Научная статья на тему 'MA’NAVIY EHTIYOJLAR RIVOJLANISHINING IJTIMOIY-MADANIY OMILLARI'

MA’NAVIY EHTIYOJLAR RIVOJLANISHINING IJTIMOIY-MADANIY OMILLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
3539
125
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ehtiyoj / ma’naviy ehtiyoj / jamiyat / shaxs / moddiy ehtiyoj / texnologiya / ma’naviy hayot / ishlab chiqarish. / need / spiritual need / society / person / material need / technology / spiritual life / production

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Jabborov Jamshid Azimovich

Maqolada ma’naviy ehtiyojlar rivojlanishining ijtimoiy-falsafiy va madaniy omillari bayon qilinib, ma’naviy ehtiyojlarning odamlar turmush farovonligiga ijobiy ta’siri, ehtiyojlarning o‘zi ham bir-birini taqazo etishi, ma’naviy ehtiyojlarning moddiy hamda ma’naviy ishlab chiqarishga ta’sir etishi hamda jamiyat ma’naviy hayotida inson ma’naviy ehtiyojlarining o‘sishiga aks ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIO-CULTURAL FACTORS OF SPIRITUAL NEEDS DEVELOPMENT

The article describes the socio-philosophical and cultural factors of the development of spiritual needs, the positive impact of spiritual needs on people's well-being, the interdependence of needs, the material and spiritual development of spiritual needs. Factors influencing the output and the growth of human spiritual needs in the spiritual life of society are analyzed.

Текст научной работы на тему «MA’NAVIY EHTIYOJLAR RIVOJLANISHINING IJTIMOIY-MADANIY OMILLARI»

Scientific Journal Impact Factor

MA'NAVIY EHTIYOJLAR RIVOJLANISHINING IJTIMOIY-MADANIY

OMILLARI

Jabborov Jamshid Azimovich Qarshi DU tayanch doktoranti [email protected]

Annotatsiya: Maqolada ma 'naviy ehtiyojlar rivojlanishining ijtimoiy-falsafiy va madaniy omillari bayon qilinib, ma'naviy ehtiyojlarning odamlar turmush farovonligiga ijobiy ta 'siri, ehtiyojlarning o 'zi ham bir-birini taqazo etishi, ma 'naviy ehtiyojlarning moddiy hamda ma'naviy ishlab chiqarishga ta'sir etishi hamda jamiyat ma 'naviy hayotida inson ma 'naviy ehtiyojlarining o'sishiga aks ta 'sir etuvchi omillar tahlil qilingan.

Kalit so'zlari: ehtiyoj, ma'naviy ehtiyoj, jamiyat, shaxs, moddiy ehtiyoj, texnologiya, ma 'naviy hayot, ishlab chiqarish.

Abstract: The article describes the socio-philosophical and cultural factors of the development of spiritual needs, the positive impact of spiritual needs on people's well-being, the interdependence of needs, the material and spiritual development of spiritual needs. Factors influencing the output and the growth of human spiritual needs in the spiritual life of society are analyzed.

Keywords: need, spiritual need, society, person, material need, technology, spiritual life, production.

Аннотация: В статье описаны социально-философские и культурные факторы развития духовных потребностей, положительное влияние духовных потребностей на благосостояние людей, взаимозависимость потребностей, материальное и духовное развитие духовных потребностей. Факторы, влияющие на выработку и анализируется рост духовных потребностей человека в духовной жизни общества.

Ключевые слова: потребность, духовная потребность, общество, человек, материальная потребность, технология, духовная жизнь, производство.

