Научная статья на тему 'AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING TALABALAR KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDAGI O‘ZIGA XOS JIHATLAR'

AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING TALABALAR KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDAGI O‘ZIGA XOS JIHATLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

318
52
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborot / axborot-kommunikasiya / kompetensiya / bilim / ko‘nikma / malaka / qobiliyat / talaba / mahorat / kompyuter

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — 257-260

Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida talabalarga axborot – kommunikatsiya texnologiyalari asosida o‘qitish orqali ularni kasbiy faoliyatga tayyorlash hamda kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING TALABALAR KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDAGI O‘ZIGA XOS JIHATLAR»

AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING TALABALAR KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDAGI O'ZIGA

XOS JIHATLARI

Mazkur maqolada oliy ta'lim tizimida talabalarga axborot - kommunikatsiya texnologiyalari asosida o'qitish orqali ularni kasbiy faoliyatga tayyorlash hamda kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: axborot, axborot-kommunikasiya, kompetensiya, bilim, ko'nikma, malaka, qobiliyat, talaba, mahorat, kompyuter

Bizning asosiy maqsadimiz yoshlarning sifatli ta'lim olishlariga erishish, ularning o'z qobiliyati va iste'dodini ro'yobga chiqarish uchun barcha bilimlarimizni yetkazib berishdan iborat. Zamonaviy axborot - kommunikatsiya texnologiyalari ta'lim jarayonining samaradorligini oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hozirgi tendentsiyalariga eng mos keladigan ta'lim faoliyati uchun pedagogik shart-sharoitlarni yaratish hamda mavjud usullar va vositalarni takomillashgan yangi yoki sifat jihatidan yaxshilashga xizmat qiladi.

"Ta'lim to'g'risida"gi qonunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta'lim jarayoniga keng joriy etish, o'quv rejalari va o'quv dasturlariga muvofiq ta'lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko'nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmog'idan foydalangan holda elektron ta'lim va masofaviy ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda bilim olish nazarda tutilgan[1]. Elektron ta'lim va masafoviy ta'lim nafaqat axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ta'lim faoliyatini tashkil etish, balki, eng muhimi, talabalar va o'qituvchilarning o'zaro hamkorligini auditoriyada yoki masofadan tashkil etish tushuniladi. Albatta bu jarayonni samarali tashkil etishda professor o'qituvchining axborot kommunikatsion kasbiy kompetentligi birinchi o'ringa chiqadi. Uzluksiz ta'limning har bir bosqichida pedagogik faoliyat olib borayotgan pedagogdan talab qilinadigan asosiy ko'nikma bu zamon bilan hamnafas eng so'ngi raqamli texnologiyalar bilan ishlash ko'nikmasiga hamda kasbiy kompetentsiyaga ega bo'lish

Xayrullo Maxmudovich Xasanov

Qo'qon DPI "Informatika" kafedrasi assistent-o'qituvchi

ANNOTATSIYA

hisoblanadi. Bunday yondashuv pedagog tomonidan elektron va

June 3

masofaviy texnologiyalardan interaktiv ta'lim shakllarini tashkil etishda faol foydalanish imkonini beradi, masalan: talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish, talabalar va o'qituvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar, talabalarning loyihalar bo'yicha birgalikdagi ishlarini tashkil etish va h.k.

Talabalarda kompetensiyaga asoslangan yondashuv kontekstida axborot-kommunikatsiyalarining o'ziga xos jihatlari:

1. Talabalarning axborot muhitidan foydalanish faoliyatlarini oshirish;

2. Talabalarga zaruriy o'quv materiallarini mustaqil o'zlashtirish uchun imkoniyatlar taqdim etish;

3. Talabalar tomonidan o'zlashtirilgan bilim va malakalarining test yoki yozma usullardagi nazoratlarini tahlil qilish;

4. Virtual laboratoriya mashg'ulotlari va shaxsiy amaliy topshiriqlarni bajarishda masofadan turib kafedra o'qituvchilarining maslahati va boshqa yordamlarini yaratish.

