ZAMONAVIY TEXNOLOGIYA VA INTERNETNING INSON ONGIGA TA'SIRI
Ibragimova Marjona Usmonjon qizi
O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6634740
Annotatsiya. Ushbu maqolada, hozirgi zamonaviy texnologiyaning va insoniyatning ajralmas bir qismiga aylanib borayotgan internetning jamiyat ongiga salbiy va ijobiy ta'siri, oqibatlari va uning ta'siri nimaga bog'liqligi, kiber jinoyatlar, va virtual do'stlar haqida ma'lumotlar yozilgan, internetning ijobiy va salbiy natijalarining solishtirmalari haqida ham aytib o'tilgan.
Kalit so'zlar: zamonaviy texnologiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyasi, internet, ijobiy, salbiy oqibatlar, virtual do'stlar, kiberjinoyatchilar
ВЛИЯНИЕ СОВРЕМЕННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ И ИНТЕРНЕТА НА СОЗНАНИЕ
ЧЕЛОВЕКА
Аннотация. В этой статье рассказывается о негативном и позитивном влиянии интернета на общественное сознание, которое становится неотъемлемой частью современных технологий и человечества, о последствиях и о том, каково его влияние, о киберпреступлениях, а также о виртуальных друзьях, которые были записаны, а также о сравнениях результатов.
Ключевые слова: современные технологии, Интернет, положительные, отрицательные последствия, виртуальные друзья, киберпреступники
INFORMATION ABOUT MODERN TECHNOLOGY AND THE HUMAN OF THE
Abstract. In this article, information about the negative and positive impact of the current modern technology and the internet, which is becoming an integral part of humanity, on the consciousness of society, the consequences of which and what its impact is connected with, cyber crimes, and virtual friends, is also written, and the comparisons of its outcome are also mentioned.
Keywords: modern technology, the Internet, positive, negative effects, virtual friends, cyber criminals
KIRISH
Bilamizki, XXI asr axborot texnologiyalari asri hisoblanadi va bu asrda texnologiya va internet jadal sur'atlarda rivojlanib bormoqda. Texnologiya so'zi muhandislik va ilmiy bilimlarning majmui hisoblanib, ularda mehnatning moddiy va real tarkibiy qismlari, shuningdek, ma'lum bir mahsulot yoki xizmatni olish uchun yaratilgan kombinatsiyalar turlari, shuningdek, yaratilgan kombinatsiyalar turlari mavjudligini bildiradi. Internet esa katta va kichik kompyuter tarmoqlarini o'zaro bog'lovchi butunjahon kompyuter tizimi sanaladi. Hozirgi kunda hech bir inson o'z hayotini internetsiz va mobil aloqalarsiz tasavvur qila olmaydi, ayniqsa, bizning kelajagimiz bo'lmish texnologiya asri yoshlari. Va insonlar internetdan har xil niyatda foydalanishadi, u foydali bo'lishi ham zararli bo'lishi ham mumkin, ya'ni har bir narsada bo'lgani kabi internetda ham salbiy va ijobiy qarashlar mavjud, va ushbu maqola, avvalo, uning ijobiy tomonlarini yoritadi va keyin uning salbiy oqibatlari haqida ma'lumot va ogohlantirishlar beradi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Zamonaviy texnologiya va internetning ijobiy tomonlari juda ham ko'p va u insonlarning internet va texnologiyadan qanday yo'lda foydalanishiga bog'liq. Hozirgi zamonaviy dunyoda har kuni kompyuterdan foydalanadiganlar soni juda ko'p va ularning aksariyati o'z hayotlarini butunjahon tarmog'i bo'lmish internetsiz tasavvur qila olmaydilar, aksincha, uni dunyodagi eng katta yutuq deb hisoblaydilar. Bu bir tomondan to'g'ri, chunki insonlar endi kutubxonalarga borishi, u yerda bo'lmasligi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni qidirishi yoki kimdir undan foydalanishini kutishi shart emas va ,ayniqsa, hozirgi kunda hech kim bir narsani soatlab kutishni xohlamaydi. Ammo, bugungi kunda texnologiya va internet shunchalik rivojlanib bormoqdaki, ular orqali har bir foydalanuvchi o'zi xohlagan hamma narsani topa olishi mumkin va unda ko'p vaqt va kuch sarflanmaydi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari zamonaviy jamiyatlarning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishida muhim va balki hal qiluvchi rol o'ynaydi. Axborot texnologiyalari har qanday zamonaviy jamiyat hayotining barcha jabhalariga ta'sir ko'rsatadigan strategik muhim sanoat hisoblanadi. U alohida shaxslar va umuman jamiyatlarning iqtisodiy o'sishi va ijtimoiy rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni ham yaratadi. Ta'lim jarayonidan kelib chiqqan holda aytadigan bo'lsak, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, albatta, o'qituvchi uchun ham o'quvchi uchun ham mavzuni tushuntirish va tushunishda juda samarali va qulay. Masalan, dars jarayonini oddiy tushuntirishdan va doskada bo'r orqali yozishdan ko'ra kompyuterdan slaydlarni namoyish etib o'quvchilarda tasavvur uyg'otish, o'yin texnologiyalari bilan ularni qiziqtirish orqali o'qitish ancha foydali bo'ladi va mavzu haqida tasavvurga ega bo'linganligi uchun xotirada uzoq vaqt muhrlanib qoladi.