KIRISH

Har bir jamiyatning taraqqiyotini belgilovchi bir nechta omillar mavjud. Shular jumlasidan aholining ma'naviy ongi, saviyasi ham muhim omil hisoblanadi. Insonning ma'naviy ongi, madaniyati o'sishi uchun uning ma'naviy ehtiyojlari o'sishi lozim. Ehtiyojlarning shakllanishi va rivojlanishi hamma vaqt insonning kamol topishi, birinchi navbatda jamiyat rivojlanishining obektiv talablari hamda uning individual manfaatlari va qobiliyatlari bilan bog'langandir. Chunonchi,

Scientific Journal Impact Factor

yoshlarning voyaga etishi, ular organizmining rivoji, tarbiyasi yangidan-yangi ehtiyojlarning shakllanishi bilan bog'liqdir.

Ma'naviy ehtiyojlar ma'naviyatni real hayotda namoyon bo'lishiga undovchi kuch, ichki pozitiv imkoniyatni amaliyotga joriy etuvchi muhim omil ekan, ularni ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil etish dolzarb muammolardan biridir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning obektivlik, tarixiylik va umumiylik usulidan foydalanildi. SHuningdek, ma'naviy ehtiyojlar rivojlanishining ijtimoiy-madaniy omillari tizimli yondashuv asosida tahlil qilindi. Erkaev A. ning "Ma'naviyatning uch qonuni" nomli maqolasi va Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlari ilgari surilgan baxt saodat masalasi haqidagi ilmiy maqolalar metodologik manba bo'lib belgilandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR Kishilik jamiyati taraqqiyotiga nazar tashlasak, inson ehtiyojlari yuksalib borishini ko'ramiz. Ilm-fanda ehtiyojlar cheksiz, ular o'sishining to'xtashi, jamiyat hayotining to'xtashini bildiradi, deya e'tirof etildi. Ehtiyojlar o'smaganda, ishlab chiqarishni, ilm-fan va madaniyatni taraqqiy ettirishiga zarurat tug'ilmas edi. Ehtiyojlarning, shu jumladan, ma'naviy ehtiyojlarning yuksalib borishi turli yo'nalishda amalga oshadi.

Ehtiyojlar qat'iyan tabaqalashgan bo'ladi. Individual ehtiyojlarning yuksalishi kishilarning odati, didi, ruhiyati, yoshi, jinsi, jismoniy tuzilishi, oilaviy ahvoli, millati, mehnat va yashash sharoitlariga ham bog'liq. Bu sotsiumning yuqori darajalari ehtiyojlariga ham taalluqli. YOshlarning musiqa tinglashga bo'lgan ehtiyoji yoshi kattalarnikidan, qishloqda yashaydigan inson bilan shaharlik o'rtasida, o'qituvchi bilan harbiy xizmatchi ehtiyojlari o'rtasida, ayollar hamda erkaklarning ehtiyojlari o'rtasida, o'ziga to'q xonadon vakilining ehtiyojlari o'rtahol oila vakilining ehtiyojlaridan ba'zan ancha farq qiladi.

Jamiyat taraqqiy etish jarayonida ma'naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlar kabi o'sib boradi: odamlarning turmush farovonligi oshib, yangi bilimlarga, axborotlarga, muloqotga, zamonaviy kasb-hunar egallashga, o'z imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga nisbatan qiziqish kuchayadi. Bundan tashqari, aholi sonining o'sishi moddiy va ma'naviy ehtiyojlar miqdoran ko'payishini taqozo etadi. Masalan, O'zbekistonda aholi soni 2010 yilga (28.01 mln.) nisbatan hozirgi paytga (34.56 mln) kelib 20%ga ko'paydi. Agar individual ehtiyoj o'zgarmadi deganimizda ham, jamiyat miqyosida ehtiyojlar (moddiy, sotsial, ma'naviy) ancha ortgan. Lekin, ehtiyojlar o'sishi moddiy va ma'naviy iste'mol miqdori ortishini emas, balki sifat ko'rsatkichlari yaxshilanishini bildiradi. 2010 yilga nisbatan yurtimizda mobil aloqa vositalariga talab bugungi kunda bir necha marotaba oshganligini ko'rishimiz

Scientific Journal Impact Factor

mumkin. Demak, mobil aloqaga muloqot bilan bog'liq ehtiyojlarimiz ham bir necha barobar ko'payganligiga guvoh bo'lamiz.