Ta'limni tashkil etishda axborot - kommunikatsiya texnonlogiyalarini qo'llash, yangi texnologiyalarni rivojlantirish oldimizga qo'ygan maqsadlarga erishishda asos bo'lib xizmat qiladi. Shuning uchun ta'lim jarayonida qo'llanilayotgan va qo'llanilishi kerak bo'lgan texnalogiyalarni ta'lim sohasidagi faoliyatini doimiy ravishda rivojlantirib, ularni turlaridan kengroq foydalanish orqali ta'lim sifatini oshirib borish ko'zlangan eng oliy maqsad hisoblanadi.

Oliy ta'lim muassasasi talabasi qaysi sohada tahsil olishidan qat'iy nazar, o'z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotga ishlov beruvchi vositalarni, ularni ishlatish uslubiyotini bilishi va ularda ishlash ko'nikmasiga ega bo'lishi zarur.

Ta'lim sohasidagi texnologiyalar doimiy ravishda rivojlanib, ularning turlari kengayib bormoqda. Quyidagi asosiy texnologiyalar guruhlarini ajratish mumkin:

1. Ta'limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. Ushbu texnologiyalardan foydalanish axborot jamiyatining rivojlanishi va hayotning barcha sohalarida axborot vositalarini faol joriy etish bilan bog'liq. Bunday texnologiyalar talabalar ongini axborotlashtirishga qaratilgan. Ta'lim dasturlari informatika, axborot jarayonlari va AKTni o'rganishga qaratilgan yangi fanlarni o'z ichiga oladi. Professor-o'qituvchilar va talabalarning axborot madaniyatini oshirishga yordam berish uchun o'quv jarayoni ham faol ravishda axborotlashtirilmoqda;

2. Intellektual rivojlanish monitoringi. Texnologiyalar grafiklardan foydalanishga, test tizimiga, individual

o'quvchilarning rivojlanish dinamikasini va umuman ta'lim

June 3

sifatini kuzatish imkonini beruvchi yangi baholash usullariga asoslangan;

3. Ta'lim texnologiyalari. O'quv jarayonini ta'limdan ajratib bo'lmaydi. Shuning uchun shaxsni, uning asosiy fazilatlarini rivojlantirishning yangi usullari joriy etilmoqda;

4. Didaktik texnologiyalar. Ular ta'lim muassasasi rivojlanishining asosiy omili hisoblanadi.

Bunday texnologiyalar an'anaviy va innovatsion texnologiyalardan foydalanishni o'z ichiga olgan texnik va dasturiy vositalar majmuasiga asoslanadi: elektron o'quv adabiyotlar bilan mustaqil ishlash, audiovizual, multimedia vositalaridan foydalanish, tabaqalashtirilgan o'qitish usullari.

Bo'lajak informatika fani o'qituvchilarini pedagogik kasbiy kompetentliligini shakllantirishda Informatika va raqamli texnologiyalar fani asos bo'lib xizmat qiladi. Informatika va raqamli texnologiyalar fani mazmuni, mustaqil hayotda qo'llash imkoniyati bo'lgan raqamli savodxonlikni va madaniyatni, tanqidiy fikrlash va kreativ axborot kommunikatsion kompetentsiyalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Informatika va raqamli texnologiyalar fani mazmuniga elektron kutubxona, virtual va intellektual bog'liq, robototexnika, arduino, masofadan o'qitish, ta'lim kontentini boshqarish tizimlari, to'ldirilgan borliq, hisoblash matematikasi, ijtimoiy tarmoqlar, internet tijorat, raqamli axborotlar bilan ishlash va ularni qayta ishlash texnologiyalarini qamrab oladi. O'zbekiston iqtisodiyoti rivoji uchun zarur bo'ladigan elementlarning kiritilishi, talabalarda ta'lim olishga kuchli motivatsiyani shakllantirish uchun bugungi kunda mustaqil hayotga qadam qo'yish, ta'limning keyingi bosqichiga o'tish uchun zarur kompetentsiyalarni rivojlantirishga yo'naltirilgan o'quv metodik, didaktik, dasturiy ta'minot, jihoz va uskunalarni shakllantirish va joriy qilish bugungi kunda bo'lajak pedagog kardlar tayyorlashda qo'l kelmoqda.

