Научная статья на тему 'YOSHLARNI ILM-FAN VA INNOVATSIYALARGA QIZIQTIRISHNING NOAN’ANAVIY USULLARI'

YOSHLARNI ILM-FAN VA INNOVATSIYALARGA QIZIQTIRISHNING NOAN’ANAVIY USULLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1852
195
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
ilm-fan / renessans / kreativ / yoshlar / fuqarolik jamiyati / texnologiya / innovatsion faoliyat / normativ-huquqiy hujjat / xalqaro / vaqt / science / renaissance / creativity / youth / civil society / technology / innovation / legal / international / time

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Asadbek Zairov

Mazkur maqolada bugungi globallashuv davrida yoshlarni noan’anaviy usullar bilan kreativ fikrlash va tahlil qilishga o’rgatish, ularni ilm-fan,innovatsiyalarga qiziqtirish usullari yoritilgan bo’lib, bu borada mamlakatimizda shiddatli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek yoshlar ilm-fan va innovatsiyalarga oid qabul qilingan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar aks ettirilgan. Bugungi fan-texnika rivojlangan bir davrda ham ilm qilish igna bilan quduq qazishdek mashaqqatli ish bo’lib qolmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NON-TRADITIONAL WAYS TO INVESTIGATE YOUNG PEOPLE IN SCIENCE AND INNOVATION

This article describes the ways to teach young people to think creatively and analyze in a non-traditional way in today's era of globalization, to attract them to science and innovation, and in this regard, our country is undergoing drastic reforms. It also reflects a number of normative and legal acts adopted by young people on science and innovation. Even today, with the advancement of science and technology, science remains as difficult as digging a well with a needle.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNI ILM-FAN VA INNOVATSIYALARGA QIZIQTIRISHNING NOAN’ANAVIY USULLARI»

YOSHLARNI ILM-FAN VA INNOVATSIYALARGA QIZIQTIRISHNING

NOAN'ANAVIY USULLARI

Asadbek Zairov

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti "Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi" yo'nalishi II bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada bugungi globallashuv davrida yoshlarni noan'anaviy usullar bilan kreativ fikrlash va tahlil qilishga o'rgatish, ularni ilm-fan,innovatsiyalarga qiziqtirish usullari yoritilgan bo'lib, bu borada mamlakatimizda shiddatli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek yoshlar ilm-fan va innovatsiyalarga oid qabul qilingan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar aks ettirilgan. Bugungi fan-texnika rivojlangan bir davrda ham ilm qilish igna bilan quduq qazishdek mas haqqatli ish bo'lib qolmoqda.

Kalit so'zlar: ilm-fan, renessans, kreativ, yoshlar, fuqarolik jamiyati, texnologiya, innovatsion faoliyat, normativ-huquqiy hujjat, xalqaro, vaqt

NON-TRADITIONAL WAYS TO INVESTIGATE YOUNG PEOPLE IN

SCIENCE AND INNOVATION

Asadbek Zairov

Student of the National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek, Faculty of Social Sciences, "National Idea, Fundamentals of Spirituality and Legal Education"

ABSTRACT

This article describes the ways to teach young people to think creatively and analyze in a non-traditional way in today's era of globalization, to attract them to science and innovation, and in this regard, our country is undergoing drastic reforms. It also reflects a number of normative and legal acts adopted by young people on science and innovation. Even today, with the advancement of science and technology, science remains as difficult as digging a well with a needle.

Keywords: science, renaissance, creativity, youth, civil society, technology, innovation, legal, international, time

KIRISH

Bugun dunyoda aholining eng katta qismi bo'lgan yoshlarni qo'llab quvvatlash, ularni yod g'oyalar va tahdidlardan asrash kun tartibidagi dolzarb masala hisoblanadi.

