Научная статья на тему 'IJTIMOIY SHERIKLIK VA UNING HOZIRGI DAVR UCHUN AHAMIYATI'

IJTIMOIY SHERIKLIK VA UNING HOZIRGI DAVR UCHUN AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

7
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sheriklik / ijtimoiy sheriklik / ijtimoiy sheriklik tarixi / Markaziy Osiyo va Yevropada ijtimoiy sheriklik / ijtimoiy sheriklikning shakllanishi / ijtimoiy sheriklikning me'yoriy-huquqiy asoslari / Yangi O'zbekistonda ijtimoiy sheriklik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tursunboy Yaxshiboyevich Abdullayev, Baxodirjon Iqboljon O‘G‘Li Yo‘Ldashaliyev

Mazkur maqolada Yangi O'zbekiston sharoitida ijtimoiy sheriklik-ning o'ziga xos jihatlari, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi aholi turmush darajasini oshirish, mehnat jamoalariga ijtimoiy adolat, qonun ustuvorligini ta'minlashdagi ahamiyati, ijtimoiy sheriklik tarixi bilan bog'liq masalalarni tahlil qilishga harakat qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IJTIMOIY SHERIKLIK VA UNING HOZIRGI DAVR UCHUN AHAMIYATI»

Tashkent State University of Economics

IJTIMOIY SHERIKLIK VA UNING HOZIRGI DAVR UCHUN AHAMIYATI

Tursunboy Yaxshiboyevich Abdullayev

Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti Andijon fakulteti dotsenti, f.f.n

Baxodirjon Iqboljon o'g'li Yo'ldashaliyev

Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti Andijon fakulteti MMT ta'lim yo'nlishi 2-bosqich talabasi

ANNONTATSIYA

Mazkur maqolada Yangi O'zbekiston sharoitida ijtimoiy sheriklik-ning o'ziga xos jihatlari, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi aholi turmush darajasini oshirish, mehnat jamoalariga ijtimoiy adolat, qonun ustuvorligini ta'minlashdagi ahamiyati, ijtimoiy sheriklik tarixi bilan bog'liq masalalarni tahlil qilishga harakat qilingan.

Kalit so'zlar: Sheriklik, ijtimoiy sheriklik, ijtimoiy sheriklik tarixi, Markaziy Osiyo va Yevropada ijtimoiy sheriklik, ijtimoiy sheriklikning shakllanishi, ijtimoiy sheriklikningme'yoriy-huquqiy asoslari, Yangi O'zbekistonda ijtimoiy sheriklik.

Ijtimoiy sheriklik - davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo'lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligidir.

O'zbek tilining izohli lug'atida "sherik", "sheriklik" tushunchalariga quyida-gicha ta'riflar berilgan:

1. "Biror ish harakatni birga bajaruvchi, hamkor.

2. O'zaro birga bo'lgan shaxs (birga yurgan, birga turgan va h.k).

3. Biror jihatdan, qaysidir jihat bilan o'zaro birga (birgalikda) bo'lgan shaxs yoki shaxslar (og'ayin, do'st va x.k).

4. Biror narsaga bir hilda talabgor, bir tan bo'lgan shaxs"[1].

Demak, "Sherikchilik" esa bir ish faoliyatida bir —biri bilan hamkorlik qilish, birga bo'lib ish yuritish ma'nolarini anglatadi.

Davlatning siyosiy tashkilot sifatida shakllanishi, mulkchilik munosa-batlarining takomillashuvi, jamiyatda ijtimoiy tabaqalanishining vujudga kelishi bir