Ta'lim sohasidagi innovatsiyalar - ilg'or pedagogik tajribani amaliyotga joriy etish bilan bog'liq barcha narsalar - bilim, ko'nikma va malakalarni nazarda tutadi. Zamonaviy ilm-fanda yetakchi o'rinni egallagan ta'lim jarayoni o'quvchilarga bilim, ko'nikma, ko'nikma berish, shaxs, fuqarolik fazilatlarini shakllantirishga qaratilgan ta'lim jarayoni, ushbu jarayonning barcha ishtirokchilaridan tegishli kompetensiyani talab qiladi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, oliy ta'lim tizimi talabalarida informatika va raqamli texnologiyalar fani mazmuni, mustaqil hayotda qo'llash imkoniyati bo'lgan raqamli savodxonlikni va madaniyatni,

tanqidiy fikrlash va kreativ axborot kommunikatsion

June 3

kompetentsiyalarini shakllantirishda, informatika va raqamli texnologiyalar fani mazmuniga elektron kutubxona, virtual va intellektual bog'liq, robototexnika, arduino, masofadan o'qitish, ta'lim kontentini boshqarish tizimlari, to'ldirilgan borliq, hisoblash matematikasi, ijtimoiy tarmoqlar, internet tijorat, raqamli axborotlar bilan ishlash va ularni qayta ishlash texnologiyalar kabi O'zbekiston iqtisodiyoti rivoji uchun zarur bo'ladigan elementlarning kiritish, talabalarda ta'lim olishga kuchli motivatsiyani shakllantirish uchun bugungi kunda mustaqil hayotga qadam qo'yish, ta'limning keyingi bosqichiga o'tish uchun zarur kompetentsiyalarni rivojlantirishga yo'naltirilgan o'quv metodik, didaktik, dasturiy ta'minot, jihoz va uskunalarni shakllantirish lozim.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi "Ta'lim to'g'risi"da O'RQ-367-son Qonuni.

2. Quchqorova N.M. Pedagogik kasbiy kompetentligi va kreativlik. Darslik. T. Bookmany print, 2022. - 260 b.

3. Abduqodirov A. va bosh. Ta'limda innovatsion texnologiyalar. T.: 2008

1 .Mansurjonovich, J. M. (2022). METHODOLOGICAL FOUNDATIONS FOR IMPROVING THE CONTENT OF TRAINING FUTURE ICT TEACHERS IN THE CONDITIONS OF DIGITAL TRANSFORMATION OF EDUCATION. АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ, 9.

2. Juraev, M. M. (2021). Pedagogical conditions for the development of vocational education through interdisciplinary integration into the vocational education system. In НАУКА, ОБРАЗОВАНИЕ, ОБЩЕСТВО: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ (pp. 110-112).

3. Mansurjonovich, J. M. (2021). Experience Of Cambridge Curricula In Ensuring The Continuity Of Curricula In The Field Of "Computer Science And Information Technology" In The System Of Professional Education. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research, 3(11), 26-32.

4. Jumakuziyevich, Y. U. (2022). Pedagogy Methodology As The Basis For The Formation Of Teacher Methodological Culture. Journal of Positive School Psychology, 6(11), 2019-2022.

5. Zhumakuzievich, Y. U. (2022). FOLLOWING THE PRINCIPLES OF COMMUNICATION IN COMMUNICATIVE DIDACTICS.

Open Access Repository, 8(12), 573-575.

June 3

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.