Kelajak avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga yanada kengroq jalb etish zamonaviy taraqqiyotining muhim tendensiyalaridan biridir. Shu bois yoshlar masalalari davlat siyosati darajasiga ko'tarilganligi ayni haqiqat. O'zining yangi tarixiy taraqqiyoti davrida yuqori bosqichiga intilayotgan O'zbekiston zaminida IX-XII asrlarda Birinchi Renessans, XIV-XV asrlarda Ikkinchi Renessans, ya'ni umumbashariy svilizatsiyasiga o'zining beqiyos hissalarini qo'shgan ulug' ajdodlarimizning davomchisi sifatida Uchinchi Renessans- yoshlar nigohidadir. Bugungi fan-texnika rivojlangan bir davrda ham ilm qilish igna bilan quduq qazishdek mashaqqatli ish bo'lib qolmoqda. Binobarin raqobat kuchaygan, ilmiy yangiliklarga talablar oshgan globallashuv davrida mamlakatimizda ilmiy-innovatsion faoliyatni qo'llab quvvatlash, iqtidorli yoshlarni nufuzli, milliy va xalqaro olimpiadalar, musobaqalar, tanlovlarda salmoqli natijalar qo'lga kiritishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu borada yoshlarni an'anaviy fikrlashdan kreativ-tahlil qilishga o'rgatish, ilm-fan va innovatsiyalarga bo'lgan munosabatini o'zgartirish, zamon talablariga moslashtirish hamda yosh olimlarni qo'llab quvvatlash yangilanayotgan O'zbekiston taraqqiyotining eng muhim asosiy yo'nalishlaridan shartidir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noan'anaviy usullarini jamiyat hayoti va ta'lim tizimiga tadbiq etish lozim. Masalan ilm-fan va ishlab chiqarish o'rtasidagi integratsiyani ta'minlash, nazariyani amaliyot bilan uyg'unligini anglatsa, barcha ta'lim muassasalarida fanlarni o'qitishda zamonaviy texnolgiyalarni joriy qilish, yoshlarning startap loyihalarini qo'llab quvvatlashga qaratilgan platformalarni yaratish, kelajak egalari ishtiyoqini yanada oshirib, ilm-fanga bo'lgan qiziqishini yuksaltiradi. Ilmiy muassasa va tashkilotlarning ilmiy salohiyatini oshirish, xorijiy nufuzli ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, yosh olimlar va ilmiy tadqiqotchilar almashinuvini yanada kengroq amalga oshirish Uchinchi Renessans sari dadillik bilan qarab borayotganimizni ko'rsatadi. Bir ko'rinishdan qilinayotgan harakatlar salmoqli, biroq natijalar xususida bunday deyishga hali erta. Qonun bilan belgilangan imtiyozlar o'z manziliga yetib borishi, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishda ham ba'zi oqsoqliklar bor. Demak muammolar hali yetarlicha topiladi. Masalaning yechimini topish mamlakatda ilm-fanni yanada rivojlantirishda yoshlarning o'rni beqiyos. Qaryib 20 million yoshlari bor O'zbekiston bunday katta va yangi avlod bilan yangi uyg'onish davrining tamal toshini qo'yish arafasidadir.

"Umuman olganda, renessans tushunchasi fanda ilk bor italyan gumanistlari tomonidan qo'llanilgan. Lekin bu so'zni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lafzidan eshitib, uning shukuhini, quvvatini o'zgacha hayrat va mas'uliyatni yoshlarga yuklayotgani rost gap. Davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan strategik

sa'y-harakatlar kun kelib Uchinchi Renessansga poydevor bo'lishini jamiyatimiz taraqqiyotiga befarq bo'lmagan har bir kishini haratkatga keltirmoqda. Axir, mudroq jamiyatni, odamlarni uyg'otishning o'zi UYG'ONISHning - RENESSANSning debochasi emasmi! Bugungi O'zbekiston - kechagi O'zbekiston emasligi, bugungi yoshlar - kechagi yoshlar emasligini isbotlashga hojat qolmaganining o'ziyoq zalvorli natija emasmi.

So'nggi yillarda O'zbekistonda bir necha o'nlab yangi oliy ta'lim muassasalari tashkil etildi. Shuningdek 2020-2021 o'quv yilidan yana bir yangi tizim joriy etildi: kam ta'minlangan oilalarda ulg'ayayotgan qizlarimizning bilim olish imkoniyatini kengaytirish maqsadida Oliy ta'lim dargohlarida ular uchun davlat granti asosida 940 ta qo'shimcha o'rin ajratildi. Joriy o'quv yilida esa bu raqamlar 2 barobar oshishi kutilmoqda. Bu o'zgarishlar iste'dodlarning intilishlarini ro'yobga chiqarish, ijtimoiy faolligini oshirish, hayotda munosib o'rin egallashlari uchun muhim poydevordir! Bugungi kunda dunyoda innovatsion g'oyasiz, ilm-fan yutuqlarisiz bironta sohaning rivojlanishi mumkin emas. Shu ma'noda, zaxmatkash, fidoyi olimlarimizni Xudo bergan odam ,desak, mubolag'a bo'lmaydi. Ularni boshqalar bilan teng qilish mumkin emas. Bunday insonlar mingtadan bitta, milliontadan bitta tug'iladi, ularni asrab-avaylashimiz, har tomonlama qo'llab quvvatlashimiz lozim. Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo'liga o'tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta.1 Milliy taraqqiyotimizning yangi davrida xalqmizda yangicha dunyoqarashni shakllantirish, ayniqsa, yoshlarni milliy yuksalish g'oyasi atrofida birlashtirish, ularni ilm-fan yutuqlari hamda raqamli texnologiyalar bilan qurollantirish orqali kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishda dastur-ul amal bo'lib xizmat qiladi.

Haqiqatan ham, uzoqni ko'zlagan har qanday rejaning asosini sifatli ta'lim tashkil etadi. Ko'hna Xitoy mutafakkiri Konfutsiy: "Agar rejangiz bir yillik bo'lsa, sholi eking, o'n yillik bo'lsa, daraxt eking, yuz yillik bo'lsa - bolalaringizga ta'lim bering", deya bejiz ta'kidlamagan. Kelajakda kutilgan "hosil"ni yig'ish uchun O'zbekistonimizda hozirdan keng imkoniyatlar yaratilyapti, yoshlarni ilm-u ma'rifatga rag'batlantirish, ilm egalarini qadrlashga qaratilgan tizim shakllantirilyapti.

O'z navbatida, yoshlar ham shaxsiy rivojlanishi uchun motivatsiya manbalarini o'zlari topa bilishi kerak - u kitob yoki kinoasar, sport va sayohat bo'lsin. Imkoniyat yaratilsa o'qiyman, deydigan emas, har qanday vaziyatda ham bilim olish va rivojlanishga harakat qilaman deydigan yigit-qizlarimiz safi kengayishi uchun butun bir boshli millat mas'ul bo'lishi lozim.

Biz yashab turgan shu muqaddas zaminda Uyg'onish - Renessans boshlangan paytlar Yevropa hali g'aflat uyqusida bo'lganini ko'pchilik yoshlar bilmasa kerak. Bu

1

tarixiy haqiqatni Yevropaning yetuk olimlari tan olganini ham bilmaydiganlar bordir balki. Har qalay, atoqli nemis sharqshunosi Adam Mesning "Musulmon Renessansi", akademik Nikolay Konradning "Sharq Renessansi" konsepsiyasi osmondan tushgan emas. Agar "Die Renaissance des Islams" kitobini ushbu mavzudagi bosh manba deb hisoblaydigan bo'lsak, Adam Mesdek buyuk olim fundamental tadqiqotini yaratishda ulug' vatandoshimiz Beruniyning ilmiy merosiga tayanganidan faxrlanmay bo'ladimi!

Mashhur Ma'mun akademiyasida kamolga yetgan Ibn Sino, Muso al Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy kabi yuzlab allomalar Sharq uyg'onish davrining birinchi bosqichiga, Temuriylar davri tamaddunining yorqin vakillari — Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi olimlar ikkinchi yuksalish bosqichiga hissa qo'shgani qiyos qilinsa, Uchinchi Renessans vakillari bugungi islohotlarning mevalaridan bahra olgan Yangi O'zbekiston bolalari orasidan yetishib chiqsa, ne ajab! "deydi O'zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher

'J

Sa'dullayev.

Yoshlarning ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini ro'yobga chiqarish, innovatsion loyihalar va zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, iqtidorli talabalar, yosh olimlar va tadbirkorlarning innovatsion faoliyatini rag'batlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.

O'zbekistonning uzoq muddatli tanaffusdan so'ng yana qayta Global innovatsion indeksi reytingida ro'yxatga kiritilgani biz uchun asosiy va shu bilan birga muhim bo'lgan o'zgarishlardan biridir. Buni albatta respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning, xususan shaffoflik va ochiqlik siyosati hamda innovatsion faoliyatdagi ijobiy o'zgarishlarning natijalari deya e'tirof etish mumkin.

O'zbekiston Respublikasi so'nggi marotaba 2015 yil ushbu xalqaro reytingda 140 dan ortiq davlatlar ichida 122 o'rinni egallagani ma'lum. 2020 yilda O'zbekiston 130 dan ortiq dunyo mamlakatlari ichida 93 o'rinni egalladi. 2020 yilda 80 ta ko'rsatkichlardan iborat bo'lgan Global innovatsion indeks reytingida O'zbekiston dunyo mamlakatlari ichida Institutsional rivojlanish (Institutions), Inson kapitali va ilmiy tadqiqot faoliyati (Human capital & research), Infratuzilma (Infrastructure), Bilim va texnologiyalar natijadorligi (Knowledge & technology outputs) va Ijodiy natijadorlik (Creative outputs) kabi yo'nalishlardagi indikatorlarda ijobiy natijalarga erishganini ko'rish mumkin.

Shu o'rinda, Global innovatsion indeks reytingda yetakchilik qilayotgan davlatlar, respublikamizga qo'shni bo'lgan va boshqa ayrim iqtisodiyotlarning ham 2020 yildagi erishgan natijalarini keltiramiz. Shveytsariya — 1-o'rin, Rossiya - 47-o'rin, Qozog'iston - 77-o'rin, Qirg'iziston - 94-o'rin, Tojikiston - 109-o'rinni egallagan.

2 https://xs.uz/uz/post/alisher-sadullaev-yoshlar-uchinchi-renessans-draiverlari-bola-oladimi

MUHOKAMA

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5544-sonli «2019-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiya to'g'risida»gi Farmonida asosiy vazifalardan biri etib 2030 yilga qadar respublikamizni Global innovatsion indeks baholash reytingida yetakchi 50 ta davlatlar qatoriga kiritilishi

"5

belgilangan.3

Shu bilan birga, yosh iqtidor sohiblarini innovatsion tadbirkorlik sohasiga tizimli jalb qilish, iqtidorli yoshlarni ishbilarmonlar va yetakchi olimlar bilan hamkorlikda ish yuritishi uchun yagona tizim yaratish va shu asosda ilm-fan sohasida yosh kadrlar yetishtirish tizimining uzviyligini ta'minlash;

Ishlab chiqarish sohasiga yuqori texnologiyalarni tatbiq etish va ilmiy tadqiqotlarga yoshlarni jalb etish talab etilmoqda. Bularning bari yoshlarni no'anaviy usullari orqali ilm-fan va innovatsiyalarga kengroq jalb etishning mexanizmi bo'lib, xizmat bo'lmoqda

Prezident Sh.M. Mirziyoyev ta'kidlaganidek "Xomashyo va uni qayta ishlash bilan uzoqqa borib bo'lmaydi. Qolaversa, ishlab chiqarishda qo'shimcha qiymat olish uchun ham innovatsiyalar kerak. Shu bois ilm-fan taraqqiyotimizning muhim yo'nalishi, tayanchi bo'ladi".4

Yoshlarni ilm-fan bilan qamrab olishning yana bir muhim strategik jarayon amalga oshirilmoqda. 2020-yil 29-oktabr kuni PF-6097 sonli "Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi prezident farmoniga ko'ra:

Yuqori malakali ilmiy va muhandis kadrlar tayyorlash hamda ularni ilmiy faoliyatga yo'naltirish borasida:

Ilmiy tashkilotlar tadqiqotchilarining o'rtacha yoshini 2025-yilga qadar 45 ga, 2030-yilgacha esa 39 ga yetkazish.

2025-yilga qadar 39 yoshgacha bo'lgan tadqiqotchilarning umumiy sonida yuqori malakali ilmiy xodimlarning (fan nomzodi, falsafa va fan doktorlari) ulushini 2 baravarga, 2030-yilgacha esa 3 baravarga oshirish ko'zda tutilgan.5 Qaniydi shu harakatlar oldinroq boshlangan bo'lsa edi, oramizda ilmli yoshlarning soni ko'payib, bir qator ko'rsatkichlarda sifatga erishilgan bo'lar edi. Jumladan "Biznesni yuritish", "Iqtisodiy erkinlik", "Inson kapitali", "Innovatsiya" singari bir qator global reytinglarda O'zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi imij va pozitsiyasi bundanda ko'ra sezilari ravishda oshgan bo'lar edi.

3 https://mininnovation.uz/oz/news/2322

4 O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 may kuni ilm-fan va oliy ta'lim sohasini rivojlantirish bo'yicha belgilangan vazifalar ijrosiga bag'ishlangan yig'ilishdagi nutqidan. https://kun.uz/uz/news/2019/05/28

5 PF-6097 sonli "Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi prezident farmoni. https://lex.uz/docs/-5073447

Iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jonlantirish, mamlakat ilm-fanining xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshliligini ta'minlash, mavjud ilmiy maktablar salohiyatini yanada mustahkamlash hamda ularning innovatsion salohiyatini rivojlantirish maqsadida 2019-yilning 30-avgust sanasida" Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4433 son O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori qabul qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqining:

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Yoshlar akademiyasini yuridik shaxs maqomisiz tashkil etish;

Yoshlar akademiyasiga rahbarlikni O'zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o'rinbosariga yuklash;

Yoshlar akademiyasiga o'zlarining innovatsion loyihalari va g'oyalariga ega iqtidorli yoshlar va talabalar, 40 yoshgacha bo'lgan olimlar va tadbirkorlardan tashkil topgan jamoalarni tanlov asosida qabul qilish to'g'risidagi muhim vazifalar belgilab berildi. 6 Ushbu jarayonlar zamonaviy sharoitlar yaratish asosida yoshlarni noan'anaviy usullar bilan ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqishini oshirib, tom ma'noda yoshlar Uchinchi Renessans drayveri bo'lishiga zamin yaratadi.

NATIJA

Shuningdek, 2019-yilning 8-oktabrida davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan yani bir muhim hujjat "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi PF-5847 son farmoniga ko'ra Oliy Ta'lim sohasida bir qator asosiy vazifalar belgilab berildi.

O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda iqtisodiy tarmoqlar va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish maqsadida:

oliy ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta'lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog'lom raqobat muhitini yaratish;

6 " Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori. https://lex.uz/docs/-4571490

O'zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalarining flagmaniga aylantirish;

Respublikadagi kamida 10 ta oliy ta'lim muassasasini xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o'rindagi oliy ta'lim muassasalari ro'yxatiga, shu jumladan O'zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o'rindagi oliy ta'lim

n

muassasalari ro'yxatiga kiritish nazarda tutilgan. Biroq respublikamizda nom qozongan oliygohlar soni yetarlicha topiladi. Xalqaro reytinglarda ularning pozitsiyasini sezilarli ravishda oshirishga ehtiyoj bor. Chunki o'z obro'yiga ega oliygohlarimiz faqat va faqat mamlakatimizda shuhrat qozongan. Ammo "Nobel" mukofoti laureatlarini yetishitirish u yerda tursin, nufuzli nobelchi olimlar milliy oliy ta'lim jarayonlarida ishtirok etishmaydi. Amerika, Buyuk Britaniya, Germaniya singari mamlakatlarda "Nobel" mukofoti laureatlari bir qancha bo'lib turgan bir davrda bunday noyob salohiyat egalaridan bitta ham yurtimizda topilmayotganligi sohada mas'uliyat bilan qilinishi kerak bo'lgan ishlar borligini ko'rsatadi. Innovatsiyalar keng kirib kelgan, ilm-fan rivojlangan jamiyatda yuksak iqtidor sohiblarini kamol toptirish hamisha xalqning turmush tarzini yaxshilab, uning porloq kelajagiga xizmat qilgan. Shunday ekan, O'zbekistonni ilm-fan o'chog'iga aylantirish, "Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari" g'oyasining bosh maqsadidir.

Sharqda " O'zini bilgan avliyo bo'lar",degan hikmat bor. Mavlono Jaloliddin Rumiy insonnning buyuk bir mo'jiza ekani va uning jismida hamma narsa yozilganini aytganlar. Bugungi ilm-fan esa buni o'zicha izohlaydi. Hayotimizga daxldor eng mo'jizaviy kashfiyot shuki, biz ong-shuurimizni boshqarish orqali hayotda har qanday marrani zabt etishimiz mumkin. Bundan aytish mumkinki, yoshlarimizning o'ziga xos nostandart kreativ fikrlashi va tahlil qila olish qobiliyati shakllantirish uzoq fazodagi yoki kelajakdagi orzu emas. Insonni maqsad sari harakatlari yetaklaydi. Mamlakat aholisining katta qismi bo'lgan yoshlar o'z sohalarining yetuk mutaxassislari bo'lib yetishishi, xorijiy tillarni puxta bilishi, axborot texnologiyalarini chuqur bilishi qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlari, amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonlarida munosib ishtirok etishi va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lishi yoshlarning mas'uliyatini yanada oshiradi.

Takliflar:

1. Talaba-yoshlarning axborot texnologiyalari va kompyuter savodxonligini yanada oshirish, ularni innovatsiyalarga bo'lgan qiziqishini oshirish maqsadida har bir oliy ta'lim muassasasida yoshlarni innovatsiyalarga yo'naltiradigan, ilg'or g'oyalari va

7 https://www.lex.uz/ru/docs/-4545884

startup loyihalarini qo'llab quvvatlaydigan zamonaviy texnologiyalar bilan maxsus jihozlangan Innovatsiya markazini tashkil etish;

2.Yoshlarni ilm-fan bilan yanada kengroq qamrab olish, ilmga oid bo'lgan masalalarni yoshlar o'z qarashlari, mustaqil fikrlash va noan'anaviy ravishda kreativ tahlil qila oladigan bo'lajak yosh olimlarni qo'llab quvvatlash maydonini yaratish, ya'ni Talabalar ilmiy kengashini tashkil etish;

3. Nazariyani amaliyot bilan uyg'unlashtirish maqsadida ijtimoiy-gumanitar fanlarda taxsil olayotgan talabalarni o'z mutaxassisliklari bo'yicha olayotgan nazariy bilimlarini amaliy ko'nikmalar bilan mustahkamlash uchun har haftaning bir kunida amaliy tajriba mexanizmini yaratish.

4. Ta'lim jarayonida o'quvchi-talabalarning ijodiy va tadqiqotchilik qobiliyatini shakllantirishning ta'sirchan mexanizmini ishlab chiqish va milliy ta'lim tizimga joriy qilish.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, hammaga yashash uchun har kuni 24 soat beriladi. Hayot mana shu- bizga berilgan lahzalar sarhisobi. Tog'ri, u qisqa. Ammo qadriga yetib, o'tkinchi hayotning mohiyatini tushunib oqilona yashalsa, bu- bir marta huzurlanib yashash uchun yetarli fursat. Garchi hayot yillar bilan o'lchansa ham, biz umr deganda baxtli daqiqalar, go'zal xotiralarni eslaymiz. Aytishadi-ku, bir kunlik umrda ham bir

Q

asrlik hayot kechirsa bo'ladi. Buning uchun umrga munosib bo'lish kerak. REFERENCES

1. "Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari", Yoshlar nashriyot uyi Toshkent-2019, 55-bet.

2. Shuxrat Sattorov, "Biz g'alaba qozonamiz","Bilim va intellektual salohiyat" nashriyoti 2018

3. https : //mininnovation.uz/oz/news/2322 https://xs.uz/uz/post/alisher-sadullaev-yoshlar-uchinchi-renessans-drajverlari-bola-oladimi

4. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 may kuni ilm-fan va oliy ta'lim sohasini rivojlantirish bo'yicha belgilangan vazifalar ijrosiga bag'ishlangan yig'ilishdagi nutqidan. https://kun.uz/uz/news/2019/05/28

5. PF-6097 sonli "Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi prezident farmoni. https://lex.uz/docs/-5073447

8 Shuxrat Sattorov, "Biz g'alaba qozonamiz","Bilim va intellektual salohiyat" nashriyoti 2018

6. "O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni. https://www.lex.uz/ru/docs/-4545884

7. "Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori. https://lex.uz/docs/-4571490

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.