TADQIQOT NATIJALARI
Shu bilan birga, kompyuter va Internetga qaramlik kattalar va bolalarga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Ammo, internet ko'plab foydali jihatlari bilan bir qatorda salbiy oqibatlarini ham namoyon qilmoqda. Aholida, ayniqsa, yoshlarda axborot iste'moli madaniyatining pastligi, turli xabarlar oqimidan kerakligini ajratib olishda bilim, malaka va ko'nikmaning yetishmasligi ba'zilarning g'arazli kimsa va oqimlar ta'siriga tushib qolishlariga, internet qaramligi kasalligiga yo'liqishlariga sabab bo'lmoqda. Texnologiya eng rivojlangan davlatlardan bo'lmish Xitoy Xalq Respublikasida internetga qaramlik kasallik sifatida e'tirof etilganligi va uni davolovchi maxsus shifoxonalar tashkil etilganligi buning yorqin isboti bo'la oladi. Yoshlarning juda ko'pchiligining internetga qaramligi butunjahon dunyoda global muammo bo'lib ulgurgan.
MUHOKAMA
Bu esa butunjahon dunyo kelajagi uchun fojea, chunki internetga qaram bo'lgan inson o'z qobig'iga o'ralashib qoladi va atrof olamdan bexabar qoladi, virtual-internet olami ularni mas'uliyatsiz, dangasa va loqayd qilib qo'yishidan tashqari sog'lig'iga va ruhiyatiga ham anchagina zarari bor. Agar insonlar, ayniqsa, yoshlar zamonaviy kompyuter o'yinlariga haddan tashqari berilib ketgan bo'lsa, ularni o'ynayotganda u qahramonlar roliga kirishib ketadi, haqiqiy vaqt va hayot tushunchasini yo'qotadi. Masalan, inson o'zini o'rnida tasavvur qilayotgan o'yin qahramoni halok bo'lsa, hatto, bu inson ham o'zini o'ldirishi mumkin. Internetning bunday salbiy tomonlari bo'lsa-da zamonaviy texnologiyalarning foydasi ,albatta, ko'proq bizning hayotimizda va undan unumli foydalanish o'z qo'limizda.
XULOSA. Shunday qilib, har bir narsaning me'yori yaxshi deganlaridek, zamonaviy texnologiya asrida yashasak ham internetdan kamroq va foydali yo'llarda foydalanishni
o'rganishimiz va o'rgatishimiz kerak va bu bizning kelajagimiz uchun vazifamizdir. To'g'ri, hozirgi kunda hech kim yo'qki biror bir mobil aloqasi va internetdan xabarsiz bo'lsa, ayniqsa yoshlarda kattalarga qaraganda tez o'rganuvchan bo'lganligi uchun bu narsa ular orasida juda tez va keng yoyilib kelyapti. Shuning uchun, bizning kelajagimiz bo'lmish avlodni Internetda muloqot qilishga o'rganib borishida, ularga tarmoqda umuman, o'z shaxsiy ma'lumotlari, uy telefoni raqami, manzili, shuningdek, ota-ona va yaqinlarining shaxsiy ma'lumotlarini berish mumkin emasligini tushuntirish kerak. Virtual «do'stlari» orasida yomon niyatli kimsalarga duch kelish xavfi va ular bilan haqiqiy hayotda uchrashishlari, ishonuvchan odatlariga ko'ra begonalar bilan dildan suhbatlashishlari xavfini alohida ta'kidlash zarur. Bunday muloqotlar ko'pincha kiberjinoyatchilar ya'ni internet orqali jinoyat qiluvchilar uchun juda qulay sharoit ekanligini har bir o'smir bilmog'i lozim va yoshlarning internetdan foydalanishini qattiq nazorat qilish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 1. Akhmedov, B. A., Makhkamova, M. U., Aydarov, E. B., Rizayev, O. B. (2020).
Trends in the use of the pedagogical cluster to improve the quality of information technology lessons. Экономика и социум, 12(79), 802-804
2. Yu.D. Babaeva, Axborotlashtirishning psixologik oqibatlari / "Psixologik jurnal", E
1, 1998, 88-100-betlar.
3. Zimbardo F., Leippe M. Ijtimoiy ta'sir. - Sankt-Peterburg: "Peter" nashriyoti, 2000, s
4. https://multiurok.ru/files/internetning-salbiy-va-ijobiy-tomonlari.html
5. O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil