Научная статья на тему 'XXI ASR – INTELLEKTUAL YOSHLAR ASRI'

XXI ASR – INTELLEKTUAL YOSHLAR ASRI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1341
67
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Intellekt / yoshlar / mediamadaniyat / internet / kommunikatsiya / axborot texnalogiyalari. / Intelligence / youth / media culture / internet / communication / information technology.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Malikova, Dildoraxon Qobilovna

Ushbu maqolada intellektual yoshlarning jamiyatdagi o‘rni, ularda media madaniyatning shakllanishining dolzarbligi, sohadagi muammo va yechimlar haqida fikr yuritilgan hamda ilmiy takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

XXI CENTURY THE CENTURY OF INTELLECTUAL YOUTH

This article discusses the role of intellectual youth in society, the relevance of the formation of media culture in them, the problems and solutions in the field, and provides scientific recommendations.

Текст научной работы на тему «XXI ASR – INTELLEKTUAL YOSHLAR ASRI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XXI ASR - INTELLEKTUAL YOSHLAR ASRI

Malikova Dildoraxon Qobilovna

T.N. Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti,

mustaqil tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada intellektual yoshlarning jamiyatdagi o'rni, ularda media madaniyatning shakllanishining dolzarbligi, sohadagi muammo va yechimlar haqida fikr yuritilgan hamda ilmiy takliflar berilgan.

Kalit so'zlar: Intellekt, yoshlar, mediamadaniyat, internet, kommunikatsiya, axborot texnalogiyalari.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматривается роль интеллектуальной молодежи в обществе, актуальность формирования у них медиакультуры, проблемы и решения в этой области, даются научные рекомендации.

Ключевые слова: интеллект, молодежь, медиакультура, интернет, общение, информационные технологии.

ABSTRACT

This article discusses the role of intellectual youth in society, the relevance of the formation of media culture in them, the problems and solutions in the field, and provides scientific recommendations.

Keywords: Intelligence, youth, media culture, internet, communication, information technology.

KIRISH

Hozirgi kunda yurtboshimiz tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar vatanimizning istiqboli, tinchligi, obodligiga yo'naltirilgan. Respublikamiz-ning bu borada taraqqiyoti va farovonligini, o'zining hayot faoliyati hamda kelajagi bilan uzviy bog'lab maqsad sari intiladigan intellektual yoshlarni tarbiyalash eng muhim vazifalardan sanaladi. Ilm- fan va texnologiyalarning jadal rivojlani- shi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste'dodi va qobiliyatlarini to'liq amalga oshirishga e'tibor berishga bog'liq bo'ladi. Bu borada "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida" O'zbekiston respublikasi qonunining 3-moddasida "Yoshlarga oid davlat siyosati - davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo'nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini

253

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy choratadbirlar tizimini yaratish" [1] belgilangan.

ADABIYOTLAR SHARHI

Mamlakatimiz insonlarning yashash shart- sharoitlarini yaxshilash, yoshlarga bilim berish, bo'sh vaqtlarini samarali tashkil etish va buning natijasida jamiyat hayotida faol ishtirok etish, oilasi, kasbi, vatanini sevish kabi ijobiy hislatlarni jo qilishga katta e'tibor qaratmoqda. Shu bois ham jamiyat taraqqiyotiga tegishli bo'lgan barcha sohalarga alohida ahamiyat berilmoqda. Yangilanayotgan O'zbekiston sharoitida yoshlarga davlat siyosati darajasida e'tibor berilib, kundan-kunga fan, ta'lim va ishlab chiqarish jarayonida yoshlarning intellektual salohiyati va tafakkur tarzi ijobiy tomonga o'zgarib bormoqda. Bu borada dalatimiz rahbarining quyidagi fikrlari o'rinlidir: "Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og'ishmasdan, qat'iyat bilan davom ettiramiz nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko'taramiz. Yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarinisafarbar etamiz." [2]

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Biroq, zamonaviy transformatsion jarayonlar hozirgi dunyoda tobora jadal-lashib bormoqda va mazkur jarayonlarning yoshlar hayotiga ko'rsatayotgan ta'siri har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etib, madaniyatning universiallashuvini kuchaytirmoqda. Hozirgi paytda mazkur jarayonlarning g'oyat o'tkir va keng qamrovli ta'sirini deyarli barcha sohalarda ko'rish mumkin. Ayniqsa, davlatlar va xalqlar o'rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, xorijiy investitsiya, ko'plab yangi ish o'rinlarining yaratilishi, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarining tezkorlik bilan tarqalishi, turli qadriyat- larning umuminsoniy negizida uyg'unlashuvi, sivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi, ekologik ofatlar paytida o'zaro yordam ko'rsatish imkoniyatlarining ortishi - tabiiyki, yoshlar masalasiga jiddiy e'tibor berish va ularni turli ma'naviy tahdidlardan himoya qilish va dunyo xamjamiyatida o'z o'rnini topishga ko'maklashish zarurligini dolzarb qilib qo'ymoqda. Bu borada Sharq mutafakkir- larining purma'no xikmatlariga e'tibor beradigan bo'lsak muammoni hal qilishda ular ilmga alohida e'tibor qaratadilar. O'z davrining kuchli va yetuk mutafakkirlaridan hisoblangan Nizomiy Ganjaviy yoshlarni ilm-ma'rifatli qilib

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tarbiyalash juda muhim ekanligini ko'p bora o'z faoliyati davomida ta'kidlab o'tganlar. Quyidagi jumla esa buning yaqqol isboti hisoblanadi: "Kunim kundan-kunga bo'lsin desang hush, ilm payidan bo'l borida es-hush!"

Bugungi yoshlar yangicha fikrlashga va zamon bilan hamnafas bo'lishga intilmoqda. Uning asosi esa intellekt hisoblanadi. Kompyuter texnologiyalarining yuqori sur'atdagi taraqqiyoti insoniyat tafakkurida yanada sermazmun ahamiyat kasb etmoqda. Axborot asri deb nom olgan asrimizni telekommunikatsiyasiz tasavvur qilish qiyin. So'ngi rusumdagi telefon, planshet, noutbuk va kompyuterlar internet orqali bizga kerakli ma'lumot va yangiliklarni bir zumda aniqlashda beminnat xizmat qiladi. Hozirgi zamonda internet tarmog'idagi saytlardan o'zimizga kerakli bo'lgan axbo- rotlarni bir necha daqiqalarda olishimiz mumkin. Bu biz uchun juda qulay, oson va vaqtdan yutishimiz imkonini beradi. Ammo masalaning ikkinchi tarafi ham bor. Inter- netdan keraksiz va buzg'unchi g'oyalar maqsadida, axborot huruji sifatida hamda har xil yoshlarni miyasini zaxarlovchi vosita sifatida foydalanuvchilar ham yo'q emas. Qaysiki o'zining mustaqil tafakkuriga, intellektual ilmiy salohiyatga ega bo'lgan yoshlar har qanday hurujlardan o'zini himoya qila oladi. Bu borada yoshlar ma'naviyati va milliy madaniyati ustuvor axamiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbari tomonidan alohida qayd etilganidek: "Biz haqiqatni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz kerak, mamlakatimizda madaniyat va san'at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi. Xalqimizning rivojlanish darajasi, avvalo, milliy madaniyatimizga qarab baho- lanadi. Shu ma'noda, madaniyat-bu xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasidir. Biz O'zbekiston- ning yangi qiyofasini yaratishga kirishgan ekanmiz, buni, avvalo, milliy madaniyati- mizni rivojlantirishimizdan boshlashimiz lozim." [3]

Har qanday jarayonning salbiy va ijobiy tomonlari bo'lganidek, internet va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarining salbiy tomonlari ham mavjud. Tan olib aytishimiz kerakki, internet va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanmagan vaqtlarda yoshlar ilm olishga, kitob o'qishga, sport mashg'ulotlari bilan shug'ullanishga oshiqishgan. Bugungi yoshlarning qiziqishi esa aksincha. Endi ularning ko'pchiligi internet kafelari, kompyuter o'yinlari markazlariga intilmoqdalar. Ammo ular bu yoshida bilim egallash, kasb-hunar o'rganish, o'zini kelajagini yaratish uchun harakat qilishlarilozim.

NATIJALAR

Internetda tarqaladigan turli yoshlar ma'naviyatiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan xabarlar, be'mani rasmlar, videolar va kompyuter o'yinlari natijasida yoshlarning

255

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

saviyasi pasayib, hayotga, atrof-muhitga va insonlarga bo'lgan munosabati tubdan yomonlashib bormoqda. Beshavqat kompyuter o'yinlari yoshlar ongini zaharlamoqda. Bu o'yinlarda kimnidir o'ldirishadi, atrofni vayron qilishadi va vayronkor g'oyalarni amalga oshirishadi. Bunaqa jangari o'yinlarni o'ynayotgan yoshlar kelajakda qanaqa inson bo'ladi degan savolga javob qanday bo'ladi? Bu kabi kompyuter o'yinlari yoshlar- ni bemehr, qo'pol qilib qo'yadi, yaxshilikdan uzoqlashtiradi. Bundan tashqari asab tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va buning oqibatida ular asabiy va jahldor bo'lib, o'z yaqinlariga turli jabrlarni keltirib chiqarmoqda. Ushbu ko'ngilsiz voqealarni oldini olishda, yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrashni, ularni axborot texnalogiyalaridan unumli foydalanishga o'rgatishni, har birimiz o'zimiz uchun mas'uliyatdek qabul qilishimiz va birgalik- da chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz zarur. Zero, hozirgi kunda yurtboshimiz tomonidan yoshlarga bo'lgan e'tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish yoshlarda axborot texnalogiyalaridan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga puxta e'tibor qaratilmoqda. Biz yoshlar ushbu imkoniyat- larga javoban yurtimiz kelajagi uchun harakat qilishimiz soha rivoji uchun malakali kadr bo'lib yetishishni asosiy maqsadimiz deb bilishimiz zarur.

Shoir Ahmad Shavqiy: aytganidek "Millatlar axloqi bilan millat bo'ladi, ahloqi ketsa, millat ham ketadi". Millatimizning uzoq yillik tarixi mavjud. Ushbu davrlar mobaynida qanchadan-qancha mutafakkirlar, olimlar, ulamolar, din peshvolari yetishib chiqdi. Ular dunyo olimlari va mutafakkirlari tomonidan tan olinib jaxon sivilizatsiyasiga munosib hissalar qo'shdilar. Bugungi kunga kelib esa bizni eng qiynayotgan muammolardan biri, aynan yoshlarning intellektual salohiyati va tafakkurining sustligi, bu esa ularning aynan internetdan foydalanishida ham o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatmoqda. Bu borada biz tomoshabin bo'lib turmasdan ularda ilmga, ma'rifatga qiziqishini uyg'otishimiz va internetdan samarali foydalanishni yo'lga qo'yishimiz kerak. Jadidlar kishilarning axloqiy-ma'naviy tarbiyasiga asosiy e'tiborni qaratib, ularni har-xil chet madaniyatlardan, ahloqlardan saqlanishga chaqirganlar. A.Cho'lponning bu sohadagi fikrlari g'oyat ibratli- dir. "...Ey qarindoshlar! Katta iltimosimiz shuldurki, Ovrupaning mo'dosidan, shishasi- dan, buzuq ahloqidan namuna olmasdan va bunlarga bul jihatdan taqlid qilmasdan balki, ilm, fan, hunar, sanoatga o'xshashlik madaniyatlaridan namuna olub bul jihatdan taqlid qilmoqimiz lozimdur. Ovrupaning mo'dosi va buzuq ahloqi sizlarni xonavayron, bevatan, asir-qul qiladur. Bundan saqlaningiz!!! Ovruponing maktab, madrasa, ilm-fan, sanoat, hunarga o'xshash madaniyat- lari sizlarni obod, ma'mur,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

olim qilub, johillikdan asorat qulligidan qutuldurodur. Birodarlar, ko'zlaringizni ochub yaxshi o'ylanglarH!" [5] Tarbiya masalasi har qaysi davrda dolzarb bo'lgan. Bugun ham huddi shunday o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q.

XULOSA VA MUNOZARA

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, so'nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor vazifalarining ko'lami tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, intellektual yoshlar tarbiyasi, tashabbuskorlik qobiliyati, ilmiy salohiyati, ularda ijodkorlik va ijtimoiy faol likni oshirish tamoyillari muhim sanala-di. Yoshlarni tinchlik, toqatlilik, insonparvar, millatlararo muloqot ruhida tarbiyalash hamda ularni jamiyatda ijtimoiy faolligini oshirish borasida qilinishi kerak bo'lgan ishlar o'z dolzarbligini hech qachon yo'qotmaydi.

Yoshlarning porloq kelajagini o'ylab samarali faoliyat olib borish, intellektual yoshlarni tarbiyalash eng muhim vazifa bo'lib qolishini alohida ta'kidlagan holda malakali yosh kadrlarga bo'lgan extiyojni to'la amalga oshirish borasida quyidagi tavsiya va mulohazalarni keltirish mumkin:

-Yoshlar o'rtasida media madaniyatni shakllantirishda ularning e'tiboriga asos -li, muhim, zarur, foydali axborotlarni o'rganishlarini tavsiya etish;

- Ota-onalarning media savodxonligini oshirib, oila, ta'lim muassasalari bilan hamkorligini yo'lga qo'yish;

-Tarbiyaviy ishlar bahs-munozaralar, debatlar, muammoli va ziddiyatlarni tahlil qilish pedagogik-psixologik profilaktika ishlarini olib borish;

- Uzluksiz ta'lim tizimining barcha bosqichlarida voyaga yetmaganlarning media muhitga samarali harakatlanish, ko'nikma, malakalarga ega bo'lishlarini ta'minlovchi o'quv va tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish;

- Media ta'limni samarali tashkil etish yuzasidan to'plangan xo rijiy va maxalliy tajribalarni ommalashtirish;

Ta'lim muassasalarida mediata'limni tashkil etilishini yo'lga qo'yish uchun zarur pedagogik shart-sharoitlarni yaratish.

REFERENCES

1. "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Qonuni, 3-modda

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz yoshlariga bayram tabrigi. 2018, 30-iyun

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017 yil 25-

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

dekabr kuni madaniyat va san'at sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasiga bag'ishlangan yig'ilishdagi nutqi

4. Pismo iz Tyurya-Kurgana // Turkiston viloyatining gazeti. 1914, 2 mart

5. Abdulhamid Cho'lpon. Vatanimiz Turkistonda temir yo'llar // Sadoyi Farg'ona. 1914, 6 iyun

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.