Ammo buni sifat jihatidan tahlil qilish qiyin. Zarur axborotni tezkor olish, etkazish, muhim masalalarda fikr almashish, muhokama qilish qatorida mobil aloqadan foydalanadiganlarning aksariyati bekorchilikdan safsata sotish, har xil maishiy masalalarda suhbat qurish, ba'zan mishmishlarni, turli g'iybatlarni muhokama qilishga ham sarflanadi. Lekin, baribir suhbat ijobiy yoki salbiy mazmunda olib borilmasin, u muloqot ehtiyojidan kelib chiqadi. Muloqot mavzusi va mazmuni suhbatdoshlarning madaniy saviyasiga hamda qiziqishlariga bog'liq.

Ehtiyojlarning o'sib bormasligi shaxs va jamiyat rivojining to'xtab qolishiga, ba'zan tanazzulga yuz tutishiga olib keladi. Biroq ehtiyojlarning jadal sur'atda o'sishi ularni qondirish imkoniyatidan uzilib qolishiga sabab bo'lishi mumkin. Bunday holda muayyan ehtiyoj o'zining haqiqiy bunyodkorlik kuchini yo'qotib, keskin salbiy omilga aylanib qolishi mumkin. Masalan, o'quvchining sinfdoshlari oldida afzalliklarini ortiqcha baholash unda boshqalarga nisbatan hamisha alohida, maxsus mavqeda bo'lish ehtiyojini tug'dirishi mumkin. Bu holat keyinchalik o'sha bolada xudbinlik sifatlari vujudga kelishiga, boshqalarni pisand qilmaslikka, buyumparastlikka, shuhratparastlikka, yurish-turishlari va xatti-harakatlariga yuqori baho olish, nosog'lom ehtiyojlarini qondirish uchun har qanday nopok yo'llardan foydalanishga sabab bo'lishi mumkin.

Ma'naviy ehtiyojlarning o'zi ham bir-birini taqazo etadi: insonda bir ehtiyojning paydo bo'lishi va qondirilishi boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, qo'shiq kuylamoqchi bo'lgan qo'shiqchida, notalar, musiqa san'atiga oid bilimlar, qo'shiq kuylashga oid bilimlarni bilishni taqazo etadi.

Moddiy ehtiyojlar singari ma'naviy ehtiyojlarning ham tarkibi o'zgarib, rang-baranglashib boradi. Ayrim ma'naviy ehtiyojlar vaqt o'tishi bilan so'nib, o'rniga yangisi paydo bo'ladi. Insonning yaratuvchanlik faoliyati ehtiyojlar o'sishiga, tarkibining o'zgarishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Masalan, XX asrning 90 yillari birinchi yarmida mamlakatimiz aholisining aksariyati kompyuter nima ekanligini bilmagan: elektron aloqa xizmatlar, internet va ijtimoiy tarmoqlar hayotimizga kirib kelmagan yoki sezilarli rol o'ynamas edi. Hozirgi paytda har bir xonadonga zamonaviy texnologiyalar kirib keldi, ular (ayniqsa, internet va teleraqamli kanallar) yordamida ma'naviy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlari etarli darajada. Insonlarda muloqot ehtiyojlarining yuksalishi, axborot olish uchun qulayliklar mavjudligi, ma'naviy va madaniy hordiq chiqarishga (ma'naviy ehtiyojlarini qondirish) mo'ljallanganligi, turmush qulayliklarini o'zida mujassam etkanligi va boshqa shart-sharoitlar tufayli internet, ijtimoiy tarmoqlar, TV, mobil aloqa vositalariga, elektron o'yinlarga, masofaviy ta'limga, onlayn rejimida o'tkaziladigan konfrensiyalarga,

Scientific Journal Impact Factor

muhokama-munozaralarga bo'lgan ehtiyoji o'sib boraveradi, ular bilan bog'liq yangi ehtiyojlar paydo bo'laveradi.