397

Tashkent State University of Economics

tomondan insoniyat rivojiga ijobiy ta'sir etgan bo'lsa, ikkinchi tomondan turli ijtimoiy guruhlar o'rtasida ziddiyatlarni ham vujudga keltiradi. Xususan ish beruvchilar bilan yollanma ishchilar, iste'molchilar bilan ishlab chiqaruvchilar, davlat va fuqarolar o'rtasida ma'lum bir qarama-qarshiliklar mavjud bo'lgan. Ularni bartaraf etishning muhim vositalaridan biri ijtimoiy sheriklik uchun avvalo, g'oyaviy-falsafiy asos zarur bo'lib, Markaziy Osiyoda zardushtiylik ta'limotida bu borada "ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal" tamoyilini ilgari surilgan. O'z davrida qadimgi yunon faylasufi Aristotel davlatning vujudga kelishi bir hududda istiqomat qiluvchi oilalar va urug'larning farovon hayot uchun o'zaro muloqatlariga asoslanganligi, uning asosida esa o'zaro do'stlik rishtalari mavjudligi, aynan do'stlik birgalikda hayot kechirishlari va hamkorlikning zaruriy sharti ekanligini ta'kidlagan edi. Demak, qadimdan ijtimoiy sheriklikning ahloqiy jihatlariga ustuvor yo'nalish sifatida qarab kelingan. O'rta asrlarga kelib esa yurtimizdan yetishib chiqqan mutafakkirlarda Abu Nasr Farobiy fuqarolar bilan muloqat usullari va ularga ta'sir o'tkazish yo'llari sodda va tushunarli bo'lishi, aks holda odamlar hukmdorni tushunolmasliklari mumkinligi, shu bilan birga rag'batlantirishlar fuqarolar bilan muomalaning eng asosiy usullaridan ekanligini ta'kidlagan. Bu yerda davlat hokimiyati va fuqarolar o'rtasidagi o'zaro hamkorlik, sheriklik jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatishini tushunishi mumkin.

Shu o'rinda "ijtimoiy" tushunchasiga e'tiborni qaratish joiz. Falsafiy fanlarda mazkur tushuncha "sotsial" tushunchasining sinonimi sifatida qo'llaniladi. Bu uning keng ma'noda ifodalanishidir. Ana shundan kelib chiqib jamiyatda insonlar o'rtasidagi barcha munosabatlarda ijtimoiy sheriklik mavjud bo'ladi deb aytish mumkin. Ijtimoiy sheriklik ijtimoiy munosabatlarning o'ziga xos ko'rinishi bo'lib, bu jarayon, ya'ni ijtimoiy munosabatlar keng ma'noda, torroq va tor ma'nolarda tahlil etiladi.

Yuqorida aytib o'tilganidek, keng ma'noda ijtimoiy munosabatlar insonlar o'rtasidagi barcha munosabatlarni o'z ichiga olgan bo'lsa, torroq ma'noda ma'lum ijtimoiy guruhlar, sotsial subyektlar o'rtasidagi munosabatlar keng ma'nodagi ijtimoiy munosabatlarning bir bo'lagi sifatida o'rganilsa, tor ma'noda esa iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy, ma'rifiy yo'nalishlardagi munosabatlar o'rganiladi.

Sotsial yoki ijtimoiy guruhlarga har qanday kesimlar birligi, ya'ni ijtimoiy guruh, barcha ijtimoiy munosabatlarni ifodalovchilar, ya'ni ijtimoiy munosabatlar subyekti, aniq ijtimoiy, sinfiy, turli toifadagi mulkdorlar, oilaviy munosabatlar, ijtimoiy -demografik guruhlar ham ijtimoiy munosabatlar subyekti sifatida ijtimoiy sheriklik munosabatlariga kirishadilar.

398

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston mustaqillikka erishgach ijtimoiy sheriklik borasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti birinchi Prezidenti tashabbusi bilan ko'plab qonun qoidalar ishlab chiqildi. Shu munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan 2014-yil O'RQ-376-son Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun 5 bob 30 ta moddadan iborat. "Ijtimoiy sheriklik davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo'lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligidir. Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ijtimoiy sheriklik subyektlaridir. Davlat organlarining fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va diniy tashkilotlar bilan hamkorligi alohida qonunlar bilan tartibga solinadi"[2]. Ushbu qonun jarayonida ijtimoiy, jamoatchilik nazoratining o'rni masalalari O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan asoslanib berilgan bo'lsa, Yangi O'zbekistonni barpo etishda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan u yanada yangi yuqori bosqichga olib chiqildi.

