

5. Арбузов С. С. Реализация информационно-технологической модели подготовки будущих ИТ специалистов в области инфокоммуникационных систем и сетей // Педагогическое образование в России. - 2014. - № 8. - С. 8589.

6. Арбузов С. С. Технологии подкастинга как средство активизации учебной деятельности студентов при обучении компьютерным сетям // Педагогическое образование в России. - 2015. - № 7. - С. 30-35. 3. 9. Арбузов С. С. Формирование компетенций в области компьютерных сетей у бакалавров в процессе обучения информатике : дис. ... канд. пед. наук: 13.00.02. -Екатеринбург, 2016. - 169 с.

7. Толковый словарь русского языка / Под ред. Д.Н. Ушакова. — М.: Гос. ин-т "Сов. энцикл."; ОГИЗ; Гос. изд-во иностр. и нац. слов., 1935-1940. (4 т.) / https://www.google.com/s(Мурожаат вакти:02.01.2021)

8. Эркаев А. Учинчи Реннесанс нима/ https://www.google.com/search. (Мурожаат вакти:03.01.2021)

9. https://obsproject.com(Мурожаат вакти:03.01.2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.