SHuning uchun ma'naviy ehtiyojlar borgan sari tarkiban yangilanib, rang-baranglashib, sifat jihatdan yangilanib boradi. Masalan, keng aholi o'rtasida grammafon, patefon, tasmali magnitafonlarga nisbatan ehtiyojlar deyarli yo'qoldi. Boshqa bir misol, mobil aloqa vositalari orasida tugmachali telefonlar o'n yil oldin odamlar orasida "urf'da edi. Bugungi kunda yaratilayotgan zamonaviy smartfonlar hamda flagmanlarda juda ko'plab funksiyalarning joylashtirilishi, bir vaqtning o'zida bir nechta murakkab vazifalarni bajara olishi ularga bo'lgan ehtiyojlarining ortishiga sabab bo'ldi. Bu erda faqat yuqori texnologiyalarga asoslangan buyumga emas, ko'proq uning bir vaqtda bajara oladigan imkoniyatlariga nisbatan ehtiyojlar vujudga keldi, shakllandi desak, xato bo'lmaydi. Oddiy suhbatga bo'lgan inson ehtiyojni qondirish imkoniyati ikkala qurilmada ham bir xil, lekin, smartfonda funksiyalarning ko'pligi insonning yanada yuksakroq ehtiyojlarni paydo bo'lishiga xizmat qildi.

SHuningdek, fan-texnika taraqqiyotining tezlashuvi, undagi ilmiy yutuqlar aholi turmush tarzi ham ehtiyojlarni tubdan o'zgartiradi. YAngi turdagi moddiy va ma'naviy mahsulotlarni ishlab chiqarish - insonlar ehtiyojlarini qondirish bilan bir qatorda yangi ehtiyojlar vujudga kelishiga zamin yaratadi. Moddiy ishlab chiqarish rivojlanishi turmush farovonligini, binobarin, odamlarning maishiy va madaniy ehtiyojlari usishi uchun zarur shart-sharoit yaratadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirishga, ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarga, ijtimoiy-iqtisodiy qonunchilik asoslari rivojlanishiga ehtiyojlarni paydo qiladi.

Ishlab chiqarish ma'naviy ehtiyojlarni shakllantirar ekan, o'z navbatida ma'naviy ehtiyojlar ham moddiy hamda ma'naviy ishlab chiqarishga ta'sir etadi:

1. Ma'naviy ehtiyojlar yaratuvchanlik faoliyatining asosi bo'lib xizmat qiladi. Ma'naviy ehtiyojlar yaratuvchanlik xususiyatiga ega bo'lib, yangi turdagi ehtiyojlar, ularni qondirishga xizmat qiluvchi vositalarni yaratish uchun poydevor bo'ladi. Bilim olishga, o'qishga bo'lgan ehtiyojlar - kitob ishlab chiqarishni, san'atga bo'lgan inson ehtiyojlari - teatr, musiqa asboblari, ijro etuvchi jamoalar, filarmoniyalar, estrada, kinofilmlar, tasviriy san'at asarlari, raqs hamda san'at sohalari mutaxassislarini etishtirishni talab etadi.

2. Ma'naviy ehtiyojlar doimo yuksaklikka intiladi, inson faoliyatini ham shunga moslashtiradi. Inson yanada mukammalroq, yaxshiroq, qulayroq, go'zalroq buyumni yoki san'at asarini yaratishga intilishi, yanada teranroq va kengroq, aniqroq bilimni egallashga, yanada mukammalroq texnikaviy asbob-uskunalarni ixtiro etishga urinishi, turmush darajasini yanada yaxshilashi, farovonlikka erishish niyatidagi harakati va faoliyati ma'naviy ehtiyojlar yuksalishiga sabab bo'ladi [1: 39].