Ijtimoiy sheriklik O'zbekistonda rivojlanishi mustaqilligimizni milliy va umuminsoniy qadriyat sifatida namoyon bo'lishi, aynan mustaqillik tufayli tashqi siyosatda milliy manfaatlar ustuvorligini ta'minlagan holda o'zaro manfaatli hamkorlik g'oyasi ilgari surilgan bo'lsa, ichki siyosatda taraqqiyotning "O'zbek modeli" asosida mamlakatda bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy-demokratik davlatni shakllantirish, mustahkamlash va asta-sekin fuqarolik jamiyatiga o'tish g'oyasiga asoslangan nazariy va amaliy ishlar amalga oshirildi. Mustaqillikka erishish ostonasida va mustaqillikning dastlabki yillarida iqtisodiy hayotdagi nosog'lom hayot va uning oqibati sifatida vujudga kelgan og'ir ijtimoiy ahvol, xususan, zarur oziq-ovqat mahsulotlarining yetish-masligi, ishsizlik, aholi daromadlarining pasayib ketishi, sobiq ittifoq davridagi integrativ aloqalarining uzilishi natijasida Respublika iqtisodiyotining bir tomonlama yo'lga qo'yilganligining aniq ko'rinib qolganligi, O'zbekiston xalqiga nisbatan ikkinchi darajali xalq deb qaraganligi oqibatida vujudga kelgan noxush holat, uyushgan jinoyatchilikni vujudga kelishi yoki mavjud guruhlarning oshkora faoliyat ko'rsatishi hoxlasak hoxlamasak davlatning bosh islohatchi bo'lishiga olib keldi. Shunga qaramasdan yagona komunistik mafkuraga barham berilib, ko'ppartiyaviylik tizimiga o'tish, jamoat tashkilotlari, ayniqsa, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga yo'l ochib berilganligi, siyosatimizga aralashmagan holda iqtisodiy -ijtimoiy sohalarga

399

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

xorijlik hamkorlarni jalb etishga harakat qilingani, iqtisodiyotda turli mulk shakllariga, ayniqsa, xususiy mulkka ham teng huquqiylik berilganligi kabi holatlar ijtimoiy sheriklik jarayoniga keng yo'l ochib berdi, desak mubolag'a bo'lmaydi. 2009 yilda ishlab chiqilgan O'zbekistonda huquqiy demok-ratik davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi bu borada olg'a qo'yilgan yana bir qadam bo'ldi. 2015 yildan boshlab "kuchli davlatdan -kuchli fuqarolik jamiyati sari" g'oyasi bu boradagi ishlarni ham yangi bosqichga olib chiqdi. 2017 yilda boshlagan Yangi O'zbekistonni shakllantirishga bag'ishlangan 2017-2021 yillarga mo'ljallangan harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo'nalishi esa mamlakatni sifat jihatdan yangi bosqichga tomon yo'naltirishga qaratildi. "Yangi O'zbekiston", "Uchinchi Renesans" atamalarining ilmiy, ilmiy ommabop muomalaga kirib kelishi esa jamiyatni uzluksiz ravishda dialektik rivojlanish obyektiv jarayon ekanligini yana bir bor isbotlamoqda. "Dunyoda hech qachon bir xil tong otgan emas" [3]. Mazkur ibora paydo bo'lganidan buyon ming yillar o'tgan bo'lishiga qaramasdan, bu butun koinot, tabiat va insoniyat doimo o'zgarishda, yangilanishda, rivojlanishda ekanligini anglatadi. Ijtimoiy sheriklikning me'riy-huquqiy asoslari haqida gap borganda O'zbekiston Respublikasining 2014 yil 14 iyunda qabul qilingan "Ijtimoiy sheriklik to'g'risida" gi, 2018 yil 30 aprelda qabul qilingan "Jamoatchilik nazorati to'g'risida" gi qonuni, fuqarolik jamiyati institutlarining roli, fuqarolarni iqtisodiy, ijtimoiy muammolarini hal etish maqsadida qabul qilingan 30 dan ortiq qonun va 100 dan ortiq me'yoriy -huquqiy hujjatlar qabul qilingani muhim ahamiyatga ega.

Odatda XX asrning boshlarida keng foydalanib kelinayotgan ushbu atama ko'pincha mehnat nizolarini bartaraf etishda hamkorlik qilish, ijtimoiy -iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy-madaniy va boshqa munosabatlar sohasida nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat tuzulmalari bilan hamkorligi sifatida qarab kelingan.

Demak, Yangi O'zbekistonda endi davlat emas, jamiyat bosh islohotchi ekan ijtimoiy sheriklik masalalariga ham "yangicha" qarashlar zarur;

Bu birinchidan: Ijtimoiy sheriklikning soha va shakllarining keng qamrovli ekanligini e'tiborga olib, mazkur atamani falsafiy mazmunnini boyitish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Ikkinchidan: Ijtimoiy sheriklikka doir qonun hujjatlariga tegishli qo'shimcha

va o'zgarishlar kiritish.

Uchinchidan: Ijtimoiy sheriklik munosabatlarida jamiyatdagi degradatsion guruhlar, lyumpenlarning faol ijtimoiy hayotga jalb etish masalalariga e'tiboran kuchaytirish. Chunki "Eng katta boylik bu aql-zakovat va eng katta meros bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik-bu bilimsizlikdir"[4].

17-aprel, 2024

400

Tashkent State University of Economics

To'rtinchidan: Tomonlar o'rtasidagi kelishmovchiliklar, ziddiyatlarni oldini olish bartaraf etishda jamoatchilik nazoratini xuquqiy mexanizmlarini takomillashtirish kabi masalalarni hal etish jamiyatda ijtimoiy sheriklik munosa-batlarini yangi bosqichga olib chiqadi.

Yangi O'zbekiston strategiyasi ijtimoiy sheriklikning yangi nazariy metodologik asosi, ijtimoiy sheriklikni rivojlanib borishida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini takomillashib borishi, ijtimoiy sheriklikning o'ziga xos tizim va ijtimoiy institut sifatidagi istiqboli kabi yo'nalishlar muhim ahamiyatga ega. Yangi O'zbekiston fuqarolik jamiyatini inson borlig'ining murakkab va ko'p omilli hodisasi sifatida o'zining tub mohiyatini namoyon etishi uchun yangi yangi makon bo'lib xizmat qiladi. Yangi O'zbekiston fuqarolik jamiyatini inson borlig'ining murakkab va ko'p omilli hodisasi sifatida o'zining tub mohiyatini namoyon etishi uchun yangi yangi makon bo'lib xizmat qiladi. Bu jarayonda "Kuch adolatda", "Adolat esa qonun ustuvorligidir" degan chuqur ma'noli falsafiy tushuncha holda ijtimoiy hamkorlikning yuqori ko'rinishi hisoblangan ijtimoiy sheriklik munosabatlari O'zbekistonni rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqishning muhim omillaridan biri bo'ladi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Yangi O'zbekistonda "Uchinchi Renesans" poyde-voriga tamal toshi qo'yilib, jamiyat, erkin, o'z mustaqil fikriga ega bo'lgan islohot-larning faol ishtirokchisiga aylanayotgan bir davrda ijtimoiy sheriklik mamlakatda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash, barqaror iqtisodiy o'sish sur'atlariga erishish, yaqin yillarda O'zbekistonni dunyoning 50 ta rivojlangan davlatlari qatoriga chiqishida, adolat va qonun ustuvorligi fuqarolik jamiyatining muhim sharti ekanligini teran his qilish, inson qadrini ulug'lash, o'z mehnati natijalaridan qoniqish hissini oshirish, turli ijtimoiy guruh va iatlamlar o'rtasida sog'lom ijtimoiy-ma'naviy muhit shakllantirish jarayonlariga kuchli ta'sir etuvchi vosita hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbek tilining izohli lug'ati (A. Madvaliyev tahriri ostida). "O'zbekiston milliy ensikilopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti T: 2015. 564-bet.

2. https://Lex.uz ijtimoiy sheriklik to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonuni.

3. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi T. "O'zbekiston" 5-bet.

4. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi T. "O'zbekiston" 24-bet.

401

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.