Jamiyat ma'naviy hayotida inson ma'naviy ehtiyojlarining o'sishiga aks ta'sir etuvchi omillar ham mavjud bo'lib, ular quyidagilar:

Scientific Journal Impact Factor

- jamiyat moddiy va ma'naviy ishlab chiqarishining pastligi, inson ehtiyojlarining eng zarurlari bilan cheklanishi. Eng zarur ehtiyojlar esa juda sekin o'sib, ikkilamchi ehtiyojlarning yuksalishiga salbiy ta'sir etadi.

- jamiyatda mehnat taqsimotining, jumladan aqliy mehnat taqsimotining ham etarlicha rivojlanmaganligi - turli moddiy va ma'naviy mahsulotlarni ishlab chiqarish va ehtiyojlarni oshib borishiga yo'l qo'ymaydi;

- aholi oylik maoshlarning, daromadning pastligi, narxlarning baland, insonning har qanday eng oddiy ehtiyojlarni ham qondirishga to'sqinlik qiladi. Odamlar o'z daromadlarining asosiy qismini oziq-ovqatga, kiyim-kechakka, kommunal to'lovlarga sarflashga majbur bo'lishadi, ma'naviy ehtiyojlar qondirilmasdan qolib ketadi;

- jamiyat ma'naviy hayotida buzg'unchi g'oyalarning hukmron bo'lishi. Bu muhitda yashayotgan insonlarning asosiy maqsadi - fiziologik hamda moddiy ehtiyojlarini qondirish bo'lib qoladi. Inson san'at, adabiyot, ilm-fan bilan mashg'ul bo'lishi, ta'lim jarayonlarida qatnashishi, madaniy hordiq chiqarishi, ma'naviy boyliklarni yaratishi yoki o'zlashtirishi kabi ma'naviy ehtiyojlar o'z ahamiyatini yo'qotib, qisman qondirilishi yoki umuman qondirilmasligi mumkin.

Ma'naviy ehtiyojlarning qondirilmasligi jamiyat ma'naviy hayotida turg'unlikni yuzaga keltirib, insonlar orasida turli illatlarni: axloqsizlik, mansabparastlik, dunyoparastlik, behayolik va boshqalarni avj olishiga sabab bo'ladi.

Inson ehtiyojlarining muttasil ravishda o'zgarib, yangilanib, yuksalib borishi jamiyat rivojlanish qonunlarida o'z ifodasini topgan.

XULOSA

Ma'naviy ehtiyojlar - inson ehtiyojlarining eng oliy ko'rinishi bo'lib, uning mohiyatida bilimga, kamolotga intilish, yuksak ideallarga ergashish orqali o'z-o'zini namoyon etish va anglash yotadi. Ma'naviy ehtiyojlar jamiyat taraqqiyoti darajasini, axloqiy ideallarini, maqsad va manfaatlarning qanday g'oyalarga yo'nalganlik xarakterini ko'rsatadi. U o'z mohiyatida ijodkorlik, bunyodkorlik va yaratuvchanlik salohiyatini jamlagan bo'lib, ma'naviy ehtiyojlarning qondirilishi jamiyatning taraqqiyotiga, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy takomillashuviga vosita bo'lib xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Erkaev A. Ma'naviyat - millat nishoni. T:. 1997, -188 b.

2. Erkaev A. Ma'naviyatning uch qonuni. "Tafakkur" jurnali. 2017, №2, 20-26 b.

3. PULATOV SH.N. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Hindistondagi ijtimoiy-

siyosiy vaziyat. Academic Research In Educational Sciences. Volume 1. 2020

468-474 P.

Scientific Journal Impact Factor

4. Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.

5. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

6. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

7. Saidov S.A., Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo'shgan hissasi. // "Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences" Scientific journal Volume 1, 2021. 332-336 P.

8. Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagi qarashlarida jamiyat tahlili/Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

9. Sulaymonov, J.Karimov N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.